masofatalim | Unsorted

Telegram-канал masofatalim - Masofatalim™

24226

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot

Subscribe to a channel

Masofatalim™

Shifo Tv telekanali endi “UzDigital TV”da!

Endi oddiy antenna va karta orqali televizoringizda tibbiyotga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi birinchi hamda yagona telekanalni tomosha qilishingiz mumkin.

Shifo Tv’ni «Мультиландия» kanali o‘rnida ko‘ra olasiz.

📱 www.shifotv.uz
📱 @shifo.tv

Читать полностью…

Masofatalim™

Oliy ta’limdagi raqamlashtirishning bosh me’morlaridan biri hisoblangan Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beribdi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

#scopus
#web_of_science

🔝Siz ilmiy maqolalaringizni Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi xalqaro jurnallarda bepul chop qilishni xohlaysizmi?

✅ Mart oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimizga qabul davom etmoqda!

🌐 Kursimiz darslariga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
/channel/publicationu

🗞 Kursimiz haqidagi to'liq ma'lumotlarni quyidagi havoladan olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Scopus-sari-ilk-qadam-nomli-premium-kurs-01-30

🎯 Ilmiy brendingizni biz bilan birga yarating. Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.

Murojaat:
/channel/publicationu
Telegram:
/channel/publish_uz

Читать полностью…

Masofatalim™

⚡️ Onlayn ta'limchilar, sizning davringiz keldi!

🤯 Space Academy hatto oflayn talabalariga bermagan imkoniyatni sizga taqdim etmoqda.

❗️Faqat 18-19-fevral kunlari ushbu kanalda bo'ladigan bepul vebinarda qatnashib, noldan onlayn daromad qilish usullarini bilib olishingiz mumkin!

🔥 Vebinarda Instagram, YouTube, Telegram kabi tarmoqlar orqali real loyihalarni boshqarish usullari bilan tanishasiz. Ammo bu hammasi emas!

❗️Hoziroq vebinar kanaliga bepul qo'shilib oling va eng yaxshi imkoniyatlarga tayyor turing:
/channel/+P9UJShAvNTQ3MDEy

Читать полностью…

Masofatalim™

Diqqat, tanlov!

Oliy ta’lim vazirligi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish tugashiga 6 kun qolganini eslatdi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Читать полностью…

Masofatalim™

“Turon” maktab teatri tanlovi orqali chet elga sayohat qiling!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
10-29-mart kunlarihududiy bosqich.

Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga TA'LIM SAYOHATIni qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @turonteatri_bot Telegram boti orqali 17-fevral soat 16:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Tanlov yangiliklarini
vazirlik kanali,
”Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borish tavsiya etiladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Amiti universitetiga rahbar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sattorov Shuhrat Shavkatovich Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori etib tayinlandi.

Sh.Sattorov bunga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlagan.

U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Koreya Respublikasining Yonsey hamda Hindistonning Puna universitetlarida o‘qigan.

Eslatib o‘tamiz, Amiti universitetining sobiq rahbari Bobur Abdullayev Toshkent shahridagi INHA universitetiga rektor etib tayinlangandi.

P.S.: Shuhrat Sattorovning bugun tug‘ulgan kuni ham ekan. Tabriklaymiz, kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

📝 Mart oyi uchun Ingliz tili va IELTS kurslariga qabul boshlandi! 🎯

📚 Barcha darajalar uchun Ingliz tili va IELTS kurslari!
Sifatli ta’lim bilan orzuyingizga yaqinlashing!

🌙 Ramazon chegirmasi!
IELTS kursimizni endi atigi 500,000 so‘m evaziga o‘rganing!

📌 Joylar cheklangan – o‘rningizni hoziroq band qiling!

👩‍🏫 Darslarni IELTS 8 sohibasi, 15 yillik tajribali pedagog Kamila Rasulova o‘tadilar.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot:
/channel/+GzeEQgUoZ9hlNzhi

Читать полностью…

Masofatalim™

INHA universiteti rektori o‘zgardi

Abdullayev Bobur Sagdullayevich Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori etib tayinlandi. U bugunga qadar Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Navoiy davlat universitetining rasmiy munosabati.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

“Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda

Kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobsevar yoshlarni esa kashf etib, ularni munosib taqdirlash yo'lidagi eng katta tizimli loyihalardan biri – “Yosh kitobxon” tanlovining bu yilgi mavsumi juda qizg‘in o‘tmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur tanlov haqiqiy brendga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida, kitobxon va bilimli yoshlarni Prezident sovg‘asi – elektromobil kutmoqda.

Manba

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi logosi ekan.

Vazirliklarda shu logolarni tasdiqlaydigan odamlarning yo didi yo‘q, yo “bizga bo‘laveradi” qabilida ish tutadi. Yoki har ikkisi ham.

Logoni “yorishibdi”. Bir qarashda mo‘ylovli odamni eslatadi😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

YouTube’ni qarab, oxirgi yillarda ishlangan tuzukroq o‘zbek filmni topish juda mushkul bo‘lib qoldi. Seriallar masalasida esa “Piramida”ni topib olib, mazza qilib ko‘rayotgandik, buyam tugab qoldi. Shu serialni haliyam ko‘rmaganlar bo‘lsa, “Biz Media” platformasida turibdi, erinmay ko‘radigan, hayotiy serial.

Kino borasida bugun yaxshi yangilik chiqib qoldi. “Pinkod” nomli yangi kriminal detektiv film suratga olishibdi. Premiyerasi 1-fevral kuni “Biz Media” platformasida bo‘lib o‘tar ekan. Tizerlarining o‘ziyoq juda qiziqtirib qo‘ydi. Ko‘rinishidan, kun-kunora hayotimizda ko‘payib borayotgan ayrim firibgar va tovlamachilar mavzusi ko‘tarilgan bo‘lsa kerak.

Nima bo‘lsa ham, qiziqtirib qo‘ydi. “Biz Media” ilovalarini telefonga yuklab olib, 1-fevral kuni albatta tomosha qivorish kerak.

Biz Media: App Store | Play Market

Читать полностью…

Masofatalim™

Yoshlar ishlari agentligi kitobxon yoshlar uchun navbatdagi qiziqarli tanlovni e’lon qilibdi.

Tanlovda qatnashish uchun shartlar juda oddiy: /channel/alisher_sadullaev Telegram kanaliga obuna boʻlish yetarli ekan.

Gʻolib boʻlgan 25 nafar obunachiga:

- 3 oylik Telegram Premium;
- 3 oylik “Mutolaa” Premium sovg‘a qilinarkan. Bu bilan “Mutolaa” ilovasining barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish mumkin boʻladi.

G’oliblar 2-fevral kuni soat 19:00 da ma’lum bo’ladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Farg‘onada bir qator OTMlar qayta tashkil etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda:

⁃ Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

⁃ Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

⁃ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Sal avval koʻrinishidan chet ellikka oʻxshash (rus boʻlsa kerak) yoshi kattaroq ayol koʻchada telefonda baqirib gaplashayotgani quloqqa chalinib qoldi.

Xola telefonda nargi tomondagi odamni qattiq urishib beryapti: “… sizga oʻzbek tilida gapiryapman, menga oʻzbek tilida javob bering (shu joyda qandaydir tadbir sanasini muhokama qilib oldi).

Xola gapni davom ettirdi: “meni millatim oʻzbek emas, lekin vatanim shu yer, oʻzbek tilini hurmat qilaman, shu tilda gapiraman”, deb Shukur Burhonovning gaplaridan aytdi (esda qolmadi bu joyi).

Xola telefonni qoʻydi-yu, yoʻlida soʻkib ketdi (soʻkkan joylarini kesib tashlab, aytgan gaplari bu yerda yozilsa ham, muammo chiqmasligi yuzasidan keltirilmadi). Soʻkish ham toza oʻzbekcha boʻldi :)

Xulosa, oʻzbek boʻlmaganlar tilimizda gapirishni talab qilyapti va gapirtiryapti ham. Oʻrnak olsa arziydi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Премьера!

Ҳозирги кунда фирибгарлик ҳаётнинг барча соҳаларига тобора чуқур кириб келмоқда. Технологиялар ривожланиши билан кибержиноятчилар одамларни чув тушириш учун янада мураккаб ва нозик усуллардан фойдаланмоқда.

Айнан шу долзарб мавзуни ёритиш мақсадида BizMedia, Pinkod.uz ва Platina.uz ҳамкорлигида "Пинкод" номли криминал драма суратга олинди.

Фильмда жиноятчилар қандай схемалар орқали одамларни алдаши ва фирибгарликнинг замонавий усуллари ҳақидаги муҳим ҳақиқатлар ҳаётий воқеалар асосида ёритилган.

Томоша қилиш: https://www.youtube.com/watch?v=8Mav4YAEhqk

@pinkoduz

Читать полностью…

Masofatalim™

14-fevral kuni davlat rahbarining yoshlar bilan muloqotidan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek shaxmatiga qaytgan Gulruhbegim Tohirjonova bilan ko‘rishibdi.

“Bugun men O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashish baxtiga erishdim. E’tibor va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun katta rahmat”, deb yozdi Tohirjonova ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma’lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova 2020-yillarda turli sabablar ortidan AQShga ketib, shaxmatda ushbu mamlakat sharafini himoya qilayotgandi. U bu vaqt orasida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishga ham ulgurdi. Uning qaytishini tarixiy voqea, deb atasa bo‘ladi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Davlat rahbari yoshlar bilan uchrashadi

14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu muloqotda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinadi va faol yoshlarning takliflari tinglanadi.

Avvalroq yoshlar uchun katta imkoniyatlar e’lon qilinishi haqida xabar bergandik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Aytishlaricha, ertaga yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar e’lon qilinishi kutilmoqda ekan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ilon Maskning o‘g‘li Oq uy yulduziga aylandi

Mask Oq uydagi birinchi brifingga 4 yoshli o‘g‘li X Æ A-12 (ismi shunaqa) olib keldi. Bola bir zumda butun kabinetni, jumladan Trampning ham e’tiborini o‘ziga qaratdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp bolani “yuqori IQ’ga ega ajoyib yigitcha” deb maqtadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

Sud qarorida keltirilishicha, 2000-yilda tug‘ilgan N.X. “ISFT” institutining 3-bosqich talabasi bo‘lgan. 2025-yil 4-fevral kuni Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida uning Toshkent shahri aholisini turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan videolavhalar tarqalgan.

Holati yuzasidan IIB binosiga kelishi so‘ralganida N.X. bundan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Shu sababli unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Tarqalgan videoni aslida bir oy oldin Instagram sahifamga joylashtirganman hamda 5 minutdan so‘ng o‘chirib tashlaganman. Mening sahifam yopiq akkaunt, tanishlarimdan boshqa begona shaxslar kuzata olmaydi.

Voqea sodir bo‘lgan kuni institutga borish maqsadida taksi chaqirdim. Taksi haydovchisi yo‘lda mendan asli qayerdan ekanligimni so‘radi. U menga “Senlar molsan, senlar kelganingdan buyon Toshkentda doim tirbandlik bo‘lmoqda, qiz bola bo‘lganliging uchun senga yo‘lkirani arzonroq aytyapman” dedi. Shu gapdan so‘ng jahlim chiqdi va sahifamga o‘sha videoni joylashtirdim. Bu video Toshkent shahridagi ayrim taksi haydovchilariga tegishli edi. Ayrim blogerlar videoning faqat haqoratli qismlarini kesib olib tarqatishdi”, degan talaba qiz o‘z ko‘rsatuvida.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025-yil 10-fevraldagi qarori bilan N.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ingliz Tilini Online Tarzda Mukammal O'rganing!

✅ Yangi o'quvchilar uchun qabul boshlandi. Ingliz tilini eng zamonaviy metod yordamida online tarzda tez, oson va samarali o'rganing.

📌 Online dars narxi 1 oyga 300.000 so'm. Umumiy kurs 9 oy va to'liq kurs narxi 2.700.000 so'm. Yangi qabulida darsga qo'shiladigan birinchi 30 o'quvchi to'liq 9 oylik kursda 70% Chegirma asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi. To'lovni bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud.

📩 To'liq ma'lumot olish va ro'yhatdan o'tish uchun @realenglishfullpack profiliga murojat qiling.

PS: Chegirma asosida darsga faqat 30 o'quvchi qabul qilinishini alohida eslatib o'tamiz.

Telegram | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Masofatalim™

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Toʻlqin Teshaboyev milliy libosda.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Navoiy davlat universitetidagi tadbirda qizlar yupun kiyintirilib, jonli dekoratsiya qilindi

Navoiy davlat universitetida tadbir o‘tkazilibdi. E’tibor berilsa, qizlar tashqarida yupun kiyimda. Kap-katta erkaklar esa qalin telpakda.

Nahotki bir og‘iz “hay, baraka topgurlar, havo sovuq bo‘lsa, qizlarni bunaqa yupun kiyintirib, ulardan jonli dekoratsiya qilishning nima keragi bor”, deydigan odam topilmagan bo‘lsa.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Amerikada uchuvchi bo‘lib ishlaydigan Javohir ismli o‘zbek yigiti rus tilini yaxshi bilmagani uchun O‘zbekistonning UzAirways kompaniyasi uni ishga qabul qilmagani haqida yozgandik.

U O‘zbekistonga qaytibdi. Aviatsiya sohasida ishni ham boshlabdi. Yaxshi yangilik.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Osh oʻz tarixi davomida hali bu darajada xoʻrlanmagan boʻlsa kerak😁

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Biznes ombudsman tomonidan nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlarida davlat nazorati sohasidagi faoliyati reytingi e’lon qilindi.

Bu borada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faoliyati qoniqarsiz, deb topildi. Shu qatordan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham joy oldi.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Islom Karimov tavalludiga 87 yil to‘ldi

30-yanvar — Mustaqil va obod O‘zbekiston asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun.

@masofatalim

Читать полностью…

Masofatalim™

Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlarni to‘liq, aniq va o‘z vaqtida joylash bo‘yicha birinchi o‘rinni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berish kerak.

O‘tgan yildagi xarajatlari, davlat xaridlari kabi juda ko‘p ma’lumotlar portalga to‘liq joylangan. Asosiysi, bir qarashda tushunarli shaklda e’lon qilingan. Boshqa tashkilotlarda hozircha bunchalik aniqlik ko‘rinmadi.

Yuqorida xarajatlar bilan bog‘liq ochiqlikka ikkita misol keltirildi. Bu faqat va faqat ijobiy holat. Yopilib, yashirib o‘tirmay (boshqalarga o‘xshab), ochiq e’lon qilishgan. Eng to‘g‘risi ham shu, aslida.

Qaysidir tashkilotlar ochiqlik borasida indeks qilsa, oliy ta’lim vazirligiga yaxshi o‘rinni bemalol bersa bo‘ladi. Albatta, hozircha shunday.

@masofatalim

Читать полностью…
Subscribe to a channel