maqsad | Unsorted

Telegram-канал maqsad - Maqsad 🎯

4134

"Katta yo'llar kichik qadamlar bilan bosib o'tiladi. Maqsadni katta qo'ying...!"

Subscribe to a channel

Maqsad 🎯

HAYOTNING 3 MUHIM QOIDASI!

1️⃣ Agar xohlagan narsangni ortidan bormasang, unga hech qachon erisha olmaysan.

2️⃣ Agar so‘ramasang, oladigan javobing hamisha "YO‘Q" bo‘ladi.

3️⃣ Agar oldinga qadam tashlamasang, hamisha bir xil joyda bo‘lasan.

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

​​🟤 Hayot – shaxmat partiyasi

Inson hayoti kichik va katta yutuqlardan iborat. Bugun otdasan, ertaga esa yiqilishingga to'g'ri keladi. Xuddi shaxmat doskasidagi jang kabi, har qadam kutilmagan sovg'alarga to'la.
Bu yerda g'alaba qozonish uchun hammasini to'g'ri hisob-kitob qilish kerak va har doim yo'l so'nggida seni sovg'a kutayotganini unutmasliging kerak. Aks holda, shox va mot!
Hayotda hamma ham grossmeyster bo'la olmaydi va partiya ham hech qachon qiyinchiliksiz kechmaydi. Oldindan bir nima deyish qiyin. Faqat bir narsagina ma'lum. O'yinni boshladingmi, oxirigacha o'ynashga majbursan va hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi.
Hayotda ham kelajakni oldindan ko'rish mumkin emas. O'yindan farqli o'laroq, hayotda taym-aut olish mumkin emas. Va har bir noto'g'ri yurish ortidan to'g'irlab bo'lmas xato olib keladi.
Hayot - shaxmat partiyasi. Faqat bu yerda qoralar har doim ham qora emas, oqlar esa doim oq emas.
Piyoda bo'lib boshladingmi, yo'l songgiga yetib bor. Endshpil - shunda farzinga aylanasan...
Lekin bu hamma piyodaning ham qo'lidan kelavermaydi. Nima bo'lganda ham chiroyli o'yin qil. Chunki, Migel de Servantes aytganidek: "O'yin so'ngida shox ham, piyoda ham bitta qutiga jo'naydi"

(Shaxmat qiroli Magnus Karlsen kundaligidan foydalanib tayyorlandi)

📧 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝 O'ZINGIZNI RUHLANTIRISH SAN'ATI

〰️ Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil

〰️ Bir vaqtda ko'pgina ishlar bilan shug'ullanma;

〰️ Eng avval oddiy va ko'p mehnat talab qilmaydigan ishlarni bajar;

〰️ Bosqichma - bosqich qiyinroqlariga o'tib bor;

〰️ Doimo kelajak haqida o'yla.

- Stiv Jobs

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

KUNLIK, FOYDALI FIKRLAR!

✍️ Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling;

✍️ Hayolingizga biror fikr, g'oya keldimi? O'sha zahoti yozib qo'ying;

✍️ Kech qolyabsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo'ying. Bu qiyin emas;

✍️ Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O'z orzularingiz bilan band bo'ling;

✍️ Hech qachon o'z muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi;

✍️ Mish - mishlarga aralashmang. Ularda hech bir yaxshilik yoki foyda yo'q.

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

〰️ 2024 -yilda qilishingiz kerak
bo'lgan 8 narsa:


1⃣ Maqsadlar xaritangizni yarating;
2⃣ Hayotingizdagi bo'shliqlarni to'ldiring;
3⃣ Haftada 4 marta jismoniy mashq qiling;
4⃣ Kunlik vaqtingizni rejalashtiring;
5⃣ Diningizni o'rganishga vaqt ajrating;
6⃣ Natijalaringizni kuzatib boring;
7⃣ O'z ustida ishlash bo'yicha qo'llanma (Self-Mastery aktualnisidan topishingiz mumkin);
7⃣ Chalg'ituvchi vositalardan uzoqlashing.

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔹Hayot judayam tez o'tib ketmoqda...
Siz esa "ERTAGA" deysizmi?


Nima ishingiz bo'lsa ham ertaga emas, bugun va hoziroq boshlang!

Quruq gap - so'zni hamma ham gapira oladi. Siz ularga kimligingizni gap-so'zlar bilan emas, o'z natijalaringiz bilan ko'rsating.

Hayotingizda ikki toifa odamlar mavjud. Ularni bir-birlaridan ajrata biling...

🔺 Bir toifadagilari, bekorchi vaqtini sizga sarf qiladilar...
🔺 Boshqa bir toifadagilari esa sizn uchun qimmatli vaqtini ajratadilar.

🔗 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🤔MAQSADLARINGIZDAN VOZ KECHMANG!

Hech qachon boshqalarning asossiz fikri uchun maqsadlaringizdan voz kechmang!

Odamlar har qanday vaziyatda ham negativ fikr topib bera oladi.

Shu jumladan, siz ham hech qachon birovning hayotini bilmasdan uni muhokama qilmang. Undan ko‘ra o‘zingizning hayotingizga nazar soling. O‘zingizni muhokama qilmang. O‘zingizning hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiring.

Doimo o‘z ustingizda ishlang💪

🌐 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔺 FORS MAQOLLARI

1⃣Dushman uch xil bo'ladi: o'z dushmanlaring, do'stingning dushmanlari, dushmaningning do'stlari.
2⃣ "Agarda" va "nahotki" turmush qurishsa, "koshki" va "qaniydi"lar tug'iladi.
3⃣ Iroda tarang tortilgan yerda chumoli ham sher yengadi.
4⃣ Agar tosh oltin piyolani sindirsa - toshning narhi oshmaydi, oltinning narhi kamaymaydi.
5⃣ Sendan qo'rqqandan qo'rq.
6⃣ Dushmaningga ham, do'stingga ham kasalligingni bildirma - biri kulib, biri ezilmasin.
7⃣ Yetti boshli ajdardan qo'rqma, ikki tilli odamdan qo'rq.
7⃣ Har pasayish ortidan ko'tarilish keladi!

📹 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

2024 - yilda kimda qanday rejalar⬇️

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔺BITTA MEN O'ZGARGANIM BILAN BIRON NARSA BO'LIB QOLADI (MI)?

Qadimda bir podshoh katta xofuz qurdiribdi.
Xalqni jamlab, e'lon beribdi:
- Men bu xovuzni sut bilan to'ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi bir kosadan sut olib kelib xovuzga qo'ysin. Ertalab kelib xovuz bo'yida yig'ilishamiz. Dunyoga dong'i ketgan xovuz bo'lsin!

Hamma uy - uyiga tarqalibdi. Voqeamiz qaxramoni ham. Shunday qilib uyga qaytib, Bu inson yarim tunda bir kosa sutni ko'tarib uydan chiqibdilar. 1, 2 qadam yurgan ekanlar, hayollariga shunday fikr kelibdi:
- Hozir yarim tun. Hech kim ko'rmayabdi. Keyin hamma sut quyganda, men bir kosa suv qo'ysam, hech narsa bo'lmaydi, bilinmay ketadi. 1 kosa sut yonimga qoladi.

Uyga qaytib, sutni qo‘yib, suvni olib, xovuzga borib, quyib kelibdi.

Ertalab Podshoh, amaldorlar va butun xalq sut bilan to‘ldirilgan inovatsion xovuzni tomosha qilgani yetib kelishib. Ming hayajon bilan kelib qarashsa, xovuz to‘la suv ekan...

Hamma bizning qaxramonimiz kabi, men suv quysam qolganlarniki bilan bilinmay ketadi. Sut quyganim bilan biror narsa o'zgarib qolarmidi?-, deb o‘ylab, suv quyib ketishgan ekan.

O'sha qaxramon bilasizmi kim?

SIZ VA MEN!

Sizu bizning o‘zgarishimiz butun jamiyatni o'zgartiradi. Chunki bir kosagina sut qo‘yilgan taqdirda ham bir oq narsa suzib yurardi o‘sha xovuzda.

Inson yukini xalqqa, Davlatga tashlayvermasdan, ma'suliyatni zimmasiga olib, butun insoniyatga foyda keltirishni maqsad qilib yashay boshlashi kerak!

🔗 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Murod Nazarovdan ajoyib motivatsiya.

@Maqsad 🎯

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Eng ulkan ijtimoiy ko'zbo'yamachilikning ko'rinishlaridan biri, kambag'al, faqirlarga kiyim va ovqatning qoldiqlarini berib, badavlat odamlarga esa garchi ularning ehtiyoji bo'lmasa ham, qimmatbaho sovg'alarni tortiq qilishdir!

@Maqsad 🎯

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 10 ta
● 100 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🟤​​MUVAFFAQIYAT SARI

Maqsadning yo'qligi insonni vayron qiladi, uning hayotini ma'nosiz qiladi, uning mavjudligi esa yangi yutuqlarga ilhom beradi va yanada rag'batlantiradi.

Maqsadsiz odamlarning butun hayoti televizor tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlar tarmog'ini cheksiz yangilash, g'iybat qilish, hokimiyat, ota-onalar, davlat va umuman hayot haqidagi doimiy shikoyatlarni muhokama qilish bilan o'tadi.

Maqsadsizlik sabab inson ishda tez-tez hissiy charchashi, atrofdagi hamma narsaga befarq bo'lishi, depressiyaga uchrashi mumkin. Yana unda sog'liq bilan bog'liq muammolarning ko'payishi va rivojlanishning to'xtashi – tabiiy.

O'z oldingizga maqsad qo‘ying, va unga erishmaguncha tinmasdan harakat qiling

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🎥ENG AHAMIYATLI 3 NUQTA

🔸Sen uchun eng muhim vaqt - sening hozirgi oningdir. Chunki, faqat shu ondagina, faqat hozir sen bir yaxshi ish qilishing mumkin.

🔸Sen uchun eng muhim inson - hozir sening oldingda bo‘lgan odamdir. Chunki, o‘sha ondan keyin balki, uni boshqa ko'rmaysan. Shunday ekan, undan foydalanib qol. Unga yaxshilik qil.

🔸Sen uchun eng muhim ish - yaxshilik qilishdir. Chunki, insoniyatning asosiy vazifasi ham, hayotining g'oyasi ham shudir.

Omadli insonlar mana shu 3 nuqtaga ahamiyat beradi va undan foydalanadi.

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Kunni qanday o'tkazsangiz, hayotingizni ham shunday o'tkazasiz.

Hali oldingizda sizni kutib turgan kunlarga nisbatan bugungi kun unchalik ahamiyatga ega emas, deb o'ylashdan osoni yo'q.

Holbuki, buyuk hayot go'zal marvarid shodasi kabi bir ipga terilgan, buyuk, ajoyib tarzda yashalgan kunlarning birin - ketin kelishidir. Har bir kun alohida ahamiyatga ega, har bir kun yakuniy natijaga o'zining munosib hissasini qo'shadi.

O'tmish o'tib ketdi, kelajak - hali noma'lum demak, mohiyatan qaraganda, sizning tasarrufingizda faqat bugungi kun bor. Bugundan aql bilan foydalanib qoling.

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

INTIZOM - BU MUVAFFAQIYAT KALITIDIR

Motivatsiya vaqtinchalik hisoblanib, u tashqi sharoitlarga qarab o’zgarishi mumkin. Agarda siz qiyinchiliklarga qarshi turishni istasangiz, birinchi navbatda intizom juda muhimdir. Bu muvaffaqiyatning asosiy kalitidir. Sportchi chempionlarni yodingizdan chiqarmang. Ular mashq qilishni istashmasada, lekin doim shug’ullanishadi.

Hayotdagi ko’pgina narsalar reja asosida ketmasligi mumkin. Inqirozga uchragan vaqtda, yana turib harakat qilish uchun motivatsiya bo’lmaydi. Bu vaqtda o’z-o’zini tartibga solish va intizom yordamga keladi. Tony Fahkry ismli yozuvchi o’z blogida intizomni qanday qilib rivojlantirish kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Intizomni rivojlantirganda, siz o’zingizni muayyan tarzda harakatga o’rgatasiz. Buni yetarlicha uzoq vatq davomida qilsangiz, intizom odat bo’lib qoladi.

Maqsadlaringizga erishish uchun hissiyotlarni harakatlardan ajratishga harakat qiling. Ko’pincha hissiyotlar bizning xatti-harakatlarimizni belgilaydi va biz yakuniy maqsadni unutamiz. Lekin unutmang, maqsadga erishish quvonchi har qanday zavqdan ustun turadi.

Birinchidan, reja tuzing. Faqat, boshidan juda ko’p majburiyatlarni olmang. Misol uchun, agar sizning maqsadingiz haftada to’rt marta mashq qilish bo’lsa, asta-sekin tezlikni oshiring. Ikkinchi kundan boshlab, keyin mashg’ulotlarning sonini oshiring. Muvaffaqiyat birinchi qadamni qo’yib, asta-sekin rivojlanib borganda keladi.

Ikkinchidan, bu maqsad nima uchun muhimligini o’ylab ko’ring. Har kuni unga o’tish uchun jiddiy sabab bo’lishi kerak. Keyin yo’ldan adashish qiyin bo’lmaydi. Agar siz istaklaringiz va g’ayratingizni aniq tushunsangiz, hech narsa sizni muvaffaqiyatsiz qoldirmaydi.

Mashhur biznez maslahatchisi, Jim Rohn shunday dedi: “Barchamiz ikki xil og’riqni boshdan kechirishimiz kerak: intizom va afsus og’riqlari. Farqi shundaki, intizom og’rig’i grammni tashkil qiladi, afsus og’irig’i esa bir tonnadir”. “Afsuslar” sizni muvaffaqiyatsiz qoldirishiga yo’l qo’ymang.

📹 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔻Inson hayotidagi eng...

Inson hayotidagi eng arzigulik afsusi bu - o'z qadrini bilmasligi.

Inson hayotidagi eng tahsinli holati bu - yiqilganidan keyin o‘zini o‘nglay olishi.

Inson hayotidagi eng katta yo‘qotishi bu - umidining so'nish.

Inson hayotidagi eng ulkan yutug'i bu - sog'ligi va aqli.

Inson hayotidagi eng ulkan qarzi bu - haqiqiy hissiyotlari.

Inson hayotidagi eng buyuk qobiliyati bu - uning ulkan qobiliyati.

Inson hayotidagi eng ulkan yupanch bu - uning - uning ezgu ishlari.

🔗 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

​​Mashhur yozuvchi Deyl Karnegi'dan eng yaxshi maslahatlar ketma-ketligi.

✍️ O'zingizni boshqa odam o'rniga qo'yib ko'rish orqali sizga undan nima kerakligini emas, uni sizdan nima istashini bilib olishni o'rganing. Buni uddalay olgan inson dunyolarni zabt etadi.

✍️ Agar odam sizdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanayotganini sezsangiz, uni tanishlaringiz ro'yxatidan o'chirib tashlang.

✍️ Agar taqdir sizga limonni ravo ko'rgan bo'lsa, undan limonad tayyorlang.

✍️ Band bo'ling. Bu g'amga qarshi dunyodagi eng arzon va samarali dori.

✍️ O'zingizni baxtga erishib bo'lganday tuting va chindan ham baxtga erishasiz.

📹 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

VAQT - INSONNING ENG KATTA SARMOYASI

MUVAFFAQIYAT Siri ana shu sarmoyadan unumli foydalanishda. So'zimiz isboti uchun ulug'lar hayotiga, qilgan ishlariga nazar tashlasak, kifoya.

Ular vaqt isrofidan saqlanishgan, qanday ish bo'lmasin, jiddiylik bilan yondashishgan, doim izlanishda, intilishda bo'lishgan.

Biz ko'pincha vaqt yetishmayotganidan noliymiz. Holbuki, ulug'lar yashagan davr bilan hozirgi paytning vaqt o'lchovlari farq qilmaydi.

Demak, farq - o'zimizda!

@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Shekspir aytgan edi:

"Men hamisha oʻzimni baxtiyor sezaman.
Bilasanmi nega?

Chunki men hech qachon hech kimdan hech narsa kutmayman.
Kutish bu – azob.

Hayot qisqa:
Shunday ekan, oʻz hayotingni sev. Hamisha kulib boq.

Gapirishdan oldin tingla, Yozishdan oldin oʻyla,
Pulni sarflashdan oldin
ishlab top,
Arazlashdan oldin kechirishni bil,
Ogʻritishdan oldin his qil,

Nafratlanishdan oldin sev, Oʻlishdan oldin yasha...!


🔗 @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Alhamdulillah
Alloh qodir qilguncha yaxshilik qilishda davom etamiz!

Читать полностью…

Maqsad 🎯

📹 Ilm shaytonda ham bor edi...

- Muhammadali Eshonqulov

@MAQSAD 🎯

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Insonga biror nima o'rgatishning eng maqbul usuli - unga shaxsan o'rnak ko'rsatishdir

- Albert Enshteyn

@Maqsad 🎯

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Agar oyoqda tik turishga majoling bo'lmasada, tik turishga sababing bo'lsa, qo'rqma yiqilmagaysan.

✈️ @Maqsad | Jaloliddin Rumiy

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…
Subscribe to a channel