Talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti. Talabalarning o‘rtacha stipendiya miqdori bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroqni tashkil qilyapti. Kamiga shuniyam oʻz vaqtida berishmayotgani haqida murojaat kelyapti.
Hukumat talabalarga va ularning ota-onasiga yordam boʻlsin deb ijara toʻlovining bir qismini toʻlab berishni yoʻlga qoʻygan. Endi shuniyam vaqtida berishmayotgan ekan. Har doim shu ikki muammo bor: koʻpincha stipendiya va ijara puli vaqtida berilmaydi.
P.S. Endi ochiq manbalardan OTMlarning xaridlaridan tashqari banklarga depozitga qoʻyayotgan pullarini ham oʻrganamiz, shekilli.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.
Xabar rasman tasdiqlanmagan.
@masofatalim
Sinoptiklarning aytishlaricha, joriy hafta oliy ta’limda “ob-havo” oʻzgarishi prognoz qilinyaptikan.
@masofatalim
Talaba bo'lish orzuligicha qolmasin!
🤩 Sizda hali sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba imkoni bor
Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud😉
Mavjud yo'nalishlar:
✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!
📲 Onlayn hujjat topshirish
📞 78-113-21-22Reklama
Misha, chuchvara “otmen”
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi 20-oktabrdan tungi smenada ishlashni to‘xtatganini e’lon qildi. Kutubxona bundan roppa-rosa bir yil avval 24/7 rejimda ishlashga o‘tgandi.
@masofatalim
21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan AQShdagi maktabda tahsil olayotgan hamyurtimiz turli davlatlardan kelib oʻqiyotgan yoshlar bilan birga tabrik yoʻllabdi 🇺🇿
@masofatalim
18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarga “Biz TOUR” sayyohlik kompaniyasi sayyohlik boʻyicha menejer lavozimiga ishga taklif qilmoqda. Talablar ham oddiy: til bilish (rus, ingliz tilini ham bilish ustunlik beradi), kompyuterdan va internetdan foydalana olish hamda kamida bir yillik ish tajriba kifoya.
Ish sharoitlari esa ajoyib: poytaxtning qoq markazida ofis, haftasiga 6 kun (soat 10:00 dan 19:00 gacha) rasmiy ish, korporativ uyali aloqa, do‘stona jamoa va eng asosiysi, oylik — oklad + rejadan%. Sinov muddati 30 kun, xolos. Bundan tashqari, do‘stona jamoada ajoyib karyera kutmoqda. Batafsil.
Bog‘lanish uchun telefonlar:
+998772711850 | +998772721850
Yoshlar siyosati va sport vazirligi rasmiy sayti hakerlar hujumiga uchrabdi. Qoldirilgan belgiga ko‘ra, vazirlik saytini qozoq hakerlari buzib kirishgan.
@masofatalim
Shishirilgan obuna
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 15 ta gazetaga bir yil muddatga obuna bo‘lish uchun “Grand Inter Media” MChJ bilan 117 mln so‘mlik shartnoma tuzibdi. Avvalroq universitet ayni shu MChJ bilan tuzgan 140 mln so‘mlik shishirilgan shartnomasiga e’tibor qaratgandik.
Ro‘yxatda keltirilgan narxlarni tahririyatlar bilan bog‘lanib, tekshirib ko‘rish mumkin. Narxlar bir necha o‘n barobar qimmatiga shishirilgan. Hatto ayrim gazetalarning bir yillik obunasi va o‘nlab nusxasining narxi bir dona gazeta narxi sifatida ko‘rsatilganini ham aniqlagandik.
Masalan, O‘zbekiston pochtasi orqali 2023-yilda “Yoshlar ovozi”ga obuna bo‘lish narxi 805 ming so‘mni, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ti” 588 ming so‘mni, “Kitob dunyosi” 361 ming so‘mni, “Yosh kuch” 651 ming so‘mni, “O‘zbek tili va adabiyoti” 293 ming so‘mni, “Yoshlik” 475 ming so‘mni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham mazkur MCHJ bilan 328 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘ri shartnoma tuzib, “Экспериментальная и клиническая фармакология” jurnalining bir donasini 40 mln 640 ming so‘mga sotib olgani haqida ham xabar berilgandi.
@masofatalim
Imtiyozbay ta’lim
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari tavsiyanoma bilan davlat granti asosida o‘qishga kirishi haqida ham imtiyoz bor. Masalan, mana shu farmoyish asosida bitta hokim yordamchisi “narxoz”ga grant kirib ketadi. Mazza-yu, a?
@masofatalim
2023-yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?
Platina.uz nashri “2023-yilda eng yaxshi ishlagan vazir qaysi?” nomli so‘rovnoma e’lon qilibdi. Masalan, nisbatan olganda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov yaxshi ishladi, nazarimizda. Shu sabab Shermatovga ovoz berdik. Sizningcha-chi, 2023-yilda qaysi vazir yaxshi ishladi? Ovoz berish uchun:
1-qism: /channel/platinauzb/3789
2-qism: /channel/platinauzb/3791
3-qism: /channel/platinauzb/3792
@platinauzb
“Milliy kutubxona qaysi tomonda?”
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga birinchi marta kelayotgan odamlar borki, ko‘pchiligi kutubxonani topa olmay qiynaladi. Chunki O‘zbekistondagi eng yirik ushbu kutubxonaning kutubxona ekanini ko‘rsatuvchi biror tashqi belgi yo‘q.
Binoning Navoiy ko‘chaga qaragan qismi boshqa bino, orqa tomoni esa kutubxona. Ammo shu orqa tomoniga o‘tib ham uning kutubxonaligini payqash imkonsiz. Yozuv bor, faqat o‘sha orqa tomonga o‘tgach, chap qo‘lga kirganda kichik yozuvlar bor, xolos.
Kutubxona mas’ullari shu yerni kutubxona ekanini ko‘rsatib turuvchi belgilar, katta qilib yozuvlar yopishtirib qo‘ysa yaxshi bo‘lardi. Shu yaqin atrofdagi odamlar yaxshi biladi — kutubxonaga kelayotgan 10 kishidan kamida 5 tasi kutubxonani qidiradi.
Kutubxonani kutubxonaga o‘xshatib qo‘yish qiyinmas-ku, to‘g‘rimi?
@masofatalim
Scopus’da maqola chiqaradigan firma oching, soqqani tagida qolasiz. Katta bir OTMning yarim milliard so‘m mablag‘i qanday qo‘lga kiritilgani haqida esa tez orada batafsil bilib olasiz.
@masofatalim
Qariyb 328 mln so‘mlik obuna
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 36 ta jurnal obunasi uchun “Grand Inter Media” MCHJ bilan 327 mln 930 ming so‘mlik shartnoma tuzgan.
Ushbu jurnallar orasida eng qimmati “Экспериментальная и клиническая фармакология” jurnali bo‘lib, bir donasi 40 mln 640 ming so‘mga sotib olingan. Undan keyingi o‘rinni esa “Терапевтический архив” jurnali egallagan — bir donasi 21 mln 560 ming so‘mga sotib olingan. Qolganlarining narxlari bilan esa rasmda tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu MCHJ bilan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ham 7 ta gazetaga bir yil muddatga obuna bo‘lish uchun qariyb 140 mln so‘mlik shartnoma tuzgandi.
@masofatalim
⚡️Rasman: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.
@masofatalim
Prezident qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Adliya vazirligi tizimida bo‘lgani sababli universitet rektorining qabul qilgan barcha turdagi hujjatlari “E-qaror” tizimi orqali ochiq e’lon qilib kelinmoqda.
Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil sentabr oyidan barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda qabul qilingan har qanday turdagi qaror, farmoyish va buyruqlar tizimda e’lon qilinishi kerak edi.
Mana, sentabr oyi o‘tdi, oktabr tugayapti. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qabul qilingan hujjatlar “E-qaror” tizimida e’lon qilinmayapti. Prezident farmonining ijrosi bajarilmayapti.
Shu tufayli OTFIV tasarrufidagi 60 dan ortiq OTMlarning rektorlari qabul qilgan hujjatlar ham “E-qaror” tizimiga joylanmayapti. Amaldagi vazir shunga o‘zlari bosh bo‘lsalar yaxshi bo‘lardi.
Har holda boshqa ishga o‘tganlarida “u kishi falon pul sarflab tadbir qilishdan boshqa oliy ta’limda o‘zi nima ishlar qildi”, degan savolga bitta bo‘lsa ham javob kerak-ku, axir. Masalan-da.
@masofatalim
AloqaBank jamoasi AKT sohasidagi eng yirik tadbir — “ICTWeek Uzbekistan” haftaligining ochilish marosimiga taklifnoma yuboribdi. Aytishlaricha, sohada bir-biridan qiziqarli yangiliklar taqdimotlari kutilayotgan ekan. Talabalar uchun ham ajoyib yangilik tayyorlashibdi.
Darvoqe, haftalik davomida CAEx ko‘rgazma markaziga (Toshkent shahri, Milliy bog‘, 1-uy) tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yilibdi. Avtobuslar 24-26-oktabr kunlari har soatda soat 9:00 dan 17:00 gacha quyidagi yo‘nalishlarda qatnaydi:
➖ IT Park majmuasi, Mirzo Ulug'bek tumani
➖ Beruniy metrosi
➖ Oʻzbekiston mehmonxonasi
➖ Janubiy vokzal
@masofatalim
Toshkent davlat transport universitetining bir guruh talabalari o‘quv formasida universitet hovlisida yugurib yurgani, ular darsga kechikkani uchun shunday jazolangani aytilgan video tarqaldi.
Universitet bu holat videorolik olish jarayoni bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan. Ammo rasmiylar o‘sha videorolikdan parchani taqdim eta olmayapti. U rolik keyingi oydagi tadbir uchun ekan.
Hay, mayli. Nimayam derdik. Keyingi oy bo‘lsa, keyingi oyda. Bu mavzuga qaytamiz. Universitet o‘sha rolikni taqdim etsa, tekinga kanalda joylab ham beramiz. Albatta, u o‘zi mavjud rolik bo‘lsa...
@masofatalim
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining Gazetauz’ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.
Sababni ahvolini qara, o‘zi eng katta, kutubxonaga o‘xshamaydigan kutubxona shu bo‘lsa, yana shundan ham tejab qolishmoqchi. Bitta kutubxonaga 10-15 ta shtat ajratish shuncha qiyin ishmi? Shu bitta bino qancha elektr yoqadi? Bulardan tejab qolinsa, elektr hammaga yetadimi? Tavba.
@masofatalim
17 315 000 so‘mga “sotilgan” PUBG akkaunti
Namanganlik 21 yoshli fuqaro T.I. samarqandlik tengdoshi A.I. bilan telegram orqali tanishgan va go‘yoki kuchaytirilgan PUBG akkauntini sotib olish uchun A.I. ning bank kartasiga oldindan 17 mln 315 ming so‘m pul mablag‘larini o‘tkazib bergan. A.I. akkauntni bermagan, olgan pulidan 12 mln so‘mni qaytarib, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda. JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
@masofatalim
Qatar Masters chempionatiga shaxmatchilarimiz borib, boshqa davlatdan kelgan hamma kuchli raqiblarini mazasini qochirib, oxiri oʻzlari bilan oʻzlari oʻrinlarni boʻlishib olishibdi :)
Chempionatda Nodirbek Yakubboyev Nodirbek Abdusattorovni 2-0 hisobida magʻlub etib, chempion boʻldi. 1- va 2-oʻrinni shu tarzda boʻlishib olishdi. Keyingi oʻrinlar ham oʻzimiznikilardan ortmadi.
Barakalla, chempionlar!
@masofatalim
AloqaBank talabalarga ajoyib qulaylik taqdim etibdi. Talabalik guvohnomasi ham, ATTO ham, VISA ham bitta kartada ekan. Ushbu kartadan olgan TATU talabalari juda qulay narsa qilingani haqida yozishmoqda. Gap yo‘q, chindan ham mana shu ish zo‘r bo‘libdi.
@masofatalim
24-26-oktabr kunlari “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga tashrif buyuring!
AloqaBank’ning individual dizayndagi “VISA” yoki “Humo” bank kartasiga buyurtma berish orqali siz kafolatlangan sovg‘alar to‘plamiga ega bo‘lish va har kuni Samsung S23, Galaxy Watch6, Galaxy Buds pro sovg‘alaridan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz!
Aksiyada ishtirok etish uchun:
- AloqaBank ko‘rgazma stendida ushbu bank kartalarini oching;
- “Zoomrad” ilovasini yuklab oling va masofaviy identifikatsiyadan o‘ting;
- Yangi bank kartangizni ilovaga ulang.
Eslatma: Aksiyada ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasportingizni O’zingiz bilan olishni unutmang!Reklama
“Qahramon Amrillosiz”
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tugʻilgan kuniga bagʻishlab she’r yozishibdi. Mana shunaqa avliyo, donolar donosi, buyuklar buyugi, muhtaramlar muhtarami, qahramonlar qahramoni boʻlmish vazirimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.
Dok-1 Maks’dan oʻlib ketgan bolajonlar, zaharlanish ortidan shifoxonada yotib chiqqan goʻdaklar… Hay, mayli, chuqurlashmaylik-a? Buyuklar buyugi shunaqa degan-ku, axir.
@masofatalim
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ham “O‘zbekiston talabasi” jurnalining 50 ta soniga obuna bo‘lish uchun 48 mln 750 ming so‘mlik shartnoma tuzibdi.
Avvalroq ushbu jurnal obunasiga Toshkent moliya instituti 146 mln 250 ming so‘mlik, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa 97,5 mln so‘mlik shartnoma tuzgandi.
2022-yilgacha bunaqa jurnal bo‘lmagan. 2022-yil noyabr oyida bir dumalab dunyoga kelib, OTMlarga bir dona jurnalni 975 ming so‘mdan o‘tkazishyapti. Internet asrida.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “InnoWeek-2023” tadbiriga keladigan mehmonlarning ovqatlanishiga 785 mln so‘m mablag‘ sarf qilmoqda. Jumladan, kechki ovqat menyusida go‘shtli, pishloqli, sabzavotli, mevali assortilardan tortib, shashlik assortigacha bor. Bunda oldin suyuq tarqatilib, keyin bittadan go‘shtli somsa olib kelinadi, ana keyin shashlikka navbat keladi. Tushlikda esa dasturxonga to‘y oshi va norin tortiladi.
@masofatalim
500 mln so‘mning qo‘lga kiritilishi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy jurnal xalqaro standartlarga mos ravishda nom tanlash, litsenziya olish, nashriyot uyini tashkil etish va zaruriy hujjatlarni tayyorlash xizmati uchun 26-iyuldan 2-avgustga qadar 600 mln so‘mlik tender o‘tkazgan. Ushbu tenderda “E.P.” MChJ 500 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib bo‘lgan. Ammo G‘azna buni bekor qilib, qayta tender o‘tkazishni so‘ragan.
Shundan so‘ng Nizomiy nomidagi TDPU 28-avgust kuni huddi shu tenderni yana qayta e’lon qilgan. 5-sentabrga qadar davom etgan ushbu tenderda ham “E.P.” MChJ yana 500 mln so‘mlik taklif bilan g‘olib deb topilgan va 11-sentabr kuni universitet bilan shu qiymatdagi shartnomani tuzgan. Bu safar “E.P.” MChJga raqib sifatida yakka tartibdagi tadbirkor I.I.Z (ayol kishi) ham ishtirok etgan.
Davlat reestriga ko‘ra, universitetning tenderini yutgan “E.P.” MChJ 2023-yil fevral oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Korxona rahbari sifatida A.B.Sh. o‘g‘li ko‘rsatilgan. Mana shu joyda bir narsa e’tiborni tortdi: korxona rahbarining telefon raqami sifatida ko‘rsatilgan raqam telegramga saqlanganda I.I.Z ismi kelib chiqdi. Ya’ni 600 mln so‘mlik tenderni qo‘ldan boy bergan YTT rahbarining telefon raqami ham, tenderni yutgan MCHJ rahbarining telefon raqami ham bir xil — I.I.Z. ga tegishli. Hatto elektron pochtada ham I. ning manzili ko‘rsatilgan.
Xulosa shuki, tenderni yutgan ham, unga “raqib” sifatida qatnashgan ham bir-biriga aloqador odamlar (yoki ikkisi ham bir odam) boʻlishi mumkin. Mazkur holat raqobat to‘g‘risidagi talablarga zid emasligini tegishli idoralar o‘rganishi kerak.
❗️Eslatma! Bu post orqali kimnidir obroʻsizlantirish maqsad qilinmagan. Shu sababli barchasi ochiq ma’lumot boʻlsada, ism-familiyalar berkitilgan holda, faqatgina ularning bosh harflari keltirildi. Agar ikkinchi tomonda munosabat boʻlsa, ularga ham minbar beriladi. Bu postdan keyin telefon raqamlar o‘zgartirilishi, telegramdagi profil hatto o‘chirib tashlanishi ham mumkin. Ammo allaqachon bu gaplarning tasdig‘ini ko‘rsatuvchi dalillar yozib olingan.
@masofatalim
Madaniyat vaziri, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Ozodbek Nazarbekov Samarqand viloyatidagi to‘ylarning birida xizmat qilibdi.
Zo‘r-a? To‘yingga kimsan madaniyat vaziri birrovga kelib qo‘shiq aytib bersa... Keyin maqtanib yurasan — to‘yimda madaniyat vazirining o‘zi xizmat qilgan deb :)
@masofatalim
👤 Minimal shartlar va yutuq sizniki — ICTWEEK 2023 haftaligi doirasida AloqaBank va VISA hamkorligida ajoyib aksiya!
Quyidagi yutuqlardan birining egasi bo‘lishni xohlaysizmi?
- Samsung S23 (2x)
- Galaxy Watch (2x)
- Galaxy Buds pro (2x)
Asosiysi ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish kifoya:
- Zoomrad ilovasini yuklab oling va masofaviy identifikatsiyadan o‘ting;
- Ilova orqali VISA kartasiga buyurtma bering;
- 13.10.2023 sanasidan 25.10.2023 sanasigacha minimal 200 000 so‘m miqdorda yoki ekvivalenti shu miqdorga teng bo’lgan xorijiy valyutada to‘lov amalga oshiring.
Eslatma: Agar siz allaqachon AloqaBank VISA kartasiga ega bo‘lsangiz, yangi buyurtma qilishingiz shart emas!
Oferta | Reklama