Instagramdagi olabo‘ji
Instagramda turli mazmunda yegan-yemagan videolar ko‘p uchrab turadi. O‘shalardan bir yo‘nalish borki, kontent mualliflari bu video bilan nima demoqchi ekanliklarini o‘zlari ham tushunmaydi.
Instagramdan foydalanadigan odam kamida bir marta bo‘lsa ham shu yo‘nalishdagi videolarga ko‘zi tushgan, albatta. Yosh er-xotin bo‘ladi, er xizmat safarida bo‘ladi va uyiga qaytib kelganda ayolini begona erkak bilan ko‘rib qoladi. Bu bir umumiy misol, xolos. Shu yo‘nalish atrofida aylanuvchi videolar tiqilib yotibdi.
Savol tug‘iladi: video mualliflari odamlarga bu bilan nima signal bermoqchi? Katta ehtimol bilan o‘zlari ham bilmaydi. Chunki voqealar rivojining hech qanaqa oxiri yo‘q. Shunchaki xiyonat ustida ushlab olgani ko‘rsatiladi. Ayol kishini xiyonatkor obrazda ko‘rsatishdan bular qachon tiyiladi? Aniqroq aytganda, qachon tiyib qo‘yiladi?
Yosh oilalarning buzilib ketishiga bunaqa kontentlarning ta’siri tahlil qilinmagan bo‘lsa kerak, ammo salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi aniq. Eng kamida yosh oilalar o‘rtasida bir-biriga nisbatan turli shubha-gumonlarni, ishonchsizliklarni kuchaytirishga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bunaqa video oluvchilar nimani propaganda qilayotganiga o‘zlarining ham aqli yetmayapti. Ularning kontentlarini millionlab odamlar ko‘ryapti. Odamlarga bunaqa videolarning nimasi qiziq ekani ham tushunarsiz, na mazmun bor, na mohiyat.
Odamlarning ongini yegan-yemagan videolar bilan buzayotgan, yoshlarning mafkurasiga ta’sir qilayotgan bu kabi kontentlarni to‘xtatish kerak. Yoshlarga tavsiya: shunaqa videolarni ko‘rmang. Miyangizni mazmun-mohiyatsiz, tuturiqsiz narsalar bilan to‘ldirmang.
@masofatalim
Yangi yil arafasida “havoshka” talabalarga 50 foiz chegirma e’lon qildi.
Posterga e’tibor qilmanglar, boshqa e’lonning posterini moslavormoqchi bo‘lishgan, shekilli :)
@masofatalim
Andijon viloyatining Izboskan tumanida 8 tonnalik osh pishirishibdi. Oshni tayyorlashga 40 nafar oshpaz safarbar qilingan bo‘lsa, 1 tonna go‘sht, 2 tonna guruch, 2,5 tonna sabzi sarflanibdi.
@masofatalim
Twitter’da bu rasm keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda talabaga ish beruvchi tomonidan “viloyatliklarni ishga olmaymiz” mazmunida javob berilgan. Bu eng kamida noqonuniy talab, balki kamsitish ham hisoblanadi. Shunaqa holatga duch kelganda, hech ikkilanmay sudga murojaat qilish kerak. Boshqalarga ham saboq bo‘ladi.
@masofatalim
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasi:
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
#Konstitutsyanioʻrganamiz #8dekabr
@masofatalim
❗️Shoshiling!
🎓Siznig o'quv markazlarga borib o'rganishga vaqtingiz yo'qmi? Biz sizga yordam beramiz.
Bizning o'quv markazimizga malakali ustozlarni online ta'lim olishingiz mumkin.
🔹Rus tili (razgavorniy 0 dan) 150.000
🔸Ingiliz tili
–0 dan boshlangan guruh 400.000- 200.000
🔹Nemis tili 350.000- 200.000
🔸Fransuz tili 100.000
💥Bizning o'quv markaz 💯 ishonchli.
Biz bilan sifatli ilm oling
⚡️‼️Shoshiling joylar chegaralangan.
Murojat uchun👇👇👇
@Diamond_education_admin
shu profillarga murojat qiling.
––––––––––––––––––––––––
Bizning kanalimiz👇👇👇
@Rus_online_edu
Bir paytlar o‘qishga tayyorlanayotgan yoshlarning eng sevimli va qadrdon gazetasi “Abituriyent” edi. Unda ishlovchi o‘qituvchilar ham, ekspertlar ham eng malakali kadrlardan iborat jamoa edi. Ko‘pchilik yangi testlarni ishlashi uchun eng yaxshisi aynan shu edi.
Har haftaning payshanba kunini soat sanab kutardik, sababi shu kuni gazetaning yangi soni chiqardi. Twitter’da ushbu rasmni ko‘rib, qadrdon gazetamiz esga tushib ketdi. Hozir ham har bir sonini saqlab, avaylab qo‘yganman, chunki ichida bebaho xazina bor.
“Abituriyent”dan foydalanganlardan shu postga bitta layk :)
@masofatalim
Baliq boshidan sasiydi
Oliy ta’lim muassasalari nega shunaqa katta pullarga 2022-yilda bir dumalab nashr etilishi boshlangan jurnalga obuna bo‘lyapti, deb hayron bo‘lib tursak, gap buyoqda ekanda. Vazirlikda o‘tirganlar va boshqa “tepa”dagilar obuna ishiga aralashmay, jim o‘tirsa nima bo‘ladi ekan-a? Ritorik savol: tepa “tavsiyaviy” xat yuboradi, past esa “ixtiyoriy-majburiy” deb tushunmasligiga kim kafolat bera oladi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligini tugatib, OTMlarning o‘ziga to‘liq mustaqillik berilsa ham, hech nima o‘zgarmaydi. Aksincha, OTMlar mana bunaqa topshiriqlardan, “tavsiyaviy” xatlardan qutuladi. OTMlar millionlab mablag‘ini bo‘lar-bo‘lmas jurnallarga sarflamay, shu pullarga moddiy-texnik bazasini yaxshilasin, kutubxonalarini to‘ldirsin, iqtidorli talabalarini qo‘llab-qo‘llasin. O‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishga yuborsin. Shundoq ham qilinadigan ish tiqilib yotibdi.
@masofatalim
“Biztv.media” onlayn platformasi talabalar uchun ajoyib sovg‘a taqdim etmoqda
Bu platforma o‘zi nima?
➖ platformadagi barcha kino, serial va multfilmlar oila davrasida ko‘rish uchun, no‘jo‘ya (a-ya-ya) sahnalardan holi.
➖ unda boshqa platformalarda topilmaydigan serial va filmlarning o‘zbek tilidagi professional dublyaj talqini mavjud.
➖ platformada hech qanday reklama yo‘q.
Ilovani Play Market yoki App Store’dan yuklab olib, MASOFATALIM
promokodini kiritib, mutlaqo tekinga foydalanish mumkin (promokod amal qilish muddati 3 kun).
Darvoqe, qadrdon va eng sara hamda eng so‘nggi kino va seriallarni sifatli shaklda, o‘zbekcha tarjimada tomosha qilish mumkin.
P.S. “Qashqirlar makoni” deysizmi yoki boshqa kino va seriallarmi — barchasi shu platformada. MASOFATALIM
promokodini kiritib, tekinga foydalaning😎
Ilovani yuklab olish:
Android| iOS | Veb-sayt
Abdulla Qodiriy hukumatni obro‘sizlantirishda ayblanganidan 100 yil o‘tib to‘liq oqlandi
Adib 1926-yilda hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblangan va tergovga tortilgan. Bunga “Mushtum” jurnalida e’lon qilingan “Yig‘indi gaplar” nomli maqolasi sabab bo‘lgan.
Abdulla Qodiriy 1926-yil 16-iyunda O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida (kontrrevolyutsion xarakterga ega adabiyotlarni tarqatish va tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroqo‘mi Rayosatining 1926-yil 17-iyundagi qaroriga asosan adib jazodan ozod etilgan.
Abdulla Qodiriyning farzandi Habibullo Qodiriy 1926-yilda chiqarilgan hukm ustidan Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini berdi. Oliy sud apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi va hukmni bekor qilib, Abdulla Qodiriy harakatlarida O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topdi va uni oqladi. Shuningdek, uning tergovda nohaq ushlab turilgani ham qayd qilindi.
@masofatalim
Sovrin jamg‘armasi $1 millionni tashkil qiluvchi “Prezident Tech Award” tanlovi ishtirokchilarining murojaati kanalda e’lon qilingan edi (1, 2). Mazkur postlar yuzasidan IT-Park rasmiy izoh berdi.
“Birinchi holat yuzasidan Franchesko Krakolichi bilan bog‘lanilganda, u dastlab taassurotlarga asoslangan holda baho qo‘yganligi, ammo savol-javoblardan qo‘yilgan baholari to‘g‘riligiga amin bo‘lgani haqida aytib o‘tdi. Hakam ishtirokchiga startap kimlar uchun va jamiyatning qanday muammolarini bartaraf etishi bilan bog‘liq savollarga qoniqarli javob ololmagach, past qo‘yilgan ballarning har tomonlama asosli ekanini tasdiqladi. Qayd etish joizki, Franchesko Krakolichi “Joyla” startap jamoasi loyihasini past baholaganiga qaramay, ular keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi va g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Startaplarni baholash uchun “Nomadic Minds” vakilidan boshqa yana uch nafar xorijiy hakam ushbu jarayonda ishtirok etganini va ishtirokchilarni baholash shaffof tarzda o‘tkazilganini ma’lum qilamiz. Shuningdek, Franchesko Krakolichi talab etilgan taqdirda, fikrini tasvirga tushish orqali tasdiqlashi va rasmiy yangiliklar uchun iqtibos berishga rozi ekanligini bildirdi. Ikkinchi holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, “Demo Day” yakuniga ko‘ra, barcha asosiy, jumladan, “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha saralab olingan jamoalar, keyingi – ovoz berish bosqichiga yo‘l olishdi. G‘oliblar onlayn ovoz berish bosqichi yakunlangach aniqlanadi”, deyiladi javob xatida.
Muammoga, ishtirokchilarning murojaatiga befarq bo‘lmay, masalani o‘rganib chiqqan va rasmiy javob yo‘llagan IT-Parkka minnatdorchilik bildiramiz. Tushunmovchiliklar uchun esa uzr so‘raymiz.
@masofatalim
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, AloqaBank va Oʻzbekiston asalarichilar uyushmasi hamkorlikda joriy yilning 1-10 dekabr kunlari “Asal bayrami” 5- koʻrgazma yarmarkasini oʻtkazmoqda.
Ushbu yarmarka qishning ilk kunida poytaxtning “Anhor Lokomativ” istirohat bogʻi (Navro’z bog’i) hududida boʻlib oʻtadi. Asalni hush koʻruvchi barcha bayramga taklif etiladi.
@masofatalim
Yakudza nomi bilan tanilgan 18 yoshli PUBGchi yigit — Shoxruz Nazarov onasiga Mercedes Benz G63 AMG avtomobilini sovg‘a qilibdi. Uning YouTube sahifasida 876 ming, Instagram sahifasida esa 542 mingdan ortiq obunachisi bor. U 2021-yilda MDHning eng yaxshi geymeri bo‘lgan.
P.S. Internetdan unimli foydalaning, yoshlar.
@masofatalim
“Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati bu yil obunadan yaxshi foyda ko‘ribdi, shekilli. 276 mln so‘mga shartta bitta Tracker-2 sotib olibdi. Ko‘pchilikka sir emas, hududlarda majburiy obuna avjiga chiqqan. Bag‘dod tumani “zamhokimi” kollej direktorini kaltaklagani ham buni isbotlaydi. Ushbu Tracker-2 avtomobili birovlarning ertalabdan kechgacha mehnat qilib topgan rizqini qiyib, majburiy tarzda yig‘ilgan pullar hisobidan xarid qilinmagan, degan yaxshi gumondamiz.
@masofatalim
Toʻgʻri, bunaqa xatoliklar boʻlib turadi. Ammo bunaqasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining kanalida tez-tez boʻlib turadi.
Qizgʻanmanglar :)
@masofatalim
Yaqinda kanalda “Bizda bunday kino ishlashga dux yo'q” deb bir hind kinosidan parcha e’lon qilgandik. O‘sha lavhani ko‘rgach ko‘pchilik bu kinoni qidirishga tushib ketdi. Afsuski, internetda uni sifatli shaklda topish imkoni yo‘q.
Ammo “qalovini topsang qor ham yog‘adi”, deganlaridek, kinoni HD formatda, hech qanday reklamasiz qayerdan topib ko‘rish mumkinligini aniqlab keldik. “Biztv.Media” platformasida uni bemalol tomosha qilish imkoni bor! Mana linki.
Ilovani yuklab olib (Android | iOS) yoki veb-sayt orqali tomosha qilish ham mumkin. Bundan tashqari, MASOFATALIM
promokodi kiritilsa, platforma 3 kun mutlaqo tekin ishlaydi. Faqat bu kino emas, barcha eng so‘nggi va sara filmlarni o‘zbek tilida endi shu yerdan topish mumkin.
@masofatalim
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasi:
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
#Konstitutsyanioʻrganamiz #8dekabr
@masofatalim
Poytaxtdagi “IELTS ZONE” o‘quv markazi rahbari Bekzod Mirahmedov ushbu o‘quv markazda ishlaydigan IELTS instruktor IELTS’dan 9.0 olgani munosabati bilan, unga Gentra avtomobilini sovg‘a qilibdi.
Darvoqe, Bekzod Mirahmedovning o‘zi O‘zbekistonda IELTS’dan ilk 9.0 sertifikat olgan o‘qituvchi hisoblanadi.
@masofatalim
Yaxshi xabar: 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.
@masofatalim
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
2-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. 20 yoshli yigit kasallikka chalinganiga bir hafta bo‘lgan. Pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo u shifokorlar yordamiga qaramay, o‘z uyida vafot etgan.
TTA Urganch filiali talabalari OTM rahbariyatidan karantin e’lon qilishni so‘ramoqda.
@masofatalim
“Sening ham davring keladi”
Maktabda o‘qib yurgan paytim har safar olimpiadadan yig‘lab qaytardim. Falonchi lavozimda ishlaydigan odamning qizi deb, har safar bir qizga birinchi o‘rinni berishardi. Har narsada “omadli tug‘ilganlar” yutib ketishini ko‘rish juda og‘riqli edi.
Ayniqsa, 9-sinfligimda judayam alamli bo‘lgan, men 1-o‘rinni olganman-u lekin bir qo‘ng‘iroq bilan mansabdor odamning qiziga 1-o‘rin o‘tib ketgan. Uyga yig‘lab qaytdim, dadam bu haqida bilib biroz jim bo‘lib qolganlar. O‘sha payt, dadamni quchoqlab: “Dada, siz bularni o‘ylamang. Men hali hammasiga o‘z bilimim bilan erishaman” — deganim yodimda.
10-sinfni bitirib IELTS 7.5 oldim. Bunday ball raqiblarimda ham, hakamlarda ham yo‘q edi. 2021-yili olimpiada tizimi ham o‘zgartirildi, testlar DTM tomonidan berildi va kompyuter tekshirdi, men 1-o‘rinni oldim. 10-sinfgacha meni tuman bosqichidan yiqitishgan, 11-sinfda esa men Respublika bosqichigacha chiqdim. Respublika olimpiadasida turgan paytim o‘sha voqealar esimga tushib o‘zimdan faxrlandim, 10-sinfda tuman bosqichida inshomga 34/50 ball berishgan edi, 11-sinfda esa Respublika bosqichida 48/50 ball oldim.
Hozir ular oddiy OTMlarda o‘qishyapti, men esa Amerikada nufuzli universitetda o‘qish va yashash xarajatlari to‘liq qoplanadigan grant bilan o‘qiyapman. Yaqinda yozgi ta’til uchun O‘zbekistonga qaytaman, dadam “Qizim Amerikadan o‘qishdan qaytyapti” deb meni aeroportda kutib olayotganlaridagi quvonchni boy otalar “sotib olisholmaydi”.
Hozir Amerikada turib shu postni yozar ekanman, menga o‘xshab adolatsizliklarga uchragan o‘quvchilarga shunday demoqchiman: Adolat bor. Bilimingiz bir kuni shunday yuzaga chiqadiki, o‘sha sizni yiqitmoqchi bo‘lganlar sizga hali havas bilan qarashadi. Asosiysi, hech ham sinib qolmang, sizning ham davringiz keladi.
Sabina Nabiyeva, The University of Arizona talabasi
—
Xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan vatandoshlarimizning mana shunday bir-biridan qiziq hikoyalari @uzbekistonlikuz telegram kanalida berib borilmoqda. Albatta, kuzatib boring.
Qarshi shahrining ayollar futbol klubi — “Sevinch” o‘yinchisi, 2023-yil “O‘zbekiston chempioni”, 2022-yil “O‘zbekistonning eng yaxshi ayol futbolchisi” Maftuna Shoyimova dadasiga mashina sovg‘a qilibdi.
@masofatalim
Shishirilgan narx va 645 mln so‘mlik obuna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali “O‘zbekiston talabasi” jurnali obunasi uchun “Ilk qadam matbuot” MChJ bilan 645 mln so‘mlik shartnoma tuzgan. Bu safar jurnalning 1 donasi 2 mln 150 ming so‘mdan o‘tkazilgan. Shu narxda 300 ta jurnal uchun shartnoma qilingan.
Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zi ayni ushbu MCHJ bilan “O‘zbekiston talabasi” jurnali obunasi uchun 219 mln so‘mlik shartnoma tuzgandi. Endi universitetning filiali 645 mln so‘mlik shartnoma tuzyapti. Ajablanarli va g‘alati holat, albatta.
Bundan qizig‘i: avvalroq ushbu jurnalning bir donasi OTMlarga 975 ming so‘mdan o‘tkazildi, Nizomiy TDPUga kelganda narx birdan 1 mln 462 ming so‘m bo‘lib qoldi. Endi filial shartnomasiga kelganda esa narx yana oshib, 2 mln 150 ming so‘mga aylanib qoldi. Bitta jurnal, bitta MCHJ, bir xil benefitsiar va har xil narx. Ajoyib.
@masofatalim
“Vor v zakone” – “Qonundagi o‘g‘ri” kim?
Uyushgan jinoyatchilik olamida eng yuqori “mast” (daraja) bo‘lmish “qonundagi o‘g‘ri” tushunchasi sobiq SSSR va undan keyingi postsovet davlatlarida yashovchilarga xos fenomen. Xorijda ayni shunday tushuncha va maqom yo‘q. To‘g‘ri, xorijda ham uyushgan jinoyatchilik va ularning rahbarlari mavjud. Bunday kriminal avtoritetlarni jinoiy boss (crime boss), don (don), guruh yetakchisi, cho‘qintirgan ota (godfather), jinoiy yoki kriminal baron (narkobaron), mafiya bossi, paxan, oyabun yoki kumityo deb atashadi. Ammo ulardagi tartib va tushunchalar postsovet hududidagi analoglaridan tubdan farq qiladi.
Batafsil — /channel/platinauzb/4230
Eng zo’r kasblardan birini o’rganmoqchisiz, ammo…
Kelajakda yaxshi dasturchi bo’la olamanmi? Qaysi tilni o’rgansam ekan? Qachon men ham chet elga sayohat qilaman?
⏸Shu kabi savollar sizga tinchlik bermayotganidan xabardormiz.
Hozir “aytishnik”lar davri ekanligiga aslo shubxa yo’q, chunki ularga bo'lgan ehtiyoj borgan sari o'smoqda, ayniqsa Yaponiyada.
💡Toshkent shahridagi Japan Digital University esa bir vaqtning o'zida ham dasturlash, ham yapon tilini yetarli darajada puxta o'rgatib, karyerangizni Yaponiyada davom ettirish imkoniyatini beruvchi dargohdir.
Ushbu oliygohga kirish imtihonlari onlayn tarzda, matematika fanidan bo’lib o’tadi.
👉HUJJAT TOPSHIRISH
📌Bahorgi semestr uchun ro’yxatdan o’ting va hayollarni reallikka aylantiring!
📨Litsenziya №0044, 06.12.2021
📍Toshkent sh. Alixon To’ra Sog’uniy ko’chasi, 44-uy
📞Bog’lanish uchun: 71-200-05-95 | jdu_support">chat💬
Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
Reklama
Aytishlaricha, Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovichga oliy ta’lim masalalariga qarab turish vazifasi yuklatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hozirda vazir vazifasini vaqtincha bajarmoqda.
@masofatalim
Narx nimaning hisobiga shishib ketdi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “O‘zbekiston talabasi” jurnali obunasi uchun “Ilk qadam matbuot” MChJ bilan 219 mln so‘mlik shartnoma tuzibdi. Jurnalning 1 donasiga 1 462 500 so‘mdan to‘langan, jami 150 ta jurnal yetkazib berishga kelishilgan.
Qiziq tomoni, avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham ayni ushbu jurnalning 150 tasiga obuna bo‘lish uchun “INTEGRATION CENTR UMID” MChJ bilan 146 mln 250 ming so‘mlik shartnoma tuzgandi. Bunda jurnalning bir donasiga 975 ming so‘mdan to‘langan edi.
Qiziq holat: Nizomiy TDPUgacha bu jurnalning bir donasi 975 ming so‘mdan OTMlarga o‘tkazib kelinayotgandi (1, 2). Endi qanday qilib narx birdan 1 mln 462 ming so‘m bo‘lib qoldi? Ikki OTM misolida e’tibor bering: bittasi jurnalning 150 tasiga 146 mln, boshqasi esa 219 mln to‘layapti.
@masofatalim
Piyodalar yoʻlagiga mashinangni qoʻyishga qoʻyibsan (oq kobalt — 01C 287 ZB) hech yoʻq yoʻlni yarmini ochiq qoldirsa boʻlardi-ku. Yonidagi kobalt turgan qatorning oldida ham, orqasida ham joy bor edi. Farosat boʻlmasa ham qiyin ekan.
Parkovka yoʻqligi bu piyodaning yoʻlini, uning haqini egallab olish mumkinligini anglatmaydi. YPXdagilar bemalol jarima yozvorsa ham boʻladi, holat sal oldin boʻlgan. Mukofot shartmas, keyingi safar piyodaning yoʻliga mashinasini qoʻymaydigan boʻlsa yetadi.
@masofatalim
Yoshlar ishlari agentligi jahonga mashhur bo‘lgan 1000 ta kitobni tanlab olib, o‘zbek tiliga tarjima qilish va mamlakatda ommalashtirishga qaratilgan “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasini amalga oshiradi — Prezident qarori
@masofatalim
Bootcamp Grafik dizayn kursining afzalligi nimada?
— ma'lum shartlar asosida ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili kursi uchun vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar.
Agar Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»ning Chimboy filialida, chuqurlashtirilgan holatda o'rganishni istasangiz, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
👉Ro'yxatdan o‘ting