...
Otamni qattiq izzat qilishni onam oʻrgatganlar:
“Hozir adang keladilar, uyni supurib qoʻy”, “Adangni jahllari yomon, tinch oʻtiringlar”, “Adangni ketmoniga tegma”, “Adangni soatiga qoʻl tegizma…”
Bilmadim, balki hozirgi zamonaviy oilalarga bizning holat “feodallik” boʻlib tuyular. Ammo bizning oilamizda ota shaxsiga sigʻinish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman…
° O'tkir Hoshimov
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Hammasidan eng ahamiyatlisi-
niyatning yaxshiligidir...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog'i bor.
Kimdir bir kun oldin, kimdir bir kun keyin... Ketadi-yu, qaytmaydi.
Mangu dunyo abadiy uni o'z quchog'iga oladi.
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Ota farzandlar kulgusi, xursandligi bilan xotirjam.
Garchi, mashaqqatli hayot ichida yashasa ham...
@marjonashuhratovna_blogi
☕️🎧 Sokin tarona bilan kunni yakunlaymiz...
🌙 Xayrli tun!
/channel/marjonashuhratovna_blogi
Yaxshi kunlarim ham, yomon kunlarim ham sen bilan o'tmoqda, talabaligim!
Taqdir yo'llarimni ilm olishlik, talabalikning eng shodon kunlarida yashashlik kabi baxtga ulaganimdan behad mamnunman.
Bu yutuqqa erishganlarimning asl sababchilari- Sizlarsiz, Dadajon, Oyijon!
Bugun 17-noyabr- talabalik bayramida chekilgan mashaqqqatlarni yana bir bor yodga olmoqdaman...
Mana bu davrlar ham tobora tugab bormoqda. Qizingiz bitiruvchi kurs endi.
Xudo xohlasa, hali bu zaxmatlarning rohatini tatiymiz!
❤️ Hamisha qo'llab-quvvatlab, menga kuch berib turgan yaqin insonimga ham rahmat!
P.S:. 🥂🎂"Student" do'stlarimga bugungi shodlik kuni muborak!
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Bilasanmi, bolam?
Kichkinaligingda falokat yuz berib, bir ko'zingni yo'qotding. Ona bo'la turib, seni bir ko'zing bilan ulg'ayishingga jimgina qarab turolmasdim.
Bunga toqatim yetmasdi.
Shuning uchun senga o'z ko'zimni berdim. Bu ko'z bilan mening o'rnimda ko'radi, deb sen bilan shu qadar g'ururlanib yurdimki, asti qo'yaver, bolam.
Seni yaxshi ko'rib, duolarida baxtingni, umringni so'rab qoluvchi onang ...
Men ado bo'lgandim.
Adoyi tamom edim.
Oyoqlarimdan mador qochdi.
Qanday qilib oshxonaga o'tganimni, onamni bag'rimga bosganimni bilmay qoldim.
"Meni kechiring, onajon", dedimu o'zimni onamning oyoqlari ostiga tashladim.
Insonmanmi men ham?
🧡 "Seni jannatda kutaman" kitobidan
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Turkiyaning Bursa viloyatida homilador ayoli uchun dovuchcha tergan inson bogʻ egasi uchun daraxt shoxiga xat bilan 100 turk lirasini (15 dollar atrofida) bogʻlab ketibdi.
Xatda: “Meva doʻkonlari yopiq, ayolim homilador. Soʻramasdan olishga majbur boʻldim, rozi boʻling”, deb yozilgan edi...!
🍀 Goʻzal islomning tarbiyasi ham naqadar goʻzal! ☺️
Koshki barcha insonlar birovning haqqidan shunchalar qoʻrqsalar edi...!
Manba: falsafasi_hayot 🕊
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Kinolardagi dada
- Oyijon, Gulsevarning dadasi kinolardagi dadalarga o'xshaydi.
- Kinolardagi dada qanday bo'lar ekan, qizim?
- Ishdan kelganida qo'g'irchoq, shokolad yo suratli kitob olib keladi.
"Mening ona qizim qani? Qani, dadasini bir o'pib qo'ysin, malikam!", deydi.
Gulsevarlar bilan birga o'ynaydi.
Birga dars tayyorlaydi...
Onaning shivirlagan tovushi ingragandek eshitildi...
🧡"Seni jannatda kutaman" kitobidan
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
"Dadajon!"
Men sizni juda sog‘indim.
Sog‘indim ikkala ko‘zim bilan teng.
Kelib qolarmishsiz ertami-indin,
Ayam shunday dedi,
Rostmi shu, ayting?!
Dada,
U kun sizni tushimda ko‘rdim.
Oq otda keldingiz,
So‘radingiz suv.
Men buni ayamga gapirib berdim.
Dadang keladi, deb aytdi,
Rostmi shu?..
P.S:. "Nido" dostonidan misralar...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Yon atrofga boqing!
Mushkul vaziyatda bizga qo'l cho'zib turgan chinakam yaqinlarimiz bor.
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Hech narsa aytmaydigan so‘zlar bor.
Hamma narsani so‘zlaydigan jimliklar bor...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
🖐Navbatdagi mutolaam
"Seni jannatda kutaman" ...
Unda abadiy qolurlar va undan ko'chishni istamaslar ...
P.S:. Kishi ko'ngli uchun chiroyli muqovali, chetlari zarlar bilan bezatilgan emas, o'z hayotini o'ziga ko'rsatib beradigan kitob darkor ekan.
Mutolaani boshladim.
Qoidachamizga muvofiq, ostiga chizib o'qiladigan misralarni yozib bormoqchiman.
☕️ Marjonjonga yoqimli mutolaa tilayman!
° /channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi?
Insonning hayvondan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi?
Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingan zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi insonni hayvondan pastroq tushirib qo‘ysa kerak: Aynan mana shu so'zlar ham Fotimaxonning fikrlaridir.
📘"O'gay ona" asaridan
P.S:. Bugun darsimizda namoyish etilgan videolavha.
Ruhiyatimizni uyg'otgani uchun Marjonaga tashakkur!
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Yashasang-chi, o'tmishdan arib!
Yo'l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga- bilmaysan ...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Yonginangda suyanadigan insoning bo'lsa,
har qanday dardlar ham "tuproq zarrasidek" ko'rinarkan ko'zingga...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
O'zi kichkina, lekin qalbi dunyolarcha keng...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Biror kishi yerga tushgan ignani ko'rib qolsa-yu, uni egilib olmasa, butun insoniyatga xiyonat qilgan hisoblanadi.
Bu igna ortida minglarcha insonlarning peshona teri, ko'z nuri va qo'l mehnati yotadi.
...
Isrof- eng og'ir gunohlardan biri.
Bunda puldan-da, moddiyatdan-da ustun turadigan buyuk odob va nazokat bor...
🧡 "Seni jannatda kutaman" kitobidan
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Umr o‘tib ketdi. Yig‘lama.
O‘tdi dunyo – besarhad qayg‘u.
O‘lim kelsa?..
Xo‘sh, kelsa, nima?
Ayriliqdan
Dahshatlimi u?
© Usmon Azim
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
If I were rich, I would buy flowers by mom.
Agar boy bo'lsam, onamga gullar olardim...
🧡 "Seni jannatda kutaman" kitobidan
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Bu dunyoda har bir odam o'z taqdiri bilan tug'iladi...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Kel, ey ko’nglim,
Kel, muhabbat,
She’r zavqiga qonaylik.
O’tda yonish bo’lsa, faqat —
Ishq o’tida yonaylik.
Faqat
Bizga g’amu kadar,
Qayg’u-hasrat yot bo’lsin.
To biz uchun jon berganlar —
Ruhi mangu shod bo’lsin.
/channel/marjonashuhratovna_blogi