masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

63738

Masofatalim™ — brend. Ta’limga oid xabarlar, yangiliklar. Shuningdek, kuzatuvlar va fikrlar Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Tadbir o‘tkazish uchun respublikaning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalariga o‘sha hududda joylashgan bog‘ va xiyobonlar biriktirib berilgan ekan. Achinarlisi va kulgulisi shuki, nodavlat OTMlar ham bog‘ va xiyobonlarga biriktirilgan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qachondir mashhur 7 ta matematik muammo – “mingyillik muammolari” oʻz yechimini topsa topadiki, ammo Oʻzbekistonda oliy ta’lim muassasalari kambagʻallikni qisqartirish uchun uyma-uy yurgani haqidagi masalaning mantigʻi va javobi hech qachon topilmasa kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bir xillashtirish avjiga chiqmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari talabalarga bosim qilgani aytilmoqda.

/channel/kunuzofficial/151298

Читать полностью…

Masofatalim™

Aytilishi – koʻngilli, bajarilishi – majburiy

Toshkent shahridagi ayrim oliy ta’lim muassasalari (rasmdagi holat Toshkent davlat stomatologiya instituti) tyutorlari talabalarni “Humo arena”dagi futzal chempionatiga majburlab olib borayotgani, kelmagan talabalar ustidan esa raport yozish bilan tahdid qilayotgani aytilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ta’limda birinchi o‘rinda ta’lim berish bilan shug‘ullanilmas ekan, hali veri odam bo‘lmaymiz. Talabalarni majburlab olib borib, OTMlarga haykallarni bo‘lib berib, uni ostida qanaqadir tadbirlar o‘tkazish – absurd ish. Buni oliy ta’limni tepasida o‘tirgan yuksak aql egalari tushunishi kerak.

Tadbir, tadbir, tadbir? Nima beryapti shu tadbir? Nimaga 214 ming biturvchidan 126 ming nafari ishsiz? Kim javob beradi bunga? Talabalarni tadbirma tadbir sudrab yuravermasdan, shuning o‘rniga kuchliroq ta’lim berib, yetuk kadr qilish haqida bosh qotirish uchun nima yetmayapti?

Brend qilamiz deb, hamma talabani bir xillashtiringlar, OTM logosi yopishtirilgan forma tiktirish va uni kiydirish bilan shug‘ullaninglar, keyin haykallarni tagida tadbirlar qilinglar. Nimaga bitiruvchi talabalar ishsiz deb so‘rasa, uyalmasdan bugungidek boshlaringni qumga tiqib olaveringlar.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Aytishlaricha, Adiblar xiyobonidagi haykallar oliy ta’lim muassasalariga bo‘lib berilgan ekan. Izohlarda yozishlaricha, hamma OTMning o‘z haykali bor ekan :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan bog‘cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlanibdi.

Bunda pedagoglarning qanday tashqi ko‘rinishda bo‘lishi, xususan, turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi belgilangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Vaynerlarimiz yangi darajaga chiqdi. Kitoblarni tanqid qilib, o‘sha kitoblar Milliy kutubxonadan olib tashlanganiga xursand bo‘lishmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonga qarshi dona surishdan bosh tortdi

Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi davom etmoqda. Bugun, 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 8-turda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi AQSH terma jamoasiga qarshi dona suradi.

AQSH sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Afruza Xamdamovaga qarshi bahs olib borishi kerak bo‘lgan. Biroq Gulruhbegim hamyurtlariga qarshi o‘ynashdan bosh tortgan. Uning o‘rinini Yip Karissa egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Tohirjonova 2020-yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. Gulruhbegim Tohirjonova AQSHga ketishiga Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasidagi adolasizliklarni sabab qilib ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston tarixida ikkinchi bo‘lib xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda shaxmat bo‘yicha Amerika chempionatida ikkinchi o‘rinni olgan. Shundan so‘ng, AQSH terma jamoasi tarkibiga jalb qilina boshlagan.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

🟡 Nega hali ham hujjat topshirmadingiz?

🎓 Ta'lim sifati chet elnikidan qolishmaydigan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Hoziroq ariza topshiring va muvaffaqiyatli talaba bo'ling


🌐 Onlayn ariza topshirish

Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
Mo‘ljal: Navoiy Avtoshox bekat
📍Lokatsiya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

Читать полностью…

Masofatalim™

“Ayrim boylarning bolasi El-yurt umidi jamgʻarmasi hisobidan chet elga oʻqishga ketmoqda” – Bahodir Gʻaniyev

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Urganch davlat universitetining 29,7 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirig‘iga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi yuzasidan o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” ob’yektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan.

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga ma’lumotlar yuborildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Raqobat qoʻmitasi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bankomatdan pul yechayotganda svet o‘chib qoldi. Rejali o‘chirish. Pul ham, plastik karta ham bankomat ichida qoldi. Svet bir soatdan keyin yonarkan, keyin bankdan kelib, bankomatning ichini ochib, olib berisharkan. Yangi O‘zbekistonning viloyatlaridan biridagi holat, hali qish kelmadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Lola, Joʻrayevlar, iWash, Mirzo, endi Inbazar. Zerikmaymiz, tomosha qilamiz va chalgʻiymiz😁

#tushungantushundi

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shamsiddin, rahmat!

45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oʻzbekistonlik yigitlar ham, qizlar ham ajoyib oʻyinlar namoyish qila olishdi. Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 3-oʻrin bilan bronza medaliga ega chiqishdi, qizlar esa tarixda ilk marta 12-oʻrinni zabt etishdi.

Oxirgi bir nechta turni kuzatib, Shamsiddin Vohidovga alohida rahmat aytish kerak, nazarimizda. Oʻzidan reytingi ancha baland hindi qora donalarda rosa qiynadi. Fransiya va Xitoy bilan oʻyinda esa raqiblariga imkon bermadi – yutdi. Albatta, avvalo, barcha yigit-qizlarga rahmat, Shamsiddinga esa kanalimiz nomidan alohida rahmat!

U - qahramon!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

O‘zbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasalari soni bittaga ko‘paydi. Hukumat qarori bilan tashkil etilgan Sarbon universiteti o‘z faoliyatini boshlabdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Yugurdakning yugurdagini yugurdagi bo‘lardi...

Biz universitetda o‘qib yurgan davrimizda OTMlarda tyutor degan shtat yo‘q edi. Tadbirlarga talabalarni olib borish kerak bo‘lsa, bu ishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining zimmasida edi.

Bu “zamdekan”larning esa qo‘pol qilib aytganda, yugurdaklari bo‘lardi. Yugurdaklarning esa talabalar orasida o‘z yugurdaklari bo‘lardi. Hammasi bir-birini ishga solardi. Bular salla desa, kallani olib kelardi, chunki ochko ishlashi kerak-da, ochko ishlamasa kelasi yili shu yugurdaklarning yotoqxonadan joy olishi savol ostida qolardi.

Bugun ko‘ryapmizki, aftidan, bu ishlarni ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar qilmoqda. Balki ularning faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi kerakdir? Umuman, talabaga erkin shaxs sifatida muomala qilish, uni qanaqadir tadbirlarga majburlab olib borish xato ekanini qat’iy uqtirish kerakdir?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Deputatlikka nomzodlar tasdiqlandi

Partiyalar tomonidan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar orasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham bor.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan:


⁃ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra Shovkatovna;

⁃ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan:

⁃ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Kirgizbayev Abdugappor Karimjonovich;

⁃ Urganch davlat pedagogika instituti rektori Madraximova Feruza Ruzimbayevna.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan:

⁃ Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan:

⁃ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toʻraqoʻrgʻon tumanida oʻqituvchilarga shagʻal tashitib, “styajka” quydirgan maktab direktori ogohlantirish bilan qutilib qolibdi. Mas’ullar hayfsan berishga ham kuchi yetmabdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim muassasalari Adiblar xiyobonida tadbirlar o‘tkazadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan (121-son) Adiblar xiyoboniga 24 ta oliy ta’lim muassasasi biriktirilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan maskanga aylantirish belgilangan.

Ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan birga nega bu xiyobonga serqatnov bo‘lib, tinmay tadbir o‘tkazyapti, deb tursak, gap buyoqda ekan-da :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bankomatni buzib, o‘g‘rilik qilgan talabalar 4 yilga qamaldi

Ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan shaxs Mirzaobod tumani hududida joylashgan bankomatlarni buzib, ichida mavjud bo‘lgan 177 mln so‘m pul mablag‘larini o‘g‘irlayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud hukmi bilan ushbu jinoyatni sodir etgan ikki nafar talaba 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Diqqat ❗️

21-sentabr kuni soat 17:00 da @marifatziyo telegram kanalida “Gazeta uchun maqola yozish tartib va talablari” mavzusida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov javob beradilar.

📌 Shu vaqtda qadar gazetaga yuborgan maqolalaringiz qaytarilgan bo‘lsa yoki talablarini bilmaganingiz uchun maqola jo‘natishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz, albatta master-klass shaklidagi ovozli chatimizda ishtirok eting.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

Masofatalim™

Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 24-maktab oʻqituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda.

Oʻqituvchilar (erkagu-ayol) kamaz-kamaz shagʻal tashib, “styajka” quyishmoqda ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️⚡️ 1 yil yo‘qotmang !
DTM Imtixonlaridan Yiqildim,O'qishga kirolmadim deb siqilmang buni yechimi oson👇
@Grandtalim_rus  murojat qiling
hech qanday IMTIXONLARSIZ
1so
atda Talaba Bo'ling!

🔁 Xorijdan oʻqishni koʻchirish "perevod"lar uchun  2-3- kursdan ham Perevod qilish mumkin.


📚Ta'lim yo'nalishlari:
• Yurisprudensiya
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Pediatriya
• Farmaseftika

• Iqtisod
• Bank ishi
• Pedagogika
• Tarix
Biologiya
• Psixologiya

• Matematika
• Jismoniy Tarbiya
• Boshlangʻich ta'lim
Maktabgacha taʼlim
• Kadastr

• Arxitektura
• Konchilik ishi
• Neft gaz
• Yo'l xarakatini tashkil qilish (Avtodarojni)
• Temir Yo'l

• Metallurgiya muxandisligi va 30 dan ortiq yo'nalishlar mavjud.

☎️ Batafsil ma’lumot uchun tel:+998939921511 | @Yevropada_Grand
+998887040019 | @Grandstudy_uz

Telegram kanal👉 @Grantstudy_ru

Читать полностью…

Masofatalim™

Xor boʻlsinlar, buyuk xalqim xor qilganlar…

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Talabalarni oʻzi hayot azoblari siqqani yetmagandek endi metroda ham siqilishyapti :)

Transport vaziri Ilhom Mahkamov va “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig’i Raxmonbek Usmanov haqiga “duo” qilib qo‘yarsizlar.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

12-sentabr kuni homilador talaba-ayol o‘qishda ahvoli yomonlashadi, tug‘ruq yaqinlashgani uchun kuchli og‘riq boshlanadi. Kursdoshlari esa darhol tez yordamga qong‘iroq qilishadi.

Tez yordam mashinasida 2-sonli tug‘uruq kompleksiga borgan homilador bemorni hatto eshikdan kiritmaydilar, dardi-holini so‘ramaydilar. Javob bergan xodim “propiska qayerda?” deb so‘ragan.

Ular propiska Bekobodda ekanini aytishganda Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasiga yuborishadi. Yangi “TashMI”da ham xuddi shu holat takrorlanadi – propiskasi Toshkent shahrida bo‘lmagan, to‘lg‘oq tutgan , tez yordam mashinasida borgan homilador ayolni bu yerda ham qabul qilishmaydi.

Shundan so‘ng bemor singlisi bilan taksida Bekobodga boradi va shu yerdagi shifoxonada farzandli bo‘ladi. Hayriyatki, hozir ona va bolaning ahvoli yaxshi.

Propiskasi Toshkent shahrida bo‘lmagani bois garchi tez yordam mashinasida borgan bo‘lsa ham homilador ayolni qabul qilmagan tizimni va uning tepasida o‘tirgan vallomatlarni nima deb atash mumkin?

https://youtu.be/o6sJzgr_xG0?si=ZvrQng13bg8PsfSK

Читать полностью…

Masofatalim™

Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols migratsiya bo‘yicha imzolangan shartnoma bilan buyuk iste’dod egalarining mamlakatga kirib kelishiga imkon yaratilayotganini ma’lum qildi.

Dunyoning turli nuqtalarida, xususan, Germaniyada ham bugungacha ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ta’lim olib, mehnat qilishmoqda.

Ana shunday tirishqoq, doimiy izlanuvchan yigit-qizlar haqida avvalroq Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Global ko‘prik” nomli ilmiy-ommabop hujjatli film suratga olingandi.

Loyihaning ilk soni Germaniyadagi o‘zbekistonlik yoshlarga bag‘ishlangan bo‘lib, filmni 17-sentabr kuni soat 15:25da “Mening yurtim” telekanalida, soat 15:50da “Biz TV”da, soat 23:55da esa “Renessans TV”da tomosha qilish mumkin.

Читать полностью…

Masofatalim™

Forma masalasida har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining ichki tartib-qoidalarida belgilangan tartibda ish ko‘raversin. Albatta, bu ichki-tartib qoidalar Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Zid kelib qolgan taqdirda, Konstitutsiyaga yoki ichki-tartib qoidalardan yuqori turuvchi qonunlarga qaraladi.

Biroq bu ishlar hamma talabani bir xillashtirish, barchaga bir xil kostyum-shim kiydirish, qanaqadir logolar tushirishni talab qilish, majburlash, bosim o‘tkazish orqali amalga oshirilmasligi kerak. Hammasini chiroyli targ‘ibot bilan qilsa bo‘ladi. Muloqot, tushuntirish va targ‘ibot – eng yaxshi vosita.

Maqsad oliy ta’lim muassasalarining brendini yaratish bo‘lsa, bu bir xil rangdagi kostyum-shim bilan amalga oshib qolmaydi, buni shaxsiy brendga bir tiyinlik foydasi ham yo‘q. Dunyo tajribasida oliy ta’lim muassasalari, eng avvalo, sifatli ta’lim bilan o‘z brendini yaratgan. Logosi tushirilgan kostyum-shim bilan emas.

Talabalar ham odam. “Zamonaviy, chiroyli kiyimda madaniyatli odamlarga o‘xshab darsga kelinglar, ertaga oliy ma’lumotli bo‘lib, katta-katta joylarda ishlaysizlar, kiyinish madaniyatini hozirdan shakllantiringlar, bu faqat va faqat sizlarning foydangiz uchun”, degan yaxshi gaplar bilan tushuntirilsa, ular ham tushunadi))

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel