masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan:

Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev – Samarqand davlat universitetining
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;

Muxiddin Baxritdinovich Kalonov – Navoiy davlat pedagogika
instituti rektori etib tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⭕️⭕️⭕️

🌍 Ajoyib yangilik! Endi siz bizning darslarimiz sifatini masofadan turib ham his qila olasiz.

💬 Ko'pgina talab va takliflarni hisobga olib endilikda onlayn kurslarni ham yo'lga qo'ydik.

🗓 Darslar 1-iyuldan boshlanadi
🧪 Darsda olinadigan test materiallar imtixon materiallariga yaqin hamda ularni darajasiga teng tarzda tuzib chiqilgan.
💸 Narxi esa oyiga 290.000 so'm

Kursimizga yozilgan dastlabki 10ta odam uchun 90.000 so'm chegirma mavjud (shunda siz 200.000 so'm to'laysiz)

Kurs haqida batafsil ma'lumot:
/channel/Onlayn_kurs_MMM
Qo'shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:
@Mexmonxonov

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Andijon viloyatida unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan gala-konsert o‘tkazildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Soliqchilarning gapi bilan oliy ta’lim vazirligidagilarning gapi bir-biriga mos kelmayapti

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Shuxrat Ismoilov talabalarga ragʻbatlantirish uchun toʻlangan pullar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmasligini ma’lum qilgan.

Soliq kodeksining 369-moddasida jismoniy shaxslarning jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydigan daromadlari belgilangan. Unda Hukumat qarorlari asosida jismoniy shaxslarga bir yilda to‘lanadigan pul mukofotlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Buni soliqchilar aniq-tiniq qilib tushuntirib qo‘yishgan.

Qizig‘i shundaki, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov imzosi bilan 19-iyun kuni OTMlar rektorlari va filiallar direktorlariga yuborilgan xatda oliy ta’lim vazirligi Hukumat qarori asosida tashkil etilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan talabalarga to‘langan mukofot va rag‘bat pullaridan ushlanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini budjetga o‘tkazishni so‘rayapti.

O‘tgan safar Soliq qo‘mitasi mas’ullari chiqib, holatga aniqlik kiritib, munosabat bildirdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining esa bu haqidagi biror bir izohini topishning imkoni bo‘lmadi. Balki bu safar endi ikkinchi tomon sifatida vazirlik tilga kirib, biror narsa der-a? Yoki soliqchilar bilan gaplashib, masalaga nuqta qo‘yib olish shunchalik qiyin ishmi?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda

“Yoshlar oyligi” doirasida 21-26-iyun kunlari poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ilk uchrashuv 21-iyun kuni:

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova – 10.00-12.00

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov – 14.00-16.00

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov – 17.00-19.00

P.S. Terlatadigan savollar bersa ham boʻladi :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Jizzaxda odam oʻlimiga sabab boʻlgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etildi

Oliy sudning xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudida ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan zominlik 2001-yilda tug‘ilgan X.U. Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etildi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan Zarbdor tuman sudida ayblanuvchi X.U ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudda u sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqanligi, qilgan ishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, OTM talabasi ekanligi hisobga olindi. Uni Yoshlar ittifoqi kafillikka olgan.

Talaba “jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan” deb topilgan va 7 yilgacha qamoq jazosi berilishi o‘rniga sud zalidan ozod qilingan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 20 yoshli talabasi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi, 2004-yilda tug‘ilgan M.I. ismli shaxs 19-iyun kuni ikki nafar kursdoshi bilan Bo‘rijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milmoqchi bo‘lgan. Lekin suv tez oqayotgani va sovuqligi uchun suvdan chiqolmay, oqib ketgan.

Toshkent shahar FVB qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi uning jasadini topishgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning IMC Krems AFU xalqaro qo'shma ta'lim fakultetiga 2024-2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi.

Endilikda siz 2 ta universitet talabasi bo'lish va 2 ta diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz!


🏆 Fakultetning afzal tomonlari:
➡️ TDIU va IMC universitetlarining xalqaro diplomlari;
➡️ 100%, 50%, 30% Grant o‘rinlari;
➡️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➡️ Work & Travel;
➡️ Xalqaro ish tajribasi;
➡️ 40-60% xorijlik o‘qituvchilar;

Ta'lim yo'nalishlari:
🤝 Xalqaro biznes boshqaruvi
💻 Turizm va dam olish menejmenti

📆 Hujjatlar 25-iyungacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

🔗 Hujjat topshirish uchun havola

Qabul bo'limi:
+998943670440
+998943870440
+998943970440

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Rasmiy Telegram kanal

Читать полностью…

Masofatalim™

18-iyun kuni yoshlar oyligi doirasida sirdaryolik yoshlar uchun ajoyib bayram boʻlib oʻtdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ikki kun dam olib charchaganlar uchun.

Ma’lumot uchun, ertaga ham dam olish kuni :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Alpomishlar yurti – Surxondaryo viloyatida 15-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar uchun unutilmas bayram oʻtkazildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

14-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida qizg‘in davom etgan yoshlar oyligi doirasidagi bayramdan videolavha

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hech bir narsa mamlakatni o‘rinsiz cheklovu taqiqlar va ularning tushunarsiz oqibatlarichalik dunyoga mashhur qila olmaydi – Muhrim

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Javoblaringizni instagramdagi shu video izohiga qoldiring va 100 ming so'm yutib oling!

G'olibni keyingi savol chiqishidan oldin bir hafta ichida e'lon qilamiz🎉

👉Instagram

Читать полностью…

Masofatalim™

Koreya Respublikasi prezidenti Yoon Suk Yeol o‘zbekistonlik yoshlar bilan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hududlarda yoshlar festivallari davom etmoqda

Farg‘ona viloyatida yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi

Bundan bir necha kun avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi Bo‘rijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milmoqchi bo‘lib, cho‘kib ketgani va natijada vafot etgani xabar qilingandi.

Oʻzbekcha Vikipediya jamoasi koʻngillilari nomidan tayyorlangan matbuot relizida aytilishicha, halok bo‘lgan talaba oʻzbekcha Vikipediyada administrator huquqiga ega boʻlgan faol foydalanuvchi – Ikramov Muhammadali Toʻlqinjonovich ekani ma’lum bo‘ldi.

Ikramov Muhammadali Toʻlqinjonovich 2004-yilning 16-aprelida Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 2021-yil Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga oʻqishga kirgan. U yerda filologiya va tillarni oʻqitish mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan.

Asosan oʻzbekcha Vikipediyada faoliyat yuritgan Ikramov ikki yil davomida oʻzbek tilida qariyb 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifa yaratdi, minglab maqolani tahrir qildi. Vikimaʼlumotlarda esa 3 mingga yaqin tahrir qildi. Umuman olganda, Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrir qildi. Qisqa faoliyati davomida yana bir mavzuda – Surxandaryo viloyatida goʻdaklar yoʻtal siropidan zaharlanib, nobud boʻlgani haqida mukammal maqola yozdi.

Muhammadalining oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 200 dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot qilmoqda.

Aytishlaricha, muloqot chog‘ida talabalarga to‘lanadigan rag‘bat pullaridan daromad solig‘i olinishi yoki olinmasligi haqida ham vazirga savol berilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini rag‘batlantirish uchun to‘lovlardan daromad solig‘i ushlab qolinadimi? Javob, yo‘q.

Video shu yerda turib tursin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy sud xabaridagi izohdan:

“Hech qanday jinoyat jazosiz qolmaydi, albatta. Qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan asrab qolmaydi. Kimning yoki qaysidir tashkilotning kafilligida ozod etildi, nazoratida bo‘ladi, degani “Butunlay oqlandi”, degani ham emas, endi jinoyat sodir etgan shaxs nihoyatda ehtiyot va ogoh bo‘lishi, qonunni umuman buzmasligi shart, deganidir. Aks holda, endigi jazo juda qattiq bo‘lishi mumkin. Buni unutmang”.

P.S. Iqtibos: “Qonun ustuvor, jazo muqarrar”, degan gapni ham unutmaslik kerak!!!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

19-iyun kuni Namangan viloyatida yoshlar uchun bayram tadbirlari o‘tkazildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ma’naviyat yangi kuch, yangi harakatga aylanmoqda

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “Ma’naviyat anjumanlari” tashkil etildi.

Bunday keng masshtabda ilk bor o‘tkazilgan anjumanda – mahallalar, ta’lim muassasalari, shuningdek, mehnat jamoalarida ma’naviyat va ma’rifat masalalariga mas’ul bo‘lgan faollar qatnashdi.

“Bugun targ‘ibotchilar safi yanada kengayib, Haj ziyoratini ado etib qaytgan yurtdoshlarimiz biz bilan birga ishlashni boshlashdi. Demak, katta bir jamoa qanday harakat qiladi, kuchlarni qanday birlashtirish va amaliyotda samarali ishlash mumkin? Shular haqida gaplashib oldik”, – dedi Markaz rahbari Otabek Hasanov.

Yana bir yangilik, endi targ‘ibot ishlari ham raqamlashtiriladi. Vodiy viloyatlarida o‘tkazilayotgan anjumanlar doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilariga targ‘ibot materiallari va eng so‘nggi metodik qo‘llanmalardan foydalanish uchun maxsus QR-kodlar berilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

💵 Iyul oyidagi kursimizga chegirma bilan yozilishning so'nggi kuni!

📨 Qurbon hayiti munosabati bilan iyul oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimiz darslari uchun 20% chegirma taqdim qilamiz!

🎯 Asosiy maqsad - Scopus ma’lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop qilish texnologiyalarini o'rgatishga qaratilgan.

🌐 Kursimizga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
/channel/publicationu

P.s: 1$ ham to'lov qilmasdan Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qilish va ilmiy karerasida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganlar uchun.

Loyiha muallifi: Fakhriddin Abdikarimov
http://myurls.co/fakhriddin_abdikarimov

Kurs haqida to'liqma'lumot
: @publish_uz‌‌

Читать полностью…

Masofatalim™

Respublikaning barcha hududlarida, tumanlar (shaharlar) va chekka hududlarda yoshlar oyligi qizgʻin davom etyapti. Videoda Jizzax viloyatida yoshlar bayrami qanday oʻtganini koʻrishingiz mumkin.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Ovoz” loyihasida hakamlar shu yigitga nisbatan nohaqlik qilishdi. Qo‘shiqni zo‘r kuyladi. Izohlarda ham odamlar bu haqida yozishmoqda, ayrimlar hatto endi qaytib ko‘rmaymiz, deb ham yozgan.

Sevara Nazarxon zo‘r qo‘shiqchi, ammo undan hakam chiqmas ekan, qo‘shiq aytilayotgan payti suqulaverib, bezor qildi. Farrux Zokirov esa ko‘pincha yonidagilarga qarab ball beryapti, o‘zi mustaqil ovoz berganini hech ko‘rmadim.

Ozodbek Nazarbekov... Ha, mayli, unga gapirishning foydasi yo‘q, beti qotib ketdi. Budjetdan oyiga 38 mln so‘mdan shu loyiha uchun gonorar olayotganlar orasida Tohir Sodiqov nisbatan yaxshiroq, deyish mumkin. Qolganlarni keyingi safar alishtirish kerak va moliyalashtirishga budjetning pulini tikishni bas qilish lozim.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Читать полностью…

Masofatalim™

OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!

🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!

Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!

Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.

Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkin!

Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot

Читать полностью…

Masofatalim™

Oʻzbekistonda jami 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi bor. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa bitta davlat universiteti reklamasini kanalda joylab, boshqalarni joylamasligi eng kamida adolatsizlik boʻlsa kerak.

Oʻzi umuman, vazirlik hamma oliy ta’lim muassasasiga (davlat, xususiy, xorijiy va boshqa) tenglik prinsipida ishlashi, neytral holda turgani ma’qul, aslida. Qaysidir OTMni reklama qilib, boshqalarga bunday imkoniyat berilmasligi – xolislik emas!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Andijon davlat universiteti rektori ishdan olindi

Hukumat qarori bilan Yo‘ldoshev Akramjon Sultonmurodovich Andijon davlat universiteti rektori lavozimidan olindi. Uning o‘rniga bugungacha Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich ADU rektori etib tayinlandi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oxirgi paytlarda talabalar tomonidan ularni my.sport.uz degan platforma orqali roʻyxatdan oʻtishga majburlanayotgani haqida turli murojaatlar kelayotgandi. Avvaliga 1-2 ta OTMdadir deb koʻz yumsak, kun sayin murojaatlar safi oshib boryapti. E’tiborlisi, hammasida kinoya yoki tahdid ohangi bor.

Afsuski, shu kabi majburiy ishlar tez-tez uchrab turadi. Kimga kerak bunaqa yolgʻon va shishirilgan raqamlar? Tavsiya qilishsin, oʻsha platformaning afzalligi ochib berilsin, ana keyin talabalar xohlasa roʻyxatdan oʻtsin, xohlamasa yoʻq. Ammo hech qachon buni tahdid yo turli kinoya gaplar bilan, majburlab qilish kerak emas!

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel