⚡HAR KUN YODGA OLING
1. Har bir lahza -hayotingizning bir qismidir.
🫀Sizning hayotingiz shu yerda va hozir sodir bo'lyapti. Aynan shu daqiqa sizning hayotingiz.Agar siz unga sho'ng'ishga qaror qilsangiz va uni qadrlashni boshlasangiz, tez orada siz izlayotgan hamma narsa sizning oldingizda ekanligini tushunasiz.
2.Hamma narsaning o‘z vaqti bor.
🫀Hamma narsaning o'z vaqti bor: quvonish va yig'lash, yolg'iz qolish yoki sizni sevadigan odamlar bilan birga bo'lish.Lekin Alloh har doim siz bilan
3.Yangi kunni yangi nafas bilan boshlang.
🫀Hayotdagi eng go'zal narsa shuki, ertalab - hayotni yangidan boshlash va o'tmishdan voz kechish uchun yana bir imkoniyat beradi.
🫀Kunni tugatsangiz, hammasini unuting.Siz qo'lingizdan kelganini qildingiz. Albatta, ba'zi xatolarga yo'l qo'yildi.Asosiysi shu xatolarga ertaga yengilmang.
✈️@MAQSAD
🔝SIR SAQLASHNI BILING
-Uzoqni o'ylab tuzgan rejalaringizni hech kimga aytmang.Bu reja amalga oshmagunicha jim turing. Bizning g'oyalarimiz nafaqat ideal emas, balki ular juda ko'p zaif tomonlari bo'lishi mumkin.
-Keyingi tavsiya qilinadigan muhim narsa bu - yaxshilik qilganingizni oshkor qilmaslikdir. Yaxshilik bu dunyoda kamdan-kam uchraydi, shuning uchun uni ko'z qorachig'idek asrash kerak. Yaxshi ish qilganingiz uchun o'zingizni maqtamang. Mag'rurlik bu - xayriya natijasida kelgan barcha yaxshiliklarni darhol yo'q qiladi.
-Boshqalar bilan baham ko'rmaslik kerak bo'lgan so'ngi narsa - bu o'z uydagi nizolaringiz va umuman oilaviy hayotingiz haqida gapirishdir.
-Esingizda bo'lsin: oilangizdagi muammolar haqida qancha kam gapirsangiz, u sizga shunchalik foydaliroq bo'ladi.
Aytilmagan sir — dilingning siri.
Aytgan so'ng sen — sirning asiri.
✈️@MAQSAD
⚡YOLG'IZ HOLDA KUCHLI BO'LING
•Haqiqiy kuch sizning atrofingizda qancha odam borligiga bog'liq emas. Kuchli odam, boshqalar uning oldiga qo'ygan chegaralarga qaramay, o'zini erkin his qila oladi. U o'z maqsadlari sari yo'lda hech kim yoki hech narsaning to'sqinlik qilishiga yo'l qo'ymaydi.
•Hayotda inson o'zini yolg'iz va himoyasiz his qiladigan paytlari ham bo'ladi. Ammo shunday daqiqalarda bizning haqiqiy kuchimiz paydo bo'ladi. Kuchli odam barcha qiyinchiliklarga qaramay, oldinga intilishni davom ettirish uchun o'zida ishonch topa oladi.
•O'zingiz hayotingizning asosiy qahramoni ekanligingizni unutmang. O‘zingizga ishoning, taslim bo‘lmasangiz, har qanday to‘siqni yengib o‘tib, maqsadlaringizga erisha olasiz. Hech kim yoki biror narsa sizning imkoniyatlaringizni cheklashiga yo'l qo'ymang.
•O'zingizga ishoning, qobiliyatlaringizga ishoning va barcha to'siqlarga qaramay oldinga intiling. Siz tasavvur qilganingizdan ham ko'proq narsaga qodirsiz.
🎱To'xtamang, oldinga intiling va orzularingizga erishing!
✈️@MAQSAD
🔝MUAMMOLARGA YECHIM
-Muammolarga yechim topishda quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
1. Muammolaringizni yaxshi tushunishingiz uchun,oila a'zolaringiz bilan muhokama qiling.
2. Muammolaringizning asosiy sabablari nima va yechimlari qanday? -degan savollarga javob qidiring.Hozirgi kunda internetdan allambalo ma'lumotlarni izlamasdan,muammolaringiz yechimlarini qidiring.
3. Mutaxassislarning muammo haqidagi fikrlarini eshiting va ularning maslahatlari asosida yechim topishingiz ham mumkin.
4.Shunday qaror qabul qilinki:
vaqtingiz,kuchingiz va resurslaringizni tejang.
-Biz hayotimizga kelayotgan muammolarni,hayotimizning
bir qismi deya tasavvur qilmas ekanmiz,bu muammolar
bizlarni hech qachon tark etmaydi.
✈️@MAQSAD
⚡NEGA ERTAGA?
•Bilasizmi sizning xatoyingiz nimadan iborat.Ertaga deyaverib kunlaringizni behuda sarflayapsiz. O'zingizda uyg'ongan xohishni o'ldiryapsiz.
•Hoziroq miyangizda paydo bo'lgan fikrni albatta yozib oling va uni amalga oshiring.Faqat qog'ozda qolmasin...
•Shu sababli hozir boshlang.Bugungi kuningizni go'zal qila olsangiz ertangi kuningiz ham shu kabi o'tadi.
-Inglizlarda bir gap bor - "JUST DO IT" (Hozir bajar).Bu iboraga amal qiling va maqsadingizga erishing.
✈️@MAQSAD
🔝MUVAFFAQIYATSIZLIKDAN QO'RQMANG.
-Har doim odamlar bajarishdan qo'rqadigan maqsadlarni oldinga qo'ying.Siz birinchilikka intiling va albatta uddalaysiz.
-Tavakkal asosida ish ko'ring.Vaholanki ko'p muvaffaqiyatli ishlar tavakkal ortidan bo'lgan.
-Mabodo ishingiz o'xshamasa xafa bo'lmang.Bu siz uchun ajoyib tajriba hisoblanadi.Ishoning siz bu sodir bo'lgan muvaffaqiyatsizlikni kulib yodga olasiz.
-"Tavakkal qilish kerak, chunki hayotdagi eng katta xavf - hech narsani xavf ostiga qo'ymaslikdir ya'ni tavakkal qilmaslikdir."
➖Leo Buskaglia
✈️@MAQSAD
⚡ NATIJA
1⃣ Hech kim yo'q joy topasiz
2⃣ Rainy mood lite dasturini yuklab, yoqib qo'yasiz
3⃣ Telefondan taymerni 10 daqiqaga qo'yib
4⃣ Taymer tugamagunicha gunohlaringizni eslab, istig‘for aytib o'tirasiz
5⃣ NATIJA : Bu dunyoda his qilish mumkin bo'lgan eng katta lazzatni his qilasiz!
➖ Aziz Rahimov
✈️ @MAQSAD
🔋 BUGUN BOSHLANG
Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz.
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.
⚫️Bugun boshlang !
⚫️Bugun urinib ko'ring!
⚫️Bugun qadam tashlang!
Ertaga kech bo'lishi mumkin
© Paulo Koelo
✈️ @MAQSAD
❗️Odamlar nima deydi?
➡️E qo'ysangizchi.Qachongacha odamlar aytgan fikrlarini maqullab o'z fikringizni oyog' osti qilasiz.
➡️Maqsadingiz yo'lida hech qachon boshqalarni fikrini e'tiborga olmang.Agarda u fikr siz uchun foydali va manfaatli bo'lmasa.
➡️Balkim xato qilayotgandirsiz.
➡️Xato haqida gapiradigan bo'lsam: Inson zoti aqlini tanibdiki turli-xil xatolar bilan mustahkamlanadi.Insonlarga nisbatan qarashi o'zgaradi.Faqatgina o'zidek insonlar axtara boshlaydi va albatta topadi.
❗️Oldingizda ko'p insonlar bor va ularni saralang.Qachonki sizning fikringizni nazarga ilmasa.
➡️Siz kim bo'lishingizda muhit katta ahamiyatga ega degandilar -Hasan Mamasaidov.
✈️ @MAQSAD
⚡ YAXSHI TOMONGA O‘ZGARISHNI BOSHLASHGA YORDAM BERADIGAN 13 NARSA!
● O‘zingizga nisbatan rostgo‘y bo‘ling!
● Muammolardan qo'rqmang!
●Kerakli odamlar bilan vaqt o‘tkazing!
● Baxtingizni birinchi o‘ringa qo‘ying!
● O‘zingiz Halol va mag'rur bo‘ling!
● Hozirgi vaqtda sezishni va yashashni o'rganing!
● Hatolardan olinadigan saboqlarni qadrlashni o'rganing!
● O‘zingizga yaxshi munosabatda bo‘ling!
● Sizda bor narsalardan zavqlaning!
● Baxtni o‘zingiz topishni o'rganing!
● O‘zingizning g‘oyalaringiz va orzularingizga imkoniyat bering!
● Keyingi bosqichga tayyor ekanligingizga ishoning!
● Faqat o‘zingizning oldingi holatingiz bilan raqobatlashing!
✈️ @MAQSAD
🧠 BENJAMIN FRANKLINNING O‘ZINI MUKAMMALLASHTIRISH USULLARI:
1⃣ Tilni tiy
Oldingga qo‘ygan taomni hammasini yema.
2⃣ Sukut saqla
O'zingga va boshqalarga foyda bo‘ladigan gapni so‘zla, foyda bo‘lmaydigan gapni gapirishdan saqlan.
3⃣INTIZOMGA muhabbat qo‘y
Hamma buyumlaringni qo‘yish uchun joy, kerakli gapni gapirish uchun kerakli vaqt kerak.
4⃣ Uddasidan chiq
Bajarilishi kerak bo‘lgan ishni bajarishni hal qil. Hal qildingmi, ishni bajarishning uddasidan chiq.
5⃣ Boshqalar haqida qayg‘ur
Faqat o‘zingga emas, balki boshqalarga ham foyda keltiradigan narsalarni harid qil. Hech narsani bekorchi joylarga ishlatma.
6⃣ Mehnatsevarlik
Vaqtni bekorga o‘tkazma, har doim foydali ish bilan mashg'ul bo‘l, har qanday bekorchi ishdan nari bo‘l.
7⃣Ochiqko'ngillik
Tili boshqa, dili boshqa bo‘lishdan saqlan. Har doim dilingda o‘ylaganingni gapir.
7⃣ To‘g‘riso‘zlik
Hech qachon odamlarga yominlikni ravo ko‘rma va ularni hafa qilma.
9⃣ Kechirimlilik
Senga yetkazilgan ozor uchun hech qachon kek saqlama, hattoki ular hafa bo‘lishga arzisalar ham.
✈️ @MAQSAD
💯 HAYOT BEBAHO VA U QAYTA BERILMAYDI!
Inson tugamaydigan hayot tashvishlari bilan bir umr kurashadi. Go‘yoki, bir kun keladiyu hamma tashvishlari tugab o‘zi xohlagandek yashayman deb o‘ylaydi. Ammo o‘sha kun kelmasligi ham mumkin. Kelgan taqdirda ham o‘sha kunglarning o‘ziga yarasha tashvishi bo‘ladi...
Shuning uchun, yashashni bugundan boshlash kerak. Shirin hayotingizni o‘zingiz uchun bebaho deb biling va bir daqiqasini ham zoya ketkazmang!
✈️ @MAQSAD
⚡FAQAT OLG‘A YUR! TO‘XTAB QOLMA!
O‘zingni o‘zing ruhlantir va rag‘batlantir. Har doim o‘zingga o‘zing ayt:
- Men hech kim maqsadim yo‘lida to‘xtatib qololmaydi.
- Men kuchliman!
- Men albatda g‘alaba qozonaman!
Agar maqsading aniq bo‘lsa, unga kuchli shijoat bilan yondash. Faqat ojizlargina yengiladi. Sen esa ojiz emassan.
UNUTMA! O‘tmishda yoki hozirda kim bo‘lganing muhim emas. Kelajakda kim bo‘lishing muhimdir. Kelajaging esa o‘z qo‘lingda va uni hozirdan boshlab o‘zing yaratasan! Sizning hayotingiz chegaralangan, shuning uchun uni boshqalarning hayoti bilan yashashga sarflamang.
- Stiv Jobs
✈️ @MAQSAD
🔻ISHONCHSIZ HARAKAT SHUNCHAKI MASHQ. ISHONCHLI HARAKAT BU - MUVAFFAQIYATGA ELTUVCHI YO‘LDIR!
G'alabaga intilayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizda to‘g‘ri fikrlashni shakllantirishingiz lozim. Maqsadga erishishda his - tuyg‘ular muhim ahamiyatga ega. Agar bilimingizni hayotga tatbiq etmasangiz, shunchaki ma‘lumotligicha qoladi.
Siz muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizga majburiyat olishingiz kerak. Hotirjamlik bilan kundalik intizomga amal qilishingiz darkor. Muhimi, natija emas, jarayon. Shunday ekan, g‘alabaga erishishning yo‘li qat'iy intizom.
✈️ @MAQSAD
🟠MUVAFFAQIYATLI LIDER!
LIDER - natijaga erishgan inson emas, balki boshqalarga natijaga qanday erishish mumkinligini o‘rnak bo‘lib ko‘rsatib berayotgan inson.
Muvaffaqiyatga erishgan odam qachonlardir o'tmishda yetakchi, LIDER bo‘lgan bo‘lishi mumkin va hozir ham o‘tmishdagi yetakchilik mevasini ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu uni hozir ham liderlik xususiyatlarini namoyon qilayabdi degani emas. Ko‘p xollarda, yuqori natijaga erishgan lider insonlar " boshqaruv tuzog‘iga" tushishadi va lider emas boshqaruvchi - menejer bo‘lib qolishadi. Bu esa o‘z navbatida umuman boshqa rol va boshqa vazifalarni bajaradi. Boshqaruv maqsadi - holat stabilligini saqlash, liderlik maqsadi esa - faqatgina o‘sish 📈
Agar lider bo‘lishni va o‘sishni xohlasangiz, unda yo‘li bitta - doim boshqalarga o‘rnak bo‘lishga intiling va shunchaki boshqaruvchi bo‘lib qolmang!
✈️ @MAQSAD
❗BAXT BU - O'ZINGIZ
-Baxt o'zga insonlardan yoki tashqi sharoitlardan olinadigan narsa emas. Bu bizning ichimizda va faqatgina biz o'zimizni baxtli qila olamiz.
-Kimdir yoki biror-bir vosita sizni baxtli qilishini kutmang! Hayotingizni nazorat qiling va o'z baxtingizni qurishni boshlang.
-O'z-o'zini qadrlash va ijobiylikka to'la bo'ling va sizning baxtingiz shu bo'ladi. O'z quvonchingizni boshqalarga ulashing va dunyoni yorqinroq ko'rishga harakat qiling!
⚫️Zerikish nima ekanligini bilasizmi?
-Boshqalar kabi bo'lish zerikarli. Boshqalarga moslashish uchun o'zgarish zerikarli. Zerikish - bu siz xohlamagan jarayonga tushish demakdir.
-O'zligingizga ega bo'ling.
✈️@MAQSAD
🐾IJOBIY FIKRLAYDIGAN INSONLAR
1. Hayotimda paydo bo'lib, uni ajoyib qilgan insonlarga rahmat. Va hayotimdan ketib, uni yanada go'zallashtirgan odamlarga ham rahmat.
2. Har doim siz qilayotgan ishingizni yoqtirmaydigan insonlar bo'ladi. Bu odatiy holat.Shunchaki e'tibor bermang.
3. Hayotingiz o'nglangancha, hayotingizni tartibga solishingiz shart.
4. Men sizni xafa qilishni xohlamayman, lekin keling yaxshilik tomon intilamiz!
5. Men har doim o'z ustimda ishlayman.Allaqachon insonlar haqidagi salbiy fikrlarimni yo'q qilganman!
6. Yoshlik uchun: har bir kichik narsadan zavqlaning va har bir kichik muammodan asabiylashmang.
7. Sizning eng yaxshi kuningiz -Bugun.Yodingizda bo'lsin.
✈️@MAQSAD
🔥KUCHLI ODAMLAR NEGA O'ZLARINI KAMTAR TUTADILAR?
- Kuchli odamlar bir necha sabablarga ko'ra kamtarona harakat qiladilar:
1. Ular kuch har doim ham bo'lmasligini va kibrlilikdan iborat emasligini tushunishadi. Haqiqatdan ham kuchli odamlar jim va xotirjam bo'lishi mumkin, ularning o'ziga bo'lgan ishonchi tashqi ko'rinishlar bilan tasdiqlashni talab qilmaydi.
2. Ular boshqa odamlarni hurmat qilishadi va ularning xatti-harakatlariga nisbatan hasad qilishni xohlamaydilar. Kuchli odamlar hech kimga mag'rur bo'lishmaydi va mag'rur odamlarni ham yoqtirmaydilar, shuning uchun ular kamtar bo'lishga va boshqalarga hurmat ko'rsatishga harakat qilishadi.
3. Ular o'zlarining shaxsiyatiga emas, balki o'zlarining ishlari va yutuqlariga e'tibor qaratishni xohlashadi. Kuchli odamlar, ularning muvaffaqiyatlari o'zlari uchun kerakliligini bilishadi.
4. Ular kamtarlik - kuchli xarakter belgisi ekanligini tushunishadi. Kuchli odamlar boshqalarni hurmat qilish,o'sish va xarakterning mustahkam belgisi ekanligini bilishadi va ular o'z hayotlarida ushbu tamoyillarga amal qilishga harakat qilishadi.
Kamtarin bo'l, hatto bir qadam,
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun,
O'par doim peshonasidan.
➖ERKIN VOHIDOV
✈️@MAQSAD
⚡O'ZINGIZNI HURMAT QILING
-Bizga ma'lumki o'z-o'zini hurmat qilish boshqalar bilan ijobiy munosabatda bo'lish uchun juda muhimdir.
-O'zingizni hurmat qilish sog'lom va sifatli hayotning asosidir. Bu sizning qadr-qimmatingizni bilishni, chegaralarni belgilashni va farovonligingizni birinchi o'ringa qo'yishni o'z ichiga oladi.
-O'zingizni hurmat qilsangiz,siz qiyinchiliklarni chidamlilik bilan yenga olasiz.
-Esingizda bo'lsin.O'z-o'zini hurmat qilish sizning kuchli tomonlaringiz, yutuqlaringiz va shaxs sifatida ichki o'zligingizni anglashdan boshlanadi.
-O'zingizni hurmat qilsangiz, intizomni saqlash va eng asosiysi sizga quvonch keltiradigan kasb yoki faoliyat bilan shug'ullanishga harakat qilasiz.
-Oxir oqibat, o'zingizga hurmat bilan munosabatda bo'lsangiz, siz to'laqonli va haqiqiy hayot uchun mustahkam poydevor yaratasiz.
-Agarda siz o'zingizni hurmat qilmasangiz,boshqalardan hurmat kutmang.
✈️@MAQSAD
✍️MAQSADLARNI REJALASHTIRING.
-Har bir ish reja asosida mukammal shaklga keladi.Erinmasdan belgilang va unda muddat bo'lishi shart.Bunga sabab intizom asosida harakat qilasiz.
-Maqsadingizni rejalashtirishdan oldin maqsadingizni aniqlang.To'g'ri maqsadni oldingizga qo'ying va u haqida o'ylab ko'ring.Yolg'iz qolganda o'zingizga savollar bering.Ortga qaytmang.
-Aniq qarorlar qabul qiling go'yoki orqaga yo'l yo'qdek.Vaqt o'tgan sayin o'zingizga bo'lgan ishonchingizni oshirishga sabab bo'ladi.
-Xatolarni bosiqlik bilan qarshi oling.Xato qilishdan qo'rqmang va ularni tahlil qiling.Bu sizning ko'nikmangizni oshiradi.
✈️@MAQSAD
🎶MOTIVATSIYA o'rniga INTIZOM.
-Siz o'z ustingizda tinmay mehnat qilmoqdasiz.Ammo gohida o'zingizga ishonchingiz tushib ketadi va siz motivatsion gaplar tomon qanot qoqasiz.
-MOTIVATSIYA -vaqtinchalik energiyaning o'sishiga sabab bo'ladi ya'ni ishtiyoqning o'sishi.Ammo bu sizga uzog'i 1 yoki 3 kungacha yordam bera oladi.Avvalgi holatingizga qanday tushib qolganingizni bilmay qolasiz.
-Shu sababli motivatsion aforizmilar tomon harakat qilishdan qisman cheklaning.
-INTIZOMNI o'zingizda shakllantiring.Kunlik rejangizni yozgan holda bajarishni boshlang.
-Masalan: Kamida 20 bet kitob o'qishni rejalashtiring va uni amalga oshiring.
🧠INTIZOM - maqsad va muvaffaqiyat o'rtasidagi ko'prikdir deb ta'kidlagan Thompson Uz asoschisi Shaxzod Bahodirov.
✈️@MAQSAD
❗Ko'pchilik gapiradi,biroq ozchilik bacharadi.
-Universitetlardan birida doktor talabalardan so'radi: "Agar daraxtda 4 ta chumchuq qo'nib turgan bo'lsa,ulardan 3 tasi uchishga qaror qilsa,daraxtda nechta chumchuq qoladi?"
-Talabalarning hammalari:"Bir dona qoladi"- deyishdi.
-Biroq bir talaba: "Daraxt shoxida 4 ta qoladi" -dedi.
-Hamma hayratda qoldi.
Ustoz qanday qilib? - deb so'radi.
Shunda o'quvchi: "Ustoz siz uchishga qaror qilsa dedingiz,uchib ketdilar demadingiz.Bir ishga qaror qilish o'sha ishni bajarib bo'linganini anglatmaydi.
-Darhaqiqat o'quvchi to'g'ri gapirgan edi.Bu hikoya ba'zi shaxslarning hayotini qisqacha ifoda etadi.O'sha shaxslar turli shiorlar,balandparvoz gaplar bilan yurishadi.Majlislarda, do'stlar davrasida ularga quloq solsangiz ularni yulduz deb o'ylaysiz.Lekin hayotlari aytayotgan so'zlaridek emas.
-Ko'pchilik gapiradi.Lekin oz odam amal qiladi.Sizning bir narsani qaror qilishingiz bilan bajarishingiz o'rtasida farq bor.
➖Nozimjon Hoshimjon
✈️@MAQSAD
⚡Bir kuni albatta yutasiz
Futbolda meni hujumchi qilib qo’ygan jamoa yutqazardi. Darvozabon qilgan jamoa yutardi.
CS da kimgadur yutqazsam, ketidan strategiya o’ynab yutib qo’yardim.
Kasblarni ham shunday o’xshataman. Ba’zilarida bemalol yuta olasiz. Ba’zilarida faqat yutqazasiz.
O’n yillab bitta yo’nalishda ketar ekansiz, bu o’yinda yuta olasizmi, yo’qmi oldindan bilib olish kerak.
Kasb tanlayotganda iqtidoringizga qarang. Natijalaringiz o'rtadan yuqorimi? O'rganish tez ketyaptimi? BIG five, PAIE testlari bo'yicha sizga mosmi?
Duch kelgan fakultetlarga kirib ketmang, pul topilarkan deb kasb tanlamang. Mayli izlanishga bir yil ketsin. O’yin oson bo’lsa keyingi yillar bilinmay o’tadi.
Topib bo’ldingiz-mi? Endi to’xtamang. Atrofdagilar yutayotgani sizni chalg’itmasin. Stol tennis partiyasiga 10 daqiqa ketadi. Futbol esa bir soatsiz tugamaydi. Hammani o’yini har xil. Yaxshi bo’lsangiz bir kun albatta yutasiz.
➖ Aziz Rahimov
✈️ @MAQSAD
🔥 RUHLANTIRUVCHI SO'ZLAR
"Siz kelajagingizni o'zgartira olmaysiz. Ammo odatlaringizni o'zgartirishingiz mumkin. Sizning odatlaringiz kelajagingizni o'zgartiradi."
- Abdul Kalam
● "Bizning eng katta kamchiligimiz taslim bo'lishdir. Muvaffaqiyatga erishishning eng aniq usuli - har doim yana bir bor urunib ko'rish."
- Tomas Edison
● "Odat zanjirlari juda yengil, ularni sindirish juda og'ir"
- Uorren Baffet
✈️ @MAQSAD
Intizomlilar kanalimizda Alhamdulillah 500 tadan oshdik! Endigina 1 ta post tayyorlab tashlaganmiz.
2 - postni INTIZOMLILAR 1000 tadan o‘tsa tashlaymiz Nasib qilsa👌
INTIZOMLILAR 🫡
🦋 OLTINDEK QIMMATLI FIKRLAR
● Bir xil harakatni takrorlayverib, undan har xil natija kutish aqlsizlikdir;
● Harakatsizlikning asosiy sababi fikrlamaslikdir;
● Iste'dodsiz bola yo‘q, e'tiborsiz ota - onalar bor, xolos;
● Kitob o‘qish fikrlashga o‘rgatadi;
● Atrofimizda sizdan ham fazilatli odamlar borligini unutmang;
● Rahbarning obro‘si uning shaxsiy ibratidadir;
● Johillik ilmsizlikdan, boshqalarning qalbini, fikrini, qadrini bilmaslikdan boshlanadi!
✈️ @MAQSAD
🐾 TAJRIBA
MUVAFFAQIYATLARGA erishgan bir kishidan so‘rashdi:
- Ushbu muvaffaqiyatlarga qanday erishgansiz?
- To‘g‘ri qarorlar qabul qilish sababli, - deb javob berdi omadli odam.
- Qarorlaringiz to‘g‘ri ekanini qayerdan bilgansiz? - deb so‘rashdi.
- Tajriba bilan, - deb javob berdi.
- Bu tajribani qanday hosil qilgansiz? - so‘rashdi.
- Xato qarorlar sababli, - deb javob berdi!
Xulosa: Hech qachon xato qilmaslikning iloji yo‘q, ammo shu xatoning xato ekanini anglab yetib, uni qayta takrorlamaslikning iloji bordir!
"Liderlar kitobidan"
✈️ @MAQSAD
🔖ENERGIYAMIZNI KO'PAYTIRAMIZ
MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH:
Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.
ODAMLARGA FOYDANGIZ TEGSIN:
Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!
MAKSIMUM XARAKAT:
Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!
MEDITATSIYA:
30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.
MAQSAD QO'YIB, UNI AMALGA OSHIRISH:
Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.
️AYNI DAMDA YURAGINGIZ JIZ ETGAN ISHNI QILING:
Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan shug'ullaning.
✈️ @MAQSAD
O'zingizni kashf eting
Har bir Lider avvalo o'zini o'zi kashf qilishi lozim. Ya'ni o'zini kuchli tarafini izlanib topishi kerak.
Hayotda kimgadir taqlid qilib yashamasdan o'zligini yaratishi lozim. Shundagina sizga kimdir ishonadi va ergashadi.
O'zizga savol bering, sizning kuchli tomoningiz nimada? O'sha hislatingiz ustida ko'proq ishlang. Ko'pchilik sizga aytadi zaif tarafingni top va uni kuchaytir deb. Siz uni teskarisini qilib ko'ring. Inson hamma sohada bir hil kuchli bo'la olmaydi, shunday ekan bitta kuchli tarafingizni ustida ko'proq ishlang.
Bryus Lee aytgan: Men 1000 xil usulda urushni bilgan insondan qo'rqmayman, balki bitta urush usulini 1000 marta takrorlagan insondan qo'rqaman.
- Otabek Hasanov
✈️ @MAQSAD
FIKRLARINGIZGA E'TIBOR BERING...
🧠 Fikrlaringizga e'tiborli bo‘ling, chunki ular harakatga aylanadi.
🧠So‘zlaringizga e'tiborli bo‘ling, chunki ular harakatga aylanadi.
🧠Harakatlaringizga e'tiborli bo‘ling, chunki ular odatga aylanadi.
🧠Odatlaringizga e'tiborli bo‘ling, chunki ular sizning haraktiringizga shakllantiradi.
🧠 Haraktiringizga e'tiborli bo‘ling, sizning taqdiringizni belgilaydi.
Tashqaridan ko‘rinadigan muvaffaqiyatli hayot aslida ichkaridagi qiyinchiliklar va sog‘lom fikrlardan boshlanadi.
✈️ @MAQSAD