💥 BUGUN UCHUN BORINGNI BER
⏰ Hayotingiz ma'no va mazmunli kechishi uchun avvalo oldingizdagi yigirma to‘rt soat vaqtni qadriga yeting. Ammo biz hozirda ko‘p vaqtimizni o‘ylashga va keraksiz mashg'ulotlarga sarflaymiz.
🦶 Ayniqsa, xayollarimiz ipi yechilib kegan maymundek u yoqdan bu yoqqa sakraydi. Siz hozirdagi imkoniyatlaringizni tahlil qilib, ulardan foydalanib ish ko‘rsangiz maqsadga muvofiqdir.
⚪️ Agarda siz o‘z fikrlaringizni boshqa chalg'ituvchi omillarga qo‘yib bersangiz, asosiy maqsadingiz tomon harakatlana olmaysiz. Bunga oddiy misol tariqasida, sizda ikkita ko‘z bor va ko‘zingiz boqqan tarafingizni ko‘radi. Fiklar ham xuddi shunday.
⏰ O‘tmish o‘tib ketdi. Kelajak esa bugungi amallarimizga bog'liq. Bugun uchun bor potensialimizni berib harakat qilaylik do‘stlar.
Kelajagingiz uchun eng katta yaxshiligingiz buguningiz uchun boringizni berishingizdir.
O‘zgarishlar o‘zingizni anglashga yordam beradi
⚪️ Agar o‘zingizdagi kamchiliklarni ko‘ra olmasangiz ulardan xalos bo‘lishingiz mumkin bo‘lmaydi. Yomon odatlardan qutulish yo‘lida birinchi qadam uning mohiyatini anglab yetishdan boshlanadi.
💡 Shuningdek, kamchiligimizni anglab yetishimiz bilan hayotning o‘zi uni to‘g'rilash uchun yo‘l ko‘rsatishini boshlaydi. Masalan: men muomala madaniyatimni o‘zgartirishga harakat qilganimda oldimdan ko‘plab notiqlarning, madaniyatli insonlarning ma'ruzalari chiqib keldi.
🔝 Sizga ham yaqin haftalarda o‘z kamchiliklaringizni va ularni bartaraf etish orqali hayotingizni yanada go‘zal va rang-barang qilishga so‘z berishingizni maslahat beraman.
👀 O‘zingizga o‘z nigohingiz bilan qarashingiz, sizdan ajoyib inson yo‘qligidan dalolat berishi mumkin. Ammo boshqalarning nigohida qarash bu - insonning ajoyib fazilatlaridan biridir.
✈️@MAQSAD
Shaxs sifatida rivojlanishni boshlar ekansiz, bu kitoblar siz uchun mayoq vazifasini o'taydi!
Siz o'z ustingizda ishlashni va rivojlanishni boshlang, biz esa ushbu kitoblarni sizga kattagina chegirma narxida, bepul "dastavka" qilib beramiz.
Kitoblar:
1. Time management
2. To'g'ri fikrlang
3. Qani boshladik
4. Psixologiya 101
5. Kaizen Strategiyasi
6. Yuksalish sanʼati
7. Samaradorlikning 21 yo'li
💵 Asl narxi: 363.000 soʻm
🛍 Chegirmada: 259.000 soʻm
🛵 Toshkent shahri va viloyat pochta ofislarigacha yetkazib berish bepul
Buyurtma: @Hamroh_admin
Aloqa: +998(94)417-97-11
@Hamroh_books - Muvaffaqiyatlar sari hamrohingiz!
⚡KUCHLI SHAXSLARNING HISLATLARI
💡BAXT BIZNING ICHIMIZDADIR
O‘ziga ishongan odamlar o‘zlarining yutuqlari haqida boshqalarning fikri bilan emas, balki o‘zlarining yutuqlaridan zavq va qoniqish hosil qiladilar. Ular boshqalar nima desa ham, siz hech qachon ular xohlagandek yaxshi yoki yomon bo‘la olmasligingizni bilishadi.
👤BOSHQALARGA HUKM QILMANG
O‘ziga ishongan odamlar boshqalarga hukm qilmaydi, chunki ular hammada o‘z vazifasi borligini bilishadi va o‘zlarini yaxshi his qilishlari uchun boshqalarni kamsitishlari kerak emas. Ular o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslashmaydi.
🗣️YO‘Q DEYISHNI O‘RGANING
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, inson qanchalik "yo‘q" deyishi qiyin bo‘lsa, stress, charchash va hatto depressiya ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu sababli o‘zingizga to‘g'ri kelmaydigan vaziyatlarda, hech ikkilanmay yo‘q deb ayta oling.
✈️@MAQSAD
⏰KUTIB YASHASH AZOB
💡Hozirgi kundagi voqea-hodisalardan kelib chiqib shuni xulosa qilamanki, ko‘pchilik kutib yashashni biladi, ammo na harakat, na siljish bor. Kutib yashash men uchun shunchaki aqlga sig'mas hodisa. Ammo sabr va kutish o‘rtasida kattagina farq bor.
✅To‘g'ri oldingi davrlarni tushunish mumkin. Agarda ular qaroqchi bo‘lsa, o‘ljalarini qo‘lga olish uchun payt poylayganlar. Ammo bu gunoh va hozir zamon ham o‘zgargan yoki hali ham qaroqchidek ish tutaman deb o‘ylaysizmi? Bekorlarni beshtasini aytibsiz.
⚪️Maqsadlaringizni qog'ozga yozishni maslahat berdik. Endi hozir u shunchaki qog'ozga aylanib ham bo‘lgandir-a?
⚡️Keling, sizni ham kuttirmay yechimlarni qidiramiz.
1. Har doim harakatda bo‘ling. O‘z ustingizda ishlang. O‘z tamoyillaringizni ishlab chiqing. Majburiyatlarni belgilang va amal qiling.
2. Kamroq gapiring, ko‘proq harakat qiling. Kitob o‘qish ham harakat va aqliy mehnatga oddiygina misol. Kitob orqali nafaqat maqsadga erishish qanday bo‘lishi, balkim unga eltish yo‘llarini ham o‘rganasiz.
3. Oz-oz ammo doim qoidasiga amal qiling. Ya'ni kuniga oz miqdorda foydali amallarni shakllantiring, lekin bir kun ham qoldirmang. Qanchadir muddatdan keyin, o‘sha ishni yoqtirib qolasiz.
4. Shaxs sifatida shakllaning. Ko‘p eshitgansiz shaxsiy rivojlanish, shaxs sifatida shakllaning va boshqalar. Ammo asl mohiyat nimadaligini bilmaysiz.
✈️@MAQSAD
⚡ISHONCH TENGSIZDIR
Ishonch - bu insonlar o‘rtasidagi o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan eng qimmat fazilatlardan biridir. Ishonchni quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
🔥HAR KUNI YODGA OLING
⚪️ Bugun ajoyib kun bo‘ladi, men barcha qiyinchiliklarni o‘z zimmamga olishga va har qanday qiyinchiliklarni yengishga tayyorman.
⚪️ Men o‘z qobiliyatlarimga ishonaman va bular orqali maqsadlarimga erishishimni bilaman.
⚪️ Men o‘zimni kimligimni yaxshi bilaman va hammasini uddalayman.
⚪️ Bugungi qiladigan ishlarim o‘ngidan kelmagan taqdirda ham men bunga roziman. O‘xshamagan taqdirda ham, bu-menga yaxshigina dars bo‘ladi.
⚪️ Mening o‘z dunyoqarashim bor va men faqat eng yaxshisiga loyiqman. Insonlarning men haqimdagi yomon fikrlari, meni o‘ylantirishi mumkin emas.
⚪️ Men yangi kunni yorug' ko‘zlarim bilan ko‘rganimdan minnatdorman va kunni yuzimda tabassum bilan qarshi olishga tayyorman.
⚪️ Kun oxirigacha kamida bitta yaxshilik qilishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Insonlarga ulashilgan yaxshilik, albatta qaytadi.
✈️@MAQSAD
⚡HISSIYOTLARINGIZNI HURMAT QILING
👥Albatta, ba‘zilar "xotirjam va sokin ichki ovoz" deb ataydigan ichki yo‘lboshchimiz va aqlimizning manbaini hamma ham eshitmasligi mumkin.
⚪️Ba'zan tashqi olam bizdan o‘zining qonunlariga bo‘ysunishni talab qilgan paytlarda ichki ovozimiz sadolari ostida qadam bosishimiz va instinktimizga quloq osishimiz qiyin bo‘ladi. Ammo hayotingiz o‘zingiz istagadek mazmunli va go‘zal bo‘lishi uchun ba'zan ehtiyoj tug‘ilganda ichki his-tuyg‘ularingizga quloq solib turishingiz kerak.
⏰️Vaqt o‘tgani sari mening ichki hissotlarimga hurmatim oshib bordi. Bu har birimizda uxlab yotadigan tabiiy hislar manbaidir. Yangi insonlar bilan tanishganimdagi ichki tuyg‘um va qiyin damlarimda meni to‘g'ri yo‘lga boshlaydigan ongosti sezgim ish faoliyatim va kundalik hayotimda muhim o‘rin tuta boshladi.
📊Qachonki sizda aniq bir maqsad bo‘lsa, ichki his tuyg‘ularingiz kuchayadi. Siz odilona yo‘l tutsangiz va tabiat qonunlariga bo‘ysunib yashasangiz, sizda borligi haqida, hatto, bo‘lmagan qobiliytalaringiz yuzaga chiqadi.
✈️@MAQSAD
Bilaman, hozirda ko‘pchilikda zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlar juda ham katta.
🧐Ba‘zan mendan marketing, mobilografiya, kopirayting, target va boshqa kasblarni bepul o‘rgansam bo‘ladimi deb so‘rab qolishadi. Hozir bunga imkoniyat bor, har qanday sohani bepul va mustaqil o‘rganish mumkin, agar til bilsangiz ayni muddao.
🥺Ammo til bilmaydiganlar-chi?
Faqatgina o‘zbek tilini bilib turib ham bu sohalarni o‘rgansa bo‘ladi. Ushbu tavsiyam ko‘pchilikka, ayniqsa moliyaviy jihatdan erkin bo‘laman va shaxsiy rivojlanaman deganlarga 2 karra foydali.
😎Shu sababli, hozirda @MAQSAD kanali kopirayteri Umurbekovich blogini tavsiya qilaman.
ULANISH 👇
Bugun qilinadigan ishlar:
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )
🔝KUCHLI INSONLARNING 7 XUSUSIYATI
1. Ular boshqalar voz kechadigan yo‘llarni izlaydilar va topadilar. O‘zlarining shaxsiy fikrlari o‘zlari uchun juda ahamiyatli.
2. Ular muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishganda, o‘ylanib o‘tirishmaydi. Aksincha, muvaffaqiyatsizlikni darsdek qabul qilishadi.
3. Ular ham boshqalar kabi qo‘rqishadi, lekin qo‘rquvi ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘rquv shunchaki qo‘rquvdir.
4. Ular aybni boshqa kishilar yoki sharoitga yuklashmaydi. Ular o‘z harakatlari va natijalari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar. Boridan foydalana olish- ularning oliy sifatidir.
5. Ular aqlbovar qilmas iste'dodga ega bo‘lishi shart emas, lekin ular doimo o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish yo‘lini topadilar. Ular o‘zlaridan ko‘proq vazifalarni talab qilishadi.
6. Ular umrbod ta'lim oluvchilardir. Har bir hayotiy tajriba saboqdir.
7. Ular kamtar va ular xatolarni tan olishga va kechirim so‘rashga har doim tayyor. Ular o‘z qobiliyatlariga ishonadilar, ammo takabbur emaslar. Ular boshqalardan qanday o‘rganishni bilishadi.
✈️@MAQSAD
Bugun qilinadigan ishlar:
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )
🧠 Uzoq muddatli miya faoliyatidan keyin miyani tinchlantirishga yordam beradigan oddiy usullar:
💤UXLASH VA DAM OLISH
Miyani tinchlantirishning eng samarali usullaridan biri bu samarali va to‘g‘ri uyqudir. Uyqu paytida miya olingan ma'lumotlarni qayta tiklaydi va qayta ishlaydi. Miyangizdagi doimiy stressdan voz kechish imkoniyati- kun davomida dam olishga vaqt ajratish ham muhimdir.
🦶JISMONIY MASHQLAR
Jismoniy mashqlar va jismoniy faollik tanadagi, shu jumladan miyada qon aylanishini va kislorod almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. Bu diqqatni jamlash va xotirani yaxshilashga yordam beradi va stress darajasini kamaytiradi.
🕊️TABIAT QO‘YNIDA SAYR QILISH
Tabiat qo‘ynida sayr qilish- kayfiyatni yaxshilaydi. Bu miyani yengillashtirishga va uning mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.
👤Ruhiy salomatligingizga g'amxo'rlik qiling. Rivojlanish uchun siz miyangizni faol ravishda ishlatishingiz kerak, ammo dam olish haqida unutmang.
Doimo sog' bo'ling, do'stlar!
✈️@MAQSAD
Bugun qilinadigan ishlar:
● Tongi zikrlar ( Ko‘k yozuv ustiga bosing)
● Salovatlar ( kuk yozuv ustiga bosing )
💡 To‘siqlarni imkoniyatlarga aylantiring
⚪️ Hayotimizda shunday vaqtlar bo‘ladiki, muammolar bizni tom ma'noda ta'qib qila boshlaydi, barcha muammolar bir zumda katta bir falokatdek tuyuladi va bizni hayotning tubiga tortadi.
🌙 Bunday paytlarda biz aybdorlarni qidira boshlaymiz. Insonda shunday fikr paydo bo‘ladiki, butun oilamiz, qarindoshlar, go‘yoki dunyo bizga qarshidek tuyuladi.
👤 Darhaqiqat, atrofimizdagi odamlar, dunyo biz o‘ylagandek beshavqat emas. Biz uchun muvaffaqiyatsizliklar rejalashtirilgan ham emas. Hamma narsa bizning fikrlashimiz, o‘sha vaziyatda uzoqni ko‘rib ish ko‘rishimizga va hayotga bo‘lgan qiziqishimizga bog'liq.
❓ Nima uchun hayotingizda bu "qora dog'lar" paydo bo‘lganini va undan qanday chiqish kerakligini tushunib harakat qilsangiz kifoya.
- Bizning hayotimiz yo‘qotish va o‘sishlardan iborat. Agarda bir holatda davom etsa, hayot go‘yoki yurak impulsi to‘xtab qolgan bemordek ko‘z yumadi.
✈️@MAQSAD
⚡O‘qimaysizmi? - demak o‘smaysiz
Hayotingda bo‘lishini xohlaydigan eng katta o‘zgarish- sen o‘zing bo‘lishing kerak.
- Mahatma Gandi
Aynan katta omadsizliklar tufayli bizga xayrli o‘zgarishlarning imkoniyatlari ochiladi.
- Yevripid
Biz bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsizlikdan qo‘rqib harakatsiz o‘tirgandan ko‘ra, jur'at topib baxtsizlikni tatib ko‘rish uchun tavakkal qilganimiz yaxshiroq.
- Gerodot
Agar bu hayotdagi muhim narsalarni qayd etmasangiz, boshqalar o‘zlarining muhim deb hisoblanganlarini sizga singdirishadi.
- Robin Sharma
Agar inson yonidagilar bilan barobar qadam tashlamasa, balki boshqalarning qadam tovushlarini eshitishi mumkin. U holda o‘sha tovushlarga munosib qadam bosishi lozim - u qanday jaranglamasin, qayerdan eshitilmasin farqi yo‘q.
- Toro tili
Vanihoyat ozgina qoldi...
O‘zingiz istab harakat qilmasangiz buyuk natijalarga erishishingiz mumkin bo‘lmaydi.
- Emerson
O‘zgarish - hayot qonunidir. Faqat o‘tmish yoki hozirgi kun haqida qayg'uradiganlar, kelajakni aniq sog'inishadi.
- Jon Kennedy
Qoyil, tugatdingiz.
✈️@MAQSAD
⚡TINGLASH - HURMAT BELGISI
⚪️ Bir qarashda tinglash oddiy jarayondek tuyuladi. Uning zamirida esa, siz bilmagan mohiyat yashiringan. Nigohlarini sizga qadab, diqqatini jamlagan holda sizni tinglayotgan suhbatdoshingizni hurmatga loyiq inson deb hisoblaysiz.
👤 Agarda siz ham shu yo‘sinda ish olib borsangiz, obro‘ qozonish bilan birga, uning muammolarini ham his qila boshlaysiz. Ammo shuni yodda tutish kerakki, keraksiz vaziyatlarda tinglash noo‘rin hisoblanadi.
🗣️ Umumiy ma'ruza, davra suhbati yoki yuzma-yuz muloqotdagi tinglash jarayoni hech qachon sizning zararingizga ishlamaydi.
🔔 Sukut va tinglash bir-biriga o‘xshash jarayonlardir. Asabingiz buzilganda yoki gapirish noo‘rin deb hisoblagan vaziyatlaringizda sukur saqlaganingiz ma'qul.
"Odamlarga yoqishni istasangiz, yaxshi tinglovchi bo‘ling. Boshqalar o‘zi haqida gapirayotgan bo‘lsa rag'batlantiring" - degan edi taniqli psixolog Deyl Karnegi.
🔥"O'zgaramiz"da o'zgarish vaqti keldi!
🔔Uzoq kutilgan lahzalar!
Marafonda ishtirok etish orqali⬇️
🔵O‘zgarish va nafsni yengish,
🔵 Shaxsiy rivojlanish,
🔵 Intizom bilan qat'iy harakat qilish,
🔵 O’zini-o’zi o’qiydigan kitoblar mutoalasi zavqini olasiz.
"O‘zgaramiz" kitoblar bilan marafonining 13-mavsumiga start beramiz
Loyihada qatnashish uchun;
Qizlar: @Qizlar_qabuli
Yigitlar: @Yigitlar_qabul ga tezda yozing va guruhlarga qo’shilib oling..
Agar blogingiz bo’lsa ushbu xabarni ulashib qo’yish shart!
📱Telegram sahifamiz💡
Allohim! Nafsimga qarshi kurashish uchun quvvat, zaifligimni yengish uchun shijoat, qazoi-qadarimni (rozilik bilan) qabul etish uchun kuchli ishonch, aqlim rohat olishi uchun rozilik va qalbim xotirjam bo‘lishi uchun fahm-idrok ato et!
Читать полностью…⚡MUAMMOLAR RO‘YXATINI TUZING
💡"Muammoni aniq belgilay olish uning yarmini hal qilish degani", - degan edi Charlz Kettering. Agar inson o‘z muammolarini eng arzimas bo‘lib tuyulganlarini ham bir qog‘ozga ro‘yxat qilsa o‘zida o‘zgarishni his etadi. Bu holat xuddi sizni bir necha hafta davomida qiynab kelgan muammoni do‘stingizga aytib biroz yengil bo‘lganingizga o‘xshaydi.
👤Men insonning eng yaxshi do‘sti bo‘lgan aqli ashaddiy dushmaniga ham aylanishi mumkinligini anglab yetdim. Agar siz har doim muammolaringiz haqida o‘ylab yursangiz, tez orada, boshqa hech narsani o‘ylay olmayotganingizni tushunib yetasiz.
⚪️Bu masalada inson aqli tabiatan ajoyib qilib yaratilgan: biz, ko‘pincha, unutmaslikni xohlagan narsalarimizni esimizdan chiqarib qo‘yamiz, unutishni xohlaganlarimizni esa hech ham xotiramizdan ketkazolmaymiz.
🙂Qalbingizdagi bo‘ronni tinchitish uchun sizni ma'yus qilgan narsalarni qalbingizdan qog‘ozga ko‘chiring. Shunday qilib siz o‘zingizni hayot kuchlaringiz oqib chiqadigan manbadagi chiqitlardan xalos qilgan bo‘lasiz.
✈️@MAQSAD
⚡HAYOTINGIZ TARIXINI QAYTA YOZING
⏰Qanday ajoyib, vaqt yetib kelmasidan avval uni sarflash mumkin emas! O‘tmishda qancha vaqt sarflaganingizning ahamiyati yo‘q, kelayotgan soat ajoyib va to‘liq bo‘ladi.
✅O‘tmishda siz bilan qanday voqea yuz berganidan qat‘iy nazar, kelajagingiz ajoyib bo‘ladi. Tushunishga urining har yangi kun hayotni yangida boshlash imkoniyatini olib keladi.
🔔Agar shunga qaror qilsangiz ertangi kun tongda barvaqtroq uyg‘oning, ko‘proq o‘qing, ertalabki jismoning mashqlarni bajaring, to‘g‘ri ovqatlaning va asosiysi Allohga qayting.
👤Hech kim sizga hayot kitobini oppoq varog‘ini ochib, barchasini qaytadan yozishingizga to‘sqinlik qila olmaydi. Hoziroq, uning qanday bo‘lishiga qaror qilishingiz mumkin.
⚪️Bittagina savol qoladi: siz buni qilishni xohlaysizmi?
- Hech qachon o‘zingiz istagandek odam bo‘lish uchun kech emas.
Bugungi qilinadigan ishlar 2
● Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
● Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
● Misvoq yonida yurishi
💤UYQU BO‘YICHA TAVSIYALAR:
⚪️ Yotishingizngizdan oldin kamida bir soat telefondan umuman foydalanmang. Ekrandagi turli-xil yurug‘liklar, bu melatonin - uyqu gormonini yo‘qotishga sabab bo‘ladi.
⚪️ Magniy moddasiga boy mahsulotlar iste'mol qiling. Magniy tinchlantiradi va uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi. Tarkibida magniy boy mahsulotlar: loviya, banan, sut va boshqalar.
⚪️ Tushlikdan keyin qahva ichmang va yettidan keyin ovqatlanmang. Kofeinning ta'siri kechqurungacha o‘tib ketmaydi va ovqatni hazm qilish uchun ko‘p energiya talab etiladi.
⚪️ Sport bilan shug‘ullaning. Agarda siz umuman jismoniy faoliyat bilan shug'ullanmasangiz, energiya sarflaydigan joy bo‘lmaydi va uyqu anchagina qiyinlashadi.
⚪️ Yotishdan oldin toza havodan nafas oling. Yotishdan oldin xonani havosini tozalashni unutmang, bu haqiqatan ham tezroq va yaxshiroq uxlab qolishingizga va sog‘lim uyquga ega bo‘lishingizga yordam beradi.
✈️@MAQSAD
Bugungi qilinadigan ishlar 2
● Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
● Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
● Misvoq yonida yurishi
🔕Agar sizdan bularni so‘rashsa ham, sukut saqlaganingiz ma'qul.
👤BOSHQA ODAMNING FARZANDLARI HAQIDA
Hech qachon boshqa odamlarning bolalarini muhokama qilmang - agarda ularning ota-onalari suhbatni boshlamasa. Va shunga qaramay, bu juda ham xavfli. Va, albatta, agar o‘zingizning farzandlaringiz bo‘lmasa, buni hech qachon qilmang.
👤SHAXSIY HAYOTINGIZ HAQIDA
O‘zingizning sehrli hayotingiz haqida suhbatga kirishishdan oldin aniq o‘ylab oling. Chunki inson zotida shunday bir xususiyat bor. Bu- xotira. Inson qachondir sizning yuzingizga "chiroyli" holatda solishi mumkin.
🫶OLDINGI O‘XSHAMAGAN MUNOSABATLAR HAQIDA
Hozirgi munosabatdoshingiz so‘rasa ham, o‘tmishdagi munosabatlar tafsilotlarini baham ko‘rmang. Mavzuni o‘zgartiring.
✈️@MAQSAD
💥BOSHQALARNI TANQID QILMANG
👥Boshqalarni biron nima bilan ayblash kishi uchun juda osondir. Biz odamlarni ularning yegani yoki gapirgani uchun ham tanqid qilishga o‘rganib qolganmiz. Arzimas jihatlarni va mayda narsalardagi kamchiliklarni ham ko‘ra olamiz. Biz diqqatimizni qaratgan mayda narsalar sekin kattalashib boradi. Insonning bilinar-bilinmas ojizligini jiddiy muammo deb qabul qilamiz.
👤Siz har bir inson sizga o‘xshab ko‘rinadigan, muomala qiladigan va o‘ylaydigan dunyoda yashashni xohlarmidingiz? Bunday dunyo juda tez sizni joningizdan to‘ydirgan bo‘lardi. Hayotingizni yanada baxtli va xotirjam o‘tkazishni istasangiz, dunyoning boyligi uning rang-barangligida ekanligini unutmang.
✋Odatda, o‘zimizda mavjud kamchilikni boshqalarda ham topamiz. Shunday ekan, ayblashni va tanqidni to‘xtating. Atrofda bo‘layotgan ishlar uchun javobgarlikni bo‘yningizga oling va yoningizdagilarning o‘zgarishini kutib o‘tirmay, avvalo, o‘zingizni o‘zgartirishga harakat qiling.
✈️@MAQSAD
Bugungi qilinadigan ishlar 2
● Kitob mutolasi
2 - kitob ( audiosi ham bo‘ladi )
● Tahoratli yurish
● Hech kimni g‘iybat qilmaslik
● Kuniga ertalab 5 ming ehson uchun olib qo‘yish
● Kundalik zikrlar
● Lug'atlar kamida 20 ta
● 1000 tadan Zikr, Salovat, Istig'for aytish
● Misvoq yonida yurishi
⚡O‘Z IJODINGIZNI SEVING
💡Uzoq va baxtli yashash sirlaridan biri o‘z ijodini sevishdir. Bu sevgi o‘z taqdiridan rozi bo‘lgan kishilarning hayotini oltin iplar bilan bezaydi. Psixolog Vera Jon-Stayner yuzlab ijod kishilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazganida ularning barchasini bitta umimiy jihat birlashtirishini aniqladi: o‘z ishiga bo‘lgan cheksiz muhabbat.
🙂Agar ish qilayotganingizda uni qiziq va ajoyib deb bilsangiz, u sizga mineral manbalar dunyosiga safar qilishdan ko‘ra ko‘proq foydali bo‘ladi.
🏆Hayotida lampochka, mikrofondan boshlab kinematografgacha bir ming to‘qson uchta kashfiyotni amalga oshirgan Tomas Edison yoshi bir joyga borib qolganida, o‘zinging faoliyati haqida shunday degan ekan: "Men hech qachon bir xil ish qilmasdim, har biri huzurga to‘la faoliyat edi".
✋Agar siz ishingizni sevsangiz, u holda, ertaga shunchaki hayot kunlariday bir oddiy kun bo‘ladi, deb o‘ylamaysiz. Ishingiz siz uchun vaqt o‘tganini ham bildirmaydigan darajadagi qiziqarli mashg‘ulot bo‘ladi.
✈️@MAQSAD