...
OH, SENING YOSHLIGING MENDA BO’LSAYDI...
Ko‘ngil yoshligini har dam qo‘msaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!
Takror etmas edim bag‘ri toshliging,
Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!
Namuncha yengilsan, namuncha daydi!
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi!
Bo‘lmasdi beg‘amlik, bebardoshliging,
Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!
Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi!
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi,
O’tda yondirardim ko‘ngil g‘ashliging,
Oh, menda bo‘lsaydi sening yoshliging!
Yurak ilk sevgiga yana to‘lsaydi!
Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi,
Shodlik, ko‘klamliging, serquyoshliging
Jahon yoritardi xuddi Yoshliging!
P.S:.🎈 Dunyoga intilish ko'zi bilan boqadigan hurmatli yoshlar- do'stlarim, dugonalarim, uka-yu singillarim!
10-noyabr- Butunjahon yoshlar kuni -Sizning kuningiz.
Tabrigimni qabul qiling.
Qalbingizdagi yoshlik olovi hamda ezgu nigohlaringiz hech qachon so'nmasligini xohlayman!
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
Hech kimga bildirmay,
uning yoniga
Borgim kelayapti,
Xudojon!
“Tush” deysan,
“Tush” emas,
Tushgin, deyaqol.
Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
Umrining har daqiqasiga
Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.
Yoki olib ketay Arshi a’lomga,
Yo qolayin uning qoshida omon.
Qayda qilsang, qilgin,
ne qilsang qilgin,
Meni undan mahrum etma, undan , Xudojon!
Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir,
men unin qoshiga yetaman qachon?
Menga farishtalik taxtini emas,
Bir Ayol baxtini bergin, Xudojon!
Bilmaysan,
Men uning qonida oqdim,
Yillarning eng nurli xayoli bo’lib
Izn ber.
qolayin shu lahza haqqi,
Uning, faqat uning haloli bo’lib.
Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!
Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon.
Agar u tush bo’lsa
ming yildan beri
Kimga asrayapsan meni, Xudojon!
Kimga asraganding meni, Xudojon?!
° /channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Ko'ngil, bo'lma shisha singari siniq,
Behuda bor so'z yo nigohidan chil-chil.
Borliqni sig'dirgan buloq bo'l tiniq,
O'zingni o'zing bosma og'ir yuk shekil
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Har kimning ham aybini,
kamchiliklarini yashiradigan insoni bo'lsin yonida...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Dezdemona- gunohsiz dilbar!
P.S:. Chin muhabbat qurboniga aylangan taqdirlar haqida...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
🟢"Yosh mutaxassislar" tanlovi uchun arizalarni qabul qilish 4-noyabr kuni yakunlanadi.
🟢Avval xabar berganimizdek, 🇺🇿Toshkent shahar hokimligi hamda 🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun "Yosh mutaxassislar" tanlovini e'lon qilingan.
🗓 1-noyabr holatiga 250 dan oshiq onlayn arizalar kelib tushgan.
🗄Ko'pchilik, amaliyot (stajirovka) o'tash tartibi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar ro'yxatini so'ragan. Ushbu 🔗 havola orqali esa, Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi bilan to'liq tanishib chiqishingiz mumkin.
❗️Diqqat qiling! Ushbu tanlov oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi kursida ta'lim olayotgan yoshlar uchun!
✅Telegram sahifamiz @yoshlarplatformasi
🕊Telegram • 📱Facebook • 📱Instagram • 📺YouTube • 🕊Twitter
#tavsiya
🖐 Hammasi uchun 30 soniya kifoya...
Navbatdagi mo'jaz kitob mutolaasini yakunladim.
(ba'zida tanaffus bilan🙈)
😘 Samarasi yaxshi bo'lgan kitoblarni menga o'xshash qorako'z do'stlarimga tavsiya etishni yoqtiraman.
"30 soniya uchun qoida" - bu o'qiguvchiga atigi 30 soniya ichida fikrini qisqa, lo'nda bildirish, 30 soniya ichida ta'sirli gapirish, tinglovchi qalbiga kirish kabi kundalik zarur holatlarni "aniq" tasvirlab bera olgan kitob, degan xulosaga ega bo'ldim.
P.S: Nima uchun aynan 30 soniya?
Kitobni o'qing.
Va bu Sizga, albatta, yoqadi.
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Mudom tushlarimga kirar
o'sha bog' :
Goh gullab kiradi,
Sarg'arib goho.
Dil g'ussa yukidan og'ir tortgan chog',
Hatto hushda ham bo'ladi paydo.
Ko'zlarimni yumsam...
Ko'zimni ochsam,
Tuyaman olisdan o'tlig' bir sasni -
Hanuz jo'rovozmi, u bog' sen bilan.
U mensiz kuylashni unutganmasmi?
Usmon Azim
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Ko'p narsa kerakmi ayol zotiga?
Manimcha, bir tomchi mehr bo'lsa bas...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
-Uylarimiz kattalashyaptiyu, oilamiz kichiklashib boryapti.
Qulayliklar koʻpayyapti, vaqtimiz kamayyapti.
Bilim darajamiz oshmoqda, lekin, toʻgʻri fikrlashimiz kamayib boryapti.
Ilm ortyapti, amal esa yoʻq boʻlib ketyapti.
Mutaxassislar koʻp, muammo undan ham koʻp.
Dorilar koʻp, sogʻliq yoʻq.
Insonlar oyga chiqishni va yana qaytib tushishni uddaladi, ammo yaqinidagi qarindoshidan xabar ololmadi..
Insoniyat juda katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash uchun koʻpgina kompyuterlar, telefonlar yaratdi, lekin oʻzaro aloqa qilishni unutib qoʻydi.
Biz sonini qozondik, ammo sifatini boy berdik.
Odamlarning boʻylari uzun, axloqi past.
Daromadi katta, himmati kichik.
Hozir shunday zamonki, derazaning orqasida koʻp narsaga guvoh boʻlish mumkin, lekin shaxsiy xonang boʻsh..qalbing boʻsh...
Dunyo-har bir insonning hojatini qondirish uchun yetarli darajada katta, lekin, har bir insonning nafsini toʻydirish uchun esa, juda ham kichik ekan.
Fikrlar menga tegishli emas!
Musiqani qo'yib, she'r o'qisangiz, yoqimliroq)❤️
Yoki ko'zlaringizni yumib, chetdan o'zingizni kuzating...
Shunda ancha yengiĺ his qilarkansiz...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
🎧 Quloqchingizda tinglang! ...
Kunni shunchaki emas, Yaratganga shukrlar aytib yakunlash kerak!
Xayrli tun!
Mehrimni, mehnatimni, erishgan barcha yutuqlarimni shu insonlarga bag'ishlayman...
@marjonashuhratovna_blogi
#anglaganim
Dunyodagi hamma baxtli oilalar ham bir xil emas...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Yaratuvchi ayolni ijod etganida farishtalar hayron qolib undan so‘radilar :
–Uni nega gul kabi go‘zal yaratding ?
–Erlar ularni bir gul kabi avaylasinlar !
–Uni nega bunchalar munis yaratding ?
–Odam bolalariga Onalik qilsin !
Va farishtalar yana so‘radilar :
–Uning ko‘ksini nega bunchalik mehring ila to‘ldirding ?
–Ular to qiyomatga qadar Yer yuzini mehrga to‘ldirsinlar ...
/channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Men kimman?
Gʻamingga g‘amdosh bo‘lmasam,
Og‘rimasam yorug‘ qiynoqlaringdan?
° /channel/marjonashuhratovna_blogi
...
Xayollar uchadi mash'alday yonib,
To'yib yozajakmen bir kun sog'aysam...
Oybek 17 yil davomida og'ir xastalik ila mardona kurashdi.
Men uning kundalik kayfiyatini, tilagini, umidini ko'rib qadam bosdim.
Shu sababdan bo'lsa kerak, bu she'rini- uning qalb nolasini, umidini tinch o'qiy olmayman...
P.S:. Zarifa Saidnosirova(adibning rafiqasi) ning "Oybegim mening" nomli kitobidagi suronli zamonning go'zal sabri haqida.
Ta'sirli ...
° /channel/marjonashuhratovna_blogi
#tavsiya
Yomg'irli kunda Marjonjonda yangi xohish, qiziqish😀!
Ishtirok etmoqchiman!
Ishtirok eting!
+Tajriba
+Imkoniyat
...
Osmondan tushayotgan bir tomchi yomg'irning yog'ishi 800 km/soat tezlikda ekan.
Lek, Yaratganning marhamatini qarangki, ular inson boshiga hech qanday zarar yetkazmaydi...
Bu ham bir mo'jiza emasmi..?
/channel/marjonashuhratovna_blogi
🔉 Assalomu alaykum, Aziz doʻstlar! 🙋🏼♀️
SIZLAR UZOQ KUTILGAN "NEW LEVEL". SHAXSIY RIVOJLANISH USTIDA ISHLASH BOʻYICHA MAHORAT DARSLARI BOSHLANISH ARAFASIDA.🤩
💫 Xalqaro grantlar va ijtimoiy loyihalar boshqaruvi; 🥳
💫 0 dan biznes boshlash va uni rivojlantirish; 🥰
💫 Media savodxonlik - qanday qilib shaxsiy media loyihalar ustida ishlash; 🤔
💫 Xalqaro volontyorlik tajribasi - chet ellik spikerlar. 🫣
💥 4 kunlik onlayn mahorat darslari
Onlayn, Zoom
Oʻzbek tilida
Qani shoshilamiz - doʻstlar! 🥳🎉
🌟Sertifikat va maxsus metodik qoʻllanmalar beriladi 💯
⏱ Deadline: 1-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.
🏃🏻Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan🤗
🖇 KO'PROQ MA'LUMOT OLISH VA ISHTIROKCHIGA AYLANISH UCHUN HOZIROQ @irodaberdiyeva GA MUROJAAT QILING😇
😁 Shu ertakni tinglasangiz, shirin tushlar ko'rishingiz ma'lum bo'ldi!
/channel/marjonashuhratovna_blogi
👋 SIZ 100 KUN DAVOMIDA INGLIZ TILINI O'RGANA OLASIZ!
3 oylik vaqtingizni yo'qotmang!
Kurs vaqti: Har kuni Intermediate hamda beginnerlar guruhiga bo'lingan holda, 2 marta
Kurs manzili: Zoom platformasi/onlayn
📑ISHONCHLI, QONUNIY, SIFATLI INGLIZ TILI KURSI
Mazkur dastur xalqaro mentorlardan ingliz tilini o'rganish hamda IELTS imtihonlariga tayyorlanish imkonini beruvchi 3 oylik imtiyozli kurs loyihasi hisoblanadi va darslar Zoom platformasi orqali olib boriladi.
⚡️Kurs uchun to'lov mavjud!
3 oylik umumiy to'lov- 500.000 so'm
▪️Har bir ishtirokchi dars davomida 4 ta ko'nikma bo'yicha tayyorlantiriladi:
- Listening
- Reading
- Writing
- Speaking
Sizdan nima talab qilinadi?
- Statsionar kompyuter yoki noutbuk, yuqori tezlikda ishlaydigan internet;
- Daftar, ruchka.
- Kuniga 2-3 soat bo'sh vaqt.
📌Unutmang!
- Joylar soni cheklangan!
- Har bir ishtirokchida darsni 2marta kuzatish imkoniyati mavjud!
📮Ro'yxatdan o'tish manzili:
🔺@Marjon_Shuhratovna
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
"Farzandingizning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog‘ingiz farzdir: “Assalomu alaykum”, “Bismillahir rohmanir rohiym”, “Allohu akbar”."
@marjonashuhratovna_blogi
Bir qaraganimizda, haqiqiy bo‘lib ko'rinadi.
Afsuski surati bo‘lib chiqadi...
Qiziq, hayotda ham shundaymikan?!
@marjonashuhratovna_blogi
Aгар сиз кема қурмоқчи бўлсангиз, одамларни мажбурлашингиз, режалаштиришингиз, ишларни тақсимлашингиз, воситалар олишингиз шарт эмас. Одамларга чексиз денгиз завқини юқтиришингиз керак. Кейин улар ўзлари кемани қуришади.
Антуан де Сент-ЭЭезюпер
@Yosh_Buxoroliklar
🎧 Boshimizga sog' bo'ling!
Shu qo'shiqni qayta tinglagim keladi...
https://youtu.be/m8kcP1PGBDM