maqsad | Unsorted

Telegram-канал maqsad - Maqsad 🎯

4134

"Katta yo'llar kichik qadamlar bilan bosib o'tiladi. Maqsadni katta qo'ying...!"

Subscribe to a channel

Maqsad 🎯

💥MAYDA NARSALAR HAQIDA O‘YLAYVERMANG

💡Buyuk Britaniyaning mashhur davlat arbobi Dizraeli shunday degandi: "Xayolingizni oliy narsalar haqidagi fikrlar bilan to‘ldiring, zero, hech kim fikrlaridan oliyroq narsaga yetisha olmaydi".

👤Bu so‘zlarda katta ma‘no bor. Ular muallifning oqilona fikrini bayon qiladi: hayotdagi muvaffaqiyatsizliklaringizning sababi sizning qanday ekanligizda emas, balki siz o‘zingizni qanday tasavvur qilmasligingizdadir. Qalbingizda sodir bo‘layotgan holatlar sizga istagan narsangizni olishga imkon bermaydi. Siz bu ajoyib fikrni chuqur anglab yetsangiz va xayolingizni sizga xalaqit beradigan mayda fikrlardan xalos qilsangiz, o‘sha zahoti shaxsiy hayotingiz yaxshilanganini ko‘rasiz.

👥Ko‘pgina odamlar kichkina va mayda xayotni yashaydilar. Ko‘pchilikni sakson yoshda dafn etsalar ham yigirma yoshda ham o‘lib bo‘lgan bo‘ladi. Unutmang: inson o‘zi to‘xtatishni xohlamasa hech narsa uni to‘xtatib qola olmaydi.

⚪️Biz qiynalganimiz uchun qo‘rqmaymiz, balki qo‘rqqanimiz uchun qiynalamiz -deydi Seneka.

@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🐾DOIM HARAKATDA BO‘LING

💡"Aql insonning keyingi qadamini ko‘ra oladi, uni bajara olish bu- qobiliyat, haqiqatda amalga oshirish esa - fazilat" -degan edi Devid Starr.

👥Ko‘pchiligimiz baxtli, sog‘lom va omadli bo‘lishimiz uchun nimalar kerakligimi yaxshi bilamiz. Ammo ko‘rguligimiz shundaki, biz bilgan narsalarimizni amalga oshirmaymiz.

🎤 "Bilim bu - kuch" degan iborani eshitganmisiz? Men bu fikrga qo‘shilmayman. Bilim hali kuch degani emas. U, shunchaki, insonning imkoniyat darajasi. Qachon siz uni qo‘llab biron ishni qilishga kirishsangiz, o‘shandagina u haqiqiy kuchga aylanadi.

📊Sizga yoqadigan va osonlik bilan amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanib, kuchli fe'l-atvor egasi elanligingizni ko‘rsata olmaysiz. Insonning ma'naviy jihatdan kuchli ekanligini uning xohlagan ishni qilishi bilan emas, balki xohlamasa-da amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishini bajarishi bilan namoyon bo‘ladi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

⚡️KAMTAR BO‘LING

👤 Odamlarda qadrlaydigan sifatlarimdan biri bu kamtarlikdir. Otam yoshligimda menga shunday nasixat qilgandi: "Eng ko‘p meva shoxlari yerga egilib turgan daraxtda bo‘ladi".

⚪️Ba‘zi holatlarni hisobga olmaganda, o‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki kim ko‘p bilsa ko‘p narsani qo‘lga kiritishi va kim hayotda ko‘proq bilsa boshqalardan ko‘ra yaqinroq bo‘lishi adolatdan ekan. Bir so‘z bilan aytganda bu kamtarlik deyiladi.

🙂Jamoangizga kamtar bir kishini taklif qilib o‘zingizni boshqacha his etasiz. O‘zingizni vazmin tutib, boshqalarni hurmatini joyiga qo‘ygan holda bu hayotda hammamizning o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor ekanini ma‘lum qilasiz. Vazminligimiz bu odamlardan biror nima qabul qilishga yoki aytmoqchi bo‘lgan gaplarini tinglashga tayyorligimiz belgisidir.

🏆Ko‘pgina sport yulduzlari orasidan eng mashuri Muhammad Alini oladigan bo‘lsak, u o‘zini jangda takabbur ko‘rinishiga qaramay, uchrashuvlarda o‘zini vazmin va jentelmendek tutgan. Shuningdek bu jihat uning naqadar yaxshi inson ekanini ko‘rsatadi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

ISTE‘DODINGIZNI RIVOJLANTIRING

⚪️Norman Kazins shunday degan ekan: "Xayotimiz fojeasi bu o‘lim emas, balki o‘lmasdan avval o‘zimizni o‘zimiz o‘ldirishimizdir.

💡Bu fikrni Elshi Montegyun yozganlari bilan mohiyati bir xil deyish mumkin: "Insonning eng buyuk shaxsiy dramasi uning kim bo‘lishi xohlagani va kim bo‘ldi degan savolga javob bera olishidir".

🔔Shunchaki yashash va to‘laqonli yashashning farqi bor. Shuningdek, shunchaki yashash yoki muvaffaqiyatlarga erishish istaklari boshqa-boshqa narsalardir. Afsuski, insonlarning o‘z iste‘dodlarini rivojlantirish o‘rniga eng yaxshi yillarini televizor qarshisida unda yangrayotgan har bir so‘zga ishonib o‘tkazishlari kishini mahzun qiladi.

👤Siz barcha imkoniyatlardan foydalana olaman deb o‘ylaysizmi? Agar yo‘q deb javob bersangiz, u holda siz faqat o‘zingizga emas balki sizning ajoyib iste‘dodingiz natijasidan foydalanishi mumkin bo‘lgan butun dunyoga va insoniyatga zarar keltirgan bo‘lasiz.

"Hatto, eng ojizlarimiz ham agar aql bilan ishlasa insoniyatga katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan va o‘zidan boshqa kishida kamida bo‘lmaydigan iste‘dodga egadirlar".

🖱️Raskin

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

💥BOSHGA TUSHGANNI KO‘Z KO‘RAR

Menimcha, bu qisqa va ma‘noli maqol. Hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘ylab vaqt o‘tkazmang, ularni yaxshi yoki yomon deb ajratmang, mo‘tadil holatda har qanday holatni ham hayotning bir qismi sifatida oddiy qabul qiling.

👤Biz hammamiz o‘z maqsadimizga yetishda turli yo‘llardan boramiz. Ba‘zilarimizning yo‘limiz to‘siqlarga boy, ba‘zilarniki yengilroq yo‘l bo‘lishi mumkin. Ammo hech kim hech qanday to‘siqni yengib o‘tmay turib o‘z maqsadiga osonlik bilan erisha olmaydi. Shunday ekan, siz ham hayotingizdagi hamma narsaga e‘tibor berib uzoq o‘ylamaganingiz ma‘qul.

🙂Undan ko‘ra maqsadingiz tomon harakat qilar ekansiz, hammasini tabiiy deb biling, doim mo‘tadil holatda bo‘ling. Og‘riqni his qiling, baxtdan masrur bo‘ling - yetadi.

💡Agar hech qachon vodiyga bormagan bo‘lsangiz, unga tepadan tog‘lardan turib qarashga jur‘atingiz yetmaydi. Esingizda bo‘lsin, hayotda omadsizlik bo‘lmaydi, haqiqat uning natijasidir.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Dars oxirida vazifalar berilar ekan, 30kun ichida kamida 25ta vazifani oʻz vaqtida bajarganlarga kitob va boshqa sovgʻalar berilar ekan😍

Читать полностью…

Maqsad 🎯

TABASSUM QILING

💡Tadqiqotlarga qaraganda to‘rt yoshli bolalar kuniga kamida o‘ttiz marta kular ekanlar, kattalarda esa bu ko‘rsatgich ikki marta kam. Biz yelkamizdagi mas‘uliyat va ishimiz ko‘pligidan tushkun holatda bo‘lishimiz sababli kulishni unutib qo‘yamiz.

💫Har kungi kulguning inson kayfiyatini ko‘tarish, ishga yoki o‘qishga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, quvvatni oshirishi allaqachon isbotlangan. Kulguterapiya tibbiyotda kasalliklarni davolashda anchadan buyon qo‘llab kelinmoqda.

💡Zamonaviy psixologiya otasi Uilyam Jeyms ta‘kidlaganidek: " Biz baxtli ekanimizdan kulmaymiz. Ammo kulganimiz uchun baxtli bo‘lamiz.

Har kunni xursand holatda qarshilar ekansiz, hayotning yorqin tomonlarini ko‘proq ko‘ra olasiz. Shunday oddiy usullardan birini sinab ko‘ring: Komediya janriga oid filmlarni tomosha qiling.

🌱Yo‘qotgan tabassumingizni qaytaring va hayotda jilmayib turib erishish mumkin bo‘lgan mo‘jizalarga qo‘l cho‘zing.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🌙Kuningizni yaxshi kayfiyat bilan boshlang.

Kuningizni qanday boshlasangiz uning qolgan qismini ham shunday o‘tkazasiz. Men uyqudan uyg‘ongandan keyingi ilk o‘ttiz daqiqani "muhim o‘ttizlik" deb nomlayman, zero, bu kunimizning muhim lahzalaridandir.

💡Agar siz aql bilan o‘zingizni kunning shu paytida fikrlaringiz toza, ishlaringiz ajoyib bo‘lishiga odatlantirsangiz har bir kuningiz qanchalar quvonchli o‘tishini ko‘rasiz.

🔥Tongning ilk o‘ttiz daqiqasida aqlimizning ishlashi kuchimizga kuch qo‘shadi va kunning keyingi daqiqalarini haqiqiy bilim nuri bilan yoritadi.

🖱️Ilk soniyalarda kitob o‘qishga harakat qiling. Umringiz davomida ertalab uyg‘ongach biror ish qilishga odatlaning.

Shunday ekan, kuningizni yaxshi kayfiyat bilan boshlang. Shunda o‘zingizni boshqa odamdek his qilasiz.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

YASHASHNI BOSHLANG

👤Chegaralarni tan oling!

Boshqalarni ayblamang, ularning hayotiy masalalariga aralashmang yoki o‘zingiznikini bo‘rttirmang. O‘zgartirishingiz mumkin bo‘lgan ya‘ni o‘zingizga e‘tibor qarating. Har birimiz xatti-harakatlarimiz, fikrlarimiz va his-tuyg‘ularimiz uchun javobgarmiz. Hayotingiz uchun mas‘uliyatni o‘z zimmangizga oling.

🗒O‘zingizning kuchli va zaif tomonlaringiz ro‘yxatini tuzing!

Salbiy holatlarni ijobiy holatlar bilan bog‘lang. Shaxsiy xususiyatlarni tahlil qilish ko‘p vaqt talab qilishi mumkin, ammo bu foydali bo‘ladi.

O‘zgarishlar ko‘pincha qarshilikka duch kelishini unutmang!

Misol uchun, spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishni to‘xtatishga qaror qilgan kishi, ilgari birga ichgan kishilarning qarshiligiga duch keladi. Odamlar sizning o‘zgarishlaringizni bekor qilishga urinishi mumkin, chunki sizning o‘zgarishlaringiz ularga o‘z kamchiliklarini eslatadi.

💡Boshqalarning maqtovini kutmang!

Doimiy ravishda boshqalarning maqtovini kutadiganlar o‘z hayotlarini o‘zlari uchun emas, balki boshqalar uchun o‘zgartiradilar. Boshqa odamlarni xursand qilishga urinish - bu tubsiz chuqurlik, chunki umidlar atrof-muhitga qarab doimo o‘zgarib turadi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🧠 Neyrobika - miya uchun mashq.

Bizning tanamiz singari, miya ham dam olishga muhtoj. Men sizga ushbu mashqlarni bajarishni maslahat beraman:

1.Agar siz televizor tomosha qilishni yaxshi ko‘rsangiz, bu mashq sizga albatta yoqadi. Birinchidan, televizorning ovozini o‘chiring va keyin faqat rasmga qarang va ekrandagi odamlar nima haqida gapirayotganini taxmin qilishga harakat qiling. So‘z birikmalarini takrorlang va xato qilishdan qo‘rqmang.

2.Ko‘zlaringizni butunlay yopiq holda uyingizda harakat qilib ko‘ring. Ko‘zlaringiz yopiq bo‘lsa, boshqa hislaringiz nisbatan sezgir bo‘lib, samaraliroq ishlay boshlaydi.

3.Jumboq va muammolarni hal qilish. Boshqotirmalar, krossvordlar, shaxmat va boshqa aqliy o‘yinlarni o‘ynash mantiqiy fikrlash va muammolarni yechish qobiliyatini oshiradi.

4.Yangi tillarni o‘rganish. Yangi tilni o‘rganish miya faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi, xotira va diqqatni yaxshilaydi.

5.Jismoniy faollik. Muntazam jismoniy mashqlar qon aylanishini va miyani kislorod bilan ta‘minlashni yaxshilashga yordam beradi, bu uning rivojlanishi va ishlashiga yordam beradi.

5.Sog‘lom uyqu. Uyquning yetishmasligi miya faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Miyangizni faol ushlab turish uchun har kecha yetarlicha uxlashga harakat qiling.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝Keling, salbiy fikrlashdan xalos bo‘lamiz.

Katastrofik fikrlash
- bunda inson vaziyatni bo‘rttirib yuboradi va nihoyatda salbiy voqealarni yaratadi. Va bundan qutulish uchun tavsiyalar:

⚪️ Ijobiy fikrlashni o‘rganing.
Misol uchun, siz o‘zingizning ishingizdan xavotirda bo‘lishingiz mumkin. Agar sizning keyingi fikringiz "men buni uddalay olaman" bo‘lsa, bu yechimdir. Salbiy fikrlarni ko'rganingizda, o‘zingizni e‘tiborsizdek tuting.

⚪️ Salbiy fikrlarni yozing.
Bu fikrlarga mantiqiy nuqtai nazardan qarang. Bu voqealar haqiqatan ham bo‘ladimi o‘zi?

⚪️ Har bir hodisani raqamlarda ifodalang.
Raqamlarda hamma narsa aynan siz o‘ylaganingizdek sodir bo‘lishi ehtimoli qanday ekanligini taxmin qilishga harakat qiling. Agar biror joyda yuqori foizni sezsangiz, qanday harakatlar qilishingiz mumkinligi haqida o‘ylang.

⚪️ Bu so‘zlardan xalos bo‘ling.
"Hech qachon", "hech narsa", "har doim", "hamma narsa" - bunday so‘zlar faqat tashvish uyg‘otadi va qo‘zg‘atadi.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing ) Tongi zikrlarni iliq suv ichib aytishni tavsiya beraman😊
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

VAQTINGIZGA XO‘JAYIN BO‘LING

👥Men ko‘p insonlarni ko‘proq vaqti bo‘lishini xohlashlarini, ammo, shunga qaramay, o‘zlari ega bo‘lgan vaqtni o‘ylamasdan sarf etishlarini ko‘rib hayron bo‘laman. Vaqt hayotimizdagi eng asosiy o‘lchovdir. Har birimizga bir sutkada yigirma to‘rt soat berilgan.

👤Buyuk kishilarni oddiy odamlardan ajratib turadigan narsa, bu ularning vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlay olishlaridadir.

Ko‘pchiligimiz xuddi hayotimizni yaxshi o‘tkazish uchun cheksiz vaqtga egadek bemalol yashaymiz. O‘zimiz orzu qilgan narsa uchun harakat qilishni kundalik tashvishlar bilan bo‘lib ortga suraveramiz. Mana shu - hayotning afsuslanishga arziydigan retsepi.

Biz qachon o‘lishimizni bilmaganimiz uchun ham hayotimizni cheksiz tasavvur qilamiz. Ammo hayotdagi hamma narsa faqat bir marta va kamdan-kam ro‘y beradi.

🙂Vaqtingizni to‘g‘ri sarflashga o‘zingizga so‘z bering. Vaqt siz uchun qanchalar muhim ekanligini chuqur anglab yeting.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

YAXSHI TOMONGA O‘ZGARISHNI BOSHLASHGA YORDAM BERADIGAN 13 NARSA!

O‘zingizga nisbatan rostgo‘y bo‘ling!
● Muammolardan qo'rqmang!
●Kerakli odamlar bilan vaqt o‘tkazing!
● Baxtingizni birinchi o‘ringa qo‘ying!
● O‘zingiz Halol va mag'rur bo‘ling!
● Hozirgi vaqtda sezishni va yashashni o'rganing!
● Hatolardan olinadigan saboqlarni qadrlashni o'rganing!
● O‘zingizga yaxshi munosabatda bo‘ling!
● Sizda bor narsalardan zavqlaning!
● Baxtni o‘zingiz topishni o'rganing!
● O‘zingizning g‘oyalaringiz va orzularingizga imkoniyat bering!
● Keyingi bosqichga tayyor ekanligingizga ishoning!
● Faqat o‘zingizning oldingi holatingiz bilan raqobatlashing!

✈️ @MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

QADRINGIZNI BILING

👥Bugun biz zamonaviy iqtisodiyot qonunlari bilan yashar ekanmiz, ishlash jarayonida g‘ayratimiz va ish miqdori uchun emas balki mehnatimiz, uning qadri uchun haq olamiz.

Buning ustida biroz tafakkur qilish kerak. Aytaylik, sizga bir soat uchun yigirma dollar maosh to‘lanadi. Bu, shunchaki, sizning oltmish daqiqa davomida ish joyida hozir bo‘lganingiz uchun emas, balki ishingiz qadri uchun to‘lanadi. Shunday qilib pul bilan rag‘batlantirish ishning davomiyligiga emas, balki qiymatiga qarab belgilanadi.

💡Demak, mehnat qilib ko‘proq pul topish uchun jahonga mashhur ko‘proq foydaliroq bo‘lgan faoliyat turi bilan shug‘ullanish kerak. Buning uchun, avvalo, foydali odam bo‘lish kerak.

⚪️Hech kim egallamagan ilmni egallashga intiling. Hech kim o‘qimaydigan kitoblarni o‘qing. Hech kimni xayoliga xayoliga kelmagan g‘oyalarni o‘ylab toping.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

💥BOSHGA TUSHGANNI KO‘Z KO‘RAR

Menimcha, bu qisqa va ma‘noli maqol. Hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘ylab vaqt o‘tkazmang, ularni yaxshi yoki yomon deb ajratmang, mo‘tadil holatda har qanday holatni ham hayotning bir qismi sifatida oddiy qabul qiling.

👤Biz hammamiz o‘z maqsadimizga yetishda turli yo‘llardan boramiz. Ba‘zilarimizning yo‘limiz to‘siqlarga boy, ba‘zilarniki yengilroq yo‘l bo‘lishi mumkin. Ammo hech kim hech qanday to‘siqni yengib o‘tmay turib o‘z maqsadiga osonlik bilan erisha olmaydi. Shunday ekan, siz ham hayotingizdagi hamma narsaga e‘tibor berib uzoq o‘ylamaganingiz ma‘qul.

🙂Undan ko‘ra maqsadingiz tomon harakat qilar ekansiz, hammasini tabiiy deb biling, doim mo‘tadil holatda bo‘ling. Og‘riqni his qiling, baxtdan masrur bo‘ling - yetadi.

💡Agar hech qachon vodiyga bormagan bo‘lsangiz, unga tepadan tog‘lardan turib qarashga jur‘atingiz yetmaydi. Esingizda bo‘lsin, hayotda omadsizlik bo‘lmaydi, haqiqat uning natijasidir.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

KECHIRISHNI O‘RGANING

⚪️Sizga yomonlik qilgan odamni kechirib yuborib, o‘zingizni beg‘araz ish qilgan emas, balki, xudbinlik qilgandek his qilishingiz mumkin. Qalbingizdan nafrat tuyg‘usini chiqarib tashlab boshqa birovga emas, aynan o‘zingizga yaxshilik qilgan bo‘lasiz.

🗣️Hayotning asosiy qonunlari haqida so‘z yuritar ekanman, biror bir odamga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lish bu butun tana bo‘ylab bu tuyg‘uning tomir otishi demakdir. Bunday holatda odam kuch-quvvat va qalb xotirjamligini topa olmay qoladi. Agar siz u odamni kechirib yuborsangiz, yelkangizdagi yukdan xalos bo‘lib o‘z hayotingizni xotirjam davom ettira olasiz.

👤 Kechirish - inson irodasi va jasoratining buyuk timsolidir. Bundan tashqari kechirish hayotingizni sifatini oshirishingizda muhim vositalardan biridir.

Men shuni anglab yetdimki, bizni qachondir xafa qilgan insonlar haqida o‘ylab o‘tirar ekanmiz, o‘zimizni boshqa tarafdan bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan kishilar haqida o‘ylashdan cheklab qo‘yar ekanmiz.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

⭐️Hayotingizning har bir jabhasida yulduz boʻlish uchun ajoyib imkoniyat!

MOʻJIZAVIY 90 KUN

🎓Shaxsiy rivojlanish trenerligi boʻyicha xalqaro sertifat sohibi, shu sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega, 1000+ o'quvchilar ustozi Azizbek Zubaydullayevdan ajoyib BEPUL loyiha!

90 kun davomida ushbu
⭐️Ruhiyat
⭐️Shaxsiy rivojlanish
⭐️Xulq va munosabatlar
⭐️Sogʻlik
⭐️Karyera
yo'nalishlarda ajoyib bilimlar, maqolalar, manbalar va audio darslarga ega bo'lasiz!

Barcha darslar @AzizbekZubaydullayev blogida bo'ladi!

🚀Chellenj haqida batafsil

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Sizlar uchun yana bir yangilik qildik.
@Liderlar kanalini ham boshlavordik. Obuna bo‘lib, qo‘llavorsezlar, ijod qilishdan to‘xtamaymiz!!!

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🐾SO‘RASHDAN UYALMANG

So‘ragan odam atigi besh daqiqa tentakdek ko‘rinishi mumkin. Uyalib so‘ramagan odam bir umr tentak bo‘lib qoladi - deydi qadimgi xitoy maqollaridan birida.

💡Qancha ko‘p so‘rasangiz, shuncha ko‘p olishingiz mumkin, ammo buning uchun sizda tajriba bo‘lishi kerak.

Yaqin haftalarda o‘zingizning so‘ray olish qobiliyatingizni yaxshilashga harakat qiling. Buning uchun biror tanish restorandan joy buyurtma qiling. Agarda ko‘proq buyurtma qilsangiz, qo‘shimchasiga muzqaymoq so‘rashdan uyalmang.

‼️Esingizda bo‘lsin: so‘ragan odam istagini olish imkoniga ega bo‘ladi. So‘rashdan uyalgan odam esa hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmaydi.

⚪️Hayotimizda kimgadir nimanidir so‘ray olish qobiliyati haqida yozilgan kitoblardan Mark Viktor tomonidan yozilgan "Olovuddin omili" kitobini keltirishim mumkin.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔝Qanday qilib har qanday vaziyatda xotirjam bo‘lish mumkin?

⚪️ Chuqur va sekin nafas oling. Bu stressni kamaytirishga va sizni tinchlantirishga yordam beradi. Bunga qo‘shimcha sifatida: takroriy ravishda chuqur nafas olib va nafasingizni oxirigacha chiqarsangiz - uyqu davomiyligi ham oshishi ham isbotlangan.

👤 Boshqa insonlarga emas, balki o‘z fikrlaringiz va his-tuyg‘ularingizga e‘tibor berishga harakat qiling. Bu sizga vaziyatni nazorat qilishga yordam beradi. Inson o‘z fikriga va dunyoqarashiga ega bo‘lishi shart.

🙂 Vaziyat qiyin yoki yoqimsiz ko‘rinsa ham, ijobiy fikrda bo‘lishga harakat qiling. Ijobiy fikrlash orqali vaziyat ham ijobiy yechim topishi mumkin.

Stress va asabiylashishni kamaytirish uchun sport bilan shug‘ullaning yoki o‘zingiz yoqtirgan ishingizni bajaring.

👥 Ehtiyojlaringizni va chegaralaringizni eslang. Agar biror vaziyat nazoratdan chiqib ketayotganini his qilsangiz, yordam yoki tanaffus so‘rashdan tortinmang.

👥 Har bir inson o‘z fikrlari va his-tuyg‘ulariga ega ekanligini unutmang. Boshqa odamlarga nisbatan bag‘rikeng va ularni tushunishga harakat qiling, hatto ular bilan o‘rtangizda nizo bo‘lsa ham.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Siz muvaffaqiyatga erishasiz, eshityapsizmi? Shuni yodda tuting!

Hozirda hech kim siz hozir nimalarni boshdan kechirayotganingizni va qancha mashaqqatlarni yengib o‘tganingizni bilmaydi. Sizning o‘rningizda hozirgacha ko‘pchilik taslim bo‘lgan bo‘lardi, lekin siz yetib keldingiz.

💡Unutmang! Siz muvaffaqiyatga qanchalik yaqin ekanligingizni hech qachon bilmaysiz. Ko‘pchilik taslim bo‘ldi, hatto maqsadi tomon bir qadam qolgan bo‘lsa ham.

Muvaffaqiyat qachon kelishini hech kim aniq bilmaydi. Ehtimol, bu ertaga yoki bir-ikki yildan keyin sodir bo‘ladi. Ammo agar siz to‘xtasangiz, harakat qilishni to‘xtatsangiz va taslim bo‘lsangiz, 10 yil ichida, hatto hayotingizning oxirigacha ham erisha olmaysiz.

🐾 Keyingi safar orqaga qaytmoqchi bo‘lsangiz, o‘ylab ko'ring. Chunki keyingi safar muvaffaqiyat sizni oldingizda bo‘lishi mumkin.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugun qilinadigan ishlar:

● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )

Читать полностью…

Maqsad 🎯

Bugungi qilinadigan ishlar 2

Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
Misvoq yonida yurishi

Читать полностью…

Maqsad 🎯

🔥O‘zingiz xohlagan narsani olish uchun bulardan foydalaning.

👥Insonlarga nisbatan: o‘zingiz xohlagan narsadan kattaroq narsani so‘rang. Ko‘pincha siz bunday qilganingizda sizda imkoniyat kamaygandek tuyuladi. Ammo aynan shu paytda siz o‘ylashni va yechimni topishni boshlashingiz kerak. Rad javobdan qo‘rqmang!

💡Agarda siz Alloh taolodan so‘raydigan bo‘lsangiz: xohlagan ne‘matingizni so‘rang. Muhimi so‘rashdan to‘xtamang!

🗒Ulamolarimiz aytishadi: “Bir insondan yaxshilik kelishi aniq bo‘lib turibdi, ammo shu holatda ham ikki raka't namoz o‘qib, Allohdan so‘rasak, shu ishni Alloh yengil va oson qilib qo‘yadi”. Yuqoridagi hadisda shu narsaga chaqirilyapti. Bandaning vazifasi so‘rashlik, ijobat esa Allohdan. Yillar o‘tar, ammo qalbdan so‘raganimizni Alloh, albatta, beradi.

Shukur qilishni o‘rganing!Atrofingizdagi odamlarga qarang. Sizning ko‘zingiz faqatgina ijtimoiy tarmoqlarda boy insonlarni ko‘radi. Ammo yon atrofingizda sizdan ham
Allohning rahmatiga muhtojlar bor.

✈️@MAQSAD

Читать полностью…
Subscribe to a channel