Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!
O‘zbekistondagi minglab iste’dod egalarini jalb qila olgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov Fest” yoshlarni chorlaydi!
Mega loyihaning tuman bosqichlari 15-20-may kunlari, hududiy bosqichlar 25-30-may kunlari, respublika bosqichi esa 3-7-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Opera, an’anaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta yosh toifasida iste’dodlar bellashadi.
Final bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan, 3-o‘rin sohiblari 20 million so‘mdan, 2-o‘rinni egallaganlar 30 million so‘mdan, 1-o‘rin g‘oliblari esa 50 million so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Batafsil ma’lumot uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilari va Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin!
@masofatalim
“Part-time education” — qonunda yo‘q narsa
Ba’zi manbalarda “part-time education” ta’lim shakli reklama qilinmoqda. Lekin qonunda bunday ta’lim shakli mavjud emas. Amaldagi qonunda (O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari bor. Xo‘sh, qonunda yo‘q narsaga qabul qanday amalga oshiriladi? Yoki parlamentimiz bir uxlab turgunimizcha “part-time education” ta’lim shaklini qonunga kiritib, ma’qullab beradimi?
@masofatalim
Toshkent davlat transport universiteti talabasi giyohvand modda sabab javobgarlikka tortildi
Sud qarori bilan Toshkent davlat transport universitetining 2-bosqich talabasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi va 274-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Gap shundaki, u 3 nafar tanishini giyohvand modda iste’mol qilishga qiziqtirib, 2024-yil 6-oktabr kuni kechasi soat 02:45 da “Matiz” rusumli avtomobilda o‘tirgan payti ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otgan. Xolislar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganda oldidan 1,24 gramm miqdorda gashish giyohvandlik moddasi topilgan.
Sudda ayblanuvchi aybiga qisman iqror bo‘lib, bir oydan beri giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib kelayotganini bildirgan.
@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyevalar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
@masofatalim
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti rektori lavozimidan boʻshatildi.
@masofatalim
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi psixotrop modda sabab javobgarlikka tortildi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti energetika muhandisligi fakultetining 1-bosqich talabasi yonidan 2,66 gramm miqdorda psixotrop modda chiqqan.
U bu moddani yo‘ldan topib olganini, sotish niyati bo‘lmaganini, qiziqish tufayli o‘zi endi iste’mol qilib ko‘rmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Sud qarori bilan ushbu talaba JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
@masofatalim
Aytishlaricha, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga Adham Xudoyqulov tayinlanishi kutilmoqda.
@masofatalim
❗️Sirtqi ta’lim shakliga qabul butunlay tugatildi. O‘rniga muqobil ta’lim shakllari paydo bo‘ladi.
@masofatalim
Ayrim vallomat prorektorlarni yerga tushirish kerak.
@masofatalim
Adham Bekmurodov Prezident davlat boshqaruv akademiyasi rektorligidan ham, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori lavozimidan ham boʻshatildi.
Avvalroq Bekmurodov bir paytning oʻzida mana shu ikki lavozimni egallab oʻtirganiga e’tibor qaratgandik.
Undan ham oldinroq esa “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rahbariyatini yangilash kerakligi haqida fikrlarimiz yangragandi.
Har ikki tashkilotda juda koʻp qilinadigan ishlar bor. Ayniqsa, shaffoflik masalasida. Bularga avval koʻp bor toʻxtalganmiz, kamchilik va muammolarni yozganmiz. Bekmurodovning ketishini esa olqishlaymiz.
@masofatalim
Tashkilotchilik - nol!
Poytaxtning qoq markazida, kichkina joyda gullar festivali boʻlyapti. Oʻn ming, balki yuz minglab odamlar kelyapti. Boshqa muammolar-u kamchiliklar mayli, bir chetda turib tursin. Hozir gap boshqa masala - odamlarning xavfsizligi haqida.
Festival bo‘layotgan hududda ot mindiradigan befarosatlar paydo boʻldi. Mayli, tirikchiligini qilayotgandir, ammo odamlarning, bolalarning ustiga tikka otini haydab boryapti. Bularni kim kirgazdi? Melisa-yu, milliy gvardiya qayerga qarayapti?
Shu holatning tirik guvohi sifatida tashkilotchilardan ko‘zlarini kattaroq ochishni, ot mingan befarosatlarni bu hududga yaqinlashtirmaslikni so‘ragan bo‘lardik. Tiqilinch, odamlar gavjum. Bolalar juda ko‘p. Ot esa hayvon, aqli yo‘q jonzot. Kimnidir majaqlab ketsa, keyin kech bo‘ladi.
@masofatalim
Guliston davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani A.Taniberdiyev talabalarga osh qilib beribdi.
P.S.: Rasmlarda samimiylik va kamtarlik bor.
@masofatalim
Ozarbayjon yulduzlari O‘zbekistonda konsert beradi
24-may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida “Ozarbayjon yulduzlari” deb nomlangan gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda Ozarbayjon yulduzlari — Chinara Malikzoda, Nura Suri va Mexman Elmano'g'li go‘zal taronalari bilan ishtirok etadi.
Chiptalarni Iticet.uz saytida yoki saroy kassasidan xarid qilish mumkin.
Murojaat uchun:
+998 88 711 24 88
Saroy kassasi:
+998 33 5111488
+998 55 5111488
O‘zbekistondagi piyodalar o‘tish yo‘laklariga juda kerakli qurilmalar ekan :)
@masofatalim
Eh... Porlab chiqqanlarni tadbirma-tadbir sudrab, faqat uni so‘ndirish mumkin, xolos.
@masofatalim
“Mening yurtim” telekanalida Turkiyadan eksklyuziv suhbat: “Izlarim” koʻrsatuvining ijodkorlari Choliqushi — Aydin Shenerdan intervyu olishibdi. Ushbu suhbat bugun, 11-may kuni soat 22:10 da “MY5” telekanalida efirga uzatiladi.
@masofatalim
Oliy ta’lim vaziri sirtqi ta’limning yopilishini “zamonaviy talablarga javob bermaslik” bilan izohladi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni e’tiborga olinganmi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermasligini” ma’lum qildi. Shundan bir necha kun o‘tib, Prezident farmoni bilan sirtqi ta’lim tugatildi. Qonunda esa bu hali ham saqlanib turibdi. Aslida, qonun hamma narsadan ustun, agar OTMlar sirtqiga qabulni davom ettiraversa ham (fantastik hayol), bu qonunga zid bo‘lmaydi.
Sirtqi ta’limning yopilishi esa bir qancha muammolarni yuzaga chiqaradi:
Birinchidan, o‘qituvchilarning ishsizligi va oyligiga bu jiddiy ta’sir qiladi. Chunki kunduzgi ta’limda ishlayotgan o‘qituvchilar orasida sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabalarga dars beradigan ko‘plab ustozlar topiladi. Ular endi bundan mahrum bo‘ladi.
Ikkinchidan, kontrakt narxi oshishi va texnikumlarga talab ortishi kuzatilishi mumkin. Buni tushunish ko‘pam qiyinmas. Ikkita ariqda oqayotgan suvning bitta arig‘i yopilsa, suv majbur bitta ariqdan oqadi, ko‘proq oqadi. Buni sun’iy intellekt ham aytdi. Kontrakt oshsa, ehtimol, ko‘pchilik texnikumlarni afzal bilar.
Uchinchidan, 2017-yilda sirtqi ta’lim bejiz ochilmagan. Buning asl sababi — o‘zbekistonlik yoshlar qo‘shni davlatlarga, ayniqsa, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga qarab ketib qolayotgandi. Valyutaning chiqib ketishini oldini olish uchun ham sirtqi ta’limga ruxsat berib yuborilgan (bu ma’lumot hali hech qayerda tan olinmagan, eksklyuziv). Albatta, bu o‘z natijasini ko‘rsatdi, qo‘shni davlatlarga ketayotgan yoshlar oqimi keskin kamaydi. Buning yana bir sabablaridan biri — nodavlat OTMlar soni ham ko‘paygani bilan bog‘lash mumkin.
Savol tug‘iladi: sirtqi ta’lim zamonaviy talablarga javob bermasa, 2017-yilda nega ochildi? Oradan 8 yil o‘tdi. Bu nuqtadan kelib chiqilsa, shu 8 yil ichida ta’limning bu shaklida o‘qiganlar talabga javob bermaydigan mutaxassis hisoblanishadimi?
To‘rtinchidan, sirtqi ta’lim qonunda turibdi. Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” deb yozib qo‘yilgan. Endi qonunda bor narsani farmon bilan qanday qilib yo‘qqa chiqarilmoqchi?
Bu sirtqi ta’limning yopilishi haqidagi ayrim mayda fikrlar, xolos. Chuqurroq qaralsa, ko‘p masalalar ochiq turibdi. Yangi ochilgan ta’lim agentligining vakolatlari va farmon bo‘yicha esa ko‘p bahsli joylar mavjud. Ularga keyinroq to‘xtab o‘tiladi.
Monopoliya hidi kelmoqda. Nodavlat OTMlarni bankrot qiladigan, litsenziyasini bekor qilish esa yanada osonlashadigan ishlar. Davlat biznesga aralashishi kerakmas, unga yordam berishi kerak.
Hamma gaplar IMHO.
@masofatalim
“...O‘zgarishlarni prezident uchun emas, xalq uchun qilish kerak” — Islom Karimov
9-may — Xotira va qadrlash kunida marhum birinchi prezidentni yodga olamiz.
@masofatalim
Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
@masofatalim
Tasdiqlandi. Adham Xudoyqulov Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
@masofatalim
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Universitet rektori Gulchehra Rixsiyevaning ma’lum qilishicha, Telegram messenjerida uning nomidan firibgarlar soxta akkaunt ochib, feyk xabarlar tarqatmoqda.
Bu xabarlarga ishonmaslik soʻralgan.
@masofatalim
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olishi aytilgan hindistonlik talabaning murojaati tarqagandi. Holatni shaxsan o‘rganish maqsadida, 6-may kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent tibbiyot akademiyasiga boribdi va hindistonlik talabalar bilan ochiq muloqot qilibdi.
@masofatalim
Turin politexnika universiteti talabasi gihoyvand moddalar sabab 7 yilga qamaldi
Oliy sud ochiq portalida keltirilgan sud qarorida aytilishicha, Turin politexnika universiteti 4-bosqich talabasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan.
2024-yilning 6-avgust kuni DXX, IIV va Toshkent shahar IIBB Giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir jarayonida uning vaqtinchalik yashash xonadondan 7 dona alohida qadoqlangan jigar rangli, o‘tkir xidli, mumsimon moddalar, bir dona qog‘oz o‘ramidagi jigar rangli, o‘tkir xidli, mumsimon modda, giyohvandlik vositalarini qadoqlash vaqtida o‘lchashga mo‘ljallangan 1 dona elektron tarozi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
@masofatalim
Adham Bekmurodov oyogʻi yerdan uzilgan rektor edi.
@masofatalim
“Bilim beradigan, qo‘shimcha qiymat yaratadigan buyumlarga o‘lpon solish xalqni kambag‘al qiladi, xolos” — Kainbek
@masofatalim
“Narxoz”ning sobiq va amaldagi rektorlari talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yishdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va “narxoz”ning amaldagi rektori To‘lqin Teshaboyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “To‘rtko‘l fakulteti” hududida 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yishibdi.
@masofatalim
🎓 Abituriyentlar uchun zamonaviy vosita: bepul, o'zingizga mos sohani aniqlash testi
Maktabni bitiryapsiz, lekin qaysi yo‘nalishni tanlashni hali ham bilmayapsizmi?
- Toshkent amaliy fanlar universiteti tomonidan yaratilgan psixologik test orqali sizga mos ta'lim yo'nalishlari aniqlanadi.
- Har bir soha bo‘yicha xalqaro va mahalliy o‘rtacha oylik maoshlar ko‘rsatiladi.
- Natijaga qarab qaysi yo‘nalish va fakultetlar sizga mosligini ko‘rishingiz mumkin
Bu test maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun kasb tanlashdagi chalkashlikni bartaraf etadi.
📌 Testdan o'ting va atiga 7 daqiqada muvaffaqiyatli kelajagingizni aniqlang
👉 Testni boshlash
Prezident bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan qiz yangi ochilgan universitet talabasiga aylandi
Kuni kecha Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha prezident qarori imzolandi.
Xorazmdagi tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi. Unda so‘zga chiqqan Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolova mazkur universitetga imtihonlarsiz qabul qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, u 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab toʻliq grant asosida mazkur universitetda oʻqiydi.
@masofatalim
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.
“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.
@masofatalim
Shuhrat Boymurodov ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol rahbarlardan biri sanaladi. Ayniqsa, oʻz sohasi boʻyicha Instagramda koʻp foydali ma’lumotlarni ulashib boradi.
Katta dargohning boshqaruviga munosib rahbar tayinlandi, nazarimizda. Faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilaymiz.
@masofatalim