masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Operachi oliy ta’lim vaziriga maslahatchi bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi. Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalari baklajkadan raketa yasab, uchirib ko‘rishibdi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kommunikatsiya tarixi. Tutun signallardan sun’iy intellektgacha.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AQShning Humphrey Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham ilmiy unvonsiz magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlar o‘qish to‘lovlaridan ozod etilib, barcha xarajatlar qoplab beriladi. Arizalarni 7-iyungacha jo‘natish kerak.

Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida ajratiladi.

Dastur muddati 10 oyni tashkil etadi, uning davomida ishtirokchilar kasbiy rivojlanish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinadi. Bularga AQSh professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda foydali strategiyalarni ishlab chiqish jarayonlari kiradi.

Kerakli ta’lim sohalari qatorida Iqtisodiy rivojlanish, moliya va bank ishi, aloqa va jurnalistika, qonun va inson huquqlari, qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar kabilar bor.

Tanlovda ishtirok etish uchun ingliz tilidagi rasmiy transkriptlar, ikkita tavsiyanomani onlayn jo‘natish kerak. Bunda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi. Biroq mavjud bo‘lsa, uni ham ilova qilish mumkin.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Kanada maktablari ijtimoiy tarmoqlarni sudga berdi

Kanadaning to‘rtta katta maktab kengashi ommabop ijtimoiy tarmoqlar ustidan sudga shikoyat qildi. Da’vogarlarning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar bolalarning fikrlashi va xatti-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va ular 4 milliard Kanada dollari miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Maktab kengashi rahbarlarining fikricha, o‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishi tufayli o‘qishda muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli, maktablar o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq sarmoya kiritishga majbur bo‘lmoqda.

Toronto okrugi maktab kengashining ta’lim bo‘yicha direktori Kollin Rassell-Rolinz so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar diqqatni jamlash, ijtimoiylashish, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelyapti, tajovuzkor xatti-harakatlar va mojarolarga ko‘proq moyil bo‘lyapti.

Muammoga qarshi kurashish uchun Kanadaning to‘rtta hududidagi maktab kengashlari Meta Platforms (Facebook va Instagram egasi), ByteDance (TikTok egasi) va Snap (Snapchat egasi) kompaniyalarini sudga bergan. Da’vogarlar ta’lim tizimiga yetkazilgan zararni 4 milliard Kanada dollariga (2,9 milliard AQSh dollari) baholagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ziyouz.com sayti 20 yoshda

Millatning bugungi ziyoli insonlari kimlar desa, ikkilanmay ziyouz.com sayti asoschisi Davronbek Tojialiyevni ko‘rsatish mumkin. U Facebook sahifasida saytning faoliyati qanday boshlangani haqida yozibdi. Ko‘pchiligimiz kamida bir marta bo‘lsada ushbu saytdan foydalanganmiz. Bu qanchalar mashaqqat evaziga dunyoga kelganini bilib qo‘yish zarar qilmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“...Eng muhim yutuq – yoshlarimizning harakati, niyati, o‘ziga ishonchi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Rasmdagi esa tepadagiga o‘xshash boshqa bir holat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xuddi devorga o‘xshaydi. Shuncha gaplarni devorga gapirding nima, bularga gapirding nima – pinagini buzmaydi, foydasi yo‘q. O‘qituvchisini himoya qila olmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchini hamma talashi mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

AOKA davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingini e’lon qilibdi. E’tiborlisi, mazkur reytingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar ichida 1-oʻrinni olibdi.

Ochigʻini aytganda, vazirlik bu reytingda 1-oʻrinni olishga chindan ham haqli, nazarimizda. Chunki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini tez-tez tanqid qilib turamiz. Shunga qaramay, ular har doim ochiqlikka intiladi. Murojaat kelsa befarq qoldirishmaydi, tanqidni esa toʻgʻri qabul qila olishadi. Albatta, bu bizning kuzatuvlarimiz, xolos.

Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmatini munosib 1-oʻrin bilan tabriklaymiz! Bundan keyin ham mana shu ochiqlikni, muloqotni va samimiylikni saqlab qolib, keyingi reytinglarda ham yuqori oʻrinlarni qoʻldan chiqarishmaydi, degan umiddamiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tadqiqotiga koʻra, talabalarning akademik o‘zlashtirishini baholashda quyidagi korrupsiya xavflari aniqlangan:

1. Talabalar yoki ularning qarindoshlari baho uchun o‘qituvchilarga norasmiy to‘lovlar/imtiyozlar berishi

2. HEMIS tizimida baholarlarni o’zgartirish mumkinligi

3. Plagiat keng tarqalganligi.

Korrupsion xatti-harakatlar tashabbuskor(lar)i kim?

76,7 % ishtirokchi fikricha, talabalar,
34,3 % o‘qituvchilar
25,4 % talablarning qarindoshlari, degan fikrda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Otabek Mahkamov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Komiljon Karimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori etib tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim rahbariyatida “qon yangilanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich lavozimidan ozod etilishi kutilyapti. Manba xabariga ko‘ra, uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasidan yangi o‘rinbosar kelishi aytilmoqda.

Shuningdek, oliy ta’limda yana bir o‘rinbosar almashadi. Bu katta ehtimol bilan vazirning innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Turdikulova Shahloxon Utkurovna bo‘lishi mumkin. Bu o‘ringa Prezident administratsiyasidan rahbar kelishi kutilyapti.

Aytishlaricha, ushbu o‘zgarishlar haqida 4-aprel kuni rasman e’lon qilinadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang hammangni yo‘qotaman” – Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari tashkilot rahbarlariga tahdid qildi

O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburlagani aks etgan audio tarqaldi. U mazkur topshiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qilgan hamda tashkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagan.

Majburiy mehnatning oʻchogʻi — hokimliklar. Xuddi budjet tashkiloti xodimlarini obunaga majburlagan Bagʻdod tumani hokimi oʻrinbosari singari bu hokim oʻrinbosari ham nari borsa bitta intizomiy jazo bilan qutilib ketsa kerak, bundan ortigʻini kutmang.

P.S. Yaxshi loyihalarni ham rasvosini chiqarib qoʻyishadida shunaqa ishlar bilan…

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qayerdasiz? Sizni ish qidiryapti

Oʻzingizga mos oflayn va onlayn vakansiyalarni oʻtkazib yubormaslikning bitta yoʻli bor.

Obuna boʻlish 👉 @qamaruz

Читать полностью…

Masofatalim™

Bo‘zatov FEST avjiga chiqmoqda

Chekka-chekka mahallalardan tortib, butun O‘zbekiston bo‘ylab eng iste’dodli yoshlarni kashf etayotgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” tanlovining hududiy bosqichi 15-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fevral oyidan bugungacha tanlovning mahalla, sektor va tuman bosqichlari o‘tkazilgan. Endi hududiy bosqichda yutgan isde’dod egalari may oyining oxirida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.

Ma’lumot uchun, tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uch yosh toifasida (10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh) an’anaviy ijro, baxshichilik, opera va estrada yo‘nalishlarida bellashadi.

Har bir yo‘nalish va yosh toifasida 1-o‘ringa 50 million so‘m, 2-o‘ringa 30 million so‘m hamda 3-o‘ringa 20 million so‘m pul mukofoti beriladi. Qolgan finalchilarning har biriga 10 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

📢✏️✏️✏️ ✏️✏️✏️✏️

⚡️SUPPER MEGA CHEGIRMA. Oxirgisi ulgurib qoling. Boshqa bu narxda kurslar sotilmaydi.

3 OYLIK DARSLAR 50MING SO'M
(Joylar chegaralangan)

👩‍💻SO‘ZLASHUV KURSIGA taklif qilamiz.

📲Darslar telegramda 0 dan olib boriladi.
📆Darslar 3oy davom etadi.
Har kuni uzluksiz davom etadi.

🔺Lug'at bilan shug'ullaniladi.
🔻Har bir o'quvchi bilan individual yondoshuv.
🔺Dars davomida mashqlar bilan ishlash.
🔻Agar yaxshi harakat qilsangiz 3oy davomida bemalol gaplasha olishingiz uchun garantiya beriladi.

Murojaat uchun 👇
@Diamond_education_admin

Читать полностью…

Masofatalim™

​​SMM maktabda dars o‘tish uchun o‘qituvchilar qidirilmoqda. Oylik 10-15 mln so‘m!

Quyidagi asosiy talablar mavjud:

- Toshkent shahrida yashash va ofisga kelib ishlay olish;
- SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Sohaning nazariyasi va amaliyotini chuqur tushunish;
- Xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.

Qanday imkoniyatlar taklif etiladi?

- Doimiy ish;
- O‘rtacha 10-15 mln so‘m oylik-maosh;
- Shinam ofis va ahil jamoa;
- O‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar.

Ish vaqti har kuni 8 soatni tashkil etadi (ertalabdan kechgacha). Shoshiling, vakant joylar soni cheklangan. Nomzodlar quyidagi link orqali ariza yuborishlari mumkin.

Ariza yuborish uchun: https://forms.gle/G31Dv6YwnCe8hJn47

Reklama

Читать полностью…

Masofatalim™

Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

Читать полностью…

Masofatalim™

Ramazon hayiti munosabati bilan 10-, 11- va 12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bugun noyob astronomik hodisa – quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi

Uni Shimoliy Amerikada tomosha qilish mumkin. Keyingi bunday tutilish 2042-yilda sodir bo‘ladi.

O‘zbekistonda uni kuzatish imkonsiz, ammo NASA jonli efir orqali uni namoyish qiladi (Toshkent vaqti bilan soat 22:00 dan boshlab). Link.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hasharga pul shilishga – o‘qituvchilar, milliardlab gonorar olishga – artistlar

Madaniyat vazirligi “The Voice of Uzbekistan” loyihasi ustozlari, badiiy rahbari, musiqiy direktori va sozandalariga (jami 11 kishi) 6 oy davomida qariyb 2 mlrd so‘m gonorar to‘lab berayotgan ekan.

Ular orasida eng ko‘pini badiiy rahbar oladi – bir oyga 57 mln so‘m, 6 oyga 342 mln so‘m. Teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari Farrux Zokirov, Tohir Sodiqov va Sevara Nazarxon deb tanishtirilgan. Ularning har biri oyig 38 mln so'mdan olisharkan.

Oyiga 57 mln so‘m gonorar oladigan loyiha badiiy rahbari madaniyat vaziri Ozobek Nazarbekovning o‘zimasmikan, degan gumon bilan ochiq manbalardan ma’lumot topib bo‘lmadi. Kimligi noma’lum.

FTV xususiy tashkilot, shular ham mana shunga o‘xshash boshqa bir loyihani o‘zi olib keldi, o‘zlari yo‘lga qo‘ydi. Bunaqa ishlarga davlat idorasi aralashmasdan xususiy tadbirkorlarga qo‘yib berilsa, o‘zlari hammasini a’lo darajada bajaryapti-ku!

Bunaqa loyiha uchun 11 kishiga 6 oy uchun 2 mlrd gonorarni soliq to‘lovchilar hisobidan qaysi kalla bilan beryapsizlar? Insof bormi-e senlarda? Mana shu artistlar o‘rnida akademik, professor, shifokor yoki o‘qituvchi bo‘lishi mumkin edi.

Teshib chiqsin!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Surxondaryodagi maktab ekan. Hasharga deb 246 ming so‘m oylikdan ushlab qolishgan. So‘rab ham o‘tirishmagan, nomiga bo‘lsayam ariza olishmagan, deb Twitterda yozishmoqda.

O‘qituvchi halol peshona teri qilib topgan oyligidan ushlab qolingan shu summaga bola-chaqasi uchun 1 kilo go‘sht, makaron, guruch, sabzavot yoki boshqa narsalar olib, bozorlik qilishi mumkin edi.

Teshib chiqsin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Mening yurtim” telakanali ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi “GAPiRING” tok-shousini boshlabdi. Unda turli mavzularda qiziq muhokamalar bo‘lmoqda. Dasturni dushanbadan jumagacha soat 20:00 da tomosha qilish mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligida eng uzoq qolayotgan rahbar – Sarvarxon Buzrukxonov

Sarvarxon Buzrukxonov 2018-yil noyabrda vazir oʻrinbosari etib tayinlangan. Shu vaqt davomida naqd 4 ta vazir almashdi — Inom Majidov, Abduqodir Toshqulov, Ibrohim Abdurahmonov va Qoʻngʻirotboy Sharipov. Qanchadan qancha oʻrinbosarlar ham kelib ketdi. Ammo Buzrukxonov 6 yildan beri lavozimini saqlab qola oldi.

Buning sababi u moliya-iqtisod boʻyicha oʻrinbosarligida boʻlsa kerak. Chunki iqtisodchilar tashkilotning yuragi desayam boʻladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shahlo Turdiqulova ham oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

U Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan, Daliyev Shaxrux Xojakbarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Daliyev 1985-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.

Uni yaqindan tanigan va bilganlarning so‘zlariga ko‘ra, Sh.Daliyev o‘ziga nisbatan talabchan, intiluvchan, dunyoqarashi keng, xalqaro tajribaga ega, tashkilotchi, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajaradigan, soha rahbarlari va xodimlari orasida obro‘ga ega tajribali rahbar kadr hisoblanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yaqin kelajakda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-aprel kuni qurilishi boshlangan Yangi Toshkentga koʻchiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavriat yoʻnalishida oʻzbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻqish imkoniyati mavjud.

👨‍⚕️Tibbiyot maktabi yoʻnalishlarida kechki va sirtqi taʼlim shakli mavjud emas!

✔️Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan Litsenziyaga ega.

✔️KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish to'g'risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://www.kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyadan kelgan tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

💲Grant olish imkoniyati mavjud.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.kiut.uz/
👨‍🎓Magistratura: masters.kiut.uz

☎️ +99878 29-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity?si=SUibcbN8NswbcHfg">YouTube

Читать полностью…

Masofatalim™

Bugun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Manba xabariga ko‘ra, vazirlikda ikki o‘rinbosar almashadi.

P.S. Ulardan biri butun faoliyati davomida velikda ishga kelib qilgan piari bilan, boshqasi esa ma’lumotlarni kirillchada topshiringlar, degani bilan yodda qoldi :)

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel