masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Iqtidorli maktab o‘quvchilari “Registon” maydonida jam bo‘lishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 17-19 iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqich sinov jarayonlari tashkil etilmoqda.

17-iyun kuni Samarqand shahrida mazkur tanlovlarning Respublika bosqichi jarayonlariga tantanali ravishda start berildi.

Bunda har bir tanlov bo‘yicha hududlardan kelgan 14 ta jamoa (har bir hududdan 1 tadan) belgilangan shartlar asosida kuch sinashadi. Bahslar taniqli san’atkorlar va sohaning malakali mutaxassislari tomonidan baholanadi.

Shuningdek, ishtirokchi o‘quvchilar Samarqand shahridagi tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qilishadi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon san’at saroyida tashkil etiladi. Tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib deb topilgan jamoa a’zolari xorijiy davlatlar (“Turon” maktab teatri tanlovi g‘oliblari — Turkiyaga, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi g‘oliblari — Ozarbayjonga) ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, tanlovlarda 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Brifingga chiqishdan avval, albatta, tayyorgarlik ko‘rish kerak. Shunda videodagi kabi tutilishlar, so‘zlarni xato o‘qish kabi kamchiliklar kamroq kuzatiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta'lim olish uchun 5ta sabab!

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 tktiuzrasmiy">YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili mazkur holatga reaksiya bildirib, Telegram botdagi ma’lumotlar yangilanayotgani, yaqin vaqt ichida oʻzgarishlar koʻrinishini ma’lum qildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi nafaqat 2 kun, balki bir necha yil ortda qolgan koʻrinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy Telegram kanalida 11-iyun kuni universal Telegram botlari haqida post joylagan va botning afzalliklari haqida ma’lumot bergan.

Botning ustiga bosib, unga kirilganda “2021-2022-oʻquv yilida” deb boshlangan ancha eski ma’lumotga koʻzingiz tushadi. Ehtimol, ular hozir 2025-yil ekanini inobatga olib, ma’lumotlarni yangilash eslaridan chiqqandir.

Ammo e’lonni berayotganda vazirlik matbuot xizmati nimani chiqarayotganini, ma’lumotlar qanchalik toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini tekshirmaydimi? Kim javobgar bunga?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Poytaxtning SMMchi qizlari” loyihasi ikkinchi bosqichi yakunlandi

O‘tgan yili Toshkent shahar hokimligi “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va ularni daromadli qilish maqsadida 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qizni SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitish tashabbusini amalga oshirgandi. Birinchi mavsumda qizlarga sertifikatlar topshirilgan.

Loyihaning ikkinchi mavsumi ham yakuniga yetdi. Unda 24 modulli bepul SMM kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yana 500 nafar qizga sertifikatlari topshirildi. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona old maydonida o‘tgan tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, SMM Maktab jamoasi va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bitiruvchi qizlar o‘z loyihalari, dastlabki muvaffaqiyatlari va rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ayni paytda bitiruvchilarning 30 foizi qisqa muddatda SMM sohasida ishlashni boshlagan va ilk daromadga chiqqan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Tashqaridan darsni boʻlish, afsuski, kamdan kam uchraydigan holat emas. OTMlarda tiqilib yotibdi. Nazorat qiladigan odam yoʻq.

Balki bu holatlardan muhtaram vazirimiz va ularning jamoalari bexabardir, kim bilsin. Balki ular ham tuzukroq yangiliklar qila olmay, sekin “uyqu”ga ketishni boshlagandir.

Ta’lim sifatini oshirishni osmondan emas, yerdan boshlash kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AloqaBank ta’lim va innovatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap yo‘li” nomli media loyihani amalga oshirdi.

Bank moliya va texnologiyani birlashtirgan ushbu yangi format orqali startaplarni qo‘llab-quvvatlash va investitsion muhitni rivojlantirishga intilmoqda. Ushbu loyihaning ilk sonida TOKCHA startapi haqida so‘z boradi.

TOKCHA — talabalar va o‘quvchilar uchun bilimni qulay va arzon usulda olish imkonini yaratuvchi platforma bo‘lib, hozirda 1,6 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Loyiha AloqaVentures tomonidan 20 000 dollar sarmoya olgan va Startap Garage akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Unga Murodillo Ismoilov asos solgan.

Loyihaning to‘liq videosini tomosha qiling va ilhomlaning: https://youtu.be/Kz1n5r-lk-Y

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekiston terma jamoasiga bugungi oʻyinda faqat va faqat gʻalaba tilaymiz!

Hayitga zoʻr hayitlik boʻlardi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanali toza reklamachi kanalga aylandi-yu, a?

Faoliyatlari goʻyoki tadbir, tadbir va yana tadbir; reklama, reklama va yana reklamadan iborat boʻlib qolgandek.

Besh yildan beri ilk marta ularning kanalidan chiqib ketdik. Oʻqishga arziydigan narsalari qolmadi. Barchasi zerikarli.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Partiyaga yaxshi bitta kopirayter kerak ekan. Birinchi abzast mutlaqo tushunarsiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Va nihoyat, stipendiyalar 10 foizga oshiriladi.

Masalan, 500 ming stipendiya oladiganlarniki endi 550 ming boʻladi.

Himmatingizni cheki yoʻq, Jamshid Anvarovich😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yangi iste’dodlar fabrikasi

Bo‘zatov festivali yangi-yangi iste’dodlarni kashf qilishda allaqachon o‘z o‘rniga ega loyiha bo‘lib ulgurdi.

Unda har yili san’atga oshno yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, yurtimiz va xalqaro maydonlarda nom qozonyapti.

Ayni paytda Bo‘zatov festivalining bu yilgi mavsumi hududiy bosqichi yakunlandi. Yangi mavsumda yana 36 nafar iqtidor egalari aniqlanadi.

Tanlovning respublika bosqichi 3-7-iyun kunlari ilk marotaba Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Yangi iste’dod egalari va yulduzlar kashf etilishiga oz qoldi!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli viloyat hokimiga oʻrinbosar boʻldi

Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yoshlar ichida siz avtoritetsiz”

Otabek Umarov “Talabalar festivali — 2025”da ishtirok etdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Elektron shahodatnomani qanday olish mumkin? (videoqoʻllanma)

Maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnomani e-shahodatnoma.uz va my.gov.uz saytidan bepul va oson yuklab olish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023-yildan keyin maktabni tamomlagan bitiruvchilar ushbu xizmatdan foydalanishi mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi £765 596 evaziga texnikumlar uchun ta’lim dasturi sotib olibdi. Bu o‘zbek so‘mida qariyb 13,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

P.S.: Chet eldan shuncha pulga ta’lim dasturi sotib olaveradi ham, darsni o‘rtasida vallomatlar kirib, darsni buzaveradi ham. Bu endi ta’limning toza o‘zbek modeli :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yozni “Yonda” bilan mazmunli o‘tkazing!

Yozgi ta’til — bu o’quvchi va talabalar uchun faqat dam olish emas, balki o‘z ustida ishlash, yangi ko‘nikmalarni egallash va shaxsiy rivojlanish uchun eng qulay vaqt!

⚡️Yoshlar ishlari agentligi esa sizga shunday imkoniyatlarni beruvchi yangi formatdagi loyiha – “Yonda” mobil ilovasini taqdim etadi!

📱“Yonda” ilovasi orqali o‘zingizga yaqin bo‘lgan ta’lim, sport, san’at, zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlardagi o‘quv kurslarini oson topishingiz hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilova hozirda Toshkent shahrida sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi. Albatta, tez orada ushbu loyiha boshqa hududlarni ham qamrab oladi.

✅ Bu yoz – o‘zingizga sarmoya kiritadigan faslingiz bo‘lsin.

⬇️Hoziroq yuklab oling va rivojlanishni boshlang:

App Store | Google Play

Aloqa markazi: +998-55-511-80-88

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov davrida shu “aylanma varaqa” degan narsalar yoʻq boʻlgandi. Oʻshanda (2022-yil) bu haqida yozganimizda vazirlik matbuot xizmatidan tezkor reaksiya ham boʻlgandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Vazirlikka bugun 12-iyun ekanini aytarmiz?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati oʻz ishidan boshqa hamma ishni qilib koʻryapti, shekilli.

Bu mayli, 10-iyundagi xabarni bugun, 12-iyun kuni (biroz avval) instagramga joylashibdi.

Ikki kun orqada yurishibdi. Oʻzbekiston - Qatar oʻyini 10-iyun kuni tugadi. 3:0 hisobida Oʻzbekiston yutdi. Kutubxona oldidagi maydon esa yigʻishtirilyapti.

P.S.: Bular nimani joylayotganini ham bilmasa kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ha, azizlar, bular odam boʻlmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Sport bilan shugʻullanish zoʻr, ammo darsni boʻlishga rektorning ham, vazirning ham, undan kattasining ham haqqi yoʻq.

Nima ahvol bu? Kim u darsni boʻladigan vallomatlar? Talabalar shuning uchun kontrakt toʻlayaptimi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Velosipeddagi oʻgʻil bola emas, qiz bola. Taxminan 18-20 yosh atrofida edi. Yetkazib berish xizmatida ishlab, tirikchilik qilmoqda.

U halol mehnat qilyapti. Lekin bu holatni kuzatib turib, odam biroz gʻalati boʻlib ketdi. Negaligini ifodalashga soʻz yetmayapti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yangi ruhiyatdan ilhomlanib orzu qil: yoshlar oyligi vodiyda!

2-iyun kuni Andijon, 3-iyun kuni Farg‘ona, 4-iyun kuni esa Namangan viloyatlarida yoshlar bayrami juda yuqori atmosferada o‘tkazilibdi.

Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlikka targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlarga jalb etish, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar kabi muhim yo‘nalishlardagi loyihalar ko‘paytirilib, gala-konsertlar ham tashkil etilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

@masofatalim kanali adminlariga endi hech qanday Telegram botsiz toʻgʻridan toʻgʻri yozish mumkin.

Maxfiylik Telegram tomonidan kafolatlangan.

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonda yoshlar oyligi boshlandi

Yoshlar oyligining bu yilgi mavsumida mazmun-mohiyat jihatdan eng ko‘p urg‘u ilm-fanga qaratildi. Bunda yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlikka targ‘ib qilish, intellektual o‘yinlarga jalb etish, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar kabi muhim va foydali yo’nalishlardagi gala-konsertlar ham tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar oyligi Andijon viloyatida tantanali start oldi!


@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

YouTube tarmogʻida “Ibrat kashfiyotlari”ni kashf qildik. Juda zoʻr loyihani yoʻlga qoʻyishibdi. Bu orqali loyiha ijodkorlari oxirgi paytlarda davlat rahbari ham alohida e’tibor qaratayotgan milliy kontent yaratishga va uni boyitishga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda, deb bemalol aytish mumkin.

Foydali, mazmunli, haqiqiy ibrat kontentlar. Misol uchun:

- Paxta dalasida qo'lidan ayrilishiga bir bahya qolgan Ustoz ayol;

- "Soqov"ligi sabab otasi tashlab ketgan hikoyanavis bolakay;

- Qishloq mehnatidan ortib, o'nlab loyihalarda ishtirok etayotgan maktab bitiruvchisi;

- Otasi nonvoy bo'lgan wunderkind bola;

- Direktoridan tortib, qorovuligacha xorijiy tillarni o'rganayotgan Baxmal maktabi va boshqa taqdir-u hikoyalar "Ibrat farzandlari"ning "Ibrat kashfiyotlari"da.

Barchasini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin👇
ibratkashfiyotlari?si=zGzkELBuNH7q93vQ" rel="nofollow">https://youtube.com/@ibratkashfiyotlari?si=zGzkELBuNH7q93vQ

Читать полностью…

Masofatalim™

Стартап ғояси борми? Инвесторлар сизни тинглашга тайёр!

Қашқадарёда ўтказилган “Инвесторлар куни” ёшлар учун фақат танишув эмас, балки реал имкониятлар майдони бўлди. Ёшлар ўз ғояларини инвесторларга тақдим этиб, фидбэк ва маслаҳатлар олди.

Yammiy, Aqlli maktab, Karmon AI каби истиқболли лойиҳалар танлаб олиниб, уларга венчур молиялаштириш таклиф қилинди. Уларга сармоя киритаётганлар орасида "AloqaVentures" ва "Imkon Ventures" каби фондлар бор.

Ушбу тажрибадан нима хулоса?
👉Ғоянинг ўзи етарли эмас — тақдимот маданияти, нетворкинг ва тайёргарлик муҳим;
👉yoshtadbirkorlar.uz платформаси сизга тайёр бизнес режа шаблонлари, AI орқали шахсий лойиҳа тайёрлаш ва имтиёзли кредитларга чиқиш имкониятини беради;
👉Ҳар ойда бундай тадбирлар бошқа ҳудудларда ҳам бўлиб ўтади. Бу — фақат бошланиши, имкониятлар олдинда.

“Ёшлар бизнеси” дастури орқали банк томонидан Қашқадарё ёшлари учун 33,2 млрд сўм кредит ажратилган. Демак, нафақат ғоя, балки молиявий ресурс ҳам бор.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Har yilgi koʻzboʻyamachilik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ayni vaqtda Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 3-kun tadbirlari start oldi.

Jarayonlarni Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qilish mumkin!

📹 YouTube va Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel