Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi bino yonib ketgani aytilmoqda.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov ham deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi
Sobiq oliy ta’lim vaziri, Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Xamidovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyati Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilibdi.
@masofatalim
“Andijonliklar keldi!”
Xorijiy tillar boʻyicha respublika fan olimpiadasida umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi institutda tantanali kutib olinibdi.
@masofatalim
Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islambek Rustambekov buyrug‘i bilan universitetda 2023/2024 (o‘tgan) o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 30-sentabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.
@masofatalim
Prezident farmoniga asosan, Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Madjidov Inom Urishevich “Doʼstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
@masofatalim
🚕 Ertalab darslarga ortiqcha xarajatlarsiz qanday yetib borish mumkin?
Odatda mening yo‘l haqim 23 000 - 25 000 so‘mni tashkil etsa, uklon orqali 15 000 - 17 000 so‘mga yetib olishim mumkin. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar uchun dastlabki uchta sayohatga 50% gacha chegirma taqdim etiladi!
💡Tirbandlik vaqtida sayohatni yanada yoqimli qilish uchun foydali maslahatlar:
• Ilovani yuklab oling va yangi foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘ting, shunda uklon sizga dastlabki uchta sayohatga 50% gacha chegirma beradi
• Pik soatlarda sayohatlarni oldindan rejalashtirish muhim, mashinani ma’lum vaqtga buyuring va u kerakli paytda sizni kutib turadi
• Xizmat haydovchilari yo‘riqnomadan o‘tishadi va sayohat davomida chekish taqiqlangan salon hamda sukunat qoidalariga rioya qilishadi
• Ilovadagi "Sevimlilar" ro‘yxatiga aniq manzillarni tanlash va saqlash, shuningdek avtomatik to‘lov uchun bank kartasini ulash mumkin
Buning uchun shunchaki uklon ilovasini o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tish kifoya, chegirma barcha yangi foydalanuvchilar uchun avtomatik ravishda ishga tushadi.
Innovatsiya agentligi matbuot xizmati ishlayaptimi o‘zi? AOKA qayerga qarayapti?
Bular Prezident farmoni loyihasi yozib, e’lon qilyapti va bu e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.
Ammo loyiha ijodkori bo‘lgan tashkilotlar esa lom-mim demayapti.
AOKAdagilar qayerga qarayapti? Shunday muhim hujjat borasidagi e’tirozlarga nega tayinli javob bermayapti?
@masofatalim
Jizzax viloyat prokuraturasi Telegram kanalida e’lon qilingan so‘rovnoma.
Unda “Maktabimda” qo‘shig‘ini qaysi sanatkor ijro etgan?” degan savol qo‘yilgan.
@masofatalim
Ilmiy tadqiqot institutlarini o‘ldirmang!
25-sentabr kuni “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Prezident farmoni loyihasini tayyorladi. Ilm-fan bilan shug‘ullanadigan olimlar bu farmonni ilmni tushunmaydiganlar yozgan, deb hisoblamoqda” sarlavhali material e’lon qilingandi.
Hozircha hech kim bunga munosabat bildirmadi. Farmon loyihasi ijodkori sifatida ko‘rsatilgan vazirlik tadbirlar bilan ovora, shekilli.
24-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabov imzosi bilan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga xat chiqarilgan. Unda aytilishicha, 27-sentabr kuni agentlikda bo‘ladigan yig‘ilish kun tartibida ayni shu farmon loyihasi muhokamasi ham o‘rin olgan.
Avvalroq bu farmon shu holida qabul qilinsa, ilmiy tadqiqotlarni rivojlanish bosqichidan butkul to‘xtatib qo‘yishga olib kelishi ma’lum qilingandi. O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov ham bunga alohida e’tibor qaratib, e’tiroz va takliflarini bildirgandi.
Mas’ullardan akademiklar, olimlar va ilmiy tadqiqot institutlari xodimlarining e’tiroz va takliflarini inobatga olishni so‘raymiz. Ilmni o‘ldirmang, ilmiy ishlarni rivojlantirishdan to‘xtatib qo‘ymang.
@masofatalim
OʻzDJTSU Italiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev boshchiligidagi universitet vakillari ham faol ishtirok etib, Italiyaning ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasi Tuscia hamda Bari Aldo Moro universitetlari bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
@masofatalim
Bu yalmog‘iz kampir o‘zini kim deb o‘ylayapti-a? O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishga tashqaridagilarning birortasini haqqi yo‘q. O‘zimiz hal qilib olamiz!
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Prezident farmoni loyihasini tayyorladi. Ilm-fan bilan shug‘ullanadigan olimlar bu farmonni ilmni tushunmaydiganlar yozgan, deb hisoblamoqda.
Soha mutaxassislarning aytishicha, farmon loyihasining 1-va 2-bandida keltirilgan moliyalashtirish mexanizmiga kiritilayotgan o‘zgartirish asosida birgina “Ilmiy tadqiqot institutlari uchun” tadbiq qilinmoqda va bu ilmiy tadqiqotlarni rivojlanish bosqichidan butkul to‘xtatib qo‘yishga olib keladi.
O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov ayni shu farmon loyihasi yuzasidan bildirgan fikrlarini quyidagi link orqali o‘qish mumkin: https://kun.uz/kr/27804202
Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazir etib tayinlanganda bir xursand bo‘lgandik, ilmni tushunadigan va qadrlaydigan odam keldi, degandik. Janob vazir, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari va olimlar bilan shu farmon yuzasidan maslahat qilishingiz kerak, deb hisoblaymiz. Bu kabi hujjatlarni yozishni ilmni tushunadigan odamlarga qo‘yib berish kerak, bo‘g‘adiganlarga emas.
@masofatalim
⭕️⭕️⭕️ Qabul tugashiga 7 kun qoldi!
NIU eng ilg'or xususiy oliy ta'lim maskanidir! Kelajakdagi kasbingiz kafolati faqatgina NIUda!
NIU sizni kutmoqda, tanlovda adashmang!
Shuning uchun vaqtni qo'ldan boy bermay, hoziroq ariza qoldiring va talabalik baxtiga erishing.
Bir yilda uchta lavozim
2024-yil yanvar oyi oxirida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich lavozimidan ozod etilgandi.
Fevral oyiga kelib, u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining transformatsiya bo‘yicha prorektori etib tayinlangan.
Bugungi ma’lumotga ko‘ra, Begimqulov Nizomiy TDPU prorektorligidan ham bo‘shab, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori lavozimga tayinlangan ekan.
Ma’lumot uchun, Uzoqboy Begimqulov 2017-2021-yillarda ham oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
P.S. Begimqulov prorektor etib tayinlanganda shu postni ham yozgan ekanmiz:
Shunaqa amaldorlar bo‘ladiki, umri yuqori mansablarda o‘tgan. U vazir o‘rinbosarligidan bunisiga, bunisidan esa unisiga. Lekin shunaqa amaldorlar borligini ularning ish joyi o‘zgargandagina bilamiz. Ular yo buyuk ishlar qilib soyada qolishgan, yoki hech balo qilmay tinchgina soyada yurishgan. IMHO.
@masofatalim
Toshkent davlat agrar universiteti. Dahshatli darajada yonyapti, deyishyapti.
@masofatalim
Gigantlar jangi: Samsung va Apple smartfonlari kurashi
Ikki kompaniya o‘rtasidagi marketing urushida reklama kuchli qurolga aylandi. Apple o‘zining reklama kampaniyalarida doimo minimalizm, innovatsiya va uslubga urg‘u bersa, Samsung texnik tomonga ko‘proq e’tibor qaratdi.
Batafsil – https://platina.uz/ca4ec0
@masofatalim
Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi
27-sentabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal ochib berdilar.
Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.
Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
@masofatalim
Fikr politsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasi quyidagicha boshlanadi
“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”
@masofatalim
Prezident farmoniga asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsieva Gulchexra Shovkatovna II darajali “Sogʼlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
@masofatalim
❗️Ta’lim krediti mavzusida ovozli chat boshlandi
Savol-javob qismida savollaringizga mutaxassisdan javob olishingiz mumkin.
Havola: /channel/nodavlattalim?livestream
“Mening yurtim” telekanali sovgʻalarni egalariga topshirishni boshladi
Bir necha kun avval “MY5” telekanali oʻzining 10 yillik yubileyi munosabati bilan 25-sentabrdan 25-noyabrgacha tomoshabinlar uchun aksiya o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Telekanal ko‘p kuttirmasdan g‘oliblarni aniqlashni va sovg‘alarni topshirishni boshladi.
Аksiyaning birinchi gʼolibi fargʼonalik Javlonbek Toirov boʼldi. Unga smartfon topshirildi. Ikkinchi gʼolib esa qashqadaryolik Sodiqjon Аvazov boʼldi. Unga telekanal tomonidan televizor sovgʼa qilindi.
“MY5” oʻz tomoshabinlari uchun tayyorlagan sovgʻalar ichida 30 ta smartfon, 30 ta televizor bor. Bosh sovrin – 50 mln soʻm. Aksiya 25-sentabrdan 25-noyabrgacha davom etadi. Gʻoliblar har kuni ertalab “Omon-omon” dasturida eʼlon qilib boriladi.
25-noyabrgacha hali imkoniyat ham, sovg‘alar ham ko‘p. Ishtirok etish shartlari juda oddiy: har kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar “Mening yurtim” telekanalidan uzoqlashmay, shu paytda efirda ko‘rsatilgan sirli raqamlarni @my5_bot Telegram boti orqali yuborish va ballar to‘plash lozim.
@masofatalim
Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy tashkilotlarga xat chiqarib, yig‘ilishga taklif qildi. Zoom link ham taqdim etdi. Yig‘ilish boshlanishiga yaqin esa yig‘ilishga kirgan ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarini Zoom’dan chiqarib yubordi. Ayni paytda bu link ishlamayapti.
@masofatalim
✅✅✅✅ Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?
🔺 Navoiy innovatsiyalar universiteti O’zbekiston bo’ylab eng arzon 8 million so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlarini taqdim qilmoqda!
🏛Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud. Orzuyingizdagi universitet sizni kutmoqda!
Darknet tahdidi, dipfeyk, xakerlik – O‘zbekistonda kiberxavfsizlik qay ahvolda?
Platina.uz sayti DXX Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi bilan intervyu qilibdi.
Suhbatda quyidagi savollar o‘rtaga tashlangan:
⁃ Sun’iy intellekt inson uchun kelajakda qanchalik xavfli yoki xavfsiz?
⁃ Kiberxavfsizlik sohasi bozori nima deyiladi va undan qanday daromad olsa bo‘ladi?
⁃ Darknet tarmog‘idagi tahdidlarga javob bera olamizmi?
⁃ O‘zbekistonga IP manzil bo‘yicha qaysi davlatdan ko‘proq kiberjinoyat sodir etiladi?
⁃ Malakali dasturchilarni olib qolish uchun markaz nimalar taklif qila oladi? Oylik maosh qancha?
⁃ Qaysi sohada ko‘proq kiberxavfsizlik bo‘yicha nosozliklar uchraydi?
⁃ Qanday turdagi kiberjinoyatlarning ulushi bizda ko‘proq?
⁃ Kiberxavfsizlik markazi saytidagi vebsaytlarni virusga tekshirish belgisi haqida.
⁃ Odamlar kiberjinoyat qurboni bo‘lmasligi uchun nima qilishi kerak?
Tomosha qilish uchun:
https://www.youtube.com/watch?v=BLP70Var4_c
⚡️«Yosh ziyokor» uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat OTMlar reytingi
Xotin-qizlar tanlovi katta bo‘lgan OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba):
➖ Urganch Innovatsion Universiteti - 91
➖ Xalqaro Nordik universiteti - 88
➖ Profi University Navoiy filliali - 86
➖ Yangi Asr Universiteti - 85
➖ Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 80
O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi):
➖ Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 43
➖ Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti - 25
➖ Toshkent xalqaro universiteti - 12
➖ British Management University in Tashkent - 10
➖ IMPULS tibbiyot instituti - 10
Grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari):
➖ Toshkent xalqaro universiteti - 15
➖ British Management University in Tashkent - 13
➖ Japan Digital University - 13
➖ Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 10
➖ Acharya Universiteti - 10
Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar):
➖ Nukus innovatsion instituti - 100
➖ Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 99
➖ Xalqaro innovatsion universitet - 99
➖ Toshkent gumanitar fanlar universiteti - 95
➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti - 94
Nodavlat OTMlar orasida sirtqi ta’limga e’tibor kuchli bo‘lishiga qaramay, ularning 20 tasida sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan talabalar mavjud emas.
Xorijiy talabalar ta’lim olishi ko‘rsatkichi bo‘yicha holat ijobiy emas. Masalan, Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida 100 ta talabaga bor yo‘g‘i 1 ta xorijiy talaba to‘g‘ri kelsa, boshqa nodavlat OTMlarda bu qiymat nolga teng.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
“Texnik nosozlik sabab xato berilgan litsenziya”
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, “Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.
@masofatalim
“MY5” telakanali o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan tomoshabinlarni sovg‘alar bilan siylaydi!
Dushanbadan jumagacha soat 16:00 dan 18:00 ga qadar “Mening yurtim” telekanalidan uzoqlashmay, shu paytda efirda ko‘rsatilgan sirli raqamlarni @my5_bot Telegram boti orqali yuborish va ballar to‘plash lozim.
Telekanal @my5_bot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tgan barchaga BizMedia ilovasi uchun 30 kunlik vaucher taqdim etadi.
Bundan tashqari, “MY5” o‘z tomoshabinlari uchun tayyorlagan sovg‘alar ichida 30 ta smartfon, 30 ta televizor bor. Bosh sovrin – 50 000 000 so‘m.
Aksiya 25-sentabrdan 25-noyabrgacha amal qiladi!
@my5tv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi – Prezident
@masofatalim