Internet asrida jurnal obunasiga sarflanayotgan millionlar haqida
“O‘zbekiston talabasi” jurnali obunasi uchun “INTEGRATION CENTR UMID” MChJ bilan Toshkent moliya instituti 146 mln 250 ming so‘mlik, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa 97,5 mln so‘mlik shartnoma tuzgan. Shartnomada keltirilishicha, jurnalning bir donasi narxi 975 ming so‘mni tashkil qiladi.
2022-yil 18-noyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (o‘shanda vazirlik nomi shunaqa edi) “O‘zbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlaganini, jurnalda talabalar hayoti bilan bogʻliq maqola va xabarlar borligini ma’lum qilgandi. Ammo jurnalning narxi bunchalar qimmat ekani haqida o‘shanda lom-mim deyilmagan.
P.S. Shunda bu jurnalning ishlashi OTMlar gardaniga tushyaptimi, degan haqli savol tug‘iladi.
@masofatalim
“Ishonch” gazetasi rahbari Husan Ermatov obunalar mavsumida vijdonini jig‘ildoniga almashib qo‘yayotgan MCHJlar haqida fikrlarini bildiribdi. Avvalroq kanalimiz orqali Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining gazetalar obunasiga shishirilgan narxdagi shartnomasi haqida yozgandik.
Husan Ermatov yozgan postiga aynan ushbu universitet shartnomasini ilova qilarkan, obuna masalasida tahririyatlarning o‘zi bilan bog‘lanishni tavsiya qilgan va gazetalarning bahosi bu qadar oshib ketmaganini ta’kidlagan. “Obuna kimgadir malomat, kimgadir daromad keltirmoqda” deb yozgan u.
Oliy ta’lim muassasalarining xaridlarini o‘rganish davom etadi.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Inno Week — 2023” tadbiriga tashrif buyurgan yuqori martabali 80 nafar mehmonga suviner (lagan) sovg‘a qilarkan. Suvinerlarning bir donasi 2,4 mln so‘mdan sotib olingan. Ushbu yuqori martabali mehmonlarning kimligi hozircha noma’lum.
@masofatalim
559 ming so‘mlik obuna tengdir 15 mln 240 ming so‘mga
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining gazetalar obunasiga sarflagan mablag‘lari ortidan bir qator gazetalar tahririyatlari bilan bog‘lanib, 2024-yil obuna narxlariga qiziqdik.
Ma’lum bo‘lishicha, “Ma’rifat” gazetasining bir yilda taxminan 52 ta soni chiqar ekan va 2024-yilga Toshkent shahri uchun bir yillik obuna narxi 559 ming 728 so‘m etib belgilanibdi. Ammo universitet shartnomasida esa ushbu gazeta miqdori 12 ta ko‘rsatilib, obunaga 15 mln 240 ming so‘m ishlatilgan.
Boshqa gazeta tahririyatlaridan ham obuna narxlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
@masofatalim
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 7 ta gazetaga bir yil muddatga obuna bo‘lish uchun “Grand Inter Media” MChJ bilan qariyb 140 mln so‘mlik shartnoma tuzibdi.
Avvaliga gazeta ham o‘qish kerak deb tursak, shartnomada keltirilgan obuna narxlari e’tiborni tortdi. Keyin esa internet orqali ro‘yxatda keltirilgan gazetalarning obuna narxlariga qiziqdik. O‘zbekiston pochtasi saytida 2023-yil uchun gazetalarning obuna narxlari keltirilgan ekan.
Masalan, pochta saytida keltirilishicha, “Yangi O‘zbekiston” bir haftada 5 ta son chiqadi. Demak, bir yilda taxminan 240 ta soni nashr etiladi va bir yillik obuna narxi 999 ming so‘m ko‘rsatilgan. Ammo universitet shartnomasidagi miqdori 16 ta ko‘rsatilib, bir yilga 34 mln so‘mga obuna bo‘lingan.
Yoki “Ma’rifat” gazetasini olaylik. Ushbu gazeta bir haftada bitta, bir yilda esa taxminan 48 ta son chiqadi. O‘zbekiston pochtasi orqali bir yilga obuna narxi 674 700 so‘m ekan. Universitet esa 12 ta miqdoriga 15 mln 240 ming so‘mlik obuna bo‘lgan. Darvoqe, 2022-yilda “Ma’rifat”ga bir yillik obuna narxi Toshkent shahri uchun 370 ming so‘m, viloyatlar uchun esa 419 ming so‘m bo‘lgan.
Boshqa gazetalarda ham shunaqa holat. Har birini yozib chiqilsa, post juda uzun bo‘lib ketdi. Qiziqqanlar tekshirib ko‘rsa bo‘ladi. Keyin internet asrida, hatto gazetalar elektron shaklda tep-tekinga internet orqali tarqatilayotgan bir paytda shuncha pulga gazetalarga obuna bo‘lish boshqa masala endi.
@masofatalim
Andijon davlat universiteti 2,5 mlrd so‘mga 8 sotixli, 7 xonali hovli uy sotib olibdi.
Qiziq, bularga shuncha pulga 7 xonali hovli nimaga kerak bo‘lib qoldi ekan?
Uy rasmlari bizda mavjud. Bu hashamatli hovli kimga, nima maqsadda sotib olindi?
@masofatalim
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti universitet logotipi tushirilgan milliy bezakli mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha 470 mln so‘mlik tender o‘tkazibdi va tenderni qariyb 395 mln so‘mlik taklif bilan “ZARAFSHON FOTO” MCHJ qo‘lga kiritibdi. Shundan so‘ng universitet va tender g‘olibi bo‘lgan MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilibdi.
Shartnomada qayd etilishicha, “narxoz” milliy sharqona qo‘lda yasalgan yog‘och naqshli shaxmat (baxmal astarli yog‘och qutisi bilan) bir donasini 1 mln 350 ming so‘mdan sotib olibdi. Shunaqasidan jami 150 ta xarid qilgan va buning uchun 202,5 mln so‘m sarflanibdi. Qolgan 150 mln so‘m esa boshqa sovg‘alarga sarflangan.
Universitet 2022-yil iyun oyida o‘tkazgan 119 mln so‘mlik, 2022-yil noyabr oyida o‘tkazgan 294,7 mln so‘mlik, 2023-yil fevralda o‘tkazgan 185 mln so‘mlik, 2023-yil aprelda o‘tkazgan 69,3 mln so‘mlik, 2023-aprel oyida o‘tkazgan 549 mln so‘mlik tenderlarni ham aynan “ZARAFSHON FOTO” MCHJ qo‘lga kiritgan ekan.
@masofatalim
Mana bu vayner 3-3.30 da moykaga chiqibdi, uyidagilar uxlamagan ekan, pitsa yeymiz, debdi. Pitsaxonaga borsa, to‘la yoshlar o‘tirganmish. Keyin bu kishim meni bollarim nima bo‘larkan, deb qo‘rqib ketibdi. Tugadi. Shundan endi fojia yasab, sokin musiqa bilan katta xavfni gapirgandek gapirib beryapti.
Aqlli ko‘rinaman deb har baloni gapiraverish kerakmas-da. Yoshlarga nima qilishni o‘rgatmagan shu vaynerlar qolgandi. 3-3.30 da o‘zi pitsa yesa bo‘larkan-u, boshqa yoshlar yursa yomon ekan. Nima bo‘libdi pitsaxonada yoshlar ovqatlansa? Buni jamiyatga nima yomon tomoni bor? “Fikri”ga qoyilimiz!
@masofatalim
Sirdaryo viloyatidagi tumanlardan birining hokimi voyaga yetmagan 17 yashar qizning turmushga chiqishiga ruxsat beryapti. Kuyov 1992-yilda tug‘ilgan, yoshlar bir-birini yaxshi ko‘rishar ekan. Uzrli sabab sifatida qizning buvisi og‘ir kasal ekan. Qonunda esa ayollar va erkaklar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan.
@masofatalim
Eng boy kasb egalari kimlar?
Platina.uz hozirgi kunda O‘zbekistondagi daromadi eng yuqori kasblar haqida aholidan so‘rovnoma o‘tkazibdi.
Sizningcha, qaysi kasb egalari boyroq yashayapti? Fikrlarni ushbu havola orqali video izohlarida qoldirish mumkin.
@masofatalim
Qarshi davlat universiteti dekan o‘rinbosari shotirlari bilan yotoqxonalarni kezibdi. Talabalar oyoq kiyimini yechib kiradigan va yashaydigan xonaga tikka oyoq kiyimi bilan kiribdi. Bular odob-axloqdan, faxm-farosatdan va tozalikdan gapirishga ma’nan haqqi yo‘q. Avval o‘ziga o‘rgatish kerak.
@masofatalim
Xususiy oliy ta’lim muassasalariga nazorat kerak
Bir necha kun avval ayoli xususiy OTMlardan birida tahil oladigan insondan murojaat keldi. Oliy ta’lim muassasasi 3-kursni qayta o‘qishini aytibdi. O‘tgan o‘quv mavsumining bahorgi semestr baholari sentabr oyi so‘nggiga kelib e’lon qilinibdi. O‘zi o‘qishga 2019-yil kirgan ekan. 2020-yil karantin bahona 1 yil o‘qish nollashtirilgan ekan.
Bugun boshqa bir xususiy OTMda o‘qiydigan talaba yana bir qiziq muammo haqida gapirib qoldi. O‘tgan yili 12 mln so‘m bo‘lgan kontrakt bu yil 25 mln so‘m bo‘lib qolibdi. O‘qishga kirganda 3 yil deyilgan narsa endi 4 yilga aylanib qolibdi. Akademik ta’til olaman, desa ta’til ham berishmayotgan ekan. Nima qilishni bilmay, xayron yuribdi.
Bularni kimdir nazorat qilishi kerak. Nazorat qilish deganda ishlab turgan xususiy OTMlarni bo‘g‘ib emas, mana shunaqa o‘yin bo‘layotgan holatlarning oldi olinishi kerak. Yoshlar sarson bo‘lyapti. Ish faqat litsenziya berish bilan, binosi bor yoki yo‘qligi bilan, aslicha ishlamayotgan hemis tizimi bilan bitmaydi. Sifat ham nazorat qilinishi kerak.
Soqqa qilish kerak, ammo ta’limda aldash bilan emas, insof bilan qilish kerak.
@masofatalim
Nega Oʻzbekiston boy boʻlishi haqida qaygʻuraman?
Bir necha kun prezident maktablari bitiruvchilari va domlalari bilan gaplashdim. Hammamiz bilganimizdek, prezident maktablarida aholini boyroq qismini bolalari tahsil oladi — sababi tushunarli: iqtidor bilan birga, ota-onasida imkoniyati koʻproq bolalar oʻsha imtihonlardan oʻta olish ehtimoli balandroq boʻladi. Xohlasangiz, test qilib bilsangiz boʻladi, yoningizdagi shunday maktabga hafta oxirida borib koʻring: aksar oʻquvchilarni ota-onasida avtomobil mavjud, buni ustiga qimmatrogʻida koʻpchilik keladi. Bu albatta hayratlanarli narsa emas. Tushunarli narsa. Lekin hamma tan oladiki, oʻsha maktablarda taʼlim sifati nisbatan baland, yaxshi ovqat berishadi, sinflar kichik, maktabda chiroq ham oʻchmaydi. Taʼlim yaxshiroq boʻlgani uchun, tabiiyki, natijalar ham yaxshiroq.
Nega Oʻzbekistonning boy boʻlishi nega aloqador? Javob oddiy. Maktab qamrovi. Prezident maktablariga bir yilda 336 nafar Oʻzbekistonlik qabul qilinadi. Butun respublikadan, taxminan 700 ming oʻquvchidan, 336 tasigina shu maktabda oʻqishadi, bu 0.04% atrofidagi raqam. Shunday maktablarda, yuzdan bir oʻquvchilarimiz oʻqishi uchun, yaʼni mamlakatdagi atigi 1% oquvchida shunday imkoniyat boʻlishi uchun, prezident maktablari 7000 ming oʻquvchini, yaʼni 6600ta koʻproq oʻquvchini olishi kerak. Demak Prezident Maktablar soni 20 barobarga oshishi kerak.
Qoʻshni Qozogʻistonda “taʼlim segregatsiyasida” ayblanadigan Nazarboyev Intellektual Maktablarida (ularda ham xuddi bizdek Keymbridj tizimi boʻyicha oʻqitiladi) 70 mingdan koʻproq oʻquvchi oʻqiydi. Bir yilda taxminan ikki foiz oʻquvchi shunday maktablarga kiradi. Ularda bizdan qariyb 40 barobar koʻproq oʻquvchi shunday maktablarda tahsil oladi. Agar Qozogʻistonga tenglashmoqchi boʻlsak, prezident maktablari sonini 40 martaga (yana 560 ta yangi prezident maktabi kerak) koʻpaytirishga toʻgʻri keladi.
Lekin, orzuga ayb yoʻq degandek, tasavvur qilaylik — hamma bolalar prezident maktablaridek sharoitda oʻqish imkoniyatlari boʻlishi uchun, qancha pul kerak? Hisob-kitob qilib koʻrsak, ularni umumiy byudjeti 665.2 milliard soʻm ekan. Xomroq hisob kitob qilsak (har bir maktabni xarajatlarini topa olmadim), bir oʻquvchiga 20 ming dollar atrofida mablagʻ ketar ekan (bu agentlikni hamma maʼmuriy va boshqa hisoblar bilan birga). Bizda nechta oʻquvchi bor? Olti milliondan koʻproq. Koʻpaytirsak, 126 milliard dollarni tashkil qiladi. Yillik yalpi ichki mahsulot ham bunday koʻrsatkichda emas, davlat byudjetini gapirmasak ham boʻladi.
Qandaydir maʼnoda yetilmaydigan orzudek tuyulishi mumkin, lekin agar har bir Oʻzbekistonlik oʻquvchi gʻarbdagi maktablarga oʻxshagan maktablarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishini xohlasangiz, Oʻzbekiston hozirgidan bir necha oʻn barobar boyroq mamlakatga aylanishi kerak. Buni qanday qilish kerak? Oʻsha doim aytiladigan masala, siyosiy va iqtisodiy islohotlar kerak. Maʼno shundaki, islohotlar qilinmasa, koʻpchilik oʻquvchilar yaxshiroq maktablarda oʻqishi uchun shunchaki mablagʻ yetarli emas.
Bekzod Hoshimov, iqtisodchi
@masofatalim
Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi o‘zini metroga tashladi
12-oktabr kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” metro bekatida talaba qiz poyezd relsiga sakragan. Shu payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi buni payqab, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. Ikki IIO xodimi relsga tushib, qizni birga platformaga olib chiqqan.
Shundan so‘ng, qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005 yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma’lum bo‘ldi. Xodimlar qizning qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
@masofatalim
Yangi ToshMI ko‘p tarmoqli klinikasi, 8-korpus, talabalar “smenkasi” almashtiriladigan joy ekan. Ta’limni tepasida o‘tirganlar Malibu xarid qiladi, KIA xarid qiladi, milliardlab pul sarflab tadbir qiladi. Minglab dollarlarni to‘lab reytinglarga kirmoqchi bo‘ladi. Ammo undan avval qilinishi kerak bo‘lgan birlamchi sharoitlarni joyiga qo‘yib qo‘ymaydi. Tibbiyot xodimlarini yetishtirib chiqaradigan maskanda ahvol shu bo‘lsa, reytingda pishirib qo‘yibdimi, deydigan odam yo‘q.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan milliardlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Inno Week 2023” tadbiri doirasida davlatlarning bayroqlari uchun — 63,7 mln so‘m, 12 nafar tarjimonning 5 kunlik xizmati uchun — 264 mln so‘m, konsert dasturlari, musiqiy kvartet, boshlovchi kabilar uchun — 145 mln so‘m, 150 kishiga mehmonxona uchun — 120 mln so‘m, tadbirning gullari uchun — 195,5 mln so‘m, “Inno Week” yozuvli beyjikdan tortib, tadbir bannerigacha bo‘lgan mahsulotlar uchun — 404,8 mln so‘m, monitor va ekran kabilar ijarasi uchun — qariyb 2 mlrd so‘m, uskunalar ijarasi uchun — 919,7 mln so‘m, veb-sayt, zoom kabi texnik ishlarga — 186,5 mln so‘m, mehmonlarga sovg‘alar uchun — 400 mln so‘m, maxsus tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun — 785,4 mln so‘m, video/fotoreportaj va reklama roligi uchun — 324,8 mln so‘m xarajat qilmoqda. Albatta, bular hammasi emas.
@masofatalim
Talaba-qizlarning ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan keng-ko‘lamli imkoniyatlar turkumidan. Xalq banki ekan.
@masofatalim
Toshkent davlat stomatologiya instituti 419 mln so‘mga Malibu-2 sotib olibdi. Ushbu xaridni amalga oshirish uchun institut rektori Nodirjon Xaydarov sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga xat yozgan. Rektor xatida universitetda 887 nafardan ziyod xodim ishlashi sabab navbatchi avtomobilga ehtiyoj tug‘ilayotgani qayd etilgan.
Bu xat asosida Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Shodmonov Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ruxsat olish uchun xat yozgan. Eng qiziq tomoni, institut rektorining xatida xodimlarning soni 887 nardan ziyod ekani ko‘rsatilgan, ammo negadir Alisher Shodmonovning xatida bu raqam 1000 nafarga aylanib qolgan.
Shunaqa qilib, institut sentabr oyining boshida yap-yangi, qop-qora Malibu-2 sotib olgan.
@masofatalim
❗️Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-taroj qilingan
Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlanishicha, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-taroj qilingan. Jumladan:
➖ kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
➖ talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
➖ talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
➖ byudjet mablag‘lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;
➖ talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;
➖ universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.
Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
@masofatalim
Yaxshi xabar: Toshkent davlat yuridik universiteti AQShning Pensilvaniya universiteti magistraturasiga o‘qishga kirgan bitiruvchisining 22 101 AQSh dollari miqdoridagi o‘qish xarajatini to‘lab berishga qaror qilibdi.
Boshqa oliy ta’lim muassasalari ham bu ishdan o‘rnak olsa arziydi. Bir yoshni AQShda magistratura o‘qishini qo‘llab-quvvatlaganlar, avvalo, shu jamiyat uchun yaxshilik qilishmoqda. Mana shunaqa ishlar davomli bo‘lsin.
@masofatalim
Respublika ishchi guruhi migrant yoshlar muammolarini o‘rganishni boshladi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan 9-20-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ishchi guruh dastlab Novosibirsk shahridagi yoshlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rgandi. Delegatsiyaning maqsadi - Rossiyada bo‘lib turgan yoshlarga yordam berish, ularga yaxshi ish joylari taklif qilib, vatanga qaytarish yoki ketish istagi bo‘lmaganlarga esa u yerda qonuniy ishlashlari uchun sharoit yaratishdan iborat.
@masofatalim
“El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida 2021-yilda ancha chuqur postlar e’lon qilgandik (erinmaganlar bo‘lsa, kanalda “el-yurt” deb qidirsa chiqadi). Bu jamg‘arma haqida o‘shandayoq kerakli xulosalarni olganmiz.
Xorijda o‘qishga harakat qilayotgan yoshlarga bitta kichik tavsiya: umid qilmang, o‘zingiz harakat qiling, buni uddalaysiz. Bu jamg‘arma rad qilgan juda ko‘p yoshlarni ko‘rdik, o‘z kuchi bilan hammasini uddalashdi.
@masofatalim
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi vakillari “Qatar Masters” turniriga jo‘nab ketish oldidan. Ularga Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan chempionlar ham qo‘shilishadi. Omad, yigitlar!
@masofatalim
❗️UPD: Mas’ullarning tushuntirish berishicha, sportchilarni kutib olishga hech bir talaba majburlanmagan va bunday holat yuz bermasligi ta’kidlandi. Shu sababli post tahrirlandi.
@masofatalim
📚 Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!
🌐 Kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilish!
📌 Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!
💯 Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!
🎯 Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!
🎉 Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!
📚O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari!
✅ Barcha sohalar bo'yicha OAK ro'yxatidagi jurnallar!
🚫 Soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!
🔝Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!
🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga ulashing!
Batafsil maʼlumot: @publish_uzReklama
Rahmatli Islom Karimovning nabirasi — Maryam Tillayeva Toshkent xalqaro Vestminster universitetida talabalarga leksiya o‘qibdi.
@masofatalim
Ahmadboy va u tuzgan moliyaviy piramida haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. U bilan bog‘liq real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali esa “MY5” teleakanlida efirga uzatilmoqda. Ma’lum daqiqalarini ko‘rgan odam esa serialga aniq qiziqib qoladi.
Afsuski, YouTube yoki boshqa platformalarda serialni topib bo‘lmayapti. Ammo izlagan imkon topadi, deganlaridek, serialni nafaqat efirga uzatilgan qismlarini, balki hali TVda ham qo‘yilmagan yangi sonlarini SD, HD va Full HD sifatlarda ko‘ra olish imkoni bor.
Minnatdorlik shart emas, pastdagi link orqali popkornni g‘amlab olib, ko‘rvorurish kerak.
➡️ /channel/biztvuz/10305
❌O’qishga kira olmadim, endi bu yil kiraman EMAS!
👨🎓Shu yilning o’zidayoq talaba bo’lishingizda sizlarga “Sabirun” consulting yordam beradi. Bugun qilishingiz mumkin bo’lgan ishni ertaga qoldirmang)
❓Siz qanday fakultetda tahsil olmoqchisiz?
•Biz bilan o’zingiz xohlagan fakultetda O’zbekistonning eng oldi universitetlarida o’qishingizda yordam beramiz.
Talaba bo’lish OSON, bu uchun esa bizga murojaat qiling! 👇
+998909395355 @Sabirun_Maftuna
+998933520229
@Sabirun_Munisa
👉RASMIY KANALIMIZ👈Reklama