madina_studio | Medicine

Telegram-канал madina_studio - MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

5051

YouTube каналимиз: youtube.com/@madinastudiotv Instagram саҳифамиз: instagram.com/madina_studio_uz Алоқа учун: @madinastudiobot

Subscribe to a channel

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Телевизор хеч к,анак,а малумот бермайди деганлар адашади.
#юмор
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Umurtqalararo disk churrasi yoxud grija haqida

http://avitsenna.uz/grija-haqida/

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Uyquda bosinqirashga sabab nima?
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Shamollashni davolash uchun tabiiy retseptlar

Kishi shamollab qolganida, dastlab burni bitadi, tomog‘i og‘riydi, darmoni quriydi. Yo‘tal esa keyinroq boshlanadi. Xo‘sh, yo‘talning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. Buning uchun burningizni har kuni 3-4 mahal sho‘r suv (bir stakan qaynatilgan iliq suvga bir choy qoshiq tuz solinadi) bilan chaying, keyin yallig‘lanishga qarshi dori tomizing. Boshingizni orqaga egib turib tomizsangiz, dori burun halqumining orqa devoridan oqib tushadi, shunda ta’siri yaxshiroq bo‘ladi. Bundan tashqari, har soatda eritilgan suv yoki yod tomizilgan iliq suv bilan chaying. Moychechak va mavrak damlamalari bilan g‘arg‘ara qilinganda tomoq yo‘llari ravonlashib, yo‘talning oldi olinadi.



Mundarija [Yopish]

Yo‘tal boshlansa…

Balg‘am ko‘chishi qiyinlashsa…

Mashqlar yordam beradi

Limonli sharbat tayyorlash

Tumovni davolash

Yo‘tal boshlansa…

Shamollagandan keyin bir hafta o‘tib, yo‘tal boshlansa, iliq sutga sariyog‘ va ichimlik soda solib ichish yordam beradi. Asalli issiq choy, ishqorli mineral suvni ilitib ichish ham foydali. Yo‘tal qoldirishning sinalgan usullaridan biri quyidagicha: bir choy qoshiq shakarni past olovda qizdiring, shakar eriganda qizg‘ish tusga kiradi. Shunda qoshiqni sovuq suvga botiring. Erigan issiq shakar darhol qotadi. Agar shuni shimib yursangiz, yo‘taldan qutulasiz.

Balg‘am ko‘chishi qiyinlashsa…

Yo‘tal kuchayib, balg‘am ko‘chishi qiyin bo‘lsa, balg‘amni suyultiradigan dorilar (bromgeksin, mukaltin) ichish zarur. Bundan tashqari, iste’mol sodasi solib, 5-6 tomchi arpabodiyon yog‘i tomizilgan qaynoq suvga boshingizni burkagan holda pardan nafas olsangiz, balg‘am ko‘chishi osonlashadi. Yo‘tal uzoq cho‘zilganda shifokor maslahatiga ko‘ra antibiotiklar ichishingiz mumkin. Bundan tashqari, ultratovush muolajasi bronx yo‘llaridagi balg‘amni suyultiradi va yo‘tal bilan chiqishiga ko‘maklashadi. Shamollagan odamni uqalash ham yo‘talni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun kaftning qirrasi bilan orqa umurtqani pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarab uqalash kerak.

Ko‘pchilik havo zax va sovuq bo‘lganda kalta-kalta yo‘tala boshlaydi. Shuningdek, issiq xonadan ko‘chaga chiqqanda yoki sovuq o‘ringa yotganda ham yo‘tal tutadi. Ba’zan tamaki yoki spirt hidi yo‘talga sabab bo‘ladi. Odatda quv-quv yo‘talganda bemorning yuzi qizarib ketadi, ba’zan mayda tomirlar yoriladi. Bunday vaqtda, albatta, pulmonolog shifokor nazoratida jiddiy davolanish kerak.

Mashqlar yordam beradi

Mutaxassislarning kuzatishlaricha, ko‘p hollarda mashqlar ham yo‘talni qoldirish va balg‘am ko‘chishini yaxshilashda ijobiy samara beradi. Buning uchun qo‘llarni yelkaga qo‘yib, chuqur-chuqur nafas oling, nafasingizni tutib turib, asta-sekin oldinga egiling, so‘ng lablaringizni cho‘chchaytirib, kuch bilan ichingizdagi havoni chiqaring. Shuningdek, nafas olib, qo‘llar ko‘tarilgach va nafas chiqarib, qo‘llar tushirilganda, keyin esa tez-tez, chuqur-chuqur nafas olib, kuch bilan chiqarilganda ham yo‘talning tuzalishi osonlashadi.
@medicine_uz
Limonli sharbat tayyorlash

Shamollashning dastlabki alomatlari paydo bo‘lganda limonli sharbat tayyorlash mumkin. Buning uchun bir dona limonni mayda kesib, 2 stakan qaynoq suv quying va 20 daqiqa tindiring. Unchalik shirin bo‘lmasin, bir soat mobaynida shu suyuqlikdan ichib turasiz.

@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

👨‍⚕️ATF.UZ KANALIDA MALAKALI SHIFOKORLARDAN ONLAYN KONSULTATSIYA OLING👩🏻‍⚕️

Bizda:

Allergologiya

Andrologiya

Dermatologiya

Diyetologiya

Endokrinologiya

Ginekologiya

Kardiologiya

Nevropatalogiya

Oftalmologiya

Otolaringologiya

Pediatriya

Stomatologiya

Terapiya

Travmatologiya

Urologiya va boshqa sohalarga oid savollaringizni yo'llashingiz mumkin.

🌹BIZGA QO'SHILING🌹

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Qorindan Embrion olish jarayomi😉
@medicine_uz
Do'stlarga ham ulashing
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD9TtCI1yhcR8RNaOg

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Ehtiyot bo'ling qizlar😱🤦‍♂
@medicine_uz
Do'stlarga ham ulashing
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD9TtCI1yhcR8RNaOg

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Quloq shovqinlansa…
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Mastoidit
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

😊SALOM MUSIQA🎼 SHAYDOLARI SIZLAR UCHUN 🌟ENG SARA MUSIQA TOPLAMLARNI📂 TAQDIM ETAMIZ MARHAMAT🤗 SILA UCHUN ENG AJOYIB KANAL👇👇👇

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Kundalik Turmushingizda 👨‍🏭👨‍🍳👩‍💼🤵💁💁‍♂ siz uchun zarur bòladigan ❗️ barcha turdagi 👔👗👕👖👚 👟👢👡👠👒👛👜👝
Kiyim , Sumka shlyapa va poyavzallar Faqat bizning ☝️💯
ONLINE 🌐 ShOP Savdo 💵 KANALIMIZDA 🎥
Marhamat òzingizga yoqqan kiym ga bosing 👇



👚👚👚👚👚👚👚👚
👚👚👚👚👚👚
👚👚👚👚
👚👚👚Ayollar uchun pekin 🇸🇬 va turk 🇹🇷 liboslari


👗👗👗👗👗👗👗👗
👗👗👗👗👗👗
👗👗👗👗👗
👗👗👗Oqshom ✨🌛 Liboslari 🇸🇬🇹🇷


👖👖👖👖👖👖👖👖
👖👖👖👖👖👖
👔👔👔👔
👔👔👔Erkaklar 👟 bòlimi


👛👛👛👛👛👛👛
👝👝👝👝👝👝
👜👜👜👜
☂☂☂Ustingizdagi Libosingizga moslab Sumkalar harid qiling ❤️


👡👡👡👡👡👡👡
👢👢👢👢👢👢
👠👠👠👠👠
👞👞👞Fasillarga Qarab Harhil Turdagi poyavzallar Arzon Narxlarda 💵 💸


🎒🎒🎒🎒🎒🎒🎒
🎓🎓🎓🎓🎓
💼💼💼💼
👓👓👓Maktab va bolalar bòlimi skidka 20 %




Barcha turdagi Liboslar va Kundalik turmushingizda zarur bòlgan Mahsulotlar faqat Bizning Shop kanalda barcha viloyatlarga Dastavkalar bor 🚛🚙 ♻️✅

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

👸 Begingizning haqiqiy yagona QIROLICHASIga aylanish sirlari faqat bizda😍

💞#KechkiRomantika dasturlarimizda barchasini kuzatib borishingiz mumkin!👇👇👇👇

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🍝Mazzali Retseplar endi telegramda siz bilan birga

💁Tanlab bosing 👇Shoshiling 🏃‍♀

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

❗️ZANJABIL SHIFO❗️

Миядаги ва танадаги барча тиқилмаларни очиб баданни қиздиради, қувватлантиради. Сер уйқуликни камайтиради. Бош ва умумий оғриқларни қолдириб грипп, тумов ва турли шамоллашларни бартараф қилади. Қондаги вирус ва микробларни ўлдиради. Мияни тозалаб зеҳнни ўткирлаштиради, тутқаноқ ҳамда хушдан кетишликни даволайди. Кўзга қувват бериб, кўриш қувватини оширади. Оғиз, бурун, томоқ ва қулоқлардаги шамоллашларда фойдали. Ошқозон ва ичаклардаги шамоллаш ва яллиғланишларни кетказиб оғриқларини қолдиради. Совуқдан бўлган кўнгил айниши ва ич кетишини тўхтатади. Буйракни қувватлантириб, сийдик тутолмаслик қовуқ шамоллашда фойдали. Эркак ва аёллардаги жинсий аъзолари шамоллаши ва бепуштлигида яхши самара бериб, жинсий қувватни оширади ва эрлик уруғини кўпайтиради.

Таркиби: Табиий асал ва занжабил. (Занжабил таркибида табиатан кальций, алюминий, хром, темир, магний, никотин кислотаси, фосфор, кремний, калий, витамин С кабилар мавжуд)

❗️Истеъмол қилиш усули: Бир кунда бир чой қошиқдан уч маҳал оч қоринга еб ортидан илиқ сув ичилади.

❗️Истеъмол қилиш муддати: Йигирма кундан уч ойгача.

❗️Ножўя таъсирлари: Зарарсиз.

Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган

550г 60 000 сўм

❗️МУРОЖААТ УЧУН телофонлар:❗️
+998998902821
+998933962004
@ZanjabilShifo

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🍀 Bizni qaysi yoshda qanday muammolar bezovta qiladi? 🍀

Ma’lum bo‘lishicha, inson umri davomida har biri 7 yil davom etadigan 12 ta bosqichdan o‘tar ekan. Bu bosqichlarda o‘ziga xos muammolarga duch kelish tabiiy. Bundan hayotiy tajriba ortadi va muayyan qiyinchiliklarga chap berishni ham o‘rgansa bo‘ladi. Boshqacha aytganda, biz insonlar umrimizning har bir yilini o‘z yoshimizdan kelib chiqqan holda kutib olamiz va kuzatamiz. Umringizning qaysi bosqichida sog‘lig‘ingiz qay darajada bo‘lishiga qiziqsangiz va uni imkon boricha yaxshilash tarafdori bo‘lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun!


0-6 yosh

7-13 yosh

14-20 yosh

21-27 yosh

28-34 yosh

35-41 yosh

42-48 yosh

49-55 yosh

56-62 yosh

63-69 yosh

70-76 yosh

77-84 yosh
@medicine_uz
0-6 yosh

Jajji odamchaning umurtqasi, skeleti va umuman, butun tayanch-harakat apparati, mushak paylari ham kattalar e’tiboriga muhtoj. Bu davrda uqalash kurslari, yoshga doir jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Bordiyu bu jarayonda lat yeyish, pay cho‘zilishi kabi muammolar uchrab qolsa, aslo o‘zboshimchalik bilan uy sharoitida davolashga urinmang. Bolani travmatolog qabuliga olib boring. Ovqatlanish ratsioni tarkibi: sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar, A, B, C, E vitaminlari.
@medicine_uz
7-13 yosh

Ota-onalar bu yoshdagi bolalarning tanosil a’zolari, tayanch-harakat apparati va tishlariga, nutqi va ongi rivojlanishiga, yuragining ishlash maromi, endokrin va nafas olish tizimiga… (bu ro‘yxatni hali ancha davom ettirish mumkin) e’tiborli bo‘lishlari kerak. 7-13 yosh — bolaning shaxs sifatida shakllanishida asos bo‘ladigan, organizm o‘sishining eng faol davri. Bola ratsionidan yarim tayyor mahsulotlarni umuman olib tashlash kerak. «Fastfud»lar haqida-ku gap ham bo‘lishi mumkin emas!
@medicine_uz
14-20 yosh

Diqqatingizni oshqozon osti bezi, o‘t pufagi va jigarga qarating. Xuddi shu davrda sog‘lom hayot tarzi va ovqatlanish qoidalarini o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirishga ulgurish kerak. Chunki aynan shuning o‘zi har qanday parhezdan yaxshiroq samara beradi. Demak, yog‘li, qovurilgan mahsulotlar, shirinliklar, achchiq va dudlangan oziq-ovqatlar iste’molini cheklash kerak. Aks holda faqat yuqorida ko‘rsatilgan a’zolar emas, teri ham zararlanadi. Axir eng gullagan yoshlik chog‘ini husnbuzarlar buzishini kim ham istardi, to‘g‘rimi?
@medicine_uz
21-27 yosh

Buyraklar va tanosil tizimiga befarq bo‘lmang. Ko‘nglingiz xotirjamligi uchun tekshiruvdan o‘tsangiz ham chakki bo‘lmasdi. Bir sutkada kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish tartibiga amal qiling. Tuz iste’molini ham cheklang (tuzning bir sutkalik me’yori 5 gr.). Hadeb bir xil ovqat tanovvul qilavermasdan taomnomangizni rang-baranglashtiring va o‘z vaqtida ovqatlanish qoidasiga amal qiling.
@medicine_uz
28-34 yosh

Bu ikkinchi o‘tish davri bo‘lib, tavsiyalar 7-13 yoshdagilarnikiga o‘xshash. Faqat qo‘shimcha sifatida profilaktika uchun barcha mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tishni kiritish mumkin. Mavjud kasalliklarni davolashga shu yoshdanoq kirishmasangiz, keyin ularning asoratlari bilan kurashish qiyin bo‘ladi. Chekuvchilar bu zararli odatni aynan shu davrda tashlagani ma’qul. Dilbar ayollarimiz uchun esa farzand ko‘rishning eng qulay davri.
@medicine_uz
35-41 yosh

Ovqat hazm qilish tizimi va jinsiy muammolarga e’tibor qaratishning ayni vaqti. Endi tor sohaga yo‘naltirilgan shifokorlar (ginekolog, urolog, androlog) ko‘rigidan o‘tishni muntazamlashtirish shart.

Faol hayot tarzini olib boring. Istasangiz, velosport bilan shug‘ullaning. Hayotingizni sayohatlar bilan boyiting. Ratsionga kelsak, faqat tabiiy toza mahsulotlarni qabul qila boshlaganingiz ma’qul.
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Soda bilan ozish mumkin(mi)

http://avitsenna.uz/soda-bilan-ozish-usuli/

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🍀 Uyquda bosinqirashga sabab nima? 🍀

Ba’zan tungi uyqumizda qo‘rqinchli tush ko‘rib uyg‘onib ketamiz va bu tushning dahshatli tafsilotlarini ancha vaqtgacha esimizdan chiqarolmay yuramiz. Bosinqirash deb ataladigan bu holat nega uchraydi? Quyida bosinqirashning ba’zi sabablari haqida so‘z yuritiladi.

@medicine_uz
O‘tkir ziravorli ovqatlarni uyqudan oldin iste’mol qilish

Uyqu tibbiyoti sohasidagi professor Robert Rozenbergning fikricha, o‘tkir ziravorlar qo‘shilgan ovqatlar modda almashuvini kuchaytirib, tana haroratining oshishiga olib keladi, natijada bosh miya faoliyati kuchayib ketadi, inson uxlagan holatida ham miyaning bu faolligi pasaymaydi va yorqin, dahshatli tushlar ko‘rishga sabab bo‘ladi.
@medicine_uz
Tarkibida melatonin tutgan doriga o‘xshash vositalarni qabul qilish*
*

Shimoliy Karolinadagi Uyqu instituti direktori Robert Oksmanning fikriga ko‘ra, melatonin uyquning tush ko‘riladigan fazasini uzaytirish hisobiga uyqu sifatini yaxshilaydi, insonda uyqudan qoniqish tuyg‘usini paydo qiladi. Lekin melatonin ortiqcha dozada qabul qilinganda bosinqirash holatiga olib keladi, insonda bezovtalik, jahldorlik keltirib chiqaradi.
@medicine_uz
Uyqudan oldin televizor ko‘rish**

Uxlashdan oldin ta’sirli film yoki serial tomosha qilsak, esda qolarli tushlar ko‘ramiz. Psixolog Stiv Orma aytganidek, tushlarimiz birlamchi ongimizning mahsuloti, shuning uchun o‘qilgan kitob yoki ko‘rilgan filmdan qanchalik qattiq ta’sirlansak, uyqumizda bu taassurotlarimiz qayta jonlanayotgandek bo‘ladi.
@medicine_uz
Ba’zi dori vositalarini qabul qilishni to‘xtatish

Keng tarqalgan antidepressant dorilarni ma’lum vaqt qabul qilib, keyin to‘xtatilganda, yorqin, shiddatli, hatto dahshatli tushlar ko‘riladi, bu holat ma’lum vaqtdan keyin o‘tib ketadi.
@medicine_uz
Uyqu vaqtidagi apnoe holati

Apnoe — vaqtinchalik nafas to‘xtab qolishi bo‘lib, xurrak otuvchi odamda ba’zan kuzatilishi mumkin. Apnoe holatida bosh miyada kislorod tanqisligi yuzaga kelishi natijasida hayajonli tush ko‘rish va bosinqirash ham yuzaga keladi, deydi Rozenberg. Agar siz xurrak otuvchilardan bo‘lsangiz va 8 soat uxlasangiz ham uyqudan xuddi charchagandek bo‘lib uyg‘onayotgan bo‘lsangiz, uyqu bo‘yicha mutaxassisga murojaat qilganingiz ma’qul.
@medicine_uz
Bundan oldingi tunni uxlamay o‘tkazish

Rozenbergning fikricha, uyqusiz tun natijasida bosh miya uyquning tez fazasi, ya’ni aynan tush ko‘riladigan fazasining o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladi, bu esa tezkor va yorqin tushlar ko‘rishga sabab bo‘ladi.
@medicine_uz
Surunkali stress

Stress va davomli bezovtalik uyqu sifatining yomonlashishiga olib keladi, uyquda bosh miya salbiy taassurotlarni tahlil qilishda davom etadi. Uyquning aynan tez fazasida, ya’ni tush ko‘riladigan fazasida miyamiz eng kuchli taassurotlarni yuzaga chiqaradi
Avitsenna.uz
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Tumovni davolash

Tumovni davolashda o‘rtacha kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan o‘tkazib, og‘izni ochgan holda 10 daqiqa hidlab turish foyda beradi. So‘ng shu piyoz suviga toza paxtani shimdirib, burunga ikki tomchidan tomizish kerak. Muolaja xastalikning ilk kunida 3 mahal bajarilsa, nafas olish yengillashib, burun oqishi to‘xtaydi.

Kuniga 4-5 mahal aloe gulining suvini burun teshigiga paxta yordamida bir necha tomchi tomizib turilsa, shamollashdan tuzalish tezlashadi.

Bir necha dona maydalangan sarimsoqbo‘lagini bir stakan qaynagan suvga solib, bir soatcha damlang. Shu damlama bilan tomoqni chayib turish kerak.

Kechqurun oyoqlarga vanna qilish lozim. Buning uchun 5-8 litr suvga bir osh qoshiq quruq xantal (gorchitsa) solinadi. Unutmangki, bu muolaja yurak-qon tomir va buyrak kasalligi bor bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Shamollash va grippning oldini olish uchun toza havo, jismoniy harakat, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozim. Virusli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlardan uzoqroq yurgan ma’qul. Har qanday holatda ham muolajalarni shifokor nazoratida maslahati asosida bajarsangiz, shamollash qaytalamaydi va ko‘p vaqt sizni bezovta qilmaydi.
Avitsenna.uz
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Shamollashni davolash uchun tabiiy retseptlar
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati

❤️ Ramantik Music

🎵Eng songi Xit Taronalar 2017+

🛋Mebellar Olami

🌐 Dunyo Xabarlari

👚Arzon Kiyimlar

🎵 Новинкий Музика 2018+

🎶Зарубежные музыки Здесь!

❤️Online Chat

💅🏻Prichoska Makiyajlar

🇺🇿 Шавкат Мирзиёев Фармонлари !

😘Dilga yaqin so'zlar

🎀Uyga Kiyishga Daxwat Kiyimlar

📽Tekinga Uy Chizmalari

😍Yondiramiz, kuydiramiz!

💁Келинчак либослари ва пардози

🎂Tortlani Daxshati Zakazga

🎵Shoxruz (Abadiya)Rasmiy kanali

💉Медицина

🍩 Tekinga pishiriq oʻrgatish

😍Jooooonim maniiiiiii

💋Moda va Stil olami

💣Music Udar 🔊

🎅🏻Eng_Sara_Statuslar va..

🎬Uzvideo Uzkino

💥Zor Mp3 Hit qoshiqlar 2017+

🥙300 Dan Ko‘p salat Retsepti

📚 Зиёлилар учун

♥️ Erni ipsiz bog'lab olish

👗Turkiyaning Qishki Liboslari

🎧Uzmusic

🎵 Yangi Taronalar 2017

❤️Sevishganlar qadri

😱ШоК Расмлар

🎄Yangi Yil Statuslari

🌹 Sevgi Armon hijron sherlari!

🎂Yangi yil tortlari

⚽️ Coutinho va Ronaldo "PSG"da !

🖤Kara Sevda Statuslari

📲Turkcha Klip va Musiqa 2018

👚 Turkiyaning arzon kiyimlari

💃Go'zallik kanali

💖ZorTvSevgi iztirobi Video foto

🙏Аллоҳга Қалб Мухаббатим

❤️Sevgiga Tashna Qalblar

💖 ShAHZODA Official

👊Ufc ko'cha janglari

❤️Uyga kiyishga daxshat kiyimlar

😍Pazandachilik bepul darslar

🔊Bass | Trap | Dubstep

🏢Севишганлар Шахарчаси

🖤Kara Sevda Uzbekcha

🌶 Пазандачиликни Ўрганамиз

😂 прикол

💢Mexr Izlagan Qalblar uchun

✂️Chevarlik Sirlari Fasonlar 2018

🎇Profil Uchun Rasmlar

🌸Оналар канали

❤️ Kosmetologiya UZ

👳Мусофир Биродарлар Кундалиги

🖼 Profilga zamonaviy rasmlar

🍕Mazzali Taomlar

❤️ Statusli rasmlar olami

🌺 Dizayner Shaxzoda

💖Севишганларга Маслаҳатлар

👑Parizodadan yangi liboslar

🙆🏻Ro'mol o'rash usullari

😪Киринг йиғламанг

🌟 Yulduzlar haqida ma'lumot

👵🏻Jannatim Onam

🌟 Birinchi Guruhlar Kanali

💖Sevishganlar uchun Maxsus

⚽️ •Futbol TV• Yangiliklar Olami

👗Tikuvchilik Sirlari Fasonlar 2018

🌌 Rasmlar Makoni •

😆 Latifalar

🇺🇿 Мирзиёев Фармон-К'арорлари

🍟Hind kino klip va mp3lar

💱 Valyuta ayirboshlash

O`ZBEKISTONDAGI BIRINCHI MEGA JAMOA 🌙 @ZIYOMEGA KANALLARI VA 💎 TOP CATALOG BEMA'NI VA BEHAYO REKLAMALARDAN YIROQ!

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Rengenda chiqan qo'lning ko'rinishi
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🍀 Quloq shovqinlansa… 🍀

Inson hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham “Qulog‘imda shovqin eshityapman, nega bunday bo‘lyapti?” degan savolga duch keladi. Avvalo, bu o‘ta noyob hodisa yoki kasallik emas, ko‘pincha tanamizdagi biron a’zoning kasallanishiga aloqador  bo‘ladi.

Quloqdagi shovqin ilmiy tilda “tinnitus” deb ataladi. Bunga shang‘illash, g‘uvillash, shitirlash, vizillashlar ham kiradi. Bu holat tinch, ortiqcha shovqinlar yo‘q paytda kuzatiladi. Ko‘pincha quloqdagi shovqin eshitish qobiliyatining pasayishi alomati hisoblanadi.
Agar shovqinga og‘riq va quloq qizarishi qo‘shilgan bo‘lsa hamda shovqin juda ichkaridan kelayotganini sezsangiz, bu oltingugurt tiqilmasi sabablidir. Ba’zan shovqin sababchisi quloq pardasining qattiq tovush yoki qattiq kavlab tozalash natijasida shikastlangani yoki yallig‘langani ham bo‘lishi mumkin. Shang‘illash va g‘ala-g‘ovur ovozlar baland musiqa tinglashni yoqtiruvchi va o‘ta shovqinli sharoitda ishlovchilarda kuzatiladi.
@medicine_uz
Quloq shovqinining kasallik bilan bog‘liq tomonlari

Quloq shang‘illashini keltirib chiqaruvchi kasalliklar ham bor:

Migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og‘rig‘i) — odatda boshning chap yoki o‘ng tomoni qattiq og‘rib, o‘sha tomon quloqda g‘alati tovushlar eshitiladi.

Yurak-tomir kasalliklarida quloq tizimidagi shovqin yurak yurishi kabi dukillash tovushida bo‘ladi.

Bo‘yin osteoxondrozida ham quloqda dukillash eshitiladi.

Kamdan-kam holatlarda bu shovqinlar nevrinoma (eshitish nervida o‘sma) kasalligi alomati bo‘lishi mumkin.

Sababini aniqlash uchun birinchi navbatda LOR shifokorga murojaat qiling. U eshitish yo‘lini tekshirib, tiqilma yo  boshqa biron narsa bor-yo‘qligini aniqlaydi.  Bundan tashqari, audiometriya (eshitishning sezuvchanlik darajasi) kabi qo‘shimcha tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Agar quloqdagi shovqin boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, shifokor sizni shu yo‘nalishdagi mutaxassis — kardiolog yoki nevropatolog huzuriga yuboradi.
@medicine_uz
Asoratlari

Agar qulog‘ingizdagi shovqinlar tez-tez paydo bo‘layotgan bo‘lsa-yu o‘z vaqtida tekshirtirib davolamasangiz, quyidagi asoratlar yuzaga keladi:

tiniqib uxlashga halal beradi;

ishdan chalg‘itib, faolligingizni susaytiradi;

 xavotir va stressni keltirib chiqaradi;

ba’zan depressiyaga ham olib keladi.

Bu quloq saratoni kabi og‘ir kasallik bo‘lishi mumkin. Shu sabab eshitish va quloq bilan bog‘liq noxushliklarni sezishingiz bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Muolaja o‘tkazishdan bosh tortish natijasida miyaning eshitishga javob beruvchi qismi shikastlanishi va eshitish qobiliyati butunlay yo‘qolishi mumkin.
@medicine_uz
Shifokorga murojaat qilishingiz shart:

Quloqda hech qanday sababsiz shovqin paydo bo‘lib, kuchayib borsa.

Uxlashingiz va diqqatingizni jamlashingizga xalaqit berayotgan bo‘lsa.

Shovqin bilan birga doimiy bosh og‘rig‘i, yurak sohasida sanchiq va og‘riqlar kuzatilsa.

Eshitish qobiliyati susaysa.

Bosh aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashsa.

Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lsa.
Avitsenna.uz
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🍀 Mastoidit 🍀

Mastoidit – chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘simta  quloq suprasi pastki qismining orqasida joylashgan suyak hisoblanadi. Bu yallig‘lanishning xavflilik jihati shundaki, miya bilan bu o‘simtani yupqa suyak plastinkagina ajratib turadi. Ya’ni yallig‘lanish bevosita bosh miyaga ta’sir etishi mumkin. Mastoidit yuzaga kelishiga ko‘ra ikki turi turi tafovut etiladi.

Birlamchi mastoidit – yallig‘lanish aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtada paydo bo‘ladi;

Ikkilamchi mastoidit – organizmdagi boshqa yallig‘lanish kasalliklarining asoratlari sifatida yuzaga keladi.

Mastoidit

Mastoidit kelib chiqishiga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirishimiz mumkin:

Immunitet sustligi;

o‘rta quloq yallig‘lanishi va uni davolamatlik;

chakka suyagidagi travmalar;

zotiljam va uni o‘z vaqtida davolatmaslik;

o‘pka sili;

surunkali tonzillit;

quloqda yiringli ajralmalarning chiqishiga imkon bo‘lmasdan ularning ko‘plab to‘planib qolishi;

hamda deyarli barcha yallig‘lanish kasalliklariga befarq bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rmaslik kasallikning avj olib rivojlanishiga imkon tug‘diradi.

Kasallikning ilk davrda o‘simtaning bo‘shliqlari shilliq qavat va suyak ostidan ajralgan ajralma bilan to‘la boshlaydi. Hamda bo‘shliq to‘lgach, uning devorlarida buzilishlar ro‘y beradi, bu kasallikning ikkinchi bosqichga o‘tganligidan dalolat beradi. So‘ngra miya va o‘simtani ajratib turuvchi plastinka devorlarida ham yemirilish yuzaga keladi, yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan ajralma esa bevosita miyaga ta’sir eta boshlaydi. Buning oqibatida xavfi hisoblangan ensafalit, meningit, sepsis, falajlik kabi holatlar paydo bo‘lish ehtimolligi juda yuqorilaydi. Hattoki, kasallikka umuman e’tibor qaratilasa va davolash o‘tqazib yuborilsa bemorda o‘lim holati ham yuzaga kelishi mumkin.

So‘g‘ichsimon o‘simtada yallig‘lanish kuzatilsa, bemorda turli belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan,

eshitish qobilyatining sustlashuvi;

quloq hamda uning ort tarafida yoqimsiz og‘riq, ayniqsa soha bosib ko‘rilganda yaqqol seziladi;

so‘rg‘ichsimon o‘simtaning ust qismi qizarib, ma’lum darajada shish ham yuzaga keladi;

quloq suprasining shish hisobiga oldinga bukilishi yuzaga keladi. Ya’ni supra shalpanglashadi;

tashqi eshituv yo‘lidan yiringli ajralmalar keladi;

umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.

Mastoiditni davolash jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Uning hayot uchun xavfliligini hisobga olgan holda yuqoridagi belgilarni o‘zingiz yoki yaqinlaringizda sezsangiz zudlik bilan otorinolaringolog (LOR) qabuliga boring!
Avitsenna.uz
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

🌙ZiyoMega groupdan 🛍StoreChain — Internet magazini va boshqa foydali kanallar ro`yxati

❤️ Ramantik Music

🎵Eng songi Xit Taronalar 2017+

🛋Mebellar Olami

👗Turkiya liboslari

🎵 Новинкий Музика 2018+

🇷🇺Рус-Тилини Ешитиб Ўргатамиз

🎶Зарубежные музыки Здесь!

🇺🇿 Шавкат Мирзиёев Фармонлари !

🌸Go'zallik siri

❤️Dilga yaqin so'zlar

👗Arzon Kiyimlar Olami

📽Tekinga Uy Chizmalari

👰Fashion uz 2018

👗Yangi yilga yangicha fasonlar

🎂Tortlani Daxshati Zakazga

🍩 Tekinga pishiriq oʻrgatish

💉Медицина

😜Jinnicha sevishganlar makoni

🔉Love❤️Music officiall

💋Moda va Stil olami

📜Eng_Sara_Statuslar va..

💰Omad Biznes Maktabi

🥗300 Dan Ko‘p salat Retsepti

♥️ Suyukli ayol bo'lish

👗Turkiya & Koreya Liboslari

📚 Зиёлилар учун

🇷🇺Rus-Tilini 0dan O'rgatamiz

🎵 Yangi Taronalar 2017

🎧Uzmusic

❤️Nixanni xayoti va ijodi

🎄Yangi Yil Statuslari

🌹 SevgiMuhabbat sherlari kiring!

🎂Таомлар Салат-у Ширинликлар

⚽️ Futboldagi Daxshatli Transferlar

🖤Kara Sevda Statuslari

🇺🇿Sh.M.Mirziyoyev Farmonlari

💃Go'zallik kanali

💖Love Sevgi Hayot xiyonat

🇷🇺10kunda Ruscha So'zlashing

🙏Аллоҳга Қалб Мухаббатим

❤️Sevgiga Tashna Qalblar

🔯 Psixologik testlar

💖 ShAHZODA Official

🎄Bayramga Yangi Taom 2018

🔊Bass | Trap | Dubstep

🎵Севишганлар учун Аудио

🖤Kara Sevda Uzbekcha

🌶 Пазандачиликни Ўрганамиз

😂 прикол

💟Сиз Излаган Калблар Туйгуси

👗Hijab fasonlari 2018

🌸Оналар канали

🔥Profil Uchun Rasmlar

❤️ Kosmetologiya UZ

🖼 Profilga zamonaviy rasmlar

🍕Mazzali Taomlar

❤️ Statusli rasmlar olami

🌺 Dizayner Shaxzoda

🎼Mp3 Remix Bass Dance2018

💖Севишганларга Маслаҳатлар

❄️ TARONALAR 2017

👑Parizodadan yangi liboslar

💙Ro'mol o'rash usullari

🌟 Yulduzlar haqida ma'lumot

👵🏻Jannatim Onam

🥇 Eng Zo'r Guruhlar

💖Sevishganlar uchun Maxsus

🎧 Xit Taronalar 2017

⚽️ •Futbol TV• Yangiliklar Olami

👗Tikuvchilik Fasonlar Pardalar

😆 Latifalar

🇺🇿 Шавкат Мирзиёев Фармонлари !+

❤️ Men Bilan Sevishasizmi

🍟Hind kino klip va mp3lar

💱 Valyuta ayirboshlash

O`ZBEKISTONDAGI BIRINCHI MEGA JAMOA 🌙 @ZIYOMEGA KANALLARI VA 💎 TOP CATALOG BEMA'NI VA BEHAYO REKLAMALARDAN YIROQ!

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

ХУШХАБАР ШАХЗОДА МУХАММЕДОВА ТУРМУШГА ЧИКМОКДА😊👏

КУЙОВ БОЛАНИ СОВГАСИНИ КАБУЛ КИЛДИ
Куйов бола бу озимизнинг актёр👇

КУЙОВ РАСМЛАРИНИ
Бу ердан кўринг👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEKuxB0BsBR5rLY5_g

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

😱😱😱😳😳😳
MANA SIZLARGA O‘SHA MASHXUR SHOV SHUVGA SABAB BOLGAN KANALIMIZ
😍BEPUL O‘QUV KURSI ONLINE DARSLIKLAR TEZ BOSING VA ULANING☺️
👇👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEI4uANzlhYvKhdjiA

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

10 kunda ozish... 😳😍😍😍👍👍
Бўлиши мумкунми?
Ха 😍
Batafsil:
👇👇👇👇👇

https://telegram.me/joinchat/ACDM9Dwk3oTQ_VjqA3zrLA

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

👇YURAKCHANI USTIGA
BOSING👇

🎩🎩 🎩🎩
🎩 🎩 🎩
🎩 🎩
🎩 YIGITLAR 🎩
🎩 🎩
🎩 🎩
🎩 🎩
🎩
👇YURAKCHANI USTIGA
😍 BOSING👇

🌸🌸 🌸🌸
🌸 🌸 🌸
🌸 🌸
🌸 QIZLAR 🌸
🌸 🌸
🌸 🌸
🌸 🌸
❤️


🔴 VA ÕZ JUFTINGIZNI TOPING ✅

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

42-48 yosh

Bu — hayotingizning haqiqiy yetuklik davri. Undan lazzatlana olish uchun sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lishi kerak. Sanatoriy va kurortlarga borish uchun albatta vaqt ajrating! Balki bu siz uchun yangilik bo‘lar, ammo bu sihatgohlar siz doimiy yashaydigan hududda yoki aynan shu hudud iqlimiga yaqin joyda bo‘lgani ma’qul. Qahva va qora choyni kakao hamda ko‘k choyga almashtiring. Yog‘li ovqatlardan tamoman voz keching. Sizga xolesterin kerak emas-ku!
@medicine_uz
49-55 yosh

Bu davrga xos birinchi muammo — arterial qon bosimi. Qiyin bo‘lsa-da, voqea-hodisalarga nisbatan hissiy ta’sirlanishdan o‘zingizni avaylashingizga to‘g‘ri keladi. Kuch va asablaringizni asrashingiz kerak. Nafasni mashq qildiruvchi, organizmning quvvat zahiralarini to‘ldiruvchi har qanday mashq siz uchun juda foydali. Aytgancha, bunda yoga ayni muddao. Tabiat qo‘ynida ko‘proq bo‘lishga intiling. Ratsioningizda baliq va dengiz mahsulotlari bo‘lishi shart.
@medicine_uz
56-62 yosh

Harakatsizlik organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun hech bo‘lmaganda oddiy gimnastika bilan shug‘ullansangiz ham a’zoyi-badaningiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Ko‘proq qatiq iching. U ichaklardagi foydali bakteriyalar zaxirasini to‘ldiradi. Oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish harakatlarini kuchaytiruvchi meva va sabzavotlar, jumladan, karamning har xil turlari, lavlagi, yong‘oq, olma, bargak, olxo‘ri kundalik taomnomangizdan o‘rin olsin.
@medicine_uz
63-69 yosh

Bu davrga kelib, ahamiyat qaratishingiz shart bo‘lgan asosiy masala immun tizimi hisoblanadi. Buning retsepti juda oddiy: tez-tez toza havoda sayr qiling, qalbingizni qiziq taassurotlar va ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘ldiring. Ko‘proq vaqtingizni farzandlaringiz va nabiralaringiz davrasida o‘tkazing. Ular bilan ko‘ngilli muloqotlar kayfiyatingizni chog‘ qiladi.
@medicine_uz
70-76 yosh

Mushak paylari, bo‘g‘im va suyaklarga e’tibor qarating. Doimiy ravishda jarroh va ortoped qabuliga borib turing. Shu yillar davomida dengiz tuzlari solingan suvda vanna qabul qilish foydali, ammo bundan oldin o‘z terapevtingiz bilan maslahatlashib ko‘ring. Chunki bunday vannalardagi tuzning dozasi va jarayonning doimiyligini individual tarzda belgilash kerak. Shirinlik va yog‘li taomlardan tiyiling, spirtli ichimliklar haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
@medicine_uz
77-84 yosh

Eng asosiysi, shikastlanishlardan va shunga olib keluvchi vaziyatlardan ehtiyot bo‘ling. Ko‘chada, jamoat joylarida, ayniqsa, aholi tirband paytda ehtiyotkorlikni unutmang. O‘zingizni axborot xurujlaridan ham himoya qiling. Jinoyat, xavf-xatarlar haqida ko‘rsatuvlar berilganda iloji bo‘lsa, ko‘rmaslikka harakat qiling. E’tiboringizni faqat yaxshi narsalarga qarating. Ratsioningiz sut mahsulotlari, sabzavotlardan iborat bo‘lsin. Og‘ir hazn bo‘ladigan taomlar iste’molini chegaralang.
Avitsenna.uz
@medicine_uz

Читать полностью…

MADINA STUDIO | Rasmiy sahifa

Bizni qaysi yoshda qanday muammolar bezovta qiladi?
@medicine_uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel