🍀🍀Vitamin dushmanlari antivitaminlar haqida bilasizmi?🍀🍀
Inson hayoti uchun zarur hisoblangan vitaminlarning faolligini tormozlaydigan mahsulotlar – antogonistlar ham mavjud.
Vitaminlarning ham, antivitaminlarning ham kimyoviy strukturasi bir xil tuzilgan. Organizmga tushgandan keyin vitaminlar kofermentlarga aylanib, maxsus oqsillar bilan birikish orqali turli biokimyoviy jarayonlarni boshqaradi.
Antivitaminlar ham shu kabi kofermentlarga ammo «yolg‘on» kofermentlarga aylanadi. Ular haqiqiy kofermentlar o‘rniga almashib olib maxsus oqsillar bilan birikishi mumkin. Bu moddalar almashinuvi jarayonini buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada yolg‘on kofermentlar tomonidan vitaminlarning bloklanishi va biologik faolligini pasayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi.
@medicine_uz
🍀«Shirin juftlik»🍀
«Vitaminli konflikt» ning eng yorqin na’munasi bu vitamin C (askorbin kislotasi) va uning antagonisti askorbatoksidaza bilan xlorofill hisoblanadi. Bu ikkala modda vitamin C ni oksidlashi kuzatiladi. Bu qanday namoyon bo‘ladi. Masalan, pichoq bilan olmani ikkiga bo‘lsak u bir ozdan so‘ng qorayib qoladi, ya’ni oksidlanib 50% askorbin kislotasini yo‘qotadi. Xuddi shu holat yangi tayyorlangan sabzavot salatlari va meva sharbatlarida ham kuzatiladi. Shuning uchun ularni tayyorlanishi bilanoq iste’mol qilish kerak.
Vitamin B1 (tiamin) – o‘sish va rivojlanish jarayonlarini normal kechishini ta’minlaydi, yurak, asab va hazm tizimlarini faoliyatlarini ushlab turadi. Uning foydali xususiyatlarini tiaminazalar parchalaydi. Bu modda organizmga xom mahsulotlar orqali kiradi. Bular asosan chuchuk suv havzalari va dengiz baliqlarida ko‘p uchraydi. Kamroq tiaminazalar guruch, kartoshka, gilos, choy bargi va ismaloqda mavjud. Bu degani yapon oshxonasi fanatlarida B vitamini defitsitini rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Xom mahsulotlar boshqa ko‘plab antivitaminlarni ham tutadi. Masalan, xom loviya mahsulotlari – vitamin E tas’irini neytrallaydi; dukkaklilar tarkibidagi maxsus oqsil moddasi bo‘lib, vitamin D, kalsiy va fosforni parchalab raxitga olib kelishi mumkin.
Yana bir ko‘p uchraydigan antivitamin bu choy va kofelar tarkibida uchraydigan kofein hisoblanadi. U organizmda B guruhi va C vitaminlarini o‘zlashtirilishiga halaqit beradi. Shuning uchun choyni ovqatlanishdan keyin yarim soat o‘tgach ichish tavsiya etiladi.
Agar sizning ovqat ratsioningizda guruch, loviya va so‘ya mahsulotlari, shampinonlar va yong‘oq, sut va go‘sht mahsulotlari ustun tursa – sizda gipovitaminoz PP (niatsin) rivojlanishiga moyillik bo‘ladi. Sanab o‘tilgan mahsulotlarda antipod leysin aminkislotasi mavjud.
Vitamin A (retinol) yog‘da eruvchi hisoblansada ortiqcha margarin va kulinariya yog‘larida o‘zlashtirilishi qiyinlashadi. Shuning uchun retinolga boy jigar, baliq yoki tuxum iste’mol qilinayotganda kamroq yog‘ ishlatish tavsiya etildi.
Vitaminlarning eng asosiy dushmani bu alkogol va tamaki hisoblanadi. Alkogol ayniqsa vitaminlardan B, C va K ni parchalasa, bir dona sigaret organizmdan C vitaminini kunlik normasini olib chiqib ketadi.
@medicine_uz
🍀Ham davolaydi, ham jazolaydi🍀
Dori vositalari ham o‘z navbatida antivitaminlar hisoblanadi. Masalan aspirin – organizmdan kaliy, kalsiy, vitamin C va B ni olib chiqib ketsa, antibiotiklar – ichak bo‘shlig‘idagi sog‘lom mikroflorani buzish orqali zamburug‘li infeksiya chaqiradi. Bu degani ichak bakteriyalari tomonidan sintezlanadigan B guruhi vitaminlarini defitsitiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun antibiotiklar qabul qilayotgan paytda ichak mikroflorasini tiklaydigan yogurt va qatiqni ko‘proq iste’mol qilish kerak.
Ayrim antivitaminlardan foydali effektlar olinadi. Masalan vitamin K qon ivishini kuchaytirsa, uning antipodi dikumarin qonni suyultirish xususiyatiga ega. Riboflavinaning antogonisti akrixin va xinin yordamida bezgakni davolashda foydalaniladi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀Tuxumdon tranplantatsiyasi🍀
Tuxumdon transplantatsiyasi birinchi bor 2007 yili qilingan. Uni doktor Sherman Silber Sent Luis tibbiyet markazi, Missurida amalga oshirgan. U Doroti Tillini o‘ng tuhumdonmnm uning opasi Syuzanna Batcherga o‘tqazgan. Ikkala opa-singilga operatsiya vaqtida 38 yosh edi, operatsiya 4 soat davom etgan, ayollar qornida esa atigi 1 santimetrlik chandiqqina qolgan holos. Genetik bir-hillik tufayli Syuzannaga immunodepressantlar qabul qilish kerak bo‘lmadi. Eng qiziqarlisi – Syuzanna 1 yildan so‘ng qiz farzand tug‘di, operatsiyadan oldin esa tuxumdonlar disfunksiyasi sababli bepusht edi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
Organlar transplantatsiyasi tarixiga bir nazar!
Yurak tranplantatsiyasi
@medicine_uz
🙋SIZ QAYSI FASLDA TUG'ILGANSIZ🙋
Harakteringizni bilib oling
🍌 🌷BAHORDA🌸
🍎 🌞☀️YOZDA🍹🍸
🍋 🌾🍃KUZDA🍂🍁
🍒❄️🌨QISHDA☃🎄
Eng Qiziqarli Faktlar Faqat Bizda
😱Sizda Raqami Bor odamingzni Kimlar Bilan Nimalar Yozishaytoganini Bilshni Hohlayszmi❓Unda Bu Kanaldan Bilb Oling👇
Telegram⚫️📱Pro: 11.7MB📁
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEA9D1XAgRqqKFvERw
🍀🍀Bosh nega aylanadi?🍀🍀
Bosh aylanishi juda ko‘p uchraydigan kasallikdir. Ruhiy va hissiy zo‘riqishlar, dam olmay tinimsiz ishlash, bosh miya qon tomir kasalliklari, vegetativ distoniyalar, arterial qon bosimning oshib yoki tushib ketishi, surunkali kechuvchi kamqonlik (anemiyalar), yurak kasalliklari va ichki quloq kasalliklari bosh aylanishining asosiy sabablari hisoblanadi.
Bosh aylanishi ko‘p hollarda yurak urib ketishi, holsizlanish, sovuq terga botish, quloqda shovqin paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, oyoqlarning titrashi bilan birga kuzatiladi. Odatda, bu belgilar ruhiy zo‘riqishdan so‘ng kuchayadi. Bunday bemorlar balandlikdan qo‘rqishadi, shuning uchun ham ular balkondan, baland ko‘prikdan yoki tomdan pastga qaramaslikka harakat qiladilar. Chunki bunday paytda bosh aylanishi kuchayadi.
@medicine_uz
🍀Odam siqilganda boshi aylanadimi?🍀
Aytib o‘tganimizdek tez asabiylashadigan odamlarda ruhiy jaroxatlar bosh aylanishga sababchi bo‘ladi. Bunday holatlar psixogen bosh aylanish deb yuritiladi. Ular joylashgan vaziyat biroz o‘zgarsa-da, bosh aylanish kuchayib ketadi. Masalan, baland qavatli binoda yashaydigan bitta bemor, undan bir qavat tepada yashaydigan qo‘shnisinikiga chiqib, balkondan pastga qaraganda boshi aylanib, gandiraklab ketgan, ko‘ngli aynigan, koridorga kirganda esa kamaygan va bir ozdan so‘ng to‘xtagan. Shunisi e’tiborliki, psixogen bosh aylanishda bemor liftdan ko‘ra zinapoyadan ko‘tarilishni afzal ko‘radi. Aksariyat hollarda qo‘rquv va xavotir kuzatiladi.
Bemor faqat balandlikdan qaraganda emas, balki avtomobillar qatnovi tez bo‘lgan katta yo‘lga qaragan ham bosh aylanishi paydo bo‘ladi yoki kuchayadi. Bunday holatlarda bemor katta tezlikda o‘tayotgan avtomobillarga qaramaslikka harakat qiladi yoki oyoqlarining ostiga qarab qadamlarini nazorat qilib yuradi. Ana shunda bosh aylanishi kamayadi. Katta zallarda olib boriladigan majlislar yoki uzoq davom etuvchi darslarda ham bemorda bosh aylanishi avj oladi. Talabalarda imtihonlarga berilib tayyorgarlik ko‘rish, ilmiy xodimlar va yozuvchilarning tinmay asarlar yozishi yoki har qanday sog‘lom odamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha aqliy zo‘riqishlar ham bosh aylanishiga sababchi bo‘ladi.
@medicine_uz
🍀Bosh aylanganda xushdan ketishlar ham bo‘lib turadimi?🍀
Bosh aylanishi, aksariyat hollarda, qisqa vaqtga hushdan ketish (sinkope) bilan kechadi. Tez-tez hushdan ketib turadigan bemorning bosh miya qon tomirlari tekshirilganda, ularda tomirlar tonusining o‘ta darajada pasayganligi yoki o‘zgaruvchanligi aniqlanadi. Sinkope holatlari chuqur-chuqur nafas olganda, qon bosim pasayganda va yurak kasalliklarida ham yuz beradi. Uzoq payt yotib qolgan bemor gorizontal holatdan vertikal holatga o‘tsa, bosh aylanishi yuz beradi, ya’ni qon bosim birdan tushib ketadi. Bu holat, ayniqsa qon bosimi past yuradiganlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.. Nevrolog olimlardan biri Oppengeym (1894) «Har bir kishi o‘zida bosh aylanishini yuzaga keltirishi mumkin, agarda u muvozanat va bosh aylanishi haqida o‘ylayversa», degan edi.
@medicine_uz
🍀Vrach xatosi bosh aylanishga sababchi bo‘ladimi?🍀
Ba’zan bosh aylanishiga sabab vrach xatosi ham hisoblanadi. Bunday paytlarda yatropatiya haqida so‘z boradi Yatropatiya degani, tibbiyot xodimining noto‘g‘ri xatti-xarakati yoki bexosdan aytib qo‘ygan so‘zi oqibatida bemorda yuzaga keladigan turli kasallikdir. Shuning uchun ham bemordagi kasallik alomatlarini, juda havfli deyaverish kerak emas. Shaxsiy kuzatuvimdan bir misol keltiraman. Uzoq yillardan buyon quloq, burun va tomoq kasalliklari poliklinikasida hamshira bo‘lib ishlaydigan va tez-tez asabiylashadigan ayolda qattiq hissiy zo‘riqishdan so‘ng bosh aylanishi alomatlari paydo bo‘ladi. U shu daraja kuchli bo‘ladiki, hatto tik turishi uchun bir qo‘lidan bo‘yi yetgan qizi, ikkinchisidan esa turmush o‘rtog‘i ushlab turgan. Bu bemorga o‘zi ishlaydigan poliklinikada «Menyer kasalligi» deb tashxis qo‘yiladi.
@medicine_uz
🍀🍀Buyrak-tosh kasalligi: sabablari, belgilar, davolash usuli🍀🍀
Buyrak-tosh kasalligi peshob ajratish (konsentratsion) faoliyatining buzilib, siydikning miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishi oqibatida buyrak kosa-jom tizimida toshlar paydo bo‘ladigan surunkali xastalikdir. Bu o‘zgarishlar organizmdagi umumiy modda almashinuvining buzilishi bilan ham bog‘liq.
Haddan ziyod ko‘p ovqatlanish (ayniqsa, go‘shtli mahsulotlar) natijasida oqsil parchalanishining kuchayishi tanadagi ana shu modda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ya’ni, kasallik tufayli buyraklarning kosa-jom tizimi va siydik yo‘llariga to‘planib qolgan tuzdan tosh paydo bo‘ladi.
@medicine_uz
🍀Buyrak-tosh kasalligi sabablari🍀
Buyrak-tosh kasalligi sabablari to‘laligicha aniqlanmagan. Biroq tanada moddalar almashinuvi buzilishi eng asosiy sabablardan. Shuningdek, buyrak va siydik yo‘llaridagi infeksion yallig‘lanish tufayli yuzaga keladigan peshob ajratish (urodinamika) tizimining buzilishi ham kasallikni kuchaytirib yuboradi.
@medicine_uz
🍀Buyrak-tosh kasalligi belgilari🍀
Eng avvalo, siydik achishib, og‘riqli keladi va peshob xiralashadi. Siydik yo‘lida tosh yig‘ilishi natijasida to‘siq paydo bo‘lib, buyrak sanchig‘ini yuzaga keltiradi. Sanchiq esa xuruj darajasigacha borishi mumkin. Belda hosil bo‘lgan og‘riq chov sohasi bo‘ylab qovuqqa tomon tortib, kuchayadi. Xuruj vaqtida va undan keyin siydik qon aralash tusga kiradi. Kasallikda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha pasayishi, uyqu va boshqa ruhiy buzilish kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin. Bunday bemorlar, albatta, urolog va nefrolog mutaxassislarga murojaat qilishi lozim. Kasallikka laborator va maxsus asboblar yordamida tekshirish asosida aniq tashxis qo‘yiladi.
@medicine_uz
🍀Kasallikni davolash🍀
Bu kasallikni davolash asosan, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishini muvofiqlashtirish, buyrak va siydik yo‘llarida peshob harakatini ravonlashtirishdan iborat. Shuningdek, siydik yo‘llaridagi infeksiyaga qarshi kurashiladi.
@medicine_uz
🍀Buyrak-tosh kasalligi profilaktikasi🍀
Kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish uchun, avvalo, organizmdagi modda almashinuvini izga solish lozim. Bunga sog‘lom turmush tarziga rioya etish va qat’iy parhez orqali erishiladi.
@medicine_uz
🍀Mumkin emas!🍀
Ko‘p miqdorda shovul va siydik kislotasi paydo qiluvchi mahsulotlar iste’mol qilish taqiqlanadi. Osh tuzi, jigar, buyrak, til, qazi va dudlangan go‘sht, margarin, bedana tuxumi, brinza, pishloq, shokolad, qo‘ziqorin, anjir, mosh, no‘xat, loviya, achchiq qora choy, qahva hamda kakao iste’mol qilmaslik talab etiladi.
@medicine_uz
🍀Tavsiya etiladi!🍀
Bemorlarga, asosan, yog‘siz mol go‘shti, qaynatilgan, bug‘da pishirilgan parranda va baliq go‘shti, o‘simlik moylari, sariyog‘, tovuq tuxumi (sutkasiga bittadan ko‘p emas), birinchi va ikkinchi navli un mahsulotlari, murabbo, marmelad, guruch va marjumak (grechixa), karam, bodring, turp, qovoq, sabzi iste’mol qilishi mumkin. O‘rik, behi, nok, olma, shaftoli, uzum, qovun-tarvuz, olcha kabi mevalar juda foydali. Ko‘k choy, meva va sabzavot sharbatlari hamda na’matak damlamalari ham tavsiya etiladi
Avitsenna.uz
@medicine_uz
😳Agar ustiga bossangiz sevgan insoningizni ismi chiqadi ishonmasez sinab ko'rin😄
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
░░░░░░░░░░░░░░
👆👆👆👆👆👆👆
Man xayron qoldim😱
💊Aspirin
-Xusunbuzarlarni🤗
-Qazg'oqlarni💆
-Oyoqlardagi qadoqlarini🏃🏻♀️
-Yuzdagi teshikchalarni ketqazadi😳😲
Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEBtRAenag6ewNqw9g
⚠️DIQQAT E'LON⚠️
www.yoshlarittifoqi.uz Sayti siz uchun ish topib beradi.
Siz kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyni bitganmisiz?
Ish topa olmay yuribsizmi?
Unda biz sizga yordam beramiz!
O'z mutaxasisligingizni tanlang.
🎗Shifokor(Hamshira)🎗
🎗O'qituvchi(pedagog)🎗
🎗Quruvchi🎗
🎗Haydovchi🎗
🎗Sotuvchi🎗
🎗Oshpaz🎗
🎗 Injener(muhandis)🎗
🎗 Buxgalter 🎗
🎗Psixolog🎗
🎗Bekorchi va h.k.🎗
www.yoshlarittifoqi.uz Yoshlar uchun keng imkoniyatlar hozirlash maqsadida.
Telegramdagi 🇺🇿YOSHLAR ITTIFOQI🇺🇿 rasmiy kanaliga qo'shiling.☝️
☘☘Foydali maslahatlar☘☘
Hamma sog‘lom bovlishni va uzoq umr ko‘rishni istaydi. Ammo xavf-xatarlar, zararli odatlar, nafs, hissiyotlarga to‘la dunyoda buning uddasidan chiqish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Quyidagi maslahatlar oddiy bo‘lishiga qaramay juda samaralidir:
☘Qizil rangli meva va sabzavotlardan ko‘proq yeng!☘ Qizil bulg‘or tarkibida C vitamin ko‘p. Qizil lavlagi esa qon tomirlarni kengaytiruvchi nitratlarga boy. Pomidor esa saraton va yurak kasalliklarini oldini louvchi likopen moddasining manbasidir.
☘Yuguring.☘ Yugurish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini 30 % gacha kamaytiradi.
☘Banan yeng.☘ Bu meva qon bosimini pasaytiradi. Hamda uning tarkibidagi kaliy moddasi qon ivishida hizmat qiladi.
☘O‘tirib-turing.☘ Bu oddiy mashq mushaklar mustahkamligini ta’minlaydi.
☘Ko‘k choy iching.☘ Choy qondagi stress gormonlar miqdorini kamaytirib, yurak xuruji xavfini 20-25 % gacha kamaytiradi.
☘Odatdagidan 1 soat ortiqcha uxlang!☘ Ortiqcha uyqu qon bosimini pasaytiradi va me’yorlashtiradi. Bundan tashqari stressga qarshi kurashda ortiqcha uyqu yordam beradi.
☘Qatiq iching.☘ Bir kunda bir payola qatiq ichish oshqozon-ichak tizimi faoliyati uchun kata ahamiyatga ega.
☘Tishingizni tozalang.☘ Tishlarni doimiy tozalash qandli diabet, aql zaiflashuvidan hamda yurak-qon tomir, hazm tizimi kasalliklari kelib chiqishidan himoyalaydi.
☘Naycha orqali nafas oling.☘ Har kuni quyidagi mashqni bajarishga odatlaning. Og‘zingizga naycha (suyuqlik simiriladigan) solib olasiz va burun orqali nafas olib, naychadan nafas chiqarasiz. Shunda o‘pkaning ishi yengillashadi.
☘Uyingizni ozoda tuting.☘ Toza va ozoda joyda istiqomat qiluvchi insonlar qonida serotonin, ya’ni baxt va quvonch garmoni ko‘p bo‘ladi.
☘Har kuni sayrga chiqing.☘ Toza havoda 1-2 soat sayr qilish miyani tinchlantiradi, miyaga dam berib, aqliy zaiflikning oldini oladi.Kamroq yeng! Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odam odatiy ovqatga bo‘lgan me’yorni 30% kamaytirsa, uning umri ikki baravar uzayadi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
ХУШХАБАР ШАХЗОДА МУХАММЕДОВА ТУРМУШГА ЧИКМОКДА😊👏
КУЙОВ БОЛАНИ СОВГАСИНИ КАБУЛ КИЛДИ
Куйов бола бу озимизнинг актёр👇
КУЙОВ РАСМЛАРИНИ
Бу ердан кўринг👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEH7O3h9n56Bq011Jg
🍀🍀Organlar transplantatsiyasi tarixiga bir nazar!🍀🍀
🍀Yurak tranplantatsiyasi🍀
Birinchi yurak transplantatsiyasi bundan 40 yil oldin – 1967 yil 3 dekabrda o‘tqazilgan. Jarroh Kristian Barnard operatsiyani janubiy afrikadagi Keyptaun shahrining Groote Schuur gospitalida bajargan. Bemor Luis Vashkanskiy, donor esa yo‘l-harakat hodisa oqibatida bosh miyasi qaytalanmaydigan darajada zararlangan qiz Deniz Darvall bo‘lgan. Operatsiya 9 soat davom etgan, bemor esa operatsiyadan so‘ng 18 kun yashagan va oxiri zotiljam kasalligidan vafot etgan. Shunga qaramasdan, yuragi ohirgi soniyalargacha urib turgan.
@medicine_uz
🍀Buyrak tranplantatsiyasi🍀
Doktor Djozef Myurrey birinchi marta buyrak transplantatsiyasini 1954 yil 23 dekabrda Peter Bent Brigham nomli Boston gospitalida amalga oshirgan. Bemor bo‘lib og‘ir kasal 23-yoshli Richard Gerrik bo‘lgan, buyrakni esa uning egizak-akasi Ronald bo‘lgan. Opersiya muvaffaqiyatli kechgan, Richard yana 8 yil yashagan. Kuchli antidepressantlarni ishlatish kerak bo‘lmagan, chunki buyrak bir xil genli yaqin qarindoshdan olingan.
@medicine_uz
🍀Muguz parda tranplantatsiyasi🍀
1907 yil 7 dekabr kuni oftalmolog Eduard Zirm dunyoda birinchi bor muguz parda (rogovitsa)ni Aluis Glodarga amalga oshirgan. Aluis qurulishda ishlardi va ish joyida ohakdan ikkala ko‘zini zararlagan. Donor bo‘lib 11-yoshli Karl Brauer bo‘lgan. Uni ko‘ziga metallik o‘rnini bosuvchilar o‘rnatilib, muguz parda ehtiyotkorlik bilan ko‘chirish uchun olingan. Aytmoqchi, bu operatsiya metodikasi hozirgachon deyarli o‘zgarmagan.
@medicine_uz
🍀Jigar tranplantatsiyasi🍀
Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas Starlz tomonidan Denverda Kolorado Universitetida (AQSH) 1963 yili amalga oshirilgan. Ming afsuski, bemor operatsiyadan bir necha kundan so‘ng vafot etgan. 4 yildan so‘ng yana Starlz tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Ikkala transplantatsiya qilingan organlar hozirda Kolorado universiteti tibbiyet ilmiy markazida Tomas Starlz transplantologiya asoschisi haq-xurmati uchun saqlanadi.
@medicine_uz
🍀O‘pka tranplantatsiyasi🍀
O‘pka transplantatsiyasi birinchi marta Missisipi Universitetida doktor Djeyms D. Xardi tomonidan 1963 yil 11 iyunda bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatiz yakunlangan, bemor 18 kundan keyin jigar yetishmovchiligidan vafot etgan. O‘pka donori operatsiyadan ozgina vaqt oldin miokard infarktidan o‘lgan edi. Birinchi muvaffaqiyatli operatsiya esa Toronto Universitetida doktor Djoel Kuper tomonidan bajarilgan.
@medicine_uz
🍀Oshqozon osti bezi tranplantatsiyasi🍀
Oshqozon osti bezi transplantatsiyasi birinchi bor Minneapolis shtati Minnesota Universitetida doktorlar Richard Lillexei va Vilyam Kellilar tomonidan 1966 yili amalga oshirilgan. Donor organ 28-yoshlik ayolga o‘tqazilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsada, afsuski bemor 3 oydan so‘ng o‘pka arteriyasi emboliyasidan vafot etgan.
@medicine_uz
🍀Qo‘l tranplantatsiyasi🍀
Birinchi bor to‘liq odam qo‘li 1998 yili 23 sentyabrda Fransiyaning Lion shahrida doktorlar Irl Evan va Jan-Mishel Dubernardlar tomonidan bajarilgan. Bemor yangi zelandiyalik Klint Xallam bo‘lgan, operatsiya 14 soat davom etgan. Operatsiyadan so‘ng Xallam tavsiya etilgan immunodepressant dorilarni qabul qilishdan bosh tortgan va 3 yildan so‘ng qo‘l ajralib chiqqan va bemor hoxishi bilan amputatsiya qilingan.
@medicine_uz
🍀Yuz tranplantatsiyasi🍀
Yuz transplantatsiyasi birinchi bor 2005 yil 27 noyabrda amalga oshirilgan. Ularni doktorlar Jan-Mishel Dubernard va Bernard Davashellar Fransiyaning Amiyens shahrida bajarishgan. Bemor bo‘lib yuzini itlar tishlab tashlagan Izabel Dinoir bo‘lgan. Burun sohasidagi teri fragmentini miyasi o‘lgan bemordan olishgan. Amaliyot muvaffaqiyatli tugagan, bemor operatsiyadan keyingi bosh periodda oz-moz qiyinchiliklarga uchragan holos.
@medicine_uz
🍀🍀Intim gigiyenaning oltin qoidalari🍀🍀
Tozalik — salomatlik garovi. Barchamizga ma’lumki, inson terisi va shilliq qavatlar organizmni
xavfli infeksiyalar hamda kasallik tug‘diruvchi bakteriyalardan himoya qiladi. Jinsiy a’zolardagi shilliq qavat ham jinsiy a’zolarni kasallanishdan asraydi. Jinsiy a’zolar gigiyenasi haqida gapirganda, aksariyat ayollar uning talablari va ko‘rsatmalaridan ko‘p ham boxabar emasliklari seziladi. Sog‘lom turmush tarzini rejalashtirgan har bir ayol jinsiy a’zolarni doimo to‘g‘ri parvarishlash va ozoda saqlashni bilishi foydadan xoli bo‘lmaydi.
@medicine_uz
🍀Tug‘urukdan keyin qorinni yo‘qotishni istasangiz…🍀
«Tug‘urukdan keyin qorin osilib qolmasiligi uchun nima qilishim kerak?»
— Tuqqan ayol terisi maksimal darajada cho‘ziladi va ma’lum vaqtgacha o‘z holatiga qaytishi qiyin kechadi. Tug‘uruqdan keyin qorin osilib qolmasligi uchun uni katta hajmli doka yoki choyshab yordamida tortib bog‘lash tavsiya etiladi. Faqat bu muolajani tug‘urukdan so‘ng ertasiga amalga oshirish lozim.Tuqqandan 5-6 oy o‘tib qorinni bog‘lashning foydasi yo‘q.
@medicine_uz
🍀MAXSUS KO‘RSATMALAR🍀
Ayol jinsiy a’zolari, qin ichki qavati 90 foiz foydali lakto bakteriyalardan iborat kislotali muhit bo‘lib, bu muhit har qanday bakteriyami yemirish, kuchsizlantirish xususiyatiga ega.
Aksariyat ayollar bundan bexabarliklari uchunmi, jinsiy a’zolar tozaligida, asosan, oddiygina sovundan foydalanishadi. O‘z navbatida, oddiy sovundan jinsiy a’zolar parvarishida foydalanish umuman noto‘g‘ridir. Negaki uning tarkibida ishqor mavjud bo‘lib, qin devori ta’sirlanishiga olib keladi. Bu esa qin ichida kislotali muhitning kamayishi va zararli bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi. Xususan, qin shilliq qavatida laktobakteriyalarning kamayishi qin disbakterioziga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham jinsiy a’zolarni parvarishlashda, oddiy kundalikda ishlatiladigan sovunlardan emas, maxsus tarkibida laktobakteriya saqpovchi vositalardan foydalangan ma’qul.
Inson o‘z tanasini toza saqlashda, istasa, har kuni yoki kun ora cho‘milishi mumkin.
@medicine_uz
🍀Jinsiy a’zolar gigiyenasida kuniga necha marta yuvingan ma’qul?🍀
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jinsiy a’zolarni parvarishlashda kuniga ikki marta, iliq issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi. Orqa chiqaruv yo‘li gigiyenasida maxsus yuvuvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Negaki ular tarkibi bunday «jiddiy» a’zolar uchun juda «yumshoqlik» qiladi. Sohani mikroblardan tozalashda (dezinfeksiya), ishqorli sovunlardan foydalangan ma’qul. Sochiqlardan foydalanishda ham e’tiborni bo‘lish foydadan xoli bo‘lmaydi. Nozik sohalar uchun sochiqlar ham toza, yumshoq va eng asosiysi, shaxsiy bo‘lmog‘i zarur. Ayolning oy kunlarida vanna qabul qilish, suv havzalarid cho‘ milish tavsiya etilmaydi. Bu kunlarda jinsiy yaqinlikdan ham yiroq bo‘lish lozim. Hayz kunlarida ishlatiluvchi tagliklarni ham sutkasiga 4 -5 marta almashtirib turish maqsadga muvofikdir.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
😳😳😳😳😳😳😳😳😳😳
MANA Silarga ösha KANAL shöv shuvga SABAB BOLGAN kanalimiz
Voobshem Daxshat kanal
👇👇👇👇👇👇👇👇
@SaraRetseplar
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEI4uANzlhYvKhdjiA
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
SEVGI SIRLARNI BILMOQCHMSIZ UNDA O'ZINHINNI YILINGIZ USTGA BOSING O'ZINGIZ GUVOXI BOLING👇👇👇👇👇👇👇
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Tashxis bir necha bor o‘zgartiriladi. Bunday kasalligi bor bemorlarni bir necha marta o‘zi ham ko‘rgan va anketalar ochgan hamshirada bu kasallikning yaqqol belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. U boshqa mutaxassislarga (nevropatologga) ko‘rinmasdan, uch yil mobaynida LOR vrachlarda davolanib yuradi. Bosh aylanishi xurujlari tez-tez kuzatilib turadigan bu bemor bora-bora juda jahldor, arzimagan narsaga yig‘layveradigan va depressiya holatiga tez tushadigan bo‘lib qoladi. Bemor miyasiga «Menyer kasalligi»ni shu darajada singdirib olgandiki, har bir ruhiy siqilishdan so‘ng, unda xuddi Menyer kasalligiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lavergan. Psixoterapevtik muolajalar yetarlicha o‘tkazilmaganligi uchun davolanish jarayoni juda cho‘zilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bemorda yatropatiya rivojlangan edi.
Navbatdagi xurujdan so‘ng bemorga nevropatologga ko‘rinish tavsiya qilinadi va bizga yuboriladi. Uning kasallik va hayot anamnezi bilan tanishib chiqib, unda nevrologik va psixologik tekshiruvlar o‘tkazdim va yana bir bor LOR vrachlari bilan maslahatlashib, «Menyer kasalligi» ni inkor qildim. Barcha tekshiruvlardan so‘ng bemorga «Menyer sindromi ko‘rinishidagi niqoblangan depressiya» tashxisi qo‘yildi, ya’ni haqiqiy «Menyer kasalligi» inkor qilindi. Bemorning hamshiraligi e’tiborga olinib, unga bu atamalar farqini tushuntirdim. Bularning hammasi hamshiraga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va u endi davolash muolajalariga katta ishonch bilan qaray boshladi. O‘tkazilgan maxsusdavolash muolajalaridan so‘ng bemor tuzalib ketdi.
Eslab qoling. Hurmatli bemorlar! Bosh aylanishi deyarli har doim qaysidir kasallik belgisi yoki ruhiy-hissiy zo‘riqishlar alomati hisoblanadi. Siz har qanday holatda ham vrach tavsiyasiga ko‘ra ish tuting.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
😍👉ГУЗАЛ АЁЛЛАРИМИЗГА ЁШЛИКНИ САКЛАШ ВА МАКИЯЖ ВА ЮЗ ПАРВАРИШИ ,ОЗИШ ,СЕМИРИШ ХАКИДАГИ КАНАЛИМИЗГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ😍👈
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEGBpgUv_M0r_SzweA
☘Ayol go‘zalligi☘
1. Ayolning yurishi chiroyli bo‘lishi kerak. Qaddi rostlangan, qadamlari yengil va beg‘ubor bo‘lishi ayolni erkakdan farqini namoyon qilib turishi lozim. Yoga va fitnes bilan shug‘ullanish ayol qaddini go‘zalligini ochib berishga yordam beradi.
@medicine_uz
2. Yuz va badan terisi sog‘ va parvarishlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun haftada bir marta mahsus o‘tli damlanmalardan, yoki dengiz tuzlarini qo‘shgan holda vanna qabul qilishni unutmang. Yuzingizga vaqti-vaqti bilan muntazam ravishda niqoblar qiling.
@medicine_uz
3. Ayol ko‘zlari uning eng katta boyligidir. Ko‘zlari tiniq, charchamagan va parvarishlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun uyquga to‘yib, ko‘zga vitaminli tamponlardan qo‘yib, o‘tli danlanmalardan ko‘zni chayib turish lozim.
@medicine_uz
4. To‘g‘ri ovqatlaning. Foydali ovqatlanish go‘zallik garovidir. Yog‘li, sho‘r, shirin yeguliklardan bosh torting. Ko‘proq meva va sabzavotlardan iste’mol qiling.
@medicine_uz
5. Toza havoda ko‘p bo‘ling. Toza havo organizm xujayralarini yangilanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har kuni saxarda toza havoda jismoniy mashg‘ulotlarni amalga oshirsangiz jismonan va ruham yosharasiz.
@medicine_uz
6. Sochingizga alohida ahamiyat bering. Soch ham ayolning go‘zalligini ochib beradi. Sochingizni parvarish qiling. A, E va B vitaminlariga boy mahsulotlardan iste’mol qiling. Soch doim toza va parvarish qilingan bo‘lishi lozim.
@medicine_uz
7. Tirnoqlarga ahamiyat bering. Tirnoqlar toza, manikyur qilingan va sog‘lom bo‘lishi kerak.
@medicine_uz
8. Did bilan kiyining. Modani orqasidan qulamasdan, yarashib turadigan, sizning bor kamchiligingizni berkitib, go‘zalligingizni ochib beradigan kiyimni tanlang.
@medicine_uz
9. Makiyajni to‘g‘ri qiling. Ortiqcha bo‘yanish, didsiz boyanish va yoshiga mosmas bo‘yanish ayolni go‘zal qila olmaydi.
@medicine_uz
10. Qalbingizni go‘zal qiling. Tashqi go‘zallik doimo ichki go‘zallik bilan birga namoyon bo‘lishi lozim. Ayolda ichki qalbdagi go‘zallik bo‘lmasa uning tashqi ko‘rinishi jalb qila olmaydi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
☘☘Bolangiz oyoqlari sog‘lom bo‘lishini istaysizmi?☘☘
Tovondagi nuqson kishi qaddi-qomatidagi buzilishlarning sababchisi ekanini ko‘pchiligimiz bilamiz. Ammo bilasizmi, 98% yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tovonida hech qanday fiziologik og‘ishlar kuzatilmaydi. Lekin 60% kattalarda ana shu og‘ishlar mavjud.
Ushbu buzilishlarning oldini olish va farzandingizni undan himoyalash uchun bola hayotining ilk oylaridanoq uning oyoqlarini ehtiyot qilish va ularni to‘g‘ri parvarishlash zarur. Iloji boricha ertaroq aniqlangan muammoning profilaktikasi kelajakda bu boradagi muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi. Go‘dakning oyoqchalari sog‘lom bo‘lishi to‘la-to‘kis ota-onalarning diqqat-e’tiboriga bog‘liq.
Xo‘sh, ota-onalar aynan nimaga e’tibor berishlari kerak? Eng keng tarqalgan muammolar – bu oyoqlarning terlashi, yassi tovonlik va o‘sayotgan tirnoqning barmoq etiga kirib og‘ritishi hisoblanadi. Keling ularni ko‘rib chiqamiz.
@medicine_uz
☘Oyoq terlashi☘
Oyog‘i ko‘p terlaydigan bola bir nechta muammolarni orttirishi mumkin. Ularga oyoq poyabzalda sirpanishi natijasida kelib chiqadigan oyoq qavarishi, qadoq bosishi ham, mikozlar va oyoq osti so‘gali ham kiradi.
Odatda ter bezlari tuzilishining individual o‘ziga xosligi va faoliyati yoki vegetativ-tomir distoniyasi kuchli terlash sababchisi bo‘ladi.
Uning oldini olish oddiy. Qumda, massaj gilamida va boshqa g‘adir-budirli yuzada oyoq yalang yurish juda foydali. Shuningdek go‘dakning tovonini yaxshi havoda tez-tez ochiq qoldirish ham foydadan holi emas. Bundan tashqari ketma-ket iliq va salqin suvda bola oyoqchalarini vannachaga solish ham yaxshi natija beradi.
Bunday bolalar uchun «nafas oladigan» materiallardan tayyorlangan poyabzalni xarid qilish lozim. Paypoqlar esa tabiiy paxta yoki ipakdan tayyorlangan bo‘lishi shart. Paypoqlarni tez-tez almashtirish va tovonlarni shamollatib turish ham zarar qilmaydi. Davolovchi muolajalar individual tarzda va faqat dermatolog hamda nevrolog bilan maslahatlashgandan keyingina tayinlanadi.
@medicine_uz
☘Yassi tovonlik☘
Yassi tovonlikning ikkita asosiy sababchisi bor – salbiy nevrologik mavqe va bola tovonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan holda tayyorlangan noto‘g‘ri poyabzal.
Buning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan nevrolog va ortoped qabuliga borib turishni unutmang. Tashriflar go‘dak 1 oyligida, 3 oyligida, 6 oyligida va 1 yoshida amalga oshirilishi kerak. Keyin esa yiliga bir marta.
Yassi tovonlikda g‘adir-budur yuzada oyoq yalang yurish juda foydali, ammo hech qanday holatda ham tekis polda oyoq yalang yoki paypoqda yurmaslik kerak, bu yanada katta asoratlarga olib kelishi mumkin. Raqs, yengil atletika va badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishdan ham voz kechgan ma’qul.
Bunda oyoq joyida mahkam va to‘g‘ri turishi uchun qayishqoq tagcharmli, orqasi mustahkam va bog‘ichli poyabzalni tanlash lozim. Poyabzal patagi anatomik, ya’ni o‘rtasida supinatorli bo‘lishi shart. Davolovchi gimnastika individual tarzda ortoped-shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng tayinlanadi.
@medicine_uz
☘Tirnoqning barmoq etiga kirib og‘ritishi☘
Bunga irsiyat, tor poyabzal va tirnoqlarni noto‘g‘ri olish sababchi bo‘ladi. Buning oldini olish uchun bolaning tirnoqlarini to‘g‘ri va tekis olib tashlash va tirnoq chetlarini ozroq egovlash kerak bo‘ladi.
Poyabzal aynan bola oyog‘ining anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda xarid qilinadi. Oyoqlar botinkada siqilmasligi va shu bilan birga poyabzal keng bo‘lmasligi lozim. Poyabzal patagining ichki uzunligi go‘dak tovoniga qaraganda 3 mm.ga uzunroq, eni esa 1,5 mm kengroq bo‘lishi kerak. Buning uchun uyda karton qog‘ozga oyoq yalang barmoqlari to‘g‘ri turgan farzandingizning tovonini chizish juda qulay.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
☸ 2017-2018 yil bashorati!
O'z burjingizni tanlang! Bu yildagi hayotingizda nima sodir bo'lishini bilib oling! ☸☸ O'z burjingizni tanlang va Hayotingizda nima sodir bo'lishini bilib oling! ☸
BOLLAR KIRMASIN
FAQAT QIZLA BOSIN👇🏻
❤ ❤ ❤❤
❤ 😘 😘 ❤ 😘 😘 ❤
❤😘 😘 😘 😘 😘 😘 😘❤
❤ 😘😘 😘 😘 😘 😘 😘❤
❤ 😘 😘 😘 😘 😘 😘❤
❤😘 😘 😘 😘 😘 ❤
❤ 😘 😘 😘😘 ❤
❤ 😘 😘 😘 ❤
❤ 😘 😘❤
❤ ❤
❤️
YURAKCHANI USTIGA BOSING
BOLLA KIRMASIN !!!
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍎🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
🍏🍏🍏🍏🍏🍏🍏
Qizil olma ustini bosing mo'jiza ro'y beradi 🙈
☘☘Jahl chiqishi organizmga qanday ta’sir qiladi?☘☘☘
Achchiqlanish bizni nafaqat atrofdagi odamlarga o‘dag‘aylashga majbur qiladi, balki bizning ichki, jismoniy holatimizda ham o‘z aksini topadi. Salbiy hissiyotlar jo‘sh urganda qaysi a’zolar aziyat chekadi?
@medicine_uz
☘Miya☘
Ma’lum bo‘lishicha, g‘azablanish natijasida bizning qonimiz qaynash o‘rniga ivir ekan. Garvarddagi sog‘liqni saqlash maktabida o‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, tomirda ivib qolgan qonlar keltirib chiqaradigan ishemik hujum xavfi g‘azab alangasidan bir necha soatdan keyin uch martaga oshar ekan.
@medicine_uz
☘Yurak☘
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 2 soat davom etgan o‘z salbiy hissiyotlarini nazorat qilolmaslik holati infarkt xavfini 8,5 marta oshirar ekan. Shuningdek, ko‘proq kelishmovchilik holatiga g‘azabli munosabat bildiruvchi kishilar yuqori qon bosimi, ko‘krak qafasidagi og‘riq va boshqa yurak-tomir tizimi muammolari bilan bog‘liq kasalliklarga duchor bo‘lishar ekan.
@medicine_uz
☘Teri☘
Yuzning jahldan qizarishi teri holatiga zarar yetkazadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday holat terini atopik dermatit xurujigacha olib kelar ekan.
@medicine_uz
☘O‘pka☘
Yuqori “qaynash darajasi” va g‘azabni boshidan kechirgan odamlar o‘pkasi zaif holatda bo‘lar ekan. Mutaxassislar fikricha, g‘azab tufayli stress gormonlarining yuqori miqdori nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga olib kelar ekan.
Xulosa – har qanday, hatto eng qaltis vaziyatlarda ham aql bilan suhbatlashishga harakat qiling va jahlning shaxsiy hayotingizga va sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishiga yo‘l qo‘ymang.
Avitsenna.uz
@medicine_uz