Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi Baxtiyor Sheraliyevning yozishicha, ishdan boʻshatish haqidagi ogohlantirish xati ortidan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham shaxsan u bilan bogʻlanib, vaziyat haqida gaplashmoqchi ekanini bildiribdi.
@masofatalim
“Turon” maktab teatrining qizg‘in pallalari yaqinlashmoqda!
Yoshlar oyligi doirasida 3-6-iyun doirasida tanlovning respublika bosqichiga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi. Hududlardan saralangan 14 ta jamoa birinchilik uchun bellashadilar.
Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi tarixiy “Poyi-kalon” ansamblida bo‘lib o‘tadi.
@masofatalim
Alisher Sa’dullayev Facebook orqali olim Baxtiyor Sheraliyevga shaxsan aloqaga chiqib, jamoasiga taklif qilibdi.
“Jamoamizga qoʻshilsangiz, yosh olimlar va tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan katta loyihalar qila olamiz deb ishonaman. Balkim Oʻzbekiston olimlari uchun katta natijalarga erishishimiz mumkin”, deb yozmoqda A.Sa’dullayev.
@masofatalim
Bugungi kunda O‘zbekistonda “Spark” avtomobili ishlab chiqarilmayotgani munosabati bilan endilikda “Ilhom” mukofoti tanlovi g‘olibiga “Damas” avtomobili topshirilar ekan.
@masofatalim
Behzod Shukurovning ma’lum qilishicha, oʻzbek tili izohli lugʻatining veb-sayti ishga tushirilibdi. izohli.uz – ushbu elektron resursda o‘tgan yili nashr etilgan 6 jilddan iborat O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.
Sayt sinov tartibida ishlamoqda.
@masofatalim
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ochiqlandi
Jami ishlayotgan talabalar soni 114 135 nafarni tashkil qiladi. Shundan:
- davlat tashkilotlarida — 62 754 nafar (55 foiz);
- xususiy sektorda — 47 469 nafar (41,6 foiz);
- ikkala sektorda — 3 912 nafar (3,4 foiz).
@masofatalim
Tasavvur qilib ko‘ring, Stanford universiteti prezidentlari Richard Saller va Jenny Martinez AQShning Kaliforniya shtatidagi mahallalarda har hafta o‘ziga biriktirilgan yoshlar orasida o‘rganish o‘tkazib, noutbuk, kitob, shaxmat tarqatib yuribdi🤣 Tasavvurni o‘zida qanchalik kulguli tuyuladi bu. Chunki normal davlatlar bunaqa ahmoqona amaliyotni qo‘llamaydi, hamma o‘z ishini qiladi.
@masofatalim
Rektorlar mahallada o‘rganish o‘tkazib, kitob yoki noutbuk tarqatishi emas, o‘zi rahbarlik qilayotgan OTMning ta’lim sifati bilan shug‘ullanishi kerak. Hamma o‘zining ishini qilsin.
Ba’zida shu rektorlarga odamning rahmi kelib ketadi. Topshiriq tushadi, bular o‘zining funksional vazifasiga kirmasa ham bajarishga majbur bo‘ladi. Hech yo‘q shu ta’lim odamlariga tegmaslik kerak.
Rasmda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov topshiriqqa asosan mahallada o‘rganish o‘tkazib, noutbuk so‘raganga noutbuk, kitob so‘raganga kitob tarqatib yuribdi.
@masofatalim
Talabalari xorijda tahsil olishi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda!
Statista portali UNESCO ma’lumotlari asosida taqdim etgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijda tahsil olayotgan talabalari soni bo‘yicha dunyodagi beshinchi mamlakat hisoblanadi.
Xorijda o‘qiyotgan xitoylik talabalar soni 1 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, hindistonlik talabalar 508 mingga yetgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Vetnam (137 ming), Germaniya (126 ming) va O‘zbekiston (110 ming) turibdi.
Achinarlisi shuki, o‘zimizda sifat yetishmasligi sabab ko‘pchilik xorijni tanlayotgan bo‘lsa, masalaning boshqa quvonarli tomoni, migrantlar soni bo‘yicha emas, xorijda ilm olayotgan yoshlar soni bo‘yich TOP-5 talikda ekanimiz xursand qiladi.
@masofatalim
❗️Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 5-iyundan boshlanadi.
@masofatalim
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi
“Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.
Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”, deyiladi tabrik matnida.
@masofatalim
Markaziy bank yangi oʻquv yilidan boshlab noiqtisodiy (tavba, shunaqa soʻz bor ekan, yanayam tilshunoslarimiz oydinlik kiritsa boʻlarkan) ta’lim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida talabalarni moliyaviy savodxonlikka oʻqitmoqchi.
@masofatalim
Nodir Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
@masofatalim
Oliy ta’lim tizimidagi poraxo‘rlardan biri ushlandi
7-may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan, 1992-yilda tug‘ilgan Sh.F. 2 nafar shaxsni 1 000 AQSH dollari evaziga texnikum direktorini moddiy manfaatdor etish orqali budjetga o‘qishga joylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
@masofatalim
❗️Ayni daqiqalarda “Mening yurtim” telekanalida “Yoshlar ovozi - Bo‘zatov Fest” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi takroran efirga uzatilmoqda. O‘ta ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan bayram dasturini o‘tkazib yubormang!
@masofatalim
Telegram yanada qulay boʻlib bormoqda. Messenjer navbatdagi yangilanishida taqdim etgan ma’lumotga koʻra, endilikda heshteglar global boʻlibdi. Ya’ni har qanday chatda heshtegga bosish orqali ommaviy chatlardagi qidiruv natijalarini topish mumkin ekan. Masalan, #sayohat
@masofatalim
Dunyodagi eng kuchli valyutalar qaysilar?
Videoda dunyodagi eng kuchli valyutalar 10 taligi va ularning 1 AQSH dollariga nisbatan qiymatini ko‘rish mumkin.
Manba
@masofatalim
Olimlarni ishdan bo‘shatgan oliy ta’lim muassasasi ko‘karmay o‘tib ketadi
Dotsent Baxtiyor Sheraliyev Xitoyda ham ta’lim olib kelgan, ko‘p yillik tajribaga ega, bilimli, zamonaviy fikrlaydigan kadrlardan edi. Ishdan bo‘shatish haqida Farg‘ona davlat universiteti ogohlantirish beribdi.
“FarDUda yangi o‘quv yilida katta hajmda ish o‘rni qisqarishi kutilmoqda. Bu kabi ogohlantirish xati olgan o‘qituvchilar yetarlicha”, deb yozmoqda u.
Baxtiyor Sheraliyevdek o‘qituvchilar ko‘chada qolmaydi, bundan ham yaxshiroq joyda ishini topib oladi. Ammo shunday o‘qituvchisidan ayrilgani uchun asosiy zarar talabalarga bo‘lib qolaveradi.
@masofatalim
Esimni tanibmanki oliy ta’lim muassasalarida mana shu ko‘zbo‘yamachilik bor. Kimga kerak shunaqa yolg‘on hisobotlar? Yana tahdid ham bor, ish beruvchiga pechat bosdirmasa, davlat imtihoniga kiritilmas ekan. Yakuni bormi bu maynavozchiliklarni?
@masofatalim
Shedevr: Toshkentda ota-onalar maktab rahbariyati va sinf rahbarini ogohlantirmasdan, “o‘zboshimchalik bilan” maktab remontiga pul yig‘ishibdi. Bu haqida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabatida so'z boradi.
P.S. Shunaqa rasmiy munosabatlarni yozishdan oldin sal o‘zlaringga savol beringlar: “odamlar bu gaplarimizga ishonadimi”, degan oddiy mantiqqa tayaninglar, baraka topgurlar.
@masofatalim
Kontraktga kirgan talaba keyinchalik grantga o‘tib olishi mumkin
Platina Podcast’ning navbatdagi sonida abituriyentlar uchun ko‘plab muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berilibdi.
Video: https://www.youtube.com/watch?v=jkYh5e6uoD4
Oliy ta’lim vazirligi til zabonini yutvormagan bo‘lsa, rektorlarini qutqarishi kerak. Mahallada o‘rganish o‘tkazishga ta’lim odamlaridan boshqasi qolmadimi? O‘sha topshiriq berayotganlarga tushuntirishga yaramaysizlarmi?
Bu “OTM rektori, qo‘lida falon ming talaba o‘qiydi, faloncha o‘qituvchi ishlaydi. Bu ta’lim sifatiga qarasinmi yo mahallaga chiqib ishlasinmi, nima qilsin” deyish shuncha qiyinmi?
Janob vazir, rektorlaringizni himoya qilib, ular o‘z ishi bilan shug‘ullanishiga zamin yarata olasizmi yoki qo‘lingizdan kelmaydimi?
@masofatalim
Ta’lim krediti endi faqat kunduzgi ta’limda oʻqiyotganlarga ajratilarkan. Qolgan yangiliklar rasmda.
@masofatalim
Buxoroda OTM o‘qituvchisi pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J. ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda jinoiy qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Prokuratura departamenti xabar berdi.
@masofatalim
Bugun O‘zbekiston ilm jamiyati uchun quvonarli kun bo‘ldi. Iqtisodchi Botir Qobilov dunyoda nufuzi bo‘yicha 3-o‘rinda turadigan Harvard universitetida PhD unvonini olgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi.
Bundan tashqari, yana bir olim hamyurtimiz Damir Musayev genetika sohasidagi doktorlik ishini AQSHning Yel universitetida muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Manba
@masofatalim
Obunachidan taklif kelibdi:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanaliga oxirgi kunlarda joylanayotgan postlarni koʻrib, vazirlik nomini Tadbir, festival, forum, konferensiya, konsert oʻtkazish vazirligi deb oʻzgartirish taklifi tugʻilib qoldi”, deb yozishibdi.
Chindan ham, vazirlik kanalini qarab chiqib, bu ta’lim vazirligining kanalimi yoki tadbirlarni yoritib boradigan biror kanalimi, deb ikkilanib qoldi odam.
Ilm-fan bilan bogʻliq, dunyodagi yangi innovatsiyalar yoki texnologiyalar bilan bogʻliq xabarlardan ham joylab borilsa, talabalar va oʻqituvchilarga shundan foyda. Bitiruvchilar haftaligi doirasida talabalarga dota yoki counter strike oʻynatganini koʻrsatishdan nima foyda borligi esa tushunarsiz. Tadbirlarniyam yoritish kerak, lekin har holda bularni oliy ta’lim vazirligi degan nomi bor. Yonida innovatsiyalar degan soʻzi ham bor.
Nomga munosib boʻlib, sal ilm-fanga, innovatsiyalarga yaqin xabarlardan ham joylab turilsa, nur ustiga alo nur edida.
@masofatalim
“Global ko‘prik”
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat migrantlari qanchalik qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida tez-tez xabarlar tarqaladi. Ko‘rib odamning yuraklari ezilib ketadi. Biroq migratsiya faqat Rossiyadan iborat emas.
Davlat ham mavjud vaziyatni tushunib, xorijda o‘qish yoki ishlashni istagan yoshlar uchun bir qancha imkoniyatlar eshigini ochishga intilyapti. Bu yo‘nalishda ko‘proq e’tibor Yevropa davlatlariga qaratilayotgani ham alohida ahamiyatga ega.
Ana shunday yo‘nalishda Germaniyaga o‘qish va ishlash uchun yuborilgan o‘zbekistonlik yigit-qizlarning hayoti, u yerdagi mehnat sharoitlari, erishayotgan yutuqlari haqida so‘zlovchi “Global ko‘prik” nomli ilmiy-ommabop hujjatli film suratga olinibdi. Mazkur film premyerasi 22-may kuni soat 19:00da bo‘lib o‘tadi.
Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=C8bFBNfzVNE
“Subyektiv”ning qaysidir bir sonida Amerikada uchuvchi bo‘lib ishlaydigan Javohir ismli o‘zbek yigitni olib chiqishgan ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, o‘sha bola vatanga qaytib, o‘zimizning havoshkada (UzAirways) ishlamoqchi bo’libdi. Ammo rus tilini yaxshi bilmagani uchun uni ishga qabul qilishmabdi. Darvoqe, undagi xalqaro sertifikat milliy havoshkamizdagi birorta uchuvchida yo‘q, deb yozishmoqda Twitterda.
@masofatalim
Ma’lumot uchun, Zo‘r TVda qizil knopka bosib o‘tirgan artistlar shu ishiga budjetdan oyiga 38 mln so‘mdan gonorar olyapti.
@masofatalim
“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovining tantanali taqdirlash marosimidan ajoyib salyutlar!
Boʻzatov iqtidorlarni kashf etadi!
@masofatalim