maftun_boldim | Unsorted

Telegram-канал maftun_boldim - MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

-

Hayot go'zal faqat uni his eta bilish kerak. Har bir narsada hikmat bor. Tabassum qiling sizga albatta yarashadi. Murojat uchun: @Maftun_boldim_bot

Subscribe to a channel

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Давомли зикр давомий муҳаббатга сабаб бўлади. Зикрнинг қалбга фойдаси, сувнинг экинга фойдаси кабидир. Йўқ, балки балиққа зарурати кабидир. Зеро балиққа сувсиз ҳаёт йўқдир.

Ибн Қаййим раҳимаҳуллоҳ

Mubashshir Ahmad sahifasidan

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Aslida san uchun qayg'urgan odamni muxabbati xammasidan muhimroq.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Bu ovozga maftun bo'lmay iloj yo'q.
Yoz ham kelmoqda...!

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Сизни жудаям қаттиқ яхши кўраман,
Борлиғингиз бизларга тортиқ.
Кимим бордир падардан ортиқ,
Хол сўрмадим ўзимдан ортиб.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Shu mevachani nomini bilolmadim. Mittigina, rangi qora, donsiz, mazali. Shakli huddi anornikiga o'xsharkan.
Kichikligini finjon bilan nisbat qilib oldim. Ajib...
Allohning ne'matlari bisyor, ziyoda.
Bariga maftun bo'laman!

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Hush kelding mohi Ramazon

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Go'zallik

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Кишилар бор, фақирликдан қўрқиб ҳаром ейишга чоғланган.
Кишилар бор, ҳаром еб қўйишдан қўрқиб фақирлик ила қийналган. Хоҳлагангизни танланг, албатта бизни Аллоҳ билан белгиланган учрашишимиз бор.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Баъзи нарсаларни билолмаслигимиз алам қилади-ю, билиб қолгач, билмаганимиз яхшироқ бўлиб кўринади.

N.Axmedova

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Продается
#Квартира на "Ташкент сити"
Расположен на Бульваре
65 кв.м
5 этаж, 3х комнатная.
Спальня
Студия с кухней
Детская

Цена 205 000$

+998910018508

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Кеча бир икки дона кўк , тандир сомса ейиш учун деярли 70 чақирим йўл юриб сўқоқ томонларга бордик.

Шу емакни уйда қилсаям бўларди.

Лекин узоқ йўл босиб, атрофни, тоза қишлоқ хавосини хидлаб, ярми кўкалам, ярми қорли адирликлар ошиб, қораси қўлга тегиб, узилаётган тандир сомсани тафти барибир бўлакча.

У онамни эслатади.

Болалигимиз ўта содда ва тўла шўхликларда кечган лаҳзаларни эслатди.

Унда қиши зийнатли, ёзи завқли, куз ва баҳори меҳнатли эди.

Унда ҳашамат ҳаёт, зебли зийнатли одамлар, беписанд ҳамрохлар бўлмаган.

Битта янги кийим шодлиги юракни қинидан чиқар даражада баланд эди.

Битта зевачка та’ми катта театр томошасидек ардоқли эди.

Бутилкага солиб, чўпак билан эзиб, лабларимиз ачиб ичадиган аччиқ гилос маззаси ишонинг дунё ичимликларининг шоҳи эди!

Аслида Болалик дунёсида биз Шоҳ эдик. Шоҳлардек дадил эди қадамларимиз, ва’даларимиз қасам эди, ишончимиз тоғ эди. Синмадик, синдиришмади!

Улғайгач эса завқ қидириб тоғларга чиқяпмиз, боғларга боряпмиз, денгизларда юрибмиз.. аммо тополмаяпмиз.

Сабаби биз қидираётган завқ ва истакнинг номи Болалик.

У Эса энди йўқ..!

M. Madina

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Go'zallik

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Ajoyib insonlar bor
Bir tanishim hikoyasi:
Fasebook, Instagram, YouTube, TikTok....hullasi ijtimoiy tarmoqlarda biror postga layk bosmoqchi bo'lsam qarayman: nechanchi laykni bosaman deb.
10, 100, 1000 layklar maniki bo'lsa darrovda 👍 yoki biror smaylk😊👏.
Aksari holda pozitiv layklar bo'ladi.
Shu harakterim sabab ba'zida qo'yilgan postlargayam e'tibor bermay qolaman. Bir kuni qovun churimman, ta'ziyali post ekan "😂" kulib, tirjayib turgan smaylk qo'yib netdan chiqb ketibman, vidyoni ochib o'tirmasdan. Bola 100 laykni bosganidan mamnunda. Rosa malomatga qogandim.
**

Farosat ulug' ne'matda!

**
P/s: Oliygohda o'qib yurganimizda bir kursdoshimizni qiziq harakteri bor edi. To'g'ri o'zi arang 3; 4 baho olardi. Adashib olgan bir ikki 5 bahosiyam bo'lardi.

U reting daftarchamda chiroyli ko'rinsin deb, olgan 4; 5 baholarini ham, domlalarga yalinib-yalpanib o'tish bali, ilinib turgan 3 ga alishtirvolardi. Tavba derdik kulib.

(Rus tili – 54 ball
Jismoniy – 54 ball
Tarix – 54 ball
Falsafa – 54 ball).... 54; 54; 54...

Ajoyib insonlar bor!

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Ona, yaxshi ham baxtinga qizing bor ekan...

Singillarimiz va opalarimizga yuborib ularning ko'nglini ko'tarib qo'yamiz😊😉

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Go'zallik

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Oilada Er-Xotin mehru-muhabbatini yanada mustahkamlovchi rishtalardan biri – samimiy va dildan aytilgan mehrli so'zlardir.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#vaqtim yetmayapti deb bahona qilinmaydi

Bir necha kun avval Turmush o'rtog'im 3 ta kitobni qo'limga tutqazdilar.
Qizig'i shu kitoblarni o'qib tugatgach yaxshi noutbook sovg'a qilishlarini aytdilar.
Uncha murakkab va sahifalari 500 ga ham bormaganligi sabab 2 tasini o'qib tugatdim.

Lekin hammasini tugatish ham unchalik qiyinmas. Sababi tushunchalar bor, boshqa manbalar orqali tanigan mavzular yozilgan ekan. (Islom ta'limotiga oid kitoblar)
**
O'ylab qoldim, to'g'risi juda hijolat ham bo'ldim: Nahotki rag'bati uchungina kitob o'qish va ilm olishga shoshilsam.
**
Chiroyli hulosam: oila, farzand, uy-yumushlardan albatta ortib kunning ma'lum vaqtini ilm uchun hoslash baraka garovi InshaAlloh.
**
Bir vaqtlar Azontv da "Nima deysiz?" ko'rsatuvini bir sonini mavzusini kitob o'qishga bag'ishlagan edik. So'rovnomada 1 oyda 10 dan ortiq kitob o'qiyman deb javob berganlarni eshitib hayratlangandik.
"Tushunmovchiliklarni aksariyati ilmsizlikdan kelib chiqadi"- derdilar mehribon Ustozlarimdan biri.
**
Yuqoridagilarni yozishimdan maqsad kitob TikTok, fasebook...lardan ham zo'r narsa ekanligini eslatish😊

@SakiynaDaftari

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Bomdod nomozini o'qib bo'lgach sayr qilish ajoyib.

Er-xotin uchun romantikaga zo'r vaqt).

– Toshkent azim shahar. Uning go'zal maskanlari, 24 soat tinimsiz ishlaydigan oshxonalari "Qani keling, marxamat" - deya kutib turgandek bo'lardi.
Zikr, turli mavzularda suhbat, qiziq voqealar aytish quyosh chiqquncha vaqtni tez o'tganini bilmay qolish maroqli edi.

Hozir ham an'anamiz davom etmoqda, faqat boshqa yurtda. Bunisi undanda o'zgacha, sababi notanish joylar, yangilikka oshuftalik.
O'zbekcha milliy taomlarni qo'msash, qidirib topib yeyish).
Aslida zavqlanib yashash uchun qandaydir vaqtni tayin qilish shartmas, shunchaki reja qiling.
Masalan: "Bugun kechki sayrda muzdekkina muzqaymoq yeyman" kabi.
Tamam!😉

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Агар ўзингизни бахтиёр ҳис қилмасангиз, ўзгани бахтиёр қилишга ҳаракат қилинг. Агар табассумни йўқотсангиз, ўзганинг юзига табассум чизинг. Агар меҳр-шавқатни йўқотсангиз, имконингиз борича ўзгаларга меҳрли бўлишга ҳаракат қилинг. Чунки берган нарсаларингизнинг фойдаси биринчи бўлиб ўзингизга қайтади.

“Ҳикматлар чашмаси”дан

@MAFTUN_BOLDIM

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Ramazonda ko‘pincha uchraydigan holat

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#РАМАЗОНИЙ_ТАВСИЯЛАР

• ҒАНИМАТ

• Рамазон кириши билан ниятни гўзал қилинг ва:
1. Беҳуда гаплар ўрнига зикрни кўпайтиринг!
2. Аллоҳ берган неъматларига шукрни кўпайтиринг!
3. Кўп еманг!
4. Кўп ухламанг!
5. Кўчага зарурат бўлмаса чиқманг!
6. Ҳаромдан сақланинг!
7. Ғийбат қилманг!
8. Тил ва қўл билан инсонларга озор бериб қўйманг!
9. Телефонингизга ажратган вақтингизни бу ойда Қуръонга ажратинг!
10. Намозларни вақтида адо қилинг!
11. Нафл ибодатларни кўпайтиринг!
12. Аллоҳга тавба қилинг!
13. Қариндошларингизга силаи раҳм қилинг!
14. Ҳар куни иложи борича оз бўлса ҳам садақа қилинг!
15. Ота-онангиздан хабар олинг!
16. Ёлғон гапирманг!
17. Кунингизни интернетда, телевизор қаршисида бекорчи нарсалар билан ўтказманг!
18. Барча мусулмонларни, яқинларингизни дуода эслашни унутманг!
19. Яхшилик қилинг, ёмонликдан узоқлашинг!
20. Аллоҳ таолонинг яратган нарсалари борасида тафаккур қилинг!
21. Намозларингизни жамоат билан ўқинг!
22. Азон ва иқомат орасида дуони кўпайтиринг!
23. Ҳар куни Қуръон ўқинг! Қуръон ўқишни билмасангиз тингланг ва ўрганинг!
24. Таровеҳ ва таҳажжуд намозини қолдирманг!
25. Доим таҳоратли бўлинг!
26. Ейиш-ичиш ва таом пиширишда исроф қилманг!
27. Сабрли бўлинг!
28. Умид қилинг!
29. Ниятингиз холис Аллоҳ учун бўлсин!
30. Ҳар куни битта янги ҳадис ўрганинг ва ушбу тавсияларни яқинларингизга ҳам юбориб, амал қилганларнинг ажрига шерик бўлинг!

©Internetdan

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Har ramazonda shu bo'lar takror...

Ramazon yaqinlashgan sari ijtimoiy tarmoqlarda, turli hildagi kafe, oshxona, taomlar kanallari reklamani boshiga toj kiydirvorgisi keladi. Ayni ramazonga hoslanganligini bildirib.
Kamiga siz uni ko'rishga va bilishga majburdek shaxsiyga jo'natuvchilar ensangizni qotiradi.

Ramazon ovqatdan tiyilish oyi, bo'kib, kekirib yurishga 11 oy kamlik qilyaptimi?
**
Boshqa oylarda kechasi soat 00:00 , 01:00 da borilmagan taomxonalarga ayni ramazonda borish bu - mantiqqa qurt tushgani menimcha.
Suhbat, diydor yaxshi bo'ladide deya bahonachilar, o'tmiydi, demak ular hamtovoqlar, hamfikirlar emas.

Ochlikni his etib ham bir gurunglashib ko'ring, suhbatni mazasi zo'r chiqadi.
**

Mayli gap ko'pu, lekin:

Kelayotgan ramazon oyi hammamiz uchun hayrli va barokatli bo'lsin. Haqiqiy ro'zani topishlik baxtiga yetaylik ilohim.

@SakiynaDaftari

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Negadir qiz bola otasiga o'zgacha mehribon bo'ladi.

Sal esini taniboq: "Adamni qiziman, adamni yaxshi ko'raman" - deya onasini rashkini qo'zg'aydi. (Albatta yaxshi ma'noda).

Oilada "ER kishini topganida baraka bor" deganlaridek, mehrida ham baraka bisyorlik qilar balki.

Bu ham baxtning shirin ko'rinishi aslida. Baxtlilarga maftun bo'laman!

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Har bir ishda hikmat bor. Hayot go'zal, faqat uni his eta bilish kerak.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Muhim eslatma

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Alloh bilib-bilmay adashishlikdan asrasin barchamizni.

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Инсон танаси учун фойдали бўлган Германия олимлари аниқлаган янгилик аслида мусулмонлар одати...

P/S.: Телефон, интернет сабаб хозирда кўплаб мусулмонлар ҳам бу фойдали ишни тарк қилмоқда...

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

Ҳозирги ”одамча“ларга телефон бўлса бўлди, бошқа нарсалар “копейка“😅

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

– Nima qilayapsan?
– Multik ko'rayapman.
– Yosh bolamisane?
– Ha, yosh bolam borde😉!

@Maftun_boldim

Читать полностью…

MAFTUN BO'LDIM (Pardayeva M)

#Yaqinda❗️

Stomatologga borishim kerak bo'lib qoldi. Hali maosh olmaganman, yonimda esa ozroq pul bor. Boshim qotdi. Allohdan so'rash bilan birga sabablarini ham bajarish kerak. Men bo'lsam biror sabab topa olmayman.

2 oy avval bir rejissyorga rolik uchun ssenariy sotib, hali pulini olmagan edim. Shuni so'rash vaqti kelganini tushundim.
Lekin undan: "Ssenariydan foydalanmadim, istasangiz, qaytarib beraman", degan javob keldi. Juda xafa bo'ldim.

Har namozda: "Alloh, so'rasanglar, mendan so'ranglar, degansan. Birovdan so'rattirma. Sen berishingdan boshqa choram yo'q", deb duo qila boshladim.

Ertasiga uyg'onib, rosa o'ylandim. 2 soatdan so'ng doktorga borish kerak. Birovdan qarz so'rashni faraz qilaman: "1 haftaga qarz bera olasanmi?" Erish tuyuldi. Doktorga bormay qo'yaveraman, degan fikrga ham keldim. Lekin bu yechim emasdi.

Yaxshisi, dadamdan so'rayman (o'zi yaqinda ham olgandim). Nachora. "Nima qilibdi? Qizlariman! Shu xayollar bilan otamdan pul oldim. Shayton: "Allohga shuncha duo qilding, baribir dadangdan so'rar ekansan-ku", deb shivirlar, men esa unga: "Bergani shu-da! Yo'qsa bu ham yo'q edi", deb yuz buraman.

Doktordan qaytayotsam, kartamga yana pul tushdi. Hayron bo'lib, dadamga qo'ng'iroq qildim. Ular tashlamabdilar. Qiziq! Miyamga kim kelsa, hammaga bog'landim. Ssenariyimga pul bermagan haligi rejissyorga ham. Hech qaysilari tashlashmagan.

Bankka bog'landim. Aytishlaricha, pul kartam ochilgan tashkilotdan tushibdi. Hayronman. Rahbarga qo'ng'iroq qildim. U: "Avval ishlab ketgan loyihangizning final qismini tasvirga oldik. Foydadan sizga ham ilindim" dedi.
Shokdaman! U ancha avval tugagan ish. Men allaqachon haqqimni olgan va final qismidan xabarsiz edim.
Bu orada kechagi rejissyor yozib, ssenariyni qayta olmoqchiligini, pulni ham tashlab berishini aytdi...

Eng qizig'ini aytaymi? Hammasining miqdori bir xil - kecha Allohdan so'raganimcha edi...

Yig'lab yubordim. Men shu onda Allohni juda ham yaqindan his qildim. So'radim, qodirligimcha oldinga yurdim va qolganini O'ziga havola etdim. Robbim esa menga Karim ismi bilan 3 karra ziyodasini berdi.

Hammamiz Alloh bor degan iymondamiz. Lekin o'shanda men bu so'zni har doimgidan ham qat'iy ishonchda aytdim.

Ha, Alloh bor.

buoqshom_kundalik

@Maftun_boldim

Читать полностью…
Subscribe to a channel