☘Pleksit☘
Pleksit (nerv chigallarining zararlanishi) ayniqsa ko‘p uchrab, u yelka chigstki qismida va qo‘ltiqda paypaslab bilish mumkinligi) sababli bu kasallik tez-tez uchrab turadi.
@medicine_uz
☘Yelka pleksiti☘
Yelka pleksiti turli infeksiyalar, shikastlanishlar, chaqaloqlarda esatug‘ruq jarayonida yelkasining shikastlanishi oqibatida kuzatiladi. Bunda anatomik tuzilishiga ko‘ra, yelka chigali qattiq zararlanadi, kasallikka bo‘yin nervi chigali ham qo‘shilib kelishi mumkin. Pleksit odatda to‘satdan boshlanadi. Qo‘l va oyoqlar bezillab og‘riydi, qo‘l mushaklarida sezuvchanlik buziladi. Ayniqsa, bilak va qo‘l panjasi sohasida og‘riq kuchayadi.
Bemor yelka bo‘g‘imida qo‘lini ko‘tara olmaydi, tirsak bo‘g‘imida esa qo‘lini bukolmaydi. Yelka mushaklari, qo‘lning yuqori mushaklari ko‘proq zararlanadi. Tirsakni bukuvchi, yozuvchi paylar zaiflashadi. Bu sohada sezuvchanlik butkul yo‘qolishi mumkin. Zarar ko‘rgan qo‘lning yuqori qismi ham, yelka ham qattiq og‘riydi. O‘mrov suyagi ustki va pastki chuqurchalari hamda qo‘ltiq paypaslaganda og‘riq seziladi. Og‘riqni sezish yelkaning yuza qismida, qo‘lning esa yuqori qismi tashqarisida pasayadi yoki mutlaqo yo‘qoladi.
Yelka chigali pastki qismining falajlanishi qo‘l panjasida ko‘proq kuzatiladi. Qo‘l panjasi barmoqlarini bukish, yozish qiyin lashadi. Qo‘l panjalarining ichki-tashqi qismi mushaklari bo‘shashib qoladi. Og‘riq qo‘l panjalarida, barmoqlarda bo‘ladi. Agar yelka chigali butkul zararlansa, zararlangan tomonda mushaklarning oriqlashi, gipertoniyasi, shu qo‘lda sezuvchanlikning pasayishi, butkul yo‘qolishi kuzatiladi.
Orqa miya nervida hosil bo‘ladigan bo‘yin, bel, dumg‘aza chigallarining zararlanishlari ham ahyon-ahyonda sodir bo‘lib turadi. Demak, bemor eng avvalo nerv tomirlari zararlanishidan o‘zini ehtiyotlashi kerak. Tog‘ay to‘qimalari faoliyatini tiklaydigan preparatlar va suyaklarni mustahkamlovchi dorilar (kalsilin, kalsiy), shuningdek manual terapiya muolajalari va igna sanchib davolash ham kasallikni bartaraf etishda hamda nerv yallig‘lanishlarini tuzatishda muhim vosita sanaladi.
@medicine_uz
☘Kasallik profilaktikasi☘
Kasallikning oldini olishda quyidagi mashqlarni sekin-asta bajarishingiz mumkin:
Polga yuztuban yoting, ikkala qo‘lni qanot qilib, orqaga tomon kamondek egiling.Oyoqlaringizni juftlang, bir oyog‘ingizni uchi bilan orqaga qo‘ying. Ayni vaqtda qo‘llaringiz kaftini pastga qaratib oldinga ko‘taring. Egilib turing, so‘ngra qo‘llaringizni ikki tomondan ohista pastga tushiring. Bu mashqni bir necha bor qaytaring, shunda qo‘l, tirsak va yelka nervi chigallari harakatlanuvchi qismlarida qayishqoqlik kuchayadi, bu mashqlardan so‘ng mushaklar chiniqadi.Oyoqlaringizni juftlab, tik turing. Qo‘llaringizni pastga tushirgan holda badantarbiya tayoqchasini ushlab oling. Tayoqni bosh uzra baland ko‘targan ko‘yi asta-sekin egiling. So‘ngra tayoqchani ohista tushiring va tepaga ko‘taring.Oyoqni yelka kengligida qo‘ying. Bir qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, tanani qarama-qarshi tomonga engashtiring. Bu harakatni ikkinchi qo‘l bilan ham takrorlang.Stulda o‘tirib suyanchiqqa suyaning, qo‘llaringizni pastga tushiring, mushaklaringizni bo‘shashtiring, keyin qo‘llaringizni ikki tomonga keng yozib egiling, shoshmasdan qo‘llaringizni ko‘krak ustida chalishtiring, qorningizni ichingizga torting, boshingizni eging.Stul chetida o‘tirib qo‘llaringizni tana bo‘ylab tushiring, so‘ng qo‘llaringiz kaftlarini yuqoriga qaratib, ikki tomondan gorizontal holatda ko‘taring. Egilib nafas chiqaring va nafas oling.O‘ng qo‘l va chap qo‘lni galma-galdan oldinga cho‘zib, ayni vaqtda o‘sha oyoqni yig‘ib, pol yuzasida emaklang.
Mashqlar mushaklarni chiniqtiradi, nervlar faoliyati izga tushadi, qayishqoqlik ortadi. Umuman, kishilar qirq besh yoki ellik yoshlardan so‘ng nerv zararlanishlarini ko‘p marta boshdan o‘tkazadilar, ayniqsa pleksit oqibatida azob tortishadi. Shuning uchun ham davolovchi mashqlarni bajarib turish, zarur vitaminlarni o‘z vaqtida qabul qilish va yilda bir marotaba shifoxonada yotib davolanish orqali bunday kasalliklarga barham berish mumkin bo‘ladi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
SAMSUNGGALAXY A3 SOTILADI 5 DONA
KOROBKA DAKUMENT BOR
400.000 SO'M
KANALGA KIRILA YANA ARZON TELEFONLAR BOR
100.000 so'mdan 1000.0000 gacha
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEEWEeHyiR7hw6xtqQ
Sizga Mp3lar kerakmi!!!
Marxamat tanlang!!!👇👇👇
@DJ_DiLyOrBeK DaN SIZLAR UCHUN MAXSUS 😎👇👇
🍀🍀Ko‘krak plastikasi – kichiklashtiruvchi mammoplastika🍀🍀
Katta hajmga ega bo‘lgan ko‘krak ba’zan bemorlarga ham estetik, ham tibbiy noqulayliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu holatga duch kelgan ayollar plastik jarroh ko‘rigi davomida ko‘krakni kichikroq qilish haqida ma’lumot olish istagini bildirishadi.
@medicine_uz
🍀 plastik amaliyot kim uchun tavsiya etiladi?🍀
Haddan tashqari katta o‘lchovga ega bo‘lgan ko‘krak nafaqat estetik va psixologik noqulaylikga, balki turli sog‘liq muammolariga, yani ko‘krak osti burma sohasida teri shikastlanishi va yalig‘lanishi, bo‘yin va elkada noxushlik va og‘riq, umurtqa pog‘onasi holatining o‘zgarishi kabi buzulishlarga olib kelishi mumkin.
@medicine_uz
🍀Kichiklashtiruvchi (reduktsion) mammoplastika turlari🍀
Mazkur amaliyotni bajarish mutahassis tomonidan yetakchi malakali bo‘lishini talab etadi. Ko‘krakni kichiklashtirish usullar qatorida plastik jarroh amaliyotida «teskari» T-shakldagi uslubva vertikal texnika keng qo‘llaniladi.
@medicine_uz
🍀Amaliyot o‘tkazilishidan oldin bemor uchun qanday ma’lumot foydali bo‘lishi mumkin?🍀
Mazkur operatsiya hajmiga ko‘ra o‘rtacha 2 3 soat davom etadi va umumiy og‘riqsizlantirish yordamida o‘tkaziladi. Odatda operatsiyadan keyin 12 kun ichida choklar olinadi.
@medicine_uz
🍀Foydali tavsiya…🍀
Bir qator klinik taxlillar va ba’zan instrumental tekshiruvlardan so‘ng amaliyot o‘tkazish masalasida bir qarorga kelish mumkin. Amaliyotdan kamida 2 xafta oldin chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan voz kechish lozim. Korreksiyadan oldin bemor uchun ko‘krakni siqib to‘rish maqsadida kattaligi bo‘yicha mos keladigan kompressiyon libos tayorlangan bo‘lishi zarur.
@medicine_uz
🍀Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar:🍀
Keloid chandiqlar;
Gematoma paydo bo‘lishi;
Areola sezuvchanligining kamayishi;
Infeksiya.
@medicine_uz
🍀Amaliyotdan so‘nggi davr🍀
Mammoplastika operatsiyadan keyin odatda bemorning tiklanishi silliq kechadi. Bir necha oy davomida maxsus kompression libos kiyish tavsiya qilinadi. 12 xafta ichida bemorlarga og‘irlik ko‘tarish va sport bilan shug‘ullanish mumkin emas. Shuningdek, bemorlar mazkur amaliyotdan so‘ng kelajakda laktatsiya faoliyati, yani sut emizish qobiliyati keskin buzulishi mumkinligini unutmaslikrari lozim. Korreksiya yakuniy natijasini faqat bir necha oydan keyin baxolash mumkin bo‘ladi.
@medicine_uz
🍀Qanday hollarda amaliyot tavsiya etilmaydi?🍀
Infeksion kasalliklar aniqlangan holatlarda;
Og‘ir somatik patologiya aniqlangan holatlarda;
Endokrin tizimining kasalliklari aniqlangan holatlarda;
Qon ivishi buzulishida;
Qandli diabet kasalligida;
Keloidozga moyillik aniqlangan holatlarda.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Tamaki tutunidagi «zahar»🍀🍀
Mutaxassis olimlar aniqlashlaricha, tamaki tutuni tarkibida 400 ga yaqin zararli moddalar bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini (ayniqsa nikotin moddasi) o‘ta zaharli hisoblanadi va kashanda sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zilar filtrli sigaretalar nikotinni o‘tkazmaydi, deb hisoblashadi. Bu borada uzoq yillar izlanish olib borgan olimlar xulosasiga ko‘ra, filtrlar taxminan 40 foiz nikotinni “yutadi”, biroq ular organizmga is gazi tushishini 28 foizga oshiradi.
Sigareta tutunini birinchi bor ichga tortgan o‘smir tanasida nikotin tezda qonga so‘rilib, butun organizmga tarqaladi. Bir necha daqiqadan keyin bosh miyaga yetib boradi, markaziy asab tizimi faoliyatini keskin izdan chiqarib, nerv hujayralariga o‘tadi. Bunday holatda so‘lak oqadi, ko‘ngil ayniydi, tomir urishi tezlashadi, quloqlar shang‘illaydi, odam bo‘shashadi, boshi aylanadi, qo‘llari qaltiraydi, hiqildoq, qizilo‘ngach, me’da spazmga uchraydi.
Muntazam tamaki chekish erkaklarni jinsiy zaiflikka olib keladi. Jinsiy bezlardagi o‘zgarishlar rivojlanishi natijasida jinsiy qobiliyat susayishi mumkin. Shuning uchun ham kashandalarning 11 foizi mijoz sustligidan shikoyat qiladi. Chekish paytida hosil bo‘ladigan nikotin va boshqa kimyoviy moddalar ta’sirida spermatozoidlar ishlab chiqishi yomonlashadi, bu befarzandlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Kashanda ayollarda tamaki tutuni ta’sirida ko‘pincha hayz tartibi buzilishi kuzatiladi, aksariyat hollarda tanadagi a’zolarda o‘smalar paydo bo‘ladi. Kashandalik ayol husn-latofatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Chekadigan ayollarda homiladorlik davri og‘ir o‘tadi, tug‘ruqdan so‘ng asoratlar uchraydi. Homiladorlik davrida chekish homilaning shakllanishi va rivojlanishiga zararli ta’sir qiladi. Bristol universiteti (Angliya) mutaxassislarining aniqlashicha, homiladorlik davrida chekkan ayollarda ko‘pincha bola muddatiga yetmay tug‘iladi, homilaning nobud bo‘lish ehtimoli 30 foizga ko‘payadi. Homiladorlikning ilk haftalarida qorindagi bolaning nikotin bilan zararlanishi juda xavfli, chunki unda har xil tug‘ma nuqsonlar (lablar va tanglay tirtiqligi, qo‘l-oyoqlarda nuqsonlar ) paydo bo‘lishiga imkon yaratiladi.
Bundan tashqari, chekadigan ayollarning farzandlari aterosklerozga moyil bo‘lishadi. Ulardan tug‘ilgan chaqaloqlarning 40 foizga yaqinida tomir tortishishi uchraydi. Ota-onasi chekadigan bolalar o‘rtasida esa tutqanoq kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi. Demak, sog‘-salomat hayot kechirish uchun chekishdan butkul voz kechish lozim. Chekishni tashlamoqchi bo‘lganlarga psixologlar shunday maslahatlar berishadi:
Jismoniy mashqlar miqdorini oshirib boring. Kuniga 3 km gacha piyoda sayr qiling, badantarbiya va suzish bilan shug‘ullaning, organizmni chiniqtiring.
Chekish xumori tutganda irodali bo‘ling. O‘zingizga bergan va’dani buzmaslik uchun chidamli va kuchli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, keyinchalik bu fazilatingizdan o‘zingiz g‘ururlanib yurasiz.
Chekishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq aslida 3-5 daqiqa davom etadi. Bu vaqtda o‘zingizni biror yumush bilan chalg‘iting, masalan, kitob o‘qishingiz, do‘stlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki bir stakan sharbatni asta-sekin ho‘plab ichishingiz mumkin.
Chekishni tashlashga kirishgan kuningizdan boshlab, 3-4 hafta qahva va spirtli ichimliklar ichmaganingiz ma’qul. Tamaki chekishdan voz kechish salomatligingizni yaxshilashga xizmat qilishini unutmang.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Xotirani yaxshilovchi mahsulotlar🍀🍀
Kundan-kunga o‘z aqliy qobiliyatidan shubhaga tushib borayotgan insonlar oramizda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, parishonxotirlik sabab kutilmaganda qator muammolar kelib chiqaveradi. Ammo shunisi quvonarliki, o‘z vaqtida berilgan e’tibor tufayli eslash qobiliyatini tiklash va mustahkamlash mumkin. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan mahsulotlar xotirani yaxshilar uchun g‘oyat foydalidir.
@medicine_uz
🍀Foyadli mahsulotlar:🍀
Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, yarimto‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyadagi qon ta’minotini yaxshilaydi.
Karam. Miya faoliyatini meyorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Pomidor tarkibidagi likopen antioksidlovchisi miya katakchalariga ziyon yetkazuvchi va aqli pastlikka olib keluvchi erkin radikallardan xalos bo‘lishda yordam beradi.
Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stress (xotiraning va aql-idrokning susayishi)lardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.
Yong‘oq dofaminga boy bo‘lib, fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq-bu bir sutkalik meyor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishining oldini oladi.
Sarimsoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani tiklaydi, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga ham to‘sqinlik qiladi.
Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli (struchkovoy) mahsulotlar va non tarkibida mavjud.
Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta’sir etadi. Baliq, karam va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud.
Bor. Agar u yetishmasa, miya faoliyati pastlab ketadi. Shuning uchun ham olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste’mol qilib yuring.
Magniy. Nerv impulslarini o‘tkazishga javobgar. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi.
Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar va ko‘k sabzavotlar tarkibida mavjud.
Vitamin С. Na’matak, qora qarag‘at (smorodina), chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), sitruslar, qizil qalampir, yerqalampir, petrushka, piyoz, shivit (ukrop) va karam tarkibida mavjud.
B vitaminlar guruhi. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliq mahsulotlari tarkibida ko‘plab uchraydi.
@medicine_uz
🍀Quyidagi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish orqali o‘zingizdagi parishonxotirlikdan xalos bo‘lishingiz mumkin:🍀
Boshpiyoz— miya hujayralarini a’lo darajada kislorod bilan to‘yintiradi.
Yasmiq (chechevitsa) doni — aqlning tiniqligini ta’minlaydi va fikrlash qobiliyatini tezlashtiradi.
Limon — intellektual salohiyatning tiklanishi va mustahkamlanishida yordam beradi.
Shuningdek, yalpizli choy ham g‘oyat foydali. Chunki yalpizning hidi miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi va xotirani mustahkamlaydi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀Pedikulyozni uy sharoitida davolash🍀
Qirg‘ichdan o‘tkazilgan 50 g xo‘jalik sovunini chorak stakan kerosin bilan aralashtirib, ustidan 900 ml suv quying. Tampon yordamida aralashmani boshingizga surtib, paxtali ro‘mol bilan sochlaringizni tang‘ib oling. 1-1,5 soatdan so‘ng boshingizni yuvib, besh foizli sirka bilan chayib tashlang. Muolajani 7-10 kundan keyin yana takrorlang. Soch tolalarining jarohat olmasligi va kuymasligi, ayniqsa, bir umr kal bo‘lib qolmasalik uchun toza kerosin yoki benzindan foydalanmang!
Sarimsoq va piyozni bo‘tqasimon holatga kelguncha ezib, bosh terisiga surtib chiqing. 15-20 daqiqadan so‘ng boshingizni yuvib tashlang. Suv iliqqina bo‘lsin, issiq suv sabzavotlarning hidini yanada o‘tkirlashtiradi. Bunday muolajani kunora bajaring.
Bir hafta davomida har kunif achchiq shuvoq suvi yoki quyuq qaynatmasini (3 osh qoshig‘iga bir stakan qaynoq suv) sochga surtib turing.
Oddiy dastorbosh (pijma obiknovennaya) qaynatmasi: 3 osh qoshiq quruq giyohga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovga 5 daqiqaga qo‘ying. So‘ng bir soat dam yegach, suzib, giyohini siqib oling. 5-7 kun davomida soch ildiziga surtasiz.
@medicine_uz
🍀Foydali maslahatlar🍀
O‘g‘il bolalarning sochini iloji boricha kaltaroq kestiring (yaxshisi, taqir qilib oldiring). Qiz bolalarda bu masala biroz mushkulroq.
Pedikulyozga qarshi preparat sotib oling yoki uni o‘zingiz tayyorlab, muolaja kursini to‘liq oling. Faqat esingizda bo‘lsin: aksariyat preparatlar asosan katta urg‘ochi bit (sirka)larni o‘ldiradi. Shuning uchun sirka (soch ildiziga yopishib olgan lichinka)larni, yaxshisi, mayda taroq bilan tozalab tushiring.
Bolalarning bosh kiyimlarini tez-tez qaynatib, issiq dazmol bilan dazmollab turing.
Bolaga gigiyenaning eng oddiy qoidalari haqida gapirib bering. Masalan, begona buyumlar (bosh kiyim, libos, sochiq, mochalka, soch to‘g‘nog‘ichi, taroq, yostiq, choyshab, adyol)dan foydalanish yoki o‘zining shaxsiy buyumlarini do‘stlariga berish mumkin emasligini tushuntiring.
Haftada bir marta farzandingizning boshi, ensasi, quloqlarining orqasini ko‘zdan kechiring. Chunki parazitlar bu joylarni xush ko‘radi. Bolaning boshini tinimsiz qashlay boshlashi bitlashning birinchi alomati bo‘lishi mumkin.
Mabodo maktab yoki bog‘chadagi birorta bolada pedikulyoz holati aniqlansa, diqqat-e’tiboringizni ikki baravar kuchaytiring.
Bit odamsiz atigi bir kun yashay oladi. Egasini yo‘qotib qo‘ygan bit shu zahoti yangisini qidirishga tushadi. Bu parazitlar juda harakatchan bo‘lishadi: bir daqiqada urg‘ochi bit 20 sm, bir soatda esa 12 m masofani bosib o‘tishi mumkin.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
☘☘Nervlar zararlansa, bemorda qanday belgilar kuzatilishi mumkin?☘☘
Nervlar va nerv chigallarining zararlanishlarini keltirib chiqaradigan sabablar turlicha. Ko‘pincha gripp, brutsellyoz, revmatizm, sil bilan og‘riganda, har xil kimyoviy moddalardan zaharlanganda yoki qand kasalligi, travmatik holatlar, moddalar almashinuvining buzilishi tufayli ichki zaharlanish ro‘y berganda nervlar zararlanadi. Bundan tashqari, turli jarohatlar (qisilish, tortilish, uzilish) oqibatida ham nervlar yoki nerv chigallariga shikast yetishi mumkin. Xastalik yuzaga chiqqanda qattiq og‘riq kuzatiladi. Zararlangan sohada harakat qilish qiyin lashadi, sezuvchanlik ham pasayadi.
@medicine_uz
☘Oyoq-qo‘llar nervlari☘
Oyoq-qo‘llar nervlari sohasida turli shikastlar uchraydi. Masalan, tirsak nervi shamollaganda asosan qo‘l panjalarida og‘riq kuzatiladi. Bunda bemor qo‘l panjalaridagi nomsiz barmoq va jimjiloqni bukishga qiynaladi, barmoqlarni bir-biriga yaqinlashtira olmaydi, hatto jimjiloqni bosh barmoqqa tekkiza olmayotganidan shikoyat qiladi. Bemor tekshirib ko‘rilganda uzoq vaqt davomida zararlangan tomondagi qo‘l panjasi “qush panjasi”ga o‘xshaydi. Kaft qismidagi mushaklar atrofiyalangani (ozib, kichraygani) qayd etiladi.
@medicine_uz
☘Son nervi☘
Son nervi zararlanganda bemor oyog‘ini bukolmaydi, son oldidagi mushaklar oriqlab ketadi. Bemor turganda yoki yurganda og‘riq kuchayadi, badanida jimirlashni sezadi. Ayniqsa, sonning old qismida og‘riq davomli bo‘ladi.
@medicine_uz
☘Quymich nervi☘
Quymich nervi yallig‘lansa bemor oyoq panjasi osilib qolayotgani, oyog‘ining tizza bo‘g‘imini bukolmay, yurishi qiyinlashayotganidan noliydi. Tekshiruvda sonning orqa tomonidagi boldir mushaklari oriqlagani seziladi. Xuddi shu joyda sezgi ham yo‘qoladi, bora-bora zararlangan joyda og‘riq paydo bo‘ladi.
@medicine_uz
☘Katta boldir nerviga☘
Katta boldir nerviga zarar yetsa bemor hatto oyoq panjalarini ichkariga ham buka olmaydi. Oyoq panjasining ostida va boldirning orqa qismida sezuvchanlik kamayadi yoki yo‘qoladi, shu joyda og‘riq kuchayadi.
@medicine_uz
☘Yuz nervi☘
Yuz nervi zararlanishida shamollash, sovqotish, infeksion kasalliklarga chalinishning asorati katta. Bunda yuz nervi qisiladi, uning qon bilan ta’minlanishi buziladi, tana harorati sal ko‘tariladi. Tinch holatda yuzning o‘ng va chap tomoni bir xil emasligi qayd qilinadi.
Zararlangan tomonda peshona burmalari silliqlangan, ko‘z oralig‘i keng, burun-lab burmalari va og‘iz burchagi pastga tushgan bo‘ladi. Ayni vaqtda bemor qoshini ko‘tarolmaydi, ko‘zi ham yumilmaydi. Yuz ifodasi xuddi haykalnikiday qotib turadi, hatto imo-ishoralar ham sezilmaydi.
Qattiq ovqat yeganda ovqat lunj bilan milk orasida qoladi, suyuqlik og‘izdan oqib tushadi, bemorning ko‘z yoshi bezi xaltasi yopilib turmaganligi sababli ko‘zdan tinmay yosh oqadi. Shuningdek, tilning oldingi qismida ta’m bilish xususiyati yo‘qoladi. Bundan tashqari, yuz mushaklarining bir necha daqiqa davomida og‘riqsiz qisqarishi kuzatiladi.
@medicine_uz
☘Nerv chigal va ildizchalari☘
Nerv chigal va ildizchalari zararlanishlari ko‘pincha qattiq terlagan holda sovuq havoga chiqish, nerv tolalarining shamollashlari oqibatida kelib chiqadi. Masalan, bo‘yin ildizchalari zararlaganda birdaniga bo‘yin sohasida og‘riq turib, harakat yo‘qoladi. Bemor og‘riq qo‘zg‘algan joyni asta-sekin uqalashi zarur. Keyin esa, albatta, shifokorga murojaat etish lozim. Nerv va nerv chigallaridagi kasalliklarni davolash vrach nazoratida olib boriladi. Bemorga fizioterapiya muolajalari qo‘llaniladi. Fizkultura, uqalash yaxshi yordam beradi.
Periferik nerv tizimi qaysi qismi zararlanishiga qarab bemorga tashxis qo‘yiladi. Masalan, nerv chigali kasalligi pleksit deyiladi. Orqa miyadan chiqadigan ildizchalar kasalligi – radikulitdir. Bitta yoki bir qancha periferik nervlar kasalligi – nevrit yoki polinevritlar deyiladi. Bular bir-biridan alomatlari va kechishi jihatdan farqlanadi.
@medicine_uz
🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati
🙎♂Shoxruz (Abadiya) Kanali
🖤Kara Sevda Statuslari
👚Arzon sifatli kiyimlar
🎶Зарубежные музыки ЗДЕСЬ!
😍Kechki Romantika
💅Makiyajlar Kanali
👗Qishgi yangi Tovarlar keldi
📽Tekinga uy Chizmalari
😂Prikol videolar
🎂Tortlani Daxshati
💉Медицина
🎶 Yangi Taronalar 2017+
👸Kelinlarga maslahatlar
💋Moda va Stil olami
✍🏻Eng_Sara_Statusli_rasim
💪Fitnes & Qishgi Parxezlar
🎬Uzvideo Uzkino
💥2017 Udar Hit Qoshiqlar
🇷🇺Ruscha Audio Darslar
⚽️ Futbol. Eng so'nggi Transferlar
♥️Sevgim Yuragimda
👔Turkiya Koreya Liboslari
🎧Uzmusic
💃Фақат Қизлар Учун
💏Sevishganlar Statuslari
😱ШоК Расмлар
🌹 Sevgi hikoyalari, sherlari
🌹Косметология дарслари
🇷🇺Ҳақииқий Русча Ӯрганиш
💃Arabcha raqs
🇹🇷Turk Milliy Taomlari
🎅Qorbobo Xizmati Yangi yil
🗄Kutubxona Xizmati
🚨 3 кунда - 5 кг озиш
🍎Karving San'ati
🔯 Psixologik testlar
😘Hayotimsan Quvonchiim
👊Ufc ko'cha janglari
❤️ Shahzoda mp3 va kliplari
🔊Bass | Trap | Dubstep
🇺🇿Kara Sevda Uzbekcha
🌶Пазандачилик 0 дан ўрганамиз
👗Fasonlar 2017 2018
💥 Prikollar
🌸Оналар канали
🏞Rasimli Statuslar 2017
🔴 Косметология
🖼 Profil uchun dahshat rasmlar
🍕Mazzali Taomlar
🖤 Sevishganlar uchun
🤱Узбегим аёли
💇🏻Uy sharoitida depilyatsiya
👸🏻Shaxzoda dizayner kolleksiyasi
👑 Parizodaning rasmiy kanali
📚 Millionlab asarlar olami
😭Киринг йиғламанг
🌟 Yulduzlar Oilasi
👵🏻Jannatim Onam
💖Севишганлар Макони
😨 XiyonaT | Armon | Alvido
🎧Xit Taronalar 2017 +
💙 Uefa Champions League•Live
💄Sug'diyona gazetasining rasmiy kanali
👗 Tikuvchilik va Fasonlar 2018
🌌 Photo Galleriy HD
🇷🇺 Rus Tilida Сузлашиш????
🍿Eng katta Bollywood kanali
💱 Valyuta ayirboshlash
O`ZBEKISTONDAGI BIRINCHI MEGA JAMOA 🌙 @ZIYOMEGA KANALLARI VA 💎 TOP CATALOG BEMA'NI VA BEHAYO REKLAMALARDAN YIROQ!
🏛 Фалсафа - бирдан 3 тилда! 🇬🇧🇷🇺🇺🇿
⚜️ Фалсафий фикрлар, афоризмлар, иқтибослар
⚜️ Файласуфлар ва уларнинг нодир асарлари
⚜️ Ибратли ҳикоялар
🍀🍀Bitliqilik yoxud pedikulyoz balosidan qanday qutilish mumkin?🍀🍀
Bitlar odam qonini so‘rish bilan yashaydigan parazitlardir. Ularning oshqozoni faqatgina qonni hazm qilishga moslashgan. Bitlash tibbiyotda pedikulyoz deb ataladi. Bitlarning uch turi mavjud: bosh, kiyim-kechak va qov. Ma’lumki, ushbu parazitlar boshning soch bilan qoplangan qismini o‘zlariga makon qilib oladi. Ayniqsa, boshning chakka qismi va quloq orqasi ular uchun qulay muhit sanaladi. Ba’zida esa qosh, kiprik va hatto soch-soqolda ham ko‘payishi mumkin. Bitlar soni haddan ziyod ko‘payganda ular butun tana bo‘ylab tarqalib ketadi.
@medicine_uz
🍀Bit qanday yuqadi?🍀
Pedikulyoz epidemiyasi har qanday ijtimoiy halokat, urushlar, ommaviy ko‘chishlar paytida, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Bitlar iflos muhitni yaxshi ko‘radi.
Tozalikka rioya qiladigan orasta kishilarda bit bo‘lmaydi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Bitlar toza bosh sohibini yengilgina topadi. Aytaylik, tiqilinch jamoat transportida ketayapsiz. Yoningizda boshida bitlar uya qo‘ygan odam turibdi. U bir martagina boshini silkitsa bo‘lgani, bir-ikki juft parazitlarini sizga tashlab yuborishi mumkin. Bundan tashqari, bitlar hammom, sartaroshxona, do‘kon, bozorda, xullas, odamlar bir-biri bilan yaqin muloqotda bo‘ladigan joylarda ham kishidan kishiga yuqishi mumkin. Taroq, mochalkava bosh kiyimlari orqali yuqishi ehtimoli juda katta. Ayniqsa, bolalar bog‘chalarida pedikulyoz tarqalishining olidini olish mushkul.
Bitlarni boshdan qoqib tushirish oson emas. Urg‘ochi bit xalq tilida sirka deb ataladigan yopishqoqsimon tuxumlarni qo‘yadi. Bu tuxumlar soch tolalariga mahkam o‘rnashib oladi. Atigi 1-1,5 oy yashaydigan bit bu vaqt davomida 150 tagacha tuxum qo‘yish xususiyatiga ega.
Bitlar havo qarorati 38-39 darajadan oshgan muhitda o‘zlarini noqulay his etadi. Bunday sharoitda ular nobud bo‘ladi.
Bosh bitlari ochlikka chiday olmaydi: bir marta so‘rib olingan qon unga 24 soatga yetadi, xolos.
@medicine_uz
🍀Kiyim-kechak va qov bitlari🍀
Kiyim-kechak bitlari juda «ayyor» bo‘ladi. Ularni osongina payqashning iloji yo‘q. Tanadan yetarlicha qonni so‘rib olgan bit kiyim-kechaklar choklarida (ayniqsa, ichki kiyimlarda) qo‘nim topadi.Tozalikka rioya qilmaydigan odamlar bunday bitlarga yo‘liqishadi.
Ko‘rpa-to‘shak jildlari va ichki kiyimlarni kir yuvish kukuni va kalsiylangan sodali suvda qaynating.
Taroqlarga ishlov berib, bosh kiyimlarini qaynating. Yodingizda bo‘lsin: kasallik o‘chog‘i bartaraf qilinmas ekan (pedikulyozga uchragan odam), pedikulyozni butkul yo‘qotib bo‘lmaydi.
Qov bitlari asosan kattalarda uchraydi va ko‘pincha jinsiy aloqa paytida yuqadi. Ular qov sohasida, chot orasida, anal teshik atrofida parazitlik qiladi.
@medicine_uz
🍀Dorixonaga yuguring!🍀
Bitlarni shunchaki oddiygina parazit deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Pedikulyoz juda xavfli kasallik. Boshingiz yoki tanangizni qashib, tirnab oldingiz. Bunda parazit hasharotlarning chiqindilari qon orqali odam organizmiga tushadi. Bu esa vaqti kelib kishi salomatligiga jiddiy putur yetkazishi tayin. Bunda limfa tizimi jarohatlanib, immunitet pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bitlar terlama, turli isitmalar, teri infeksiyalari kabi xavfli kasalliklar o‘chog‘i sanaladi. Shuning uchun pedikulyoz alomatlari paydo bo‘lgani zahoti uni davolashga kirishing. Dorixonalarda bunday vositalar anchagina.
Dori vositalarini tanlashda ularning ovitsidligiga (kimyoviy vositalarga o‘ta chidamli bo‘lgan sirkalarni ham yo‘q qiladi) e’tibor bering. Masalan, «Nittifor» vositasi shunday xususiyatga ega.
@medicine_uz
🍀🍀Qonda qand miqdori ortsa …🍀🍀
Qandli diabetning 1-turi (insulinga qaramlik) asosan 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. 2-turi (ya’ni insulinga qaram bo‘lmagani) asosan 35-40 yoshlardan oshgandan keyin uchraydi. Bolalarda kechadigan 1-turdagi qandli diabet kasalligiga asosan infeksion viruslarning oshqozon osti bezidagi Langergans orolchasiga hujum qilishi sabab bo‘ladi. Epidemik parotit (tepki), suvchechak, infeksion gepatit, sitomegalovirus, qizilcha viruslari hamda irsiy moyillikning ham bu borada ahamiyati katta.
Infeksion kasallikka chalinganlaridan keyin bir haftadan bir oygacha bo‘lgan davrda bolalarda qandli diabet shiddat bilan boshlanishi mumkin. Bemorni tashnalik, ko‘p siyish, doimo ochiqish, ozib ketish, og‘iz qurishi, holsizlik bezovta qiladi. Oshqozon osti bezining Langergans orolchasi to‘qimalari falajlanib, qonda qand miqdori ortadi.
Bola ovqat yeganidan so‘ng ham ochlik hissi bezovta qilaveradi. Buning sababi shundaki, ovqat bilan organizmga tushgan glyukoza yaxshi so‘rilmaydi. To‘qimalar uchun zarur bo‘lgan energiya paydo bo‘lmaganligi uchun to‘qimalar doimiy ochiqish holatida bo‘ladi.
Energiya (quvvat) yetishmagani sababli bemorning holi quriydi, u kuniga 3-5 litr atrofida suv ichadi va shuncha siydik ajratadi. Qonda qand ko‘p bo‘lib, lekin to‘qimalarga so‘rilmagani sababli organizmdagi oqsillar, yog‘lar parchalana boshlaydi. Bemor ko‘p ovqat yegani bilan ozaveradi. Bir necha haftada 8-10 kilogrammgacha vazn yo‘qotishi mumkin. Bemorning terisi qichishadi, toshmalar toshadi, ba’zi bolalarda furunkulyozlar (chipqon va katta yaralar) ko‘payadi, kechqurun siyib qo‘yishi kuzatiladi.
Kasallikni vaqtida aniqlab, tashxis qo‘yilmasa, bolaning ahvoli og‘irlashib, qondagi qand miqdori oshib ketadi va u giperglikemiyadan to koma holatiga ham tushib qolishi mumkin. Qandli diabeti bor bemorlar albatta insulin gormonini qabul qilishlari kerak. Gormon qabul qilish bilan bir qatorda parhezga rioya qilishi shart. Uglevodlardan asosan sekin parchalanadigan qora non, grechixa, perlovka, suli, kartoshka, guruch tavsiya etiladi.
Sabzavot va mevalardan bodring, pomidor, karam, baqlajon, qohu (salat bargi), rediska, ukrop, petrushka, ko‘k olma, olxo‘ri, ozroq smorodina, qulupnay, malina, limon yeyishlari mumkin. Shakar, shokolad, asal, murabbo, muzqaymoq, marmelad, tort kabi mahsulotlar va shirin ichimliklar mumkin emas. Uzum, qovun, ananas, xurmo, shaftoli, nok va olmaning shirin navlarini ham yemaganlari ma’qul.
Bolaning o‘sayotganini hisobga olib, qonda qand miqdorini me’yorda ushlab turish katta ahamiyatga ega. Chunki qonda qand miqdori tez-tez ko‘tarilib yoki tushib tursa, bu hol og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Insulin gormoni yetishmasa, organizmdagi boshqa gormonlar ishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada bola jinsiy va jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi. Ba’zi ota-onalar bola gormonga o‘rganib qoladi deb, dori miqdorini (dozasini) kamaytirishga harakat qilishadi. Bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Umuman, qandli diabet bilan og‘rigan bola doim endokrinolog nazoratida bo‘lishi kerak.
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Xurmoning salomatlik uchun qanday foydali jihatlari bor?🍀🍀
Kuz ne’mati – xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza kabi yengil hazm bo‘luvchi moddalarning ko‘pligi tufayli uning ikki-uch donasi ham qorningizni to‘ydirishi mumkin.
Bu meva tarkibidagi natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir moddalari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Pishgan xurmo me’da-ichak tizimi, jigar faoliyati, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, teri va jinsiy bezlar faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Xurmo qovoq, chakanda, o‘rik va boshqa sariq-zarg‘aldoq tusli sabzavotlar va mevalar kabi yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan o‘simtalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. U hujayra tuzilmalarini shikastlovchi erkin radikallarga qarshi juda kuchli antioksidant hisoblanadi. Xurmo terining keksayish belgilariga qarshi kurashadi, buyrakdagi toshlardan xalos etadi. Tarkibidagi magniy moddasi buyrakda toshlar hosil bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Organizmdan natriy tuzlari chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, xurmo yurak kasalliklariga juda foydali. Yana shifokorlar ushbu mevani varikozva milklar qonashidan aziyat chekuvchi kishilarga tavsiya etadi. Xurmo ichak tayoqchasi, oltinrang stafilokokga qarshi bakteritsid ta’sirga ega. Uning sharbati surunkali diareyadan xalos bo‘lishda yordam beradi. Bundan tashqari, u asab tizimini tinchlantiradi, kishining ish layoqatini oshiradi.
Buning uchun 6 ta pishgan mevani bo‘laklarga bo‘lib, qaynab turgan suvga soling va 20 daqiqa davomida qopqog‘i yopiq holda saqlang. Qaynatmani dokada suzib, 0,5 litrdan har 4 soatda iching.
Xurmo tarkibida yengil o‘zlashtiriladigan qandlar miqdori ko‘p bo‘lgani bois, u semirish va qandli diabet kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etilmaydi
Avitsenna.uz
@medicine_uz
🍀🍀Тўлғоқ бошланди. Аёл нима қилиши керак?🍀🍀
Бугунги мақоламизда гинеколог-шифокор С.С.Жамбекова тўлғоқ тутган пайтда аёл ўзини қандай тутиши кераклиги ҳақида батафсил гапириб, қандай тўғри нафас олиш керак, кучларни туғруқ учун қандай сақлаш лозим, бу пайтда овқатланиш мумкинми ёки йўқми, туғруқни тезлаштириш ва оғриқни енгиллаштириш учун палатада қандай юриш зарурлиги ҳақида кўпгина аёлларни қизиқтириб келаётган саволларга жавоб беради.
Ҳомиладорликнинг 38-ҳафтасидан бошлаб организм туғруққа фаол тайёрлана бошлайди – кўпгина аёлларда қисқа ва ҳозирча катта интервал билан тўлғоқлар пайдо бўлади. Бу даврда бола турли ҳолатларда ётади – у ўзи учун қулайроқ позицияни излайди. Ҳомиладорликнинг 40-ҳафтасида ҳомила турғун ҳолатни эгаллайди ва она исталган пайтда туғруқ бошланишига тайёр бўлиши керак.
Биринчи марта она бўлаётган аёллар тўлғоқларнинг қандай даврийлигида туғруқхонага отланиш кераклигини билмайди. Шу боис қуйидагиларни билиб қўйган маъқул: биринчи марта туғаётган аёлларда тўлғоқлар ўртача 10-12 соат чўзилади, бачадон бўйни соатига тахминан 1 см.га очилади. Тўлғоқлар 15-20 сония давом этадиган пайтда туғруқхонага боришга тайёр туриш керак.
@medicine_uz
Тўлғоқ тутаётган пайтда туғаётган аёл бор-йўғи битта тунги кўйлакда бўлса ҳам туғруқ залида жуда қизиб кетади.
Улкан қувватнинг сарфланиши – бу даврда аёлнинг организмини фақат ерни бурғулаётган шахтёрларнинг иши билан солиштирса бўлади – сизга кислород етишмай қолади ва кучли жисмоний зўриқишни ҳис қиласиз. Туғруқ даврида организмдан кўп суюқлик йўқолади, уни кўпроқ суюқлик ичиш ва енгил ҳазм бўладиган овқат ёрдамида тўлдириш зарур. Туғруқхонага отланар экансиз, ўзингиз билан енгил овқат олишингиз мумкин – пишлоқли бутерброд, галетли печенье, мевалар, минерал сув, кичкина шоколад.
@medicine_uz
Туғруқ пайтига 7-10 жуфт қўлқоп олиб қўйинг. Улар онани ва чақалоқни кўрикдан ўтказаётган пайтда албатта асқотади.
Бачадон бўйни 5-6 см.гача очилгунга қадар ҳар бир аёл нафас олиш машқлари ва ўзини ўзи массаж қилиш ёрдамида горизонтал ҳолатда ётиши мумкин, бу билан у қуввати ва кучларини тежайди. Коридорда ва палатада қанча кўп юрсангиз, шунча кўп чарчаб қоласиз, тўлғоқлар эса кўп кучни талаб қилади.
@medicine_uz
Тўлғоқ тутаётган пайтда кучайиб келаётган оғриқни сезишингиз билан бурун ёрдамида чуқур нафас олинг, нафасингизни иложи борича узоқроқ ушлаб туринг ва оғиз ёрдамида нафасни секин чиқаринг. Чуқур нафас олаётган ва уни ушлаб тураётган пайтингизда организмда сиз учун жуда зарур бўлган кислород узоқроқ ва жадалроқ ҳаракат қилади. Етарли миқдорда кислород олаётган бола ўзини тинчроқ тутади ва она ўзини енгилроқ ҳис қилади.
Кўпгина аёлларда оғриқ тананинг думғаза қисми ва қорин пастида жамланади. Ушбу зоналарни ўзингиз мустақил равишда массаж қилишингиз ёки шеригингизнинг ёрдамига мурожаат қилишингиз мумкин. Тўлғоқ пайтида нафас олаётганда уни ушлаб туринг ва думғазага муштингиз билан енгил уринг. Кейин нафасни чиқаринг. Шунингдек, нафасни ушлаб туриб, муштингиз билан думғаза бўйлаб айлана ҳаракатлар қилинг, бунда думғаза ҳаракатланиши керак.
Муаллиф: Анна Гриценко
DNK.uz
@medicine_uz
🍀🍀Ибн Сино ўғил кўриш тадбири ҳақида🍀🍀
Ўғил туғилиши сабаби эр уруғининг иссиқлиги, мўллиги ҳамда жинсий яқинлик хотиннинг ҳайздан пок бўлиш вақтига тўғри келишидадир. Уруғнинг ўнг томондан келиши бунга ёрдам беради, чунки бу уруғ иссиқроқ ва қуюқроқ бўлиб, ўнг буйракдан келган бўлади; ўнг буйрак
қизиганроқ ва жигарга яқинроқдир. Эрлик уруғи бачадоннииг ўнг томонига тушганида ҳам шундай бўлади. Хотин уруғинииг хоссалари ва қай томондан келиши ҳам аҳамиятлидир. Совуқ мамлакатлар, совуқ фасл ва шимолий шамол боланинг ўғил бўлишига ёрдам беради; бунинг зидди эса аксинча бўлади. Жуда ёш ҳам, кекса ҳам бўлмай, айни йигитлик ёшида қўшилиш ҳам аҳамиятлидир.
Ўғил туғилиши учун эр ҳам, хотин ҳам махсус тайёрланишлари керак. Ўғил туғиш учун хотиннинг уруғи қуюқ, кучли ва иссиқ бўлиши лозим, чунки шундай уруғ эрликни тезроқ қабул қилади. Эр уруғи ҳам хотин уруғидан кучли бўлиши лозим. Бола ўғил туғилиши учун қуйидаги тадбирларни амалга ошириш зарур: хотин ҳам, эр ҳам атир, буғлаш ва озиқ-овқат воситасида ўз организмини қиздириши керак. Бир муддат жинсий яқинликдан сақланиш лозим.
Кўп суюқлик ичмаслик, балки чойни оз-оздан ичиб, қиздирадиган кучли овқатлардан истеъмол қилишлари даркор. Эр ўз уруғини синаб кўриши, агар уруғ суюқ бўлса, қуюлгунча юқоридаги тадбирларни давом эттириши керак бўлади. Кейин чиройли жой солиниб, яхши атирлар билан хушбўйлантирилган ўринда хурсанд, вақти чоғ ҳолда ўғил ҳақида ўйлаш зарур.
@medicine_uz
🍀Ўғил кўрадиган ҳомиладор аёлнинг белгилари қуйидагилардан иборат:🍀
Аёлнинг ранги яхшироқ, ўзи хурсандроқ, териси тозароқ, иштаҳаси соғломроқ, ҳомиладорлик аломатлари тинчроқ бўлади.
Аёл ўнг томондан оғирлик сезса, шу ёндан ҳомила қимирласа, бу ўғил бола эканлигидан дарак беради.
Аёлнинг кўкрағи катталашиб, ундаги ранг ўзгариши ҳам аввал ўнг томондан бўлади. Айниқса, ўнг кўкрак учи ўсиб, олдин сут келади ва оқади; қуюқ ва ёпишқоқ бўлиб, суюқ ва сувли бўлмайди.
Аёл сути тирноққа томизилиб, офтобга қаратилса, симоб томчисидек ёки марварид донасидек бўлиб туриб қолади ва ёйилмайди.
Ўғил боласи бор аёлнинг сийнаси учида қизиллиги ортади-ю, қоралиги ортмайди, оёғининг томирлари ҳам қизаради, қораймайди, ўнг томондаги томирларининг уриши тўлароқ, кетма-кет бўлади.
Ҳомиладор ўрнидан туриб, сўнгра юра бошлайди, аввал ўнг оёғини ҳаракатга келтиради. У турганда ўнг қўлига тиралиб туради, ўнг кўзи енгилроқ ва тезроқ ҳаракат қилади.
Ўғил бола уч ойдан кейин, қиз бола тўрт ойдан кейин қимирлай бошлайди.
Қиз болага юкли бўлиш белгиларига келсак, улар юқоридагиларнинг тескарисидир.
DNK.uz
@medicine_uz