Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Ramazon oyida ko'p ishlardan nafsimizni tiyaylik”
@masofatalim
Masofatalim™ Telegram kanalining 5 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning samimiy tabriklarini yetkazishdi.
“Bu yillar davomida Siz ta’lim sohasidagi eng dolzarb va muhim ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkor, aniq va ishonchli yetkazib, o‘quvchi va talabalar uchun ishonchli manba hamda haqiqiy ko‘makchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldingiz”, deyiladi tabrikda.
Aslida, kanal faoliyati davomida eng ko‘p tanqid toshlari ham aynan oliy ta’lim vazirligiga qaratilgan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, vazirlik jamoasi ochiqlik va shaffoflikni, so‘z erkinligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Asosli tanqidlarni esa to‘g‘ri qabul qiladi. Dushman yasab olishmaydi. Eng muhimi, ularda toqatlilik yuqori ekani oydinlashadi.
E’tibor uchun vazir va uning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!
@masofatalim
Nahotki talabalar “Tashabbusli budjet”ga jalb etilmayotgan bo‘lsa, deb hayron edik. Gap bu yoqda ekan – moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar bunda ishtirok eta olmaydigan bo‘lgan ekan. Aytishlaricha, 80% OTM moliyaviy mustaqillikka o‘tgan.
P.S.: Talabalar jalb etilmasligi aqlga sig‘maydigan jarayon edi-da 😁
@masofatalim
Парижда давлатимиз раҳбарини расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди
—
В Париже состоялась церемония официальной встречи главы нашего государства
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kechagi gaplar og‘ir botgan ko‘rinadi. Bugunga “mana, ishlayapmiz” degan ohangda post joylashibdi :)
@masofatalim
Hurmatli o‘qituvchilar, mabodo sizni ovoz yig‘ishga yoki ovoz sotib olishga majburlashsa, hurmatli vazir Hilola Umarovaning ushbu tvitini ko‘rsatinglar.
@masofatalim
Milliy kiyim ekan.
UPD: Eduuz rasmni tahrirlab, boshqasiga alishtirdi.
@masofatalim
❗️Telegram botlar turli linklarni yubormoqda, bunga adminlarning aloqasi yoʻq!
Bir necha kundan beri turli kanallarga oʻrnatilgan aloqa botlari ushbu botlarga start bosgan yoki biror xabar yuborgan barcha foydaluvchilarga turli linklar yubormoqda.
@masofatalimbot orqali biror foydaluvchiga link borgan boʻlsa, unga bosmaslik soʻraladi. Hozirgi paytda bot tokeni oʻzgartirildi. Borgan linkka adminlarning aloqasi mavjud emas. Ehtimol, bu Livegrambot bilan bogʻliq muammo.
Umuman, har qanday botdan keladigan linkka kirish tavsiya etilmaydi.
@masofatalimbot
📺 “Mening yurtim” (MY5) telekanaliga boshlovchi va muxbirlar qidirilmoqda!
Talablar:
⁃ Yoshi: 20-30 yosh
⁃ Ma’lumoti: oliy yoki tugallanmagan oliy
⁃ Til bilishi: ingliz, rus va boshqa xorijiy tillar
⁃ Ijodkorlik: yangi loyihalarni ishlab chiqish qobiliyati
⁃ Xabardorlik: O‘zbekiston va jahon yangiliklarini tahlil qilish ko‘nikmasi
⁃ Rivojlanish: o‘z bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirish
⁃ Safar: xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
Tanlovda qatnashish uchun:
Talabgorlar @kastingmy5_bot orqali yoki devonxona@my5.media elektron pochta manziliga quyidagilarni yuborishlari lozim:
⁃ ma’lumotnoma-ob’yektivka (CV)
⁃ diplom va sertifikatlar nusxasi
⁃ ijodiy ishlaridan namunalar
⁃ telekanal uchun ijodiy g‘oya va takliflar.
Saralash bosqichlari
⁃ 1-bosqich: hujjatlar ko‘rib chiqiladi
⁃ 2-bosqich: suhbat asosida tanlab olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: @kastingmy5_bot
@masofatalim
Ko‘p yillar tibbiyot oliygohining rektori sifatida ishlab, minglab shifokorlarni yetishtirib chiqarasan. Keyin bir necha yillar sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar, keyinroq esa vazir bo‘lasan. Oradan vaqt o‘tadi, ishdan olinib, yana boshqa tibbiyot oliygohiga rektor bo‘lasan. Ne dardki, kasal bo‘lasan. O‘zing yaratgan tizimga ishonmay, borib chet elda davolanasan. G‘alatimasmi?
@masofatalim
BIZTOUR turagentligi malakali turagentlar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda
Agar siz tajribali, mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan va turizm sohasida o‘z bilim va tajribangizni yanada rivojlantirishni istasangiz, unda BIZTOUR jamoasi siz uchun ideal joy!
❗️Talablar:
- Yosh chegarasi: 20+
- Tajriba: Kamida 1 yil turizm sohasida ishlagan bo‘lishi.
- Mijoz bilan ishlash: Yaxshi muloqot qobiliyatiga ega, mijozlar bilan samarali ishlay olishi.
- Sayohat yo‘nalishlari bo‘yicha bilim: Mashhur yo‘nalishlar, viza va mehmonxona bron qilish jarayonlarini tushunishi.
- Til bilimi: o`zbek va rus tilini bilishi (qo‘shimcha tillar afzallik).
- Sotuv va marketing: Turlarni sotish va mijozlarni jalb qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi.
- Mas’uliyat va tashabbuskorlik: Mustaqil ishlay oladigan, natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi.
- Kompyuter savodxonligi: Onlayn bron platformalaridan foydalana olishi.
BIZTOUR sizga quyidagilarni taklif qiladi:
✅ Yuqori daromad va bonuslar
✅ Dunyoni kezish imkoniyati
✅ Shinam shahar markazidagi ofis
✅ Professional jamoa va qulay ish muhit
☎️ Aloqa uchun: +998 95 877 55 52
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovdan yoshlarga tavsiyalar
Sherzod Shermatov yozmoqda: “Yoshlarga birinchi ishini topishi doim qiyin bo’ladi, shuning uchun ish beruvchiga o’zlarini boshqa shu kabi birinchi ish izlab kelganlardan farqini ko’rsata olsalar, albatta, ular birinchi navbatda ishga olinadilar”.
Buning uchun nima qilish kerak?
1) Chet tilini o’rganib, sertifikatini olish kerak (Davlat qoplab beradi sertifikatni xarajatini).
2) Zamonaviy kasbga o’qib, sertifikatini olish kerak. Raqamlashtirish sohasida sertifikatlarni hamda ularga o’qish xarajatlarini Davlat qoplab beradi. Bemalol uzbekcoders.uz orqali Courserada kurslarni o’qib, sertifikatlarni olishingiz ham mumkin.
3) LinkedIn da profil ochib, o’zini sertifikatlarini va boshqa natijalarini hamda amalga oshirgan ishlarini to’ldirib borish kerak, amalga oshirgan loyihalarini portfoliosi bo’lsa yanada yaxshiroq.
Shunda LinkedIn orqali ish beruvchi xorijiy korxonaga murojaat qilsangiz, uning HR xodimi ham boshqa ish so’rayotgan yoshlarga qaraganda aynan Sizning natijalaringizga e’tiborini qaratadi.
Prezidentimiz O'zbekistonda xorijiy ITES kompaniyalari kelishiga juda zo'r sharoit yaratganlariga ular kelayapti, shunga ularga mos bo'lish uchun Yoshlarimizga Internetdagi vaqtlarini bekor o'tkazmay, o'zlarini malakalarini va raqobatbardoshliklarini oshirishga tinmay harakat qilishlari kerak xolos.
@msofatalim
Talabalarga yoqadigan zo‘r yangilik bor :)
Yangi OnTV onlayn platformasida 130 dan ortiq telekanallarni endi mart oyida ham rasman BEPUL tomosha qilish mumkin ekan.
Foydalanish uchun smartfoningiz yoki smart televizoringizga OnTV ilovasini o'rnatib oling va tezda ro'yxatdan o'tsangiz bas.
⚡️ YUKLAB OLISH! ⚡️
⚠️ Bepul telekanallar qatoriga "Setanta Sports" tarifi kiritilmagan (!) va uni bemalol sotib olib tomosha qilsangiz bo'ladi. Shuningdek, media kontentlarni ham ko'rishni istasangiz obuna sotib olishingiz mumkin.
Yangilik: AyTi'ni o'rganish uchun yangicha o'quv tizimi joriy qilindi
AyTi sohasi hozirgi texnologiyalar zamonida eng talabgir va daromadli sohalardan biridir. Yurtimizda shunday kasb egalarini bir qator TOP AyTi markazlari yetishtirib bermoqda. Ularning biri Najot Ta'lim markazi — dasturlash sohasini o'rganish uchun yangi formatda o'qitish tizimi ishlab chiqdi.
✅ Veb Praktikum dasturlashni to'liq amaliyot asosida o'rgatadigan kurs. Unda Frontend va Backend qism o'quvchilari integratsiya qilinib, birga kamida 4 ta loyiha tayyorlashadi.
Ya'ni bir loyihaning server qismini backend dasturchilar tayyorlasa, uning interfeys qismini frontend dasturchilar tayyorlaydi. Noldan kursning oxirigacha 2-3 ta ustoz yordamida dasturlashni amaliyot qilib o'rganiladi.
Kurs imkoniyatlari:
— Real loyihalar tayyorlash
— IT kompaniya muhitida jamoaviy ishlash
— Bepul HR suhbatlari kursi
— Frilans ishlash va mijoz topish bo'yicha videodarslik
📌 Kursga IQ test va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Agar ingliz tilidan sertifikatingiz bo'lsa, ingliz tili imtihonidan ozod etilasiz.
Imtihon 1-mart soat 11:00 va 15:00 da bo'lib o'tadi. Imkoniyatdan foydalanib, imtihonga qatnashing va dasturlashni amaliyot qilib o'rganing!
Tik turib bloknotga yozish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribadan uch xulosa olindi:
1. Yozib bo‘lmaydi.
2. Yozsa bo‘ladi, faqat uni keyin o‘qib bo‘lmaydi.
3. O‘rganib ketishgan.
@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi 9 ta elektromobil va boshqa qimmatbaho sovgʻalar qoʻyib, mega tanlov e’lon qildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda:
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta);
2-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
3-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.
@masofatalim
Masofatalim™ kanali 5 yoshda!
Bundan ropa-rosa 5 yil oldin, 2020-yil 15-mart kuni (yakshanba edi) O‘zbekistonda ilk odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ortidan hukumat mamlakatda karantin e’lon qilgandi.
Buning ortidan barcha ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklga o‘tkazilgan. O‘sha paytda sal bo‘lsa ham yoshlarga foydali bo‘lsin, deb 2020-yil 16-mart kuni Masofatalim™ kanali ochilgan.
Oradan vaqt o‘tdi, fanlardan ayrim bilimlarni, testlarni berib borishga harakat qildik. Bir qancha onlayn olimpiadalar o‘tkazildi. Ammo bu bilan uzoqqa borib bo‘lmasdi. Chunki hayot yana asta-sekin iziga tusha boshlagan, kanalning esa endi ko‘pchilikka keragi bo‘lmay qolayotgandi. Shundan so‘ng yo‘nalish o‘zgardi.
Masofatalim™ kanali asosan ta’lim va yoshlar masalalari hamda ularning muammolari haqida gapiruvchi kanalga aylandi. Kimlardir g‘irt tanqidchi kanal sifatida ko‘radi😁 Ba’zida esa jamiyatdagi boshqa mavzularda ham ayrim fikrlarni chiqarishga to‘g‘ri keladi. Kanal yo‘nalishi o‘zgardi-yu, ammo nomni o‘zgartirishni istamadik. Ko‘pchilik bu kanalni Masofatalim™ deb tanib ulgurgandi. Shu joyida brend bo‘ldik, deb bir maqtanib ketsa arziydi :)
Aslida, nom ko‘p narsani hal qilmaydi. Mazmun muhim, nazarimizda. Xullas, birpasda oradan roppa-rosa 5 yil vaqt o‘tib ketibdi. Koronavirus degan balo ham unutildi, hayot yana oldingidek davom etmoqda. Doim shunday tinchlik, sihat-salomatlik bo‘laversin. Turli balo-qazolardan Alloh o‘zi asrasin.
Bundan keyin ham ushbu kanal ta’lim va yoshlar masalalarini hamda ularning muammolarini yozishda davom etadi. Ba’zida ta’lim (kanal nomi) bilan bog‘liq bo‘lmagan postlarga ko‘zingiz tushsa, bu endi mantiqsiz ko‘rinmaydi, degan umiddamiz.
Bizni kuzatayotgan va bugunga qadar qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barchaga rahmat!
@masofatalim
X ijtimoiy tarmog‘ida talabalar uchun so‘rovnoma chiqarishibdi. Unda oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlash holati bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan.
Izohlarda biror talaba tomonidan bunday holat kuzatilgani yozilmagan. Hozircha bu quvonarli holat. Oxirigacha shunday bo‘lib qolsa, oliy ta’lim vazirligini yana bir maqtashga arzigulik ish bo‘lardi.
Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelganda vaziyat buning aksi. Maktab va tibbiyot muassasalarida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari jadal ketmoqda.
@masofatalim
Zomin — Oʻzbekiston oʻpkasi
https://youtu.be/GgNWk5ohPQc
Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, Jizzaxdagi tuman madaniyat bo‘limlari xodimlari uyida kartoshka, piyoz, pomidor ekayotgan odamlar xonadoniga kirib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib bermoqda ekan.
Surat va videolarga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, jarayon viloyatda “Obod qishloq” nomli loyiha doirasida ommaviy o‘tkazilmoqda.
Shunaqa g‘oyalar bularning kallasiga qayerdan kelarkan-a? 😂
@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi raqamlashtirish bo‘yicha vazirliklar ichida birinchi bo‘libdi.
Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2024-yil II yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 93.64% ball bilan ushbu reytingning “yashil” toifasidan joy olib, reytingda vazirliklar ichida birinchi, davlat boshqaruv organlari orasida esa, uchinchi o‘rinni egallagan.
P.S.: Mabodo uxlab yotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi uyqudan turib, ochiqlik indeksini qilsa, bu yo‘nalishda ham oliy ta’lim vazirligiga birinchilikni beraverish kerak. Bu haqida oldinroq yozgandik.
@masofatalim
⭐️ Bank mobil ilovasi - har kuni sizning ishonchli yordamchingiz.
Birgina urinishda xaridlarlarni amalga oshiring, pul o‘tkazing, moliyangizni boshqaring. Navbatlar va qog‘ozbozlikni unuting - barcha xizmatlar endi qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, doimo qo‘l ostingizda.
O‘zidan toshkentlik yasab olib, viloyatliklarni haqorat qilgan qashqadaryolik yigit qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalga videoda viloyatliklarni turli xil so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni Toshkent shahriga kelmasliklarini aytgan yigit 21 yoshli S.S. bo‘lib, u Qashqadaryoda tug‘ilgan, uni videoga olgan tengdoshi esa samarqandlik bo‘lgan.
Sud majlisida so‘roq qilingan S.S ushbu videoni olishdan maqsadi birovni kamsitish bo‘lmaganligi, shunchaki so‘llashish shevalarini o‘xshatish maqsadida olishganligi, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa do‘sti O.N. joylaganligi, viloyatliklarni “xarip” va boshqa haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanligi, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini bildirgan.
Sud qarori bilan ikki yigit MJtKning 183-moddasi bilan aybli deb topilib, ularga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
@masofatalim
Gulruhbegim Tohirjonovadan ekskluziv intervyu!
Yaqinda AQShdan o‘zbek shaxmatiga qaytgan O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Gulruhbegim Tohirjonovadan Elif Ahmedova UzChess Global loyihasi doirasida ingliz tilida eksklyuziv interyu olibdi.
Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=kgIy89s0Z3s
Ikki vazir bir-biriga qarshi! (sportda)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va sport vaziri Adxam Ikromov Toshkent shahridagi rektorlar o‘rtasida o‘tkazilgan vazir kubogida stol tennisida kuch sinashibdi.
Doimgidek, do‘stlik g‘alaba qozongan, g‘olib va mag‘lub yo‘q :)
@masofatalim
🇹🇷 Turk tili sertifikati talabalar uchun – O‘zbekiston universitetlarining magistratura va PhD dasturlariga hujjat topshirishda, o‘qituvchilar uchun esa – maosh ustamasini olishda imkoniyat beradi!
🤩 Toshkent davlat transport universiteti “Xalqaro ta’lim va ilmiy-amaliy markazi” siz uchun TURK TILI KURSLARIni boshladi!
Eng ajoyib tomoni – darslar Turkiyadan kelgan tajribali o‘qituvchilar (native speakerlar) tomonidan o‘tiladi! Tilni jonli muhitda o‘rganish imkoniyatini boy bermang!
📅 Darslar jadvali: haftasiga 5 kun, har biri 2 soatdan.
💰 Kurs narxi: atigi 650 000 so‘m / oyiga.
📃 Kurs davomiyligi: 5,5 oy.
📜 Kurs yakunida rasmiy sertifikat beriladi!
🔥 Bu kursda siz:
✅ O‘qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini mukammal darajada egallaysiz!
✅ Sertifikat orqali magistratura, PhD va o‘qituvchilar uchun maosh ustamalaridan foydalana olasiz!
Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorda pedagoglar uchun bir nechta xushxabar bor.
Vazir jamgʻarmasi:
endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʼvogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.
Malaka toifa sinovlari:
pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.
Yana bir yangilik! Endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.
@masofatalim
Taniqli jurnalist Alisher Roʻziohunov qandli diabet kasalligidan vafot etibdi.
2018-2019-yillar ishdan boʻshab, yangi ish izlab yurganimda Alisher Roʻziohunov bir necha oy yordam bergandi. Oʻsha paytda gazeta.uz saytida ishlardi. Xabarlar tayyorlashda unga yordam berardim, u oʻz oyligidan menga oylik toʻlardi. Keyinchalik ham koʻp yaxshiligi tekkan.
Alloh rahmatiga olsin, yaqinlariga sabr bersin. Yaxshi inson edi.
Tik turgan holda qoʻlimga bloknot va ruchka olib, rosa yozishga urinib koʻrdim, oʻxshamadi. Ishonmasangiz, siz ham sinab koʻring :)
Shunda majlislarda tik turgan holida bloknot va ruchka ushlab olganlar qanday yozarkan-a? Shu savol doim qiynaydi. Yoki ular bunga moslashib ketarmikan yo nimadir yozganday koʻrsatisharmikan🤔
P.S.: Bu faqat ma’lum tashkilot yoki shaxslar haqida emas, shu kabi holatlar koʻp uchraydi. Rasm shunchaki toʻgʻri kelib qoldi.
@masofatalim