Rossiyaning raketa hujumlari tufayli Ukrainadagi futbol lagerida bolalar shunday uxlayapti. Tinchlik — ulug‘ ne’mat.
@masofatalim
Media sohasida ishlashni istovchi talaba-yoshlar uchun ish bor. SMM, copywriting, jurnalistika va muxbirlik yo‘nalishlariga ariza topshiring.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Toshkent shahrida istiqomat qilishi (prospika talab etilmaydi);
- Ishlashni istagan yo‘nalishi bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lish;
- Kreativlik, izlanish va tinimsiz o‘z ustida ishlash qadrlanadi.
Muhim: ish turi onlayn emas, ofisga kelib ishlash talab etiladi.
Arizalarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin.
👉 https://forms.gle/7DNoHk95Bw6QC1rY6
Bepul kiyim uchun jang
Toshkent shahridagi kiyim do‘konlaridan biri aksiya e’lon qilib, unda qishki kiyimlarni bepul olib ketish mumkinligni bildirgan. Natijada olomon to‘planib, bepul kiyim uchun haqiqiy kurashga kirishgan.
@masofatalim
Ko‘pincha bot orqali so‘raladigan savollarni ko‘rib, odamning ensasi qotadi. Aksariyat yoshlar oddiy narsalarni, savollarni so‘raydi. O‘sha savolini to‘liq holda emas, hatto kalit so‘zlar bilan internet orqali qidirsa ham, hamma ma’lumot chiqib kelaveradi.
Ko‘pchilik uchun oddiy Google’ni ishlatishni bilmaydiganlar haqida o‘qish kulguli tuyular, lekin bu haqiqat — aholining katta qismi va ko‘pchilik yoshlar foydalana olmaydi, nazarimizda. Qo‘limizda aniq statistika yo‘q, lekin kuzatuvlar shuni ko‘rsatyapti, afsuski.
@masofatalim
Darvoqe, 2023-yil 13-dekabr kuni platina.uz sayti 2023-yilda eng yomon ishlagan vazir sifatida Amrillo Inoyatovni qayd etib, bunga asos boʻluvchi omillarni yozgandi. Oʻqish uchun: https://pltn.uz/c02e
@masofatalim
Sarlavha va pastidagi qisqa matnni ko‘rib, xabarning to‘lig‘ini “nahotki, nahotki” deb juda katta xayrat bilan o‘qiyotgandim, eng oxirgi qismiga “Reklama” deb yozib qo‘yishibdi. Xususiy universitetlarimizdan birining reklamasi ekan :)
@masofatalim
“Halollik ofitseri”
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Halollik ofitseri” lavozimi joriy etilibdi.
Tinib-tinchimagan odamlar, nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya :)
@masofatalim
Yangi yil kuni “hunar” ko‘rsatgan bir guruh yoshlar ushlanib, javobgarlikka tortilibdi.
❗️Videoda ko‘ngilni xira qiluvchi kadrlar bor.
@masofatalim
O‘quvchilarning yaxshi ta’lim olishida ota-onalarning roli qanchalik muhim deb o‘ylaysiz?
Ko‘plab ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligida o‘qituvchilarni ayblaydi. Lekin O‘zbekistonda atigi 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi haqida bilarmidingiz?
Doimgidek, ota-onalar farzandining qanday ta’lim olayotgani bilan qiziqishi yoki bolalarining ta'limi uchun qancha sarmoya kiritayotgani haqida deyarli gapirmaydi.
Tan olamizmi yoki yo‘qmi, yomon maktab, yomon o‘qituvchi, yomon sharoit ota-onalarning eng zo‘r bahonalaridan biri bo'lib qolgan.
Endi ota-onalarning bunday bahonalar topa olmasligi uchun yaxshi loyiha ham bor, bu — Oliy maktab akademiyasi.
Ya’ni bu shunday loyihaki, unda ota-onalar barcha farzandlarining (6 yoshdan boshlab) sifatli va ishonchli ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib bera olishlari mumkin.
Chunki, Oliy maktab akademiyasi takomillashgan videodarslar to‘plamini ishlab chiqqan bo‘lib, bu to‘plamni xarid qilgan ota-onalar undan butun umr foydalanishi mumkin.
Ya’ni bu uyingizda farzandingiz uchun xususiy maktab ochishdek gap.
Yaxshi maktab, eng salohiyatli o‘qituvchilar va eng asosiysi sifatli ta’limni o‘zida mujassam qilgan Oliy maktab akademiyasi imkoniyatlaridan barcha ota-onalar foydalanishlari kerak deb o‘ylaymiz.
Oliy maktab akademiyasi orqali o'quvchilar maktabdagi darslardan tashqari hech qanday repetitorga bormay turib ham fanlarni mukammal tarzda o'zlashtirishi mumkin.
Eng muhimi bu loyihadan butunlay internetsiz foydalanish mumkin.
Ota-onalar farzandining yaxshi ta’lim olmasligidan shikoyat qilyaptimi unda ularga Oliy maktab akademiyasini tavsiya qilib ko‘ring. Qani shunda ham ular nimadir bahona topa olarmikan?
Ha aytgancha, o'tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra bolalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan ota-onalarning farzandlari hayotdan qoniqish hissini ko'proq tuyar ekan.
Unutmang, "Oila — birinchi va eng ishonchli maktab"
↪️ Batafsil ma'lumot
👤 Bog'lanish: @hozir_boglaningBot
👉@xalqtaliminfo
Bojxonachilarimiz 2023-yil davomida qanday ishlaganiga baho berishni istasangiz, oynadan tashqariga qarash kifoya. Yo‘q, bu ham shartmas, gumbur-gumbur bo‘lib eshitilyapti o‘zi 😂
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi.
@masofatalim
“2023-yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan taraqqiyot yo‘lida muhim marralarga erishdik! Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin” — Shavkat Mirziyoyev
@masofatalim
Tavsiya: Oʻzbekistonlik telegram kanali xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan yurtdoshlar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziqarli lavhalarni berib bormoqda. Kuzatib boring: @uzbekistonlikuz
Читать полностью…Oliy ta’lim yilni vazirsiz tugatmoqda
2023-yil tugab bormoqda, ammo oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimi haligacha vakant turibdi. Sobiq vazir Ibrohim Abdurahmonov 25-oktabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi.
Ikki oydirki oliy ta’limga yangi vazir tayinlanmadi. O‘rinbosarlar ishlarni tashkil etib turishibdi. Ayrim manbalar yopiq hujjat asosida oliy ta’limga qarab turish Odil Abdurahmonovga yuklatilgani haqida xabar bergandi.
Masalan, o‘tgan yili 30-dekabrda ham tayinlovlar amalga oshirilib, “adminreforma” qilingandi. Balki vazir yanvarda tayinlanar, balki ungacha, ammo asosiy nomzod ham aniq — Odil Abdurahmonov.
@masofatalim
2023-yilda @masofatalim kanalidagi postlarning jami ko‘rishlar soni 21,2 millionni, ulashishlar soni 95 600 dan ko‘proqni tashkil etibdi.
2024-yilda ham qiziq postlar, oliy ta’lim muasssasalarining xaridlari-yu tenderlari va boshqa ko‘p mavzularda yaxshi postlar bo‘ladi.
Kanal obunachilariga minnatdorchilik bildiramiz. Barchangiz tillo odamsizlar.
Alisher Navoiyning sunʼiy idrok orqali qayta tiklangan ko‘rinishi ekan.
@masofatalim
Xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi: ikki yilda yoshlar soni 10 mingga, yo‘naltirilgan mablag‘ esa 4 baravarga ko‘paydi
O‘ndan ortiq xalqaro imtihon tizimlarida 70% va undan yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi bo‘yicha yaxshi tizim ishga tushirilgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2021-yilda 2 833 nafar yoshga 5,5 mlrd so‘m, 2022-yilda 7 744 nafar yoshga 13,4 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 12 359 nafar yoshga 21,7 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan.
Bu shuni anglatadiki, 2021-yil va 2023-yil orasida imtihon pulini qaytarib olgan yoshlar soni 10 mingdan ortiqqa ko‘paygan bo‘lsa, yoshlarga bu borada yo‘naltirilgan mablag‘ 4 baravarga ko‘paygan.
Umumiy hisobda oxirgi uch yilda yoshlarning 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball olgani uchun qoplab berilgan mablag‘ miqdori 40 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
@masofatalim
Amerika universiteti endi Markaziy Osiyoda
American University of Central Asia (AUCA) — AQSh taʼlim tizimi asosida oʻqituvchi ushbu universitet endi qoʻshni Qirgʻiziston poytaxti, Bishkek shahrida va unda U.S.-CAEF 2024 stipendiya dasturi doirasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonlik isteʼdodli yoshlar 4ta yoʻnalish boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishlari mumkin:
⭐️ Biznes boshqaruvi
⭐️ Iqtisodiyot
⭐️ Dasturiy taʼminot muhandisligi
⭐️ Amaliy matematika va informatika
Universitet shuningdek, quyidagi afzalliklarga ham ega:
Toʻrt yillik taʼlim xarajatlari qoplanadi (GRANT);
Oylik stipendiya;
Turar joy;
Sayohat puli;
Yozgi bepul amaliyotlar;
Shaxsiy rivojlanish va boshqalar
Hujjatlar 2024-yilning 15-yanvarigacha online tarzda qabul qilinadi.
Toʻliq maʼlumotlar universitet saytida: https://uscaef.org/apply/
Xitoydagi iqtisodiy pasayish yoshlar orasida misli ko‘rilmagan ishsizlik darajasiga sabab bo‘ldi. Hozirda mamlakatda 16 va 24 yoshlar o‘rtasidagilarning 20 foizidan ko‘prog‘i ishsiz. Bu raqamlarni aniqlash qiyinlashgan, chunki Xitoy statistikani chop qilmay qo‘ydi. Bitiruvchilar o‘z diplomlari bir tiyinga qimmat ekanini ko‘rsatish uchun mana bunday challenjlar o‘tkazishyapti ekan.
Ibrat Safo
@masofatalim
❗️Amrillo Inoyatovning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi haqidagi xabar rasmiy manbalar tomonidan qat’iy rad etildi. Shu sababli xabar o‘chirildi. Ammo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan olingan.
@masofatalim
Milliybankning Solfy degan kartasi bor ekan. Shulardan reklama sms kelibdi. Ko‘p hollarda biror ma’lumot olish yuzasidan tashkilotlar, banklar yoki kompaniyalarga telefon qilsang bormi, baloga qolganing shu. Raqamingga tinmasdan reklama sms yuboraveradi.
Telefon raqam ham shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi. Milliybankga ham, boshqasiga ham menga reklama sms yuborishga ruxsat bermaganman. Bularni bunga nima haqqi bor? Kimdir odamlarni mana shu holatlardan himoya qilishga kuchi yetadimi?
Milliybank mening shaxsga doir ma’lumotim — telefon raqamimga ruxsatimsiz reklama yuboryaptimi, demak, ularda shaxsga doir ma’lumotlar haqida yetarlicha bilim yo‘q. Endi bularning ilovasiga qanday ishonish mumkin, axir?
@masofatalim
Antikorrupsiya agentligi uyg‘onib ketib, mansabdorlikdan tashqari tadbirkorlik qilayotgan rahbarlarning tadbirkorligiga nuqta qo‘yibdi. Avvalroq tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan OTMlar mansabdorlari haqida yozgandik. Bir vaqt bo‘lganda bunga ham qarab qo‘yishar, degan umiddamiz.
@masofatalim
Mustaqil O‘zbekiston tarixida bugungacha yillarning nomi 3 marta yoshlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular: 2008-yil — Yoshlar yili, 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili, 2024-yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili.
Shuningdek, boshqa yillar nomi bilan quyida tanishish mumkin:
1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
@masofatalim
Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilaymiz! Barcha o‘ylagan eng ezgu niyatlaringizga yeting.
P.S. Yangi yilda ham bizni faol kuzatishda davom eting :)
@masofatalim
Yegulik masalasiga kelganda bizchalik kreativ xalq bo‘lmasa kerak dunyoda :)
@masofatalim
Samarqandda o‘tgan FIDE bo‘yicha jahon chempionatida rapid bo‘yicha ham, blits bo‘yicha ham Magnus Karlsen chempion bo‘ldi. Shuningdek, 2-o‘rin — Daniil Dubov, 3-o‘rin — Vladislav Artemiyev.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar shoxsupaga ko‘tarila olishmadi.
Erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etishdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘pladi
@masofatalim
“Biztv.Media” barcha bilimdon yoshlarni Yangi yil bilan samimiy tabriklaydi!
“Biztv.Media” — bayramni oila davrasida tomosha qilish uchun eng yaxshi platforma. Shu munosabat bilan barcha uchun bir kunlik promokod taqdim etilmoqda. Quyidagi havolalar orqali ilovani yuklab oling, promokodni kiriting va platformadan mutlaqo bepul foydalanib, yangi yilni o‘zgacha o‘tkazing!
Sara retro filmlardan tortib, eng so‘nggi kino va seriallarni, ayniqsa, Yangi yil filmlarini o‘zbek tilida hamda sifatli formatda aynan ushbu platformadan topasiz. Foydalaning va mazmunli hordiq chiqaring.
Promokod: YANGIYIL
Muddati: 1 kun
Aktivlashtirish: 3-yanvargacha
Yuklab oling: Android | iOS | Veb-sayt
❗️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallar odam o‘limi bilan bog‘liq ko‘plab noxush va ko‘ngilsiz holatlarni ochiqchasiga tarqatmoqda. Rasm va videolarni gapirmasa ham bo‘ladi, juda xunuk holat. Qaysi kalla bilan shu darajaga borish mumkin? Bundan maqsad nima? Obunachi yig‘ish, shov-shuv ko‘tarishmi? Ayni shu turdagi xabarlar senzuralanishi kerak.
@masofatalim