masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

“Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda

Kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobsevar yoshlarni esa kashf etib, ularni munosib taqdirlash yo'lidagi eng katta tizimli loyihalardan biri – “Yosh kitobxon” tanlovining bu yilgi mavsumi juda qizg‘in o‘tmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur tanlov haqiqiy brendga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida, kitobxon va bilimli yoshlarni Prezident sovg‘asi – elektromobil kutmoqda.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi logosi ekan.

Vazirliklarda shu logolarni tasdiqlaydigan odamlarning yo didi yo‘q, yo “bizga bo‘laveradi” qabilida ish tutadi. Yoki har ikkisi ham.

Logoni “yorishibdi”. Bir qarashda mo‘ylovli odamni eslatadi😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

YouTube’ni qarab, oxirgi yillarda ishlangan tuzukroq o‘zbek filmni topish juda mushkul bo‘lib qoldi. Seriallar masalasida esa “Piramida”ni topib olib, mazza qilib ko‘rayotgandik, buyam tugab qoldi. Shu serialni haliyam ko‘rmaganlar bo‘lsa, “Biz Media” platformasida turibdi, erinmay ko‘radigan, hayotiy serial.

Kino borasida bugun yaxshi yangilik chiqib qoldi. “Pinkod” nomli yangi kriminal detektiv film suratga olishibdi. Premiyerasi 1-fevral kuni “Biz Media” platformasida bo‘lib o‘tar ekan. Tizerlarining o‘ziyoq juda qiziqtirib qo‘ydi. Ko‘rinishidan, kun-kunora hayotimizda ko‘payib borayotgan ayrim firibgar va tovlamachilar mavzusi ko‘tarilgan bo‘lsa kerak.

Nima bo‘lsa ham, qiziqtirib qo‘ydi. “Biz Media” ilovalarini telefonga yuklab olib, 1-fevral kuni albatta tomosha qivorish kerak.

Biz Media: App Store | Play Market

Читать полностью…

Masofatalim™

Yoshlar ishlari agentligi kitobxon yoshlar uchun navbatdagi qiziqarli tanlovni e’lon qilibdi.

Tanlovda qatnashish uchun shartlar juda oddiy: /channel/alisher_sadullaev Telegram kanaliga obuna boʻlish yetarli ekan.

Gʻolib boʻlgan 25 nafar obunachiga:

- 3 oylik Telegram Premium;
- 3 oylik “Mutolaa” Premium sovg‘a qilinarkan. Bu bilan “Mutolaa” ilovasining barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish mumkin boʻladi.

G’oliblar 2-fevral kuni soat 19:00 da ma’lum bo’ladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Farg‘onada bir qator OTMlar qayta tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda:

⁃ Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

⁃ Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

⁃ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2024-yil oliy ta’limdagi yirik forumlarga ketgan xarajatlar

O‘tgan yili oliy ta’limda ko‘plab forum va tadbirlar o‘tkazildi. Ular orasida eng ko‘p xarajatga tushgani O‘zbekiston-Italiya birinchi ta’lim forumi bo‘lib, 5 kunlik mazkur forumga qariyb 280 mln so'm sarflangan.

Ikkinchi o‘rinni esa O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlari konferensiyasi egallagan. 2 kunlik bu tadbirga qariyb 274 mln so'm sarflangan.

Uchinchi o‘rinda esa O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi qayd etilmoqda. 5 kunlik bu tadbirga qariyb 190 mln so‘m sarflangan.

To‘rtinchi o‘rinni O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliygohlari rektorlari ikkinchi forumi egalladi. 4 kunlik mazkur tadbirga 111 mln so‘m sarflangan.

Mazkur xarajatlarning moliyalashtirish manbasi sifatida Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘rsatilgan. Ya’ni boshqa manbalardan ham xarajat qilingan bo‘lishi mumkin.

Ro‘yxatga ko‘ra, bu kabi 40 dan ortiq tadbir o‘tkazilgan. Mazkur postda 100 mln so‘mdan ko‘p xarajat qilingan tadbirlar nomi tilga olindi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Raqobat qo‘mitasi Navoiy innovatsiyalar universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan iste’molchilarni chalg‘itish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Navoiy innovatsiyalar universiteti tomonidan o‘zining rasmiy telegram sahifasida “Eng arzon kontrakt to‘lovi” deb iste’molchilarni chalg‘ituvchi axborotdan foydalanib, insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan “Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi” 6-bandida “eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish insofsiz raqobatning belgilari hisoblanadi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Navoiy Innovatsiyalar universitetiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ba’zi o‘quv markazlarning telegram kanallarida ularning “kitobi”dagi test savollaridan 10 tasi “Milliy sertifikat” imtihonida tushgani aytilibdi.

Ehtimol, bu tasodifdir. Balki tasodiflar tasodifan bo‘lmas. Kim bilsin yana.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov dunyoning TOP-1000 talik OTMlari roʻyxatiga kiruvchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan pedagoglar bilan uchrashibdi.

Jarayonda xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish orqali ta’lim eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, universitetda ta’lim sifatini yaxshilash, yetakchi xorijiy oliygohlardagi mavjud samarali amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha takliflar yangragan.

Bundan tashqari, mas’ullarga xorijiy nufuzli OTMlarini tamomlagan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi vazifalar qo‘yilibdi.

P.S.: Bir soʻz bilan aytganda, Abduqodir Toshqulov ishning koʻzini biladi. Har doimgidek ishga vijdonan yondashadi, vazifani samarali bajarish uchun kimni ishga solishni biladi. Ragʻbatlantirishni ham esdan chiqarmaydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sizningcha, ilgʻor fikrli talabalarni eng koʻp qoʻllab quvvatlaydigan rektor kim?

Pivot.uz eng koʻp ovoz olgan rektor bilan audiochat tashkil etib, suhbatlashadi.

So'rovnomalarni o'tkazib yubormaslik uchun @pivotuzofficial telegram kanalini kuzatib boring


👉OVOZ BERING

Читать полностью…

Masofatalim™

TATUning Nurafshon filiali tugatiladi

Prezident qarori bilan tashkil etilayotgan “Cyber university” Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali bino va inshootlariga joylashtiriladi.

TATU Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yilidan so‘ng tugatilib, talabalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga ko‘chiriladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Maktablardagi “yig‘di-yig‘di”larning yaqqol isboti

Qashqadaryo viloyatida maktab direktori sinf rahbarlariga ota-onalardan maktab formasi uchun 70 ming so‘mdan pul yig‘ish kerakligini qat’iy uqtirib, buni qanday qilish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi – Prezident qarori

Mazkur universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Tavsiyaviy xarakter”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish yuzasidan shartnoma tuzish majburiy emasligini, ammo tavsiyaviy xarakterga ekanini tan olibdi.

Sog‘lom aql egasi bu borada 4% tugul bir chaqa ham bermasa kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Aytamizam, qaytamizam”: nodavlat OTMlarni 4 foiz o‘lponga o‘tkazish davom etayotgani aytilmoqda

Respublika oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov imzosi bilan chiqarilgan protokol bilan nodavlat OTMlarni 4 foizlik o‘lponga o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgandi. Bunaqa tashabbusni senat yoki hukumat emas, qanaqadir bitta NNT joriy qilishga urindi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tilga kirib, bayonot berdi: “Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas”, deyishdi.

Oradan 20 kuncha vaqt o‘tdi. Go‘yo hammasi joyida edi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, kontrakt tushumlari qoldig‘idan 4 foizlik soliq majburiyati uchun shartnomalarni oliy ta’lim muassasalariga tarqatish boshlangan. Shartnomadan ko‘rinishicha, pullar Respublika oliy ta’lim kengashining hisobiga o‘tadi.

Anglashilyaptiki, Respublika Oliy ta’lim kengashi “e’tirozlaringga ham, vazirliging bergan bayonotga ham, xullas, hamma-hammasiga – o‘sha gap, baribir nodavlat OTMlarning 4 foizdan soqqasini olaman”, deganday ish tutyapti, aftidan.

Oliy ta’limdagi ko‘p tashkilotlarga nisbatan ishlatish o‘rinli bo‘lgan savol bu yerda ham aktual: Respublika Oliy ta’lim kengashi NNT o‘zi nimaga kerak? 2019-yil yo‘q joydan bor qilingan, foydasi emas, mana shunday zarari tegadigan tuzilmani ushlab turishdan nima naf bor? Har qanday bahonalar bu tashkilotning bo‘lishini oqlamaydi. 2019-yilgacha yo‘q edi-ku.

Yopish kerak.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Amerikada uchuvchi bo‘lib ishlaydigan Javohir ismli o‘zbek yigiti rus tilini yaxshi bilmagani uchun O‘zbekistonning UzAirways kompaniyasi uni ishga qabul qilmagani haqida yozgandik.

U O‘zbekistonga qaytibdi. Aviatsiya sohasida ishni ham boshlabdi. Yaxshi yangilik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Osh oʻz tarixi davomida hali bu darajada xoʻrlanmagan boʻlsa kerak😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Biznes ombudsman tomonidan nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlarida davlat nazorati sohasidagi faoliyati reytingi e’lon qilindi.

Bu borada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faoliyati qoniqarsiz, deb topildi. Shu qatordan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham joy oldi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Islom Karimov tavalludiga 87 yil to‘ldi

30-yanvar — Mustaqil va obod O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlarni to‘liq, aniq va o‘z vaqtida joylash bo‘yicha birinchi o‘rinni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berish kerak.

O‘tgan yildagi xarajatlari, davlat xaridlari kabi juda ko‘p ma’lumotlar portalga to‘liq joylangan. Asosiysi, bir qarashda tushunarli shaklda e’lon qilingan. Boshqa tashkilotlarda hozircha bunchalik aniqlik ko‘rinmadi.

Yuqorida xarajatlar bilan bog‘liq ochiqlikka ikkita misol keltirildi. Bu faqat va faqat ijobiy holat. Yopilib, yashirib o‘tirmay (boshqalarga o‘xshab), ochiq e’lon qilishgan. Eng to‘g‘risi ham shu, aslida.

Qaysidir tashkilotlar ochiqlik borasida indeks qilsa, oliy ta’lim vazirligiga yaxshi o‘rinni bemalol bersa bo‘ladi. Albatta, hozircha shunday.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

2024-yil davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatining chet elga tashrifi bilan borgan xizmat safarlari xarajatlari qariyb 768 mln so'mni tashkil etgan.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshqalarga nisbatan ko‘proq chet elga borgan – jami 5 marta.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ikki farq

O‘zbekistonlik Abduqodir Husanov “Manchestr City”dagi ilk o‘yinida ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydi. Biroq inglizlar tinmay uni qo‘llab-quvvatlab, dalda berishayotganiga ko‘p guvoh bo‘ldik. Bundan odam ko‘p xursand bo‘ldi.

Shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev esa hindistonlik raqibi bilan qo‘l berib so‘rashmagani uchun o‘zimizning ayrim qorako‘zlar tinmay uni qoralab yotganini ham ko‘ryapmiz. Bunday ishlar esa ko‘ngilni xira qiladi.

Bu – uning qarori. Xohlasa qo‘l beradi, xohlamasa yo‘q. Keyinroq vaziyatga izoh berdi, uzr ham so‘radi.

Yutganda ko‘kka ko‘tarib, bunday holatga duch kelganda tepkilash yaxshi emas. Doim qo‘llab-quvvatlash kerak, tamom. Inglizlar xato qilsa ham biznikini qo‘llayapti, endi o‘zimiznikini o‘zimiz sindirsak uyat ham bo‘lsa kerak.

Olg‘a, Nodirbek!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

156 mln so‘m va 8 000 AQSH dollari: kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. Jizzax shahridagi “E.” o‘quv markazida o‘quvchi abituriyentlarga oliy o‘quv yurtlariga kirishi uchun kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishi evaziga o‘quv markazi xodimi Sh.X. dan firibgarlik yo‘li bilan 156 mln so‘m va 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bu yil Toshkentdagi markazlashtirilgan isitish tizimidagi uylar oʻtgan yillardagiga qaraganda ancha sovuq. Isitish batareyalari iliq. Kundan kun bu 1-2 uydagi emas, koʻpchiliknikidagi muammo ekaniga guvoh boʻlyapmiz.

Muammo “Veolia Energy”dami, hokimlikdami yoki boshqa joydami? Bu idoralarga murojaat qilish esa necha kundirki besamar ketdi. “Jek”bilan bogʻlansang, “Veolia”dan “kam kelyapti”, deydi. “Veolia”ga bogʻlansang, “jek” bilan gaplashing, deydi. Ikkisini ham tilidan ushlasang, hokimlikni koʻrsatib yuborishadi :)

Yaxshi xabar shuki, bir oydan keyin bahorga yetib olamiz.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibasining qo‘lini siqmagani ortidan tanqidlarga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi bilan o‘yin oldidan qo‘lini siqib qo‘ymagani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hodisa Tata Steel Challengers 2025 musobaqasining 4-turida ro‘y bergan. Odatga ko‘ra, shaxmatchilar qo‘l siqib o‘yinni boshlaydi. Ammo o‘zbekistonlik shaxmatchi Vaishaliga qo‘l uzatmadi.

Ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha Yakubboyevning o‘zi tushuntirish berib, bu uning e’tiqodi bilan bog‘liqligini aytgan.

“Bugun (26-yanvar kuni) men bu haqda Irina Bulmagaga aytdim. U bunga rozi bo‘ldi. Ammo o‘yin zaliga kelganimda, hakamlar menga hech bo‘lmaganda “Namaste” qilishim kerakligini aytishdi. Divya va Vaishali bilan o‘yinlarda men ularga bu (e’tiqodim) haqda o‘yindan oldin ayta olmadim va noqulay holat yuzaga keldi”, dedi o‘zbekistonlik shaxmatchi.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsda hindistonlik shaxmatchi g‘alaba qozongan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bir necha soat avval ayrim telegram kanallarda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining oyligi” degan ma’lumotlar tarqatildi.

Yaxshilab qarab, bu ma’lumotlar feyk ekanini bilib olish qiyin emasdi. Shunday bo‘lsada, “fact-checking” nima ekanini bilmaydigan, axlatxonadan farqi yo‘q ayrim telegram kanallar xabarni “aylantirishdi”.

Exel’ni ochib, bu kabi soxta ro‘yxat tuzish ko‘p vaqt olmaydi. Ammo buni anglash uchun ham miya kerak. Kutilganidek, bu ma’lumotlarning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqida vazirlik matbuot xizmati rasmiy munosabat ham bildirdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’lim vazirligi tizimida eng uzoq ishlayotgan rahbar kim?

Oxirgi 5 yil ichida Oliy ta’lim vazirligi naqd 4 nafar vazir ko‘rdi:

2017-2021-yillarda Inomjon Majidov vazir sifatida faoliyat yuritdi. Hozirda u O‘zbekiston Milliy universiteti rektori hisoblanadi.

2021-2022-yillarda Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim tizimini boshqardi. Hozirda u Termiz davlat universiteti rektori.

2022-2023-yillarda Ibrohim Abdurahmonov vazir bo‘ldi. O‘sha damlarda vazirlik nomi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb qayta nomlandi hamda tizimda bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirda u qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida ishlamoqda.

2024-yildan hozirgacha esa Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bu yillar orasida vazir o‘rinbosarlar ham tez-tez yangilandi. Ammo 2018-yildan beri o‘z joyini mustahkam saqlab qolayotgan o‘rinbosar bor – Sarvarxon Buzrukxonov.

S.Buzrukxonov 12 yil Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2018-yilga kelib, u vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. 7 yildirki u “zamministr” sifatida ishlab kelmoqda. Tizimda ishlagan avvalgi yillari ham hisoblansa, 19 yil.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Bo‘lajak trillionerlar

Dunyodagi 3,6 mlrd aholi hali ham kuniga 7 dollardan kam mablag‘ bilan yashayotgan bir paytda keyingi o‘n yillikda dunyo trillioner boylarni ko‘rishi kutilmoqda ekan.

Batafsil: /channel/pinkoduz/318

Читать полностью…

Masofatalim™

Podshohning ikki vaziri boʻlgan ekan. Ikkinchi vazirga podshoh 1000 tanga oylik berar ekan, birinchi vazirga esa 10 barobar koʻp, 10 000 tanga oylik toʻlar ekan. “Ulugʻ podshohim, ikkalamiz ham bir xil ish qilsak-da men birinchi vazirdan 10 marta kam oylik olaman. Bu nohaqlik”, deb bir kuni ikkinchi vazir podshohga arz qilibdi. Podshoh izoh bermabdi.

Oradan bir necha kun oʻtgach, podshoh ikkinchi vazirni chaqirib unga topshiriq beribdi: “Kecha shaharga savdogarlar kelibdi, bil-chi nima ish bilan kelishibdi”. Vazir xoʻp deb borib qaytibdi va podshohga savdogarlar sopol buyumlar olib kelganini aytibdi. Podshoh vazirdan yana soʻrabdi: Buyumlarni necha puldan sotishyapti ekan? Vazir xoʻp hozir bilib kelaman deb ketibdi va javobni podshohga yetkazibdi.

Podshoh yana soʻrabdi: Shaharda necha kun qolishar ekan? Vazir yana xoʻp deb borib ma'lumotni topib kelibdi. Shunda podshoh birinchi vazirni chaqiribdi va unga ham xuddi oʻsha topshiriqni beribdi: “Kecha shaharga savdogarlar kelibdi, bil-chi nima ish bilan kelishibdi”. Vazir xoʻp deb ketibdi.

Qaytgach birinchi vazir podshohga quyidagi ma'lumotni beribdi: “20 tacha savdogarlar qoʻshni shahardan kelishibdi. Sopol buyumlar sotish niyatda kelishibdi. Buyumlarning donasini 2 tangadan sotishyapti ekan. Bizni shaharda 4 hafta boʻlishar ekan” Ikkinchi vazirni buni eshitib nega kam oylik olishini tushunib yetibdi.

Xulosa: Podshohning birinchi vaziri boʻling.

Vohid Karimov, Germaniya

@uzbekistonlikuz

Читать полностью…

Masofatalim™

“Formada kelmasang, yakuniyga ham kirmaysan” – o‘zbek oliy ta’lim modeli😁

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel