🍀🍀Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish foydalari🍀🍀
Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy mashqlar bajarishning foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
@medicine_uz
🍀Jismoniy tarbiyaning sog‘liqqa foydalari:🍀
sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir. kishi sport bilan shug‘ullanganida organizmi yaxshi chiniqadi, muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan odamning nerv-endokrin, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa hayotiy muhim a’zolari hamda to‘qimalarining ish faoliyati ortadi. sport mashg‘ulotlari odam tanasidagi to‘qimalarning tez yangilanishi, uning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga sabab bo‘ladi. taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payib, organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitet) kuchayadi. kam harakatlilik (gipodinamiya) yurak faoliyatini kuchsizlantiradi. Natijada yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar yuzaga keladi. mashqlar orqali qon aylanishi tezlashadi, miyamizga kislorod boradi, mushaklar kuchayib, bo‘g‘imlarning harakatini ta’minlaydi, ruhiy taranglik yo‘qolib, energiya ortadi. sport bilan shug‘ullanuvchilarda yurak klapanlari va muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqalarnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi (4500-6500 ml.ga etadi), nafas olish va qon aylanish a’zolari yaxshi rivojlanadi. odatda zaiflashgan, chiniqmagan tanada mikroblar yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit topadi. Natijada bunday odam kasallanadi. jismoniy mashqlar tufayli yurak, buyrak, o‘pka va tomirlar kuchga to‘ladi, tomirlar kengayadi va elastik holatga keladi. Shunday qilib tomirlardagi yog‘ nisbati, xolesterin, shakar va insulin pasayadi. Tananing yog‘ nisbati kamaysa, o‘zimizni kuchli his etamiz, asab tizimi sog‘lom bo‘ladi. xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning sog‘lom bo‘lishidir. Buning uchun esa badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. uy sharoitida jismoniy mashqlar bajarish yoki biron sport turi bilan shug‘ullanish hozirda keng tarqalgan semirishning oddiy davosidir. Zero, semirish ish faoliyatini pasaytiradi, sog‘liqni zaiflashtiradi. jismoniy tarbiya mashqlari kishiga ko‘tarinkilik va ruhiy dalda bag‘ishlaydi. Bunday holda ishlar unumli va sog‘liq joyida bo‘ladi. agar kishi bir kunda 10 daqiqa jismoniy mashqlar bajarsa, u daqiqasiga yuragining 10 marta urishini “tejab” qolar ekan. Bu bir yilda 500.000 martani tashkil qiladi. Mana shu yo‘l bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan forig‘ bo‘lish, yurakni sog‘lom qilish, infarktdan qutulish mumkin. aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat davrida miyadagi qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Chunonchi, ilm olishda har 40-60 daqiqada 5-6 daqiqa badantarbiya mashqlari bajarilsa, miyaning zo‘riqishidan paydo bo‘ladigan nevroz kasalligining oldi olinadi.
@medicine_uz
🍀🍀Qon orqali yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan qanday himoyalanish kerak?🍀🍀
Tez-tez o‘ziga qon va qon komponentlarini quyadigan odamlar aslida xavfli guruhga mansub bo‘lishadi. Kasalliklarning qon yoki qon komponentlari orqali yuqishi (gemokontakt) bugungi kunda uchrayotgan jiddiy holat hisoblanadi. OIV/OITS, gepatit B, gepatit C kasalliklari gemokontakt infeksiyalar sirasiga kiradi va xavflilik darajasi yuqoridir.
@medicine_uz
Faqat odamlarda uchraydigan yuqumli kasallik OIV virusi organizmda butun umr saqlanib qoladi va uning yashirin davri bir necha oydan 5-10 yilgacha cho‘ziladi. Virusni yuqtirib olgan shaxslar dastlab sog‘lom ko‘rinishadi, ularda uzoq paytgacha kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Aynan shu davr ancha xavfli hisoblanib, OIVni yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda boshqalarga yuqtirishi mumkin.
OIV infeksiyasida o‘z me’yorida ishlab turgan immun tizimi (kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati) yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Virus organizmda tinimsiz ko‘payib, asta-sekin immun tizimini mutlaqo ishdan chiqaradi. Tegishli davo choralari ko‘rilmasa, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) rivojlanadi. Bu davrda organizm turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C gemokontakt usulda (ya’ni teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan kechadigan muolajalar paytida) yuqishi mumkin. Masalan:
OIV infeksiyasi bilan zararlanganda;tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari bemorlarga quyilganda;a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda;nosteril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanilganda (qon qoldiqlari mavjud bo‘lgan ustara, manikyur, pedikyur, kosmetologik asbob-anjomlar, bir martalik shprislar qayta ishlatilganda) yuqish xavfi ko‘proq bo‘ladi.
Kishilarimiz davolash-profilaktika muassasalariga u yoki bu muolajani olish bo‘yicha murojaat qilishganda albatta bir martalik shpris, sistema, qo‘lqoplardan foydalanilishiga, shuningdek maishiy xizmat shoxobchalarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifatliliga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Umuman, OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C kabi kasalliklardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qilinishi zarur:
Maishiy xizmat shaxobchalarida sochsoqol olish, manikyur, pedikyur, kosmetologik, tatuaj muolajalarini olish paytida ishlatilayotgan asbob-uskunalarni sterillanganligiga ishonch hosil qilish.Uy sharoitida faqat shaxsiy ustara, tish cho‘tkalari va boshqa shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish.Tibbiy muolajalar olish zaruriyati tug‘ilganda faqatgina steril, bir marotaba ishlatiladigan asbob-anjomlardan foydalanish.
Demak, hech birimiz salomatligimizga beparvo bo‘lmasligimiz zarur. Shundagina tasodifan kasallik yuqishi xavfi bizdan yiroqlashadi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
ZIYO MEGA GROUPDAN TOP KANALLAR KATALOGI
⭐️Shoxruz (Abadiya) Kanali
🎶Зарубежные музыки Здесь!
💉Медицина
❇️ Ginnes Rekordlari
🎵Zo'r (2017) Qo'shiqlar
💃Faqat Qizlar Bossin tez
🎬Uzvideo Uzkino
👗Koreya va Turkiya liboslari
🌷Калб сузларим
💪Fitnes Mashqlar &Diet
❤️Sevgi She'rlari
✍🏻Eng Sara Statusli Rasim
🎧Uzmusic
❤️Eng zo‘r Sherlar kanali
😱ШоК Расмлар
📚 Зиёлилар учун махсус
💋Moda va Stil olami
👩🍳Pazandalar Kirsin
🌹Аёл беркитган сирлар
🇺🇿Tezkor Xabarlar
👗Turkiya Liboslari
😱 Tekinga Ozish
🎓 Psixologik testlar
🌯Turk Milliy Taomlari
❤️Sevishgan Qalblar Uchun
👊Ufc ko'cha janglari
😘 Jinnivooooyim
🇺🇿Kara Sevda Uzbek Tilida
🍎 GiF Retseptlar
🔥ReMiX MP3 Music2017
🌸Оналар канали
💋Shahzoda Mp3 va Kliplari
🎧Yangi MP3lar - 2017
🔊Bass | Trap | Dubstep
🔴 Kosmetologiya
📸°Profil Uchun Rasmlar°
🍕Mazzali Taomlar
💃 Shaxzoda Dizayner Liboslari
👗Parizoda Liboslari
🎥Дахшатли Узбекча видео
🎶Yangi Taronalar 2017+
❤️ Севишганлар Макони
👵🏻Jannatim Onam
👨👩👧👦Yulduzlar Oilasi!
😭Ўқинг Йиғламанг
👗Dizaynerlardan Fasonlar
🍟Hindcha Kino-Klip-Mp3
OʻZBEKISTONDAGI BIRINCHI MEGA GRUPPA @ZIYOMEGA KANALLARI BEMANI VA BEHAYO REKLAMALARDAN YIROQ!
🤔 Sizga qaysi klub ko'proq yoqadi va qaysi jamoa kuchliroq❓
🇪🇸 Barcelona
🇬🇧 Man.United
🇪🇸 Real Madrid
🇬🇧 Chelsea
🇫🇷 PSG
🇮🇹 Milan
☝️DIQQAT‼️ Tanlang ! va ushbu clublarning #rasmiy muxlisiga aylaning!❗
🍀🍀Аёллар саломатлиги учун хатарлар🍀🍀
Кўркам либос ва пардоз-андоз фақат соғлом аёлгагина ярашади. Шу боис ҳам биз, аёллар саломатлигимиз ҳақида ҳаммадан кўра кўпроқ қайғуришимиз зарур. Соғлиқ учун курашар эканмиз, унинг “душман”лари нималар эканлигини билиш зарар қилмайди, албатта.
@medicine_uz
🍀Парҳез – фойда эмас, зарар!🍀
Идеал қомат ва гўзал чеҳра соҳибаси бўлишга ҳаддан зиёд интилиб, кўпчилик аёллар ўз соғлиғига зарар келтираётганини сезишмайди ҳам. Билсангиз, аёл организмининг биринчи рақамли душмани очликдир. Парҳезга риоя қилиб, мажбуран оч юриш кони зарар. Энг ёмони эса кўпчилигимиз қаердадир ўқиган ёки дугонамиздан эшитганларимизга риоя қиламиз. Малакали мутахассис билан эса маслаҳатлашмаймиз. Одатда, бундай парҳез кутилган натижани бермайди, организмнинг одатий озуқасидан бош тортиш эса соғлиқ билан боғлиқ катта муаммоларга сабаб бўлиши мумкин. Масалан, юрак ритмининг бузилиши, соч тўкилиши, остеопороз, қабзият, томир тортишиши ва кўнгил айниши кабиларни олайлик. Буларнинг бари силлани қуритиб, асабга ҳам таъсир этмай қолмайди.
@medicine_uz
🍀Тор либослардан воз кечинг!🍀
Сарвқомат бўлай, деб аёллар тор-таранг либосларни кийиб юришга одатланишган. Айниқса, қоматни бир неча сантиметр кичикроқ қилиб кўрсатувчи ички кийимларни кийишни ҳам канда қилмаймиз. Шифокорларнинг таъкидлашича, мунтазам тор кийимлар кийиш организмда модда алмашинувини издан чиқариб, гинекологик ва эндокринологик касалликларга сабаб бўлади, бепуштликни рағбатлантиради. Хусусан, тор шим кийиш оқибатида қизларда тос суягининг қисқариши, яъни торайиш юз бермоқда. Бу эса аёлни энг олий вазифаси – фарзанд дунёга келтиришдан маҳрум этиши ҳам мумкин. Шунингдек, ички кийимларни танлаётганда табиий матодан тикилганларини сотиб олиш мақсадга мувофиқдир.
@medicine_uz
🍀Баланд пошнали пойабзал🍀
Баланд пошнали оёқ кийимлар аёл кишига янада мафтункорлик бахш этиши билан бирга унинг ўзига бўлган ишончини ҳам оширади. Аммо соатлаб ноқулай ҳолатда турган оёқ мушаклари чарчайди ва моддалар алмашинуви бузилиб, турли салбий натижалар юзага келади. Оёқнинг товон қисми баландда бўлгач, асосий босим оёқ кафти остига тушади. Меъёр бузилиши тананинг устуни – умуртқа поғонасига оғирлик қилиб, аёлнинг гавда тузилишида ўзгаришлар юзага келади. Узоқ муддатли ва ҳаддан ортиқ кучли зўриқиш мушаклар толиқиши ва оёқ панжалари зўриқишига олиб келади. Оёқ панжаларида, болдир, тизза бўғимлари, бел соҳаси ва бошда оғриқ пайдо бўлиши мумкин. Оёқ томирларининг варикоз кенгайиши, асаб билан боғлиқ турли дардлар, орттирилган кўндаланг яссиоёқлик келиб чиқиши, шунингдек, ёш ўтган сари оёқ бармоқлари шаклининг ўзгариши, подагра юзага келишига ҳам баланд пошнали оёқ кийимлар сабаб бўлади.
@medicine_uz
🍀Ҳаракатсизлик🍀
Узоқ муддат бир жойда ўтириш – аёлларнинг энг катта душманларидан бири. Статистик маълумотларга кўра, бир ерда кўп вақт ўтириб ишлайдиган одамлар фаол кишиларга нисбатан ўртача ўн йилга эрта қарийдилар. Мунтазам ўтириш ортиқча вазн ва моддалар алмашинуви бузилишига олиб келиши исботланган. Камҳаракат турмуш тарзи бавосил (геморрой), остеохондроз, семириш, юрак етишмовчилиги каби оқибатларга олиб келади. Шунингдек, ҳаракатсизлик туфайли умуртқа артерияси тизимида сустлик юзага келиб, миянинг қон билан таъминланиши бузилиши ҳам мумкин. Бундан бош оғриғи келиб чиқади, хотира пасаяди, қон босими кўтарилади ва ҳолдан тойиш кучаяди. Ўтирганда бел соҳасидаги умуртқа дискига тушадиган босим тўрт баравар ошади. Бунда нимжон қорин мушаклари умуртқани умуман “қўллаб-қувватлай” олмай қолади. Натижада, белингиз букилиб, қорин осилиб қолади ва у ички аъзоларнинг силжишига олиб келади. Бу эса ошқозон-ичак йўлида содир бўладиган кўпгина муаммоларга сабабдир. Бундан ташқари, камҳаракат турмуш тарзи кичик тос соҳасида қон айланишининг бузилишини келтириб чиқаради.
@medicine_uz
🍀🍀Uyqu gormoni — melatonin. U biz uchun qanchalik muhim?🍀🍀
Melatonin – to‘liq kechki uyquda ishlab chiqariladigan gormondir. Melatoninning sintezi yorug‘liq darajasiga bog‘liqdir: nur (svet) uning ishlab chiqarilishini kamaytiradi, qorong‘ulik esa – ko‘paytiradi.
@medicine_uz
🍀Melatonin qayerda va qanday ishlab chiqariladi?🍀
Melatonin asosan epifizda (shishasimon bezda) ishlab chiqariladi. Undan tashqari, uning sintezi qon hujayralarida, buyrakda va oshqozon-ichak traktida ham ishlab chiqariladi. Yorug‘lik yuqori bo‘lsa, uning sintezi kamayadi. Kattalarda bir sutka davomida o‘rtacha 30 mkg melatonin ishlab chiqariladi. Uning qond zardobidagi konsentratsiyasi kechasi kunduzgiga qaraganda 30 barobar yuqoridir. Maksimal konsentratsiyasi esa kechki soat 2 ga to‘g‘ri keladi. Kechki soatlarga melatonin ishlab chiqarilishining 70% to‘g‘ri keladi.
@medicine_uz
🍀Melatonin nega organizm uchun shunchalik zarur?🍀
Melatoninning asosiy vazifasi – sirkad ritmlarni, uyqu va bedorlik (uxlamay yurish) rejimlarini nazorat qiladi. Lekin, bundan tashqari, yangi tadqiqotlar melatoninning boshqa ko‘pchilik yaxshi xususiyatlarini ochishmoqda. U kuchli antioksidant hisoblanadi, organizmni stressga qarshi turishini ta’minlaydi, qarish va qarish jarayoni bilan bog‘liq kasalliklarni sekinlashtiradi, qon bosimini nazorat qiladi va, hattoki, yomon sifatli o‘smalarni rivojlanishini oldini oladi.
@medicine_uz
🍀Melatonin yetishmasa nima bo‘ladi?🍀
Laborator hayvonlarda o‘tqazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, melatonin yetishmovchiligida hayvonlar tezroq qarishni boshlashdi: ularda menopauza ertaroq rivojlanar edi, ozod radikallar zararlagan hujayralar to‘planardi, insulinga sezgirlik pasayardi, semizlik va saraton rivojlanardi.
Agar organizmda melatonin kam miqdorda ishlab chiqarilsa, keyingi simptomlar kuzatilishi mumkin:
uyqusizlik, uyqu buzilishi;uxlash va bedorlik sikllarining buzilishi;immun tizimni susayishi;gipertenziya va gipotenziya;psixik adaptatsiyaning buzilishi;qo‘rquv-depressiv holatlar.
Agar bu simptomlar doimo bezovta qilsa, sababini bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokor sizga tarkibida melatonin bo‘lgan dorilarni yozib beradi.
@medicine_uz
🍀Melatoninni qachon qabul qilish mumkin emas?🍀
Ishi yuqori aql konsentratsiyasini talab qiladiganlar dorini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Melatonin dorilari gormonal buzilishlarda, gormonal terapiyada va allergiyasi bor odamlarda xavfli bo‘lishi mumkin. Undan tashqari keyingi kasalliklarda melatoninni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:
Autoimmun kasaliklar;limfoma;limfogranulematoz;leykoz;qandli diabet;miyeloma;epilepsiya.
@medicine_uz
🍀Melatonin miqdorini tabiiy yo‘l bilan ko‘paytirish mumkinmi?🍀
Melatonin ko‘pchilik meva va sabzavotlar tarkibida bor – u hujayralarni oksidativ stressda ta’sirida zararlanishidan himoyalaydi. Lekin melatonin miqdorini ovqat hisobidan ko‘paytirish ancha mushkul masala – tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarishlar kam bo‘ladi. Gormonni ishlab chiqarilishini asosiy usuli – kun tartibini normallash. Qorong‘u xonada kunning qorong‘u paytida uxlash – melatonin ishlab chiqarilishining eng yaxshi uslubidir.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
‼️ОҒИЗ БАДБУЙ ХИДНИ КЕТҚАЗИШНИ 10ТА ТАБИЙ УСУЛИ.
БАРЧАСИ ВИДЕО КУРИНИШДА 💯
БАТАФСИЛ👇БУ ЕРДА
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEOxrnoQQ0gPBIj2OQ
🍀🍀Ko‘zlar nima uchun qizaradi?🍀🍀
Agar ko‘zlar qizarib ketsa va qovoqlar bir-biriga yopisha boshlasa nima qilish kerak? Bu qanday kasallikdan darak beradi?
@medicine_uz
🍀Kon’yunktivit nima?🍀
Kon’yunktivit — bu ko‘zlarni qoplab turuvchi yupqa pardaning yallig‘lanishi. Yupqa to‘qima — kon’yunktiva — qovoqlarni va ko‘zning o‘zini qoplab turadi, uning nam va toza bo‘lib turishiga yordam beradi.
@medicine_uz
Kon’yunktivitning alomatlari:
Qizarish.Qichishish.Yosh oqib turishi.Kipriklarda yopishqoq yumaloqchalar va pardachalarning paydo bo‘lishi, ayniqsa ertalabki paytlar.
@medicine_uz
🍀Kon’yunktivitni qanday davolash kerak?🍀
Davolash tarzi uning sabablariga bog‘liq. Ko‘p hollarda maxsus davolash talab qilinmaydi, kon’yunktivit 1-2 haftada o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi: viruslar chekinadi, pardalar va kipriklar ko‘z yoshi suyuqligi yordamida tozalanadi.
Bakteriyali infeksiyalarni antibiotik tomchilar va malham dorilar yordamida davolashadi. Lekin bunday dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash mumkin emas, antibiotiklardan faqat shifokor tavsiyasi asosida foydalanish lozim. Allergiyaga esa antigistaminli vositalar va tomchilar yaxshi samara beradi.
@medicine_uz
🍀Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?🍀
Odatda kon’yunktivitning asorati bo‘lmaydi, lekin uning shifokorga borishga sabab bo‘ladigan tahlikali alomatlari bor:
Ko‘zlardagi og‘riq.Yoruqqa qaray olmaslik.Ko‘zning xiralashishi.Yiring.
@medicine_uz
🍀Kasal bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?🍀
Ko‘zga teginishdan oldin qo‘llarni yuvish.Birovning sochig‘ini ishlatmaslik va ularni tez-tez almashtirish.Yostiq jildlarini o‘z vaqtida almashtirish.Muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.Birovning kosmetika vositalaridan foydalanmaslik.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Ҳомиладор аёл билиши керак бўлган 13 маълумотлар🍀🍀
Она вужудидаги митти юракнинг овоз бериши жуда ёқимли ҳолат. Айниқса, унинг ҳаракатланиши ўзгача кайфият бағишлайди. Хўш, тўпалончи ҳали туғилмасидан яна қандай шумликлар қилади?
1. Ҳомила 11 ҳафталик бўлгач, бачадон девори бўйлаб «юриш»ни бошлайди.
@medicine_uz
2. 9 ҳафталик бўлган ҳомила онаси билан мулоқотга киришишни истаб, енгил ҳаракатланади. Аммо жуда кичик бўлгани учун биз буни сезмаймиз.
@medicine_uz
3. Ҳомила 30 ҳафталик бўлганида эснайди, 32 ҳафталигида эса қўлларини ҳаракатга келтириб, ўйнайди. Баъзан айнан мана шу муддатда ўтказилган УТТ текширувида эснаётган болакайни кўриш мумкин.
@medicine_uz
4. Эмбрионнинг ўғил ёки қиз фарзанд бўлиши 12 ҳафтадан сўнг маълум бўлади. Унга қадар ўтказилган УТТ текширувида эса бола жинсини аниқлаб бўлмайди.
@medicine_uz
5. 24 ҳафтадан ўтган ҳомила муддатидан эрта туғилганида ҳам яшаб кетиши мумкин.
@medicine_uz
6. Буни қарангки, чақалоқларнинг атиги 5 фоизигина шифокорлар аниқлаган муддатда дунёга келишади.
@medicine_uz
7. 6 ҳафтадан 11 ҳафтагача ҳомила ривожланиши жадал бўлиб, буйрак ва ошқозон аъзолари шаклланади. Шуниси қизиқки, бу аъзолар атиги гуруч донасидек катталикда бўлади.
@medicine_uz
8. Туғилажак фарзандингизнинг юрак уришини 22 ҳафтадан сўнг эшитоласиз. Бунинг учун шифокорлар махсус эшитиш мосламасидан фойдаланишади.
@medicine_uz
9. Буни қарангки 16 ҳафталик ҳомилабармоқларини мушт қилиб, ҳаракатлантириши мумкин экан.
@medicine_uz
10. Ҳомиланинг ички аъзолари 6-ойгача шаклланса, ундаги ҳис-туйғулар шу ҳафтадан сўнг юзага келади.
@medicine_uz
11. Асабий бўлсангиз, ҳомиладорликнинг 7 ойига келиб, бу одатингизни бас қилинг. Чунки етти ойликдан сўнг вужудингиздаги митти «одамча» ташқи омилларга таъсирчан бўлади.
@medicine_uz
12. Туғилажак фарзандингиз билан кўпроқ суҳбатлашинг. Ҳомила онасининг овозини яхши эшитади.
@medicine_uz
13. Агар 9 ойни 100 фоиз деб тасаввур қилсак, шундан 10 фоиз вақтда ҳомила уйғоқ бўлади. Қолган вақтларда эса ухлайди.
@medicine_uz
🍀🍀Musiqa tinglab ishlash zararmi?🍀🍀
Bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar dars qilishni musiqa tinglash barobarida amalga oshirishga o‘rgangan. Musiqa eshitib ishlash bizga tanish bo‘lib qolgan manzara bo‘lsa-da, uning aqliy faoliyatga qanday ta’sir qilishi haqida har bir kishi o‘ylab qolishi tabiiy.
Olimlar musiqaning ruhiy tushkunlik va xavotirni kamaytirishini allaqachon isbotlashgan. Bundan tashqari, musiqa kayfiyatni ko‘taradi va miyaning bilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Ammo, mutaxassislar haligacha biz musiqani qay holatda eshitishimizga yetarlicha e’tibor bermagan.
Agar odam aqliy ish bilan shug‘ullanayotgan paytida sevimli musiqasini eshitsa, bu miya ishiga hech qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb yozadi Amerikaning “Applied Cognitive Psychology” jurnali.
Nevrologlar esa musiqaning miya faoliyatiga qanday ta’sir qilishini tekshirish uchun test o‘tkazishdi.
Bir guruh ko‘ngillilarga ma’lum tartibda joylashgan 8 ta undosh harflarni yodlash vazifasi topshirildi. Tajriba chog‘ida ba’zan sokin va ishtirokchilar uchun sevimli taronalar, ba’zan ularga yoqmaydigan taronalar yangradi.
Tajriba yakunida ma’lum bo‘lishicha, fon musiqasi aqliy qobiliyatga umuman yordam bermaydi. Testning eng yaxshi natijalari esa, qatnashchilar topshiriqni jimjitlikda bajargan vaqtida olingan. Xulosa shuki, aqliy mehnat davomida musiqa tinglash, u xoh yoqimli bo‘lsin, xoh yoqimsiz, miyadagi turli jarayonlarga xalaqit beradi.
Mutaxassislarning fikricha, fonda yangrayotgan musiqa miyadan bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishni talab qiladi: ham muammoga e’tibor qaratish, ham tovushli axborotni qayta ishlash. Bu esa bilish funksiyalarining samaradorligini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Shunday ekan, agar mehnatingiz zoye ketmasligini va yaxshi sifatda bo‘lishini istasangiz aqliy mehnatni musiqa bilan birga bajarmaslik tavsiya etiladi.
Olimlar musiqaning ruhiy tushkunlik va xavotirni kamaytirishini allaqachon isbotlashgan. Bundan tashqari, musiqa kayfiyatni ko‘taradi va miyaning bilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Ammo, mutaxassislar haligacha biz musiqani qay holatda eshitishimizga yetarlicha e’tibor bermagan.
Agar odam aqliy ish bilan shug‘ullanayotgan paytida sevimli musiqasini eshitsa, bu miya ishiga hech qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb yozadi Amerikaning “Applied Cognitive Psychology” jurnali.
Nevrologlar esa musiqaning miya faoliyatiga qanday ta’sir qilishini tekshirish uchun test o‘tkazishdi.
Bir guruh ko‘ngillilarga ma’lum tartibda joylashgan 8 ta undosh harflarni yodlash vazifasi topshirildi. Tajriba chog‘ida ba’zan sokin va ishtirokchilar uchun sevimli taronalar, ba’zan ularga yoqmaydigan taronalar yangradi.
Tajriba yakunida ma’lum bo‘lishicha, fon musiqasi aqliy qobiliyatga umuman yordam bermaydi. Testning eng yaxshi natijalari esa, qatnashchilar topshiriqni jimjitlikda bajargan vaqtida olingan. Xulosa shuki, aqliy mehnat davomida musiqa tinglash, u xoh yoqimli bo‘lsin, xoh yoqimsiz, miyadagi turli jarayonlarga xalaqit beradi.
Mutaxassislarning fikricha, fonda yangrayotgan musiqa miyadan bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishni talab qiladi: ham muammoga e’tibor qaratish, ham tovushli axborotni qayta ishlash. Bu esa bilish funksiyalarining samaradorligini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Shunday ekan, agar mehnatingiz zoye ketmasligini va yaxshi sifatda bo‘lishini istasangiz aqliy mehnatni musiqa bilan birga bajarmaslik tavsiya etiladi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Televizor zararlari🍀🍀
Ko‘pchiligimiz televizorlarsiz hayotimizni tassavur qila olmaymiz. Soatlab televizor qarshisida o‘tirib, sevimli kinolarimizni va dasturlarimizni tomosha qilamiz. Lekin televizor ko‘rish qanchalik foydali va qanchalik zarar ekanligi haqida xech o‘ylab ko‘rganmisiz? Quyida sizlar uchun bu haqida o‘zimizning xolisona fikrlar, siz ham o‘zingizniki bilan o‘rtoqlashing.
@medicine_uz
🍀Maslahatlar:🍀
Televizor reklamalar bilan insonni manqurt qilib qo‘yadi.Agarda siz reklama faqatgina aqlsiz va omi insonlarga ta’sir o‘tkazadi holos, deb o‘ylasangiz, siz yanglishasiz. Korporatsiyalar aynan ularning mahsulotlarini reklama orqali isete’molchiga sota olishlariga ko‘zlari yetmaganda edi, trillionlab dollarlarini reklama yo‘lida sarflamagan bo‘lar edilar.Televizor munosabatlarni buzadi.Televizor orqali ko‘rayotganlaringizni barchasi haqiqat emasdir. Siz qayg‘urayotgan qahramonlarni aslida, ofislarda o‘tirib, senariylar yozayotgan insonlar tomonidan o‘ylab topiladi. To‘qima qahramonlarni o‘ylab o‘tirgandan, siz yaxshisi atrofingizni kim o‘rab turgani bilan qiziqing. Kuningizni yaqin insonlaringiz bilan o‘tkazing, ularga e’tiboringizni ajrating. Hech qachon unutmangki, siz ularga va ular sizga muhtojdirlar.Televizor psixik quvvatingizni o‘g‘irlaydi. Toki televizoringiz yoqiq ekan, sizning hayolingiz uning changalida asirdadir. Bu shuni bildiradiki, sizning psixologik energiyangiz unga qaratilgan va siz uni boshqara olmaysiz.Televizor pul turadi. Siz o‘ylaysizki, Televizor sizga arzonga tushmoqda. U holda bir hisoblab ko‘ring, elektr quvvatiga, DVD qurulmalariga, kabel televideniyalariga qancha pul sarflamoqdasiz?Televizor sizning ongingizga ta’sir o‘tkazadi. Televizor hayotni soddalashtiradi. Agarda sizni butun bir davlat yoki bir uyushgan jinoyatchilar guruhi quvlab kelishayotgan bo‘lsalar ham, shu voqea so‘ngida sizni Bahtli Nihoya kutib turibdi, deya ishontira oladi. Bu sizni har tomonlama fikrlashingizni sustlashtiradi. Sizga haqiqiy hayotda uchraydigan muammolar osonlikcha o‘z yechimini topa oladigan tuyuladi. Siz har hil holatlardan qanday qilib chiqib ketish yo‘lini o‘ylashga ham dangasalik qilib qolasiz va standart holatlarda ham yechim topa olmaysiz.Televizor sog‘ligingizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Uning qarshisida zuoq o‘tirish, nafaqat sizning ko‘z nuringizga ta’sir qiladi, balki figurangiz buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Divan, televizor va yegulik – bu uchlik semirishga keng yo‘l ochuvchi holatdir.Televizor ko‘rish uchun qancha vaqtingizni sarflaysiz? Unga ketkazgan vaqtingizni boshqa biror bir foydali narsaga sarflasangizchi? Masalan, o‘zingiz yoqtirgan ishga, kitob o‘qishga, yoki d’ostlaringiz bilan ko‘rishishga. Dunyoda shunchalar qiziq narsalar ko‘pki, ular millionlab tele dasturlar va kinolardan qiziqdir.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
Jahon va O'zbekiston yangiliklari Eng dolzarb va xolis axborotlar Kanali⁉️
KIRISH👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAELC1pgWnt67_1wreQ
🍀🍀Pakanalik sabablari🍀🍀
Sog‘lom bolaning o‘sib-ulg‘ayishi va o‘sishning tugallashi organizmni irsiy jihatlariga bog‘liq bo‘lishi bilan birga tashqi muhit omillarining o‘zaro ta’siri jarayonlarida amalga oshadi. Genotip belgilaydigan o‘sish va rivojlanish jarayonining tezligi va chegaralarini rostlab turishda organizmning ichki sekresiya bezlari ishlab chiqadigan maxsus kimyoviy birikmalar – gormonlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ota –ona bo‘yining uzunligini qo‘shib, natijani ikkiga bo‘linsa bolaning oxirida yetishadigan o‘rtacha bo‘yi uzunligi kelib chiqadi. Bo‘linmaga besh santimetrni qo‘shilsa o‘g‘il bolaning, 5 santimetr ayrib tashlansa qiz bolaning katta bo‘lgandagi so‘nggi bo‘y uzunligi aniqlanadi.
Agar ota- onaning bo‘yi deyarli bir xil bo‘lsa, ya’ni bo‘ylardagi farq oz bo‘lsa, bolaning oxirgi taxminiy bo‘yi uzunliga haqiqatga yaqin bo‘ladi.
Bolalarning pakana bo‘lib qolishlariga ovqatdagi oqsillar, vitaminlar, mineral moddalaretishmasligi, ichki sekresiya bezlari kasalliklari(gipofizar pakanalik, qandli diabed, qalqonsimon bez faoliyatining susayishi, faqat o‘sish garmonini yetishmasligi), xromosomalar va genetic omilli kasalliklar(Daun kasalligi, Shersheviskiy Terner sindromi) surunkali va og‘ir kechuvchi kasalliklar(markaziy nerv sistemasi kasalliklari, tug‘ma va ortirilgan yurak illatlari, nafas a’zolari, buyrak kasalliklari) sabab bo‘ladi.
Embriofetopatiya – bolaning ona qornida yuqumli kasalliklarga chalinishi(qizilcha, sitomegaliya, zaxarlanishi, to‘qimalarda kislorod kamashyishi) ham bu xastalikni keltirib chiqaradi. Ruxiy omillar tufayli, bola rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Ba’zan odamlarda gipotalomo – gipofizar pakanalik (gipofiz bezining oldingi bo‘lagida ishlab chiqariladigan o‘sish gormonini yetishmasligi) tufayli shifokorga murojaat qilishadi. Asosan o‘g‘il bolalar bo‘yining 130 sm.dan, qiz bolalar bo‘yining 120 sm.dan past bo‘lishi ham pakanalikdir. Gipofizar pakana bolalar odatda tug‘ilganida bo‘yi va vazni jihatidan soglom bolalardan farq qilmaydi. Jismoniy orqada qolish bola 2-3 yoshga kirganida sezila boshlaydi. Bolaning bo‘yi o‘smayotgani bilinib qolsa, uni tezda shifokorga olib boorish kerak, chunki unda o‘sish gormoni normada yoki normadan kamligini aniqlash lozim.
Gipofizar pakanalikda bolaning tanasi va qo‘l oyoqlari mutanosib ravishda kichrayib, muskullari zaif rivojlanadi. Skeletning suyaklanishi va shakllanishi kechikishi, tishlarning rivojlanishi va almashishining buzulishi bu kasallik uchun xosdir. Bemor bolalarda «suyak yoshi» tug‘ilgan yildan ancha ortda qoladi. Gipofizar pakanalikda boshqa ichki sekresiya bezlari(qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) faoliyati pasaygan bo‘ladi. O‘gil bolalar ko‘pincha jismoniy va jinsiy jihatdan yetilishda orqada qoladilar. Bu irsiy tabiatga ega bo‘lishi ham mumkin. Bunday bolalarning vazni va bo‘yida nuqson bo‘lmaydi.
Bugungi tibbiyotda pakanalikni davosi bor. Buning uchun o‘sish davrini o‘tkazib yubormasdan mutaxassisga murojaat etish zarur. Balog‘atga yetishning kechikishi 15 16 yoshdan boshlanadi, bo‘yning cho‘zilishi uch-to‘rt yilga kechikadi. Shuning uchun bunday bolalar 12-15 yoshlarda unchalik o‘smaydilar. Biroq balog‘atga yetish boshlanishi bilan o‘sish tenglashib tengqurlariga yetib oladilar.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
💊Aspirin
-Xusunbuzarlarni🤗
-Qazg'oqlarni💆
-Oyoqlardagi qadoqlarini🏃🏻♀️
-Yuzdagi teshikchalarni ketqazadi😳😲
Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEBtRAenag6ewNqw9g
🍀“Енгилгина” шамоллаш🍀
Енгилгина шамоллаш, вақтида даволанмаган тиш касалликлари, ангина, совуқ, зах ерда ўтириш – кўпчилик аёллар учун таниш ҳолат, тўғрими? Бундай эътиборсизлик соғлиққа зарар келтиради. Чунки, одатда, буйракдан сийдик йўлигача бўлган аъзолар қонни тинимсиз бактериялардан тозалайди. Организмда иссиқликни сақлаш ўрнига совқотиш юз берса, жинсий аъзоларда яллиғланиш пайдо бўлади. Шамоллашдан кейин бел соҳасида тортувчи оғриқ, ҳожатга борганда ачишиш, кечга яқин озгина иситма кузатилса, билингки, «оддийгина” шамоллаш нафас йўлларидан анча пастга, сийдик йўлларига ўтган. Шамоллашни даволаш вақтида кўпроқ иссиқ ўраниб ётиш, томоққа компресс қўйиш, оёқни иссиқ ванна қилиш тавсия этилади. Бу оддий муолажалар билан яллиғланишнинг буйрак, қовуқ ва жинсий аъзоларга ўтишига йўл қўймаслик мумкин.
@medicine_uz
👑Муслима опа сингилларимиз учун энг сара канал очилди:
🍕Турмуш ўртоғингизга харкуни хар хил таомлар тайёрлашни ўрганинг
🍱Дунё таомлари энг сараси
🍰Махсус кунлар учун тортлар тайёрлаш
🎂Мастикали ва евро, анъанавий тортлар
🍭Хайит айёми учун чак-чак ва бўғирсоқлар
📽ўзбек тилида видео рецептлар
🍚Болажонлар учун фойдали таомлар
🍎Диета ва пархезлар
🍳Нонушта учун турли рецептлар
💅🏻Гўзаллик сирлари
💃🏼Турли рақслар ўргатамиз
🍩Турк сайтларидан энг сара рецептлар
👄Фойдали маслахатлар
👧🏻қизлар бўлими
🍫профил учун расмлар
🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀
😍Go'zal va betakror qizlarimiz 😍
Siz nima sotib olmoqchisiz 🤔
💁SIZGA ONLAYN MAGAZIN TAQDIM ETAMIZ 💁
👗 20% chegirma 👠
👚 20% chegirma 👡
👕 20% chegirma 👟
👜 20% chegirma 👛
👢 20% chegirma 👝
☝️ TANLANG , BOSING VA HARID QILING 😱
🤑 HAMYONBOP NARXLARDA 🤑
@Psixologik_testlar
🏞 Rasmlardan qaysi biri bir qaraganda yoqdi Tanlov 10 soniyadan oshmasligi kerak.
📢Каналимиз тавсия етади❗️
《АСЛ》 Кремнийли Сув
✅ Асаб толиқиши, неврозни даволайди
✅ Буйрак тузларини эритади
✅ Гижжаларни тушуради
✅ Ичакларни тозалайди
✅ Жиғилдон қайнашини йўқотади
✅ Колит, Ич қотишини йўқотади
✅ Қориндаги белдаги ортиқча ёғларни эритади (Оздиради)
✅ Қон босимини меъёрлаштиради
✅ Ошқозон овқат хазмини яхшилайди
✅ Оёқдаги варикозни йўқотади
✅ Юздаги хуснбузарларни йўқотади
🚖 Етказиб бериш бепул ✅
Хозирок бюртма беринг❗️
Телеграм @PragmaUz
Батафсил маълумот
☎️ +998 90 525 0330