🟦🟦🟦🟦
📌 “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida “4 yoshli qizcha ingliz tili bo‘yicha Olimpiadada yutib, xalqaro olimpiadaga yo‘llanma olibti, onasi yordam so‘rayapti” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ingliz tili fani bo‘yicha respublika ochiq olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatni qo‘lga kiritgan 4 yoshli E'zozaxon Sobirovaning xalqaro olimpiadada ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan qoplab berilishini ma'lum qilamiz.
Bu kabi iqtidorli va bilimli bolalarni O‘zbekiston bolalar tashkiloti doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Tez orada E'zozaxonning ota-onasi bilan aloqaga chiqib, bu masalada ijobiy yordam berilishini ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston bolalar tashkiloti
Axborot xizmati
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” – TDPU yagona formani joriy etmoqchi
Kun.uz nashrining xabar berishicha, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bir guruh talabalari yagona majburiy forma qilinayotganidan norozi. Forma talabalarga 250 ming so‘mdan sotilayotgani, uni olmaganlar darsga qo‘yilmaslik bilan qo‘rqitilgani aytilmoqda.
Darvoqe, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining yagona formasini joriy etishi kerakligi haqida topshiriq berilgan.
@masofatalim
Facebook’da bir qancha jurnalistlar shu postni ulashibdi. Toʻlayotgan soliqlarimizdan mana shu kabi xalqaro olimpiadalarga yoʻllanma qoʻlga kiritgan yoshlarning borib-kelish va ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini ortiqcha byurokratiyasiz toʻlab berishsa, xursand boʻlardik.
@masofatalim
Aqlli gaplar va ta’sirli musiqa bilan video qilgan hamma ham koʻringanidek yaxshi odam boʻlavermaydi!
2022-yilda bir abituriyent yigit (shaxsi bizga ma’lum) kirish imtihonlarida 157 ball toʻplab, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi boʻladi. Bilimli, harakatchan bu yigitda IELTS - 6,5, SAT esa 1380 boʻlgan. Qolaversa, IT sohasida qoʻlidan ancha-muncha ish kelardi.
Shu vaqt orasida u xususiy OTMlardan biriga ham topshirib koʻradi (bu universitet asoschisi mashhur odam, Instagram’da har xil videolar qilib turadi, aqlli bashara bilan, odamlarning hissiyotiga ta’sir qilish yoʻli bilan). Mazkur xususiy OTM esa unga birinchi yili 50 foizlik grant beradi.
Shunday qilib, oʻsha yigit Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirgan yoʻnalishi IT boʻlmagani, xususiy OTMda esa 50 foizlik grant olgani va kelasi yillar ham grant olishiga ishonib, xususiy OTMni tanlaydi.
Oʻqishlar boshlanadi. IT sohasida bir semestrda oʻtiladigan narsani bir yil oʻqitishadi. Choʻzishadi. Birinchi kursni tamomlab, ikkinchi kursga oʻtganda grant ololmaydi, garchi baholari yaxshi va grant uchun suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa ham. Umuman, hech kimga grant berishmaydi, va’da esa aslida boshqacha boʻladi.
Mana shu narsa qarmoqqa aylandi – falon foiz chegirma beramiz, deb ilintirishadi, qop-qop ogʻzaki va’dalar berishadi, keyin esa yolgʻonchiliklari oshkor boʻlib qoladi. Yoshlarning vaqtini, umrini behuda oʻtkazishga “bosh-qosh” boʻlishadi.
Bu orada oʻsha xususiy OTMda oʻqiyotgan koʻpchilik talabalar yolgʻonlarni payqagach vaqt borida oʻqishini “perevod” qiladi yoki akademik ta’til oladi. Bu yigit ham akademik ta’til olmoqchi boʻladi, ammo ololmaydi. Universitet endi boshqachasiga “oʻyin” qila boshlaydi.
Xullas, shu yigit oxiri bu xususiy universitetni tashlab ketadi. Birinchi yili toʻlagan kontrakti va ketkazgan vaqtiga kuyadi. Keyin esa ma’lum vaqt IT sohasida ishlaydi. Bu yil esa tayyorlanmay turib, yana Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga topshirdi va 150 balldan yuqori toʻplab, oʻqishga kirdi. Endi bu yil “narxoz”da oʻqimoqchi va eng toʻgʻrisi ham shu, aslida.
Bu bilan xususiy OTMlarga ishonchsizlik uygʻotmoqchi emasmiz. Ular orasida ayrim davlat OTMlaridan ham yaxshi bilim beradiganlari juda koʻp. Ammo bilimli yoshlarning umrini nafs yoʻlida mana shunday barbod qiladigan kurmaklar ham yoʻq emas.
Bu kichik hikoya. Ammo xulosa qilish uchun yetarli. Infosiganlarning har gapiga ishonavermang. Toʻlangan kontrakt pullari topilar, ammo yoʻqotilgan vaqt topilmaydi. Anavi xususiy OTMdagilarga va uning asoschisiga insof bersin, aqlli bashara bilan gapirgan halollik haqidagi gaplariga oʻzi ham amal qilsin, deb qolamiz.
@masofatalim
Va nihoyat, oliy ta’lim vaziri Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar masalasiga e’tibor qaratdi
2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan, ammo oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmagani haqidagi murojaat kanal orqali yoritilgandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yarim kechasi xabar berishicha, 12-sentabr kuni vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yigʻilish yakunida esa Prezident Davlat stipendiyalariga munosib topilgan tayanch doktorantlar va nihoyat tasdiqlangan.
@masofatalim
🎓 Talaba bo'lishingiz uchun so'nggi imkoniyat!
🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida 2024-2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.
✍️ Hoziroq ariza topshiring va o'z litsenziyasiga ega bo'lgan universitet talabasiga aylaning.
Oltin avlod
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi tarkibi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi:
⁃ Nodirbek Abdusattorov
⁃ Javohir Sindarov
⁃ Nodirbek Yakubboyev
⁃ Shamsiddin Vohidov
⁃ Jahongir Vahidov
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi:
⁃ Afruza Hamdamova
⁃ Nilufar Yakubbayeva
⁃ Umida Omonova
⁃ Marjona Malikova
⁃ Nodira Nodirjonova
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini 11 sentyabr kuni soat 18:00 dan boshlab uzchesss">UzChess YouTube kanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin.
@masofatalim
Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi:
⁃ bakalavr va magistr – bu akademik daraja;
⁃ PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;
⁃ dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.
Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.
Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.
@masofatalim
BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun NOYABR-DEKABR-YANVAR oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.
👉BATAFSIL👈 so'zini ustiga bosish orqali TO'LIQ MA'LUMOT olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!
⏰ Qabul 22-sentyabrga qadar
👉Ro'yhatdan o'tish👈
📞+998914117437 @Nazira_Olimova
+998990259595
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram | Web-sayt | Instagram
Ayni paytda stat.edu.uz sayti to‘liq ishlayotgani haqida xabar berishdi. Nosozlik bartaraf etilibdi.
Tezkorlik uchun mas’ullarga rahmat.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan stat.edu.uz saytida OTMlarning ro‘yxatini ko‘rish umuman ishlamayapti.
O‘zbekistonda qanday OTMlar bor, qaysi hududlarda joylashgan kabi ma’lumotlarni hech qayerdan yaxlit olib bo‘lmaydi. Birgina vazirlikning shu saytidan olsa bo‘larkan, ammo bu saytniyam kasali bor, ma’lumot yo‘q.
P.S. Pastki qismiga “Ma’lumotlar real vaqt rejimida HEMIS axborot tizimidan olinmoqda” deb yozib qo‘yishibdi. Bularning yo vaqti realmas, yo HEMISI ham kasal.
@masofatalim
Bu yil talabalarning yangi o‘quv yili boshlanishi 09.09.2024 sanasiga to‘g‘ri keldi. Chiroyli raqam – 09.09
(c) Chiroyli raqamlarga qiziqadigan bittasidan :)
@masofatalim
🏛NIU – eng to'g'ri qaror!
Sizda hali ham talaba bo'lish, stipendiya olish va eng asosiysi, grantda o'qish imkoni bor!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diqqatiga!
Doktorantlar ular uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovi bo‘yicha haligacha jim-jitlik ekani haqida murojaat qilishmoqda.
“Assalomu alaykum. Biz 2024-yil fevral oyida tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan edik. Oradan 6 oy o‘tgan bo‘lsa ham hamon rasmiy g‘oliblar buyrug‘i tasdiqlanmadi. Hali rasman Prezident stipendiyasini ham olmadik. Odatiy stipendiya olmoqdamiz. Himoya qilishimizga ham kech qolmoqdamiz.
Biz vazirni shaxsan o‘zi bilan ham uchrashishga bormoqchimiz.
Bu oliy ta’limdagi eng nufuzli stipendiya bo‘lsayu tashkil qilish ishlar nima uchun bunaqa tashkil qilingan. Shunga ham hayronmiz”, deyiladi murojaatda.
❗️Oradan yarim yil o‘tibdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bunga mas’ul bo‘lganlar e’tibor qaratishini va aniq izoh berishlarini so‘raymiz.
@masofatalim
Xorijda oʻqiyotgan, ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlarning hayotiy hikoyalarini berib boruvchi Oʻzbekistonlik telegram kanali bir-biridan qiziqarli postlarni joylamoqda.
Kuzatib borishni tavsiya etamiz:
👉 @uzbekistonlikuz
Forma masalasiga amaldagi va sobiq vazirning munosabati
Birinchi video. 21.06.2024 amaldagi oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov:
“...Hozirgi kunda har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining brendini yaratishi kerak...”
Ikkinchi video. 22.05.2021 sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:
“...Oliy ta’lim tizimida biz hozir forma talab qilmayapmiz...”
@masofatalim
Yaxshi yangilik
Xabar berishlaricha, yuqoridagi 4 yoshli qizchaning Dubayga xalqaro olimpiadaga borib ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarini O‘zbekiston bolalar tashkiloti to‘lab beradigan bo‘libdi.
Tez orada bu haqida tashkilot rasmiy sahifalarida ham ma’lumot berilar ekan.
@masofatalim
Andijondagi maktabda kech qolgan o‘quvchi qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘izildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlarni o‘tirib-turg‘izilayotgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa 12-sentabr kuni Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabida kuzatilgan.
Maktabning 10-“Z” sinfining o‘quvchilari soat 9:20 da maktabga kelishganligi, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotganligi bois maktabning mas’ul xodimi D.T. tomonidan o‘quvchilar tartibga chaqirilgan.
Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, o‘quvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda o‘quvchilarni maktabga kelishlarini ta’minlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borilgan.
Shuningdek, maktab direktori tomonidan mas’ul xodim D.T. ga o‘quvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi.
@masofatalim
Yaqinda bitta infolo‘ttiboz iqtisodchi va aqlli bashara bilan chiqib, “dollar kursi voobshe tushib ketadi o‘rtoqlar” degandi. Odamlar “kalla bormi” deganday izoh yozdi ham, bu odamga ta’sir qilmadi. Saldan keyin yana bir absurd video joyladi.
O‘sha infosiganning videolarini ko‘rib, hammasiga shunchaki kulib qo‘ygandik.
O‘sha videolardan keyin dollarning kursi o‘rtacha 100 so‘m atrofida oshdi. Tijorat banklari esa bugundan 1 AQSh dollarini 12 800 so‘mdan sota boshladi. Dushanba kuni rasmiy kurs yana o‘rtacha 9 so‘mga oshishi kutilyapti.
Emotsiyaga berilib gapirgan, ta’sirli musiqa qo‘yib video ishlagan har qanday taniqli odamning videolaridan ehtiyot bo‘lish kerak.
Xullas, bu bilan nima demoqchimiz? Ehtiyot bo‘ling. Aqlli bashara bilan, ta’sirli musiqa bilan odamlarning hissiyotiga ta’sir qilib, obro‘ yig‘ib, keyin shu ortidan soqqa qiladigan infosiganlar juda bolalab ketdi. Afsuski, bunaqa nusxalar ta’lim yo‘nalishida ham juda ko‘p uchrayapti. “Omma hissiyotlar orqali boshqariladi” degan gap bor va ular ham buni yaxshi bilishadi.
@masofatalim
Bitta shoir chiqib, fuqarolar soliqqa qiziqishi kerakmas, deydi. Boshqasi chiqib, xalq shoiri degan unvoni bor, “surish kerak” deganlarni “surish” kerak, deydi.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov 1-kurs talabalariga unutilmas sovg‘a berdi
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov universitetda yangi an’ana joriy qilibdi. Gap shundaki, A.Toshqulov 1-kursga qabul qilingan talabalarning har biriga bittadan kitob sovg‘a qilibdi. Kitobning ilk betiga o‘ziga xos rektor tabrigi va ajoyib taklifnoma yozibdi. Ham foydali va unutilmas sovg‘a, ham talabalar bilan samimiy muloqot, degani shu bo‘ladi, aslida. Boshqalarnikiga o‘xshamaydi.
Abduqodir Toshqulov lider odam. Qisqa muddat vazir bo‘lib ishlab yurgan davrlarida bunga ko‘pchiligimiz guvoh bo‘lib ulgurdik. Undan oldin va keyin ishlayotganlardan ham yaxshi ishladi.
@masofatalim
🔎 Diqqat! Siz qidirilmoqdasiz?
— Taʼlim sohasida yuqori maoshli ish kerakmi?
— Balki sizga tajribali mutaxassis zarurdir?
🇺🇿Oʻzbek 🇬🇧English 🇷🇺 Русский
3 xil tilda vakansiya joylab boradigan kanalda, oʻzingizga mos o‘rtacha 5 mln' so‘mdan 15 mln' so‘mgacha bo‘lgan oflayn/onlayn ishlarni bir zumda topishingiz mumkin.
Vakansiyalarni oʻtkazib yubormaslik uchun hoziroq obuna boʻling.
➡️ Marhamat: @EduStaffs
Hamza Bendelladj haqida eshitganmisiz?
Videoda shu haqida so‘z borgan.
https://youtu.be/jkS8mB_fGQI?si=2EfIn14pS-BDYzMW
Ayni vaqtda poytaxt kuchli tirbandlikni tanasida his qilmoqda. Talabalar kelib, oʻqish boshlangani bilindiyov :)
@masofatalim
Obunachidan:
kontrakt.edu.uz sayti, ijaraga qo‘yish bo‘limi va “Serverda yuz bergan xatolik”.
P.S. Har doim shu kabi qilinayotgan saytlarda bitta katta kamchilik albatta bo‘lishi kerak. Axir u ish to‘liq mukammal qilinsa, ko‘z tegib qolishi mumkin.
@masofatalim
O‘zbek oliy ta’lim muassasalari zo‘r-da. Balog‘atga yetgan, mustaqil shaxsga aylangan, pasport olgan, uylansa yoki turmush qursa farzandli bo‘ladigan yoshlarga oliy ta’limda haftasiga uch para tarbiya darslari o‘tiladi. Tarix fakultetida. Ajoyib.
@masofatalim
“Soliq to‘lashdan qochib yuradigan xalqmiz”, deb odamlarni ayblagan Akmal Mirzoning o‘zi Instagram orqali topadigan daromadidan soliq to‘lamasligi ma’lum bo‘ldi.
G‘alatimasmi? 😂
@masofatalim
Shu masala bo‘yicha haligacha jimlik emish. Gap Prezident stipendiyasi haqida ketmoqda.
Oldin bu masala bilan sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova shug‘ullangan, shekilli. Shu mavzu bilan bog‘liq yig‘ilishlarda u kishining rasmi bor. Sh.Turdiqlova Fanlar akademiyasiga o‘tib ketgach, bu ishlar qaysidir o‘rinbosarga yuklatilgan bo‘lsa kerak, axir? Yoki vazirlikdagilar buni esdan chiqarib yuborishdimikan?
@masofatalim
✅Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.
2024/2025 - oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...
Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
☎️Murojaat uchun:
📞+998977341595
📞+998330114571
📞+998971431213
📞+998994655487
📞+998887019669
📞+998955094144
📞+998934437972
📞+998955034144
📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi
©reklama
Akfa universitetiga qonunbuzilish holatini bartaraf etish uchun koʻrsatma berildi
Raqobat qo‘mitasiga AKFA universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yo‘nalishida bir yil o‘qigan va keyingi yildan ushbu yo‘nalishda o‘qish to‘xtatib qo‘yilganligi, to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi to‘g‘risida 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2022-yil 10-yanvarda turli OAVda AKFA universitetiga 2022/2023-o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilgan hamda reklamalarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish, shuningdek, “Tijorat huquqi” ta’lim yo‘nalishi uchun ham davom etayotganligi bayon qilingan.
Universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan lisenziyada ruxsat etilgan ta’lim yo‘nalishlarida “Tijorat huquqi” mavjud emasligiga qaramasdan, mazkur yo‘nalishda o‘qitish uchun 2022/2023-o‘quv yilida talabalar o‘qishga qabul qilingan va 4 yillik (8 ta semestr) o‘qish uchun ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan.
Talabalar 12,5 mln so‘mdan 25,0 mln so‘mgacha kontrakt to‘lovini to‘lagan (Qo‘mitaga kelib tushgan 7 ta murojaatlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmagan jami mablag‘ miqdori 167.500.000,0 so‘m).
O‘qish ma’lum bir muddat davom etgan. 2023-yil avgust oyida talabalarga “Tijorat huquqi” yo‘nalishida o‘qitish uchun litsenziya berilmaganligi sababli keyingi 2023/2024-o‘quv yilini vaqtinchalik gibrid shaklida davom ettirish yoki Xalqaro biznes ta’lim yo‘nalishida o‘qish taklif qilingan. Aksariyat talabalar bu taklifni rad etgan va ayrimlari boshqa ta’lim yo‘nalishida o‘qishga rozi bo‘lgan.
Biroq, Universitet tomonidan bugungi kunga qadar ko‘rsatilmagan xizmat uchun olingan kontrakt pullari fuqarolarga qaytarib berilmagan.
Mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi (xizmatning xavfsiz bo‘lishi, ijrochining g‘ayriqonuniy harakati tufayli yetkazilgan moddiy ziyoni to‘liq hajmda qoplanishi), 7-moddasi (noto‘g‘ri reklama oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplab berilmaslik), 12-moddasi (xizmatni amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda bajarilgan bo‘lishi), 19-moddasi (shartnoma shartlarini bajarmaslik), 21-moddasi (shartnomaga iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlarni kiritish, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olish) talablari buzilganligi yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.10.2005-yildagi 225-sonli (10.07.2024 y. 405-sonli) qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan “CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ish maxsus komissiya tomonidan arizachilar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
“CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 7, 12, 19 va 21-moddalari talablari buzilgan deb topilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, ko‘rsatilmagan xizmat uchun 7 nafar talaba fuqarolarga jami 167.500.000 so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish, shuningdek boshqa fuqarolarning murojaati asosida ular bilan tegishli qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
@masofatalim