Instagram’da bir betayin “shu videom 100 ming layk yigʻsa, dadamni uraman”, deb video joylagan ekan. IIB ushbu shaxsni topib, profilaktik suhbat oʻtkazibdi.
Qolaversa, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, 2000-yilda tugʻilgan, layk uchun otasini urushga tayyor bu “yigit” 15 sutkaga joylashtirilibdi.
Odamlarga nima boʻlyapti-a?
@masofatalim
Sovrin jamgʻarmasi 300 mln soʻm: poytaxtda “Tashkent Chess” xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va “Sky Chess” tomonidan 16-22-dekabr kunlari poytaxtda “Tashkent Chess” xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi.
Musobaqa shaxmatning standart va blits yoʻnalishida boʻlib oʻtadi.
Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga boʻlinadi.
Bundan tashqari, 12 va undan kichik yoshdagi bolalar ham musobaqa ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Bahslarda ishtirok etmoqchi bo’lgan har bir talabgor telegramdagi @skychessuzb orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi zarur.
Sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmni tashkil etuvchi turnirda siz ham ishtirok eting va sovrindorlar qatorida bo’ling.
Murojaat uchun telefon raqamlari: +998 78 120 00 25; +998 95 510 00 25.
@masofatalim
So‘nggi uch yilda respublika miqyosida navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda — Prezident
@masofatalim
Prezident qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat universitetiga aylantirildi.
Institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
@masofatalim
Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Xaydarov Nodirjon Kadirovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
Tabriklaymiz!
@masofatalim
Toshkent davlat texnika universiteti rektori, muhandis-texnolog olim, texnika fanlari doktori Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
Sadritdin Maxamatdinovichni samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi rahbari Sobirxonov Akbarxon Aziz-o’g’li Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
Akbarxon Sobirxonovni samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Hamidovich Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi deputatligiga saylandi.
Abduqodir Hamidovichni ham samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
2023/2024-o‘quv yili boshidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 10 ming 845 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimida taqsimlanishi:
Hindiston — 5 ming 733 nafar;
Pokiston — 1358 nafar;
Turkmaniston — 904 nafar;
Rossiya Federatsiyasi — 750 nafar;
Qozog‘iston — 537 nafar;
Tojikiston — 285 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 285 nafar;
Afg‘oniston — 196 nafar;
Xitoy — 182 nafar;
Koreya Respublikasi — 176 nafar;
Kanada — 124 nafar;
Boshqalar — 315 nafar.
Ma’lumot uchun, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni 150,5 ming nafarni tashkil etmoqda va bu yo‘nalishda O‘zbekiston dunyoda 3-o‘rinda bormoqda.
@masofatalim
Shu sovuqda Toshkentda isitish tizimini yoqmayotgan vallomatlardan boshqa hammaga xayrli tong!
@masofatalim
Hurmatli hokimimiz havo harorati 8 darajaga tushishini kutmasdan isitish tizimini yoqvoringlar, deb tezroq qaror chiqarsalar yaxshi bo‘lardi. Uylarning ichi hazilakam sovuq bo‘lmayapti, hozircha bunga tirik guvohlar juda ko‘p.
@masofatalim
“Piramida” serialining 2-mavsumi boshlandi
Ahmadboy va u tuzgan moliyaviy piramida bilan bog‘liq real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali 2023-yilda katta ekranlarga chiqqandi. Serialning 1-fasli 21-seriyadan iborat bo‘lib, juda qiziq joyida tugab qolgan (1-mavsum serialarini mana bu yerdan topsa bo‘ladi).
“Piramida”ning 2-mavsumi 21-oktabrdan boshlab yana “Mening yurtim” telekanalida efirga uzatila boshlabdi. O‘tgan hafta davomida yangi mavsumning 22-26-serialari namoyish etilgan. Serial juda qiziq, kecha bir o‘tirishda hafta davomida efirga uzatilgan hamma qismlarini ko‘rib chiqibman :)
Shu serialni ko‘rib, odam kino ko‘rganday bo‘lyapti va beixtiyor hayoldan bir fikr o‘tyapti: “Biznikilar ham mana shunaqa real voqealarga asoslangan, qiziq va professional seriallar ishlay olarkan”.
“Piramida” serialini mabodo “MY5” telekanalida tomosha qilishga ulgurmayotganlar bo‘lsa, Biz Media platformasida ham sifatli formatda topsa bo‘ladi. Yakshanba kungi madaniy hordiq uchun zo‘r tavsiya. Havola: https://bizmedia.uz/films/10847
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga ovoz bergan saylov uchastkasidan reportaj.
Manba
@masofatalim
“Toshkent yoshlarni sevadi”: SMMga bepul o‘qish kursiga 3 mingdan ortiq ariza topshirildi
Poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitilishi xabar berilgandi.
Ma’lum qilinishicha, loyihada ishtirok etishni istagan talabgorlardan hozirgacha 3 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan. Bugun, 25-oktabr kuni soat 00:00da mazkur loyiha uchun qabul yakunlanadi. Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmaganlar bo‘lsa, yana bir necha soat vaqt bor. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @smaktabbot
@masofatalim
⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.
Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.
🌐 Onlayn ariza topshirish
📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43
Telegram | Instagram | Web-sayt
4-noyabr kuni Termiz davlat universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida yashovchi 3000 nafarga yaqin talabalar va 500 nafardan ortiq xodimlar uchun universitet tomonidan osh tarqatilibdi.
TerDU rektori Abduqodor Toshqulov mas’ullarga talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning sharoitlarini o‘rganib, lozim bo‘lsa amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
@masofatalim
2025-yilda ham stipendiyalar oshirilmasligi mumkin
Iqtisodchi Otabek Bakirov 2025-yilgi davlat budjeti loyihasidan kelib chiqib, stipendiyalar miqdori yuqori ehtimol bilan yana indeksatsiya qilinmasligi mumkin, deb yozmoqda.
Agar shunday bo‘lsa, bu to‘rtinchi yil ketma-ket stipendiyalar oshirilmayotganini anglatadi.
“Stipendiya jami xarajatlarning o‘sishi esa talabalar soni o‘sishi bilan bog‘liq”, degan iqtisodchi O.Bakirov.
@masofatalim
“Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM maktabda ilk darslar boshlandi
Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida loyiha e’lon qilingandi.
Mazkur loyiha doirasida 25-oktabrgacha 3 mingga yaqin nomzodlar roʻyxatdan oʻtishdi. Ushbu roʻyxatdan oʻtganlar bilan bogʻlanib, talablarga mos keluvchi ayol-qizlar saralab olinmoqda. Ushbu jarayonda saralashdan oʻtgan ilk nomzodlar uchun 1-noyabrdan SMM maktabda darslar boshlandi.
@masofatalim
Rektorlar — kuch! ✊🏻
Saylangan deputatlar orasida ziyoli insonlar, ayniqsa, rektorlarning ko‘pligi juda xursand qildi. Chunki ularda endi mas’uliyat ham, vakolat ham bor.
Masalan, shu yil boshida Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblariga pul mukofotlari berilishi juda kechikdi. G‘oliblar orasida talabalar ham ko‘p edi. Hokimlikdan so‘rasang, deputatlar sessiyada tasdiqlashi kerak, degan gapdan nariga o‘tmadi. Mana endi ana shunday vakolatlar ko‘pchilik rektorlarning qo‘lida.
Barchalarining faoliyatlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
@masofatalim
Toshkent pediatriya tibbiyot institut rektori Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
B.Daminov ham ziyoli oiladan. Umrini ilm-fanga, tibbiyotga bag‘ishlagan Turg‘unpo‘lat Daminovning farzandi. Botir Turg‘unpo‘latovichni samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, til jonkuyari Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
Ustozni samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Majidov Inomjon Urishevich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
Tabriklaymiz!
@masofatalim
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Teshabayev To‘lqin Zakirovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.
To‘lqin Zakirovichni samimiy tabriklaymiz!
@masofatalim
Nihoyat havo sovushi e’lon qilindi
Birinchi bosqich – O‘zgidromet havo 8 darajadan pasayishini e’lon qilishi kerak.
Ikkinchi bosqich – muhtaram poytaxt hokimi yuqoridagi ma’lumot asosida “isitish tizimi yoqilsin” deb qaror chiqarishi kerak.
Uchinchi bosqich – Veolia Energy degan xorij kompaniyasi muhtaramning qarori asosida isitish tizimini yoqishi kerak.
Hozircha birinchisi amalga oshdi – havo sovushi haqida rasman ma’lumot berildi. Endigi qadam navbati hurmatli hokimbuvamizga.
P.S.: Hatto quyosh chidolmasdan chiqib ketdi, ammo “isitish tizimi yoqilsin” degan hokim qarori chiqmadi-ye :)
@masofatalim
“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan "Jadidlar izidan" tanlovini e’lon qilgandi.
Tanlovning tuman bosqichi 31–oktabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Respublika bosqichida har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan, jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
@masofatalim
Toshkentda isitish tizimi hali yoqilmagani uchun sovuqqotayotganlar, yana 5 kun chidab turamiz... Havo isib ketarkan :)
“Отопление” yoqilsin, deb buyruq chiqaradiganlar hovlida yashaydi, isitish tizimi ichida, shunga ular sovuqni tanasida his qilmayapti, to‘g‘ri tushuninglar😁
@masofatalim
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 516-saylov uchastkasida oʻz konstitutsion huquqidan foydalanib, saylovda ovoz berdi.
@masofatalim
“Qizlarni azoblaydigan darajada ham chiroyli boʻlamanmi”, degan gapi bilan tanilib ketgan vayner yigit Instagramda onlayn qimor platfotmalarini reklama qilgani uchun Fargʻona viloyati IIB tomonidan qoʻlga olinibdi.
@masofatalim
Birgina Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida 200 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil olar ekan.
@masofatalim