magistrlarofficial | Unsorted

Telegram-канал magistrlarofficial - Magistrlar Official

43022

⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar) 📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg 📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/ 📩 Reklama: @magistrsupport

Subscribe to a channel

Magistrlar Official

📣 DIQQAT,DIQQAT !

Linguaskill testlari (INGLIZ TILI) boʻyicha qoʻshimcha imtihon kunlari ochildi!

📍Toshkent shahridagi test sanalari:

📆 21-noyabrdan
10-dekabrgacha

⏳Test natijalari 5 ish kunida tayyor boʻladi!

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 https://forms.gle/Umi9zSZt1bQEXYZu6

Maʻlumot uchun telefon:
+998 99 200 02 20

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

☝️Tarqating.

📌Habaringiz bor yaqinda chiqqan qarorga koʻra magistratura va Doktarantura uchun qishki qabulda (25-dekabrdan to 10- yanvarga qadar) sertifikatidan qatiy nazar har qanda talabgor magistratura uchun oʻqishga topshirishi mumkin boʻladi.

❗️❗️❗️ Lekin bu CEFR imtixoniga kirgan har qanday shaxs degani emas. Chunki CEFR (MULTI-LEVEL) B1 dan past boʻlgan ya'ni A1 va A2 darajadagi talabgorlarga sertifikat bermaydi.

📌Bunda siz imtixonga kirib sertifikat olish uchun kamida 38 bal toʻplashingiz zarur, shunda sizga B1 sertifikati beriladi va qishki qabulda magistratura uchun hujjat topshira olasiz.

📌 Quyida sertifikatlar uchun toʻplash kerak boʻlgan ballar bilan tanishing.

❗️C1 - 65-86
❗️B2 - 51-64
❗️B1 - 38-50

☝️ 38 dan past ball toʻplaganlarga sertifikat yoʻq. Ya'ni qishki qabulga magistraturaga topshira olmaydilar.
Manba:©

Ozgina harakat qilsangiz kifoya , B1 bemalol olasiz, insha'Allah

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official

📣 DIQQAT, DIQQAT!

🔰 Xorijiy Tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyati vakilligi hamda Innovative Centre tashabbusi bilan 22-23-25-27-29 noyabr kunlari Linguaskill imtihonlari tashkil etiladi.

🔶Linguaskill-bu eng tez va qulay test turlaridan biri bo'lib, u sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda nomzodlarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.

🔷Linguaskill imtihonining boshqa imtihonlardan afzalliklari:
🔸xalqaro Cambridge sertifikatini qo'lga kiritish imkoniyati;
🔸imtihon natijalarining 48 soat ichida e'lon qilinishi;
🔸boshqa xalqaro imtihonlardan arzonligi.

✅ Shoshiling! Linguaskill imtihoniga tezroq ro'yxatdan o'ting!

🗒Imtihon sanalari:
22 noyabr
23 noyabr
25 noyabr
27 noyabr
29 noyabr

🕘Imtihon boshlanish vaqti: 9:00

💳 Imtihon narxi: 1.218.000 so'm

📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi, 95A

Ro'yhatdan o'tish uchun: https://exams.innovativecentre.org/
Murojaat uchun: +99899 5970106

Читать полностью…

Magistrlar Official

Endi Aptis, TKT va boshqa sertifikatlar bilan ham magistraturaga topshirsa bo'ladimi?

Yuqoridagi yangilik bo'yicha menga juda ko'plab savollar kelyapti. Yangilik matniga e'tibor beradigan bo'lsak "istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi" deyilgan. Bundan tushunishimiz mumkinki B1 sertifikatga ega ham, B2 sertifikatga ega ham bemalol magistraturaga hujjat topshiraveradi. Sertifikat har qanaqasiga shart! Va o'sha sertifikatlar ro'yxatini Oliy ta'lim vazirligi xabari so'nggida ilova qilgan. Ya'ni sertifikatlar ro'yxatida o'zgarish yo'q. Xabarda Sertifikat turidan qat'iy nazar deyilmagan, darajasidan qat'iy nazar deyilgan. Shularga asoslanadigan bo'lsak, TKT, Aptis, TESOL kabi sertifikatlar qabul qilinmaydi. Balkim bu bo'yicha o'zgarish bo'lar yoki Oliy ta'lim vazirligi o'zi chiqib aniqroq tushuntirish berar. Bu holatni aniqlashtirib, yangiliklar bo'lsa kanalimda e'lon qilib berishga harakat qilaman.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

❓ Бу нима дегани?
Демак, қишки қабулда ҳам тил билиш даражасини белгиловчи сертификат сўралади. Сертифкатсиз қабул бўлмайди.

Аммо минимал талаб бўлмаса ҳам истисно қилинади. Амалдаги тартибга кўра, абитуриент филология йўналишлари бўйича камида C1, нофилологик йўналишлари бўйича эса B2 даражадаги миллий ёки унга мос халқаро сертификатга эга бўлиш керак. Эндиликда, масалан, B1 даражали сертификат билан ҳам магистратурага кирса бўлади.

Асосий шарти, токи ўқишни тугатгунча, талаб этилгандек C1 ёки B2 сертификат олишга мажбур. Йўқса якуний аттестацияга киритилмайди. Бошқача айтганда, токи керакли сертификатни олмагунча магистр дипломи берилмайди.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Korrupsiya
#Chet_tili_sertifikati
#Linguaskill

🤬Chet tili sertifikati ortidan qilinayotgan korrupsiya holatlari, bizga juda kòp ma'lumotlar yetib kelmoqda. Agentlikdan rasmiy munosabat kutib qolamiz...

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Тил_сертификати

Multilevel(CEFR, Milliy sertifikat) тестига рўйхатдан ўтиш тўғрисида тўлиқ маълумот.

Youtube:
https://youtu.be/sRmk76O3EGQ

Тил даражангизни аниқлаш учун сайт, кунлик топширсангиз бўлади.

Сайт ҳаволаси: https://www.efset.org/ru/quick-check/take-test/

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

DIQQAT!

2 KUN QOLDI!

"International Conference on Innovative Development of Education 2022/16" nomli xalqaro konferensiyaga ilmiy maqolalar qabuli 19-noyabr 22:00 dan so‘ng to‘xtatiladi.

📖 Konferensiya nashr etilish muddati : 2022-yil 20-noyabr

❗️Barcha mualliflarga diplom+sertifikat bepul beriladi.

Maqolalar Google scholar va PKP | INDEX xalqaro bazalarida 100% indekslanadi. ✅

Narxi: Maqola bir beti uchun 15 ming so‘m.

Murojaat: @Erus_Editor

Rasmiy kanal: @Erus_uz



OAK tomonidan tan olingan xalqaro bazalarda indekslangan, yuqori impakt faktorli jurnal:

Educational Research in Universal Sciences “ERUS”

Scientific Journal
Impact Factor (OAK 23):
4.556 (http://sjifactor.com/passport.php?id=22322)

ISSN: 2181-3515

Sayt: http://erus.uz/

Qabul vaqti: 3-dekabrgacha


✅ Har bir maqola uchun DOI raqami beriladi.

Narxi: Umumiy to‘lov 115 ming so'm.✅

Murojaat uchun: @Erus_Journal_Editor

Rasmiy kanal: @Erus_uz
.

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Magistratura
#Doktorantura

⚡️ Chet tili imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Magistratura va doktoranturaga o‘qishga kirish uchun chet tilidan sertifikat olish istagidagi talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida talabgorlarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi.

👨🏻‍💻 Unga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 17-19-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📆 Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📚 Test sinovlar barcha hududlarda tashkil etiladi va ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, dariy, urdu, hindiy va pushtu tillaridan bo‘lib o‘tadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Doktorantura

Докторантурадаги алғов-далғовлик: имтиҳон натижалари бекор қилиниши ортида моддий манфаат ётибди(ми?)

Жорий йил 15 ноябрига қадар докторантура босқичи учун инглиз тилидан ўтказилган имтиҳон натижалари бекор қилинди. Унга Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлигининг 2022 йил 15 ноябрдаги 01-10/6536-сонли хати асос қилиб кўрсатилмоқда.

👉 https://kun.uz/40397344

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

📣 DIQQAT,DIQQAT !

🎓Magistraturaga topshirmoqchi boʻlgan talabalarga yangilik!

Linguaskill testlari (INGLIZ TILI) boʻyicha imtihon kunlari ochildi!

📍Toshkent shahridagi test sanalari:

21-noyabr
22-noyabr
23-noyabr
24-noyabr
25-noyabr
28-noyabr
29-noyabr
30-noyabr

⏳Test natijalari 5 ish kunida tayyor boʻladi!
Sizda hali sertifikat yoʻqmi?

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalaning!

Roʻyxatdan o'tish uchun havola
(http://www.lpa.gov.uz/test_service)

Agentlikning hududiy vakilliklari bilan bogʻlanish uchun: http://lpa.gov.uz/staff1 (09:00-18:00)

❔Markaziy Call-markaz:
+998712000799, +998900993771
(Ish vaqti 09:00-18:00, 13:00-14:00 tushlik)

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

📌 Bayram muborak aziz talabajonlar!

Do'stlaringizga ulashing
@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official

#hazltime
#lirikchikinish

Bizni instagram ijtimoiy tarmog'iga a'zo bo'lishni unutmang!


https://www.instagram.com/reel/ClBuZJbOOpc/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Читать полностью…

Magistrlar Official

❓ Бу нима дегани?
Демак, қишки қабулда ҳам тил билиш даражасини белгиловчи сертификат сўралади. Сертифкатсиз қабул бўлмайди.

Аммо минимал талаб бўлмаса ҳам истисно қилинади. Амалдаги тартибга кўра, абитуриент филология йўналишлари бўйича камида C1, нофилологик йўналишлари бўйича эса B2 даражадаги миллий ёки унга мос халқаро сертификатга эга бўлиш керак. Эндиликда, масалан, B1 даражали сертификат билан ҳам магистратурага кирса бўлади.

Асосий шарти, токи ўқишни тугатгунча, талаб этилгандек C1 ёки B2 сертификат олишга мажбур. Йўқса якуний аттестацияга киритилмайди. Бошқача айтганда, токи керакли сертификатни олмагунча магистр дипломи берилмайди.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

Bu — magistratura diplomini sotishga bo‘lgan taklif e’loni”. Iqtisodchi Otabek Bakirov magistraturaga qabul qoidalarining o‘zgarishi haqida

Iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda: “Sertifikatsiz o‘qishga ruxsat etish bo‘yicha kim tashabbus ko‘rsatganini bilmayman, lekin aniqki, kimningdir jiyani yo bolasi, yo boshqa uyatli qarindoshi tufayli. Ishonchim komilki, bitirishda ham ular istisnoni qoyilmaqom uddalaydi.

Nimayam deyish mumkin, badtar bo‘llaring, o‘llaring, sharmanda qalang‘i-qasang‘ilar. Hozir yetib kelgan joyimizdan ham tubga yo‘l ochayapsizlar. Davom etaveringlar.

Sertifikatsiz degan so‘zga e’tiroz bildirishyapti. Sertifikat bo‘yicha minimal talab yo‘q, degani bu sertifikatsiz degani. Bu magistratura diplomini sotishga bo‘lgan taklif e’loni”.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

1 сентябрдан халқаро ёки миллий сертификатга эга бўлган мактаб ўқитувчиларига 50 фоизгача устама берилади

👉 http://idum.uz/uz/archives/17184

———

С 1 сентября школьным учителям, имеющим международный или национальный сертификат, будет предоставлена надбавка в размере до 50 процентов

👉 http://idum.uz/ru/archives/17184

📥Kanal: t.me/magistrlarofficial
📩Savol va javob guruhimiz:
t.me/magistratura_qabul2020
📩Bot:
t.me/magistrhelpbot

Читать полностью…

Magistrlar Official

📚link.springer.com платформасидан журналларни танлаш рубрикаси

📊 Иқтисодиёт йўналишидаги журналлар

link.springer.com платформасидаги иқтисодиёт йўналишида Ўзбекистон ҳақида сўз кетган мақолалар: https://bit.ly/3TNa1j0

Ўзбекистон олимлари мақола нашр этиши мумкин бўлган иқтисодга оид журналлар:

1. Journal of the Knowledge Economyhttps://www.springer.com/journal/13132 Scopus ва WebofScience да индексация қилинади

2.Public Choicehttps://www.springer.com/journal/11127 Scopus ва WebofScience да индексация қилинади

3.Comparative Economic Studieshttps://www.palgrave.com/gp/journal/41294 Scopus да индексация қилинади

4.IMF Economic Reviewhttps://www.palgrave.com/gp/journal/41308 Scopus ва Web of Science да индексация қилинади

5.Regional Research of Russiahttps://www.springer.com/journal/13393 Scopus да индексация қилинади

6.Economic Change and Restructuringhttps://www.springer.com/journal/10644 Scopus ва Web of Science да индексация қилинади

7.Studies on Russian Economic Developmenthttps://www.springer.com/journal/11507 Scopus да индексация қилинади

8.Agricultural and Food Economicshttps://agrifoodecon.springeropen.com/ Scopus ва WebofScience да индексация қилинади

9.Environmental and Resource Economics–https://www.springer.com/journal/10640 Scopus ва WebofScience да индексация қилинади

10.Empirical Economicshttps://www.springer.com/journal/181 Scopus ва WebofScience да индексация қилинади

Журналлар: shorturl.at/fiy15

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

🇺🇿O'zbekistondagi barcha MULTI-LEVEL topshiruvchilar DIQQATIGA!

CEFR_Team 20-Noyabr Yakshanba kunidan boshlanadigan CEFR_MULTI LEVEL ONLINE kursga taklif etadi⚡️

Davomiyligi: 1 oy
Haftada: 3 kun dars + Shanba-Yakshanba FULL PRACTICE TEST

💳Narxi: 180,000 (Tõliq kurs: 12 ta dars + 3 ta Full test)🔥

Kurs kimlar uchun?

-DEKABR oyidagi MULTILEVEL testi uchun ro'yxatdan o'tganlar

-50% ustama olmoqchi bo'lgan INGLIZ TILI O'QITUVCHILARI

-C1 bilan 1-TOIFA va OLIY TOIFANI imtixonsiz olmoqchi bo'lganlar

-OTMlarga kirishda B2 bilan INGLIZ TILIDAN 100% ball olmoqchi bo'lganlar

-MAGISTRATURA (B2,C1) yoki DOKTORANTURAga kirmoqchi bo'lganlar

👨‍🏫Kurs instruktori: Mr.Sanjarbek Xusnitdinovich (Magistr+C1)

🧾Ro'yxatdan o'tish uchun: @SanjarbekXusnitdinovichC1 ga yozing.

YOKI ro'yxatdan o'tmasdan YAKSHANBA kuni 1-bepul darsimizni quyidagi kanalda kõrishingiz mumkin

/channel/+f7e_LtwqSgZiMGQy

✅Rasmiy kanalimiz:
CEFR_Team

Читать полностью…

Magistrlar Official

#CEFR
#Doktorantura
#Magistratura

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

➡️Qaror bilan tanishish
: https://lex.uz/docs/-4332249

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

#MUHIM

⚡️Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

Manba @Eduuz

👉Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

#abituriyentga_yengillik

Magistratura bo‘yicha ikkita muhim yangilik

📹 Batafsil ushbu reportajda

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

​​Hurmatli Namangan davlat universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimiga hujjat topshirgan talabgorlar.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 01-10/6536-sonli xatiga muvofiq, faqatgina milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga bo‘lgan talabgorlar kirish imtihonlarida ishtirok etishi belgilangan.

Xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat test markazi 26-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlarini o‘tkazishini eʼlon qilamiz.

Shuningdek, xorijiy tilni bilish bo‘yicha imtihonlarni oldinroq topshirish istagida bo‘lgan talabgorlar yaʼni Davlat test markazi tomonidan 11-dekabr sanasiga mo‘ljallangan sertifikat olish bo‘yicha malaka imtihonlarida qatnashish uchun ariza topshirganlar (registratsiyadan o‘tganlar) A4 formatidagi qog‘ozga Davlat test markazi direktori M.Karimov nomiga ariza yozib imzolab, ariza va pasport nusxasini elektron variantini info@dtm.uz elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz. Tavsiya etilayotgan ariza namunasi ilova qilindi.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

❗️“Uzbekistan Airways” talabalar uchun chegirma e’lon qildi.

22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun faqat talabalarga 50 foiz chegirma e’lon qilindi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

"Талаба ҳам ўқиб, ҳам ишласа бўладими?" деб кўп сўрашади

✅ Жавоб:
Ҳа, талаба меҳнат шартномаси асосида ҳақ тўланадиган ишларда ишлаши мумкин.

Бунинг учун қонунларда чеклов йўқ.

Олий таълим тўғрисида низомнинг 50-бандига кўра кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба дарсдан бўш вақтларида (куннинг иккинчи ярмида) ҳам олий таълим муассасасида, ҳам бошқа ташкилотларда меҳнат шартномаси бўйича ишлашга рухсат этилади.

Амалдаги Меҳнат кодексининг 248-моддасига кўра таълим муассасаларида ўқиётган ходимларга ишни таълим билан бирга қўшиб олиб боришлари учун иш берувчи зарур шароитлар яратиб бериши шарт.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Киберспорт бўйича бакалавриат таълим йўналиши очилади

“Киберспорт турларини янада ривожлантириш ва кенг оммалаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–423-сон, 16.11.2022 й.) қабул қилинди

✅ Қарорга кўра, киберспорт турлари бўйича республика ва халқаро чемпионатлар ва турнирлар ташкил этиш, шунингдек, нуфузли халқаро ва минтақавий мусобақаларда муносиб иштирок этиш киберспорт турларини ривожлантиришнинг асосий йўналишларидан бири этиб белгиланди.

🗓 2023 йилдан анъанавий тарзда киберспорт турлари бўйича:

▫️ҳар йили апрель ойида “Uzbekistan Esports Championship” республика чемпионати;
▫️ҳар йили декабрь ойида “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси кубоги” турнири;
▫️ҳар йили июнь ойида “Ёшлар кубоги” турнири ўтказилади.

🏢 Қарор билан Киберспорт турларини янада ривожлантириш ва кенг оммалаштириш бўйича идоралараро кенгаш ташкил қилинди.

📁 Шунингдек, киберспортда “ping” муаммосини босқичма-босқич бартараф қилишни назарда тутувчи Киберспорт турларини янада ривожлантириш ва кенг оммалаштириш чора-тадбирлари дастури тасдиқланди.

❗️Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университетида 2023/2024 ўқув йилидан “Спорт фаолияти: киберспорт” бакалавриат таълим йўналиши очилади ҳамда ушбу йўналиш бўйича ўқиш муддати 3 йил этиб белгиланади.

☑️ “Uzbekistan Esports Championship” республика чемпионатида охирги бир йилда ғолиб (1-ўрин) бўлган киберспортчилар 2023/2024 ўқув йилидан мазкур бакалавриат таълим йўналишига касбий (ижодий) имтиҳонларни топширишдан озод қилиниб, уларга максимал балл берилади.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

ДТМнинг чет тилини билиш даражасини аниқлаш тест синовлари сентябр, октябр, ноябр ва декабр ойларида, ҳар ойда 2 маротабадан ўтказилади.

Тест синови учун талабгорларни рўйхатга олиш my.gov.uz сайти орқали онлайн амалга оширилади.

Тест синовлари қайси тиллардан ўтказилиши, рўйхатга олиш муддатлари ва тест синови ўтказиладиган саналар юқоридаги расмда келтирилган.

Маълумот учун, ушбу тестни топшириш пуллик - 405 минг сўм. Тўловни амалга оширгандан сўнг тест санаси ва жойини ўзгартириб бўлмайди.


@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

#Doktorantura
#Qisqa_yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirligi xatiga asosan har bir nomzod, 10 dekabrga qadar xorijiy til bilish sertifikatini phd.mininnovation.uz platformasiga yuklashi kerak bo'ladi. Til bilish sertifikati universitetda o'tkazilishi rejalashtirilgan xorijiy til imtihonini o'rniga sizga 100 ballik sistemada bal beradi. Til bilish sertifikatini platformaga yuklamagan, yoki sohta til bilish sertifikatini yuklagan nomzodlar mutaxassislik imtihonlariga qo'yilmaydi.

Shuningdek nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu oyning 26-27 kunlari o'tkazilishi (ro'yxatdan o'tish muddati yakunlangan) rejalashtirilgan milliy sertifikat imtihonlariga ro'yxatdan o'tish imkoni beriladi, bu imkoniyat ertadan ochiladi va 19 dekabr kuni yopiladi.
Shuningdek Linguaskill imtihoni keyingi haftadan ro'yxatga olish boshlanadi.

✅Sizda ham shu kòrinishdagi ma'lumotlar bòlsa bizga yuboring, shaxsingiz sir tutiladi

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

✅ Soxta OAK jurnali haqidagi BB postimizni ko'plab universitetlar ilmiy bo'limlari faol qo'llab quvvatlamoqda va universitetlar telegram kanallarida joylashtirilmoqda.

😊 Bugungi o'tkazgan so'rovnomamiz ham bizni qilgan ishlar mualliflarimiz uchun juda foydali bo'lganligi ko'rsatib berdi va soxta veb-saytga ega OAK jurnali haqida ko'plab mualliflarimiz allaqochon ma'lumotlarga ega ekanligidan juda mamnunmiz.
🚫 Unutmang! Jurnalni ro'yhatga oluvchi turli veb-saytlarga ishonmang. Ular ataylab Sizni chalg'itishga harakat qiladi va asosan soxta(clone) veb-sayt ma'lumotlarini joylashtiradi.
🔍 Ya'ni xoxlasangiz Siz bugunoq biror jurnalni soxta veb-saytini yaratib bemalol uni ro'yhatga oluvchi portallarga joylashtirishingiz mumkin.
🚫 Ayrim savodsiz kanal adminlarining soxta postlariga aslo ishonmang va Sizni chalg'itishlariga yo'l qo'ymang!
❗️O'sha gap. Ogoh bo'ling. Faoliyati tugatilgan OAK jurnali qurboniga aylanmang

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official

⚡️⚡️⚡️Qishki qabul haqida

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi,
tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official

❓ Бу нима дегани?
Демак, қишки қабулда ҳам тил билиш даражасини белгиловчи сертификат сўралади. Сертифкатсиз қабул бўлмайди.

Аммо минимал талаб бўлмаса ҳам истисно қилинади. Амалдаги тартибга кўра, абитуриент филология йўналишлари бўйича камида C1, нофилологик йўналишлари бўйича эса B2 даражадаги миллий ёки унга мос халқаро сертификатга эга бўлиш керак. Эндиликда, масалан, B1 даражали сертификат билан ҳам магистратурага кирса бўлади.

Асосий шарти, токи ўқишни тугатгунча, талаб этилгандек C1 ёки B2 сертификат олишга мажбур. Йўқса якуний аттестацияга киритилмайди. Бошқача айтганда, токи керакли сертификатни олмагунча магистр дипломи берилмайди.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…
Subscribe to a channel