Kursimizda nimalar o'rganasiz❓
➖ Xitoy online magazinlari
✅ Taobao
✅ 1688
✅ Alibaba
✅ Pinduoduo
Va yana boshqa magazinlar haqida to'liq darsliklar, ro'yxatdan o'tish, manzil kiritish, to'lov qilish va hokazo
Va eng asosiysi, eng arzon va eng ishonchli kargo kompaniyalar haqida ma'lumotlar va ular bilan qanday ishlashni o'rganib olasiz
➖ Darsliklar yopiq telegram kanalda video ko'rinishida o'rgatiladi va siz kanalda doimiy qolasiz.
➖ Darslar davomida uyga vazifalar beriladi va tajribali kuratorlar tekshirib borishadi.
➖ Darsliklarni tamomlaganingizdan keyin yopiq guruhiga a'zo bo'lishingiz mumkin va u yerda boshqalar bilan ma'lumot almashib tursangiz bo'ladi
➖ Kurs davomida 2 marta Umar Zokirov bilan jonli efirda suhbatlashib, savollar bo'lsa savol javob, bo'lmasa fikr almashishingiz mumkin
➖ Kurs davomiyligi 30 kun
Siz zakaz berishni bilsangiz ham darsliklarimiz davomida olgan bilimlaringiz bilan siz kurs uchun to'lagan pulingizni 100% chiqarib olasiz, biz inshaalloh bunga kafolat beramiz
Maqul kelgan bo'lsa marxamat adminga aloqaga chiqing va kursga yoziling
Admin lichkasi: @kurs_unishopuz
Telfon nomeri : +998917626006
Telegram kanalim: @unishopuzReklama
Minimal iste’mol xarajatlari qiymati yana oshdi. Vazir stipendiya masalasini hal qilishi kerak!
Statistika agentligi 2024-yil may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etishini ma’lum qildi. Yanvarda bu qiymat 621 ming so‘m bo‘lgandi.
Minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Bir necha yillardan beri talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti. Bu haqida avval ham yozgandik. Yildan yilga minimal iste’mol xarajatlari oshyapti, pensiya va nafaqalar esa shundan kelib chiqib oshib bormoqda, ammo talabalarning stipendiyasi esa joyida qotib turibdi.
May oyidan boshlab bir oyda bir kishining minimal iste’mol xarajatlari qiymati 648 ming so‘mni, talabalarning bazaviy stipendiya miqdori esa 517 ming so‘mni tashkil qilyapti. Ya’ni talabalarning o‘rtacha stipendiya miqdori bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroqni tashkil qilyapti. Achinarlisi bir necha yildan beri mana shu holat kuzatilyapti.
Agar adashmayotgan bo‘lsak, orada 3 ta vazir almashib ham ketdi, endi umid yana yangi vazirdan. Hech yo‘q shu masala rasmiylar tomonidan ko‘tarilishi, yuqori minbarlarga takliflar tayyorlanib, yetkazilishi kerak. Natija chiqmasa ham talabalar manfaati uchun eng kamida gapirish va urinib ko‘rish lozim.
@masofatalim
Pastkash
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. Rayon rahbari esa hamyurtimizning bu ishi uchun unga surat, ish kiyimi va faxriy yorliq berib taqdirlabdi.
Mehnatkash hamyurtimizning bu ishini har qancha olqishlasak arziydi🫡.
Ammo Sank-Peterburg rahbarining qilig‘i esa pastkashlikdan boshqa narsa emas. Bu nomardni qarang, hamyurtlarini yong‘indan bir o‘zbek qutqarib qolsa-yu, bergan narsalarini ahvolini qarang. Faxriy yorlig‘ingayam, rasmingayam, kiyimingayam, basharangayam... o‘sha gap.
@masofatalim
Eng kam oylik hamon shifokor va o‘qituvchilarda bo‘lib qolmoqda
Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylari bo‘yicha ish haqi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamon shifokorlar va o‘qituvchilarning oyligi boshqa sohalarga nisbatan taqqoslanganda eng quyi o‘rinda qolmoqda.
Sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtacha 3,2 mln, o‘qituvchilar o‘rtacha 3,4 mln oylik olib turgan bir paytda Madaniyat vazirligi bitta shouning artist hakamlariga bir oyda 38 mln so‘mdan gonarar to‘lamoqda. Ha, kamiga bu artistlar xalqning bitta to‘yiga falon ming dollarga boradi, ular bu topgan daromadiga munosib soliq to‘lashi ham savol ostida. O‘qituvchi esa o‘zi arzimagan oylik oladi, ammo hasharga oyligidan pul to‘lagan ham shular, qizil yarim oy, nuroniy degan joylarga puli shilib olinganlar ham shular.
@masofatalim
Yaqin kunlardagi eng zoʻr yangilik Oʻzbekiston yoshlarining Osiyo chempionatida magʻlubiyatsiz shaklda oldidan chiqqan har qanday raqib ustidan gʻalaba qilishayotgani boʻlib turibdi. Gap yoʻq, yigitlar🫡
@masofatalim
“Sevimli” degan kanalda ketgan mana bu ko‘rsatuv boshlovchilari xayriya nima, volontyor kim ekanini bilmaydi, shekilli. Keyin sal farosatni ishlatib, madaniyatli odamlarga o‘xshab ko‘rsatuv olsa ham bo‘ladi: bechora gapirayotgan qizning gapini anavi boshlovchi naqd 5 marta bo‘lib tashladi-ye.
Ikkinchi boshlovchi ham birinchisidan qolishmasdan, qovunni zo‘rini tushirdi, savolni ahvolini qaranglar: “... oshqozonni tikib bo‘lmasa, volontyorlar qayerdan oylik oladi”, deb so‘rayapti🤣
Bilmasang, tushunmasang, nima qilasan ko‘rsatuv qilib? Nima qilasan boshlovchilik qilib? Volontyorlar butun dunyoda bor, bizda endi-endi rivojlanyapti, TVga shunaqa “aqlli boshlovchi”lar chiqib olib, bechora gapirayotgan odamning gapini tushunib-tushunmay bo‘lib, o‘zini ko‘rsatish shartmasda endi.
@masofatalim
“Noinsof firibgar”
Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 59 yoshli U.T. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, jabrlanuvchi U.T. gumonlanuvchi I.S.dan “TBC bank” ilovasi orqali onlayn mikroqarz olib berishini iltimos qilgan va U.T.ning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, 8.099.000 so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va unga “Sizga kredit berishmadi” deb aldagan.
Bundan xabar topgan, jabrlanuvchi U.T., I.S. bilan uchrashib, nima sababdan bunday qilganligi aytib pullarni qaytarishni so‘raganida I.S. uning nomiga olgan kreditini yopib berishini aytib, bank kartasini olib, U.T.ning nomiga “Asaka bank” mobil ilovasi orqali 20 mln. so‘m takroran onlayn kredit olib, jami 28.099.000 so‘m pullarni talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan I.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
@masofatalim
14-19-aprel kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi Yoshlar forumi va uning doirasidagi tadbirlarda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda D.Kattaxanova mamlakat yoshlari nomidan nutq so‘zladi.
Shuningdek, tashrif davomida AQSHda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan muloqot va o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilibdi.
@masofatalim
Derazadan qarab turgan qoʻshni bolalar
Abduqodir Toshqulov topib gapirgan: “…uylar kengaydi, ammo insonlarning bag‘ri toraydi”.
@masofatalim
Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi “Mehrli maktab” gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va e’tibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirishga ruhlantirdi.
@masofatalim
O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni nostrifikatsiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan shu kabi tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
@masofatalim
O'qituvchi yoki talabamisiz 👨🏫
Zamonaviy dars o'tmoqchimisiz 💻
Topshiriqlarni bajarishga qiynalayapsizmi 😢
👉 Imkoniyatdan foydalaning
Link:@slaydqilbot
O‘zbekiston – mobil internet hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyoda birinchi!
Broadnabd Genie tomonidan tuzilgan Mobil ma’lumotlar hamyonbopligi indeksida 179 ta davlatlarda o‘rtacha oylik va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga to‘g‘ri kelishi tahlil qilingan.
O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-o‘rinda deb topilgan.
Ushbu jadvalni 10Gb internetni ishlatish narhi (Mobile data cost) bo‘yicha tahlil qilinsa, bu ko‘rsatkichda O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
P.S. Bu reyting-ku mayli, muhimi, mobil internetdan faol foydalanuvchilar chindan ham narxlar yildan yilga arzonlashayotganini his qilishyapti, nazarimizda. Internet narxining arzonlashishi va tezlashishi ko‘p sohalar rivoji yo‘lida yaxshi turtki bo‘la oladi. Bardavom bo‘lsin.
@masofatalim
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi
Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.
@masofatalim
Bu go‘zal joylar Shvetsariya yoki boshqa biror Yevropa davlati emas, balki o‘zimizning Oqtosh.
Turizm uchun shu kabi joylarni ko‘proq ko‘rsataverish kerak. Yurtimizda shunday ko‘zni quvontiradigan maskanlar borligini xorijlik sayyohlar tugul o‘zimiz ham bilmaymiz, masalan.
Rasmlar Davronbek Tojialiyev Facebook sahifasidan olindi.
@masofatalim
❗️Toshkentda taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ikki talaba qamoqqa olindi
Voqea 27-aprel kuni kechasi sodir bo‘lgan. 20 yoshli M.Z. va 18 yoshli M.D. o‘zganing mulkini egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirishni reja qilgan. Ular Chilonzor tumanida joylashgan “Olmazor” metro bekati yonida taksi buyurtma qilgan. Chaqiruviga asosan A.Ch. boshqaruvida bo‘lgan Gentra yetib kelgan.
Ular taksiga o‘tirib, Yangiyo‘l tumani hududiga borgan. So‘ngra avtomashinani to‘xtatib, atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oldindan tuzilgan rejani amalga oshirishni boshlashgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan M.D. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin o‘ng orqa sohasiga bir marotaba urib, bo‘ynini qo‘llari bilan bo‘g‘ishga uringan. Haydovchi unga qarshilik qila boshlagach, o‘rindiqda o‘tirgan M.Z. jabrlanuvchining qo‘llarini ushlab turganida tuman IIBning to‘rt nafar tungi navbatchilik guruhi a’zolari kelib qolgan.
Xodimlar zudlik bilan ularni qo‘lga olgani sababli yigitlar boshlangan jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan. Hodisa joyidan bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan M.Z. va M.D ga Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (odam o‘ldirish) 2-qismi “i”, “p” bandlari va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ikkala yigit ham Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va ayni paytda Toshkentdagi oliygohda birinchi bosqich talabasi bo‘lgan.
@masofatalim
“Sukut saqlama” loyihasi koordinatori Nigora Adizova bizda ham zo‘ravon amaldorlar borligini ma’lum qildi
“Bizga ham Bishimbayev singari katta lavozimda ishlaydigan oila boshliqlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayollar yoki farzandlar murojaat qilishgan, ammo biz ularni yorita olmaganmiz!”, degan u.
@masofatalim
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish uchun yaxshi ishga qo‘l uribdi. Maktablarning 7-10 sinflari o‘rtasida ilk marotaba “Turon” maktab teatri tanlovi o‘tkazilmoqda.
“Turon” maktab teatri Telegram kanalida mazkur tanlov hududlarda qanday o‘tayotgani keng yoritib borilmoqda. Quvonarlisi shuki, maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun mana shunaqa tanlovlar juda kerak edi, nazarimizda.
Darvoqe, hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.
Maktablarda ham shunaqa yaxshi tanlovlar o‘tkazsa bo‘larkan-ku!
@masofatalim
2025-yil 1-yanvardan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilibdi.
@masofatalim
Botir Qodirov, malades! Shu ijodkorni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Odobiga esa gap bo‘lishi mumkin emas!
https://youtu.be/uU8tqovRvnY
Toshkent shahrida 21-aprel kuni 32 davlatdan professional sportchilar va havaskor yuguruvchilarni jamlagan BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda ko‘plab tashkilotlar qatorida banklar, jumladan, AloqaBank, Poytaxt Bank, Agrobank, Xalq banki, Ipak yoʻli bank, Turon bank va Mikrokreditbank xodimlari, ayniqsa, ushbu banklarda faoliyat yuritadigan yoshlar faol ishtirok etishibdi.
@masofatalim
37 millionga bir qadam
Bir necha soatlardan soʻng, aniqrogʻi 334 ta tugʻilishdan soʻng Oʻzbekiston aholisi rasman 37 millionga yetadi.
@masofatalim
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi boshlanmoqda!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatrining hududiy bosqichiga 22-apreldan start beriladi va 4-mayga qadar davom etadi.
Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.
@masofatalim
Zamon bilan hamnafas ta'lim oling
Kundan-kunga rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiya va AyTi olamida o'z o'rningizni topmoqchimisiz?
🔥 Ayni vaqtda IT Park, Uzinfocom, Uzum, Paynet, Novalab kabi yirik kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar safida bo'lish imkoniyatiga ega bo'ling.
Siz ham «Najot Ta'lim» Dasturlash kurslarida dasturlash asoslarini tajribali mutaxassislardan o'rganib, texnologiya sohasidagi karyerangizni boshlang.
Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.
🔗 Ro'yxatdan o'tish
📞 78 888 98 88
Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti bo‘ldi
O‘zbekistoning eng katta qismi yoshlardan iborat. Shunga yarasha davlat yildan yilga har sohada yoshlarga e’tiborni kuchaytiryapti.
Buning mevalaridan biri sifatida 2024 yilda Toshkent shahri MDH yoshlarining poytaxti maqomini olganini ko‘rsatish mumkin, nazarimizda.
2022 yil turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” va Buxoro shahri Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb e’lon qilingan edi.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalaridagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari:
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12-mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi maʼlum bo‘ldi.
- Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6-mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 260,6 mln so‘mlik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@masofatalim
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida makillab qolishibdi :)
@masofatalim
“Yunusobod tumani hokimi bildirgan takliflarni mutlaqo qo‘llab-quvvatlamaymiz” – Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev Kimyo-texnologiya litseyi 30 foiz quvvatda ishlayotganini, 70 foizi bo‘sh bo‘lgani sabab hududdagi 3 ta yer uchastkasini auksion orqali sotib, shu yo‘l bilan 22,5 mlrd so‘m (1 sotix uchun 65 ming dollar) jalb qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti raddiya bildirdi.
9-aprel kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida tuman hokimi Bahodir Abduvaliyev hududda joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab tashkil etishni taklif qilgandi. U 2007-yilda 960 o‘rinli maktab binosi akademik litseyga berilgani, ammo shunga qaramay, u atigi 30 foiz quvvat bilan ishlayotganini ta’kidlagandi. Hokim uchta bo‘sh yer uchastkasini “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” deb atagandi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti matbuot kotibi Egamnazar Abulboqiyevning ma’lum qilishicha, tuman hokimining bu akademik litseyga tashrif buyurgani haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas, hozirda ta’lim muassasasining binosi to‘liq quvvatda ishlab kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, hokim Bahodir Abduvaliyev aytib o‘tgan litseyning “o‘lik va foydalanilmayotgan hovuz” hududida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun yotoqxona qurish belgilangan. Bu tashabbus 2023-yilda Toshkent shahar hokimi huzurida muhokama qilingan va shahar hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi boshlanibdi. Unda ikki tomondan 100 ga yaqin OTMlar rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etayotgan ekan.
Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
Oxirgi paytlarda turli shou loyihalar juda ko‘payib ketgandi. Hatto artistlarning gonorariga milliardlab pul ajratilayotgandi. Ammo bugun ta’lim borasidagi mazkur xalqaro forumni ko‘rib, odam sal taskin topdi. Ilm-ma’rifat yo‘lidagi shu kabi hamkorliklar, muloqotlar va forumlar ko‘payishi kerak. Ta’lim hech qachon ortda qolmasligi va aksincha birinchi o‘rinda yurishi lozim.
@masofatalim