masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

SMMga qizlarni bepul o‘qitishning 2-mavsumi boshlanmoqda!

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan “Toshkent yoshlarni sevadi” an’anaviy loyihasi doirasida SMM yo‘nalishiga 1000 nafar qiz bepul o‘qitilishi e’lon qilingandi.

Shundan so‘ng, loyihaning birinchi mavsumida 500 nafar qiz SMMga bepul o‘qitilib, sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda loyihaning ikkinchi mavsumida keyingi 500 nafar qiz uchun o‘qish imkoniyati ochilmoqda. Buning uchun 5-fevralga qadar @smaktabbot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida SMM maktabda o‘qish uchun Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha bo‘lgan, vaqtincha ishsiz qizlar tanlab olinadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shu kunlarga ham keldik. OTMlar endi mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bog‘larda tadbirlar o‘tkazish (ayniqsa, “Adiblar xiyoboni”da) tashqari, endi xorijiy investitsiya kiritish bilan ham shug‘ullanadi, shekilli.

O‘sha, har doimgi eski gap: ta’limda ta’lim berishdan tashqari hamma narsa qilinyapti :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sobiq deputat talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga harakat qilib ko‘radi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari o‘zgarishi kutilayotgani xabar berilgandi. O‘sha o‘zgarish amalga oshibdi.

Akramov Abdumalik Abdumutalovich markaz direktori etib tayinlangan. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2020-2024-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lib ishlagan.

P.S.: Ha, azizlar, shunaqa markaz bor. Keyin shunday deputatimiz ham bo‘lgan ekan oldin😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Abduqodir Husanovni 2022-yili “Bunyodkor” o‘rinbosarlar jamoasiga “talabga javob bermaydi” deb qabul qilishmagan ekan. 2025-yilga kelib esa uning “Manchestr City” klubiga o‘tishi aniq bo‘lib bormoqda.

Ha, azizlar, futbol rivojlangan davlatlarda futbol klublari iste’dodlarni o‘z safiga olib, ulardan yulduz yaratsa, biznikilar esa o‘z safiga olmay yulduz tarbiyalaydi😁

Darvoqe, agar Husanov “City”ga o‘tib ketsa, “Bunyodkor” ham quruq qolmas ekan. Transfer haqiqatan ham 40 mln yevroga amalga oshsa, uni tarbiyalagan Toshkentning “Bunyodkor” klubi 1 mln yevro atrofida pul olishi mumkin ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Cambridge o‘quv markazida tahsil olgan o‘quvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant yutdi

U olgan bilimlari natijasida Harvard University'ga 360 ming dollarlik grant yuta oldi. Cambridge o’quv markazi o’quvchilari nafaqat yuqori IELTS natijalar, balki nufuzli universitetlar talabasi bo’lib ham barchani xursand qilmoqda.

2025-yil davomida ingliz tilini sifatli o’rganib, yuqori natijalarni amalga oshirishni istaysizmi? Kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Murojaat uchun telefon: 78 777 77 74

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

❗️Ogohlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Birinchi rasmda: Jek Dorsi. Uning boyligi 6 milliard dollarga yaqin, Twitter asoschisi.

Ikkinchi rasmda: o’zbek “zapuskchisi”, u kurs sotadi.

Xulosa shuki, Jek Dorsi ham “zapuskchi” bo’lib, kurs sotishi kerak😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Platina podkastning bu galgi sonida hozirgi kunda bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalayotgan giyohvandlik balosi haqida yaxshi suhbat bo‘libdi:

https://www.youtube.com/watch?v=UcVrM0uxU0M

Читать полностью…

Masofatalim™

Jahongir Ortiqxoʻjayev metroda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim kengashining qarorlari majburiy kuchga ega emas – Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzidan Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi yasab olib, protokol chiqargan Respublika oliy ta’lim kengashining bayoni yuzasidan munosabat bildirdi.

“Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

P.S.: Mana bu postda oʻrtaga tashlangan savolga ham qachondir javob topilib qolar :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

3 million soʻmlik Data Science va Sun'iy intellekt kursida bepul oʻqish yoki shu miqdorda pul mukofoti yutishga tayyormisiz!

Pivot.uz nashri “Maqsad” tanlovi e'lon qilgan edi va tanlovning birinchi bosqichi bugun soat 16:00 da boshlanadi!

Tanlov @pivot_tanlov_bot botida boʻlib oʻtadi. Shartlar, tanlov bosqichlari bilan bot orqali tanishishingiz mumkin.

Birinchi bosqich testi 27 dekabr ya'ni bugun 16:00 dan 28 dekabr 16:00 gacha oʻtkaziladi.

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook

Читать полностью…

Masofatalim™

Darvoqe, shu bayonning yana bir kulguli jihati bor. Tushuntirish uchun: Toshkent davlat transport universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Uning rektori esa bir paytning o‘zida Respublika oliy ta’lim kengashi raisi va PA departament rahbari lavozimida ham ishlaydi. Ya’ni bir odamda uch lavozim. Hammasi bir-biriga bog‘liq. Endi u shu ikki lavozimidan foydalanib, istasa vazirga, istasa uning o‘rinbosarlariga topshiriq bera oladi.

Masalan, oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonovga Odil Abdurahmonov PA departament rahbari yoki oliy ta’lim kengashi raisi sifatida topshiriq berdi, deylik. Endi Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari sifatida rektorlarga topshiriq berganda, u kecha o‘zi topshiriq olgan uch lavozimli rektorga topshiriq bera oladimi shunda? Ijrosini talab qilishda-chi? Buni misol qilganimiz sababi, shu holat ana shu protokolda aks etganda.

Umuman, bu yerda ma’no nima o‘zi? Balki oq qora bo‘lib, qora oq bo‘lsa-chi? 🤔

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bir davlat oliy ta’lim muassasasi rektori butun boshli xususiy OTMlarni 4 foizlik “dolya” solig‘iga o‘tkazmoqchi. Katta ehtimol bilan ular Konstitutsiyadan ham bexabar!

Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Unga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4% qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risida nodavlat OTM rahbarlari go‘yoki “taklif kiritibdi”.

Mazkur bayonga respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Prezident administratsiyasi departament rahbari, kamiga Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdurahmonov Odil Qalandarovich imzo qo‘ygan. Buni qara, Karl! 3 ta lavozim egasi, shulardan biri — davlat OTMsi rektori. Yana bitta protokol bilan xususiy OTMlardan 4 foizlik badal yig‘ish haqidagi bayonga imzo qo‘yib o‘tiribdi. Mantiqan olib qaraganda, bitta davlat OTMsi rektori butun boshli xususiy OTMlarga bitta protokol bilan soliq solyapti😂

Iqtisodchi Yuliy Yusupovning fikricha, ushbu protokol bilan “ixtiyoriy-majburiy” soliq joriy qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasiga ko‘ra, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish huquqi Oliy Majlisga tegishli. Aftidan, protokolni imzolaganlar Konstitutsiyadan ham bexabar ekani anglashiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

TASHKENT CHESS” Toshkent shahar hokimi kubogi g‘oliblari taqdirlandi!

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli shaxmat musobaqasida ishtirokchilar yosh kategoriyalari, “Chellengers” va “Masters” turnirlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Musobaqaning asosiy – “Masters” turniri bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin: Adhiban Baskaran – 100 million so‘m
2-o‘rin: Garayev Timur – 50 million so‘m
3-o‘rin: Utegaliev Azamat – 25 million so‘m

Mukofotlarni shaxsan poytaxt hokimi, O’zbekiston shaxmat federatsiyasining Toshkent shahar bo’limi raisi Shavkat Umurzakov topshirdi.

Bunday musobaqalar nafaqat shaxmat rivojiga xizmat qiladi, balki yosh avlodning aqliy salohiyatini oshirish va shaxmatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalarga kimyoviy reaksiya ko‘rsatibdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Shoirning bilgani bilgan😁

Bir qator “she’rlari” bilan tanilib ketgan mahalliy shoirimiz allaqachon o‘zining “Investitsiya kiritaylik, investitsiya” nomli durdona she’rini omma e’tiboriga havola qilgan ekan :)

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

21-noyabr kuni bot orqali qiziq murojaat kelgandi. Ushbu murojaatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tugatilayotgani, markaz rahbarining esa arizasi olingani ma’lum qilingan. Murojaat matni bilan quyidagi rasmda to‘liq tanishish mumkin.

Ushbu xabarni vazirlik tizimida ishlovchi mas’ullar qat’iy rad etib, buni yolg‘on ekanligini bildirishgan. Shu sabab o‘sha paytda mazkur murojaat chop etilmagandi.

Bugun vazirlikning rasmiy veb saytida Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan. Ya’ni chindan ham avvalgi rahbar Alisher Abdullayev ishdan olingan. Murojaatning bir qismi - “rahbarning arizasi olingan” degan joyi o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Qolgan gaplar qanchalik rost yoki yolg‘on ekani, chindan ham bular yangidan velosiped yaratyaptimi yoki yo‘qmi — bularni ham vaqt ko‘rsatsa kerak endi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2024-yilda oliy ta’lim muassasalari tomonidan turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot e’lon qilinibdi.

Umuman olganda, katta ishlar qilingan. Oʻzi turizm zoʻr soha. Unumli foydalanilsa, davlatga pul oqib kelaveradi.

Bu yoʻlda esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kamarbasta boʻlib, amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiq.

P.S.: 2025-yilda vazirlik oʻzining yoʻnalishida ham, ayniqsa, nodavlat OTMlar borasida mana shunday maqtagulik postlar qoʻyishimizga sabab boʻladi, deb umid bilan yashashda davom etamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

210 mln dollarga tushgan muvaffaqiyatsizlik va 0 dollarga tushgan dunyo brendi

“British Petroleum” (BP) o‘z logotipini yaratish uchun 210 mln AQSh dollari sarflagan ekan. Shunga qaramay, logo muvafaqqiyatsizlikka uchragan.

“Bu brend marketingda ranglar psixologiyasidan maksimal darajada foydalanishga qaror qildi. Kompaniyaning nomi atrof-muhit ifloslanishiga hissa qo‘shishini aniq ko‘rsatib turgani sababli, ular mijozlarini ekologik toza bo‘lish uchun barcha choralarni ko‘rayotganlariga ishontirishga harakat qilishdi. Shu tarzda, quyoshdan o‘sib chiqayotgan gulga o‘xshash logotip yaratildi.

Marketing xabarining asl maqsadi mijozlarni kompaniyaning ekologik toza ekanligiga ishontirish edi, biroq bu reja muvaffaqiyatsizlikka uchradi va hatto kulgiga ham sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar neftdan pul topib turib, mijozlarga ekologik tashabbuslar haqida gapirishni haqorat deb qabul qildi”, deb yozdi Pinkod.uz.

Coca-Cola’ni esa eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ba’zi ma’lumotlarda uning brendini dunyo aholisining 95 foizi biladi, degan gaplar yuradi. Coca-Cola “British Petroleum”dan farqli o‘laroq logosi uchun bir sent ham sarflamagan ekan. Shunga qaramay, uning muvaffaqiyatiga ortiqcha ta’rif shartmas. Ushbu logo kompaniya asoschisi tomonidan yaratilgan va bu uchun qo‘shimcha xarajat qilinmagan. Klassik shrift va qizil rang brendni mashhurligiga juda katta hissa qo‘shgan.

Pinkod.uz shu kabi eng qimmat va arzon logotiplar haqida qiziqarli maqola e’lon qilibdi.

Batafsil: /channel/pinkoduz/291

Читать полностью…

Masofatalim™

Byurokratiya pro max

Poytaxtdagi nufuzli davlat oliy ta’lim muassasida bir yaqinim o‘qirdi. Qarasam, taqdimotdagi matnni (talabalar tilida “prezentatsiya”) daftarga yozib o‘tiribdi. Buniyam talabalar tilida aytganda, “konspekt” qilyapti.

Holatni ko‘rib, bir kulging, bir yig‘laging keladi. Bu yerda na mantiq bor, na bilim. O‘zi tayyor narsa – “prezentatsiya”, uniyam kimdir tayyorlab chiqqan. Ehtimol, qayerdandir “copy/paste” qilingan. Shuni endi daftarga ko‘chirib, yozib chiqishda qani mantiq? Bu talabaning vaqtini behuda narsaga sarflash emasmi?

Mayli, yoshligimizda ko‘p aytishgan: daftarga yozsang, esda yaxshi qoladi... Hay, “konspekt” qildirishlariga ko‘z yumaylik, lekin tayyor taqdimotdagi narsani daftarga 1 ga 1 qilib ko‘chirish bilan nima o‘zgaradi? Yozsin, kitobda yo‘q, “prezentatsiya”da yo‘q narsalarni mustaqil topib, o‘rganib, izlanib yozsa, yozdirsa shu sal foydali-ku.

Dunyoda texnologiya, sun’iy intellekt jadal bilan rivojlanyapti, ertaga qaysidir kasb egalari ishsiz qolishi ham mumkin, tahlilchilar buning hisob-kitobini ham allaqachon qilib chiqyapti, degan uzundan uzun ajoyib satrlar bilan bu postni tugatardigu, ammo kitobdagi yoki “prezentatsiya”dagi narsani shundoq ko‘chirtirib, daftarga yozdirayotganlar bularni baribir tushunmasa kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Hamma gapirolmaydigan haqiqatlarni eshitishni istaysizmi?

Yangi kanal ochilibdi, u yerda odamlar anonim tarzda o‘z hikoyalarini yozishlari mumkin ekan. O‘zingizni ko‘rsatmasdan, o‘zingiz bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan joy. Bu yerda yuzlar yo‘q, faqat fikrlar bor. Har bir post - sof haqiqat, ochiq his-tuyg‘ular va eng kutilmagan yangiliklar.

🔒 Maxfiylik kafolatlangan
📢 Eng qiziqarli va yashirin hikoyalar
👥 Qo‘rqmasdan fikr bildirish imkoniyati

Bu yerda sizni hech kim tanimaydi, ammo siz doimo voqealar markazida bo‘lasiz. Obuna bo‘ling: @dardsuz

Читать полностью…

Masofatalim™

Kinolarda “hisob raqamingga falon mln dollar o‘tkazdim” degan narsalarga ba’zida duch kelamiz. Negadir shu narsa O‘zbekistonda uncha ommalashmagan. Hisobvaraq o‘zi nima? O‘zbekistonda ham uni ochish qanday kechadi, buning uchun nimalar qilish kerak? Shu kabi savollarga Pinkod batafsil javob tayyorlabdi.

O‘qish uchun havola: /channel/pinkoduz/282

Читать полностью…

Masofatalim™

Pinkod.uz har bir xabariga rasmlar borasida o‘zgacha yondoshyapti. To‘liq sun’iy intellektdan foydalanishyapti. Moslik, ma’no va o‘zgachalikka gap yo‘q. E’lon qilinayotgan xabarlar ham bir-biridan qiziqarli va xilma-xil.

Kuzatib borishni tavsiya etamiz: @pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

Yangi yil xayrli va barakali kelsin!

Eski yillarda erisha olmagan maqsadlaringizga yangi yilda erishish nasib qilsin.

Dunyoda har doim tinchlik boʻlsin!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2024-yilda @masofatalim kanalining qamrovi – 10,8 millionni tashkil etdi

Postlar orasida eng mashhuri sifatida “Jadidlar izidan” tanlovining e’loni rekord qo‘ygan. Ushbu post 104,5 mingdan ortiq ko‘rishlarni tashkil etib, 2 mingdan ortiq ulashilgan.

Barcha faol kuzatuvchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Читать полностью…

Masofatalim™

Unutmaslik kerak, Oliy ta’lim kengashining o‘zi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, ya’ni qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yo‘q.

Shunday ekan, oliy ta’lim vaziridan tortib, o‘rinbosarlargacha, rektorlardan tortib, xususiy OTMlarga topshiriq berib, soliq solguncha orqa-oldilariga bir qarab olishsa yaxshi bo‘lardi.

Oddiy NNT, oddiy. Boshqa narsa emas.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Rostanam, qayerdan keladi-a?

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Narxoz” haqida “soqqa bazm” degan talabani topib, uzr soʻratib, tavbasiga tayantirishibdi…

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ochiq manbalardagi reestrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari yoppasiga jurnal tashkil etishmoqda. Ularning ko‘pchiligi onlayn formatda tashkil etilgan bo‘lsa, ayrimlari an’anaviy formatni tanlagan. Buning uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan tegishli guvohnomalar olinmoqda.

Masalan, Namangan muhandislik-qurilish instituti “Ilm, tadqiqot va taraqqiyot” onlayn jurnali uchun, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti onlayn axborotnoma uchun, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Musiqa san’atida ilmiy izlanishlar” onlayn jurnali uchun, Toshkent davlat transport universiteti esa “Chorraha: ta’lim, tadqiqot, transport, taraqqiyot” an’anaviy formatdagi jurnal uchun guvohnoma olgan.

Bu qatorda ko‘plab nodavlat OTMlarning ham nomlari bor.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov jamoat transportida, ayniqsa, metroda koʻp yurishi haqida tez-tez eshitardik.

Bugun esa bunga shaxsan guvoh boʻldik. Vazir amaldor boʻlmagan har bir fuqaro singari metroda qaytayotgandi.

Metrodan chiqib ham piyoda manziliga yurib bordi. Rasmga olish sal noqulay boʻldi. Lekin tan bermay iloj yoʻq.

Shunaqa holatlarni tasodifan, shaxsan koʻrgach hurmat oshaveradi. Kamtarlik va oddiylik oʻz isbotini topaveradi.

Darvoqe, ayrim manbalarga ko‘ra, vazir ko‘pincha mustaqil harakatlanadi. Ya’ni turli tadbirlarga bormoqchi bo‘lsa, bir gala odam bilan emas, bir o‘zi ham ketaverarishi haqida ma’lumotlar bor.

P.S.: Bu postdan maqsad kimnidir maqtash yoki ulugʻlash emas. Shunchaki vazirning kamtarligini koʻp marta eshitganmiz, bugun bunga guvoh boʻlib, oʻsha gaplar qanchalik rost ekanini bildirib qoʻyishni lozim topdik.

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel