“Xush kelibsiz, dunyo yoshlari!”
“Humo arena”da 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan konsertda “Bo‘zatov FEST” – Yoshlar ovozi tanlovi g‘oliblari tomonidan tayyorlangan qo‘shiq. Bir so‘z bilan aytganda, ajoyib ijro.
@masofatalim
Fact-checking haqida ikki ogʻiz
Biroz avval telegramda katta auditoriyaga ega kanallardan birida “1 sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi. Bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshiriladi”, degan xabar tarqaldi.
Keyin bunaqa gap yoʻq ediku deb mas’ullardan soʻrasak, ular ham xayron. Shu xabarni chiqargan kanal adminiga manba soʻrab yozsak, aniquz saytidagi xabarni tashlab berdi. Aniquz’ning telegram kanalida chiqqan narsani shundoqqina koʻchirib tarqatishgani ma’lum boʻldi.
Shundan soʻng sayt tomonidan xabarning toʻligʻiga berilgan link ochib koʻrilganda gap Qozogʻiston haqida ketayotgani, mamlakat bosh vaziri tegishli qarorni imzolagani aytilgan ekan. Oʻzimizning qorakoʻzlar esa xabarning toʻligʻini ochmay, tekshirmay, qasra-qusr tarqatavergan.
Mabodo qaysidir “tezkor”, “dahshat” yoki “shoshilinch” deb xabar tarqatadigan kanallarda sentabrdan stipendiyalar oshiriladi, degan yangilikka koʻzingiz tushsa, bu bizda emas, Qozogʻistonda ekanini yodga oling.
@masofatalim
Davlat boshqaruv akademiyasi saytidan kerakli ma’lumotni olib bo‘lmaydi
O‘zbekistonda turli ta’lim dargohlari bor, shulardan biri Davlat boshqaruv akademiyasi hisoblanadi.
DBA saytida “Ta’lim dasturlari” degan qismi tanlaganda magistratura, doktorantura, qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari borligi ko‘rinadi. Biroq ularning hech biri ishlamaydi.
Hamma sohada raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilyapti. Ammo Davlat boshqaruv akademiyasiga bu boradagi islohotlar yetib bormayotgandek ko‘rinmoqda.
Ma’lumotlarni bemalol yangilashsin, ammo magistratura yoki boshqa yo‘nalishlarni saytdan tekshirganda hech bo‘lmasa qabul tartibi haqida ma’lumot berilishi kerakmi?
Bundan tashqari, akademiya saytida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oluvchi tinglovchilar uchun kontrakt miqdori degan joyi bor ekan. Hech yo‘q kontrakt summasini bilib qo‘yay deb shu joyiga kirsangiz, qanaqadir suhbat jadvalini tiqib qo‘yishgan. Hujjatlar ro‘yxati degan qismiga kirsangiz ruschada qisqa ma’lumot kiritilgan.
Xullas, saytning oyog‘i osmondan bo‘lib yotibdi, ma’lumotlarni to‘ldirib, tez-tez yangilab turish kerak.
@masofatalim
“Sinchalak vlog”🕊️
Maxsus son. Hukumat vakillari hozirgi yoshlar haqida
@Sinchalak_blog
Bayram dasturi va mushakbozlikni oʻtkazib yubormang!
Bugun, 30-iyun kuni soat 17:00 da “Humo arena”da Yoshlar kuni va “Butunjahon yoshlar festivali”ning yopilish marosimiga bagʻishlangan bayram konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Dasturni “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Shuningdek, Yoshlar kuni munosabati bilan soat 21:00 da “Xalqlar doʻstligi” maydonida mushakbozlik oʻtkaziladi.
@masofatalim
“Diplom bu erga tegish dokumenti emas” – Jahongir Ortiqxo‘jayev
Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev Central Asian University (sobiq Akfa universiteti) ilk bitiruvchilarini tabriklab, ularga tilaklarini bildiribdi.
“...Men bugun qadrli ota-onalar oldida bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Mana ko‘pchilik qizlar bitiryapti. Iltimos qilaman sizlardan, diplom bu erga tegish dokumenti emas. Qadrli ota-onalar, ko‘pchilik diplomini olgandan keyin erga bervoradi, shu bilan qizining orzulari bilan kelishmaydi, gaplashmaydi... Iltimos, kuyov tanlayotganingizda qizlaringizning orzusini amalga oshira oladigan kuyov tanlanglar”, degan Jahongir Ortiqxo‘jayev.
@masofatalim
O‘zidan davlat qabul komissiyasi yasab olgan Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan xabarini tahrirlab, “kutilmoqda” degan so‘zni kiritib qo‘yibdi.
Test o‘tkazish va qabul bilan bog‘liq jarayonlarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga umuman aloqasi yo‘q. Hammani chalg‘itib, aqllilik qilmasdan o‘zlarining ishini qilsa nima bo‘larkin-a, shular?
@masofatalim
❗️Rasman: Test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi, mandat 22 avgustga qadar e’lon qilinadi
2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi hamda 30 iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi.
13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.
7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22 avgustda mandat e’lon qilinadi.
@masofatalim
Masofatalim™ kanali bilan faol hamkorlikda ishlaydigan oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ushbu sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni tabriklaymiz!
Shu o‘rinda, o‘zimizning yo‘nalishdan kelib chiqib, Masofatalim™ Telegram kanali bilan faol hamkorlik qilayotgan oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblarini e’tirof etishni lozim topdik.
Bunda kanalimizga kelib tushgan talabalarning murojaatini befarq qoldirmay, OTM rahbariyatini xabardor qilib, ularga amaliy yordam berish, tanqidiy xabarlarni to‘g‘ri qabul qilib, munosabat bildirish, va eng asosiysi, ochiqlik hamda muloqot kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, oʻzlari ishlaydigan OTM faoliyatini yoritib borishdagi mehnatlari ham inobatga olindi.
Izoh: mazkur post boshqa oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari faoliyati qoniqarsiz ekanini anglatmaydi.
@masofatalim
Toshkent davlat transport universitetining bitiruvchilari ham ishli, ham uyli bo‘lishdi
2023-2024-yilda Toshkent davlat transport universitetining 144 nafar bitiruvchisini “Toshkent metropoliteni” DUKning xizmat va bo‘lim depolari ishga qabul qilgan. Bundan tashqari, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga metropoliten tarkibida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan imtiyozli shaklda 500 o‘rinli uylar yoshlarga taklif qilingan. Hozirgi kunda 300 nafarga yaqin yoshlar mazkur uylardan xarid qilishgan.
Toshkent davlat transport universiteti tomonidan e’lon qilingan lavhada aytilishicha, “Toshkent metropoliteni” DUK har tomonlama yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning tajribasini oshirish, bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida ularni xorijiy davlatlarga yuborish amaliyotiga ham alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanmoqda.
P.S. Lavhani ko‘rib, Toshkent davlat transport universitetida o‘qiging va metroga ishga kirging keladi-ya :)
@masofatalim
Yoshlarni mukofot pulini beringlar, hurmatli tanlov o‘tkazganlar!
Bir guruh yoshlardan murojaat kelyapti. Aytishlaricha, Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining tuman bosqichi g‘oliblariga (Bag‘dod) mukofot pullari berilmayotgan ekan. Albatta, bu holat birinchi marta emas. Oldinam bo‘lgan.
Bu paytda taxminan quyidagicha harakat(sizlik) bo‘ladi:
Vazirlik aytadi: bu bosqichdagi masalani hokimlar hal qiladi, deydi. Hokimlar aytadi: sessiyada tasdiqlash kerak, deydi. Sessiya bo‘lgan payt budjetda pul bo‘lmaydi. Shu bilan murojaating aylanaveradi, aylanaveradi...
@masofatalim
Futbol ishqibozlari uchun zo‘r yangilik bor: jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonda tashrif buyuradi!
Yoshlar oyligi doirasida 29-iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
🇧🇷 Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
🇮🇹 Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
🇮🇹 Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
🇧🇷 Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
29-iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi. Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Rasmga tushsa ham bo‘ladi :)
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshlaruchrashuvibot
27-30-iyun kunlari Toshkent fotosuratlar uyida Jahon yoshlar festivali doirasidagi “Orzu” nomli noyob ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning tasavvurlari asosida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va rassomlar tomonidan chizilgan kartinalar namoyish etiladi.
Auksion 29-iyun kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Xayriya ko‘rgazmasida sotilgan ijodiy ishlar uchun olingan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalar ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalarga yo‘naltiriladi.
@masofatalim
Rasmiy munosabat
Joriy yilning 22-iyun kuni soat 08:30 larda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, S.T.ning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan 22-iyun kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi
@masofatalim
Yoshlarga unutilmas va takrorlanmas hissiyotlarni taqdim etgan konsert
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo arena”da yoshlar uchun ajoyib konsert bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga o‘zgacha energiya, unutilmas va takrorlanmas lahzalarni taqdim etgan ushbu konsert qanday o‘tganini videoda tomosha qiling.
O‘sha kuni konsertda eng mazza qilgan joyim – “Bo‘zatov FEST” g‘oliblari aytgan qo‘shiq bo‘ldi. Bu tanlov haqiqiy iste’dodlarni kashf etganiga yana bir bor amin bo‘ldik. Keyingi postda o‘sha yoshlar olib chiqqan qo‘shiqni ham joylaymiz.
@masofatalim
Davlat boshqaruv akademiyasi desa juda katta joyni tasavvur qilib yurgan ekanmiz. Saytining ahvolini ko‘rib bu tasavvurlarning hammasi o‘ldi. Shunaqa nufuzli joy bitta saytni to‘g‘rilab qo‘ymagandan keyin uyat-da endi.
Akademiya veb-sayti – dba.uz
@masofatalim
Milliy valyutamiz – so‘m 30 yoshda!
Pinkodchilar so‘mning paydo bo‘lish tarixi haqidagi ba’zi qiziqarli faktlar haqida ma’lumot beribdi.
Milliy valyuta – davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Davlat ramzlariga hurmat bilan muomalada bo‘lish, avvalo, o‘sha xalqning o‘ziga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.
So‘mimizning qadri baland, qomati mustahkam bo‘laversin :)
@masofatalim
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.O. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliygohlarda o‘qiganlik haqida soxta hujjat tayyorlab, uning o‘qishini Namangan viloyatidagi nodavlat oliy ta’lim muassasiga ko‘chirib berish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar P.X. va X.A. oldindan o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jizzax davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro A.U. fuqaro G.U.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi institutda o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berish orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 14 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
Davlat qabul komissiyasi qolib, imtihon o‘tkazadigan Bilim va malakalarni baholash agentligi qolib, Sog‘liqni saqlash vazirligi telegram kanalida birinchi bo‘lib imtihon qachon va qanday tartibda o‘tkazilishini e’lon qilish juda g‘alati bo‘ldida. Hamma o‘zining ishini qilgani ma’qul edi.
@masofatalim
O‘zbekistonda birinchi marotaba oʻtkazilayotgan “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi tadbirlar bugun, 26-iyun kuni Samarqanddan boshlandi.
@masofatalim
Vazirlik talabalarning rag‘bat pulini soliqqa tortishni so‘rayapti. Bu amaldagi qonunchilikka zid
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalarga beriladigan rag‘bat pullaridan daromad solig‘i ushlab qolishni so‘rab, rektorlarga xat jo‘natdi. Lekin bir necha oy oldin Soliq qo‘mitasi bu noto‘g‘ri ekanini bildirgandi.
https://kun.uz/kr/24098394
@masofatalim
“Rassrochkalar koʻpayyapti, variantga mashinalar, variantga telefonlar, kreditlar, halol nasiyalar, deymiz – hammasi koʻpayyapti.
Tez pul, oson pul olish imkoniyatini bergandan keyin qoʻlida pul ishlamagan inson dovdirab, shoshilib qoladi. Ayniqsa, yoshlarimiz qoʻlida iPhone’li boʻlsa… Otasi, onasi bolam shuni qarzga olma desa, gapini olmaydi. Boshi muammodan chiqmaydi…”
Tadbirkor Husan Mamasaidov bugun kun sayin koʻpayayotgan “rasrochka”, variantlar va turli halol nasiyalar haqida gapirib, yoshlarga yaxshi maslahat beribdi.
@masofatalim
Rahbarlar almashinuvi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 2023-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoniqarsiz roʻyxatda birinchi oʻrinni egallagandi.
Yoshlar ijod saroyida oʻtkazilgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov bunga nima sabab boʻlganini tushuntirdi.
@masofatalim
22-iyun kuni Toshkent viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda minglab yigit-qizlar jam bo‘ldi.
@masofatalim
2023-yil may oyida Namangan davlat universitetida yigit turmush oʻrtogʻini pichoqlab oʻldirgan.
2024-yil iyun oyida esa Qarshi davlat universitetida shunga oʻxshash holat sodir etilyapti.
Har ikkisi ham juda ogʻir jinoyat. OTMlarda talabalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keskin choralar zarur!
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik bo‘lgani aytilgan video tarqaldi. Unda aytilishicha, bir yigit qiz bolani pichoq bilan bo‘g‘izlab tashlagan.
Hozircha holat qachon sodir boʻlgani va boshqa biror rasmiy ma’lumot berilmadi.
@masofatalim