masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Bitta madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlanibdi. Ajoyib!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida talabalar supurgi yasashga olib chiqilibdi.

Mabodo biror oliy ta’lim muassasasi talabalarni mol-qo‘y boqishga olib chiqmayaptimi ishqilib? 😂

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Obuna mavsumi va navbatdagi shishirilgan narxlar

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 40 ta gazeta obunasi uchun “Inform Express” MChJ bilan 181 mln 650 ming so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Narxlar bir necha o‘n barobarga shishirib ko‘rsatilgan holatlar bor.

Xususan, 2023-yilda O‘zbekiston pochtasi orqali “Xalq so‘zi”ning obunasi 887 ming so‘mni tashkil etgan. Bu narxga gazeta bir yilda nechta son chiqsa, hammasi yetkazib beriladi. Ammo O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti shartnomasida gazetaning 1 donasi narxi qariyb 1,3 mln so‘m ko‘rsatilgan. Bir dona gazeta narxi bir yillik obuna narxidan ham qimmat. Boshqa gazetalarning narxlarini esa ushbu havola orqali taqqoslab ko‘rish mumkin.

Nega bunday bo‘lganini tushunish uncha qiyin emas, o‘rtada vositachi bor. Aksariyat OTMlar shu o‘rtakashlardan bir necha o‘n barobar qimmatiga obuna sotib olyapti. Qiziq holat, juda qiziq. Bu pullar esa tahririyatlarga to‘liq yetib bormaydi. Masalan, o‘rtakash shartnomada “Xalq so‘zi”ni 10 dona ko‘rsatib, buning uchun sal kam 13 mln olgan. Tahririyatga shu puldan 1 mln so‘m ham yetib bormasa kerak. Mehnat qilgan boshqa, huzur topgan boshqa.

Biz erkin obunaga aslo qarshi emasmiz. OTMlarga tavsiya shu: shishirilgan narxda emas, bir necha o‘n barobar arzoniga ham shu gazetalarga obuna bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik OTMlar shu tarzda obuna bo‘lyapti. Shunchaki tahririyatlar bilan bog‘lanish yoki juda bo‘lmasa, insof doirasida ishlaydigan yetkazib beruvchilarni topish kifoya. Soqqa qilish kerak, lekin insof bilan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Xalq — buyuk ijodkor :)

Video manbasi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Haqiqat va yolg‘on chegarasi, faktcheking muammolari, propaganda — Platina.uz sayti shu mavzu yuzasidan tahliliy maqola e’lon qilibdi. O‘qib chiqish tavsiya etiladi: https://pltn.uz/d4b5

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Falastin xalqi bilan birdammiz” — Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi

“Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Prezident.

❗️Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi

“Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.

Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, o‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur”, - dedi davlat rahbari.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Eksport sohasida katta daromad qilishni istaysizmi?

Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar Kengashi
va Dalatek jamoasi hozirda 18-35 yosh orasidagi yoshlarga “Quruq mevalarni eksportga tayyorlash” kurslariga mutlaqo bepulga ega bo’lish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun hoziroq @dalatek_edu akkountiga “eksport” so’zini yuborish kerak. Shoshiling, joylar cheklangan!

Читать полностью…

Masofatalim™

“Otmen”mi yo “otmen”masmi?

Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-iyuldan boshlab soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi (STIR olganlik) faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan. Shu sababli jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti ham to‘xtatilgan.

Ammo yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 124-moddasida esa ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlar safida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) ham bor ekan. Shunda nima qilish kerak? Soliqqa STIR raqamimni ber, deb so‘rasa, unaqa narsa bermay qo‘yganmiz, deydi. Ish beruvchi Mehnat kodeksiga asoslanib STIR talab qilib qolsa, shunda buni qayerdan topib beraylik?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida o‘qituvchilar maktabni tozalamagani uchun tanqid qilindi

Prezident tashrifini yoritgan “O‘zbekiston 24” telekanalida o‘qituvchilar “maoshi oshib, mavqei yuksalsa-da, maktab hovlisini gullatib, yashnatib qo‘ymagani” ta’kidlandi. Qolaversa, telekanal o‘qituvchilarni “hafsalasizlik va befarqlik”da ham ayblagan. Jamoatchilik pedagoglarni mehnatga majburlash taqiqlanganini eslatib qo‘ydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

China Global Television Network (CGTN) telekanalining siyosiy sharhlovchisi Aleksey Kan “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholashini ma’lum qilibdi. Ayniqsa, texnologik va innovasion islohotlar natijasidan hayratga tushganini bildirgan.

Shuningdek, u Toshkent va Samarqandda 5G darajasidagi mobil aloqa mavjudligini alohida e’tirof etgan. Kan hatto Moskva shahrida, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham 5G dan foydalana olmaganini bildirgan. Sharhlovchi bunday ijobiy o‘zgarishlar Xitoyning HUAWEI va ZTE kompaniyalari sa’y harakatlari bilan amalga oshayotganini ta’kidlagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Xalq so‘zi”, “Yangi O‘zbekiston” va “Vatanpar” kabi gazetalarning so‘nggi manzili ekan. Darvoqe, oliy ta’lim muassasalari esa gazetalar obunasiga millionlab pul sarflayapti (1, 2, 3). Kimdir obunaning yomon joyi yo‘q, deyishi mumkin. Ha, albatta, yomon joyi yo‘q. Axir gazetalar nashrdan chiqqach sal vaqt o‘tib hojatxona qog‘ozi ishlab chiqaradigan korxonaga boryapti ekan. Foydali ekani shundan yaqqol ko‘rinib turibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Amerikada oliy ta’lim olish bo‘yicha Toshkentdagi tadbirga kirishga navbatda turgan o‘zbekistonlik yoshlar. Tadbir 19-oktabrda bo‘lib o‘tgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️AloqaBank “Talabalar kartasi” loyihasini taqdim qildi

“ICT Expo Uzbekistan” — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi doirasida AloqaBank tomonidan “Talabalar kartasi” loyihasi rasmiy taqdimoti bo’lib o’tdi.

“Talaba kartasi” loyihasi bir vaqtning o‘zida talaba guvohnomasi, ta’lim muassasasi va kutubxonaga ruxsatnoma, VISA asosidagi bank kartasi, onlayn to‘lovlar uchun vosita, transport kartasi (ATTO) kabi xizmat turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Shunday qilib, “Talaba kartasi” universal vosita sifatida turli xil raqamli xizmatlar va bank xizmatlaridan foydalanish uchun bir qator qulaylik va imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan.

Bugungi kunda tajriba sifatida “Talaba kartasi” loyihasi Toshkent moliya instituti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishga tushirildi, lekin kelgusi yildan boshlab loyihani boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham amalga oshirish rejalashtirilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma!

Asaxiy.uz internet-do’konining kitob loyihasi “Asaxiy Books” katta chegirma e’lon qilibdi, maksimal foydalanishni tavsiya qilamiz. Siyosat va iqtisod haqida eng kerakli bilimlarni beradigan, mavzuni aniq va sodda tushuntiradigan 3 kitobni (o’zi narxi 229 000 so’m) 149 000 so’mga taklif qilyapti.

Bu to’plamni O’zbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishadi. Havoladan o’tib buyurtma berishingiz mumkin 👉 asaxiy.uz/u/64df67852ba7a

Aksiya faqat 3 kun amal qiladi, foydalaning.

“Asaxiy Books” kanali: @asaxiybooks

Reklama

Читать полностью…

Masofatalim™

Tepadan topshiriq “ixtiyoriy” deb tushadi. Pastda esa uni “ixtiyoriy-majburiy” deb o‘qilmasligiga kim kafolat beradi? Bundan tashqari, shu obuna ishiga “tepa” aralashmay, mana bunaqa har xil “tavsiyaviy” xatlar yozmasa yaxshi bo‘lardi. Gazeta o‘qishni va o‘qitishni xohlaydigan rektorlarning o‘zlari ham bu masalani hal qila olsa kerak, axir? Yoki, albatta, xat yozib, tavsiya qilib o‘tirish shartmi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Joriy yil 6-may kuni Namangan davlat universiteti oldidagi piyodalar yo‘lakchasida turmush o‘rtog‘ini shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxs 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinibdi. Vafot etgan ayol NamDU talabasi bo‘lgan ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Termiz davlat universitetining sobiq rektori (oldin O‘zMUni rektori bo‘lgan) Maraximov Avaz Raximovich yangi tashkil etilgan Nurafshon davlat universitetiga rektor etib tayinlanibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’limda yangi avlod ko‘rgan eng yaxshi davrlardan biri Toshqulov davri bo‘ldi. Shu odam tizimda boshqa vazirlarga qaraganda ko‘proq va samaraliroq o‘zgarishlar qila olgandi. Kamchiliklar bor edi-yu, ammo tayinli ishlar ham ko‘p qilingan davr bo‘ldi. IMHO.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Rossiyalik z-artistlar O‘zbekistonga kelib ashulasini aytib yuraversa maylimi, bunga biror chora ko‘rmaysizlarmi, cheklamaysizlarmi, munosabat bildirmaysizlarmi, deb so‘raganingda “O‘zbekistonda san’atga umuman to‘siq yo‘q”, deb suvga tushgan mushukchadek miyovlab qoladigan mana bunaqa vallomatlar o‘zimiznikilarni yomonlash imkoniyati berilganida sherga aylanishini ko‘ring” — Muhrim A’zamxo‘jayev.

P.S. Videodagi ul “madaniyati oliy zot” madaniyat vazirining o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bo‘ladi. San’atning bosh senzorlarini tanib qo‘yish zarar qilmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Odatda oliy ta’lim muassasalarining samarasiz xaridlari haqida yozamiz. Lekin foydali xaridlarni ham yozib turish kerak, nazarimizda. Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1,2 mlrd so‘mga universitet uchun yuzlab xorijiy kitoblarni sotib olgan. Ular orasida sohaga oid ko‘plab kitoblar bor.

Shu kungacha 100 dan ortiq OTMning davlat xaridini kuzatib kelayotgan bo‘lsak, hali buncha mablag‘ga kitob olgan OTMni uchratmagandik. Mashina olish, o‘qilmaydigan gazeta va jurnallar obunasi, qanaqadir bo‘lar-bo‘lmas tadbirlarga mablag‘ ajratish qochmaydi. Har doim birinchi masala kitoblar xaridi bo‘lishi kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. U avval oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lib ham ishlagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident farmoni ijrosi qachon bajariladi, janob rektorlar?

Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil sentabr oyidan barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda (jumladan, ularning tasarrufidagi tashkilotlarda) qabul qilingan har qanday turdagi qaror, farmoyish va buyruqlar “E-qaror” tizimida e’lon qilinishi kerak edi.

Adliya vazirligi tizimidagi hatto yuridik texnikumlar rahbarlari hujjatlarini e-qaror tizimi orqali e’lon qilayotgan bir paytda, boshqa vazirliklar tizimidagi, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli 63 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 2 ta, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga qarashli 6 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 12 ta, Madaniyat vazirligiga qarashli 10 ta, Raqamli texnologiyalar vazirligiga qarashli 7 ta, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qarashli 4 ta, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga qarashli 3 ta va boshqa tashkilotlar tasarrufidagi OTMlarning rektorlari qachon hujjatlarni e’lon qiladi? Prezident farmoniga ko‘ra, muddat 2023-yil sentabrgacha edi. Oktabr tugayapti, nega ijro yo‘q?

Prezident hujjatlarining ijrosini monitoring qiladigan Adliya vazirligi, farmon ijrosi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Raqamli texnologiyalar vazirligi qayerga qarayapti? Qogʻozsiz ishlash va ochiqlik sari qaratilgan ushbu ezgu tashabbus ijrosini yana qancha kutish kerak?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!

🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).

Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm

❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!

☎️ Axborot-maslahat markazi:
+998957873638 | Operator
+998957173638 | Operator

🌐 Sayt | 📲 Instagram

Читать полностью…

Masofatalim™

Obunachidan:

Metroning Chilonzor yoʻli, “Novza” bekati. “Buyuk ipak yoʻli” bekati tomonga 4 ta poyezd ham liq toʻla keldi. Keyin qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtirib, Sergelidan boʻsh vagonga chiqib, ortga qaytib kelishga toʻgʻri keldi.

Transport vaziri Mahkamov va metro rahbari Usmonovni biror kun eng tigʻiz vaqtda metroga tushirib yuborish kerak. Balki shundagina ular muammoni tanalarida his qilib koʻrar va shundan keyin zora biror oʻzgarish qilar…

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“ICTWeek Uzbekistan” koʻrgazmasida svet oʻchib qolibdi :)

Albatta, bunda tashkilotchilarni ayblash unchalik ham toʻgʻri boʻlmasa kerak. Chunki svetsizlik koʻproq Raqamli texnologiyalar vazirligining emas, Energetika vazirligining oldidagi masala. Shu sabab ham rivojlanmaymiz. Katta tayyorgarlik, yaxshi yangiliklar hozirlaysan, biroq oʻzingga bogʻliq boʻlmagan bu kabi koʻngilsizliklar hammasini rasvo qiladi. Koʻrgazmada svetning oʻchib qolishi oshga tushgan pashshaday gap.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“ICT Week – 2023” AKT haftaligi doirasida AloqaBank tomonidan joriy etilgan “Student ID-Card” loyihasini qo‘llab-quvvatlagan universitet rektorlari va eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar mukofotlanibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bir oyda 10 ming dollar topish haqida safsata aytib yurgan “biznes trener”lardan biri qidiruvga berilibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda — manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan bog‘lanib ma’lum qilishlaricha, “E-qaror” tizimida allaqachon vazirlikda qabul qilingan hujjatlarni e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan ekan. Hozircha vazirlikning 3 ta hujjati tizimda e’lon qilingan.

Avvalroq OTFIV “E-qaror” tizimida hujjatlarini e’lon qilmayotgani haqida yozgandik. Bu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Ammo vazirlik tizimidagi 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining hujjatlari “E-qaror” platformasiga joylanmayotgani bor gap.

Darvoqe, “E-qaror” tizimi orqali buyruq, qaror va farmoyishlarning e’lon qilinishini haligacha yo‘lga qo‘ymagan, Prezident farmonining ijrosini o‘z vaqtida bajarmagan va bajarmay kelayotgan (muddat 2023-yil sentabrgacha edi) boshqa vazirliklar:

1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
4. Qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi
8. Transport vazirligi
9. Mudofaa vazirligi
10. Energetika vazirligi
11. Tashqi ishlar vazirligi

Shuningdek, boshqa tashkilotlar, jumladan, agentlik, qo‘mita, inspeksiya va banklardan hali birortasi tizimda hujjatlarning e’lon qilishni yo‘lga qo‘ymagan.

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel