Sotuvda turgan bu interyer jihozlariga haqiqatdan maftun bo'ldim.
Idish-toviqlarni siri ko'chganmikan rostan deb ushlab ko'ribman🤦♀
Brendni qarang ajibligini.
**
Shkafda turgan eski kitoblarni hidi ham o'zgacha. Bolaligimni hidi keb ketdi...(Moll of Istambul)
@Maftun_boldim
Shunchaki yerning qaysidir burchagida borligingiz, kimlardir uchun baxt... Ana shular uchun nafas olishdan to’xtamang..
Baxtlarini yo’qotishmasin…
@Maftun_boldim
Dunyoni qay burchagini qaramang o'zbeklar albatta bor: yashashadi, ishlashadi, sayohat qilishadi.
Agar siz ham chet eldasiz, yashayotgan mahallada yangisizu, hali o'zbek qo'shnilarni topishga ulgurmagan bo'lsangiz, bolalar o'yingohiga chiqing. U yerda o'zbekzabon bolachalar chug'urlashib turgan bo'lsa, sekin intervyuni boshlang:
– Isming nima, yoshing nechchida?
– Qaysi domda turasilar?
......
Shundo qilib onalari bilan tanishasiz, oz fursatdan keyin qo'shnichilik....
Siz yolg'iz emassiz, bo'lib ham Turkiyada😉
@Maftun_boldim
Ertalabki quyosh nurlarida sayr qilish inson tanasini "D" vitaminiga to'yintiradi deyishadi. Ayniqsa soat kunduzgi 11 ga qadar bo'lgan vaqtda bolajonlarimiz uchun ancha foydali va yoqimli.
@Maftun_boldim
Bor imkoniyatlardan foydalanib, yaxshi narsalarga loyiq bo'lib, halol va to'g'ri yo'lda yurib mazza qilib yashashning nimasi yomon?
@SakiynaDaftari
АЁЛИНГИЗ ЎҚИТУВЧИ БЎЛСА
Ҳурматингиз доим билар фарз,
Устингиздан ҳеч қилмайди арз,
Газ, светдан бўлмайсиз ҳеч қарз,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Дунёда ҳеч ҳароб бўлмайсиз,
Орзулари сароб бўлмайсиз,
Йил бошида солиқ тўлайсиз,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Ҳаётингиз бахтга қурасиз,
Ширин ҳаёт завқин сурасиз,
Пишир, куйдир қилиб турасиз,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Мушфиқ она,у суюкли ёр,
Ўқимишли,зиёли,ҳушёр,
Икки уч ҳил,,Тоифаси'' бор,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Ишқ муҳаббат бўлмайди тилда,
Меҳр-у,вафо бўлсин ҳар дилда,
,,Малакаси'' ошар беш йилда,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Суюкли эр,сиз арзандасиз,
Аллоҳ суюган мўмин бандасиз,
,,Мажлис''куни зўр пазандасиз,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Кредитсиз юрмайсиз зинҳор,
,,Ишонч'' сизга ишончли ҳамкор,
Кредитга ҳамма нарса бор,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
Асли юрак бўлмайди ҳиссиз,
Йил бўлмайди баҳор,ёз,кузсиз,
Бахтлилардан биттаси сизсиз,
Аёлингиз ўқитувчи бўлса.
©️ Хуршид Карим
@Maftun_boldim
InshaAlloh duo qilamanki:
"O'sha onlarda bir yonimda onam, bir yonimda singlim bo'lsin"!
@SakiynaDaftari
#dastakbo'lsin
Kim nima desa desin, oyna qarshisida turib tabassum qil.
Yuzingdagi dog'laring, ortiqcha vazning seni xafa qilmasin.
Hayotda ko'rgan kechirganlaringga qaramay, o'zingni ezma.
Tashqariga chiq, havo ol, aylan, sev, yig'la, ichingdagilarni to'kib sol..eshit, eshittir. Ammo aslo ichingga yutma.
Har xil tuyg'ularni totib ko'r.
Dangal gapir, lekin aslo dilozor bo'lma.
Sev, ammo haddan ziyod emas.
O'zingni qadrla, boshqalar bilan emas, o'zing bilan mashg'ul bo'l.
O'zingni ichki olamingga qamab qo'yma, ko'milma..chunki hayot-sen bilan go'zal.
Seni xafa qilganlardan, adolatsizlik qilganlardan g'azablanma.
Aksincha, ularni kechir.
Kechir va qalbingni ozod qil.
Og'ir yuklarni tashla, axir senda umid deya atalmish qanotlar bor. Qanotlaringni qoq va parvoz qil.
Sevgan insonlaringga sevishingni ko'rsat, ularni naqadar qadrlashingni aytishdan uyalma.
Ertaga ehtimol kech bo'lishi mumkin..
O'tmishga tutilib qolma.
Doim kelajakka nazar sol.
Go'zal niyatlar qil, va bu niyatlardan kim uchundir voz kechma.
Kimgadir past nazar bilan qarama va kimnidir yuksaklarga ko'tarib yuborma.
Qanday bo'lsang shundayligincha qol.
Kim uchundir o'zgarma, isloh qilsang xatolaringni isloh qil, gunohlaring uchun tavba qil.
Har bir kun senga Robbimdan berilgan oliy ne'mat, buning shukrini ado etishing shart.
Shunday ekan, senda vaqt bor va u juda oz, uni kerakli narsalarga sarfla.
Зулҳижжа ойда қилинадиган амал
Унинг аввалги тўққиз кунида рўза тутиш. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Ундаги рўза тутилган ҳар бир кун бир йилнинг рўзасига, ундаги ҳар бир кеча қадр кечасига тенг бўлади".
(Имом Термизий Aбу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилган. 758-ҳадис)
@SakiynaDaftari
"Ey iymon keltirganlar! Juma kuni, namozga nido qilingan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, ana shu o‘zingiz uchun yaxshidir" (Jum'a surasi, 9-oyat).
@Maftun_boldim
Сув бўйида эълон янграб қолибти:
-Ким шу тимсоҳ тўла сувдан омон сузиб ўтса 1 миллион соврин берамиз!
Хеч ким туша олмаётган бир вақтда,бир эркак сувга сакраб юборибти, сузиб сузиб амаллаб эсон омон соҳилга ўтиб олибти.
1милион совринни олиб хотини билан уйга қайтиб:
-Хотин бу совринни эшитиб беиҳтиёр сувга тушиб кетдим, англамай қолдим,деса
-Сизни сувга мен итариб юборгандим, дебти.
Батахқиқ ҳар бир омадли эркак ортида бир аёл туради.
©internetdan
@Maftun_boldim
Go'zalikka oshufta bo'lib yashash qanchalik rohatli.
Ertaknamo joylarga maftun bo'laman.
@Maftun_boldim
Hohlaysizmi yo'qmi bu qiziqmas. Zamonaviy bolachalar ahvoli shu bo'lib qoldi🤦♀😊
**
Hali 1 yoshga to'lmasidan telfonni markasini tanlidi, kompyuterda multfilm tomosha qiladi, televizor pultini ulardan so'raysiz.!!!
@Maftun_boldim
Ҳамма ўзининг ташвиши билан кетди, лекин ўзича эмас. Ўзига қолганда ҳеч қаерга кетмасди.
Шу сабаб, хоҳладик, деманг. Барчаси Аллоҳнинг хоҳиши.
@MubashshirAhmad
Ибн Қаййимдан: "Агар Аллоҳ бир бандага неъмат берса, унинг неъматми ёки фитнами эканини қаердан билса бўлади?" дея сўрашди. Саволга имом шундай жавоб қилдилар: "Агар у Аллоҳга яқинлаштирса неъмат, агар узоқлаштирса фитна бўлади".
@Maftun_boldim
So'rasak ham bermadi dema! So'rashni bilmading.
Hech bo'lmasa yolg'on gapirma!
@SakiynaDaftari
Erkaklar ayyollar uchun birinchi bo'lishni, ayollar esa erkaklar uchun so'nggisi bo'lishni orzu qiladilar.
@Maftun_boldim
Ba'zida inson o'zi quvonib emas, boshqalarni quvontirib baxtni his etadi.
@Maftun_boldim
Zo'rg'a uxlatgan bolani kiyimini alishtirish, huddi bo'mbani zararsizlantirishga o'xshidi.
Bitta qaltis harakat va
Bummmmmm...😊
@Maftun_boldim
Май ойининг иккинчи якшанбаси бутун дунёда оналар куни деб ҳисобланади. Туркияда бу сана 1955 йил 9 майда нишонлана бошлаган. Махсус байрамлар режалаштирилмаган.
@Maftun_boldim