Million dollardan voz kechgan matematik
Ayrim g‘aroyib odamlar borki, bir million dollarni mukofot tarzida berishsa ham qabul qilmaydi. Matematik Grigoriy Perelman ana shunday nihoyatda g‘alati va kamyob insonlardan biri.
Batafsil — https://platina.uz/5db09a
👉 @platinauzb
“Sevimli TV”ning “Ilk uchrashuv” degan absurd ko‘rsatuvidan parcha va undagi befarosat aktrisa.
@masofatalim
🇺🇿 Bundan roppa-rosa 33 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:
“Men shu bugundan e’tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif etaman!” – Islom Abdugʻaniyevich Karimov
@masofatalim
“O‘zingning darajang qayer?” — radioboshlovchi Akmal Mirzo sportchilarning taqdirlanishi haqida salbiy fikr bildirganlarni “pandavoqi” deb atadi
Radioboshlovchi Akmal Mirzo sportchilarga mashina berilgani haqida fikr bildirgan shartli yo‘l quruvchisi va qishloq xo‘jaligi mutaxassisini “pandavoqi” deya haqoratlab, ularning 9-sinfdagi farzandlarini 3-sinf bolasidan ham bilimsizroq deb ta’rifladi. Minglab salbiy izohlardan keyin, u uzr so‘radi, lekin yana odamlarni aybdor qildi. Shuningdek, Akmal Mirzo ayrim jurnalist va blogerlarni “chalasavod” deb atagan.
P.S. Bu Mirzo ja o‘zidan ketibdi-ku, a?
@masofatalim
Magistratura haqidagi postga 1,5 mingdan ortiq izoh yozilibdi. Kanal tarixidagi tarixiy rekord.
P.S. Bu yerda xususiy universitetlardan birining magistratura reklamasi bo‘lishi mumkin edi :)
@masofatalim
Aytishlaricha, bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlaridan keyin talabalar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ochiladi.
@masofatalim
Bitta madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni himoya qilish uchun mana bu ikkovlon, biri shoiru, biri boshlovchi, shuncha gap gapirib qo‘yibdi.
She’ringni yoz, maddohligingni qil, lekin aslo fuqarolarni, soliq to‘lovchilarni budjetga qiziqmalaring, deb tanqid qilma. Bu huquqni senlarga hech kim bermagan.
@masofatalim
⚡️Rasman: Ham bepul o'qib, ham stipendiya olishingiz mumkin!
✅ Bu imkoniyatni Navoiy innovatsiyalar universitetida qo'lga kiritishingiz mumkin.
Ta'lim yo'nalishlari:
— Maktabgacha taʼlim
— Boshlang'ich taʼlim
— Pedagogika
— Biologiya
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili, ingliz tili, rus tili)
— Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
— Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
— Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)
🔴 Davlat namunasidagi diplom;
🔴 2 mlrd so'mlik grant;
🔴 Yillik 6 mln so'mlik stipendiya.
Sun’iy intellekt ongga aylanishi mumkinmi?
Sun’iy intellekt va sun’iy ong o‘rtasidagi farq olimlar, faylasuflar va texnologlar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Batafsil — https://platina.uz/173a9e
👉 @platinauzb
27-avgust – kollej va texnikumlarni tanlashning oxirgi kuni
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi.
Bugun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashning so‘nggi kuni.
Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej va texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻyilsa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@masofatalim
“Tugʻilgan” arizalardan bittasi “oʻldi”
Magistr.edu.uz saytida 26-avgust kuni kechqurun jami arizalar soni 33 173 ta edi. Ayni vaqtda bu 33 172 ta boʻlgan. Qayerdandir paydo boʻlib qolgan bitta ariza “oʻlgan”.
Eslatib oʻtamiz, qabul yakunlanganda jami arizalar soni 33 161 ta edi, hozir esa 33 172 ta turibdi. 11 ta ariza qayerdan “tugʻilgani” noma’lum boʻlib qolmoqda. Anavi 1 taga kamaygani bilan yana 11 ta shunaqasi bor.
@masofatalim
Oʻzbekistonlik paraolimpiadachilar dunyoni lol qoldirishmoqda. Terma jamoa medallar hisobida TOP-10 talik ichida!
Ularga omad tilab, birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik!
@masofatalim
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar uchun “Chinobod Plaza” dam olish maskaniga bepul yo‘llanma taqdim etdik.
Ular orasida 40, 42, 43, 58 (!) yillab chekka hududlardagi maktablarda faoliyat yuritgan o‘qituvchilar bor.
Sanatoriyada ustozlarimiz sog‘liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu boshlanishi! Hali ko‘p ustozlarimiz, faxriylarimiz uchun bunday imkoniyatlar yaratamiz, men o‘ylayman ularning barchasi eng yaxshi sharoitlarda hordiq chiqarishga haqli. Yana bir bor barchangizga bayram muborak!
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qiziq video e’lon qildi. Unda Mustaqillikkacha bo‘lgan eski davrdagi rasmlar sun’iy intellekt yordamida “jonlantirilgan”.
@masofatalim
Vallomat Akmal Mirzoga:
“Birovga ‘paxta’ qoʻyishdan avval faqat oʻsha odamga yaxshi koʻrinaman deb emas, oʻsha odam meni ‘paxtam’dan keyin boshqalarga qanaqa koʻrinadi deb ham oʻyla”.
@masofatalim
T-Bankda yangi dizayndagi Black kartalari ishlab chiqilganidan xabaringiz bormi?
Yangi dizayndan tashqari, karta boshqa afzalliklarga ham ega: agar sizda Pro obunasi (birinchi oy bepul) boʻlsa, T-Bank ilovasida ona tilingizda migratsiya masalalari boʻyicha maslahat olishingiz va MDH mamlakatlariga tez pul oʻtkazishingiz mumkin, eng muhimi rasmiylashtirish uchun Rossiya fuqaroligiga ega boʻlishingiz shart emas. Hozir kartalar Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston va Belarus tabiati bilan cheklangan dizaynda mavjud.
Tojik, oʻzbek, qirgʻiz yoki rus tillarini bilishingizdan qatʼi nazar, T-Bank ilovasi mutaxassislari sizga yordam beradi:
• Hujjatlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda;
• Ish va uy-joy topishda;
• Tibbiy yordam va taʼlim olishda.
Siz yangi dizayndagi Black kartasini quyidagi havolada rasmiylashtirish mumkin: - https://t.tb.ru/masofatalim
Reklama
“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
@masofatalim
❗️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
@masofatalim
Magistratura natijasi chiqquncha Durov butun boshli Fransiya qamoqxonasidan chiqib ketdi-ye😂
@masofatalim
“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston Respublikasining milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda davlat tili oʻzbek tilidir.
Shunday katta kompaniya videoga olish davomida toza o‘zbekcha gapira oladigan bir dona xodim topa olmadimi yoki bunga farosatlari yetmadimi? Bu video tilga e’tiborsizlikdan boshqa narsa emas, nazarimizda.
Alisher Navoiy bejizga “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz!” deb yozmagan. Milliy tilni asrab-avaylash, uni pisand qilmaydigan, xohlagan ko‘yga solish mumkin, deb o‘ylaydiganlar tajovuzidan qo‘riqlash faqat ulug‘larning emas, o‘zini, tilini, millatini hurmat qiladigan har bir fuqaroning burchi, kundalik tashvishi bo‘lishi lozim.
@masofatalim
❗️Magistratura natijalari 28-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda
Ikki kun oldin texnik xatolik sabab saytda ba’zi natijalar ko‘rinib qolgan, ammo bu asliga to‘g‘ri kelmaydi va haqiqiy natijalar hisoblanmaydi. Rasman e’lon qilinadigan natijalar ikki kun oldin ko‘ringaniga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
@masofatalim
Magistratura natijalarini intiqlik bilan kutayotganlar diqqatiga! Bemalol uxlayveringlar, bu vaqt ichida chiqmaydi. Manbalar ham shunga ishora qilishdi.
@masofatalim
4 yil ichida diplommi yoki 3 oyda kasbmi?
💼 Universitet kamida 37,2 million so'mga tushadi va 4 yil davom etadi. Agar siz atigi 3 oy ichida talabgir kasbga ega bo'lsangiz-chi?
💸 Osnova SMM kurslari 3 oyga atigi 2 970 000 so'mni tashkil etadi, xozir esa -50% bayram chegirmasi amal qilmoqda! Karyerangizni tezroq va arzonroq boshlang.
Kursga yoziling va 3 oy ichida pul ishlashni boshlang!
Chegirma olish uchun veb-saytda so'rov qoldiring yoki +998 95 445 40 44 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Afsuski, mana shunaqa dunyoqarash, fikrlash (agar fikrlash deyish mumkin boʻlsa), “yoʻlini qilayotgan boʻlsa qaddini ursin” degan gap bilan yashayotganlar oramizda juda koʻp topiladi.
Korrupsiya va nepotizm kabi tushunchalari qonimizga singib ketyapti. Balki allaqachon singib ham boʻlgandir. Mana shunaqa gaplar bilan buni oqlab ham berishyapti. Bu esa faqat va faqat yomon signal!
@masofatalim
Magistr.edu.uz saytida arizalar “tugʻilib” qolyapti
“Magistrlar official” Telegram kanali 31-iyul kuni magistraturaga arizalar qabuli tugagani haqida post e’lon qilib, unga skrinshot ham biriktirgan. Oʻsha skrinshotda jami arizalar soni 33 161 ta ekani aks etgan.
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash” Telegram kanali 26-avgust kuni soat 11:20 larda joylagan postga ilova qilingan rasmda esa jami arizalar soni 33 172 ta ekani koʻrinadi.
Faol obunachilar bu holatga e’tibor qaratib, xabar berishmoqda. Tekshirish uchun magistr.edu.uz saytiga kirganimizda ne koʻz bilan koʻraylikki, jami arizalar soni 33 173 ta boʻlib qolgan.
Xoʻsh, magistraturaga arizalar qabuli yakunlangan boʻlsa, bu raqamlar qayerdan koʻpayib qolyapti? Oʻzidan oʻzi arizalar “tugʻilib” qolyaptimi?
@masofatalim