Yoshlar oyligi yuqori darajada davom etyapti! 12-iyun kuni Buxoro viloyatida yoshlar uchun haqiqiy bayram bo‘libdi. Atmosfera bomba!
@masofatalim
Mabodo my.gov.uz operatorlari bilan bogʻlanmoqchi boʻlib, 1242 qisqa raqamiga ishingiz tushsa va tartib raqamingiz 50-60 orasida boʻlsa, “qizil”ni bosishga shoshmang. 20-25 minutcha kutilsa, navbat yetib kelarkan. #layfhak
Читать полностью…“Notcoin” sotgani sabab qamalgan talabaga Notcoin hamjamiyati yangi iPhone sovg‘a qilmoqchi
Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgani uchun (800 mig so‘mga) ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
U kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilgan hamda talabaning bank kartasi, Samsung Galaxy A30 rusumli telefoni musodara qilingan.
Shundan so‘ng Notcoin hamjamiyati yigitni qanday topish mumkinligini so‘ragan va ular yangi iPhone yuborishga tayyor ekanini bildirib “X” ijtimoiy platformasida yozib qoldirgan.
Bundan tashqari, Notcoin sotib qamalgan talaba haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, bu xabarlar dunyo miqyosiga chiqdi.
@masofatalim
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyatiga qarashli “Ustoz” nomli ajoyib loyiha bor ekan. Bu loyihada ziyoli insonlar chiqib, ustozga ehtirom haqida yaxshi gaplarni aytishyapti. Oʻzi bizga mana shu kabi ziyolilarni ulugʻlaydigan loyihalar koʻp kerak.
@masofatalim
Hozir agar qish fasli bo‘lganda quyidagi gaplar “O‘zbekneftgaz”ga zo‘r javob bo‘lardi: 😁
Qadamda metan zapravka, orada benzin zapravka
Lek afsus topilmaydi metani yo benzini bor zapravka
Zapravka ham bisyor, go‘yo butun zapravkalarda metan yo benzin bor
Lek moshinni yurgazishga metani tugamaydigan zapravka yo‘q bekor.
@masofatalim
Klipmeykerlar, kino bilan ishlaydiganlar, bo‘ldida endi. Qachongacha qishloqda o‘sgan yigit-qizlarni dovdir yoki ovsar rolida ko‘rsatasizlar? Xatti-harakatlarini kulguli tarzda olib chiqasizlar?
Videoda shunga bir misol keltirildi, bunaqa kliplar esa YouTube’da tiqilib yotibdi. Ssenariysi bir xil – qishloqda o‘sganlarni dovdir rolida, shaharda o‘sganlar esa oliy nasab qiyofasida ko‘rsatiladi.
Miyalaringni bir tozalab olinglar, nimani propaganda qilyapman, deb sal o‘zlaringga savol beringlar. Odamlar chekka joydami yoki qishloqda o‘sganmi, shahardami, farqi yo‘q, hammasiyam teng huquqli inson. Hammani o‘z aql-zakovati, qobilyati bor.
Qishloqda katta bo‘lgan odamlar yoki yoshlar sizlar bir pulga qimmat kliplaringda olib chiqib ko‘rsatayotgandek bunaqa dovdir bo‘lavermaydi.
San’at erkinlik talab qilar, lekin klipdagi mana shu joyi endi erkinlik emas, aksincha maynavozchilik, qishloqdagilar dovdir bo‘ladi, deyishdan boshqa narsa emas, nazarimizda.
Qishloqdan chiqqan yoki chekka hududda katta bo‘lgan yigit-qizlarni xohlagan qiyofada ko‘rsatishni bas qilinglar endi.
Hammamiz – O‘zbekistonlikmiz!
@masofatalim
Nurmatov Batir Erkinovich – Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
@masofatalim
Sezon boshlandi: o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. fuqaro A.N ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro I.M. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 400 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
Reyting natijasi o‘zi bugun e’lon qilingan bo‘lsa, bannerlar-u bo‘yindagi sharflar ham tayyor turgan ekanda :)
Tabriklaymiz!
@masofatalim
Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati jonlanmoqda
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Otabek Hasanovning xabar berishicha, 5-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 100 nafar maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar, 60 nafar maktabgacha ta‘lim muassasasi metodistlari, 10 nafar prorektorlar, 70 nafar mahalla yetakchilari, 40 nafar vazirlik, idoralarning ma’naviy sohaga mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Markazning yangilanayotgan faoliyati bevosita ziyolilar minbarini yaratish bilan bog’liq. Buning uchun faoliyatimizning aniq metodik yo’nalishlarini belgilab olishimiz zarur. Kuchlarimizni birlashtirish, izchil, maktabgacha ta‘limdan to oliy ta‘limgacha uzluksiz olib borishimiz shart”, - deb yozdi Otabek Hasanov.
Bu kabi uchrashuvlar barcha hududlar bo‘ylab davom etishi ma’lum qilindi.
@masofatalim
Xorazm viloyatidagi maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlaridagi davlat buyurtmachilari tomonidan 2023-yilda “cooperation.uz” axborot portali orqali 75 ta holatda 13 mlrd so‘mlik 749 ta kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 833-qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi hamda kompyuter texnikalari bozor narxlaridan 4,03 mlrd so‘mga qimmatroq xarid qilinganligi aniqlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlarga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
@masofatalim
⚡️RASMAN: Maktab o'quvchilari va abituriyentlar uchun maxsus onlayn test tashkil etilmoqda!
💰 Yutuq: 1.000.000 so'm
🏢 Homiy: Perfect university
📲 Ro‘yxatdan o‘tish BEPUL va shart!
📆 Seshanba, 4-iyun kuni Perfect University, Imtihon Markazi hamda OLIYGOH.UZ taʼlim platformasi hamkorligida onlayn test tashkil etiladi.
✅Testlar sifatiga 100% javob beriladi.
Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart!
📚Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash
👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash
✅ Perfect university - Toshkent shahridagi nufuzli oliygohlardan biri bo'lib, 2024-2025 o'quv yilida 50 nafar abituriyentga GRANT ajratmoqda.
🔖Test yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
Alisher Qodirov oliy ta’lim muassasalarining professorlari 3000 dollarga yaqin oylik olyapti, debdi.
U bu gapi bilan O‘zbekistonni nazarda tutdimi yoki biror Yevropa davlatinimi, aniqlik kiritmagan.
@masofatalim
Soliq kodeksi boʻyicha, talabalar toʻlagan kontrakt summasining 12 foizini qanaqa tartibda olish mumkinligini juda sodda tilda tushuntirib berishibdi.
Manba
Mana shunday foydali ma’lumotlarni quyidagi sahifa orqali kuzatib borish mumkin: https://www.instagram.com/dilshod_hoshimov
PIN-kod – moliyaviy farovonlik yo‘lida ishonchli hamrohingiz!
Kuzatib boring: @pinkoduzReklama
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da deputatlar amaldagi hemis tizimini keskin tanqid qildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining departmenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov e’tirozlarga javob berishga harakat qildi.
@masofatalim
My.gov.uz boʻyicha bir savolga javob topish uchun 1242 qisqa raqamiga telefon qilgandim, “navbatdagi tartib raqamingiz 56” dedi.
Hammasidan ham qoyil qoldirgani, mengacha 55 ta odam sabr bilan operator javobini kutayotgani boʻldi. Shunchaki dahshat.
Elektron hukumat, 55 ta navbat😂
10-iyun kuni yoshlar oyligi Qoraqalpogʻiston Respublikasidan start oldi.
Qoraqalpogʻistonlik yoshlarga shu kuni unutilmas va takrorlanmas bayram tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi davomida respublikaning barcha nuqtalarida yoshlar uchun ajoyib bayram dasturlari boʻlib oʻtadi.
@masofatalim
Yilning eng zo‘r oyi – yoshlar oyligi start oldi
Bugun, 10-iyundan boshlab O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi boshlandi.
Yoshlar oyligi doirasida har bir hudud va tumanlarda – hamma joyda yoshlar uchun ajoyib bayramlar tashkil etiladi.
Har yili nishonlanadigan turli sanalar bor, shular orasida aynan yoshlar oyligi eng ko‘p vaqt davom etadigan, yoshlarga xos energiya bilan o‘tadigan va eng asosiysi, unutilmas hamda takrorlanmas kayfiyatni baxsh etadigan oylikdir.
Yoshlar oyligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan start olmoqda. 10-iyun kuni soat 19.30 da Nukus shahrida yoshlar bayrami boshlanadi!
@masofatalim
“Ma'rifat soati”
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etilar ekan.
Navbatdagi o‘quvni quyidagi havola orqali tomosha qiling.
https://www.youtube.com/watch?v=JdT9ACdf_Fw
Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh vaziri kotibiyatining Davlat tilini rivojlantirish departamentida faoliyat yuritgan.
@masofatalim
Aytishlaricha, Samarqand davlat chet tillar institutiga bugun rektor tayinlanishi kutilmoqda. Yangi rektor Vazirlar Mahkamasidan boradi.
@masofatalim
Toshkentda yirik shaxmat turniri boʻlib oʻtmoqda
Toshkent shahrida 5-15-iyun kunlari davomida mukofot jamgʻarmasi 166 ming AQSh dollari boʻlgan “UzChess Cup” xalqaro turniri oʻtkaziladi.
Turnir shunisi bilan ahamiyatliki, poytaxtimiz shaxmat boʻyicha ilk bor bunday nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Buni unda ishtirok etayotgan nomlardan ham koʻrish mumkin.
“Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shahriyor Mamadiyorov, Aleksandr Grischuk, Parham Maghsudlu singari FIDE reytingi 2700 dan baland boʻlgan shaxmat ustalari ishtirok etadi.
Bahslar Yoshlar ishlari agentligining “Shekspir” majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Yoshlar ishlari agentligi va AloqaBank musobaqa homiylari sifatida qayd etilgan. Maʼlumki, Nodirbek Abdusattorov ham aynan AloqaBank ambassadori hisoblanadi.
Turnirda vatanimiz sharafini himoya qilayotgan vakillarimizga omad tilab qolamiz!
Turnir tashkilotchilari: Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligining “Uzchess” loyihasi
Turnir bosh homiylari: AloqaBank, Uzbekistan Airways
@masofatalim
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iwealaga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
@masofatalim
O‘zbekistonning ikkita oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikka kirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, ilk bor Oʻzbekistonning ikkita oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egallabdi.
5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan TOP-1000 talikka kirgan.
P.S. Endilikda ushbu ikki OTMni bitirgan talabalar TOP-1000 talikka kirgan universitetni bitirganman, deb bemalol faxrlanib yurishsa bo‘ladi :)
@masofatalim
2024-yil – Yoshlar yili. Ular uchun ko‘p yangiliklar bo‘ladi. Shular qatorida o‘qishni tamomlagan yigit-qizlardan ishga kirishda staj so‘rash talabi bekor qilinsa, yoshlar uchun juda imkoniyat bo‘lardi.
Axir o‘qishni bitirgan kadr qayerdadir noldan boshlashi kerak-ku!
Bitiruvchilar forumi qilib, yoshlarga counter strike, dota o‘ynatib o‘tirmasdan mana shunaqa masalalar ustida vazirligimiz bosh qotirib tursa, bitiruvchi kurs talabalari sarson bo‘lmasdi.
@masofatalim
OTMlarga va o‘qituvchilarga ajratilayotgan pulni minnat qilayotgan ba’zi deputatlarimizga ham savol bor:
So‘nggi yillarda deputatlarga ham alohida e’tibor qaratilyapti. Otni kallasidek oyligini olyapti, qimmat mashinalarda yuribdi, salqin xonalarda o‘tiribdi. Lekin nega xalq hayotida ularning o‘rni bilinmayapti? A, labbay?
Senam ja bir nimani qotirib qo‘ygan joying yo‘q, deydigan odam yo‘q! 😜
@masofatalim
Oblomuradov Narzullo Naimovich – Toshkent davlat agrar universitetining oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Toshkent moliya instituti prorektori lavozimida ishlagan.
Bundan tashqari, Narzullo Oblomurodov 2021-yilda Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1% ovoz olgan.
@masofatalim
“Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida yirik master-klass – bepul!
Poytaxtda 5-7-iyun kunlari “Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar uchun yirik master-klass tashkil etiladi.
Unda Temurbek Adhamov, Anvar Narzullayev, Jahongir Po‘latov, Abdusattor Abdurahimov va Aziz Rahimovlar spiker sifatida ishtirok etib, eng sara ma’lumotlar va tajribalarni yoshlar bilan bo‘lishadi. Master-klass ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo‘ladi.
Master-klass 6-iyun kuni “Yoshlar ijod saroyi” – Kreativ parkda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://forms.gle/rhV3mW52s2jHgxvF9
👆Obunachi va “prosmotr” koʻpaytirib turish haqida xodimga yuboraman deb, rasmiy kanalga bosvorilgan ovozli xabar. Ajoyib😂
Читать полностью…