O‘zbekiston Milliy universitetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlovchi, kechadan beri botni ham, izohlar qismini ham rasvosini chiqarib tashlagan ayrim insonlardan bo‘ldi qilishlarini so‘raymiz.
Prorektorni himoya qilish dekan o‘rinbosarining vazifasimi? Qachondan beri dekan o‘rinbosarlari OTMning biror mansabdori haqida tanqid chiqsa uni himoya qilishga otlanadigan bo‘lib qoldi? OTMda boshqa muammolar tugab qoldimi?
Nega bular o‘zining ishini bilib-bilib qilmaydi? Qachondan beri bular OTM mansabdorlariga advokatlik qiladigan bo‘ldi? Dekan o‘rinbosar(lar)iga O‘zMUda ish qolmay, izoh yozish bilan, YouTube’dan videolar topib, uni tarqatib o‘tiradigan, blogerlarni mard-u, nomardga ajratadigan bo‘ldimi?
@masofatalim
Nazirov Abdulaziz Abdurasulovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Besh tashabbus loyiha ofisi” direktori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
@masofatalim
Qars ikki qo‘ldan chiqadi
Prorektor va murojaatchi ayol voqeasida ikkinchi tomondan ham ayb o‘tgandir. Ammo muammo shundaki, har qanday vaziyatda ham mansabdor shaxs o‘zini to‘xtata bilishi, biror so‘z aytganda o‘ylab gapirishi kerak. Prorektorning yagona xatosi murojaatchini haqorat qilib qo‘ygani bo‘ldi.
Balki u yaxshi kadrdir, boshqa payt xushmuomala odamdir, ammo rahbar odam hamisha yaxshi muloqot bilan vaziyatdan chiqib keta olishi kerak. Skrinshot, audioyozuv va videoyozuv hozirgi zamonning eng xavfli qurollariga aylanib ulgurgan. Buni esa hech qachon unutmaslik kerak.
Ikkinchi tomonda ham ayb bo‘lsa, murojaatchi prorektorni haqorat qilgan bo‘lsa yoki boshqa huquqbuzarliklar bo‘lsa, masalaning bu tomonlariga ham huquqiy baho berilib, ikkinchi tomonga ham qonunan javobgarlikka tortish masalasi ko‘rilishi kerak, albatta. Adolatli yakun topsin.
@masofatalim
Green Card uchun arizalarni qabul qilish boshlandi. Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul https://dvprogram.state.gov/
@masofatalim
Alfraganus universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahridagi Alfraganus universitetida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ kadrlarni tayyorlash maqsadida “Bir makon – bir yo‘l: imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Bu yil ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham kengaydi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, dunyoning 150ga yaqin Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Chexiya, Shvesiya, Latviya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Markaziy Osiyo hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlaridagi nufuzli yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, ishtirokchi davlatlarning ishbilarmonlik doiralari, yetakchi kompaniyalari vakillari, UNESCO, TIKA kabi xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiya joriy yil 3-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida, 5-6 oktabr kunlari Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘z ishini olib boradi.
@alfraganusuniversityReklama
O‘zMU prorektori murojaat bilan kelgan ayolni haqorat qildi
O‘zbekiston Milliy universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Jabbor Muhammadiyev talabaning onasini o‘ta qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, haydabdi.
Har qanday holatda ham prorektor bir onani, ayolni bu darajada haqorat qilishini oqlab bo‘lmaydi va u bitta uzr bilan qutulib ketmasligi kerak. Mansabiga munosibligi savol ostiga olinishi va haqoratlariga huquqiy baho berilishi shart!
@masofatalim
Bundan bir yilcha oldin Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bitta sayt qildirish uchun 8,4 mlrd sarflagani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Turib-turib esga tushib qoldi-da: o‘sha sayt bitib qoldimikan? Bitgan bo‘lsa nega ko‘rsatishmayapti? Yoki biz ko‘rmay qoldikmikan? 🧐
@masofatalim
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev yozmoqda:
“2005-yili 173-maktabning 9-“A” sinfini tamomlaganman. Ximiya-biologiyadan Shavkat aka Kenjayev dars o‘tganlar, parallel “B” sinfning kuratori ham edilar. O‘qituvchilar bayrami munosabati bilan “B” sinf o‘quvchilari maktabga borib, Shavkat akani bayram bilan tabriklashibdi va Umraga yo‘llanma berishibdi. Qoyil!”
@masofatalim
🚀 Boshlang'ichdan B2 darajasiga 6 oy ichida! 📚
🌟 "MEXMONXONOV" bilan bu yo'lini kashf eting 🌟
Ingliz tili bo'yicha bilimlaringizni oshirishga tayyormisiz? Vaziyatni qo'ldan boy bermaslik uchun Mexmonxonov tayyorlov kursiga keling !
🏢 Biz nimani taklif qilamiz:
✅ Intensiv kurslar
✅ Sifatli hamda qulay yotoqxona
✅ O'quvchi nazorati(7/24)
✅ Mobil telefonlar chalg'itmaydi
📞 Hozir biz bilan bog'laning:
📱 +998941525223
📱 +998952000330
Bundan tashqari kimyo va biologiyadan ham yangi guruhlarimiz mavjud.
🗝️ Mexmonxonov bilan ingliz tilini tezda o'rganing - muvaffaqiyat kalitini qo'lga kiriting.
Manzil: Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani
Google xaritadagi manzilimizga quyidagi havola orqali ulanasiz.
➡️https://maps.app.goo.gl/7T257BvQiTUotbGG9
SMM, marketing va jurnalistika bo‘yicha yoshlarga ish bor ekan. Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/igXhxc8pTSeW3XoU8
@masofatalim
Bir necha o‘qituvchilarni chaqirib, samolyotga o‘tkazildi. Eshiklar yopilganidan so‘ng, ushbu samolyot ularning shogirdlari yasagan samolyot ekani ma’lum qilindi. Shunda barcha o‘qituvchilar najot topib qolish uchun eshik tomon yugurishga tushdilar. Faqat bir o‘qituvchi sokin o‘tirar edi. Undan so‘radilar:
– Nega qochmaysiz siz? – U javob berdi:
– Chunki samolyotni mening shogirdlarim yasagan.
– Tasanno! Shunchalar ularga yaxshi ta’lim berganingizga ishonchingiz komilmi?
– Agar samolyot joyidan qoʻzg‘alsa, qulog‘imni kesib tashlayman!
Hazil, albatta! Bayram muborak, aziz ustozlar!
@masofatalim
“Davlat test markazi tomonidan olinadigan testlar ta’limning sifatini baholovchi obyektiv mezon emas” — mutaxassis
Eskirgan milliy dastur, bitiruvchilar saviyasi, ming dollar oylik va boshqalar — Platina.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov bilan sohadagi kamchilik va yutuqlar haqida suhbatlashibdi.
To‘liq video: https://www.youtube.com/watch?v=6FJjVIVf-oc
@masofatalim
🔥
Online kurslarimizga qabul ochildi!
-》Beginner
-》Elementary
-》Pre-intermediate
-》Intermediate
Kursimizda siz 0dan boshlab toki sertifikat olish darajasigacha chiqishingiz mumkin!
Batafsil ma‘lumot:
Admin: - @EngVector
Kanal: - @English_VectorReklama
😇 Ustozlar bayrami munosabati bilan texnomart'dan yoqimli yangilik!
25-sentabrdan 15-oktabrgacha, faqat ustozlar uchun 20 mln so'mgacha istalgan texnikani boshlang'ich to'lovsiz 10% chegirma asosida xarid qilishlari mumkin bo'ladi!
*Ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!
👉batafsil: texnomart.uz
📱 71 209 99 44
texnomart - ustozlarimizga yaxshilikka buyursin!
@texnomart
Qo‘qon davlat pedagogika instituti madaniy tadbirlar uchun 153,5 mln so‘mga 950 dona chipta xarid qilibdi. Chiptalarning har biri 161 ming so‘mdan sotib olingan. Davlat reestrida esa chiptani sotgan MChJning faoliyat turi yashаshgа yaroqsiz joylаrni ijаrаgа berish ekani ko‘rsatilgan.
@masofatalim
The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi
Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
2. Stendford universiteti — AQSh;
3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
4. Harvard universiteti — AQSh;
5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
6. Prinston universiteti — AQSh;
7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
9. Kaliforniya universiteti — AQSh;
10. Yel universiteti — AQSh.
Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
@masofatalim
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi — zabardast, xalqparvar va ma’rifatchi millat oydinlari yoʻq qilindi
“1938-yil 4-oktabrdan 5-oktabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla Qodiriy, Otajon Hoshim kabi ziyolilar hozirgi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan NKVD maxsus poligonida otib tashlangan.
Ularning barchasi bitta chuqurga kafansiz, janozasiz maxfiy ravishda dafn etilgan. Jasadlar tezroq chirib ketishi uchun ustilaridan yo xlor sepishgan yoki tezak tashlashgan.
Cho‘lponga o‘q yetmay qolganidanmi yoki to‘pponcha otilmaganidanmi, jallodlar uni o‘sha kecha otmaslikka qaror qiladi. Ammo shoir “O‘ldiringlar! Men senlarning davlatingda, zamoningda yashashni istamayman! Senlarni ko‘rgim yo‘q”, deb baqiradi. Shunda Cho‘lponni bolta bilan chopib o‘ldirishgan”. (Naim Karimov)
@masofatalim
O‘zMU prorektori va murojaatchi ayol bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
Xabarda aytilishicha, universitet prorektori bilan ro‘y bergan ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilguniga qadar videoda aks etgan prorektor o‘z vazifasidan vaqtinchalik chetlatilgan.
@masofatalim
Sobiq oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning 2022-yil 5-martdagi videosida yaxshi gaplar aytilgan ekan:
“...Ota-onalar yig‘ilishi qilishga men qarshiman. Ota-ona qachon kelsa, gaplashishimiz kerak. U buyurtmachi. Yo‘q, buni his qilmayapmiz. Ertaga haydalib ketasan, kursdan qolib ketasan, degan tahdid bilan yuribmiz haliyam”.
Abduqodir Toshqulov ota-onalarni hurmatini joyiga qo‘yadigan rahbar edi. Balki hozir ham u vazir bo‘lganda, O‘zMU bilan bog‘liq vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan va tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lardi. Hozir-chi? Universitet ham, vazirlik ham rasmiy munosabat berishga yaramadi. A.Toshqulov har holda jim turmasdi, hozirgilarga o‘xshab boshini qumga tiqib olmasdi.
@masofatalim
“Prorektor — pok, ayol — aybdor, bloger — yomon”
OʻzMU prorektorining videosi ostiga bir izoh qoldirilibdi (rasmda). Prorektorni oqlab yozilgan ushbu izohda axborot xuruji degan ayblovdan tortib, yolgʻon ma’lumot tarqatishgacha soʻz boradi. Oʻziyam “bu videodagi bizning muhtaram prorektorimiz emas, mutlaqo boshqa odam” deb yozishlariga sal qolibdi.
Birinchidan, qars ikki qoʻldan chiqadi. Ayolda ham ayb boʻlsa, bu prorektor oʻsha ayolni haqorat qilishi mumkinligini va ogʻziga kelganini gapirishga haqqi borligini anglatmaydi. OTMda ma’naviy va ma’rifiy ishlar boʻyicha ishlaydigan mansobdor har qanday vaziyatda ham xushmuomala boʻlishi va oʻzini bosib olishi shart. Ogʻzidan haqorat chiqqan va buni dalili bor.
Ikkinchidan, qonun eslatuvchi qonunbilmaslar Oʻzbekistonning bosh qomusi — Konstitutsiyaga bir nazar solishi kerak. Qonunda “Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi” belgilangan hamda Konstitutsiyaning 33-moddasida “Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega” ekani belgilab qoʻyilgan.
@masofatalim
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “CITY DORMITORIES” MCHJ bilan 18-sentabr kuni 1 mlrd 30 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzibdi. Eng qizig‘i, ushbu firma shartnoma tuzilgan kuni, ya’ni 18-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ekan.
Tug‘ildi-yu shu on 1 mlrd 30 mln so‘mlik shartnoma tuzdi.
@masofatalim
Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat bilan chiqibdi. Murojaat matni professorning Facebook sahifasida e’lon qilingan.
@masofatalim
❗️Dahshatli raqamlar
2023-yilning 8 oyida Oʻzbekistonda 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyat sodir etilgan.
Jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, 142 nafar ishsiz yoshlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ishtirok etgan.
@masofatalim
Xorazmda 9-sinf o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi
Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer tug‘ishgan aka-ukalar ekani aniqlangan.
P.S. Oldin paxta terimi edi, endi sholi o‘rimimi?
@masofatalim
🔥 IELTS dan yuqori bal olishning siri nimada ?
🥳 Shu mavzuni 6-7-8-oktabr kunlari "IELTSda men bilgan sirlarim" mavzusidagi BEPUL Webinarda ko'rib chiqamiz.
👨🏻🏫 Speaker: IELTS 8.5 sohibi, 2000+ o'quvchilarni yuqori darajaga olib chiqqan Ibragim Mansurov
🚀 Webinar davomida "Writing" va "Speaking"ga katta urg'u qaratiladi va siz bilmagan texnikalar o'rgatiladi.
📌Webinar manzili: /channel/+fcV8RrTpEdA1MTgy
👉 Bepul roʻyxatdan oʻtish
“Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa, “reporter” maqomi ham shunday”
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga 108 davlatdan 1 904 ta universitet kiritilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistondagi 48 ta OTM ham bu ro‘yxatdan o‘rin olgani haqida xabar qilib, buni “xushxabar” deya e’lon qildi. Mutaxassis Azamat Akbarov bunga munosabat bildirdi.
“Bu yilgi reytingda O‘zbekistondagi 48 ta universitet “Reporter” maqomida reytingdan o‘rin oldi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 taga ko‘p ekan. Bulardan 47 tasi davlat universiteti va bitta xususiy universitet bor. Ko‘rinib turibdi, vazirlik yoppasiga hammani ushbu ro‘yxatga kiritishga harakat qilmoqda. Ba’zi xabalarda buni ajoyib tarzda reklama qilishmoqda, qandaydir xushxabar/yutuq sifatida ta’riflashmoqda. Bu reytinglarni tushunmagan insonlar uchun bu haqida biroz izoh berib o‘taman.
“Reporter” maqomi 2021-yilda joriy etilgan bo‘lib, “kuchlilar” reytingiga kirish uchun hujjat topshirib kira olmagan universitetlarni “hafa qilmaslik” uchun shunaqa variantni o‘ylab topishgan, chunki hamma xalqaro reytinglar katta pul turadi, bu esa yaxshi biznes. Sizning oddiy Amerika vizasi uchun topshirilgan anketani ko‘rib chiqqaniga konsulga 160 dollar to‘laysiz, reyting uchun topshirilgan yuzlab hujjat bepul bo‘ladimi?
Demak, shartlarni bajara olmagan universitetlarni “uzoqlashtirmaslik” uchun shu tarzda ushlab turishadi. Ya’ni boshqacha qilib aytganda “reporter” maqomi aslida autsayder degani, chiziqdan tashqarida qolganlar. Bular hech qanday reytinga kirmaydi, bularga raqam berilmaydi, “kuchli”lardan keyin alfavit bo‘yicha nomi yoziladi. Imtihonga tayyorgarlik ko‘rib, unga kirib yiqilib chiqqan talaba maqomi qanday bo‘lsa “reporter” maqomi ham shunday. Xatolaridan dars chiqarib keyingi imtihonga tayyorgarlik ko‘radi”, deb yozmoqda Azamat Akbarov
Xulosa qilinsa, O‘zbekistondagi 48 ta universitet topshirgan va bitta ham natija yo‘q. Avvalroq vazirlik reytinglar uchun sarflayotgan milliardlar haqida yozgandik. Mutaxassisning fikrlaridan kelib chiqsak, hammasi havoga uchganga o‘xshaydi.
@masofatalim
Qonunan mumkin bo‘lmasada tadbirkorlik subyektlarida ulushdor bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi mansabdorlari haqida
1. Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich — Toshkent farmasevtika instituti prorektori. “UNISAFE” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
2. Baxranova Zubayda Saidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti prorektori. “BUXORO AVICENNA GAVHARI” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
3. Turayev Bahodir Xatamovich — Toshkent davlat transport universiteti prorektori. “SUZANA SAFO NURLI YOGDUSI” fermer xo‘jaligining 100 foiz ulushdori va direktori.
4. Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “NOVAYA STOMOTOLOGIYA” MCHJning 100 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
5. Karimov Ma’rif Shakirovich — Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori. “INFARM MADAD” MCHJning 50 foiz ulushiga egalik qilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emasligi belgilangan.
Yuqoridagi holatlar ochiq ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Ushbu mansabdor shaxslar izoh berishni xohlasa, ularga ham minbar beriladi. Qolaversa, yuqoridagi holatlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazoratga olishi kerak. Davomi bor, albatta.
@masofatalim
Qoʻqon davlat pedagogika instituti 153,5 mln soʻmlik chiptalar xaridi boʻyicha rasmiy munosabat bildiribdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu xarid 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan institutning 953 nafar professor-oʻqituvchilariga va barcha ishchi-xodimlariga “Turon” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozib, madaniy tadbir oʻtkazish uchun amalga oshirigan.
P.S. Shu gaplarni shartnomada ham qayd etib qoʻyilsa, birov urishmasdi. Keyin shartnomada chipta deb yozilgan. Bayram dasturxoni, degan joyi yoʻq.
@masofatalim
Sergeli tumanida sodir boʻlgan voqea koʻpchilikni qaygʻuga soldi. Voqea sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Ammo bir narsa e’tiborni tortdi: bir guruh yoshlar ham hodisa joyiga yetib borib, volontyorlik asosida aholiga yordam koʻrsatayotgan ekan. Oʻz navbatida, yoshlarning bu kabi vaziyatlardagi faolligi, yurtdoshlar boshiga ish tushganda jim qarab turmay, yordamga shoshilishi xursand qildi. Barakalla, yoshlar! 🫡
@masofatalim