maqsad | Unsorted

Telegram-канал maqsad - Maqsad 🎯

4134

"Katta yo'llar kichik qadamlar bilan bosib o'tiladi. Maqsadni katta qo'ying...!"

Subscribe to a channel

Maqsad 🎯

🔝DIQQATINGIZNI JAMLASH UCHUN TAVSIYALAR

1. Samaradorlikni oshiring: Haqiqiy samaradorlik ko‘proq ish qilish emas, bu eng muhim vazifani chuqur diqqat bilan bajarish va natijalarga erishishdir. Biror vazifani samarali ravishda bajarish uchun diqqatingiz talab qilinadi.

2. Diqqatni bo‘ysundiring: diqqatni chalg‘itish diqqatning asosiy dushmanidir. Rejangizni tuzing va chalg‘ituvchi omillarni bartaraf etish uchun vaqtni taqsimlang.

3. Faqatgina bir vazifani tugatganingizdan so‘ng keyingisiga o‘ting. Ko‘p vazifa - bu ko‘proq xato. Diqqatingizni bir vazifaga qaratib tamomlang.

4. Faqat vaqtingizni emas, balki energiyangizni ham nazorat qiling: ko‘proq diqqatni jamlash uchun kun davomida energiya darajasini boshqaring. Energiyangiz eng yuqori cho‘qqisiga chiqadigan vaqtlarda qiyin vazifalarni bajaring.

9. "Yo‘q" so‘zini ishlata oling: O‘zingizga to‘g‘ri kelmaydigan savollar va chalg‘itadigan vazifalarga "yo‘q" deyishni o‘rganing.

⚪️Kichik g‘alabalar va muhim qarorlarni nishonlang. Xatolardan saboq oling.


✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Икки нафар вояга етмаган фарзанднинг отаси Баҳодир Авезметов жигар церрозидан вафот этганини айтгандик.

У кишининг вафотидан кейин кўпчилик оиласига ёрдам бериш истагини билдирди.

Баҳодир ака бўлиб тўлашга уйига мебел харид қилган, ўзи юргизаётган компьютер хизматлари шахобчасига техника олиш мақсадида кредит олган.

Кредит олиш жараёнида ўзи яшаб турган уйни гаровга қўйган. Қилган иши нотўғрилиги аниқ. Лекин айни пайтда уй мусодара қилинмаслиги учун қарзни ёпиш зарур.

Ўтган сафар операцияга деб йиғилган пулнинг бир қисми дафн маросими харажатларига, бир қисми мебелдан қарзга тўланди.

Энди кредит қарзини ёпиш ва етим қолган гўдакларнинг ўз уйларида яшашларига кўмаклашиш зарур.

Пулни ўзимизга тегишли картага йиғамиз ва марҳумга тегишли қарзни ёпиб, сизларга ҳисоботини берамиз.

Саховатли юртдошларимизга мурожаат қиламиз, гўдаклар уйсиз қолмаслиги учун оз бўлса ҳам ёрдамингизни аяманг.

UzCard Agrobank (UnionPay):
6262570031613914
UzCard Kapitalbank(Visa):
4278320024650508
Xudayberdiyev Temur номида.

Читать полностью…

Maqsad 🎯

YODINGIZDA BO‘LSIN

👤Insonlarga emas, orzularingizga ergashing. Sizni intilishlaringizga eltadigab yo‘ldan boring va boshqalarning fikri yoki takliflariga aldanib qolmang.

🙂Xatolaringizdan saboq oling va xato qilishdan qo‘rqmang. Har bir xato o‘sish va rivojlanish uchun imkoniyatdir. Faqat olg‘a intiling.

📊Hech qachon orzu qilishdan to‘xtatmang. Sizning orzularingiz sizni kuchaytiradi. Tasavvuringiz olam-olam bo‘lsin va sizni yangi qadamlar sari yetaklasin.

💡Siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq narsaga qodirsiz. O‘z qobiliyatlaringizga ishoning, qiyinchiliklarni qabul qiling. Sizda har qanday to‘siqni yengib o‘tishga kuch bor.

⚪️Muvaffaqiyatsizlik va tartibsizliklarga qaramay, boshingizni tik tuting. Nima bo‘lishidan qat‘iy nazar, irodangizni yo‘qotmang.

📤Hammasi yaxshilikka va Alloh nimani xohlasa o‘sha bo‘ladi - deya davom eting.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🎤Qaror qabul qilishda qiynalayapsizmi?

Tanlovga duch kelganingizda qaror qabul qila olmasangiz, sizda vahima paydo bo‘lishi mumkin. "Noqulaylik, umidsizlik, xijolat, kechikish uchun aybdorlik hissi. Bu his-tuyg‘ular bora-bora ga‘zabga aylanishi mumkin" -deydi mutaxassis.

💡Ajablanarlisi shundaki, siz qanchalik ko‘p ikkilansangiz, qo‘lingizdan hech nima kelmasligiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan siz hali ham kimdir siz uchun qaror qabul qilishini kutasiz.

👤 Eng achinarlisi, siz tobora mas‘uliyatsiz insonga aylanasiz. Hamma holatlarda kechikish, o‘kinish hissi kabilarga duch kelasiz.

➡️Qanday yechim bor?

Tavakkal qilishdan qo‘rqmang!
O‘zingizni sinab ko‘ring va g‘alabalaringizni nishonlang. Siz qabul qilgan har bir qaror - g‘alaba kabi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. O‘zingiz uchun bir insonni tanlab, o‘rnak qilib oling. Qaror qabul qilayotganda o‘zingizdan so‘rang: "Ular mening o‘rnimda nima qilgan bo‘lardilar ?"

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

☕️ Tonggi vazifalarim 1/2

● Namozni to‘kis ado qiling
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔥VAQTIDA MAS‘ULIYATLI BO‘LING

⚪️Bizning hayotimiz uchun eng kuchli va muhim qarorlardan biri bu - mas‘uliyatni qo‘lga olishdir. Demak, biz kelajagimizning bosh me’morlari ekanimizni anglab, qabul qilgan qarorlarimiz, harakatlarimiz va natijalarimiz uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak.

Eng muhimi bizlasizmi? Bu hayotimiz uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmamizga olish hisoblanadi. O‘zimizning baxtli va muvaffaqiyatli hikoyamiz muallifi bo‘lishimizga imkon beradi.

👥Biz hayotimiz bizning mas‘uliyatimiz ekanligini tushunamiz va faqat biz buni o‘zimiz xohlagan tarzda nazorat qila olamiz.

📤Ishoning, siz ko‘p narsaga qodirsiz.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝Sog‘lom turmush tarzini qanday boshlash kerak?

⚪️Sog‘lom turmush tarzi - bu sizning motivatsiyangiz, kayfiyatingiz va umumiy mehnat unumdorligingizga bog‘liq bo‘lgan narsadir.

💡Sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun siz biron bir vazifani boshlashingiz kerak. Bunda sizga yordam beradigan asosiy narsalar ro‘yxati:

1. Har kuni yengil tarzda yurish. Yengil havoda yurish tanamizni harakatga keltiradi va o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradi.

2. Uyg‘onganingizdan so‘ng darhol bir stakan suv iching. Bu oshqozon faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

3. Ish yoki o‘qishdan keyin to‘g‘ri dam olish. To‘g‘ri dam olish telefon yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishni anglatmaydi, sukut saqlash yoki toza havoda sayr qilish bundan ming karra yaxshiroqdir.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

☕️ Tonggi vazifalarim 1/2

● Namozni to‘kis ado qiling
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔗 Odam o‘z hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi.

Vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? O‘zingizda mavjud bo‘lgan kunlarni qadrlaysizmi? O‘zlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat. Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas:

«Maqsadsiz o‘tkazilgan yillar maqsad belgilab olgan ma'qul ekanini ko‘rsatdi».

Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

‣ Noliydilar


Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib ko‘rsatishadi. Istalgan kishi, faqat o‘zlari emas. Aslida barchasiga ularning o‘zi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini o‘z qo‘llari bilan yaratuvchi inson bo‘ling.

Hayotlarini zerikarli ko‘rinishga keltirishadi

Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yo‘q aylana bo‘ylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yo‘l bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni ta'minlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli bo‘ladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni o‘zgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yo‘ldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

‣ Kelajak uchun rejalari yo‘q

Buyuk kishilar o‘z oldilariga buyuk maqsadlarni qo‘yadilar. Hayotda biror nimaga erishishni o‘ylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

‣ Uyqu va hordiq rejimi yo‘q


Ko‘pchilik muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga e'tibor berishmaydi

Tanamiz bizga umr bo‘yi xizmat qiladi. U haqida qayg‘urish va uning yaxshi holatda bo‘lishi uchun harakat qilish lozim. O‘z salomatligiga bee'tibor bo‘lgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq to‘lashadi.

‣ Aqllarini mashq qildirishmaydi

Aqlimiz doimiy ravishda yangi ma'lumot va bilimlar ko‘rinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni o‘rganmay qo‘yishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

‣ Biror narsa bilan vaqtni o‘ldirish uchungina shug‘ullanishadi

Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashg‘ulotlar bilan to‘lgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni o‘qish, haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan biror narsa haqida ma'lumot olishning yomon tomoni yo‘q. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan to‘ldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni o‘rganish kerak. Ana o‘shanda hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

‣ Biror narsani o‘zgartirishdan cho‘chiydilar

Yangi va noma'lum narsalardan qo‘rqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qo‘rquvni yengishni o‘rganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani o‘zgartirish kerakligini tushungan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. O‘zingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.
Kun. uzdan olindi.

@Maqsad 🎯

Читать полностью…

Maqsad 🎯

HISSIYOTLARGA YENGILMANG

⚪️To‘xtang va diqqatingizni jamlang. Siz tuyg‘ular qurshovida bo‘lsangiz, o‘zingiz nimani xohlayotganingizni tushunishingiz juda qiyin.

🧠 Agar his-tuyg‘ular ijobiy bo'lsa, biz o‘zimizni juda yaxshi his qilamiz, lekin qayg‘u va tashvish bizni qurshaganda, bunday his-tuyg‘ular sizni tezda nazoratdan chiqarib yuborishi mumkin.

🙂Tabassum qiling! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabassum kunlik bajaratotgan vazifalaringizga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tabassum ham stressni kamaytiradi.

➡️Tasavvur qilish. Bu sizning his-tuyg‘ularingizni boshqarishga yordam beradigan tinchlantiruvchi va tasalli beruvchi texnikadir. Tasavvur qilish ko‘p narsani talab qilmaydi, lekin bu salbiy fikrlarni ijobiy fikrlarga aylantirishga yordam beradi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝 DIQQAT!

Kitob oʻqishni odatga aylantirmoqchimisiz;
Xotirangizni kuchaytirmoqchimisiz;
Aql-zakovatingizni oshirmoqchimisiz
Maʼlumotlarni qanday saqlash yoʻlini bilmoqchimisiz?

🫵Unda aynan sizni ertaga Juma kuni soat 20:00 da boʻladigan MNEMONIST MASHHURA AMONOVAning Mnemonika boʻyicha beradigan bepul Veninariga taklif etamiz!

▶️ Bu kanalda siz hotirani kuchaytirish boʻyicha beriladigan bir qancha ajoyib bilimlardan bahramand boʻlasiz! Hamda kitobni toʻgʻri oʻqish texnikasini oʻrganasiz.

➡️ Shunday ekan, hoziroq kanalga obuna boʻling va bizga qoʻshilib qobiliyatingizni sinab koʻring!

  @XOTIRA_PRO

Читать полностью…

Maqsad 🎯

☕️ Tonggi vazifalarim 1/2

● Namozni to‘kis ado qiling
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Борлиқ ҳақидаги энг тирик билимлар сизга керакми?

💫 Қалбан ривожланишни ва орзуларингизни ҳаётингизга олиб киришни истайсизми.

Ундай бўлса сизга Манзура Абдуллаева зарур.
Ёш парапсихолог ва олима аёл ҳозирги кунда 1000 зиёд инсонларни қалбан ривожланишига ёрдам берган.

💥 НамДу докторанти, Зулфия мукофоти соҳибаси, «Қутқарувчи-Мен», «Уйғониш» лойиҳалари асосчиси.

👇 Пастдаги «линк» тугмасини босинг. Бу сиз учун ўзгариш нуқтаси бўлиши мумкин.


/channel/+L0nKHYBGpgA5OTVi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

MUVAFFAQIYATLI INSONLAR

💡Biz ko‘p holatlarda muvaffaqiyatli insonlarning natijalarini ko‘ramiz. Darhaqiqat, biz aysbergning katta qismini sezmaymiz.

Omad va muvaffaqiyat.

Biz omad va muvaffaqiyatni bir xil deb o‘ylaymiz. Ammo omad - bu tasodifiy, noma‘lum, vaqtinchalik, inson nazorati ostida bo‘lmagan narsa.

Muvaffaqiyat - rejalashtirilgan, hisoblangan, qo‘lga kiritilgandir. Baxtli odamlar atrofida bo‘lish yoqimli.Ammo ularga hasad nigohida nazar tashlash xato hisoblanadi.

⚪️Biz hammamiz ikki toifaga bo‘linamiz.

1. Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini tashqi omillar bilan bog‘laydiganlar: mamlakat da sharoit yo‘q, oilam tinch emas, atrofdagilar to‘g‘ri emas, turmush o‘rtog‘im yaxshi emas, vaqt tez ketyapti.

2. O‘z hayotiy faoliyati
natijalari uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oladiganlar: "Mening harakatlarim, mening kuchli va zaif tomonlarim, mening bilimlarim, ko‘nikmalarim, qobiliyatlarim, xatolarim - bularning barchasi meniki va menga bog‘liq".

📤Siz qaysi toifadasiz?

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

💥Siz buni bilarmidingiz? Qanday qilib kitoblarni esda qolarli holda o‘qish mumkin?

🆓 O‘qish uchun o‘zingizga qulay joy va vaqtni toping.

O‘zingizga sokin joyni tanlang, shunda diqqatingizni faqatgina o‘qishga qarata olasiz. Bundan tashqari, o‘zingizni hushyor his qiladigan vaqtni tanlang. Sababi, sizda turli xil holat bo‘lishi mumkin.

💜 O‘qish uchun maqsadingizni aniqlang.

O‘qishni boshlashdan oldin, kitobdan nimalarni olishingiz haqida fikrlang. Bu yangi bilim olish, ko‘nikmalarni rivojlantirish yoki shunchaki dam olish uchun bo‘lishi mumkin.

💡 Faqatgina o‘qimang.

Faqat o‘qimang, balki o‘qish jarayonida targ‘ib qila oling. O‘zingizga savollar bering, tafsilotlarga e‘tibor bering va tarkibni tahlil qiling. Qisqasi hayotingizga moslashtirgan holda mushohada yuriting.

👥 Kitobni boshqa insonlar bilan muhokama qiling.

O‘qiganlaringiz haqida boshqalar bilan suhbatlashish sizga kitob mazmunini yaxshiroq tushunishga va yangi g‘oyalarga ega bo‘lishga yordam beradi.

➡️Qaysi kitob sizning xotirangizda o‘chmas iz qoldirgan?

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝KUN TAVSIYALARI

⚪️Agar orzuyingiz bo‘lsa, uning ortidan boring, chunki u sizning oldingizga harakatsiz kelmaydi.

⚪️ Agar siz haliyam o‘tmish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, oldinga siljolmaysiz.

⚪️ O‘zingizni rivojlantirish bilan shunchalik band bo‘lingki, sizni o‘sishingizdan chalg‘itadigan hech narsaga yoki hech kimga e‘tibor berishingizga vaqtingiz qolmasin.

⚪️ Kamroq gapiring, ko‘proq eshiting. Hamma narsaga ham o‘z munosabatingizni bildirishingiz emas.

⚪️ Hech qachon kurashishdan uyalmang. O‘zingiz xohlagan narsaga erishish uchun ko‘p mehnat qilishdan uyat yo‘q.

💡Eslab qoling:
Odamlarning fikri sizning extiyojlaringizni qondirmaydi.

⚪️Ba‘zilar sizni o‘zgarganingiz uchun gapirishadi. Boshqalar sizni o‘sib borayotganingiz uchun gapirishadi. O‘z fikringizni doimo oldinga qo‘ying.

⚪️ Kurash vaqtinchalik, qurbonliklar g‘alaba uchundir. Uzoq muddatli g‘alaba uchun qisqa muddatli yoqimli ishlardan voz keching. Diqqatni jamlang va sabrli bo‘ling.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

KELAJAKDAN QO‘RQASIZMI?

💡Hozirgi kunda qaysi faoliyat sizni qiziqtirishini aniqlashingiz muhim. Kelajak haqidagi qo‘rquvlar sizning orzularingiz va rejalaringizga xalaqit bermasligi juda muhimdir. Aks holda, qo‘rquvga yengilsangiz, o‘zingizning xohishingiz va qobiliyatingiz bir chetda qolishi mumkin.

Yoshi kattalar hayotidan saboq oling. Chunki ularning boshidan kechirgan hayotlarini, yaqinidan ham o‘tmagan bo‘lishingiz mumkin. Voyaga yetganlar vaziyatlarni hal qilish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega. Bolalar esa hamma holatda ota-onasiga tayanishi kerak.

🗣️Siz kelajakdagi qiyinchiliklar haqida o‘ylamang. Balkim o‘ylasangiz, siz kelajak haqida qaror qabul qilish uchun mas‘uliyatni his qilishingiz ham mumkin.

Kelajak hozir qanday ko‘rinmasin, u hali kelmagan va u qanday bo‘lishini o‘zingiz tanlashingiz mumkin.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔥O‘z-o‘zini tanqid qilish - bu o‘ziga bo‘lgan ishonchni susaytiradigan va rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan ichki ovoz hisoblanadi.

Ammo siz to‘g‘ri uslublar bilan birovlarning tanqidini yengishingiz mumkin. Keling, samarali usullarini ko‘rib chiqamiz:

⚪️ Ogohlik va qabul qilish.
Birinchi qadam, tanqid sizning borlig‘ingiz emas, balki sizning bir qismingiz ekanligini tushunishdir. Ushbu haqiqatni qabul qilish, tanqidni o‘zini-o‘zi qoralashdan farqlashga yordam beradi.

⚪️ Tanqidchi bilan suhbat.
U insondan nima uchun bunday fikrda ekanligini so‘rang va vaziyatga nisbatan bosiqlik asosida o‘z fikrlaringizni bildiring.

⚪️ Tanqidni qayta ko‘rib chiqish.
Tanqidni o‘zingiz uchun maslahatga aylantirishga harakat qiling. Misol uchun, "men hamma narsani yomon qildim" o‘rniga o‘zingizga "keyingi safar men yaxshiroq qila olaman, agar ..." deb ayting.

⚪️ Haqiqiy maqsadlarni belgilang.
Haqiqiy bo‘lmagan maqsadlar ba‘zida o‘z-o‘zini tanqid qilishni kuchaytirishi mumkin. O‘zingiz uchun erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni qo‘ying, shunda ularni bajarishda ishonchingiz komil bo‘ladi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

ℹ️ Tonggi vazifalarim 2/2

‣ Har kuni soat 5:30 da uyg'onish;
‣ O‘z yotog‘imni yig'ishtirib qo‘yish;
‣ 2 stakan iliq suv ichish;
‣ 15 daqiqa badantarbiya;
‣ 15 daqiqa fikrlarni qog‘ozga yozish;
‣ Kunni ehson bilan boshlash;
‣ Saharda 15 bet kitob o‘qish;
‣ Ota - onam oyoq kiyimlarini tozalab qo‘yish;
‣ Nonushtadan ketin tishlarimni yuvish;
‣ Ko‘chaga chiqishdan oldin ota onamdan duo olish!

Читать полностью…

Maqsad 🎯

💡STIV JOBS FIKRLARI

U bu fikrlarni - og‘ir kasallikdan vafot etishidan oldingi so‘nggi kunlarda so‘zlab o‘tgan.

⚪️ Farzandlaringizni boy qilib o‘stirmang, baxtli ulg‘aysin. Ular ulg‘aygach, narsaning narxini emas, qadrini bilishadi.

⚪️ Ovqatlarni dori sifatida iste‘mol qiling. Aks holda, kelajakda dori-darmonlarni oziq-ovqat sifatida iste‘mol qilishingiz kerak bo‘ladi.

⚪️ Haqiqiy sevadigan inson sizni hech qachon tark etmaydi , garchi u sizni tark etish uchun yuzta sabab bo‘lsa ham - u doimo qat‘iyatli bo‘lish va qolish uchun bitta sabab topadi.

⚪️ Odam bo‘lish bilan insonparvarlik o'rtasida katta farq bor.

⚪️ Agar siz tezda maqsadga erishishni xohlasangiz, yolg‘iz boring . Ammo uzoqqa borishni istasangiz, birga boring.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝KUCHLI INSONNING QOIDALARI

🕸 Qo‘rqishni bas qiling! Albatta insonlardan yoki hodisalardan. Qo‘rquvni tahlil qiling va faqatgina Allohdan qo‘rqing! Qo‘rquvlaringizni yengishingiz uchun : "Qo‘rquvni fantastik film deb tasavvur qiling. Vaholanki, fantastik filmlar mavjud emas".

🌙 O‘tmishda yashamang! Esingizda bo‘lsin - hammasini qaytadan boshlash uchun hech qachon kech emas. Ammo o‘zgarishni boshlashingiz uchun siz o‘tmishdan voz kechishingiz kerak. O‘tmishdagi yo‘qotishlar va muvaffaqiyatsizliklar yuki bilan yashamang. Hammasi allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan. Bugun uchun yashang.

💡 O‘zingiz qilgan xato ishingiz uchun kuchingizni sarflamang! Bu energiyani butunlay yo‘q qilish ekanligini tushuning. O‘ziga achinish va norozilik hissi sizni yo‘q qila boraveradi. Agar o‘tmishda kimdir sizni xafa qilgan bo‘lsa, hozir o‘zingizni jazolash ahmoqlikdir.

⚪️ O‘zingizni qanday his qilishingizdan qat‘i nazar, boshingizni tik tuting va siz boysiz. Chunki Alloh taolo sog‘ligingizni berib turibdi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

ℹ️ Tonggi vazifalarim 2/2

‣ Har kuni soat 5:30 da uyg'onish;
‣ O‘z yotog‘imni yig'ishtirib qo‘yish;
‣ 2 stakan iliq suv ichish;
‣ 15 daqiqa badantarbiya;
‣ 15 daqiqa fikrlarni qog‘ozga yozish;
‣ Kunni ehson bilan boshlash;
‣ Saharda 15 bet kitob o‘qish;
‣ Ota - onam oyoq kiyimlarini tozalab qo‘yish;
‣ Nonushtadan ketin tishlarimni yuvish;
‣ Ko‘chaga chiqishdan oldin ota onamdan duo olish!

Читать полностью…

Maqsad 🎯

SALBIY FIKRLASHDAN QOCHING

🎤Qanday qilib salbiy fikrlardan qochish mumkin? Keling tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

⚪️ Ehtiyotkor bo‘ling!

Hozirda boshdan kechirayotgan turli-xil holatlaringizga nisbatan sovuqqon bo‘ling. Chunki hissiyotni jilovlash juda muhim. Vaholanki inson hissiyotga boydir.

⚪️ Fikrlarni yangilang!

Qanday qilib fikrlani yangilash ya‘ni ijobiylashtirish mumkin?
Ma‘naviy fikrlashga undaydigan kitoblarni mutolaa qiling. Agarda kitob o‘qishga xohishingiz bo‘lmasa, internetda podkastlar juda ham ko‘p.

⚪️ Tushkunlikka tushmang!

Siz tushkunlikka tushgan bo‘lishingiz mumkin. Lekin siz ijobiy fikrlaydigan bo‘lsangiz, ular sizning ongingizga kirib boradi va bir muncha vaqt o‘tgach, kayfiyatingiz yaxshilanadi.

📤 Tushkunlikni yengishning eng yaxshi yo‘li bu - Allohga qaytishdir!

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Maqsad sari ustozlar bilan birga qadam tashlang!

"Maqsad sari" marafonining ikkinchi mavsumi 11-fevraldan boshlanadi! Unda 21 kun davomida birgalikda uchta kitob o'qiymiz va ustozlar: Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Muhammad Odil Hamid, Qamariddin Bekmuhammad va G'iyosiddin Yusuf bilan suhbat bo'ladi.

Marafon shartlarini bajargan 3 kishi sertifikat va homiy tomonidan pul mukofoti bilan, yana 7 kishi sertifikat bilan taqdirlanadi!

1-o'ringa: 500 ming so'm.
2-o'ringa: 300 ming so'm.
3-o'ringa: 200 ming so'm.

Marafonda ishtirok etish: 21 ming so'm.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin

@Maqsadsari_marafon

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🧠MIYA FAOLIYATI QANDAY BUZILADI?

Surunkali uyqusizlik.

Har bir inson bu muammoga duch keladi. Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrda o‘rtacha uyqu vaqti 20% ga kamaydi. Biror kishi uyqusiz bo‘lgan holatda, uning miyasining ba‘zi qismlari surunkali sekin uyquga o‘tadi. Natijada, nozik qobiliyatlari va biror narsaga diqqatni jamlash qobiliyati yo‘qolib boradi.

🕸Stress.

Kuchli stress voqealar ketma-ketligini tushunish va uning sabab-oqibatlarini o‘rganish uchun mas‘ul bo‘lgan nervlarni buzadi. Surunkali stress miyaning intellektual faoliyatini sezilarli darajada pasaytiradi.

☀️Ertalab nonushta qilmaslik.

Nonushta qilmaslik tufayli odamning ish samaradorligi pasayadi. Shubhasiz, bu holda, tanada energiya yetishmaydi, ammo buning sababi qondagi qand miqdorining pasayishida, bu esa ozuqa moddalarining miyaga yetib borishini qiyinlashtiradi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

ℹ️ Tonggi vazifalarim 2/2

‣ Har kuni soat 5:30 da uyg'onish;
‣ O‘z yotog‘imni yig'ishtirib qo‘yish;
‣ 2 stakan iliq suv ichish;
‣ 15 daqiqa badantarbiya;
‣ 15 daqiqa fikrlarni qog‘ozga yozish;
‣ Kunni ehson bilan boshlash;
‣ Saharda 15 bet kitob o‘qish;
‣ Ota - onam oyoq kiyimlarini tozalab qo‘yish;
‣ Nonushtadan ketin tishlarimni yuvish;
‣ Ko‘chaga chiqishdan oldin ota onamdan duo olish!

Читать полностью…

Maqsad 🎯

💥YORDAM SO‘RASHDAN UYALMANG

Avvalambor nimagadir muhtoj bo‘lsangiz Allohdan so‘rang!

👤Yordamga muhtoj bo‘lganingizda o‘zingizni noqulay his qilasiz. Masalan: siz odamlarga yuk bo‘lishingiz yoki ular sizni hatto rad etishlari mumkinligi haqida o‘ylaysiz. O‘z-o'zidan shubhalanish hissi paydo bo‘ladi.

⚪️Agar siz yordam so‘rashdan bosh tortsangiz, ular sizga yordam kerakligini bilishmaydi.

💡Bu holatga yechim: to‘g‘ri tarzda so‘rashni o‘rganing. Agar notanish odamlardan yordam so‘rash qiyin bo‘lsa, yaqinlaringizdan boshlang.

🎤Dunyo siz o‘ylagandan ko‘ra do‘stona ekanligini bilib olasiz. Odamlar kamdan-kam hollarda rad etadilar.

Eng yaxshi yo‘l: Allohdan so‘rang! Chin dildan so‘rasangiz insonlar yoki hodisalar sizning xohishingizga qarab o‘zgaraveradi. Allohdan so‘raganingizda bandasi hech narsaga qodir emasligini bilib olasiz.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🐾EHTIYOT BO‘LING

💡Xitoylarda bir maqol bor: "It bilan yotsang, burga bilan uyg‘onasan".

-Siz uzoq vaqt aloqada bo‘lgan insonlarning ta‘siridan qochib qutula olmaysiz.

-Agar siz har kuni telefon va televizor qarshisida ko‘p vaqt sarflasangiz maqsadingizni unutishingiz mumkin.

-Agar siz vaqtingizni salbiy, baxtsiz,ishyoqmas insonlar bilan sarflasangiz siz ham oxir-oqibat o‘sha odamga aylanib qolasiz.

Agarda muhitingizni ajoyib insonlar bilan boyitsangiz siz maqsadingizga erishib bo‘ldim deb hisoblayvering.

⚪️Darhaqiqat, atrofingizda yoki oilangizda shu kabi insonlar bo‘lsa faqatgina xulosa chiqaring. Bu ish to‘g‘rimi? O‘zimga yoki jamiyatga foydasi tegadimi? -degan savollarga javob izlang.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔔ALLOH O‘ZI ASRAYDI

🖱️Darhaqiqat, Alloh doimo bizni
O‘z panohida saqlaydi. U zot bizga tanlash imkonini bergan. Ya‘ni hayotimizga kiradigan insonlarni o‘zimiz tanlaymiz. Biroq ulardan ozor yetganida bizni yaxshi ko‘rgan Rabbimiz dilimizni ranjitganlarni O‘zi yonimizdan uzoqlashtiradi.

🖋Shu o‘rinda menga yoqadigan
bir iborani keltirishni joiz topdim: "Alloh ba‘zan xayrsiz narsani, o‘rniga xayrlisini berish uchun, olib qo‘yadi."

⚪️Lekin buning ma‘nosini hali
ham anglab yetolmaganimiz bor gap. Chunki "Qanchalik ko‘p duo qilsak ham, qabul bo‘lmayapti", deb noliganlarni ko‘p ko‘rganman.

Shoshqaloqlik qilmang. Yana biroz kuting. So‘rovlarimiz javobsiz qolayotgani sizni Alloh unutib qo‘ydi degani emas, aksincha, duolarimiz evaziga ajri savoblar olyapmiz.

-Noumid shayton.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

ℹ️ Tonggi vazifalarim 2/2

‣ Har kuni soat 5:30 da uyg'onish;
‣ O‘z yotog‘imni yig'ishtirib qo‘yish;
‣ 2 stakan iliq suv ichish;
‣ 15 daqiqa badantarbiya;
‣ 15 daqiqa fikrlarni qog‘ozga yozish;
‣ Kunni ehson bilan boshlash;
‣ Saharda 15 bet kitob o‘qish;
‣ Ota - onam oyoq kiyimlarini tozalab qo‘yish;
‣ Nonushtadan ketin tishlarimni yuvish;
‣ Ko‘chaga chiqishdan oldin ota onamdan duo olish!

Читать полностью…
Subscribe to a channel