Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yana bir katta tanlovi — “Iqtidor” boshlanmoqda!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Iqtidor" maktab ansambli jamoaviy tanloviga start bermoqda.
O‘quvchilarni san’atga qiziqtirish orqali milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida ushbu tanlov o‘tkazilmoqda.
Loyihaning barcha bosqichlarida jamoalar o‘zlari tanlagan musiqa asarlarini jonli ijro etishadi.
Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy mamlakatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, vazirlik tomonidan 2024-yilda ikkita yangi tanlov — “Turon” maktab teatri va “Jadidlar izidan” o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblari Turkiya va Germaniyaga ta’lim sayohatiga yuborildi.
@masofatalim
Darsga kelmagani uchun “ota-onasi bilan kelmaguncha” darsga kiritmaslik ko‘proq maktablarga yarashadi. Oliy ta’lim degan nomni bu kabi ahmoqona talablar bilan rasvo qilmanglar. O‘zi endi-endi oliy ta’lim desa yaxshi tasavvur shakllanish yo‘lida ketilyapti.
Shu ishlarning tepasida turgan “yuksak aql egalari” qachondir tushunib yetishi kerak: balog‘atga yetgan, mustaqil shaxsga aylangan, pasport olgan, uylansa yoki turmush qursa farzandli bo‘ladigan yoshlarning o‘zini javobgar qilib, kattalarga xos ish tutish qiyin emas.
Darvoqe, e’tiborimizni bir narsa tortdi: mana shu xabarni qo‘ygan kanallar birin-ketin OTM_Minbari/51117">o‘chirib chiqmoqda. Bu ham bejiz emas, nazarimizda. Bunga ko‘p chuqurlashmaymiz, lekin ishora beramiz: mansab — xoh u dekanlik bo‘lsin, xoh vazirlik huzuridagi markaz rahbarligi bo‘lsin post o‘chirtirish uchun berilmagan.
Mansabga munosib bo‘linglar.
@masofatalim
Uzcosmos va Uzum yosh iste’dodlarni izlamoqda
"Yosh muhandis" tanlovi g‘oliblari Guhem xalqaro kosmik markaziga yo‘llanma va milliy raqamli ekotizimdan sovg‘alar olishadi. Tanlovda butun mamlakat bo‘ylab 12-20 yoshli bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun 30-martgacha futureengineers.cmspace.uz saytiga ariza topshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan muhandislik loyihasining tavsifi va videotaqdimotini yuborish kerak.
Loyihalar finalchilarining taqdimoti va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 17-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etishga shoshiling!
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch shahrida nodavlat tibbiyot texnikumi litsenziya olmasdan faoliyat ko‘rsatgani haqida mahalliy bloger tayyorlagan video tarqaldi. Unda bloger “Sino tibbiyot bilim yurti” yoki “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasa litsenziyasiz tarzda abituriyentlarni o‘qishga qabul qilayotgani haqida fikr bildirgan.
Bloger keyingi videosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan javob xati olganini aytib, mazkur hujjatda litsenziyaga ega bo‘lmasdan targ‘ibot olib borgan ayrim muassasalar ogohlantirilgani qayd etilganini ma’lum qilgan.
Ushbu holatni o‘rganish davomida “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ Urganch shahrida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tasdiqnoma olgani, biroq 2025-yil 27-mart holatiga ko‘ra, tibbiyot texnikumi sifatida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan litsenziyaga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.
Ya’ni, mazkur ta’lim maskani o‘rta maxsus ma’lumot beruvchi rasmiy texnikum maqomiga ega emas. U faqat tayanch bilimga ega mutaxassislar uchun malaka oshirish yoki qayta tayyorlov kurslari o‘tkazib, tegishli sertifikatlar berishga haqli bo‘lishi mumkin. Ammo maktab bitiruvchilarini o‘qitib, “hamshiralik ishi” kabi diplom berish vakolatiga ega emas.
“Sino tibbiyot bilim yurti” nomi aynan qaysi muassasaga tegishli ekani bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Ushbu nomga o‘xshash texnikum Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritmoqda. Biroq bu texnikum litsenziyada ko‘rsatilgan manzil — Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritishga haqli. Xorazmdagi muassasaning ushbu texnikumga aloqadorligi yuzasidan “Sino tibbiyot texnikumi” vakillaridan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.
Manba
@masofatalim
Rektorlar talabalar holidan xabar olmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov va rahbariyat vakillari talabalar turar joyida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar va umumiy yashash muhiti bilan tanishdi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlarini oʻrganibdi. Bunda olis hududlardan kelgan talabalarning yashash muhiti, muammolari va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilingan.
@masofatalim
my.gov.uz portali orqali bir masala yuzasidan muhim savol bo‘yicha 1242 qisqa raqamiga telefon qilindi. “Navbatdagi tartib raqamingiz 73” dedi.
Erinmasdan navbat kelishi 30 daqiqadan ortiq vaqt davomida kutib turildi. Biroq navbat kelganda shunchaki telefon uzib qo‘yildi. Qayta bog‘lanish uchun yana qo‘ng‘iroq qilindi, yana o‘sha ssenariy takrorlandi.
Fevral-mart oyining autsorsing xizmati uchun yaqinda qariyb 4 mlrd sarflashgan ekan.
Puli to‘langan bo‘lsa, nega call-markazda bunday o‘yin qilinyapti?
@masofatalim
Qirg‘iziston bilan o‘yinda raqib jamoadagi futbolchi qizil kartochka olganini bilmay qolgan futbolchimizga bugun Eron bilan o‘yin borligini kimdir aytib qo‘ydimikan? 😁
@masofatalim
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ekani aytilmoqda.
@masofatalim
#tavsiya
✅ Ilmiy sohadagi eng ishonchli Telegram kanal tavsiya qilinadi!
🎯Ilmiy maqolalar yozishni o'rgatishga qaratilgan ilmiy loyihalar
💯 Iqtidorli yoshlarimiz uchun maxsus grantlar
📚O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari
🌐 Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar
🎉 Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish
🌐 Barcha tillarda bepul kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda chop qilish
🔝Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar
✅ Ilmiy tadqiqotchilar uchun online kurslar
💯 Bepul master class va vebinarlar haqida ma'lumotlar
🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Ramazon oyida ko'p ishlardan nafsimizni tiyaylik”
@masofatalim
Masofatalim™ Telegram kanalining 5 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning samimiy tabriklarini yetkazishdi.
“Bu yillar davomida Siz ta’lim sohasidagi eng dolzarb va muhim ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkor, aniq va ishonchli yetkazib, o‘quvchi va talabalar uchun ishonchli manba hamda haqiqiy ko‘makchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldingiz”, deyiladi tabrikda.
Aslida, kanal faoliyati davomida eng ko‘p tanqid toshlari ham aynan oliy ta’lim vazirligiga qaratilgan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, vazirlik jamoasi ochiqlik va shaffoflikni, so‘z erkinligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Asosli tanqidlarni esa to‘g‘ri qabul qiladi. Dushman yasab olishmaydi. Eng muhimi, ularda toqatlilik yuqori ekani oydinlashadi.
E’tibor uchun vazir va uning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!
@masofatalim
Nahotki talabalar “Tashabbusli budjet”ga jalb etilmayotgan bo‘lsa, deb hayron edik. Gap bu yoqda ekan – moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar bunda ishtirok eta olmaydigan bo‘lgan ekan. Aytishlaricha, 80% OTM moliyaviy mustaqillikka o‘tgan.
P.S.: Talabalar jalb etilmasligi aqlga sig‘maydigan jarayon edi-da 😁
@masofatalim
Парижда давлатимиз раҳбарини расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди
—
В Париже состоялась церемония официальной встречи главы нашего государства
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kechagi gaplar og‘ir botgan ko‘rinadi. Bugunga “mana, ishlayapmiz” degan ohangda post joylashibdi :)
@masofatalim
Prezident tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Yoshlar ovozi” — Bo‘zatov FEST respublika tanlovi g‘olibi Yasmina Husniddinova Italiyada bo‘lib o‘tgan “Sanremo Junior” xalqaro tanlovida 25 ta davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida gran-pri sohibi bo‘libdi.
@masofatalim
O‘zbekiston xususiy maktablari orasida ilk bor – Sodiq School o‘quvchisi Harvard’dan 360 000 AQSH dollarlik to‘liq grant qo‘lga kiritdi!
Ma’lum qilinishicha, Jasurbek 9-sinfda Sodiq School’ning ilk o‘quvchilaridan biri sifatida ta’limni boshlagan. U o’quv yillari davomida bilimga chanqoq, mehnatsevar va qat’iyatli o‘quvchi sifatida ajralib turgan. Har qanday qiyinchilikni imkoniyatga aylantirib, maqsad sari dadil intilgan.
P.S.: Bu maktab reklamasi emas, shunchaki xususiy maktabning mehnati hamda yutug‘ini ko‘rib, e’tirof etishni lozim deb bildik. Ustozlariga rahmat!
@masofatalim
“Garov” filmi: qahramonlik, muhabbat va adrenalinga yo‘g‘rilgan drama
27-mart kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Garov” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya va “Biz Media” platformasi hamkorligida yaratilgan.
Ushbu kartina tomoshabinlarga o‘z hayotiy qarashlarini qayta baholash, vatanparvarlik va jasorat tushunchalarini anglashga turtki beradi. Hech shubhasiz, vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat. fidoyilik hamda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda bu kabi filmlarning ahamiyati katta.
Agar siz nafaqat jangovor va ekshn sahnalar, balki inson ruhiyati borasida o‘yga toldiradigan kinokartinalarni ham xush ko‘rsangiz, unda “Garov” filmi aynan siz uchun! Ketgan vaqtingizga achinmaysiz.
Batafsil: https://platina.uz/6fa7d9
@masofatalim
Z avlod kimlar?
Tez-tez “Z avlod” degan narsa quloqqa chalinadi. Ularning kimligiga Wikipedia’dagi ma’lumotlar qisman oydinlik kiritadi.
Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilida zumerlar deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografik kogorta. Tadqiqotchilar hamda mashhur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1997-2012-yillar orasida tug‘ilganlar Z avlod deb ataladi.
Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi “zumerlar” raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, “internet avlodi”, deb ham atalishadi. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar.
P.S.: “Z avlod”ga (1997-2012-yillar) tashlab qo‘yamiz.
@masofatalim
Asaxiy.uz’dan aslo telefon xarid qilmang, IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berishmaydi va sarson qilishadi
27-fevral kuni Asaxiy.uz internet do‘koni orqali Novey Senat GSM telefoni buyurtma qilingan. Operator bilan muloqot chog‘ida IMEI’dan muammo bo‘lmaydimi, deb so‘ralgan. Buyurtma olgan operator esa “hech qanday muammo bo‘lmasligi, bir oy ichida IMEI avtomatik ro‘yxatdan o‘tib ketishiga” ishontirgan.
Bugun, 27-mart. Ikkita sim-karta joyi uchun ham UZIMEI’dan ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni edi. Bu post chop etilguniga qadar Asaxiy.uz’ga bir necha marta murojaat qilindi.
Birinchi murojaat telefon orqali bo‘ldi, vaziyat tushuntirildi. Muddat kam qolayotgani aytildi. Operator bir gapni qaytardi: “muammo bo‘lmaydi, bir oy ichida avtomatik o‘tib ketadi”, dedi.
Bir necha kundan keyin ularning Telegram kanali ulangan chatiga yozib murojaat qilindi. Bu safar operatorlar IMEI raqamlarni so‘radi, yozib qoldirildi. Oradan bir necha kun o‘tgach tekshirildi. Yana bir xil natija — ro‘yxatdan o‘tmagan.
Oxiri ularning guruhiga muammoni tezroq hal qilishni, agar muddatida IMEI ro‘yxatidan o‘tkazilmasa, bu haqida kengroq yoritib, boshqalarni ham ogohlikka chaqirishni bildirdik. Shundan so‘ng bir necha marta telefon qilib, turlicha yordam taklif qilishdi.
Bu yordamlarning hammasi rad qilindi. Sababi boshidagi kelishuv bo‘yicha ish ketmayotgandi. Birinchi variant: “telefonni Toshkentdagi 8 ta filialimizdan biriga tashlab keting”, deyishdi. Rad qilish sababi: nima uchun mijoz vaqtini ketgazib, ovora bo‘lishi kerak? Keyin IMEI uchun ularning filialiga borishga to‘g‘ri kelsa, o‘zlarini “internet do‘koni” deb atashlarida nima mantiq bor?
Shundan keyin ular “Yandex’dan telefonni berib yuboring, hamma xarajatlarni biz to‘laymiz”, dedi. Bu ham rad qilindi. Sababi telefonning puli to‘langan. U endi birovning mulkiga aylangan. Belafzlik qilib turganlarga qanday qilib shaxsiy telefonni ishonib topshirish mumkin? Qolaversa, unga sim-kartalar ham qo‘yilgan. Telefon raqamlar esa shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi.
Yana bir variant taklif qilishdi. “Telegramdan video tashlab beramiz, shunga qarab o‘zingiz ham o‘tkazib olsangiz bo‘ladi” deyishdi. Bu taklif ham rad qilindi. Chunki telefonning puli to‘lanayotganda bu narsalar ko‘zda tutilmagan, aksincha “bir oy ichida avtomatik o‘tib ketadi” deyilgandi.
Xullas, ortlaridan quva-quva yetib bo‘lmadi, ular esa bu masala keyin nima bo‘lgani bilan ham qiziqmadi. O‘zi bu telefon uncha qimmat emas, ammo ularning beparvoligi, kelishuvda turmasligi odamning jahlini chiqaradi. Shunday qilib, siz endi qayerdan telefon xarid qilmaslikni yaxshi bilasiz.
@masofatalim
Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok chat-botidan endi Telegram’da ham foydalanish mumkin boʻlibdi.
Hozirda faqat Telegram Premium obunachilarigina bunday imkoniyatiga ega: @GrokAI
P.S.: Oʻzbek tilini bilaman, deyapti Grok.
@masofatalim
Videomurojaat qilgan talabaning oʻzidan raddiya.
Universitet mas’ullari talabaga nisbatan hech qanday bosim qilinmagani va bunday boʻlmasligini ham qat’iy ta’kidlashdi.
Rektor esa doimiy ravishda talabalarni qoʻllab-quvvatlashi ham qoʻshimcha qilindi.
P.S.: Tan olish kerak, “narxoz” juda operativ ishlaydi. Darhol e’tibor qaratib, masalani oʻrganadi va yechim beradi. Oldin ham bunga koʻp bor guvoh boʻlganmiz. Bu yaxshi jihat.
@masofatalim
Rasmiy munosabat
Ayrim internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma to‘lovlari muddati yuzasidan xabarlar paydo bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
46 mingdan ziyod talaba kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy hamda ikkinchi oliy ta'lim shaklida tahsil olmoqda. Shuningdek, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov shartlari va muddatlari shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu shartnomalarni talabalar maxsus platforma orqali onlayn oladilar. O‘z navbatida shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda belgilangan miqdordagi to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan talabalar uchun muntazam ravishda qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etib kelinmoqda.
Murojaatda ko‘rsatilgan video yozuvdagi holatda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘quv jarayonlarini yakunlab, yakuniy nazorat topshirmoqda. Universitetda ta'lim sifatini ta'minlash, yakuniy nazoratlarni shaffof, adolatli o‘tkazish maqsadida maxsus kuzatuv kameralari yordamida va mutaxassislar nazorati ostida test topshiriladi. Ushbu yakuniy nazoratlar universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv grafigi asosida kurslar, guruhlar kesimida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda. Ya'ni xabarda ta'kidlanganidek, talabalar shartnoma to‘lovlari uchun emas, balki yakuniy nazorat jarayonlariga kirishga tayyorlanib turgan holat aks etgan (har kuni minglab talabalar yakuniy nazorat topshirmoqdalar).
Hozirgi kunda sanoqli talabalargina shartnoma to‘lovining 75% dan kam miqdorida amalga oshirgan bo‘lishi mumkin – ularning soni videoda aks ettirilganidek ko‘p emas. Shuningdek, imtihon jarayonlarida talabalarni sun'iy yiqitish holatlari mavjud emasligini ham alohida ta'kidlab o‘tamiz. Qayd etish kerakki, imtihondan yiqilgan talabalarga qayta yakuniy nazorat jadvallari asosida qayta topshirish imkoniyati yaratib berilmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida har bir talabaning shaxsiy erkinligi, qadr-qimmati ahamiyatli bo‘lib, talabalarning fikrlari va takliflari universitet mas'ullari uchun muhimdir. Shuning uchun, talabalar o‘z muammolarini hal etish maqsadida universitet rahbariyatiga bevosita murojaat qilishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
2021-2025-yillar orasida xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishga 42 779 nafar yoshga 80,4 mlrd so‘m kompensatsiya berilib, imtihon topshiriq xarajatlari to‘liq qoplab berilibdi.
E’lon qilingan tahlillarning e’tibor tortadigan jihatlaridan biri shuki, yosh toifasi bo‘yicha eng ko‘p kompensatsiyani 18-23 yosh orasi (19 234 nafar) va 14-17 yosh orasi (14 497 nafar) olibdi.
Shundan ham bilsa bo‘ladiki, hozir katta bo‘layotgan avloddan umid katta. Z avlod deb kattalar kuladi-ku, lekin ayni shular boshqacha zamonda katta bo‘lyapti. Sun’iy intellekt davri.
@masofatalim
“O‘zbekiston penaltidan gol urib yutdi-da”, degan har xil gap-so‘zlar bo‘lmasligi uchun Shomurodov buni urmaslikka qaror qilgan, deb o‘ta yaxshi gumonda bo‘lamiz😁
@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi 9 ta elektromobil va boshqa qimmatbaho sovgʻalar qoʻyib, mega tanlov e’lon qildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda:
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta);
2-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
3-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.
@masofatalim
Masofatalim™ kanali 5 yoshda!
Bundan ropa-rosa 5 yil oldin, 2020-yil 15-mart kuni (yakshanba edi) O‘zbekistonda ilk odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ortidan hukumat mamlakatda karantin e’lon qilgandi.
Buning ortidan barcha ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklga o‘tkazilgan. O‘sha paytda sal bo‘lsa ham yoshlarga foydali bo‘lsin, deb 2020-yil 16-mart kuni Masofatalim™ kanali ochilgan.
Oradan vaqt o‘tdi, fanlardan ayrim bilimlarni, testlarni berib borishga harakat qildik. Bir qancha onlayn olimpiadalar o‘tkazildi. Ammo bu bilan uzoqqa borib bo‘lmasdi. Chunki hayot yana asta-sekin iziga tusha boshlagan, kanalning esa endi ko‘pchilikka keragi bo‘lmay qolayotgandi. Shundan so‘ng yo‘nalish o‘zgardi.
Masofatalim™ kanali asosan ta’lim va yoshlar masalalari hamda ularning muammolari haqida gapiruvchi kanalga aylandi. Kimlardir g‘irt tanqidchi kanal sifatida ko‘radi😁 Ba’zida esa jamiyatdagi boshqa mavzularda ham ayrim fikrlarni chiqarishga to‘g‘ri keladi. Kanal yo‘nalishi o‘zgardi-yu, ammo nomni o‘zgartirishni istamadik. Ko‘pchilik bu kanalni Masofatalim™ deb tanib ulgurgandi. Shu joyida brend bo‘ldik, deb bir maqtanib ketsa arziydi :)
Aslida, nom ko‘p narsani hal qilmaydi. Mazmun muhim, nazarimizda. Xullas, birpasda oradan roppa-rosa 5 yil vaqt o‘tib ketibdi. Koronavirus degan balo ham unutildi, hayot yana oldingidek davom etmoqda. Doim shunday tinchlik, sihat-salomatlik bo‘laversin. Turli balo-qazolardan Alloh o‘zi asrasin.
Bundan keyin ham ushbu kanal ta’lim va yoshlar masalalarini hamda ularning muammolarini yozishda davom etadi. Ba’zida ta’lim (kanal nomi) bilan bog‘liq bo‘lmagan postlarga ko‘zingiz tushsa, bu endi mantiqsiz ko‘rinmaydi, degan umiddamiz.
Bizni kuzatayotgan va bugunga qadar qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barchaga rahmat!
@masofatalim
X ijtimoiy tarmog‘ida talabalar uchun so‘rovnoma chiqarishibdi. Unda oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlash holati bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan.
Izohlarda biror talaba tomonidan bunday holat kuzatilgani yozilmagan. Hozircha bu quvonarli holat. Oxirigacha shunday bo‘lib qolsa, oliy ta’lim vazirligini yana bir maqtashga arzigulik ish bo‘lardi.
Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelganda vaziyat buning aksi. Maktab va tibbiyot muassasalarida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari jadal ketmoqda.
@masofatalim
Zomin — Oʻzbekiston oʻpkasi
https://youtu.be/GgNWk5ohPQc
Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, Jizzaxdagi tuman madaniyat bo‘limlari xodimlari uyida kartoshka, piyoz, pomidor ekayotgan odamlar xonadoniga kirib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib bermoqda ekan.
Surat va videolarga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, jarayon viloyatda “Obod qishloq” nomli loyiha doirasida ommaviy o‘tkazilmoqda.
Shunaqa g‘oyalar bularning kallasiga qayerdan kelarkan-a? 😂
@masofatalim