Toshkentda kanalizatsiya qudugʻiga tushib ketgan avtobusning “garmoshka”si ikkiga boʻlinib ketibdi.
P.S. Yaqinda Mustaqillik maydonida qopqogʻi yoʻq kanalizatsiyani tanqid qilganimizda ayrimlar buni arzimas muammo, degandi. Mana arzimas muammolar nimalarga sabab boʻladi.
@masofatalim
Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarorida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda ularning qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash aytilgan ekan. Ijro muddati 2022-yil dekabrgacha edi.
❗️Shu qaror ijrosi bo‘yicha nima ishlar qilingani yuzasidan mas’ullardan rasmiy ma’lumot berishlarini so‘raymiz!
@masofatalim
O‘zbekistondagi OTMlarda ishlovchi ko‘pchilik o‘qituvchilarga og‘ir botishi mumkin bo‘lgan post.
P.S. Sulton Qabus universiteti Ummon sultonligida joylashgan.
@masofatalim
Minglab shogirdlar ustozasi, Xalqaro sertifikatlar sohibasi Nilufar Anvarovna online MULTILEVEL va IELTS ga tayyorlov kurslariga start beribdilar.
Ma'lumot uchun : @NilufarAnvarovna
Ko‘pchilik tibbiyot yo‘nalishiga super-kontrakt kerak emasligini ma’qullasa, ayrimlar buning aksini aytadi. O‘zi tibbiyot yo‘nalishiga super-kontrakt kerakmi? Javob oddiy: ha va yo‘q!
Uzun post uchun oldindan uzr. Bu yanayam qisqartirilgan varianti. Oxirigacha o‘qiganlarga rahmat!
Kerak emasligi haqida. Tibbiyotda o‘qiydiganlar ham, endi topshiradiganlar ham yaxshi bilishadiki, bu yo‘nalishida kirish ballari biroz yuqori yuradi. Raqobat yetarlicha kuchli. Ko‘pchilik eng kamida 2 yil yaxshilab tayyorlanadi. Ammo tibbiyotni tanlab, minimal ball (56,7 ball) ham to‘play olmay, ayrim hollarda arzimagan bali bilan ham pulini to‘lab, super-muper kontrakt qilib o‘qiydiganlar topiladi.
Mana shu joyida super-muper kontrakt bo‘lmasligi kerak. Sababi bu yo‘nalishda kimyo va biologiyadan zarur bilimlar talab qilinadi. Minimal ball ham to‘play olmadimi, demak, unda aniq bilim yo‘q. Oddiy misol, kimyo va biologiyadan eng elementar bilimlarni ham bilmay, tibbiyotga kirib olgan talaba 6 yil davomida shifokorlikka o‘qiydimi yoki o‘qitilayotgan narsasining tarkibini o‘rganadimi?
Masalan, darsda DNK va RNK haqida so‘z borganda uning o‘zi nimaligini, tarkibi nimalardan iboratligini, ribosoma nima, vodorod bog‘ nima, nuklein kislota nima kabi tushunchalarni bilmagan talabadan qanaqa shifokor chiqadi, axir? DNK va RNKning tarkibi, bu o‘zi nimaligi o‘qishga kirguncha bo‘lgan davrga tegishli bilimlardir. Bu birgina juda kichik misol, xolos. Bundan xulosa qilinsa, minimal ball ham ololmagan abituriyentni tibbiyot oliygohiga yaqinlashtirmaslik ham kerak. Qisqasi, bu ikki fanni alifbesini ham bilmaydigan odamga tibbiyotda o‘rin bo‘lmasligi kerak.
Kerakligi haqida. Odatda boshqa yo‘nalishlar singari tibbiyotga kirishning ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Bundan bir necha yil avval biologiyadagi ayrim mavzular faqat yodlashga ixtisoslashgan, masalalarni esa fikrlab ishlash talab qilinardi. Kimyodan esa kalkulyatorsiz ishlash kabi mashaqqatlari bor edi (buyam bir misol, xolos).
Ammo yillar davomida mashaqqat bilan tibbiyotga tayyorlangan talaba 150 ball bilan kira olmasa, bu uning bilimi yo‘qligini anglatmaydi. 150 to‘pladimi, demak, unda bilim bor, deb qarash mumkin. Mana shu holatda esa super-kontraktga ruxsat bersa bo‘ladi. U talaba 6 yil davomida aravani tortib keta oladi.
135 ballgacha ham ruxsat bermaslik kerak. Shuncha ball yiqqan abituriyentda ham bilim yo‘q emas, bor. Biroq tortib ketishiga ishonish juda qiyin masala. Lekin yana bir yil tayyorlansa, bundan yaxshiroq ball ham olishi mumkin. Balki grant ham kirib qolar.
Xulosa qilinsa, tibbiyotdan super-kontraktni butkul yo‘qotish emas, balki baliga qarab imkoniyat bersa bo‘ladi. Ammo shu narsa aniqki, minimal ball ham to‘play olmaganlar nafaqat tibbiyotga, balki OTMlar ostonasiga yaqinlashtirilmasligi kerak. Yaxshiroq variant: tibbiyotga topshirgan, ammo 15 ballgacha yetmaganlarga bir imkon bersa bo‘ladi. Balki boshqa yo‘nalishlarda ham shunday qilish kerakdir. Puli borga emas, bilimi bor, ammo biroz yetmaganga imkon berish kerak.
IMHO, albatta.
@masofatalim
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilariga haligacha darsliklar to‘liq berilmagani, ota-onalar farzandlari elektron shaklda darsliklardan foydalanayotgani, ayrim hollarda hatto darslikni o‘zlari printerdan chiqarib olayotgani haqida yozishmoqda.
@masofatalim
Daraxtbay ishlash
Oliy ta’lim muassasalari hududidagi daraxtlarga oʻqituvchilarni biriktirib qoʻyish ishlari jadal davom etmoqda. Oʻqituvchi bu daraxtlarning nimasiga qaraydi? Suv quyadimi? Tagini oqlaydimi? Yoki daraxtkesarlar endi kesmoqchi boʻlib turganda, bu daraxtni otaliqqa olganman, deb uning hayotini saqlab qoladimi? Mantiq degan narsa daraxtlardan ham koʻra koʻproq qirilib ketyapti, aftidan.
@masofatalim
⚡️Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 11 mlngacha stipendiya beriladi
📥Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.
O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.
📥 Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.
Qulayliklar:
⏺3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
⏺Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi
❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747
© Manba
⚡️Rasman: 2023/2024 oʻquv yili uchun Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universitetiga qabul davom etmoqda
📥 Hujjatlar qabuli onlayn shaklda qabul.uztitu.uz sayti va @titu_qabulbot orqali amalga oshiriladi.
👉 Yoʻnalishlar;
📞Murojaat uchun:
+998990402236 | +998990402237
+998990402238 | +998990402239
+998990402243
👩💻 Onlayn murojaat: @tivtuoperator
Telegram | Instagram
Dasturlash sohasi vakillari uchun katta master-klass
🔥 Dasturlash sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar Akbarshox Sattarov va Alisher Kasimov tomonidan "Dasturchi qanday fikrlaydi?" mavzusida katta master-klass bo'lib o'tadi.
✨ Spikerlarimiz suhbat davomida:
— Dasturchi qanday fikrlaydi?
— Dasturlashni o'rganishdagi eng muhim omillar;
— Dasturchida qanday soft va hard ko'nikmalar bo'lishi kerak? kabi mavzularda o'z bilim va tajribalarini o'rtoqlashadi.
👉 Ro'yxatdan o'tish havolasi
📅 Qachon: 9-sentyabr, shanba, soat 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun
📍Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida
Master-klassga ro'yxatdan o'ting va o'z o'rningizni band qiling!
@masofatalim
#TAVSIYA
TUGALMAS IMTIHONLAR?
📌Endi xalqaro standartlarga to'laqonli javob beruvchi IELTS sertifikatini qo'lga kiritgan abituriyentlar hech qanday imtihonsiz JDU'ning omadli talabasiga aylanishini quvonch ila ta'kidlab o'tamiz.
📚 IELTS natijangiz tufayli Toshkent shahridagi Japan Digital University nufuzli oliygohi sizning keyingi ta'lim maskaningiz bo'lishini istaysizmi?
Unday bo'lsa o'z joyingizni hoziroq band qilib, qimmat imkoniyatni qo'lga kiriting!💥
🗒 IELTS sertifikatini yuklash:
https://www.jdu.uz/page39019488.html
🗒 DTM (UzBMB) imtihonlarida qatnashganlar uchun: https://www.jdu.uz/page38829637.html
🗒 Hujjat topshirish uchun: https://www.jdu.uz/applicationlp8
☎️ Batafsil ma'lumot:
+998712000595 | @jdu_support
Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
⁉️ Magistratura va Doktarantura uchun til sertifikati kerak?
⁉️ Grammatika o'qimasdan turib 3 oy ichida dunyo tan olgan sertifikatga ega bo'lishni xohlaysizmi?
👍 Unda siz uchun ajoyib taklif bor!
Assalomu alaykum, faqat TOEFL uchun o'qitadigan va o'quvchilari yaxshi natijalarni ko'rsatgan EASY TOEFL jamoasimiz! 🫡
⚡️Sizning vaqtingizni qadrlagan xolda sizga 3 oy ichida TOEFL iBT sertifikatini olishda ko'maklashamiz va natijaga erishishingizni kafolatlaymiz!
Tavakkal qilishdan qo'rqyapsizmi!? Siz 3 oy ichida natijaga erisha olmasangiz 100% to'lovingiz qaytariladi desamchi? Ha, bu kafolatlangan 💯🤩
✈️ Telegram channel: @toefl_easy
⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.
Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
@masofatalim
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida rektorlarni saylash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi — Prezident qarori
@masofatalim
⚡️Tez orada Telegram kanallarga ham stories qoʻyish imkoniyatini taqdim etadi.
@masofatalim
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev yangi bir loyiha haqida qisqa post qoldiribdi. Aytishlaricha, bu oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” (yaxshi ma’noda, albatta) “Jadidlar” toʻplamiga oʻxshash loyiha ekan. Koʻrinishidan bu safar “Uygʻonish” deb nomlangan (qiziq).
P.S. Soʻraganni aybi yoʻq, ushbu toʻplamdan bizning kanalga ham kelishini kutib qolamiz :)
@masofatalim
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
@masofatalim
IT boʻyicha Qatarda oʻtgan “Seeds for the future” xalqaro musobaqada ishtirok etgan 15 nafar oʻzbekistonlik yosh eng yuqori natijaga erishib, akseleraciya dasturida ishtirok etish uchun Dubayga yoʻl olishibdi. Akseleraciya dasturi yakunlari boʻyicha ular 100 ming AQSh dollariga ega boʻlishlari mumkin.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalarida daraxtlarga oʻqituvchilarni biriktirib qoʻyishayotgan ekan. Bu ennovatsiyasini qaysi innovator oʻylab topdi-a? Kallasiga qoyil.
@masofatalim
Gazetalarimizdan kutilmagan tub burilish. Qaysi yurak bilan qoʻrqmay tanqidiy material bosvorishgani aqlga sigʻmayapti-ku :)
@masofatalim
⚡️YouTube noyabr oyidan boshlab O‘zbekiston uchun videolarda reklamalar berishni yana yo‘lga qo‘yadi.
@masofatalim
Qozogʼistonda stipendiyalar oshirildi
1-sentabrdan boshlab Qozogʼistonda magistratura talabalarining stipendiyasi 15 foizga, bakalavriaturaning stipendiyasi esa 20 foizga oshirildi.
Endi magistratura talabalari 97 024 tenge (2 530 000 so‘m atrofida), bakalavriat bosqichidagi talabalarning stipendiyasi 67 200 tengegacha (1 753 000 so‘m) miqdorni tashkil etadi.
Qaror doirasida o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bizning kollej va texnikumlarga to‘g‘ri keladi) talabalarining stipendiyalari 50 foizga oshirilib, 32 681 tengega yetkaziladi (852 000 so‘m).
@masofatalim
Toshkent metropoliteni yangi oʻquv yilidan metroda poyezdlar oraliq harakatlanish vaqti 1,5 daqiqadan 5 daqiqagacha qisqargani haqida e’lon qilgandi. Masalan, Chilonzor yo‘nalishi 1,5-2 daqiqagacha qisqargani aytilgan.
Rasm esa 7-sentabr kuni aynan Chilonzor yoʻlining “Xalqlar doʻstligi” bekatida olingan. Soat 12:30 ga yaqinlashib qolgan. Bu vaqtda esa juda koʻp joyda kunning birinchi yarmida oʻqiydiganlar uchun dars vaqti tugagan boʻladi.
Shu paytda esa oraliq vaqt qariyb 9 daqiqani tashkil etyapti. Zoʻr-a? Vagonlar ichi tiqilinch, odamlar zoʻrgʻa ketyapti. Sigʻmaganlar esa keyingi poyezdni kutyapti. Keyingisi ham oldingisidan battar boʻlsa borki, ammo boʻsh joy yoʻq.
Metropoliten “tigʻiz vaqtda” degan tushunchasini real vaqtga moslab olishi kerak. Yoki odamlarni aldamaslik kerak.
@masofatalim
Xotin-qizlarga taʼlim krediti foizsiz beriladi
Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi.
Bunda, tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (2023-yil 6-sentabr holatida 14 foiz) ajratadi. Xotin-qizlarning taʼlim kreditlari foiz stavkalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ushbu tartib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ta’lim kreditlari mazkur banklar tomonidan ajratiladi: “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank”, “Orient Finans bank”, “O‘zmilliybank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Aloqabank”.
@masofatalim
Tibbiyot yo‘nalishiga kirish uchun super-kontrakt bu yil ham saqlanib qolgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyotdan “super-kontrakt”ni olib tashlash bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgani haqida gapirgandi.
Aftidan, yo hukumat buni rad qilgan, yo Inoyatov aldagan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt saqlanib qolayotganiga shunday munosabat bildirdi: “Shu talabalar medik bo‘lib vazir Inoyatovni, vazir Abdurahmonovni davolashlari kerak”.
@masofatalim
TEKINga IMTIHONSIZ talaba boʻling!
UZBMB (DTM) ballari bilan Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi bo‘ling!
Hujjatlar @Tipi_institutiBot yoki qabul.uztipi.uz sayti orqali qabul qilinadi.
👉 Yoʻnalishlar;
☎️ Murojaat uchun:
+998559010604 | +998559000604
+998955060604 | +998955030604
+998955020604 | +998955010604
+998955000604
👩💻 Onlayn murojaat: @Qabul2023y
📍Lokatsiya
Telegram | Instagram | Youtube