Tibbiyot xodimiga, ayol kishiga nisbatan shunaqa xatti-harakat qiladigan, psix, nevroz, xullas, shu kabi isqirtlarni hech ikkilanmay to‘g‘ri 15 sutkaga tiqaverish kerak.
15 kun o‘tirsa, o‘pkasini ancha bosib oladi. Kamlik qilsa, yana muddatni uzaytiraverish kerak. Bu holat Yunusobod tumanidagi 7-sonli shifoxonada sodir bo‘lgani aytilmoqda.
@masofatalim
Bog‘dod tumani hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln so‘m obuna rejasi qo‘yilgan. Bu rejani bajarolmagan pedagogika kolleji direktori tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan kaltaklandi.
Xabar qilinishicha, shu vaqtgacha mahalliy hokimliklar tomonidan ijtimoiy soha vakillarining deyarli hammasi, ayniqsa maktab, kollej, litsey, tibbiyot muassasalarining xodimlari doimiy ravishda majburiy obunaga jalb etib kelingan.
@masofatalim
Yoshlar uchun “Kreativ Park” ochildi
Poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da yoshlarning g‘oyalari, startaplari va loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kreativ soha tadbirkorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini yanada oshirish maqsadida “Kreativ Park” ochildi.
Shuningdek, bu maskanda ijodkor yoshlar uchun “Book cafe”, kovorking markazlari, kitobxon yoshlar uchun 5 mingga yaqin turli adabiy kitoblar, hunarmand va yosh rassomlarni kreativ qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.
Bundan tashqari, “Kreativ Park”da 7 ta xona tashkil etilgan bo‘lib, bular “Shahmat klubi”, “Animatsiya maktabi”, “Ibrat farzandlari”, “Yoshlar nashriyotlari”, “Volontyorlar maktabi”, “Tasnif media”, “Kulolchilik akademiyasi” xonalari o‘z faolyatlarini boshlashdi.
Aytishlaricha, bu markaz 24/7 rejimda ishlashi kutilmoqda ekan.
@masofatalim
Budjet tashkilotlari, ayniqsa, maktab va tibbiyot muassasalarida ishlovchi xodimlar majburiy obuna-yu, qaysidir otarchi yoki aktyor/aktrisaning o‘sha hududda uchrashuv va har xil konsertlar qilib, pul yig‘ib ketishidan dod deyotganiga ko‘p guvoh bo‘lyapmiz.
Saida Rametova borsa ham o‘qituvchi va tibbiyot xodimlaridan pul yig‘adi, Imron degani konsert bersa ham yana shulardan pul yig‘adi. Obunani gapirmasa ham bo‘ladi. Aytishlaricha, obuna uchun tibbiyot xodimlarning oyligidan o‘rtacha 100-150 ming so‘mdan ushlab qolishyapti ekan.
Bir nima desang, gazetalarda ishlovchi xodimlarning oyligi, tirikchiligi, axir, degan gaplar yozishadi. Baraka topgurlar, qaysidir peshanasi sho‘rning oyligidan, bola-chaqasining haqidan qiyib qolib bola-chaqa boqmoqchimisiz? Teshib chiqishidan qo‘rqmaysizmi?
Nari borsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “bizda majburiy obuna yo‘q” degan mazmunda bitta rasmiy bayonot beradi, qarabsizki shu bilan qutuladi. Tizimda ishlayotgan xodimlar esa dod deyishda davom etadi.
Otarchilarning konsertiga, qanaqadir aktyor/aktrisa kelib uchrashuv qilganiga pul yig‘ib charchagan, gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilinayotgan xodimlar bo‘lsa, bizga dalillar bilan bu haqida xabar bersin, shaxsni sir tutgan holda e’lon qilamiz.
Ozodbek Axmadovich, budjet tashkiloti xodimlarini shilib ketayotgan otarchilar va o‘zini madaniyat xodimi sifatida ko‘rsatib yurgan qaroqchilarni tiyib qo‘ying.
@masofatalim
1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi. Stipendiyalar esa o‘zgarishsiz qolgan.
@masofatalim
Yopish kerak va boshlovchilarning qilig‘iga huquqiy baho berilishi kerak #stopyoryor
Bular hali bitta uzr so‘rashga ham yaramaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlar diqqat bilan kuzatilsa, birorta odam bu ko‘rsatuvning tarafini olmagan, hamma yopish kerakligi haqida yozmoqda. Nogironligi bor insonni TVga olib chiqib, uni ustidan xohlagancha kulsayam nahot birov chora ko‘ra olmasa?
Oldin ham ko‘rsatuvni yopish haqida fikrlar ko‘p yangragan, ammo shu safargisida haddilaridan oshib ketishdi. Bular chiqvolib TVda nogironligi boʻlgan ayolni masxara qilishdan tashqari, nogironligi boʻlganlarga shunaqa munosabatda boʻlish normal, degan juda-juda notoʻgʻri tushunchani ham shakllantiryapti.
@masofatalim
Vazirlik “shlagbaum” o‘rnatmagan — Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi
Toshkent shahar Olmazor tumani Talabar shaharchasidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududiga kiraverishda bir tomonlama harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga qo‘yilgan to‘siq (“shlagbaum”)ni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rnatmagani ma’lum qilindi.
“Toʻsiq qoʻyilishidan avval hududda avtomobillar serqatnovligi natijasida piyodalar yoʻlagi boʻlishiga qaramay ayni tigʻiz vaqtlari piyodalarning avtoulov qatnov qismiga chiqib ketish holatlari koʻp kuzatilib, barcha harakat ishtirokchilariga ancha noqulaylik tugʻdirgan.
Aytish joizki, ushbu hududdan nafaqat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, balki Matematika instituti, respublikadagi eng katta O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda ularning huzuridagi akademik litseylar, shuningdek, xususiy ta’lim muassasalarining 50 000 nafarga yaqin o‘quvchi-talabalari, xodimlari ham harakatlanadi.
Shu kabi omillar sabab mazkur hududda yashayotgan, tahsil olayotgan va ishlayotgan fuqarolar murоjaatlari hamda jamoatchilik fikri inobatga olingan holda Olmazor tuman Xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan joriy o‘quv yilining boshidan hududda avtomobillar harakatlanishi cheklangan.
Yoʻlga toʻsiq oʻrnatish, undan oʻtishni belgilash Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi. Vazirlik xodimlari barcha kabi oʻz avtoulovlarini kirib-chiqishi toʻsiqdan tashqarida joylashgan va vazirlik hududidagi avtoturargohlarga qoʻyib, belgilangan yoʻl harakat qoidalariga rioya qiladilar”, deyiladi vazirlik xabarida.
@masofatalim
Bootcamp Grafik dizayn kursining afzalligi nimada?
— ma'lum shartlar asosida ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili kursi uchun vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar.
Agar Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»ning Chimboy filialida, chuqurlashtirilgan holatda o'rganishni istasangiz, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
👉Ro'yxatdan o‘ting
Nima deyishga til ojiz. O‘qituvchi baribir ortda qolaverarkan-da. Banklar tijorat tashkiloti, ularga e’tiroz yo‘q, xohlasa, 10 mln bersin. Muammo bankirlar mukofotlanishida ham emas, o‘qituvchi o‘zining bayramida ulardan bir necha barobar kam mukofot olganida.
@masofatalim
Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.
Universitet tarkibida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
@masofatalim
Zo‘r TVda efirga beriladigan, “Yor-yor” degan bema’ni ko‘rsatuvdan bir parchaga twitter’da ko‘zim tushib qoldi. Bu ko‘rsatuvni nimaligini ko‘pchilik yaxshi tushunsa kerak.
Ko‘rsatuvning qaysidir bir sonida nogironligi bor ayol turmushga chiqishga yigit topib berishni so‘ragan. Mana bu yoshi kap-katta betamiz boshlovchilar esa nogironligi bor ayolning ustidan kulgan, masxara qilgan.
Videoni ulashishni lozim topmadik. Ammo nogiron ayolning ustidan kulgan mana bu ikkalasini javobgarlikka tortish va bu ko‘rsatuvni yopish shart. Bema’niligiga ko‘z yumsa bo‘lardi, ammo nogiron insonning ustidan kulishiga va masxara qilishiga aslo jim qarab turib bo‘lmaydi!
Bularga bunaqa qilishga kim huquq bergan? Shahar bedarvoza bo‘lmasligi, TVda istalgancha betamizliklar qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak!
#stopyoryor
@masofatalim
Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-sayti — senat.uz yana ishlamay qoldi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistondagi ayrim davlat tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga bir necha marotaba kiber-hujumlar uyushtirildi. Mas’ullar bu bo‘yicha izoh bermayapti.
@masofatalim
Qarshi davlat universiteti gazeta va jurnallar obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MCHJ bilan 317,8 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.
@masofatalim
Sovg‘a sifatida tanlangan 1 kishiga 3 oylik Telegram Premium to‘lovi amalga oshirilgan. Giveaway’da qatnashish va g‘olib bo‘lib, sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun @masofatalim kanaliga obuna bo‘lish hamda do‘stlarga ulashish kerak. G‘olib 13-noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Quyidagi havola orqali ovoz berishni ham unutmang: /channel/masofatalim?boost
Oʻzsanoatqurilishbankning kelishilgan tenderi amalga oshmadi
Oʻzsanoatqurilishbank artist brend ambassador uchun 630 mln soʻmlik tender e’lon qilgandi.
Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrim manbalar ushbu tender kelishilgan boʻlishi mumkinligi haqida ham xabar bergandi.
13-noyabr kuni tender yakunlangan va savdo amalga oshmagan. Jamoatchilik xabar topmaganda, balki hamma ish pishgan boʻlarmidi-a?
@masofatalim
Ancha yillar oldin maktabda o‘quvchilar obunaga majbur qilinardi (balki bu hozir ham bordir, kim bilsin). Obuna bo‘lgach esa o‘sha jurnallarning (“G‘uncha”, “Gulxan”, “Bilimdon” va boshqalar) boshida bir nechta soni qo‘lga yetib kelardi, qolgani esa noma’lum sabablar bilan yetib kelmasdi. Obuna qildirguncha o‘quvchilarni rosa manipulatsiya qilgan o‘qituvchilar shu mavzu haqida so‘z ochilsa, sekin gapni aylantirishardi. Endi-endi katta bo‘lib tushundik, o‘sha paytda (balki hoziram) shuning ortidan kim(lar)dir rosa soqqa qilgan ekan :)
@masofatalim
E, o‘sha seni konsert bergan...
Rishtonlik o‘qituvchilar xabar berishmoqda — “Shunaqa topshiriqlardan zerikdik”.
Konsert beradimi, boshqa qiladimi, uni yugur-yuguri bilan o‘qituvchi ovora bo‘lmasligi kerak!
@masofatalim
Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida institutning barcha rahbar lavozimlariga talabalar tayinlanibdi. Ular kun davomida institut rektori, prorektor va bo‘lim boshlig‘i sifatida rahbar kursisida oʻtirishgan.
—
Vaziyatdan unumli foydalanib, yaxshi dars bermaydigan oʻqituvchilarni ishdan boʻshatib yuborish kerak edi :)
@masofatalim
17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" muborak bo'lsin!
💫 Osiyo Xalqaro Universiteti nomidan "Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan siz aziz talabalarni chin dildan tabriklaymiz, avvalo, sog'lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g'ayrat, bilim yo'lidagi izlanishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz. Kelgusi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so'nmas kuch-g'ayrat, ilhom, yorqin xotiralar yor bo'lsin.
🧑🏻🎓Aziz talabalar! Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, Vatanimizning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Osiyo Xalqaro Universiteti doim Yoshlar bilan birgalikda!
🌐www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi
Oʻzbekistonlik telegram kanali xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan yurtdoshlar hayotidan bir-biridan qiziqarli lavhalarni berib bormoqda. Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
Читать полностью…Ko‘chalarni yopvolish an’anasi qaytdimi?
Eski davrda qaysidir kattakon ishora qilsa bo‘ldi edi, butun boshli ko‘chalar qora xalq uchun yopilib ketaverardi. Yoki kattakon aytishiyam shartmas, tepadagilarga yoqish uchun shotirlar shu amalni bajaraverardi.
Nazarimizda, eski davrning asta-sekin tiklanayotgan taqiq tajribalari qatori shu an’ana ham qaytdi.
Talabalar shaharchasiga ishi tushgan odam biladiki, Beruniy metrosidan chiqib Milliy universitet tomon ketishda Universitet ko‘chasi tez-tez yopilib turadi. Tadbir o‘tsayam yopiladi, mehmon kelsayam yopiladi. Vazirning kayfiyati bo‘lmasayam yopiladi. Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim va ennovatsiya vazirligi aynan shu yerda joylashgan. Vazirlikning kattalari naq poshsho hisoblashadi o‘zlarini.
Qarangki, har ikki kunda harakat to‘xtatib turiladigan Universitet ko‘chasi endi shlagbaum qo‘yilib, taqa-taq yopilipti.
Istisno Oliy ta’lim va innovatsiya vazirligi poshsholari uchun ekanini xuv vazirlik binosi ostidagi terilgan moshinlardan bilsangiz bo‘ladi.
Otabek Bakirov, iqtisodchi
P.S. Avvalroq ayni shu yo‘ldan tez yordam mashinasi kira olmay, piyodalar yo‘lida yurishga majbur bo‘lgani haqida yozgandik. Bu yo‘l ochilishi uchun qaysidir talaba o‘lishi shartmi? Yo‘lni yopganlar shuni kutyaptimi?
@masofatalim
❓Hali ham talaba bo’lmadingizmi?
🤩 Sizda sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba bo’lish imkoni bor!
🔖 Davlat namunasidagi bakalavr diplomi.
💵 Kontrakt narxlari atiga 9 mln va to’rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati.
📥 Horijdan o’qishni ko’chirish (2-kursga).
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Axborot tizimlari va kompyuter muhandisligi
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Arxitektura
✔️ Xalqaro munosabatlar
✔️ Turizm
❗️Yana bir qancha taʼlim yoʻnalishlarimiz mavjud. Operatorlarimiz orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin!
☎️ Axborot-maslahat markazi:
Operator1 | +998957073638
Operator2 | +998957083638
🌐 Sayt | 📲 Instagram
Tegishli idoralardan bularning qilig‘ini nazoratga olishni, odamlarning keskin e’tiroziga sabab bo‘layotgan ushbu video uchun bular, avvalo, shu ayoldan, qolaversa, jamoatchilikdan eng kamida uzr so‘rashini hamda bu ishlariga huquqiy baho berilishini so‘raymiz. Ko‘rsatuv esa yopilishi shart.
Bu ikkalasi o‘tirib olib naqshni ustidan kuldimi, yoki naqqoshnimi? Xudo o‘zi hammaga insof bersin.
@masofatalim
Parijda YUNESKOning bosh shtab kvartirasida yoshlar forumi oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etib, mamlakatda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va xalqaro hamkorlik loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazmoqda.
@masofatalim
Toshkent davlat stomatologiya instituti gazeta va jurnallarning bir yillik obunasi uchun “INNOVATE RESOURCES” MChJ bilan qariyb 300 mln so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.
“Xalq so‘zi”ni Qarshi davlat universitetiga 1,9 mln so‘mdan o‘tkazgan “INNOVATE RESOURCES” MCHJ Toshkent davlat stomatologiya institutiga xuddi shu gazetani 898 ming so‘mdan sotgan.
Bundan tashqari, institut ayrim jurnallarning bir yillik obunasiga 14 mln so‘mdan 33 mln so'mgacha pul to'lagan. Xususan, “Российский стоматологический журнал”ga 33 mln so‘m to‘langan.
@masofatalim
6-noyabr kuni @masofatalim kanalida e’lon qilingan giveaway’da Shavkatov Shahriyor ismli obunachi gʻolib boʻlibdi.
Unga 3 oylik telegram premium sovgʻa qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, gʻolib kanal adminlari tomonidan emas, aksincha telegram tomonidan tasodifiy tanlash orqali aniqlanadi.
Tez orada kanalda yangi giveaway e’lon qilinadi.
@masofatalim
⚡️Kutib oling! Germaniyada Talabalar uchun ish!
✅Work and travel dasturi bo'yicha O'zbekistondagi barcha oliygoh talabalari uchun, yozgi ta'til davomida, Germaniyada oyiga 2000 dan 3000+ yevrogacha pul ishlash imkoniyati!
✅ Viza: Shengen (Butun Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati)
🟢 13 - Noyabr, soat 20:00 da Bepul Onlayn Vebinarda ishtirok eting va ushbu dasturda qatnashish uchun kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo'ling!
Vebinar manzili:
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
t.me/+kgLT083R4cMwNzRi
🟢Faqatgina 1 kun, Vebinarda siz quyidagi savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- ketish uchun qanaqa hujjatlar yig'ilishi
- qaysi oliygoh talabalari qatnasha olishi
- qananaqa ishlarda ishlash mumkinligi
- xarajatlar haqida
- Germaniyaga yetib borganda ko'pchilik yo'l qo'yadigan qaysi xatolarni takrorlamasik
- viza uchun nima hujjatlar yig'ilishi
kabi o'zingizni boshqa ko'plab qiziqtirgan savollaringizga ham javob olishingiz mumkin.
✅ Ushbu ajoyib imkoniyatni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq kanalga a'zo bo'lishni unutmang:
/channel/+kgLT083R4cMwNzRi
Tel: +998712000340
Yashil makon avjida. Ayniqsa, Uchtepa tumanidagi 228-maktabda ota-onalar va o‘quvchilardan ko‘chatga pul yig‘ish orqali rosa avjida. Tuvakdagi gulga pul, maktabda yashil makon qilishga pul, sinf fondiga pul, maktab fondiga pul. Pul, pul va yana pul. Shunaqa xayrli tashabbusni ham bular pul yig‘ib rasvosini chiqaradi.
@masofatalim