Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Islom akademiyasi rektori o‘zgardi
Kamilov Muzaffar Murotovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgan edi.
Gʻafurov Uyg‘un To‘lqinovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.
@masofatalim
O‘quvchilari fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgani ortidan 3 yil ichida qariyb 1 mlrd so‘m pul mukofoti olgan yosh o‘qituvchi — Mohira Boltayevadan intervyu olishibdi.
Majburiy mehnat, “surish”, oddiy va maxsus maktablar farqlari kabi mavzularda mazmunli suhbat chiqibdi. Tomosha qilishni tavsiya etamiz: https://www.youtube.com/watch?v=5hiEeHEg8_s
Prorektor viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Buxoro davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelgan Artikova Hafiza Tuymurodovna Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
@masofatalim
Yana bir savol: hududlarda o‘rganish olib borilib, odamlar bilan rasmlarga tushilyapti ekan. Buni OTMlar ham, oliy ta’lim vazirligi ham kanalida e’lon qilyapti. Asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami ko‘rsatilyapti. Odamlarning rasmini ommaga e’lon qilish uchun ularning roziligi olinganmi? Ularning yuzini ochiq oydin hammaga ko‘rsatishlariga asoslari bormi?
@masofatalim
Nahotki Nukusda havo hozir shunchalik issiq bo‘lsa-a?
Yoki vazirlik xo‘jako‘rsinga eski rasmlar bilan xabar chop etdimi? 🤷🏻♂️
@masofatalim
SMM orqali qanchagacha daromad topish mumkin? – Platina Podcast
Qiziqarli va mazmunli podkast bo‘libdi. SMMga qiziquvchi yoshlarga ko‘rishni tavsiya qilamiz: https://youtu.be/uempWhdx4PA
“Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov:
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”.
@masofatalim
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tadigan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotga barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlar taklif etilmoqda.
@masofatalim
Nima emish, ta’lim tizimiga juda katta mablag‘ ajratilishiga qaramay, undan samarali foydalanishmayotgan ekan. Bu odam statistikalarni kuzatib borarmikan o‘zi? Eng kam oylikni o‘qituvchi bilan shifokor olyapti, rasmiy statisika buni har gal ko‘rsatib turibdi (1, 2, 3).
Xo‘sh, ta’limga katta pul ajratilyapti ekan, nimaga unda eng past oylik ta’limda bo‘lib qolmoqda? O‘zi o‘qituvchi kam oylik olsa, uni yana kamaytirishni taklif qilish uchun IQ minus nechi bo‘lishi kerak, masalan?
Budjet defitsitini kamaytirish maqsad bo‘lsa, ijtimoiy soha — o‘qituvchi va shifokorlarning oyligiga yopishmasdan, boshqa sohalarni qarab ko‘rish kerak. O‘zi eng kam oylik oladigan qatlam shu ikki toifa bo‘lib qolmoqda. Aslida bular eng ko‘p oylik olishi kerak-ku.
@masofatalim
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi eng zo‘r nuqtasiga yetdi: taniqli tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida yana bir ajoyib ochiq muloqot yoshlar tadbirkorligi yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtadi. Unda bir qancha taniqli tadbirkorlar ishtirok etishadi va yoshlar bilan muloqot qilishadi.
Har doim ham bepulga bunaqa imkoniyat bo‘lavermaydi. Birorta ham biznesi yo‘q odamlarning qanaqadir treninglariga falon pul sarflagandan ko‘ra, “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi taqdim etayotan mana bu imkoniyatdan — sohaning eng oldi insonlari bilan muloqot qilishdan foydalanib qolish kerak! Bu tadbirkorlarning tajribalari, maslahatlari va tavsiyalari har bir yoshga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz!
Ro‘yxatdan o‘ting va taniqli biznes egalari bilan muloqot qiling: @poytaxtuzbot
❗️“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida onlayn olimpiada e’lon qilindi. G‘oliblar noutbuk, iPad va smartfon bilan taqdirlanadi!
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida bugun, 25-noyabrdan boshlab @poytaxtuzbot Telegram botida onlayn olimpiadaga start berildi.
Olimpiada 3 ta turdan iborat boʻlib, unda poytaxtning tarixi, boy madaniy-merosi hamda bir-biridan qiziqarli mantiqiy testlar asosida oʻtkaziladi. Bu orqali yoshlarning Toshkent shahriga oid bilimlarini oshirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
@poytaxtuzbot’ga kiring, ro‘yxatdan o‘ting va “Onlayn olimpiada” tugmasini bosing.
Nodirbek Abdusattorov va Rustam Qosimjonov birga kelishmoqda. Yoʻldan chiqib rasmga olib qoʻyishni soʻragan yigit Rustam Qosimjonovni tanimadi, shekilli. Ammo Qosimjonov ham kamtarligini koʻrsatdi: telefonini uzatgan yigit va Abdusattorovni birga rasmga olib qoʻydi.
P.S.: Rustam Qosimjonov ham oʻz davrining “Nodirbegi” boʻlgan.
@masofatalim
Toshkent haqida yoshlarning fikri qanday?
Platina.uz sayti yoshlar orasida yurib, ularning poytaxt haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
@masofatalim
Yoshlar turizmi yoʻnalishida ochiq muloqot boshlandi – jonli efir
Ayni vaqtda “Zakovat arena” binosida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoshlar turizmi yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va mutaxassislar o‘rtasidagi ochiq muloqot boshlandi.
Jonli efir: https://youtube.com/live/b9zNQi0wN0k?feature=share
Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi ochiq muloqotlarning barchasi to‘liq holda poytaxtuz/videos">YouTube tarmog‘iga joylanibdi.
Mavzularning dolzarb va xilma-xilligini e’tirof etish kerak. Zamonaviy kasblar, fan va ta’lim, axborot texnologiyalari, milliy media, yoshlar turizmi, ekologiya, sport, adabiyot va tadbirkorlik — hammasi muhim yo‘nalishlar.
Ushbu oylik doirasida tashkilotchilar eng qiziqarli va kerakli yo‘nalishlarni qamrab olib, yoshlar va mutaxassislar uchun o‘ziga xos maydon yarata olishdi, samimiy ochiq muloqotlar tashkil etildi, deyish mumkin. E’tiborlisi, barcha muloqotlar to‘liq YouTube’da jonli efir qilindi. Endi videolarning yanada sifatli ko‘rinishini e’lon qilishibdi.
Videolarni tomosha qilib, o‘z sohasining tajribali vakillarining maslahat va tavsiyalari, fikrlari hamda yoshlarning savollariga bergan javoblarini ko‘rish mumkin.
@masofatalim
Haligi klounning ilgari surgan taklifini amalga oshirish boshlandi, shekilli.
@masofatalim
Jahongir Ortiqxoʻjayev:
“Imkoniyatidan qat’iy nazar bugunidan rozi bo‘lgan kishining hayoti zoye ketmaydi. Odam vaqtini nolishga sarflasa, ana o‘sha asl yo‘qotish bo‘ladi. Vaqtni ko‘proq harakatga, mehnatga sarflash kerak”.
Manba
@masofatalim
Izohlarda yozishibdi: “Amaliyotchi talabalardan ham o‘tib ketdi-ku bular. Bitta rasmni nechta hisobotga aylantirarkan?”. Yaxshi savol.
Lekin rasmlarni zo‘r tanlashibdi. Yozda olingan rasmlarni qishda e’lon qilinayotgan postda ko‘rsatilishi yuksak farosatdan dalolat, azizlar.
@masofatalim
Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va yana bir nechta tashkilotni bemalol yopib yuborsak ham bo‘ladi. Sababi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari mahallalarda o‘rganish ishlarini olib boryapti. Shaxsan professor o‘qituvchilarimiz odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni tinglab, aholi bilan muloqot qilib yuribdi. Garchi bu ularning funksional vazifasi bo‘lmasa ham. Majburiy mehnatga kirmasmikan, degan savol tug‘iladi. Ammo topshiriq “tepa”dan degan universal javob bilan vaziyatdan bemalol chiqib ketiladi.
Ana endiyam yurtimiz yanada rivojlanib ketadi, ko‘ngilni to‘q qilinglar ☺️
@masofatalim
Poytaxtda iste’dodli bolajonlar uchun tanlov e’lon qilindi
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtning iste’dodli bolalari uchun “Orzu” bolalar ijodiyoti tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda 6–8, 9–11 va 12–14 yosh toifasidagi o‘quvchi-bolalar quyidagi 6 yo‘nalishning birida yakka yoki jamoaviy tarzda qatnashishi mumkin:
⁃ klassika;
⁃ vokal;
⁃ cholg‘u;
⁃ raqs;
⁃ tasviriy va amaliy san’at;
⁃ adabiyot.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar 5-dekabrga qadar Telegramdagi @orzu_fest_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 98 369 44 54
Tanlov nizomi va batafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
@masofatalim
“Jamiyat, oila, mahalla, avlodni oldida yorug‘ yuz bilan o‘zlaringni tutishinglar bugunga bog‘liq” — Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga motivatsiya berib, ularni ilhomlantirdi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni “Zakovat arena” binosida bo‘lib o‘tgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda taniqli tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etib, yoshlarga o‘zining maslahat va tavsiyalarini berdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Nutqi davomida Ortiqxo‘jayev yoshlarga yuzlanib, ularga motivatsiya berdi.
“Sizlar bugun hayolan boshqalardan ortda qolmay deb ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga farzandlaringiz sizdan talab qila boshlaydi. Shuning uchun, oldingizda sizlardan talab etiladigan juda katta mas’uliyat turibdi. Yo bugun o‘qib, o‘z ustingizda ishlab, rivojlantirasizlar, yoki sizlar bugun ota-onangizdan talab qilayotgan narsalarni ertaga sizlar farzandlaringizga yetkazib bera olmaysizlar”.
@masofatalim
Migrantlarga yopishdi, soliq solish kerak, dedi. Endi o‘qituvchilarning oyligini kamtirish kerak, deb bularga yopishyapti. Bu odamning boshqalarga kuchi yetmaydi. Masalan, o‘g‘ri oligarxlar (Otabek Bakirov tilida aytganda) haqida gapirishga tili ojizlik qiladi, qo‘rqadi.
@masofatalim
Bolalarga yaxshi ta’lim bermaganlarga kam maosh berishni emas, yaxshi ta’lim berganlarga ko‘proq berishning chorasini ko‘rish kerak. Shunda yaxshi ta’lim bermaydiganlarga ham bu yaxshi turtki bo‘ladi.
Populist Alisher Qodirov bundan bir necha yillar avval oyliklar kamligi uchun zo‘r-zo‘r o‘qituvchilar maktabdagi ishidan bo‘shab, repetitorlikka yoki o‘quv markazlarga o‘tib ketganidan bexabar, shekilli.
@masofatalim
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshini oshirish haqidagi savolni “judayam murakkab savol” deb atadi
Deputat Qizilgul Qosimova ta’lim va tibbiyotdagi oyliklarning pastligi bu sohalardagi xizmat sifatiga salbiy ta’sir qilishidan xavotir bildirdi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov malakali o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimi yaratilgani, shunday tizim tibbiyotda ham joriy etilishi, lekin hukumatda hali aniq yechimlar yo‘qligini aytdi. “Asosiy masala – kimga va nima uchun yuqori oylik to‘lash”, dedi u.
P.S.: 5 minutga yaqin gapirib, hech nima demaslikni o‘rganish uchun yaxshi master klass video bo‘libdi😂
@masofatalim
Rektor emas, lider
https://youtu.be/eO0XrcwfXfk?si=7QUMbWgI654SnniL
“Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi “Stand Up yoshlar” kechasiga taklif etmoqda
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi yoshlarga o‘zgacha adrenalin va yuqori kayfiyat ulashadi! 25-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida yoshlarning Stand-Up loyihalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘ziga xos unutilmas kun bo‘ladi.
Mirshakar Fayzulloyev, Islom Karimov, Shoxrux Nuriddinov, Otabek Xudoyberdiyev, Javohir Jamilov, Muhammadxo‘ja Fazliddinxo‘jayev, Ochilbek Xamidov, Jasur Dostonov kabi ijodkorlar hamda xonanda Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokida yoshlar uchun ajoyib dastur — “Stand Up yoshlar” kechasi bo‘lib o‘tadi.
❗️Ro‘yxatdan o‘tib, unutilmas kun ishtirokchisiga aylaning: @poytaxtuzbot
Kamyob hodisa. Liftdan talabalarning foydalanishini taqiqlash faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida emas, xususiy OTMlarda ham uchrab turarkan. Qaysi OTMligini bilish uchun logoga qaralsin.
P.S.: Talabaning OTM liftidan foydalanishini man etishni oqlashga har xil gaplarni aytish befoyda. Talaba kontraktini to‘layapti. Sifatli ta’lim olishga, yaxshi sharoitda o‘qishga haqqi bor.
@masofatalim
2024-yilda eng faol ishlagan oliy ta’lim muassasasi rektori qaysi?
Uzbekistanofficial.uz sayti “2024 yilda eng yaxshi ishlagan OTM rektori qaysi?” nomli so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Ovoz berish uchun:
1-qism: /channel/uzbekistanofficial/89303
2-qism: /channel/uzbekistanofficial/89304
3-qism: /channel/uzbekistanofficial/89305
4-qism: /channel/uzbekistanofficial/89306
5-qism: /channel/uzbekistanofficial/89307
6-qism: /channel/uzbekistanofficial/89308
7-qism: /channel/uzbekistanofficial/89309
8-qism: /channel/uzbekistanofficial/89310
So‘rovnoma 5-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.
Yakuniy bosqich so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan 1 nafar OTM rektoriga sertifikat, maxsus statuetka va qimmatbaho sovg‘a topshiriladi.
Sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bundan ikki yilcha oldin aytgandi: “[Talabaga] ertaga haydalib ketasan, kursingdan qolib ketasan, degan tahdid bilan yuribmiz haliyam”.
Bugun qiziq murojaat kelibdi. Universitetidagi muammolar haqida fakulteti guruhida yozgan keyin lift rasmi tarqab ketishiga sabab bo‘lgan talabaga kursdan qoldirish va “diplom ololmasdan o‘tishi” bilan tahdid qilishganmish. Shunaqa deb yozishdi, har holda.
Shuni o‘qib turib sobiq vazirning gaplari esga tushib ketdi. Abduqodir Toshqulov to‘g‘ri gapni aytib ketgandi. Talabaga ko‘p yonbosardi. Hozirgilarda bunaqa jihat ko‘rinmadi, balki ko‘rmayotgandirmiz.
Xullas, eski gaplar, eski muammolar, eskicha tahdidlar.
@masofatalim