Qozogʻistonliklarga respekt!
Rossiyalik bitta kal chiqib, Oʻzbekistonni qoʻshvolishimiz kerak, deganini hali koʻpchilik unutmadi. Endi qozoqlardan oʻrnak olib, oʻsha kalni (bu haqorat emas, rostdan ham kal ekanda) Oʻzbekistonga kirishini taqiqlash kerak.
@masofatalim
5 600 soʻm “otmen”, endi buyogʻi 20 700 soʻm
O‘zbekistonda 2024-yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga bir oyga 621 ming so‘m deb belgilanibdi. Bu bir kunga taxminan 20 700 soʻmga toʻgʻri kelmoqda.
Shuni hisoblaganlarning hammasini qoʻliga 621 ming soʻmdan pul tutqazib, “bor, yasha” deb aytilsa, necha kunda ular ochlikni oʻz tanalarida his qilishadi? Albatta, bu tajribani ham bir marta boʻlsada oʻtkazib, buniyam hisoblab koʻrish kerak.
@masofatalim
Prezident Farmoni bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida esa Sport vazirligi tashkil etiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti tashkil etiladi.
Rasmda Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari taqdim etilmoqda.
@masofatalim
Aftidan, aksariyat iqtisodchilarimizdan tortib bonkirlarimizning o‘zini ham moliyaviy savodxonligini oshirish hamda firibgarlardan ogoh bo‘lishga o‘qitish kerak :)
@masofatalim
Fakt-checking qilishni bilmaydigan, xabarni tekshirmasdan e’lon qiladigan, yolg’on bilan rostni ajrata olmaydigan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ayrim ko‘rsatmalar:
1. “Graduate” degani magistr bosqichi. Ikki rasmda ham “graduate” deb yozilgan. Aslida, “undergraduate” bo‘lishi kerak.
2. Xatlar rasmiy tonda yozilmagan.
3. Xatlarning ichi to‘la imlo xato bilan yozilgan, hatto universitet nomi ham xato yozilgan.
Bundan tashqari, sun’iy intellekt ham buning feyk xabar ekanini aniq-tiniq ko‘rsatib berdi.
P.S. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidagilarga shu xabarni yuborib qo‘yinglar. Ular “bu xabarning nimasi feyk ekan” deb aniqlolmay, boshi qotib o‘tirgan bo‘lsa, ishlari osonlashadi :)
@masofatalim
Oxirgi yillarda davlat oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan juda ko‘plab tajribali o‘qituvchilar yoppasiga xususiy OTMlarga o‘tib ketayotgani tez-tez qulloqqa chalinadi. Ochiq manbalar orqali buning aniq raqamlarini bilish imkoni yo‘q. Ammo shu tizimda ishlovchi kadrlarning fikrlarini o‘qib, o‘qituvchilar nega davlat OTMlarini tashlab ketayotgani ancha tushunarli bo‘ldi.
@masofatalim
Telegram Premium obunachilar uchun ajoyib qulayliklarni taqdim etdi:
➖ Xabar yuborilganda ikkinchi tomon xabarni soat nechida o‘qiganini ko‘rish imkoniyati yaratildi.
➖ Premium obunachilar endilikda xabar yozishni kontaktida bo‘lmagan yoki Premium akkaunt bo‘lmaganlarga cheklab qo‘yishi mumkin bo‘ldi.
P.S. Durovning marketologlari qattiq ishlashyapti :)
@masofatalim
Hukumat qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 2024-yil 1-aprelga qadar o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasini yaratadi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq har yili 50 tagacha o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi.
@masofatalim
Andijon davlat universitetini tekshirgan KRUchilar 129 mln so‘mlik kamomad aniqlagan. Undan keyin Hisob palatasi borib tekshirgan va 39 mlrd so‘mlik talon-torojni aniqlagan.
@masofatalim
W avlod
Maktabda hamma fanni 5 bahoga bitirib, kumush so‘zini “kumuw” deb yozadigan va kamiga kumush medal oladigan avlod chiqishni boshladi.
Hali tibbiyotga super-muper kontrakt bilan o‘qishga kirgan avlod to‘liq bitirib chiqishni boshlasin, kasal bo‘lishga ham haqqingiz qolmaydi :)
p.s. wunaq yozmasli ucn vowwem k6p ktop 6qiw kere
@masofatalim
O‘zbekistonlik bo‘la turib, pulini to‘lab, qonuniy ravishda teleminoraga chiqmoqchi bo‘lganimizda ish vaqti tugashiga 10 daqiqa qolganini aytib, eshik yaqiniga ham yo‘latishmagandi bir paytlar.
@masofatalim
“Keyingi oy”dan uchtasi o‘tdi, rolikdan darak yo‘q
2023-yil 23-oktabr kuni Toshkent davlat transport universitetining bir guruh talabalari o‘quv formasida universitet hovlisida yugurib yurgani, ular darsga kechikkani uchun shunday jazolangani aytilgan video tarqalgandi.
Universitet bu holat videorolik olish jarayoni bilan bog‘liqligini, uni keyingi oydagi tadbir uchun olinayotganini bildirgandi. Ammo rasmiylar videorolikdan parchani taqdim eta olishmagan.
O‘shanda “Bu mavzuga qaytamiz. Universitet o‘sha rolikni taqdim etsa, tekinga kanalda joylab ham beramiz. Albatta, u o‘zi mavjud rolik bo‘lsa”, deb yozgandik. 13-yanvarga ham keldik, rolikdan esa darak yo‘q.
Shunda talabalar darsga kechikkani uchun universitet hovlisida yugurtirilgani haqidagi ma’lumot o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lyaptimi? Afandi aytganidek, agar bu go‘sht bo‘lsa, mushuk qani, agar bu mushuk bo‘lsa, go‘sht qani?
@masofatalim
“O‘zbekistonlik degan brendni yarata olmadik”
• Yaponiyada yangi yilning 1-kuni sodir bo‘lgan 7 ballik zilzilada o‘lganlar soni 100 nafardan oshdi. Turkiyada 50 mingdan oshgan edi. Yaponlarni qurilish sifati zo‘rligi, balo-battarlari haqida gapirmoqchi emasman.
• Shu zilzila bo‘lgani sababli, boshqalarning munosabati haqida gapirmoqchiman.
Yaponiyada yangi yildan keyin “Shinnenkai” juda ommalashgan. “Shinnenkai” — Yangi yilni yaxshi kutib olish uchun kompaniya xodimlari uchun uyushtiriladigan bazm.
• Yaponiyadagi bazmlar “Kanpai” bilan boshlanadi. “Kanpai” — bizdagi “qani oldik” degandek gap.
Xullas, hozir, shunaqa bazmlar, bayramlar, “kanpai” deb boshlab, o‘lguncha ichadigan bazmlar mavsumi. Ammo, Yaponlarni shu hislatini hurmat qildim:
• Qanchalik muhim tadbir, bazm bo‘lmasin yaponlar har tadbirni “motam” bilan boshlashyapti. “Yaponiyaning falon hududida 100 kishi o‘ldi, bayram qilish yarashmaydi”, deb har bir tadbirini, nishonlash bilan emas, o‘lganlarni, o‘sha hududdagi odamlarni eslash bilan boshlashyapti. Xursandchilik, o‘yin-kulgu qilishmayapti. To‘y-bazmlarni rad qilishyapti.
• Shularni ko‘rib, haqiqiy jamiyat, bir-birini hurmat qilish, bir xalq bo‘lish, bir yoqadan bosh chiqarish nimaligini tushundim. Tasavvur qiling, Surxondaryoda nimadir falokat bo‘lsa, Toshkentda turib hamdard bo‘la olasizmi? To‘y-bazmlaringizni rad eta olasizmi?
• Yaqinda, bir pastkash san’atkor chiqib, “Viloyatliklar Toshkentni havosini bulg‘ayapti” deganda jinni bo‘lib qolay dedim. “Hey, ahmoq, bittagina Tokioda butun O‘zbekistonning aholisi yashaydi. Kamiga, 10 millionga yaqin xorijlik immigrantlar yashaydi, nimalar deyapsan”, degim keldi.
• Yaponiyada, Tokioda 15 daqiqada “propiska”ga kirasiz. Qaysi millat, qaysi viloyat vakili bo‘lishingizning farqi yo‘q. Shu paytgacha birorta yaponni falon viloyatlik, falon joydan deganini eshitmadim. Haqiqiy jips millat bo‘la olishgan. “Yaponiyalik” degan brendni yarata olishgan. Xuddi “Amerikalik” degandek.
• Nega biz haligacha “O‘zbekistonlik” degan brendi yarata olmadik? Viloyatlik, falonlik-fustonlik deb bir-birimizni kamsitish bilan bandmiz. Negaki, siyosiy tizim uchun shunisi qulay, xalq birlasha olmaganligi qulay. Bir-birini ajratadigan, mahalliychilik urchigan jamiyat qulay!
• Ey, o‘zbekistonliklar, birlashaylik! Joyga qarab, viloyatga qarab ajratmaylik! Shunaqa pastkashlarni ko‘rsak, ayovsiz kaltaklaylik! Aks holda, holimiz tang. Yaponlar falonda, amerikaliklar falonda deb, o‘zingizni aldamang. Yaponlar ham arzimagan 50-60 yilda to‘g‘ri tizimni yo‘lga qo‘yib, hozir dunyoda birinchi raqamli millatlardan biri bo‘lib turibdi. Ehhh...
Bahodir Iskandarov, Yaponiya
@uzbekistonlikuz
Poraxo‘r tyutor qo‘lga olindi
Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti tyutori, 48 yoshli T.A. viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqarolarning mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 3 000 AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
@masofatalim
Oyiga 621 ming soʻm topasanmi? Unda kambagʻalmassan. Oyiga 1 mln 242 ming soʻm topasanmi? Unda ikki karra kambagʻalmassan. Bir oyda 1 mln 863 ming soʻm topasanmi? Unda uch karra kambagʻalmassan! Toʻxta, sen oyiga 3 mln 105 ming soʻm topasan-ku, a? Unda “uje” sen boyvachchasan!
@masofatalim
Korrupsiya, nepotizm, erkin fikrni bo‘g‘ish — jamiyatning va yoshlarning eng katta dushmani.
Shu uchalasi yo‘q bo‘lib ketsa, degan aqlga sig‘maydigan gap aytib bo‘lmaydi-ku, lekin shular biroz kamaysa, ancha rivojlanib ketamiz.
OTMlarda anonim taklif so‘rashsa, har doimgidan boshqa yozuvda yozish kerak, topib olishsa, “big‘illatishadi”. Bu — oltin qoida.
@masofatalim
### Navigation
🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!
📌 Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!
💯 Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!
🎯 Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!
🎉 Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!
🚫 Scopus ma'lumotlar bazasidagi soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!
🌐 Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar!
📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!
Telegram: @publish_uz
Toshkent, 2024-yil. 18-yanvar tongi. Hech qanday montaj emas, tabiiy video.
@masofatalim
❗️Bu xabar feyk. Bugun kuni bilan rasmiylar, rasmiy idoralarning sahifalari, telegram kanallar — hamma mana shu feyk xabarni tarqatib o‘tirdi. Hatto Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xato xabar tarqatdi.
@masofatalim
Qo'shtirnoq Podkastda bu safar o'zbekcha gapiroladigan sun'iy intellekt (SI) ham mehmon bo'ldi. Suhbat davomida SI kimlarni ishsiz qoldirishi, SI firibgarlarga qo'l kelayotgani, ChatGPT orqali pul ishlash, SI bizda bloklanishi mumkinmi, SI'ning tibbiyot va ta'limda qo'llanilishi kabi mavzularda gaplashildi.
https://youtu.be/plE83MaMjBU
8-yanvar kuni yoshlarxxx.uz (yashirib ko‘rsatildi) domeni bilan O‘zbekistonda bemalol faoliyat yuritayotgan onlayn qimor haqida ma’lumot beruvchi, targ‘ib quluvchi sayt haqida, bu domen avval Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi”ga tegishli bo‘lgani haqida yozgandik.
Mana, oradan roppa-rosa 10 kun o‘tdi. AOKA ham, Raqamli texnologiyalar vazirligi ham bu borada biror tayinli chora ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q. Qimor sayti esa hozir ham bemalol ishlab turibdi. Shunaqa saytlarni bloklash uchun aynan “Shermatov qayerga qarayapti?” deb sarlavha qo‘yib post yozish shartmi? Yoki bu qimor saytlari ishlab turishidan kim(lar)dir manfaatdormi?
@masofatalim
Tekinga shunday joy borligini bilarmidingiz?
Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida ochilgan “Kreativ park” yorqin, zamonaviy atmosferaga ega, yoshlarbop eng ajoyib maskanlardan biridir. Bu yerdan foydalanish, boshqa shunday manzillardan farqli o‘laroq, mutlaqo bepul. Mazkur hududda bir nechta qulayliklar mavjud. Ular:
- Kafe&bar;
- Coworking hududi;
- Kutubxona;
- Wifi;
- turli stol o‘yinlari;
- animatsiya maktabi;
- shaxmat klubi;
- kulolchilik akademiyasi.
Darvoqe, ushbu ajoyib maskan 24/7 ishlaydi. Yoshlar uchun bu yerda qanday zo‘r sharoitlar yaratilgani bilan esa videoda tanishish mumkin.
@masofatalim
Yosh talaba bolalar ombudsmaniga turmushga chiqishga majburlanayotganidan shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi
Shahrisabzda 17 yoshli talaba-qiz turmushga chiqishga majburlandi. U bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, avval o‘qishini tugatmoqchi ekani sababli yordam so‘ragan. Qizga himoya orderi berilgan, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirilgan.
Shahrisabz shahrida yashovchi M.M. bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga universitetda birinchi kursda o‘qiyotgani va o‘qishini davom ettirmoqchi ekanini aytgan. Ammo bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. ismli yigit uni turmushga chiqishga undab, turli bosimlar o‘tkazib keladi. Yigit va qizning ota-onalari esa qizdan rozilik so‘ramay, unashtiruv marosimini o‘tkazgan.
Vaziyat nazoratga olinib, ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari tomonidan o‘rganildi. Talaba-qizga himoya orderi berilgan va uning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47−3-moddasiga (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilganlik uchun esa Jinoyat kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, jarima, ahloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.
@masofatalim
❗️Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.
@masofatalim
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘g‘il bolalar istiqomat qiladigan talabalar turar joyiga borib, ular bilan muloqot qilibdi va 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklabdi.
Shuningdek, rektor va talabalar o‘rtasidagi suhbat davomida yotoqxonadagi sharoitlarni yanada yaxshilash borasida ularning takliflari tinglangan.
Abduqodir Toshqulovning shu odatini doim hurmat qilganmiz. Talabalar ichida ko‘p yuradi, muloqot qiladi. Ba’zi rektorlarga o‘xshab o‘ziga alohida lift ajratib, xonasiga qamalib olmaydi. Faqat rasmiy tadbirlarda ikki og‘iz gap gapirish uchun ko‘rinish bermaydi.
P.S. Albatta, talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan boshqa rektorlar ham ko‘plab topilsa kerak, ammo o‘sha OTM matbuot xizmati buni eplab yoritib bera olmas, yanayam kim bilsin.
@masofatalim
Toshkent teleminorasi strategik obyekt hisoblanadi. Aytishlaricha, rossiyalik bir bloger kelib, beruxsat pildirab teleminoraning eng tepasiga chiqib ketibdi.
Strategik obyektda beruxsat shunchalik bemalol sayr qilib yurish mumkinmi? Yoki ruxsati bo‘lgan taqdirda ham, uni strategik obyektligi qayerda qoladi?
@masofatalim
Men oʻzbekistonlikman — qonimda gʻalaba!
Futbolchilarimizga omad tilaymiz!
@masofatalim
😊Hayotingizni o’zgartirish vaqti keldi
Toshkent shahrida joylashgan Japan Digital University oliygohida nafaqat yangi do’stlar orttirasiz, balki sifatli yapon ta’limini olib, ushalmagan orzularingizni ham haqiqatga aylantirasiz!
Universitetdagi mavjud yo’nalishlar:
📚Axborot xavfsizligi;
📚Sun’iy intellekt (AI);
📚Muhandis-dasturchi;
📚Kompyuter grafikasi va dizayn;
⏳Yapon tili filologiyasi;
⏳Turizm.
Ro’yxatdan o’tish uchun pastdagi havola ustiga bosing.
📨BAHORGI QABUL
📞71-200-05-95
📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 JapanDigitalUniversity">YouTube
Nodirbek Abdusattorov 2023-yil eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘nligidan joy oldi
Nodirbek Abdusattorov 2023-yilda 12 ta musobaqada ishtirok etib, 190 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqqan.
Yil davomida jahonning eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchisi xitoylik grossmeyster Ding Liren bo‘ldi. U 2023-yil davomida turnirlardan 1 228 200 AQSh dollari miqdorida pul topgan.
Ikkinchi o‘rindan rossiyalik Yan Nepomnyashiy o‘rin olgan – 1 226 825 AQSh dollari. Uchlikni Magnus Karlsen yopgan – 705 155 AQSh dollari.
@masofatalim