Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣13 qism🐣
Fotima pardoz qilib sochlarini yig'ib Ali sovg'a qilgan taqinchoqlardan taqib pastga tushdi.
🧔🏻♂Oho bugun qizim malikalardanda go'zal..?
👩🏻🦰😅Qo'ysangizchi amaki
Alini otasi Fotimaga yaqin keldida qulog'iga shivirlashga tushdi
🧔🏻♂Maslahatim Alidan uzoqlashma. Bo'lmasa bugungi bazmni esda qolarli qilishi mumkin😂
👩🏻🦰😂Harakat qilaman.
Qaynota kelin kulishib turganda Ali va akasi kelib qoldi
🧑🏻Bu go'zallik qayerdan? Meni kelinimmi shu qiz?
👩🏻🦰😁Uyaltiravermanglar.
Ali ham Fotimaga qarab turdida so'ng hech narsa demay tashqariga ishora qildi. Hamma mashinaga chiqa boshlagach Ali va Fotima Zohidni mashinasiga o'tirdi. Ularni otasi esa bir o'zi oldinroq ketdi.
👱🏻♂Kimga telefon qilyapsan?
👩🏻🦰Zuhraga...
👱🏻♂Ha nima bo'ldi?
👩🏻🦰Borsam telefon qilaman degandi. Negadir telefon qilmadi. Oyimni oldida qoladimi deb so'ramoqchi edim
👱🏻♂Ha mayli...
Zohid Fotimani gapini eshitib biroz bezovtalanishga tushdi. Ali esa akasini holatini sezib mashina oynalarini ochdi. Zohid esa bo'yinbog'ini ozroq bo'shatib hayollarini boshqa narsalarga chalg'itdi.
* * *
👩🏻🦰Deraza oldidagichi?
👱🏻♂U uzoq qarindoshimiz. Aslida o'zim ham tanimayman yaxshi ammo qarindosh
👩🏻🦰😂
👱🏻♂Kulma rostini aytyapman. Men tanimagan ammo qarindoshim bo'lgan insonlar juda ko'p bu yerda.
👩🏻🦰Ha...
Ali akasini bezovta ekanini ko'rib oldiga ketdi.
👱🏻♂Men hozir 5 minut...
👩🏻🦰Ha mayli.
👱🏻♂Aka..?
🧑🏻Sarvinozni nima ishi bor edi bu yerda?
👱🏻♂Kim..? Sarvinoz, Sarvinoz deysizmi? Qani😳kelibdimi?
🧑🏻Sekinroq bizga qarab turibdi hozir kelib qolmasin.
👱🏻♂Dadam do'stlarini chaqirgandi, dadasini bilan kelganga o'xshaydi.
🧑🏻Shu yetmay turgandi o'zi...
🧑🏻🦰Salom
👩🏻🦰🤨
🧑🏻🦰Siz ham shu shirkatda ishlaysizmi?
👩🏻🦰Kechirasiz..?
🧑🏻🦰Men shu shirkatda ishlayapman ammo sizni ko'rmagan ekanman.
👩🏻🦰Ko'rishingiz ham kerak emas manimcha.
Fotima stakandagi sharbatini ichayotib uzugini ko'rsatishga urindi ammo yigitga farqi yo'q ekanda😂🤦🏻♀
🧑🏻🦰Ismingiz nima..?
👱🏻♂Ismi Fotima Saidova
Fotima Alini ovozini eshitib sharbatini ham icholmay yo'talib qoldi.
🧑🏻🦰Voy sekinroq. Ali sizni ko'rmaganimga ancha bo'lgandi? Bu qiz qarindoshingiz bo'ladimi? Familyangiz o'xshash...
Fotima Aliga qarab turgach Ali Fotimani stoli oldiga keldida belidan ushlab o'ziga tortdi.
👱🏻♂Yo'q rafiqam Fotima Saidova bo'ladi...
🧑🏻🦰😨Aa..? R..rafiqa..? Kechirasiz men shunchaki. Kechirasiz bilmagandim.
Yigit stakanini ham qoldirib qochib qolgach Fotima belida turgan Alini qo'liga qaradi.
👩🏻🦰Haligi..
👱🏻♂Rafiqamsan shunday emasmi?
Ali Fotimani qulog'iga yaqin kelib shivirlagach Fotima seskanib ketdi.
👱🏻♂Rafiqam ekansan nega buncha qo'rqyapsan?
👩🏻🦰😳Aa? Men..qo'rqmayapman.
👱🏻♂😁Yaxshi unda.
Zohid deraza oldida turganida oldiga Sarvinoz keldi.
👱🏻♀Salom Zohid aka.
🧑🏻Ha salom.
👱🏻♀Yaxshimisiz? Ko'rishmaganimizga ancha bo'lgandi
🧑🏻Ha yaxshi rahmat. Ancha desak xato manimcha.
Zohid Sarvinozdan qutilish uchun Alini izlayotganda eshik oldida Zuhrani ko'rdi. Zuhraga boshdan oyoq qarab turdida Zohid ozroq o'zini yo'qotdi.
Uncha uzun bo'lmagan siyoh ko'ylak va sochini yoyib turmak qilgan Zuhra eshik oldida ko'pchilikni e'tiborini tortib turgandi. Zohid o'ziga kelgach kulib Zuhrani oldiga ketdi. Sarvinoz esa unga gapirgancha deraza oldida qolib ketdi
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙
#ДИҚҚАТ
❗️Яқинларингизни огоҳлантиринг: кучли магнит бўрон ерга яқинлашмоқда
Дам олиш кунлари Ўзбекистонга 4 5 балли магнит бўронлар тушади.
💥 16 июнь 4 балл
💥 17 июнь 5 балл
💥 19 ва 20 июнь 4 балл
@Tila_sozlar 🌙
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣10 qism🐣
👩🏻🦰Haligi Ali agar uzugimni bersangiz sumkamga solib qo'yardim.
👱🏻♂Menda turaversin. Ustoz kirdi oldinga qara
👩🏻🦰Xo'p😑
Fotima Alini Davron bilan hecham kelisholmasligini va hatto ikkisini urushib ketganini ko'rgani uchun hozir nimadir desa Alidan gap eshitib qolishi mumkinligini o'ylab indamay qoldi. Ali esa Fotimani birinchi marta asabga tegmay indamay qolganini ko'rib kuldida oldiga qaragancha ustozni eshitishga tushdi.
👱🏻♂Nega chiqishi qiyin? Savol qiyinlik qilibdimi? Nima bo'libdi-a?
Hamma imtihondan chiqib uyga ketavergach Ali universitet hovlisiga chiqib uni kutib o'tirdi. Fotima biroz kayfiyatsiz holda chiqayotganini ko'rib Ali tezda oldiga bordi.
👱🏻♂Nima bo'ldi..?
👩🏻🦰..🙁
👱🏻♂Qiyinmikann?
👩🏻🦰Yo'q. Osongina ekan
Ali Fotima nega kayfiyatsiz ekanini bilmay hayron bo'ldida ortidan mashina tomon ketdi. Eshikdan chiqayotib Ali tezlashdi, Fotima esa Alini mashinani olgani ketganini sezib eshik oldida to'xtadi. Ortidan esa Davron so'ng dugonalari bilan Zuhra chiqib keldi.
🧑🏻🦱Fotima uzr so'rayman. Men...
👩🏻🦰Yaqinlashmang menga
🧑🏻🦱Men atay qilmadim, o'zimni boshqarolmay qoldim
👩🏻🦰Qo'lizni oling
🧑🏻🦱Gapimni eshitsangchi...
Davron Fotimani bilagidan ushlab jahl qila boshlagach Zuhra tez kelib Davronni qo'lini siltab tashladida yuziga tarsaki tushirdi
👩🏻Sen kimsanki uni qo'lidan ushlaysan?
Ali mashinadan tushayotib Zuhrani ovozini eshitib tezda universitet darvozasi oldiga keldi.
👱🏻♂Zuhra, Fotima nima bo'ldi? Davron sen ketmadingmi?
👩🏻Ali... bu
👩🏻🦰Hech narsa bo'lmadi. Shunchaki Zuhra ozroq hayajonlandi gapimdan
👱🏻♂Ha...mayli yuringlar unda
Ali Fotimani bilagiga tegib ketgach Fotima og'riqdan qo'lini ortga oldi. Ali buni ko'rib hayron bo'ldida Fotimani to'xtatdi.
👱🏻♂Nima bo'ldi?
👩🏻🦰Hech narsa...
Zuhra opasini gapidan keyin o'zini zo'rg'a ushlab boshqa joylarga qarashga tushgach Ali birdan nimadir bo'lganini tushundi.
👱🏻♂Shoshma
Ali Fotimani qo'lini ko'rish uchun koftasini yengini ko'targach barmoq izlarini ko'rib Zuhraga qarayotganda orqadagi Davronni Fotimaga jilmayib qarab turganini ko'rib birdan jahlini ushlolmay uni oldiga ketdi.
👱🏻♂O'lging kelganga o'xshaydi seni🤬
Ali g'azab bilan Davronga musht tushirgach Davron yerga yiqildi. Ali uni yoqasidan olib turg'izdi ammo Davron hech narsa qilmay kula boshladi.
👩🏻🦰Ali...😳
👩🏻Ali kerakmas hamma qarayapti muammo chiqadi hozir.
👱🏻♂Sen kimsanki meni...
👩🏻🦰Ali bo'ldi...
Fotima Alini yuzidan ushlab o'ziga qaratgach Ali aytmoqchi bo'lgan gapini davom ettirolmay jim qoldi. Fotima esa vaqtida ulgurdi. Bo'lmasa Ali hammani oldida Fotimani rafiqam deb yuborardi.
👩🏻🦰Tinchlaning.
Ali Fotima to'xtatganidan keyin Davronni qo'yib yubordi. Fotima esa mashina tomon ketgach Zuhra Alini opasini ortidan jo'natdi.
👱🏻♂Nima bo'ldi o'zi?
👩🏻🦰Kechirin so'ramoqchi edi o'zicha
👱🏻♂Kechirim?
👩🏻🦰Bo'sa olmoqchi edi yuziga tarsaki tushirib yaxshilab tepdim
👱🏻♂Bo'sa olmoqchi ediii😡
👩🏻🦰Baqirmang qulog'im kar emas.
👱🏻♂Sendan bo'sa olmoqchi ekanini nega endi bilyapman? Nega sendan nima bo'lganini so'raganimda aytmading?
👩🏻🦰Bira to'la Davronni o'ldirib qo'yardingiz keyin.
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙
Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
Xudo xoxlasa 🤲🤍🥰
Kimda shunaqa niyat bosa komentga 🤍🤲 shu stikerladan bitasini tashela😍
@Tila_sozlar 🌙
Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
🕌 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🕋 🌙 🤲
🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!
❗️Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин
@Jahon_xabarlari
Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣12 qism🐣
Zohid xonasiga kirayotib ortga yostiqni tashlab eshikni yopdi. Ali esa yostiqni olib akasini holatiga hayron bo'lib ortga qaytdi.
Zohid joyiga yotdida oldiga onasini rasmini oldida uni quchoqlab yotdi.
Kechgi vaqt Ali doimgidek yarim tunda o'rnidan turib tashqariga chiqdi. Akasi hovuz bo'yida o'tirganini ko'rib oldiga bordi.
👱🏻♂Aka.?
🧑🏻Yana uxlolmadingmi?
👱🏻♂Hm🙁siz nega uxlamadingiz?
🧑🏻O'zim shunchaki. Ozroq mazam yo'q edi.
👱🏻♂Tinchlikmi? Nimadir qildimi?
🧑🏻Havotir olma ozroq boshim og'riyapti xolos.
Ali yulduzlarga biroz tikilib turdida so'ng akasiga qaradi.
👱🏻♂Rostan ketmoqchimisiz?
🧑🏻Ketsam yaxshi deb o'ylayapman. Ya'ni bu yerda yurganimdan foyda yo'q. Dadam ham chet eldagi yangi firmaga bosh bo'laqol dedilar.
👱🏻♂Iy bu yerdagichi?
🧑🏻Senga qoladi.
👱🏻♂😳Menga?? Men yo'g'e eplolmayman aka. Endi 2 kurs bo'ldim o'zi. Hali bunaqa ishlarni eplolmayman deb qo'rqaman
🧑🏻Qo'rqma bizni qarzga kirgizib yubormasang bas😂qolgani ketaveradi... Ha hafta oxiri bazm bo'ladi shirkatimizni 10 yilligi
👱🏻♂🤦🏼♂Dadam boya bizga shuni aytibdida. Esimda yo'q ekan
Hafta oxiri
📞👩🏻🦰Ha kelasanmi bazmga?
👩🏻Bilmasam, qanaqa bazm o'zi?
👩🏻🦰Ali akalarni shirkatini 10 yilligi. Keyin Zohid akani ketish oldi hayrlashivu
👩🏻Ketish oldi..?
👩🏻🦰Ha yaqinda chet elga ketarkanlar. Manimcha indinga chipta olingandi.
👩🏻Hm...
👩🏻🦰Kelasanmi? Oyim bormayman dedilar. Sen ham uyda qolaman demassan
👩🏻Bilmasam kech bo'laversinchi.
👩🏻🦰Unaqa dema aniq kel. Kutaman seni
Fotima telefonni o'chirib javon oldiga borib ko'ylak tanlay boshladi.
👩🏻🦰Ali aka. Qarang qaysisi yaxshiroq? Oq ranglimi? Moviymi?
👱🏻♂Ikkisi ham bir xildek manimcha. Yaxshisi javondan boshqalarini ko'rsat
Fotima qo'lidagilarni kravatga otdiyu javondan boshqa kiyimlarini oldi.
👩🏻🦰Endichi? Qaysi yarashadi bunisimi yoki unisi?
👱🏻♂Qizil rangli
👩🏻🦰Menga ham qizil yoqqandi. Shuni kiyaman
👱🏻♂Ey to'xta yaxshisi pushtini kiyaqol.
👩🏻🦰Yo'q bo'ldi qizil mos keladi bugunga. Qizilni kiyaman. Siz ham qizilni aytdiz.
👱🏻♂🤦🏼♂(Qizil yarashdi demoqchi edim, ammo kiy demoqchi emasdim. Eh Ali... tilinga ehtiyot bo'lmaganing uchun kechgi vaqt endi g'azabingni qo'lda ushlashing kerak..)
👩🏻🦰Tadaaam. Qale ko'rinyapman
👱🏻♂😶
👩🏻🦰Bunaqa qarab qolganizdan go'zalligimni ta'riflolmay qolganga o'xshayapsiz
👱🏻♂Ali Fotimaga uzoq tikilib turdida o'rnidan turib uni oldiga bordi.
Fotimani oyna tomonga qaratib ortidan o'tdi.
👩🏻🦰Tinchlikmi?
👱🏻♂Bugun bazmga anchagina erkak keladi. Ko'zdan panaroqda bo'lasan deb umid qilaman.
Ali Fotimani orqasidagi ko'ylagini tugmalarini o'tkazishga tushgach Fotima nafasini tutub qimirlamay yerga qarab turdi.
👱🏻♂Bo'lmasa biror muammo chiqadi deb qo'rqaman.
👩🏻🦰Qanaqa muammo..?
Fotima ko'zini oynadan olib qochib gapirgach Ali undan uzoqlashdida narigi javondan kostyumlarini oldi
👱🏻♂Umid qilamanmi muammo chiqmaydi.
Ali Fotimaga jilmayib kiyimlarini olib chiqib ketgach Fotima deraza oldiga borib chuqur-chuqur nafas olishga tushdi
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣11 qism🐣
Fotima derazadan tashqariga qarab keta boshlagach Ali alamzada bo'lib qovog'ini osdi. Fotima esa Aliga qaradida kulib oldiga qarab keta boshladi, so'ng mashina qutisidagi uzuk esiga kelib Alini uzugini oldi
👩🏻🦰Qo'lingizni uzating
👱🏻♂Nimaga?
👩🏻🦰Yeyman qornim och... Bering endi
👱🏻♂Yemaysan deb umid qilaman. Ayyy nimaga urasan
👩🏻🦰Narigisini bering. Yeyishga emas uzuk taqishga so'radim
👱🏻♂Ha uzukka desang bo'lardiku.
Ali kuldida narigi qo'lini uzatdi, Fotima uzukni taqqach narigi qo'li bilan cho'ntagidan Fotimani uzugini olib Fotimani barmog'iga taqdi.
* * *
🧑🏻Bu paytda bir o'zing nima qilyapsan?
Kechgi vaqt Zuhra yig'lagancha darvozalarini oldidagi bog'da o'tirganda Zohid kelib qoldi
👩🏻Sizchi? Nima qilyapsiz bu paytda biznikida?
🧑🏻Opang narsa berib yubordi. Alini o'zi kelmoqchi edi biroz toza havoda aylanaman deb o'zim olib keldim
👩🏻Qanaqa narsa ekan?
🧑🏻Bilmasam o'zing ko'rarsan.
Zohid qo'lidagi sumkani Zuhraga tutqazgach Zuhra yoshlarini artib sumkani oldi. So'ng Zohid cho'ntagidan ro'molchani ham Zuhraga uzatdi
👩🏻Rahmat shart emasdi.
🧑🏻Kech payt tashqarida bir o'zing o'tirma. Kiraqol yaxshisi
👩🏻Siz kirmaysizmi? Dadam uyda edilar...
🧑🏻Boshqa safar kirarman uyga qayta qolay. Hozir kirsam ko'p qolib ketaman.
👩🏻Ha mayli.
🧑🏻Bo'pti yaxshi dam ol.
👩🏻Rahmat siz ham yaxshi yetib oling
Zuhra uyga kirib ketayotganda Zohid ortga o'girildida Zuhrani uyga kirgunicha qarab turib so'ng yo'lida davom etdi.
👩🏻🦰Asabimga tegmang ko'p. Undan ko'ra yostiqlarni joylashtirishimga yordam bering
👱🏻♂Qanaqa yostiq yana?
👩🏻🦰Qanaqa yostiq deysizmi? O'rtamizda turadigan yostiq yana ertalabgidek
👱🏻♂Ha bo'ldi endi. Qoch o'zim joylashtiraman
👩🏻🦰Yostiqni qo'ymagansiz kecha, uni ustiga qo'lizni ham olmaysiz ertalab
👱🏻♂Bo'ldida endi...🤨
👩🏻🦰😒😒
👱🏻♂O'ziz ham kechasi oyog'izni ustimizga qo'yib yotgandiz hech narsa demadik😶
👩🏻🦰😳Voy sizni. Yolg'on gapirmang ko'p jinni
Fotima yostiqni olib Aliga otgach Ali ham oldidagi yostiqni Fotimaga uloqtirdi
👱🏻♂Boshlama yana
👩🏻🦰Boshlasam nima qilasiz? Yoki yana biror joyiz ko'karishidan qo'rqyapsizmi?
👱🏻♂Hm..😏Sen bu yerga kelda
Ali va Fotima yostiq otib xonada yugurib yurganda eshik ochiq ekanini ko'rgan Zohid Fotimaga narsasini Zuhraga yetkazganini aytish uchun kelib qoldi.
Ali qochib eshik tomonga turganda Fotima jahl bilan katta yostiqni otdi
🧑🏻Fotima sumkani...
Ali boshini egib qolishga ulgurgandi yostiq Zohidga tegdi.
👩🏻🦰😳Voy
👱🏻♂😂Uzur aka
🧑🏻😶Ha mayli o'zi yostiq kerak bo'lib yurgandi. Zuhraga berib keldim sumkani demoqchi edim
👩🏻🦰Rahmat Zohid aka😅
👱🏻♂Eyy aka yostig'imni qaytaring
Zohid yostiqni ushlab xonasi tomon ketgach ortidan Ali ham chiqib ketdi. Fotima esa kulgancha Alini ortidan qarab qoldi
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣9 qism🐣
👩🏻🦰Ali... Ali soat 6 bo'lib ketdi turishim kerak
👱🏻♂Hm
👩🏻🦰Aliiiiii qo'lizni oling.
👱🏻♂Uff yana boshlandimi?
👩🏻🦰Ali qo'lizni oling ustimdan turolmayapman
👱🏻♂Yana ozroq uxlay
👩🏻🦰Yana shu ahvol
Fotima bor kuchi bilan Alini qo'lini olishga urinmasin Alini Fotimani belini qo'yib yubormasdi.
👩🏻🦰Ali yostiqlarni qo'ymagan ekansizda kecha?
👱🏻♂Hm
👩🏻🦰Hozir sizni...😠Ali qo'lizni oling
Fotima Alini qo'lini chimchilashga tushdi. Ali og'riqdan ko'zini ochayotib qo'lini Fotimani belida ekanini ko'rib ko'zlari katta bo'lib ketdi. Fotima gapirishga tushgach Ali o'zini uxlaganga solib asta qo'lini olib ortga o'girilib yana ko'zini yumib oldi.
👩🏻🦰Vux Xudoga shukr. Axmoqqqq
Fotima yostig'i bilan Alini boshiga yaxshilab soldida kiyimini olib vannaga kirib ketdi. Ali esa oldidagi yostiqqa yuzini qattiq bosdida yana boshini ko'tarib o'zini koyishga tushdi
👱🏻♂Rostan axmoqsan Ali. Uni belidan quchoqlab olish nimasi? Endi nima deb o'ylaydi? Jinnisan sen... Eyyy nima qilibdi axir rafiqam..
Vanna eshigi ochilgach Ali yana yostiqqa yotib o'zini uxlaganga solib oldi. Fotima esa sochini to'g'irlab telefonini olib pastga tushib ketdi.
* * *
👱🏻♂Kech qolyapmiz tezroq bo'l.
👩🏻🦰Boryapman
👱🏻♂Mashinada kutib turaman
Ali o'zini mashinasiga minmasdan akasini mashinasini oldi.
👩🏻🦰Bu mashina..?
👱🏻♂Menikini hamma taniydi. Akamnikini ko'rishmagani uchun bunga e'tibor berishmaydi kursdoshlar. Sen ham bemalol tushib universitetga kira olasan
👩🏻🦰Ha mayli
Ali mashinani haydashga tushgach har zamon Fotimaga qarab qo'ya boshladi. Hayolida nima bo'lsa ham Fotima tongdagi narsa haqida gap ochmasligini iltimos qilardi. Bu orada unga boshdan oyoq nazar solishga tushdi. Universitetgacha ikkisi ham jimgina musiqa tinglab ketishdi. Ammo mashina to'xtaganda Ali Fotimani qo'lidagi uzukka ko'zi tushdida so'ng o'zinikiga qaradi.
👱🏻♂Ha esim qursin
👩🏻🦰Nima bo'ldi..?
👱🏻♂Uzuk?
👩🏻🦰Aytgancha uzugimiz. Ha to'xtang mashinada qoldiramiz. Chiqqach yana taqamiz.
👱🏻♂Ok.
Ali uzukni yechdida mashina qutisiga soldi. Fotima esa uzukni chiqara olmasdi.
👩🏻🦰Chiqmayapti. To'xtang hozir...
👱🏻♂Fotima kech qolamiz.
👩🏻🦰Mayli sumkamga solaman chiqarib
Fotima tushib uzukni chiqarishga urinib ketardi. Ali esa oldinda ketardi. Oxiri ichkariga kirishganda Fotima uzukni chiqara oldi ammo qo'lidan tushib yerga dumalab ketdi.
👩🏻🦰Vooy
🧑🏻🦱Ushladim...
👩🏻🦰Davron..?😳
Ali Fotimani "Davron" deganini eshitib ortga o'girildi.
🧑🏻🦱Uzuk senikimi? Bu...nikoh uzugi emasmi?
Davron uzukka yaxshilab qarayotganda Ali borib uni qo'lidan uzukni yulib olgudek qilib olgach Fotima Aliga qarab qoldi.
👱🏻♂Meniki edi tushib ketdi yerga
🧑🏻🦱Senikimi?
👱🏻♂Ha.
🧑🏻🦱Nikoh uzugiga o'xshagani uchun hayron qolgandim. Uni ustiga Fotimaniki deb o'ylabman
👱🏻♂Ha nikoh uzugi.
🧑🏻🦱Hm ha mayli. Shaxsiy savollar bermay qo'ya qolay
👱🏻♂Shunaqa qilsang yaxshi bo'lardi Davron😁
Fotima ko'zlarini katta-katta qilib bir eriga, bir Davronga qarardi. Oxiri Davron Ali bilan tortishib qolmaslik uchun xonaga kirib ketgach Ali uzukni cho'ntagiga soldi.
👱🏻♂Meni oldimda o'tirasan
Alini asablari tarang ekani yaqqol ko'rinib turgani uchun va Davronni qanday ekanini bilgani uchun Fotima ortiqcha gapirmay Alini joyiga borib o'tirdi.
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙
Moychechak😻
Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
Profilingiz Uchun Rasm🌹❤️
✯┄┅┅✿❀💜❀✿┅┅┄✯
Obuna boʻling 🥀🌸
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖:😍 🥰❤️🔥
@Tila_sozlar 🌙|🕊️
🍃❤️🩹Sensiz...❤️🩹🍃
🐣8 qism🐣
👩🏻🦰Bo'ldi manimcha. Hozir boshqa go'shtni olib kelaman.
👱🏻♂Muzlatgichdagi go'shtlarga teginma bo'ldi. Shart emas go'sht
👩🏻🦰Muzdek narsa bosish kerak, go'sht bo'lsa yana tezroq tuzaladida
Fotima o'rnidan turayotib oyog'i ko'ylagiga o'ralib Alini ustiga yiqildi. Peshonasi Alini peshonasiga urilgach Ali yana baqirib yubordi.
👱🏻♂Ayy boshim...Ahh og'ritding
👩🏻🦰Voy aatay qilmadim. Yaxshimisiz? Yomon tegdimi?
Fotima o'rnidan turib Alini boshini sekinlik bilan uqalashga tushdi. Ali esa jimib unga qarab qoldi. Fotima bu safar rostan ham qilgan ishidan pushaymon ekani yaqqol ko'rinib turardi.
👩🏻🦰Bo'ldimi? Ozroq og'riq qoldimi?
👱🏻♂....
👩🏻🦰Yana og'riyaptimi? Ali...nega jimsiz? Heeey
👱🏻♂Aa? Ha yaxshiman rahmat.
Ali tezda o'rnidan turib sochig'ini oldida vannaga kirib ketdi. Fotima esa uni ortidan hayron bo'lib qarab qoldi. Fotimani ko'ylagiga go'sht tegib dog' bo'lgach Ali chiqib qolmasidan tezda javon eshigini ortiga o'tib kiyimini almashtirib oldi.
Ali vannada oynaga qaragancha biroz turdida so'ng oxiri o'ziga kelib yuzini yuvishga tushdi. Hayol bilan peshonasiga qo'l tekkizganda og'riqni sezib qayta oynaga qaradi
👱🏻♂Jin ursin... Ko'kara boshlabdi. To'xta... u kechirim so'radi😅. Hm, sizdan kechirim so'ramayman deb yurgandi ana binoyidek so'radi.
* * *
Tushlikka yaqin uyda yana mehmon ko'paydi. Bugun yana bir udum amalga oshirilishi kerak edi. Zuhra ertaroq kelib opasiga yordam berishga tushdi. Ali esa tashqaridan Fotimani kuzatib o'tirardi.
👱🏻♂Fotima
👩🏻🦰Ha
👱🏻♂Qarab yubor
👩🏻🦰Nega? Nima bo'ldi?
👱🏻♂Kel gapim bor
👩🏻🦰O'ziz keling kerak bo'lsa🤨
👱🏻♂🤦🏼♂Jiddiy gap. Kel endi tezroq
👩🏻🦰Haaa
Fotima narsalarini qo'yib Alini oldiga ketdi. Zuhra esa ularga qarab qoldi.
👩🏻🦰Nima bo'ldi?
👱🏻♂Ertaga imtihonimiz bor ekan
👩🏻🦰😳Aaa?
👱🏻♂Sekinroq... ustozdan kechikibroq topshirish haqida so'ragandim o'ylab ko'raman degandi. Ertalab xabar yozibdi. Keyin desak qolib ketarkanmiz imtihondan. Shunga ertaga o'qishga ketishimiz kerak
👩🏻🦰Ammo... kursdoshlarga aytmagandikku turmush qurganimizni. Men bu turishda
👱🏻♂Ha nima qilibdi? Doimgidek tutaveramiz o'zimizni
👩🏻🦰Ha...mayli unda
Fotima bugungi udumlarda dadasini ko'rib ozroq yig'lab ham oldi. Hamma kechga yaqin ketgach Fotimani kayfiyati ham tushdi. Ali esa ertangi imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Fotima esa istamaygina kitoblarini o'qib javon oldida o'tirdi. Ali kechagi darsi esiga tushib daftarni ochgach Fotima hammasini tugatganini ko'rib xursand bo'lib narsalarini yig'ib qo'ydi. Fotimaga qaraganda uni gilam ustiga yotib uxlab qolganini ko'rib oldiga bordi.
👱🏻♂Fotima...
Ali sekingina Fotimani turtgach Fotima uyqusrab narigi tomonga qarab burildi. Ali esa kuldida qo'lidagi va oldidagi darsliklarini yig'ib oldi. Kitoblarni joylab keldida sekinlik bilan Fotimani qo'liga oldi. Fotima hech narsa bo'lmagandek Alini qo'lida shirin tushlarini ko'rardi. Ali esa unga biroz qarab turdida jilmaygancha joyiga olib borib yotqizdi. O'zi ham narigi tomonga yotdida chiroqni o'chirdi. Ammo yostiqlarni joylashni unutdi😂
Davomi bor
#Muallif_Shahnoza
@Tila_sozlar 🌙