markaziytv | Unsorted

Telegram-канал markaziytv - MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

7216

✅ Rasmiy kanalga xush kelibsiz! 📲 Instagramda kuzating: 👉 https://instagram.com/markaziytv ☎️ Murojaat bo'limi: (99) 444 84 89 👉 @fuqaromurojaatbot 📢 Reklama: @my5_bot 🎥 Xabar va yangiliklar uchun: @markaziytvmy5_bot

Subscribe to a channel

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

⚡️ Inversiya - havoning teskari holati.

Odatda balandlikka ko‘tarilgan sari havo soviydi. Inversiya paytida esa aksincha: Pastda - sovuq, yuqorida - iliq havo bo‘ladi.

Bu holat ko‘pincha kechasi yer tez sovib, sovuq havo pastga “qamalganda” yuzaga keladi. Iliq havo yuqorida qoladi va sovuq qatlamni bosib turadi.


Nima uchun xavfli?

☁️ Inversiya havoni “yopib” qo‘yadi - tuman ham ifloslanish ham past qatlamdan chiqa olmaydi. Shuning uchun yirik shaharlarda tuman uzoq ketmaydi, havoning sifati esa keskin yomonlashadi.

Bugungi kunda yurtimizda havoning ifloslanishi ham asosan inversiya va yog‘ingarchilikning yetishmasligi bilan bog‘liq.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

MAXSUS KOMISSIYA ZARUR HOLLARDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKATINI CHEKLAYDI, JUMLADAN:

TOSHKENT SHAHRIDA YUK TASHISH AVTOTRANSPORT VOSITALARI HARAKATINI VAQTINCHA CHEKLASH AMALIYOTINI YOʻLGA QOʻYADI;

AVTOTRANSPORT VOSITALARINING, SHU JUMLADAN DAVLAT RAQAMIGA MOS RAVISHDA TOQ VA JUFT SANALARDA HARAKATLANISHNI CHEKLASH AMALIYOTINI JORIY QILADI (ELEKTROMOBILLAR BUNDAN MUSTASNO);

HARAKATLANISHI VAQTINCHALIK CHEKLANADIGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARI TURLARI, KOʻCHALAR VA BOSHQA HUDUDLARNI BELGILAYDI.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

MAXSUS KOMISSIYA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2025-YIL 19-NOYABRDAGI "EKOLOGIYA VA TURIZM SOHALARIDA AHOLI TALABLARIGA TEZKOR JAVOB BERA OLADIGAN BOSHQARUV TIZIMINI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"GI FARMONIDA BELGILANGAN TOPSHIRIQLAR, SHU JUMLADAN AI-80 MARKALI BENZINDAN VOZ KECHISH BILAN BOG‘LIQ CHORA-TADBIRLAR IJROSINI NAZORAT QILADI.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Farmonga muvofiq:

MAXSUS KOMISSIYA ATMOSFERA HAVOSI SIFATIGA SALBIY TA’SIR QILUVCHI MODDALAR YOQQAN ISSIQXONALAR VA BOSHQA OBYEKTLAR FAOLIYATINI VAQTINCHA TO‘XTATADI YOKI TUGATADI.

#PrezidentFarmoni

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.


Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 Bizni osh emas, bayroq birlashtiradi!

Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.

Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot va qator muhim hujjatlar qabul qilindi.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇰🇬 Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Nurgojoyevich Japarov:

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga an’anaviy samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Biz har doim birodar O‘zbekistonga alohida tuyg‘u bilan tashrif buyuramiz. Bu yerda Markaziy Osiyo birdamligining chinakam ruhini his etish mumkin.

Birodar o‘zbek xalqini O‘zbekistonning Samarqand shahrida YUNESKO Bosh Assambleyasining qirq uchinchi sessiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabriklayman.

Qirq bir yildan so‘ng ilk bor sessiyaning Parijdan tashqarida o‘tkazilgani — bu haqiqatan ham tarixiy voqea bo‘lib, Markaziy Osiyoning xalqaro gumanitar jarayonlardagi ortib borayotgan rolini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekistonning raisligi samaradorlik, tashabbuskorlik va butun mintaqa uchun amaliy natijalarga intilish borasida yuksak namuna bo‘ldi.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.

OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan "Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol" reytingini e’lon qildi.

Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.

"Ziroat Mirziyoyeva 2025-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St. Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Uning faoliyatida butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yashovchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past bo‘lgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlash masalalari alohida o’rin egallaydi. U milliy strategiyalarni 2030-yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bog‘lash orqali O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash siyosatidagi o‘rnini mustahkamladi
",
- deyiladi reytingda.


Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘idir.

Do‘stlaringizga ulashing
✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🌍 Jahon ijtimoiy tarmoqlarini portlatgan holat!

Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuvida kutilmagan holat yuz berdi — AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ko‘z qisdi. Shu bir lahza butun internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi!

Videolavha qisqa fursatda yuz minglab ko‘rishlar to‘pladi. Kimdir buni hurmat ifodasi, yana kimdir do‘stona ishora deb talqin qilmoqda. Qanday bo‘lmasin, bu kadr tarixga kirdi!

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq Uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

В завершение деловой программы визита в город Вашингтон Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с представителями ведущих американских компаний, инвестиционных фондов и финансовых институтов.

#Mirziyoyev #uchrashuv #AQSH #ishbilarmonlar

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “General Motors International” kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning rasmiy Telegram kanali faoliyat boshladi.

Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilayotgan amaliy choralar haqida rasmiy xabarlar hamda ma’lumotlar berib boriladi.

Kuzatib boring: 👉 @ecoinfouz

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Farmonga muvofiq:

MAXSUS KOMISSIYA QURILISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISHGA CHEKLOV VA ULARGA TALABLAR JORIY QILADI, SHU JUMLADAN, QURILISH VAQTIDA CHANGNI BARTARAF ETUVCHI USKUNALARNI O‘RNATISH VA BOSHQA TALABLAR.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

MAXSUS KOMISSIYA UNGA FARMON BILAN BERILGAN VAKOLATLAR DOIRASIDA AVVAL QABUL QILINGAN FARMON, QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL QILADI, SHU JUMLADAN SANOAT VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA FILTRLAR O‘RNATISH BO‘YICHA QONUNCHILIK TALABLARINING BAJARILISHINI NAZORAT QILADI.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Bugun "Euronews" media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston va "Euronews" o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatimizning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Jurnalistlarning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda O‘zbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishildi.


Do‘stlaringizga ulashing
✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

Davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvi yakunida qator hujjatlarni qabul qildilar.

Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇰🇿 Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Kemelevich Toqayev nutqidan:

Dunyo maydonida yuz berayotgan o‘zgarishlar sharoitida davlatlarimiz uchun mintaqani Yevroosiyoning asosiy transport-logistika markaziga aylantirish imkoniyati mavjud. Bu borada hurmatli Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bildirilgan fikrlar juda ishonarli bo‘ldi. Bu — nihoyatda muhim forum.

Bugungi kunda xalqlarimizning beqiyos tarixiy-madaniy merosiga asoslangan mintaqaviy o‘zlikni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kecha biz Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdik. Bu — ulkan, o‘ziga xos va noyob inshoot. Markaz ilmiy, turistik va etnomadaniy yo‘nalishlarning yuksak namunasi hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan institutsional asoslarni mustahkamlash haqidagi takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Ushbu masalalarni ishchi tartibda ko‘rib chiqib, tegishli takliflarni normativ-huquqiy yoki shartnomaviy asosda tasdiqlash imkoniga egamiz, deb hisoblayman.

Xulosa o‘rnida, hurmatli Shavkat Miromonovich, ko‘rsatgan yuksak mehmondo‘stlik va ushbu sammitni yuqori darajada o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.


Do‘stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev:

«Birodarim Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning dono rahbarligida O‘zbekiston taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan ishonch bilan bormoqda. Ulkan xalqaro obro‘-e’tibor, samarali iqtisodiy islohotlar, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi keng ko‘lamli loyihalar O‘zbekistonni mintaqada yetakchi o‘ringa olib chiqdi.

Shavkat Miromonovich nafaqat dono davlat arbobi, balki O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan insondir. Ozarbayjonda uni amaliy ishlari, xalqimizga bo‘lgan samimiy munosabati uchun hurmat qilishadi va yaxshi ko‘rishadi.

Uzoqni ko‘ra biladigan siyosatchi sifatida Shavkat Miromonovich Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaqinlashtirish zarurligini aniq ko‘ra biladi.

Kecha biz Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldik. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu markaz mamlakat rahbari O‘zbekistonning boy madaniy qadriyatlariga sodiqligining yana bir yorqin isbotidir.

Ayrim mamlakatlarda dinimizga nisbatan xurujlar kuchayib, islomofobiya tizimli tus olayotgan bir paytda, Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi butun dunyoga islom — bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va birodarlik dini ekanini namoyon etadi. Islom olamining buyuk namoyandalari jahon ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan, Islom sivilizatsiyasi markazi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Ishonchim komilki, Toshkentdagi salobati va ekspozitsiyasi jihatidan noyob bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi butun islom olamining faxr-iftixoriga aylanadi».


Do‘stlaringizga ulashing
✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🎞 Kasbiga sadoqat degani shu. 👏

Tramp bilan Vashingtondagi katta uchrashuvda bizning operatorimizga o‘z Prezidentini videoga olishga ruxsat berishmayapti.
Lekin Zayniddin aka to’xtamayaptilar. Bu insonlar kasbini shunchaki ish deb emas, ishonch deb bilishadi.
Ha shunaqa, ba’zida eng yaxshi kadrlar ruxsat bilan emas — mana shunaqa fidoyilik bilan olinadi.

Shu lahzalar ortida kuchli mehr bor: Vatanga va Prezidentga.🇺🇿

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.

Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!".


Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿Oq uyga tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 Davlatimiz rahbari Vashingtonda AQSH ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “General Motors International” kompaniyasining global ijrochi direktorini qabul qildi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">You Tube

Читать полностью…
Subscribe to a channel