magistrlarofficial | Unsorted

Telegram-канал magistrlarofficial - Magistrlar Official

43022

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar) 📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg 📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/ 📩 Reklama: @magistrsupport

Subscribe to a channel

Magistrlar Official

#Magistratura
#Qabul_kvotasi
#BUXDTU

🗿2025-2026-yilgi magistratura mutaxassisliklari Buxoro davlat texnika universeteti uchun qabul kvotasi.

Biz bilan hamkor oliygohlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤝

Sizda ham shu ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lsa kanal admini @magistrsupport ga yuboring.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Magistratura
#Qabul_kvotasi
#FARDU

🗿2025-2026-yilgi magistratura mutaxassisliklari uchun Farg'ona davlat universeteti da kunduzgi qabul kvotasi.

Biz bilan hamkor oliygohlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤝

Sizda ham shu ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lsa kanal admini @magistrsupport ga yuboring.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

OTM larda kvota Kontrakt kesimida chiqishi bo'yicha hali hamon darak yo'q o'zi hozirgacha chiqishi kerak edi lekin yo'q, masofaviy bo'lishi hamda kechki ta'lim shakllari bo'lishi kutilgandi undanam darak yo'q mana bugun 22 - iyul qabul tugashiga 8 kun qoldi lekin e'lon qilingani yo'q.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Бошқа мутахассислик йўналишлари бўйича олий маълумотга эга, дейилганда бевосита прокуратура органларида камида 5 йиллик меҳнат стажига эга бўлган прокуратура органлари ходимлари (ички номзодлар) назарда тутилган.

Агар саволлар мавжуд бўлса (71) 202-04-96 ички 1716 рақамига иш вақтида мурожаат қилишингиз мумкин.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Prezident farmoyishi bilan umumiy davlat granti tasdiqlandi /channel/magistrlarofficial/13883

1 hafta ichida tillar va mutaxassisliklar kesimida kvota Davat komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. Tasdiqlanganda @eduuz da e'lon qilinadi. Turdoshlar ham kunlarda e'lon qilinadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

O'zbekistondagi eng katta pdf kitoblar kanali:

✅ Tekin pdf kitoblar olami 📚
✅ Tekin pdf kitoblar olami 📚
✅ Tekin pdf kitoblar olami 📚
✅ Tekin pdf kitoblar olami 📚


@pdf_kitoblar so’ragan kitobingiz ham topib beriladi!

Читать полностью…

Magistrlar Official

♨️ Jazirama issiqda yangi til o'rganib, imtihonga kirmoqchimisiz? Unda biz sizga:

Uyda
qulaygina Turk tilini 0 dan boshlab qiziqarli tarzda o'rganishingiz uchun, intensiv onlayn kurslarimizni taklif qilamiz! Bilasiz, magistratura, doktorantura va hozir hatto bakalavr uchun ham til sertifikati talab qilinadi, Turk tili esa eng qulay variant!

📚Darslarimiz haftada 3 kun (1,5 soat) bo'lib o'tadi + yakshanba qo'shimcha dars!

📲 Darslar qay shaklda o'tiladi?

👩🏻‍💻Butun darslarimiz telegram ilovasi orqali o'tib boriladi. Namuna dars 🫶

Dars kunlari va soatlari:

Juft kunlari (seshanba, payshanba, shanba + yakshanba) - ertalab 06:00 - 07:30

Toq kunlari (dushanba, chorshanba, juma + yakshanba) - kechki 21:00 - 22:30

👩🏻‍🏫O'qituvchi darajasi: C1 (TYS)

Kursga yozilish va ko'proq ma'lumotlar uchun: @Muslimahoca

Kanalimizni kuzatib boring 😉 @turkcemi

Kuzgi imtihonga ulguramanmi? Ha, albatta!🥰

Читать полностью…

Magistrlar Official

⚡️O'qishni ko'chirish uchun arizaga qanday sabab yozish kerak?

◼️Xorijdan o'qishni ko'chirishda:

📃 Sabab qismiga xorijdan o'qishni ko'chirish sababi yoziladi, masalan "xorijda o'qish qiyinchilik tug'dirayotgani, ta'lim sifati qoniqtirmayotgani, diplomi keyinchalik nostrifikatsiya qilish muammolari bo'lishi, O'zbekistonda o'qish istagim mavjudligi"ni keltirish mumkin.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

◼️Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chirishda:

📃 "Davlat oliygohida o'qish istagim paydo bo'lganligi, ota-onam (turmush o'rtog'i) ham uning davlat oliygohida o'qishimni davom ettirishini xoxlayotgani, o'zim tahsil olayotgan OTMning ta'lim sifati yoki boshqa holatlari meni qoniqtirmaganligi"ni yozish mumkin.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

◼️OTM ichida ta'lim yo'nalishini o'zgartirishda:

📃 "Ayni vaqtda ta'lim olayotgan yo'nalishim ma'qul emasligi, kelajakda o'zimni bu sohada ko'rmayotganim, ta'lim sifatining pastligi hamda o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan yo'nalish bo'yicha kelajakda yaxshi kadr bo'lishni maqsad qilganligim va men ko'chirmoqchi bo'lgan yo'nalishga nisbatan yashash hududimda ham talabning yuqoriligi"ni misol keltirish mumkin.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

◼️OTM ichida ta'lim shaklini o'zgartirishda:

📃 "Ayni vaqtda men tahsil olayotgan ta'lim shakli bo'yicha tahsil olish noqulayliklar keltirmoqda" deb o'zgatirayotgan ta'lim shakliga qarab sabab keltiradi. Masalan kechkidan kunduzgiga o'tkazishni xoxlasa kechki ta'limda uyidan qatnashga qiynalishi, transport muammosi va hokazolarni misol keltirish mumkin. Qolgan ta'lim shakllarida ham moslab sabablar keltiriladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

◼️Uzrli sabab bilan o'qishni ko'chirishda:

📃 Davlat xizmatchisining farzandi yoki ayoli: "Turmush o'rtogim (otam-onam) falonchiyev falonchi falonchiyevich O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli Chirchiq tumanidagi .......-sonli harbiy qismda faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda doimiy ish joyi Jizzax viloyatidagi .....-harbiy qismga ko'chirilgani sababli ushbu hududdagi Jizzax davlat pedagogika institutining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishiga o'qishimni ko'chirishimda amaliy yordam berishingizni so'rayman. Tegishli hujjatlarni ilova qilaman".

📃 Turmushga qurish munosabati bilan: "Men 10.07.2025-yil kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, ....mavze, .....-ko'cha, .....-uyda doimiy ro'yxatda turib yashovchi fuqaro Falonchiyev falonchi falonchiyevich bilan turmush qurganligim uchun doimiy yashash joyim o'zgarganligi sababli meni Toshkent shahridagi O'zMU Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga o'qishimni ko'chirishda amaliy yordam berishingizni so'rayman. Tegishli hujjatlarni ilova qilaman"

@magsitrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

💸 Uzum kartani rasmiylashtiring va 50 000 so‘m oling + naqd pulni komissiyasiz yeching


Uzum karta bilan darhol foydadasiz:
• istalgan bankomatdan oyiga 10 mln so‘mgacha yeching
• bankomat komissiyasi kartaga qaytariladi
• hech narsani tasdiqlash kerak emas — o‘zi avtomatik qaytariladi


Agar hali kartangiz bo‘lmasa —
uni onlayn rasmiylashtiring, kamida 50 000 so‘mga xarid qiling — va hisobingizga 50 000 so‘m bonus oling

Читать полностью…

Magistrlar Official

Eslatma: OTMlarda grant o‘rinlarini qayta taqsimlashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda!

Hurmatli talabalar! Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun OTM veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

🎓 Ta’lim grantlari turlari:

1️⃣ To‘liq ta’lim granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

2️⃣ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
🟢To‘lov-kontraktning 50% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya berilmaydi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

3️⃣ Qo‘shimcha davlat granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 4,0 va undan yuqori
🟢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyulgacha
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

4️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti
🟢GPA: 3,3 dan 4,0 gacha
🟢Grant miqdori OTM tomonidan belgilanadi
🟢Faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar talabalari ishtirok etadi
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali

Ro‘yxatdan o‘tishda faollik ko‘rsating va OTM e’lonlarini doimiy kuzatib boring!


@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Bu yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

O’tgan yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, grantga 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 145 ta grant kvotasi ajratilibdi (o’tgan yili 115 ta edi). Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 145 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov (chegara) qo‘yiladi. Masalan, 145 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 145 ta kvotaning yarmini, ya’ni 72 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

Davlat granti bo’yicha chegara haqida mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24793

‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Magistratura — bilim va kasbiy yetuklik sari yo‘l!

UBS quyidagi 14 ta magistratura mutaxassisliklarini taklif etadi:
— Pedagogika
— Xorijiy til va adabiyoti
— Iqtisodiyot
— Tarix
— Lingvistika
— Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
— Adabiyotshunoslik
— Buxgalteriya hisobi
— Tibbiyotda kompyuter tizimlari
— Matematika
— Ta’limda axborot texnologiyalari
— Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
— Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
— Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)


🎓 Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi 2-yil davomida universitetimizda 200 ga yaqin magistrantlar muvaffaqiyatli bitirdi.

Siz ham sohangizda chuqur bilimli mutaxassis bo‘lishni istasangiz — UBS magistratura dasturlari sizni kutmoqda.

📞 +998555202626 | 🌐 qabul.ubsu.uz

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot

Читать полностью…

Magistrlar Official

Siz magistraturaga topshirmoqchisiz lekin sertifikatingiz yo'qmi?

Unda bu imkoniyat - aynan siz uchun ✅
🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan o‘rganib IELTS yoki CEFR sertifikat qo'lga kiritish!
🌍 Endi bu oson va qulay!

💻 Online Ingliz tili darslari
🗣️ So‘zlashish | 📖 O‘qish | ✍️ Yozish | 👂 Eshitish

🎁 Bonuslar:
✅ Grammatika darslari BEPUL
✅ Har yakshanba Diagnostik Test + shaxsiy tahlil

👩‍🏫 Darslar 200+ o'quvchilarning ingliz tilini mukammal darajada o'rganishiga sabab bo'lgan, IELTS 8.0 ball va 3 yillik tajribaga ega ustoz tomonidan olib boriladi!

👥 Har bir guruh uchun maksimal e’tibor va sifatli yondashuv!
🚀 Faqat 2 ta yangi guruh ochiladi! Joylar soni cheklangan!

📚 Boshlang‘ich darajadagi o‘rganuvchilar uchun maxsus kurs!
🕒 Qulay vaqt, shaxsiy yondashuv va tez natija!

💰 Narxi: atigi 300 ming
📲 Bugunoq yoziling va ingliz tilini o‘rganishni boshlang!

Guruhga yozilish uchun👇

@english_osonroq

Читать полностью…

Magistrlar Official

Kvota chota yaqinga o'xshaydi yaqinlarga ulashing bizni kuzatishda davom eting.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Magistratura
#Qabul_kvotasi

🗿2025-2026-yilgi magistratura mutaxassisliklari uchun fanlari Qaysidur unvier kunduzgi qabul kvotasi. Hozircha vazirlik tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Biz bilan hamkor oliygohlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤝

Sizda ham shu ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lsa kanal adminlariga

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Magistratura
#Qabul_kvotasi

🗿2025-2026-yilgi magistratura mutaxassisliklari Toshkent davlat transport universeteti uchun qabul kvotasi.

Biz bilan hamkor oliygohlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤝

Sizda ham shu ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lsa kanal admini @magistrsupport ga yuboring.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

OTMlarda kvotalar va kontrakt asosidagi o‘qishga qabul bo‘yicha hali ham rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmadi. Aslida bu ma’lumotlar hozirgacha chiqqan bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, masofaviy va kechki ta’lim shakllarining mavjud bo‘lishi kutilayotgan edi, biroq ular haqida ham hozircha hech qanday axborot yo‘q. Bugun 22-iyul — qabul yakunlanishiga atigi 8 kun qoldi, ammo rasmiy e’lonlar hanuz berilmadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

🎓 Magistratura: yangi ufqlarga yo‘l oching!

Magistratura shunchaki qo‘shimcha o‘qish davri emas.

U mutaxassisni — ekspertda,
o‘qituvchini — ilmiy rahbarda,
bitiruvchini — fikri doim inobatga olinadigan tadqiqotchiga aylantiradigan daraja.

Magistratura quyidagi imkoniyatlarni beradi:
— ilmiy faoliyat yuritish huquqi;
— doktoranturaga yo‘l;
— xalqaro dasturlar uchun kuchli rezyume;
— rahbarlik lavozimlariga ustunlik.

ISFT universitetida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura mavjud:
— Xorijiy til va adabiyoti
— Buxgalteriya hisobi
— Pedagogika
— Davlat moliyaviy nazorati va auditi


Imkoniyatlar o‘zgaradigan bosqichga xush kelibsiz!

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot

Читать полностью…

Magistrlar Official

Ҳуқуқни муҳофаза қилиш академиясида магистратуранинг “Прокурорлик фаолияти” (кундузги, кечки ва масофавий), “Коррупцияга қарши курашиш”,“Инсон ҳуқуқларига оид халқаро ҳуқуқ” ҳамда “Киберхавфсизликни ҳуқуқий таъминлаш”мутахассисликларига 2025/2026 ўқув йили учун қабул жараёнлари давом этмоқда.

Қабул жорий йил 31 июлга қадар Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг mydtm.uz электрон платформаси орқали амалга оширилади.

Янги ўқув йилида магистратуранинг ушбу мутахассисликлари бўйича таълимнинг кундузгишакли учун жами 65 та, кечки шакли учун 10 та, масофавий шакли учун 35 та қабул параметрлари белгиланган.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Milliy Universitetning bitiruvchilariga diplomlar berilmayapti?

Magistratura bosqichiga hujjat topshirmoqchi boʻlgan yigit-qizlar hatto diplomlarining elektron versiyasini ham olisholmagan!

Muammo hal etiladimi?

Sizning universitetingizda vaziyat qanday?


Eslatma 📌
Magistrga qabul 30 iyulgacha bo'lib juda ko'p talabalarda bir savol bu yilgi bituruvchilarni sirtqi ta'lim shaklini tamomlagan talabalar hali Hemis platformasida Elektron diplomlari shakllangani yo'q shu sababdan talabalarda savollar ko'paymoqda endi biz nima qilamiz, magistrga hujjat topshirishga ulgira olamanmi?

P/S: Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda barcha OTM larda barcha kunduzgi ta'lim talabalarga elektron diplomlari shakllangan hamda tarqatish jarayonida Sirtqi ta'lim shakli bo'yicha tamomlagan talabalarda bo'lsa barcha OTM larda kontengent ko'pligi hisobiga elektron diplomlar shakllantirishga ulgira olishmagan menimcha 30 gacha bo'lgan muddatda barcha OTM larda elektron diplomlar shakllantirilib barcha magistrga hujjat topshirishga ulgira oladi, Eslatib o'tamiz Magistrga hujjat topshirish muddati 30-iyul hamda
my.edu.uz platformasi orqali yuklanadi hovotirga o'rin yo'q.

Bizni kuzatishda davom eting!

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

⚡️ Abituriyentlar uchun: grantga kirsangiz, uning bir yillik ekanini bilasizmi?

▪️ O'tgan yilidan boshlab, davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta taqsimlana boshladi.

Buni Oliy ta'lim vaziri quyidagicha tushuntirgandi:

Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz.


Bu yerda masala faqat birgina yigit yo qizning 11 yil o‘qib to‘plagan oltindan qimmat bilimi yo‘qolib ketishidagina emas, balki ularga ta’lim bergan o‘qituvchilarning mehnati ham zoe ketishidadir.

Ilgari davlat granti bir talabaga bakalavriat bosqichida uzluksiz taqdim qilingan bo‘lsa, endi grantni oqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘qishni o‘zlashtirishni muntazam rivojlantirib borish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida har yili yuqori baho olgan talabalar orasida ushbu grant o‘rni qayta taqsimlanadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi

✅ Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi;

👉 2025-yil 15-avgustga qadar:

➖ oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yoʻnaltirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus modul ishga tushiriladi;

➖ oʻquvchilar har yili bir marta har bir hududdagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;

👉 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ har yili bir marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etiladi;

➖ har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida 1 tadan toʻgarak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylarni maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktiriladi;

👉 2025-yil 15-sentabrga qadar:

➖ tegishli platforma maʼlumotlariga koʻra sport turlari boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan oʻquvchilar sport maktablariga yoʻnaltiriladi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Qabul2025
#ESLATMA
Imtiyozli tamomlagan talabalar
diqqatiga bu yil ham Imtiyozli diplomni hisobiga sertifikatsiz hujjat topshirishlari mumkin hamda my.edu.uz platformasi orqali hujjat yuklayotganingizda yutuqlar bo'limi orqali Imtiyozli diplom tanlashingiz kifoya.

Imtiyozli diplomni originalini yuklash shart.

Bizni kuzatishda davom eting!

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Qabul2025

Joriy yil xotin-qizlar uchun 4000 ta grant o‘rni ajratiladi

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;

🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni.

Bu yil ham xotin qizlarga kontrakt pullari davlat tomonidan to'lab beriladi, uning uchun siz belgilangan kvotani ichida bo'lishingiz kerak.

Bizni kuzatishda davom eting biz 50 ming bo'ldik barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiramiz.Sizlar uchun xizmatdamiz.


@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

🔤🔤🔠🔤📢📣🔈🇹🇷🇺🇿 👇

𝖳𝗎𝗋𝗄 𝗍𝗂𝗅𝗂 🔤1️⃣ va 🔤2️⃣ va 🔤2️⃣𝖽𝖺𝗋𝖺𝗃𝖺𝖽𝖺𝗇 𝖻𝗈𝗌𝗁𝗅𝖺𝗇𝖺𝖽𝗂𝗀𝖺𝗇 𝗄𝗎𝗋𝗌𝗅𝖺𝗋𝗂𝗆𝗂𝗓𝗀𝖺 𝗊𝖺𝖻𝗎𝗅 𝗈𝖼𝗁𝗂𝗅𝖽𝗂.

📆𝖣𝖺𝗋𝗌𝗅𝖺𝗋 2️⃣5️⃣-𝗂𝗒𝗎l𝖽𝖺𝗇 𝖻𝗈𝗌𝗁𝗅𝖺𝗇𝖺𝖽𝗂.

📢𝖣𝖺𝗋𝗌 𝗍𝖺𝗋𝗍𝗂𝖻𝗂:  haftada 6 kun dars

📝🔤🔠🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤:
  𝖽𝗎𝗌𝗁𝖺𝗇𝖻𝖺,𝖼𝗁𝗈𝗋𝗌𝗁𝖺𝗇𝖻𝖺 , 𝗃𝗎𝗆𝖺   ( vaqti kelishiladi)

📝🔤🔤🔤🔤🔠 
🔤🔤🔤🔤: 𝗌𝖾𝗌𝗁𝖺𝗇𝖻𝖺,𝗉𝖺𝗒𝗌𝗁𝖺𝗇𝖻𝖺,𝗌𝗁𝖺𝗇𝖻𝖺 𝗌𝗈𝖺𝗍 7:00

𝖣𝖺𝗋𝗌 𝗃𝖺𝗋𝖺𝗒𝗈𝗇𝗂𝖽𝖺  𝗏𝗂𝖽𝖾𝗈 𝖽𝖺𝗋𝗌𝗅𝖺𝗋,𝗅𝗎𝗀ʻ𝖺𝗍𝗅𝖺𝗋 𝗁𝖺𝗆 𝖺𝗎𝖽𝗂𝗈 𝗁𝖺𝗆 𝗉𝖽𝖿 𝖿𝗈𝗋𝗆𝖺𝗍𝖽𝖺 𝗍𝖺𝗌𝗁𝗅𝖺𝖻 𝖻𝖾𝗋𝗂𝗅𝖺𝖽𝗂.

2 ta Oliy darajadagi filolog oʻqituvchilar siz bilan shugʻullanadi.Bu har bir oquvchi bilan ishlash imkonini beradi;

🔖𝖧𝖺𝗋 𝖻𝗂𝗋 𝗈𝗊𝗎𝗏𝖼𝗁𝗂 𝖻𝗂𝗅𝖺𝗇 𝖺𝗅𝗈𝗁𝗂𝖽𝖺 𝗂𝗌𝗁𝗅𝖺𝗇𝖺𝖽𝗂.

İ𝗆𝗍𝗂𝗁𝗈𝗇𝗇𝗂𝗇𝗀 4 𝖻𝗈ʻ𝗅𝗂𝗆𝗂𝗀𝖺 𝗒𝖺'𝗇𝗂 𝖣𝗂𝗇𝗅𝖾𝗆𝖾(𝖾𝗌𝗁𝗂𝗍𝗂𝗌𝗁)
𝗈𝗄𝗎𝗆𝖺(𝗈𝗊𝗂𝗌𝗁)
𝗒𝖺𝗓𝗆𝖺(𝗒𝗈𝗓𝗂𝗌𝗁)
𝗄𝗈𝗇𝗎ş𝗆𝖺(𝗀𝖺𝗉𝗂𝗋𝗂𝗌𝗁) 𝖻𝗈ʻ𝗅𝗂𝗆𝗅𝖺𝗋𝗂𝗀𝖺 𝖻𝗂𝗋𝖽𝖾𝗄 𝗍𝖺𝗒𝗒𝗈𝗋𝗀𝖺𝗋𝗅𝗂𝗄 𝗈𝗅𝗂𝖻 𝖻𝗈𝗋𝗂𝗅𝖺𝖽𝗂.

𝖡𝗎𝗇𝖽𝖺𝗇 𝗍𝖺𝗌𝗁𝗊𝖺𝗋𝗂 𝗈𝗄𝗎𝗆𝖺 𝗄𝗂𝗍𝗈𝖻𝗅𝖺𝗋,𝗅𝗎𝗀ʻ𝖺𝗍𝗅𝖺𝗋, 𝗍𝖾𝗌𝗍𝗅𝖺𝗋 𝗏𝖺 𝗉𝗈𝗍𝗄𝖺𝗌𝗍𝗅𝖺𝗋 𝗈𝗋𝗊𝖺𝗅𝗂 𝖻𝗂𝗅𝗂𝗆𝗅𝖺𝗋 𝗆𝗎𝗌𝗍𝖺𝗁𝗄𝖺𝗆𝗅𝖺𝗇𝖺𝖽𝗂.

⚡️ pdf kitoblar
Testlar
Dinlemelar kanallari linki beriladi.

🔔İmtihonda yetarli ball to'plolmaganlar uchun juda yaxshi imkoniyat.

💰Oylik tolov:300 ming so'm.İkkiga boʻlib tolash imkoningiz bor

Shoshiling ‼️🎯
25-iyuldan darslarimiz boshlanadi.


Kursga qatnashish uchun
@Dilnoza_11_26_99

Proba dars kanali
📱/channel/+Gdl7QJlNB75lMTMy

Bepul darslar kanali
✈️/channel/turk_tilidilnoza_11_99

Quiz testlar kanali

📱/channel/turk_test_11_99


Türkçe kitaplar kanali
📱/channel/turk_tili_Pdf_kitoblar

Читать полностью…

Magistrlar Official

#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr

⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti

4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

Endi OTM lar kesimida taqsimlanib OTM rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi bizni kuzatishda davom eting!

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Magistratura
#Qabul_kvotasi

🗿2025-2026-yilgi magistratura mutaxassisliklari uchun fanlari Nukus davlat texnika universiteti kunduzgi qabul kvotasi. Hozircha vazirlik tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Biz bilan hamkor oliygohlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤝

Sizda ham shu ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lsa kanal adminlariga

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

Magistratura bosqichini Xitoyda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

Dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri — Tsinghua universitetida bepul magistraturada o‘qish imkonini beruvchi Schwarzman Scholarsdasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur global miqyosda yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lgan yoshlarni bir yillik intensiv akademik va amaliy tayyorgarlik bilan ta’minlashga qaratilgan.
 
 
QS 2025 reytingiga ko‘ra, Tsinghua universiteti dunyoning eng nufuzli 20 ta oliygohlar qatoridan joy olgan.

Dastur haqida qisqacha:
 
Kimlar uchun: 18–28 yosh orasidagi, bakalavr darajasiga ega bo‘lgan yoki 2026-yil 1-avgustgacha tamomlaydigan istalgan soha vakillari;
 
Dastur barcha davlat fuqarolari uchun ochiq.  Dastur to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
 
3 ta asosiy yo‘nalishda tahsil beriladi:
 
– Leadership (Yetakchilik)
 
– Global Affairs (Xalqaro munosabatlar)
 
– China (Xitoyshunoslik)
 
Til bilish talablari (agar ingliz tilida o‘qimagan bo‘lsa):
 
TOEFL (kamida 600)
 
TOEFL iBT (kamida 100)
 
IELTS (kamida 7)
 
Agar nomzod so‘nggi 2 yil ichida ingliz tilida tahsil olgan bo‘lsa, til sertifikati talab etilmaydi.

Moliyaviy imkoniyatlar:
 
– o‘qish to‘lovlari to‘liq qoplanadi;
 
– Pekinga borish va qaytish aviachiptalari;
 
– turar joy, yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun stipendiya;
 
– O‘quv jihozlari, ilmiy loyiha xarajatlari moliyalashtiriladi;
 
– har bir talaba Lenovo noutbuki va kerakli materiallar bilan ta’minlanadi;
 
– sug‘urta va viza xarajatlari qoplanadi.
 
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:
 
Rezyume (ko‘pi bilan 2 bet);
 
Motivatsion insholar:
 
– Leadership Essay – 750 so‘z;
 
– Statement of Purpose – 500 so‘z;
 
Baholar tarjimasi (Transcript);
 
3 ta tavsiyanoma – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya beruvchilar tomonidan jo‘natiladi;
 
1 daqiqalik tanishtiruv videosi – nomzod o‘zini va qiziqishlarini qisqacha tanishtirib, saytga joylaydi.
 
Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 10-sentabr

Saralash va natijalar:
 
Ariza topshirishning soʻnggi muddati: 2025-yil, 10-sentyabr.
 
Hujjatlar topshirilgach, saralangan nomzodlar intervyuga taklif etiladi (onlayn yoki oflayn). Oflayn intervyu xarajatlari dastur hisobidan qoplanadi;
 
Natijalar 2025-yil noyabr oyida e’lon qilinadi. Dastur 2026-yil avgust oyida boshlanadi va 1 yildavom etadi.
 
 
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Rasmiy saytga o‘tish (https://www.schwarzmanscholars.org/admissions/)
 
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

⚡️Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmagan talaba o'qishdan chetlashtiriladimi?

Yo'q bunday emas❗️

O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliygohlar va ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalar boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

Talaba o'qishni ko'chirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to'play olmasa (o'qishini ko'chira olmasa), u tahsilni o'zi o'qiyotgan oliygohda davom ettirish huquqiga ega.

Hech bir davlat, nodavlat yoki xorijiy oliygohlarning rahbariyati tomonidan o'qishini ko'chira olmagan talabani ushbu sababga ko'ra o'qishdan chetlashtirishga vakolati yo'q.

☝️Agarda ichki tartib yoki nizom orqali "o'qishi ko'chirilmagan talabalar talabalar safidan chetlashtirilishi" haqida aytilgan vaji bilan ma'lumot berilsa (yoxud tahdid qilinsa), bu bevosita talabaning qonuniy huquqlari buzilgan hisoblanadi va bu holatda Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish mumkin.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…

Magistrlar Official

O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi

Hukumat qarori(447-son, 17.07.2025 y.)ga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, "Elektron sog‘liqni saqlash" axborot tizimiga kiritiladi.

"ERP-maktab" axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025

Читать полностью…
Subscribe to a channel