🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati
Читать полностью…🏃♀Биз энг арзон кийимлар каналига ўтдик, Бизга қушилинг 😜 КИРИШ👇
👜 Сумка — 4$
👓️ Кўзойнак — 1$
👗 Койне — 7$
👠 Туфли — 8$
👇👇 КИРИШ👇👇
https://telegram.me/joinchat/CaRfLD7Woa9UhUHeTCk5Cg
Assalomu alaykum qadirli yurtdoshim😊. Meni bir savol qiynaydi telegram tarmog'ida juda kop til o'rgatuvchi kanallarni ko'rdim. Ular yordamida til o'rgansam bo'ladim🤔. 🇬🇧Ingiliz-tilini🇬🇧 va 🇷🇺Rus-tilini🇷🇺 o'rganmoqchi edim yordam beringlar!
Sizning ovozingiz men uchun muhim😉.
😱КАЛТА КЕСАК ҚИЗ НОМУССИЗ БЎЛИШИГА САБАБЧИ БЎЛДИ😳
(барча қизлар ўқисин бу қўрқитиш эмас)
Тунда келган тез ёрдам уй эгаларини вахимага куйди. Балогат ёшига етмаган ун беш ёшли Дилфузанинг корнида бир нима кимирлаб хушидан кетти.
Ота Онаси номусдан уятда колди.
Опаси акаси буйни эгилди.
Нега ?
Нима учун ?
Қачон. Сабаби нима ?
Халол едириб халол кийдириб оқни оқ- қорани қора танитган.
Фарзанд нахотки номусга куйса.
Докторлар қизчани корнини кесамиз дейишгани. Ота Онани саросимага солди...
ДАВОМИНИ УКИШ👇👇👇👇👇😰
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEHzetsXby52FrH9RQ
🍀🍀Grippni davolash uchun qo‘shimcha tabiiy muolajalar🍀🍀
Gripp ayni kuz-qish faslida keng tarqaladigan, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, organizmning umumiy zaharlanishi va nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi.
Xastalik virusining A, B va C turlari mavjud. Viruslar tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, quyosh nuri va dezinfeksiyalovchi (zararsizlantiruvchi) moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Lekin past haroratda uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin.
Kasallikning dastlabki kunlarida virus organizmdan ko‘p miqdorda ajraladi. Bemor aksirganda, yo‘talganda va gaplashganda havo zarrachalari va so‘lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi hamda yaqin atrofdagi odamlarga nafas yo‘llari orqali yuqadi. Sog‘lom inson infeksiya yuqtirgan kishiga 1-2 metr yaqinlikda bo‘lganda kasallik yuqish xavfi ortadi. Aholi zichligi grippning tarqalishini osonlashtiradi. Kasallikdan keyin hosil bo‘ladigan immunitet bir necha yillar, hatto umr bo‘yi saqlanishi mumkin. Alohida ta’kidlash lozim, bu immunitet aynan shu kasallik turiga nisbatan yuzaga chiqadi. Bir mavsumda bir necha marta gripp bilan kasallanish insonning boshqa virus shtammlari yuqtirganligini bildiradi. Bunday holat, asosan, immuniteti past va nimjon bolalarda ko‘proq kuzatiladi.
Gripp haqida ushbu link orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Grippda, asosan, asab tizimi va qon tomirlari zararlanadi. Bundan tashqari, angina (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi), quloqning yallig‘lanishi (otit), yurak mushaklarining zararlanishi (miokardit), buyrakning yallig‘lanishi (piyelonefrit), miya pardasining yallig‘lanishi — meningit va o‘pkaning yallig‘lanishi (pnevmoniya) kabi asoratlarga sabab bo‘ladi. Kasallikning kam uchraydigan, lekin juda og‘ir kechadigan asoratlaridan biri bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi — ensefalitdir.
Kasallik, ayniqsa, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar va keksa yoshdagi kishilarda og‘ir kechadi hamda turli asoratlar qoldiradi. Bunga asosiy sabab bolalarda immunitetning to‘liq shakllanmaganligi bo‘lsa, keksa yoshdagi kishilarda mavjud surunkali kasalliklarning qo‘zg‘ashidir.
Grippni davolash shifokor nazoratida olib boriladi. Yotoq rejimiga rioya qilinadi. Bemorni davolashda maxsus parhez tayinlanmaydi. Lekin ishtahaning pasayganligini e’tiborga olgan holda, odatda, ko‘proq suyuq taomlar buyuriladi. Yana turli suyuqliklarni ichish tavsiya qilinadi. Limon, malina va turli murabbolar solingan choylar, asal qo‘shilgan choy, xonadonda tayyorlangan sharbatlar iliq va issiq holda tez-tez ichib turilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, iliq holda gazsiz mineral va qaynatilgan suv ham ichib turish zarur.
Ko‘p hollarda grippga chalingan bemorlarimiz kasallik alomatlari kuzatila boshlagan bo‘lsada, «o‘tib ketadi« qabilida ish tutib, shifokorga murojaat qilishmaydi va aksariyat hollarda kasallikni oyoqda o‘tkazadilar. Bu bir tomondan atrofdagilar uchun infeksiya yuqish xavfini oshirsa, ikkinchi tomondan kasallikning zo‘rayishi va turli asoratlar qoldirishiga imkon yaratadi. Vaholanki, kasallikning boshlanishidayoq yotoq rejimiga rioya qilgan holda o‘z vaqtida davo muolajalari o‘tkazilsa, bemor tezda tuzalib ketadi.
@medicine_uz
🍀🍀Oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘larni uy sharoitida bartaraf qilish🍀🍀
Oyoq tirnoqlaridagi zamburug‘ – eng keng tarqalgan kasallik. Bu kasallikning belgilari: barmoqlarning shishishi, sarg‘ayishi, tirnoqlarning yallig‘lanishi va uvalanishi. Infeksiya ancha tez tarqaladi va og‘riq hissini keltirib chiqaradi.
Agar odamning immun tizimi zaif bo‘lsa, oyoq kaftlari haddan tashqari ko‘p terlasa, shuningdek muntazam ravishda oyoq gigiyenasiga rioya qilmasa, kasallanish xavfi oshadi. Zamburug‘ o‘z vaqtida davolashni talab qiladi, chunki u tirnoqlarning butunlay yo‘qolishiga olib keladi.
Tirnoqlardagi zamburug‘ni davolashning ba’zi usullari haqida aytmoqchimiz:
@medicine_uz
🍀Iste’mol sodasi va natriy borat🍀
Iste’mol sodasi zamburug‘ni davolashning eng arzon va samarali vositasi hisoblanadi. Shuningdek u oyoqlardagi yoqimsiz hidlarni ham yo‘qotadi. Natriy borat – kasallikni davolashga yordam beruvchi tabiiy ishqorli vosita.
Agar siz soda va natriy boratni aralashtirib, uni hafta davomida bir kunda ikki mahal zararlangan tirnoqlarga sursangiz tez kunlarda zamburug‘dan qutulasiz.
@medicine_uz
🍀Apelsin yog‘i🍀
Zamburug‘ga qarshi tabiiy vosita. Har kuni tirnoqlarga bu yog‘ning bir tomchisini suring. Agar teringiz ta’sirchan bo‘lsa, unda allergik ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Unga biroz zaytun yog‘i qo‘shish mumkin. Boshida sizda apelsin yog‘iga allergiya yo‘qligini tekshirib ko‘ring.
@medicine_uz
🍀Choy daraxti yog‘i🍀
Antiseptik va zamburug‘ga qarshi kurashuvchi samarali vosita hisoblanadi. Bu yog‘ni tirnoqlaringizga suring, singishini kuting va 10 daqiqadan keyin quruq tish cho‘tkasi bilan ishqalang. Choy daraxti yog‘ini ham bodom yoki zaytun yog‘lari bilan aralashtirish mumkin.
Zamburug‘ infeksiyasining oldini olish uning kuchayishiga qarshi kurashishning eng yaxshi vositasidir. Agar siz tirnoqlaringizdagi zamburug‘ni o‘z vaqtida davolash bilan shug‘ullansangiz, unda o‘zingizni bu kasallikning noxush oqibatlaridan himoya qilishingiz mumkin.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Yod tanqisligi kasalligi – buqoq🍀🍀
Yod tanqisligi og‘ir holatlarda millat salomatligiga tahdid soladi, millat aqliy salohiyatining pasayishiga olib keladi. Yod tanqisligi kasalliklari guruhiga buqoq kaslligi kiradi. Ushbu kasallik tanamizda yod moddasining yetishmasligi — tanqisligidan kelib chiqadi.
Yod moddasi bo‘ynimiz oldida joylashganqalqonsimon bezning meyorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy kimyoviy unsir hisoblanadi, qalqonsimon bezda yaratiladigan gormon tarkibiga kiradi.
@medicine_uz
🍀Yod o‘zi nima?🍀
Har bir insonning hayoti davomida yod moddasi oz miqdorda zarur bo‘ladi. Bu moddaning organizmda uzoq muddat saqlanmasligini hisobga olib, yod moddasi mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilib turish zarur.
@medicine_uz
🍀Qalqonsimon bezning vazifasi nimadan iborat?🍀
Qalqonsimon bez miya va tananing muayyan rivojlanishi va faoliyati uchun zarur bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. U inson tomog‘ining old qismida joylashgan bo‘ladi. Tanamizda yod moddasining tanqisligi vujudga kelishi natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu holat buqoq deb nomlanadi.
@medicine_uz
🍀Yod tanqisligi kasalligining belgilari🍀
Ko‘pchilik yod moddasini qanchalik miqdorda iste’mol qilayotganligini bilmaydi. Ammo yetarlicha iste’mol qilmaslik natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu eng birinchi va ko‘p uchraydigan belgi hisoblanadi. Kasallikning boshqa belgilariga: ayniqsa bolalarda aqliy, jismoniy va jinsiy, ruhiy rivojlanish pasayadi.
@medicine_uz
🍀Qanday qilib YOD tanqisligini oldini olish mumkin?🍀
Respublikamiz hududlaridagi yer, suv, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida yod yetarli miqdorda bo‘lmaganligi sababli, yod tanqisligini keltirib chiqaruvchi ko‘pgina kasalliklarni oldini olish uchun yod moddasini oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda iste’mol qilish kerak. Buning eng maqul va qulay yo‘li bu oziq-ovqat mahsulotlariga yodlangan tuzni ishlatishdir. Yodlangan tuzning narxi boshqa tuzlarnikiga qaraganda ozgina qimmatroq, lekin u salomatlik uchun foydali va ko‘pgina muammolarning oldini oladi va buqoq kasalligini davolash uchun ketishi mumkin bo‘lgan dori-darmon xarajatlaridan saqlaydi. O‘smir yoshdagilarga — ya’ni 12-13 yoshdan boshlab yod unsiriga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi, yodlangan tuz iste’moli kifoya bo‘lmasligini hisobga olib, qo‘shimcha yod moddalar qabul qilish zaruriyatini maktab yoki oilaviy shifokor bilan maslahatlashish lozim.
@medicine_uz
🍀Osh tuzida yod miqdorini yo‘qolmasligi uchun quyidagilarga e’tibor bering:🍀
Yodlangan tuzni sotib olgan vaqtdan boshlab 6 oy ichida ishlating.
Tuzni yopiq idishda qorong‘u va quriq joyda saqlang, chunki yod moddasi tezda uchish xususiyatiga ega.
@medicine_uz
🍀Yod tanqisligini davolash🍀
Yodlangan tuzni iste’mol qiladigan ovqatingizga qo‘shing. Yodlangan tuz buqoqning oddiy turlari paydo bo‘lishini oldini oladi va kichik buqoqlarni kichiklashtiradi. Uzoq vaqt davrida mavjud bo‘lgan buqoq kasalligi, ya’ni kattalashgn qattiq buqoq, yodlangan tuz bilan yo‘qolib ketmaydi. Sizga buqoqni davolash uchun dorilar tavsiya qilinadi. Ular qalqonsimon bez faoliyatini tiklashga yordam beradi va yod moddasini o‘rnini bosadi.
@medicine_uz
🍀Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?🍀
Agar sizning bo‘yningizda old qismida shish paydo bo‘lsa (ya’ni qalqonsimon bez kattalashsa), darhol shifokorga endokrinolokka murojaat qiling va uning tavsiyalariga amal qilgan holda davolaning.
Faqat shifokor kerakli miqdordagi dorilarni tavsiya qilishi mumkin!
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati
🍟Hindcha kino-klip-mp3
👚Arzon Kiyimlar
💆🏻Bepul kasmetolog
🎶Зарубежные музыки ЗДЕСЬ!
👗Turkiya Liboslari
💅Turmaklash sirlari
🎶 Club music 2017+
🇸🇱Stroy Dom
🍰To`rtlar Olami
♥️ Sevgi haqida statuslar
💉Медицина
✅Bozor
💥 2017 Zor Hit Qoshiqlar
🎧Shoxruz (Abadiya)Kanali
🎬Uzvideo Uzkino
💋Moda va Stil olami
💪Fitnes
📜Eng_Sara_Statusli_Rasim
🇷🇺Ruscha Audio Darslar
👗Koreya Turkiya liboslari
🎧Uzmusic
🎂Bepul Tortlar Kursi
📚 Зиёлилар учун махсус
😱Шок расмлар
💕 Севги Ҳикоялари Шерлари
🇷🇺Ҳақииқий Русча Ӯрганиш
👱🏻♀Ginekologiya maslahatxonasi
🔥 Love video qoshiqlar
🎥Faqat Video Retseplar
🗄Kutubxona Xizmati
🔯 Psixologik testlar
👉Sevgiga Ishonsang Kir
🚘 Arzon Moshinalar
👊Ufc ko'cha janglari
🔊Bass | Trap | Dubstep
🇺🇿Kara Sevda Uzbekcha
😚Jinnivoooyim
🌸Оналарканали
🍕Mazzali Taomlar
🇷🇺Русча эштиб урганамиз
👪 Yulduzlar Oilasi
😭 Йиғлатувчи ҳикоя
👵🏻 Jannatim onajonim
🎧Xit Taronalar 2017
📰 Tezkor Futbol Xabarlari
🌌 Rasmlar Olami
💱 Valyuta ayirboshlash
O`ZBEKISTONDAGI BIRINCHI MEGA JAMOA 🌙 @ZIYOMEGA KANALLARI VA 💎 TOP CATALOG BEMA'NI VA BEHAYO REKLAMALARDAN YIROQ!
🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati
Читать полностью…⚜Hurmatli yoshlar.⚜
🖥www.Lex.uz sayti sizlar uchun Telegram tarmog'idagi o'z kanalini tafsiya etadi.Kanalimizda, yurtimizda ro'y berayotgan yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar bilan tanishtirib boramiz.
Shuningdek o'z fuqorolik burchlaringiz va HUQUQLARINGIZ haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lib borishingiz mumkin!
💻www.Lex.uz Telegram tarmog'idagi bo'limimiz:
⚜@iLexUz yoki: https://t.me/joinchat/AAAAAEu_jhvhXd9WQdnkfw
⭕Salom, Azizlar✋😍
Hozirda Telegram ijtimoiy tarmog'ida be'mani kanallar ko'paydi😐 ❤Biz esa sizlarga O'zbekistondagi eng yaxshi kanallarga taklif etmoqchimiz😍 👇👇👇
😳 VAAAAV ENG DAXSHAT MAKIAJLAR
😱 KIPRIKLARNI TEZ O‘STIRISH
😍ENG DAXSHAT KANAL BARCHA SIR ASRORLARI BILAN MAKIAJ QILISHNI TEZ BOSING👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEOOZ1gN90pHDjgdBg
😍Sinovdan o'tgan va 100% samara beradigan RETSEPTlarni siz ham sinab ko'ring!👇
✨Ko'rkakni 1 haftadada 3-5 barobar kattalashtiruvchi va taranlashtiruvchi niqob!
✨Tug'ruqdan keyin qolgan izlarni 3 kunda bartaraf etuvchi retsept
✨Gijjalarni 100% va tabiiy tushuruvchi damlama
✨Yuzlardagi tuklardan 10 daqiqada butkul xalos bo'ling
✨Oyoqlardagi barcha muammolardan xalos qiluvchi sirli malxam
✨Intim joylarni lavlagi yordamida tez va oson xalos bo'lish siri
🍀🍀Shokolad haqida 6 ta foydali haqiqat🍀🍀
Kuzgi ma’yuslik hamma tomondan hujum qilmoqda, bu kayfiyatni yaxshilovchi va stressni yengishda yordam beruvchi, to‘g‘ri miqdorda iste’mol qilinganda esa immunitetni oshiruvchi ishonchli vositadan foydalanishning vaqti kelganining belgisidir.
E’tiboringizga shirinxo‘rlar va to‘g‘ri ovqatlanish ishqibozlarining jonajoni bo‘lgan shokolad haqidagi ba’zi haqiqatlarni havola qilamiz.
@medicine_uz
🍀1-haqiqat🍀
Shokolad yurak va tomirlarni asraydi, shuning uchun uni ayniqsa, infarkt xavfi yuqori bo‘lgan kishilar hech qachon o‘z oziq-ovqat ratsionlaridan chiqarib tashlamasligi kerak. Sifatli achchiq shokolad iste’mol qilish trombotsitlar holatini normallashtiradi, bu esa xavfli tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.
@medicine_uz
🍀2-haqiqat🍀
Shokolad kalsiy va fosforga boy, shuning uchun uni katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydiganlar va aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar kerakli tartibda iste’mol qilishlari kerak.
@medicine_uz
🍀3-haqiqat🍀
Shokolad tarkibida mavjud bo‘lgan katta miqdordagi magniy uni muntazam ravishda stressdan aziyat chekuvchilar va asablarini tinchlantirmoqchi bo‘lganlar uchun tengi yo‘q vositaga aylantiradi.
@medicine_uz
🍀4-haqiqat🍀
Shokolad tomoq og‘riqlarida ham yordam beradi. Shifokorlar odatdagi shimadigan vositalar o‘rniga, shokoladning mayda bo‘lakchalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.
@medicine_uz
🍀5-haqiqat🍀
O‘z go‘zalligini uzaytirishni xohlovchilar ham achchiq shokoladga e’tiborini qaratishi lozim. Bu mo‘jizali mahsulot tabiiy antioksidantlarga juda boy, organizmdagi hujayralarning qarishjarayonini tezlashtiruvchi erkin radikallarga qarshi kurashishda asosiy yordamchi hisoblanadi.
@medicine_uz
🍀6-haqiqat🍀
Shokolad kayfiyatni yaxshilaydi — bu olimlar tomonidan ham, shirinlikni sevadiganlar tomonidan ham sinab ko‘rilgan. Shirinlik iste’mol qilinganda organizm zo‘r berib baxt gormonlari deb hisoblanuvchi serotonin va endorfin ishlab chiqara boshlaydi. Aynan bu moddalar taranglikni yo‘qotadi va bizga quvonch bag‘ishlaydi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀Grippda foydali mahsulotlar🍀
Tovuq sho‘rva: yallig‘lanish va burun tiqilishiga olib keluvchi hujayra-neytrofillar rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi;
sarimsoq: tarkibida bakteriya, zamburug‘ va viruslarni o‘ldiruvchi allitsin moddasi mavjud;
ziravorlar (zanjabil, dolchin, xantal, kashnich): qon tomirlarining torayishiga olib keluvchi tana harorati yuqori bo‘lganda yaxshi naf beruvchi terlashni kuchaytiradi va nafas olish hamda yutinishni yengillashtiradi;
tarkibida rux moddasi bo‘lgan mahsulotlar (go‘sht, tuxum, dengiz mahsulotlari, yong‘oqlar);
tarkibida beta-karotin moddasi, foliy kislotasi, magniy (masalan, qovun, ismaloq, o‘rik, lavlagi, gulkaram, sarsabil, sabzi, mango, mandarin, pomidor, qovoq, pushti greyfrut, shaftoli, tarvuz, kivi) yuqori darajada bo‘lgan meva va sabzavotlar;
C vitaminiga boy mahsulotlar (papayya, sitrus mevalar, apelsin sharbati, sariq yoki qizil garmdori, qulupnay, pomidor va batat);
E vitaminiga boy mahsulotlar (makkajo‘xori moyi, bodom, baliq moyi, dengiz qisqichbaqasi, o‘rmon yong‘og‘i, maxsar moyi, yong‘oq moyi, kungaboqar urug‘i va losos balig‘i go‘shti);
tarkibida flavonoidlar bo‘lgan malina sharbati, limonlar, ko‘k garmdori, olcha va uzum;
bioflavonoidlarning yuqori konsentratsiyalangan shakli — kversetinli mahsulotlar (brokkoli, qizil va sariq piyoz).
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Tadqiqot: Kashandalik uyqusizlikka olib keladi🍀🍀
Hech kimga sir emas, kashandalar tamaki ta’siri ostida turli xastaliklarga, shu jumladan, aksar hollarda saratonga yo‘liqishi allaqachon isbotlangan. Yaqinda Baltimor universitetining bir guruh olimlari tadqiqotlar o‘tkazib, kashandalikning yana bir xavfli jihatini aniqlashdi.
@medicine_uz
Doktor Naresh Panjobiyning aytishicha, kashandalar organizmiga kirib borgan tamaki miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazib, uning faoliyatini yomonlashtiradi. U kashandaning oromini o‘g‘irlaydi. Shuning uchun ashaddiy chekuvchilar tunlari boshqalar kabi qotib uxlay olishmaydi. Ular uyqusizlikdan azob chekishadi. Uxlagan taqdirda ham bu uyqu omonat bo‘ladi. Tiq etgan tovush ham ularni uyg‘otib yuboradi va keyin umuman uxlay olishmaydi.
Chunki organizm tamakini sog‘inaveradi, miya uning ta’sirida noto‘g‘ri ishlayveradi, dahshatli darajada zo‘riqadi. Bu zo‘riqish bora-bora asablarni zabtiga oladi. Tomirlar tobora torayib boraveradi. Shuning uchun olimlar kashandalarga murojaat etib, zudlik bilan bu zararli odatdan voz kechishni maslahat berishadi.
@medicine_uz
🍀🍀Semirishni istaganlar uchun diyetolog maslahati🍀🍀
Semirish yoki ozish istagida bo‘lganlar shifokor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, ozib ketish (semirish)ning sabablarini o‘rganiladi. Tashxis qo‘yishda kishining vazni, bo‘yi, yoshi, nima ish bilan shug‘ullanishi, nasliyati ham muhim. Ozg‘inlik nasliy ham bo‘lishi mumkin, bunaqalar har qancha ovqat tanavvul qilsalar ham semira olmaydilar. Xalqda bunday odamlarni “chayir” deyishadi. Qolaversa bu biror bir kasallikning belgisi bo‘lish ehtimoli ham bor. Surunkali oshqozon ichak kasalliklari, endokrin bezlar tizimining buzilishi, yoki tanadagi turli gilmentlar (gijja va shunga o‘xshash) sababidan ham bo‘lishi mumkin. Shu bois mutaxassis shifokor nazoratidan o‘tish maqsadga muvofiq. U tashxis qo‘ygach, kasallikdan kelib chiqqan holda bemorga parhez va davolash muolajalarini tavsiya qiladi.
Nima ish bilan shug‘ullanish ham odam fiziologiyasiga ta’sir qiladi. Kun davomida jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish yoki ovqat yeyish tartibining buzilishi (ayniqsa talabalarda) ozg‘inlikka sabab bo‘lishi mumkin. Asablar charchashi oqibatida ham odam ozib ketadi.
@medicine_uz
🍀Semirish uchun…🍀
Taomning to‘la hazm bo‘lishi uchun ishtaha muhim. Chunki ishtahani tananing ovqatga bo‘lgan talabi deyish mumkin. Taomlarda ham o‘simlik va ham hayvonot yog‘lari, go‘sht bo‘lishiga ahamiyat berish, yengil hazm bo‘luvchi ovqatlar tanavvul qilish lozim. Kechki taom uyquga yotishdan kamida 2 soat avval yeyilishi kerak. Yotishdan avval ochlik his qilsangiz sut va sutli mahsulotlar (qatiq, kefir, yogurt, tvorog) yeyish foydadan holi bo‘lmaydi.
Bir sutka davomidagi taom tanovuli (hajmi suv bilan birga 3 litrgacha) 5‑6 martaga taqsimlanib, oz‑ozdan iste’mol qilinishi lozim. Ovqat ratsioniga turli meva, sabzavotlar va asal mahsulotlarini qo‘shish ham foydali. U tanani vitaminlarga boyitadi va ishtahani ochadi.
Tana vaznini ko‘tarish uchun oqsil va B guruhi (B1, B2, B3, B5, B6, B9, B12, B15) vitaminlarga boy bo‘lgan xamirturush eritmalarini (pivnыye drojji) qabul qilish ayni muddao. Xamirturush eritmalarini dorixonalardan olish mumkin.
Vazningizni orttirishda ham ma’lum qoidalarga rioya qiling. Oz vaqt ichida ko‘p vazn orttirishning salomatlik uchun zarari bor. Parhezga ahamiyat bering. Vazn orttirish uchun esa to‘g‘ri va tartibli ovqatlaning.
Ishtahani ochadigan narsalar iste’mol qiling. Masalan, ovqatdan avval meva sharbati yoki gazli suv iching.
Kuniga 6 marta ovqatlaning. To‘yimli nonushta, tushlik va kechki ovqat tanovuli orasida, ikkinchi nonushta, ikkinchi tushlik ham qilib, meva‑cheva yeb oling.
Ko‘proq suyuqlik iching. Turli sharbatlar, sutli mahsulotlar kaloriyaga boy va tanani to‘yintiradi. Kuniga 1.5‑2 litr suyuqlik iching.
Xamir ovqatlar, turli shirinliklar, makaron va non mahsulotlari ham vazn oshiradi. Kaloriyaga boy mahsulotlar sirasiga oq non, jo‘xori, kartoshka, qaymoq, qora shokolad va go‘sht kiradi.
Maxsus vitaminlar qabul qiling. Hozirgi kunda dorixonalarda kalsiy, proteinlar va uglevodlarga boy multivitamin darmondorilar mavjud. Faqat ularni qabul qilishdan avval mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing.
Tanani chiniqtiruvchi sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullaning. Aks holda iste’mol qilayotgan kaloriyalar bo‘ksa va qorinda yig‘ilib, qomatingizni xunuklashtirib qo‘yishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlar diyetologiyaning umumiy, ko‘pchilikka to‘g‘ri keladigan tavsiyalariga kiradi. Ma’lum bir odamga ovqatlanish yuzasidan kerakli tavsiyalarni berish uchun esa talabgorni ko‘rikdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Kerakli ma’lumotlar yig‘ilgach, lozim topilgan tavsiyalarni berish mumkin.
@medicine_uz
,,Artel" компаниясига ишга таклиф киламиз.
15 йошдан. 40 йошгача.
Ойлик 2.000.000 дан 8.000.000 сумгача.
Батафсил: 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEEWEeHyiR7hw6xtqQ