👉 Bizning odamlar “Boriga baraka”da o‘ynab, guruhlarga odam qo‘shib pul topish uchun butun umrini ketkazishga tayyor.
🔥 Biroq zamon o‘zgaryapti. Eski fikrlar bilan rivojlanib bo‘lmaydi. Markaziy bank esa shaxsiy daromadlarini oshirish maqsadida o‘ziga xos loyihaga qo‘l uribdi.
Siz ham ushbu loyihani kuzatib boring👇
Loyihaga o‘tish uchun havola: @finlituzb
Zamonaviy kasblardan birini o'rganmoqchimisiz?
Unda sizni 1-fevral — payshanba kuni soat 13:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida bo'lib o'tuvchi dasturlash, dizayn va marketing yo'nalishlari bo'yicha bepul ochiq darsga taklif etamiz.
🎁 Ochiq dars barcha uchun ochiq va suhbat qatnashchilariga maxsus sovg'alar ham bor.
👉 Ro'yxatdan o'tish
Suhbat farzandlarini AyTi sohasida o'qitmoqchi bo'lgan ota-onalar uchun ham foydali bo'lishiga ishonamiz.
@masofatalim
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich ham lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda.
@masofatalim
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 80 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabani issiq ovqat bilan ta’minlash uchun 264 mln so‘mlik tender e’lon qilibdi. Bu kabi ishlar boshqa OTMlarda ham bormi, bilmadik, ammo yaxshi narsa o‘ylashibdi.
@masofatalim
30-yanvar — Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Islom Abdug‘aniyevich hozir hayot bo‘lganida 86 yoshni qarshi olgan bo‘lardi.
@masofatalim
“Sinchalak_vlog” - Xitoydan maxsus son🕊
Prezidentning Xitoyga tashrifidan beksteyj.
Hokimlar nimani qoyil qildi?
🇺🇿🇨🇳 https://youtu.be/Id2QhkNAX30?si=u0VDiFKPx5dFFpHt
@Sinchalak_blog
O‘zbekistonlik telegram kanalida xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan va yashayotgan o‘zbeklar, ayniqsa, yoshlar hayotidan bir-biridan qiziq lavhalar berib borilmoqda. Turli davlatlardagi vatandoshlarimizning hikoyalari chet elda o‘qishni istagan yoshlar uchun ham foydali bo‘ladi, albatta. Kuzatib borish uchun: @uzbekistonlikuz
Читать полностью…Eng kam oylik — o‘qituvchi va shifokorlarga!
Statistika agentligi 2023-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi haqida ma’lumotlarni e’lon qilibdi. Unga ko‘ra, eng kambag‘al sohalar ta’lim va tibbiyot bo‘lib qolmoqda. Bu ikki sohada o‘rtacha oylik 3 mln so‘mni tashkil qilgan. Eng boylar esa — moliya va sug‘urta hamda axborot va aloqa.
Eng muhim ikki soha eng quyida yurganini ko‘rish achinarli.
@masofatalim
Turizm qo‘mitasi sohadagi ekspertlarni jalb qilib, “Tabarruk ziyorat” platformasini ishga tushirgani haqida e’lon qilibdi. 19-yanvar kuni sayt ishga tushgani ma’lum qilingan bo‘lsa, 27-yanvar holatiga sayt ishlamayapti. Tekshirib ko‘rish uchun: https://tabarrukziyorat.uz
Shubhasiz, endi aniq turizm O‘zbekistonda gullab-yashnab, rivojlanib, eplab bo‘lmas darajaga keladi🥳
@masofatalim
Ruslar o‘zining ishyoqmas, dangasaligini ochiq-oydin tan olishyapti
Fizik olim, dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi Boris Sergeyevich Boyarshinovning (videodagi boboy) tan olishicha, haqiqiy ruslar o‘qituvchi, shifokor, yurist va o‘g‘ri bo‘lishi mumkin, xolos. Boshqa ish ularning qo‘lidan kelmas ekan.
@masofatalim
O‘zbeklarning bu dunyoga aytar gaplari ko‘p hali,
Jadidlarning yoqqan chiroqlari o‘chgani yo‘q hali!
Oxirgi vaqtlarda Rossiyaning laycha itlari har xil bayonotlar berib, akillab qoldi. Bu fitnachi dabbalarga qarshi bizdan ham munosib javob bo‘lishi kerak edi. Rasmiylarimiz rus propaganda kanallarini cheklash haqida yaxshi takliflarni ilgari surishni boshladi. Biroq bu harakatlar bilan cheklanmaslik shart, tishimizni ko‘rsatib turishimiz kerak.
Shu yo‘lda millat oydinlari — jadid allomalarimiz haqida Jahongir Poziljonov ijrosida yaxshi qo‘shiq aytilib, unga video ishlanibdi. So‘zlari ham zo‘r tanlangan, oxirgi “bayonot”larga qarshi aytilayotgan javoblar ichida eng yaxshilaridan biri bo‘libdi, nazarimizda. Mafkura yo‘lida mana shunday bor kuchimizni, vositalarimizni va imkoniyatlarimizni ishlatishimiz kerak.
Qo‘shiq va unga ishlangan videoni bugun soat 17:55 da Qahramon Quronboyevning Facebook sahifasi hamda teleradiokanallarda tomosha qiling.
@masofatalim
Аномал фаоллик
Негадир охирги бир-икки ойда ўрис пропагандачилари Марказий Осиё томонга, хусусан, Ўзбекистон ва ўзбекистонликларга қараб фаол акилламоқда. Россия Ташқи ишлар вазирлигининг “биз Марказий Осиё билан дўстмиз, бу лайчаларимизнинг вовуллашлари аҳамиятсиз” деб бақириб туришига қарамай, ҳалигилар хуришдан тўхтаётгани йўқ.
Аввалига бир тақирбош чиқиб “Ўзбекистонни босиб олишимизга ҳеч ким халал беролмайди”, деди, кейин, Гиви қизи Тина қозоқларни “манқурт” дея ҳақоратлади, энди бугун битта “тарихчиси” ўзбеклар ва қозоқларни Ленин ўйлаб топган, унгача булар бўлмаган деб чиқибди. Бу гапларга чалинган қарсаклар, айтилган қўлловлар, ўрдакча юргизишларни ҳисобга олмай турамиз.
Булар аввал ҳам биз томонга қараб акилларди, лекин бунчалик қисқа вақтда бунчалик кўп акиллашнинг эшитилиши – қандайдир аномалия. Бу пропагандачилари 2022 йил февралигача Украинага қараб, Грузияга қараб, Болтиқбўйига қараб шундай тинмай акилларди. Буларнинг ҳозир биз томонга қараб акиллашлари ҳам ўша акиллашларни эслатяпти. Ва, шундай бир нохуш ҳис борки, яхшиликдан дарак эмас бу акиллашлар.
Бу ярамаслар “дўстлари”, “ҳамкорлари”га қарши бирор ифлосликни бошлашдан аввал одатда мана шунақа лайчаларини ечиб юборади. Ҳушёр бўлайлик. Эҳтиётимизни қилайлик. Дадилроқ бўлайлик.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston aholisini zaharli g‘oyalardan saqlash uchun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha radio-televideniye kanallar hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan cheklash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
P.S. Tepadan buyruq kutib o‘tiradigan rahbarlarning bunaqa chiqishlar qilib qolgani — yaxshi va katta qadam.
@masofatalim
💸Qanday qilib offisda o'tirib og'ir ish qilmasdan Buxgalteriya orqali 3 oy ichida $500 dan $1000 gacha daromadga chiqish mumkin?
👩💻Meni ismim Sevara Mukhamedova buxgalteriyada ekspertman
🚀Men sizga xech qanday og'ir mehnatlarsiz, aqliy mehnat bilan yaxshi daromadga chiqishni o'rgatmoqchiman
Buni o'rganish uchun 24-yanvar 20:00 Bepul vebinarimda qatnashing
👇Vebinarga qo'shilish uchun pastdagi tugmachani bosing va meni telegram kanalimga obuna bo'ling
Jim turing, shovqinlanmang, uyqu ichida...
Ko‘pchilik rahbar shaxslar qatorida bir qancha OTMlarning rektorlari ham hozir Xitoyda xizmat safari bilan yurishibdi. Ularga ham osonmas, to‘g‘ri tushunish kerak. Ko‘p harakat qiladi, ishlaydi, charchaydi. Ba’zan esa mana bunaqa yig‘ilishlarda uxlab qoladi. Boshqa bir rektor esa uxlab qolgan rektorga qaramay, shartta kanalida rasmni e’lon qivoradi. Chunki rasmda o‘zi zo‘r chiqqanda, boshqalar bilan nima ishi bor, to‘g‘rimi?
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Majidov va Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev qattiq charchabdi, shekilli. Ko‘zlari biroz ilinibdi.
@masofatalim
Telegramda zararli virus dasturlar tarqatib kelgan 18 yoshli yigit ushlandi
IIV Kiberxavfsizlik markazi hamda Farg‘ona viloyati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv va texnik tadbirlar davomida Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi 18 yoshli “haker” yigitcha ushlangan.
U telegramdagi “C. E.” nomli kanalga kompyuter tizimiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan turli xil dasturlarni joylashtirish orqali tarqatib kelgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Bu modda bo‘yicha BHMning yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
P.S. Tez-tez shunaqa yosh yigitlar turli kiberjinoyatlarni sodir etgandan keyin ushlanib, javobgarlik masalasi ko‘rilyapti. Albatta, har kim qilgan qilmishiga yarasha qonuniy jazosini olgani yaxshi. Ammo oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kurashish samaraliroq usul. Shunaqa yoshlarni yig‘ib, topib, sharoitini qilib berib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilsa, davlatga ham, jamiyatga ham shundan foday-ku. Buni qandaydir mexanizmi bo‘lishi va ishlashi kerak baribir.
@masofatalim
Aytishlaricha, erkaklar uchun — Play Station 5, ayollar uchun — Dyson, barcha uchun — iPhone 15 telefonlari, o‘zbekistonliklar uchun esa ajoyib sovg‘a tayyorlanibdi. Buni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligi va nimaning e’loni ekani tez orada ma’lum qilinarkan.
@masofatalim
Talaba-qizni turmush qurishga undab, muntazam bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi
Shahrisabzlik talaba-qizga himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, yigit bosim o‘tkazishdan to‘xtamagan. Uning bolalar ombudsmaniga takroriy murojaatidan keyin, himoya orderi talablarini buzgani uchun yigitga sud tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.
@masofatalim
Aytishlaricha, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich ishdan olingan. U bu lavozimda 2021-yildan beri ishlab kelayotgandi.
@masofatalim
Tojikistonlik futbolchilar Osiyo Kubogining 1/8 finalida BAA terma jamoasini mag‘lub etib, maydonda o‘z bayroqlari va O‘zbekiston bayrog‘i bilan buni nishonlashibdi. O‘yin davomida o‘zbekistonlik muxlislar ham ularni tribunadan turib qo‘llab-quvvatlashgan.
@masofatalim
Tabibimning o‘zi ham bemor ekan yoxud BMTIda antikorrupsiya bo‘limi rahbari javobgarlikka tortildi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida o‘tkazilgan 1,7 mlrd so‘mlik tenderda raqobat to‘g‘risidagi talablar buzilgani ortidan institutning bir qator mansabdorlari javobgarlikka tortildi. Ular orasida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i ham bor.
P.S. Biz nega tez-tez oliy ta’lim muassasalarining davlat xaridlari va tenderlari haqida yozishimiz ko‘pchilikka endi tushunarli bo‘lgandir-a? Endiyam bu o‘rganishlarimizni kuchaytiramiz va koʻpaytiramiz.
@masofatalim
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa mas’ul tashkilotlar diqqatiga!
Shahnoza Soatova Twitter sahifasida yozmoqda: “Yangiyo‘lda bir oilaning 5 ta bolasiga metrika berib keldik. Oila og‘ir sharoitda yashaydi, bittagina xonasi bor, kirsak TVda qozonda go‘sht qovurishyapti, bolalar tomosha qilishyapti, ayanchli kontrast.
Bir qo‘li kalta yolg‘iz onaning 4 farzandi va bir nabirasiga metrika, ID-kartalar topshirdik. Kattasi 23 yosh, kichigi 5 yosh bo‘lgan farzandlarning hech biriga shu paytgacha hujjat olinmagan ekan... Izohsiz!
Katta farzandlar rasman ishga joylasha olmaydi, kichiklari maktab va bog‘chaga chiqa olmaydi. Bu yil amallab o‘rtancha o‘g‘il 11 yoshida 1-sinfga boribdi. Bolalarga nafaqa va boshqa ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish uchun ham metrika kerak. Opaning kamsuqumgina uyi ham o‘ziniki emas, ijarada turadi. Inson hayotida, taqdirida hujjatning ahamiyati naqadar ekanini shu oila misolida ko‘rdim.
“Nima uchun farzandlaringizga hujjat qilmagansiz” desak, qo‘l kaltaligi tufayli roddomga bormagani, uyda ko‘zi yorigani, shu bilan metrika olinmay qolib ketganini aytadi.
Bugun “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Zulxumor opaning 4 nafar farzandi va 1 nafar nevarasining tug‘ilishi rasmiylashtirilib, guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan topshirildi”.
Shu oilani davlat nazoratga olib, katta farzandi ishga joylashishiga, boshqalari ta’lim olishiga yordam ko‘rsatadi, degan umiddamiz.
P.S. Rasmdagi televizorni ham xayriya tariqasida berishgan ekan.
@masofatalim
Darvoqe, Turizm qo‘mitasi maqtanayotgan va ishlamayotgan https://tabarrukziyorat.uz platformasini ishga tushirish uchun budjetdan kamida 248 mln so‘m mablag‘ sarflangan ekan. 2022-yildan beri shu platforma ustida ishlasharkan. Qoyil, ishlamaydigan sayt qilish uchun 248 mln so‘m va sal kam 2 yil vaqt yomonmas. Bosinglar, teshib chiqqurlar.
@masofatalim
Prezidentning tegishli qarori bilan 9-yanvar kuni To‘ychiyev Olimjon Alijonovich — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etilgandi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan esa 9-yanvar kuni O.To'ychiyev Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Bugun, 26-yanvar. Innovatsion rivojlanish agentligining saytida O.To‘ychiyev haliyam direktor sifatida turibdi. Roppa-rosa 15 kundan beri saytdagi ma’lumotlar yangilanmagan, tegishli o‘zgartirishlar kiritilmagan.
O‘z saytining ma’lumotlarini vaqtida yangilab qo‘ymagan innovatsiya qanday qilib innovatsion rivojlanish qiladi?
@masofatalim
“Vorzakonlar”: tarix va yozilmagan qonunlar. 1-son
Platina.uz jinoyat olamidagi tartib-qoidalar va qonundagi o‘g‘rilarning kelib chiqish tarixi haqida yaxshi va qiziqarli videomaterial tayyorlabdi.
Toʻliq video: https://youtu.be/tsDLb7fV7Hs
@masofatalim
Davlat tili nimaligini bilmaydigan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi haqida
Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilibdi. Yonida xitoy tili. Ammo o‘zbek tili yo‘q.
Kuzatuvlarimizga ko‘ra, boshqa rahbarlar, masalan, Toshkent shahar hokimi darajasidagi uchrashuvlar, tadbirlar va forumlarda o‘zbek tilidan foydalanilgan (buning uchun alohida rahmat).
Ammo Xitoyga rektorlarni uxlashga olib ketgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirokidagi forumda o‘z tilimiz, davlat tili, o‘zbek tilidagi bannerlarni uchratmaysiz.
Bu vazirlik o‘zi Xitoyga nimaga borgandi? O‘z forumining bannerlariga o‘zbekcha so‘z yoza olmasa, rektorlari uxlab yotaversa, pishirib qo‘yganmidi bularga?
Bundan buyon rasmiy tadbirlarda, hukumat tashkilotlarida o‘zbek tilidan foydalanmagan hech bir tashkilotni ayamaymiz. Juda rus tilida yozgilaring kelsa, ana, borib Rossiyada ishlanglar.
Rus propagandachilari tinimsiz har xil “bayonot”lar berib turganda ta’lim vazirligining qilig‘i oshib tushdi. Tilimizni hurmat qilmaganlarning ham bir tiyinlik hurmati yo‘q biz uchun.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir 🇺🇿
@masofatalim
Qarshi davlat universitetining poraxo‘r xodimi DXX tomonidan qo‘lga olindi
Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti Koson tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qiyotganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, o‘qishini Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
@masofatalim
Madaniy meros agentligida oʻzbeklar ishlayaptimi? Bu tashkilot Oʻzbekiston Hukumatiga boʻysunadimi?
“Sharq” nashriyotining madaniy meros obyekti roʻyxatidan chiqarilgani yuzasidan Madaniy meros degan agentlik soat 14:45da bayonot bergan. E’tiborlisi, bu bayonot faqatgina rus tilida e’lon qilingan. Mana oradan sal kam bir soat oʻtyaptiki, oʻzbekchasi yoʻq.
Bu agentlikda oʻzbeklar ishlaydimi? Bular Oʻzbekistondagi agentlikmi yoki Rossiya hukumati tarkibiga kiruvchi tashkilotmi? Nega rasmiy bayonotning faqat rus tilidagisini e’lon qilib, oʻzbekchasini bermayapti? Shularam budjet hisobidan, xalq toʻlagan soliqlar evaziga oylik olib ishlayaptimi? Yoki oyligini Rossiyadan olyaptimi? Davlat tili — oʻzbek tiliga boʻlgan munosabat shumi? Uyat!
AOKAdagilar, bu tashkilotning matbuot xizmatiga u-bu narsa deb qoʻyinglar. Ja rus tilida yozgisi kelsa, borib Rossiyadagi biror tashkilotga ishga kirsin.
@masofatalim
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining o‘zini faolligi oshiriladi
Ushbu markaz davlat budjeti, xalqaro moliya institutlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar, xo‘jalik va shartnoma asosida metodik faoliyatdan hamda pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
P.S. Ha, rostan ham shunaqa markazcha bor. Nima ish qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Bundan keyin endi bunaqa tashkilotning o‘zi nima keragi bor, degan savol o‘rtaga chiqadi. Budjetga ortiqcha yukdan boshqa narsa emas. Yopvorilsa ham hech nima o‘zgarmadi. Bugungacha nimani qoyillatgandiki, bundan keyin bir natija bersa?
@masofatalim