4292
Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar
Kech bo'lganda ozgina random fikrlar.
Bir muhim masala: AI bilan ishlashni boshlaganda bir nechta loyihaga parallel kirishmang. Bittasini boshidan oxirigacha "chetkiy" qilib tugating. Tugagan loyihaning tezligi ustida ishlang. Tepadagi postlarda aytilgandek testlar ishlashini yaxshilang.
Bitta loyihada pishgan tajribangiz keyingi loyihada ishni ancha osonlashtiradi, tezlashtiradi.
Matt Pocock skillarini o'rganing. Muhim. Qiyin narsa emas.
AI bilan ishlashda Test Driven Development muhim (o'zi oldindan muhim bo'lgan). Shu bilan birga testlarning sifati, ularning optimal ishlashi ham mumkin.
Noto'g'ri yozilgan, to'g'ri tizimlanmagan testlar sifat va vaqtga ta'sir qiladi. Ora-orada AI yozgan testlari samaradorligini tekshirtirib turgan yaxshi.
Mabodo biron kim Claude obunasini olmoqchi bo'lsa, referal link:
https://claude.ai/referral/yQ6apJ_m0w
Shu link orqali obuna xarid qilsangiz, menga qo'shimcha foydalanish uchun $10 berarkan Claude.
Haftalik limit dushanba 02:00 da qayta tiklanadi. Qilinadigan ish, ehtimoliy buyurtmalar, imkoniyatlar ko'p.
Odam ko'proq narsani tuzib ulgurishni o'ylab shoshilib qolarkan.
Kecha "yana bir profil ochib $100 lik obuna olgan yaxshimikin yoki $200 lik" deb o'ylab qoldim. Albatta, loyiha va pul bo'lsa ))))))
20x limitlarini urishdan oldin avval odamning miyasi tokenlari tugab qolyapti )))
Читать полностью…
1 soatdan ko'proq ishlatganda tugaydi deyotgandi OpenUsage.
1 foizgina qolibdi haftalik limitni urishga. 20x tarifda.
Press F (((
❗️❗️❗️
Diqqat muhim o'zgarish!!!
Ba'zi texnik sabablarga ko'ra, ertaga 27-iyun kuni bo'lib o'tadigan UzGeeks Communityning "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" manzili o'zgardi.
Demak, 27-iyun shanba kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadigan "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" Toshkent shahar Labzakdagi Amity Universityning katta zalida bo'lib o'tadi.
27-iyun, shanba, Amity University.
Meetup 14:00 da boshlanadi.
Xarita: https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.com/
@UzGeeksCommunity
Dasturchilarni agentlar yolg'izlikka mahkum qilmoqda
Fiona Fang (Claude Code’da Head of Engineering) ochig’ini aytdi: AI-agentlar dasturchilarni shunchalik yakkalab qo’ydiki, endi ular faqat o’z agenti bilan gaplashadi. Agent hech qachon “bu sening muammoying, vaqtim yo'q” demaydi 😌
Jiddiy gap: odamlar bir-biri bilan tajriba almashmay qo’ydi. Kod yozish endi yolg’iz, “men va mening agentim” janriga aylandi.
Anthropic vaziyatni jiddiy qabul qildi. Hakaton va “coding breakfast” yetmagandek, endi “maker time” ham bor — muhandislarni bir xonaga yig’ib, “qani, birga kod yozinglar, gaplashinglar, odam ekanligingizni eslanglar” deyishadi
Ya’ni 2026-yilda kompaniyalar dasturchilarga bir-biri bilan gaplashishni alohida tadbir qilib o’rgatyapti. Kelajak go’zal.
Xo’sh, o’zingiz qalaysiz — agentingiz bilan munosabatlaringiz qanaqa? Yonizda o'tirgan hamkasbingiz esingizdan chiqib ketmadimi?)
Sardor og'a, Aziz aka, Muhammadkarim, bo'ldi, xatomni tan oldim. Kerakli skill, agent, workflowlarni tuzdirib olyapman loyihamga moslab.
Bosh homiy - dedlayniga oz qolgan loyihalar )))
AI ishlashi uchun men sinayotgan qoidalar (work rules, work mandate)
Bu uchun biron skill yoki tayyor yechimlar bo'lishi mumkin. Men hozircha o'zimda ish berayotganlarini eslab o'tmoqchiman.
AIga prompt berayotganda "make sure you follow the work rules/mandates we have" deb aytib ketaman. Vaqtida tekshirib turmasangiz, ko'p esdan chiqarib o'tib ketishi mumkin.
1. Aggressive TDD. Use G/W/T (Given/When/Then) approach and /tdd from Matt Pocock skills. Create e2e tests when applicable or when the feature can be tested on UI layer.
2. Keyingi postlarda.
#work_rules
O'zingizni "qarit"mang #tajriba
Hali yoshsiz.
Hali qo'lingizdan ko'p narsa keladi.
30 yoshida talaba bo'lganlar qancha.
33 yoshida tijorat boshlaganlar qancha.
35 yoshida ilk bor sayohat qilganlar qancha.
40 yoshida farzandli bo'lganlar qancha.
45 yoshida magistratura, PhD qilganlar qancha.
50 yoshida xayriya boshlaganlar qancha.
55 yoshida haj nasib qilganlar qancha.
60 yoshida ilmga kirganlar qancha.
70 yoshida Qur'on yodlaganlar qancha.
Sana va raqamlar sizni yaxshilikdan to'xtatmasin.
Erta qarimang, hali yoshsiz.
"O'tmish-kelajak", "yosh-qari" tushunchalari jismoniy olamga xos.
Ma'no va haqiqat olamida qalb qarimaydi.
© ULUL ALBAB yozdi
1. hrline.uz - HR tizimni to'liq nazorat va avtomatlashtirish
2. crmline.uz - Sotuv tizimini to'liq avtomatlashtirish
3. erpline.uz - Korxona moliya va sklad ni to'liq nazoratga olish va avtomatlashtirish
4. dmsline.uz - Yetkazib berish tizimini avtomatlashtirish
5. camline.uz - Kameraga oid loyiha. Korxonani to'liq kuzatuvi
AI instrumentlardan pulga sotvolgan tokenlaringiz ishlatilmay qolsa, odam ichidan sal alam qilarkan, achinarkan.
Endi shu qarashni o'zimizning vaqtimizga to'g'rilab ko'raylik.
👋
/channel/najottalim/9285
Bir mini-SaaS loyihachasi bilan qatnashib ko'rmoqchiman. To'liq vibe-code qilingan.
Boshida ChatGPTning o'zini webda ishlatdim. Oz-moz. Har xil mavzularda, strategiya, loyihalash, brainstorming uchun.
Keyin AppSheetda tuziladigan loyihalarimga maslahat olish uchun. Davomidan AppSheetdagi loyihalarni Apps Script yordamida pishitish, yaxshilash uchun:
- so'rov yozaman
- kelgan kodni web editorga joylayman
- ishlamay qolganda butun loyiha kodlarini qayta joylab, yana "ruchnoy" yangilayman
- orada Apps Script "kalla qo'yadi" - joylangan kodlarni negadir boshqa fayllarga ustma-ust saqlaydi
Keyingi bosqichda clasp yordamida huddi GitHub bilan ishlagandek Apps Scriptdagi loyihalarni kompda yozishga o'tdim. Osonroq bo'ldi. AppSheet noqulayligi yaqqol ko'rina boshladi.
"Qani ko'raychi" deb risk olib (o'sha paytda risk deb bilgandim) $100 lik Claude obunasi bilan loyiha tuzishni boshladim. Ozgina fast-forward va:
Oldingi hafta $200 lik Claude haftalik limitini muddatidan ~1 kun oldin tugatdim. Qarasam, mavjud loyihalarim bilan bu limit yetmaydi. Kecha 2-profil ochib $100 lik tarifni yoqdim. Bugun sal kamroq ishga ulgurganning o'zida openusage 20x tarifdagi haftalik limitni 3 kuncha oldin tugatishim mumkinligini ko'rsatyapti.
Marketing va sotuv, kelishuvlarni o'rganish kerak. Yaxshi pulga manfaatli loyiha qilib berib loyihalar olinsa, xarajatini bemalol qoplay oladi, Xudo xohlasa.
"Odamlar-u odamlar. Kepqolinglar. Issiqqina referal linklar" 😂
Читать полностью…
Qaysidir oyda obuna olganda extra usage uchun bergan $30 dan ozginasi qolgan ekan. Mabodo hozir ulgurmasam, shuni ishlatvorish kerak bo'ladi.
Читать полностью…
AI davrida token/limit management, tajribali birodar, akalar aytishayotgan pipeline-lar juda muhim. AI ni ishlatish ilmini o'rganish kerak, foydali instrumentlar (masalan, Matt Pocock skills kabilar) bilan ishlash kerak ekan.
Читать полностью…
Limit haqida xabari yo'q Claude o'zicha 9 ta vazifalik jarayonni boshlavormoqchi.
Darrov to'xtatdim.
Makon AI $300,000 investitsiya jalb qildi
O‘zbekistonning AI-ta’lim yo‘nalishidagi startapi Makon AI umumiy qiymati $300,000 bo‘lgan investitsiya raundini muvaffaqiyatli yakunladi.
Investorlar:
IT Park Ventures — $75,000
Yoshlar Ventures — $125,000
Aloqa Ventures — $100,000 investitsiya kiritdi.
Makon AI — SAT imtihoniga tayyorgarlikni sun’iy intellekt yordamida shaxsiylashtiruvchi ta’lim platformasi. Platforma adaptiv o‘quv rejasi, minglab amaliy topshiriqlar hamda 24/7 ishlovchi AI-repetitorni taklif etadi.
Bugungi kunda startap 20 ta mamlakatdan 40,000 dan ortiq foydalanuvchiga ega. 2025-yilda esa u Silikon vodiysidagi nufuzli Alchemist Accelerator dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.
@pivotuzbekistan
Ertaga UzGeeks meetup . Bu safar mavzu startaplar haqida boʻlarkan.
Kelinglar 😊
AI yordamida dastur tuzdirishda muhim layfhak.
Loyihaga kotiblikka bitta PM agent qo'shib qo'ygan yaxshiga o'xshayapti. Nimadir o'zgarish bo'ldimi? "PMjon, manavini hujjatlashtirib qo'y" deysiz.
O'zim endi sinab ko'rishim kerak agent tuzishni. Lekin hozir unga beriladigan buyruqni "ruchnoy" yozib yuribman:
• "texnik vazifani tahlil qil, tahrirlab chiq"
• "o'zgarishlar asosida hujjatlarni yangila. eski qarorlar qolib ketmasin"
• "A, B, C joyida xato bor. X, Y joyini yaxshilash kerak. Avval hujjatlarni yangila. Keyin ishga kirish"
PM agent yoki unga mos skill tuzib olinsa, har ma'noli, qiymatli promptga shuni qo'shib ketish mumkin.
Shogird olamiz
Nima beramiz:
— Uzumdagi menejerlikni o‘rgatish;
— Kurslarimizni ishtirok etish imkoniyati;
— Haqiqiy tovarlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
— Turli sohalarda tanishlar orttirish (netvorking).
Nimani talab qilinadi:
— Ishga vaqtida kelish;
— 9:00 dan 18:00 gacha ishda bo‘lish;
— Berilgan vazifalarni vaqtida bajarish.
Qilinadigan ish:
— Yuk xatlarini olish;
— Tovarlarni tayyorlash;
— Uzumda savdo qilish jarayonida yordamlashish.
Mo‘ljal: Toshkent shahri, Sag‘bon va Nurafshon chorrahasi.
Faqat 5 kishini tanlab olamiz. Eng yaxshi faqat 1 ta shogirdni o‘zimizning jamoamizga qo‘shamiz.
Eslatma: Shogirdga oylik berilmaydi.
Qiziqqan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlarni to‘ldiring:
https://forms.gle/iuvVNv77iSwCgjLm7
Sardor og'a turli kasb egalari AIdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida muhokamaga chaqiryaptilar.
/channel/Sardoroga_blog/3142
Masalan, mashina ustalari biron modeldagi mashina bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lish uchun uning foydalanish qo'llanmasini (kitobchasi) NotebookLM kabi instrumentga yuklab bemalol savollariga javob olishlari mumkin.
Bunga qo'shimcha mijozlar/xizmatlar tarixini yuritiladigan Excel/chatlarni tahlil qilish, standartlashtirishda foydalanish mumkin.
Sizda qanday variantlar bor?
Faqat 5 soatlik limitlarga qarayotgan ekanman. Haftalik limit ham "qalay ishlar?" deb yaqinlashib qolibdiyu 😟
Читать полностью…
Bunga ro'yxatdan o'tishga ulgurmabman. Nasib.
Matt Pocock skills ning prototype imkoniyatidan foydalanib ko'rmagan edim. Bir loyihadagi POS sotuv oynasini tuzdirishda avval tadqiqot qildirdim. Keyin Claude o'zi prototiplashni taklif qilgani uchun "qani ko'raychi" deb kutdim.
Zo'r, allambalo narsa ekan-u bu 🔥
Biron sahifa ko'rinishi, ishlatishga qulayligi bo'yicha o'ylantirayotgan hayollar bo'lsa, tikka prototipga o'tib, tez-tez tuzdirib, keyin shuni noldan stabil tuzdirsa bo'larkan (tuzdirish qismiga endi keldim).
Oxirgi payt UI ning qadri menga juda bilinayapti. AI bilan app chiqarish osonlashdi: bir nechta prompt, biroz vibe coding, keyin qarabsizki landing ham bor, dashboard ham bor, app ham bor
Lekin ko'p loyihalarda bitta narsa darrov bilinib qoladi: app ishlaydi, lekin product sifatida hali pishmagan. Layoutda ritm yo'q, elementlar bir-biriga mos tushmaydi, textlar o'z joyini topmagan, animatsiyalar esa ko'pincha keragidan ortiq ishlatilgan bo'ladi. Hammasi bordek, lekin umumiy ko'rinishda puxtalik sezilmaydi
Muammo AI ishlatishda emas. Muammo AI chiqargan narsani tekshirmasdan, tartibga keltirmasdan, standartga solmasdan tayyor product deb chiqarib yuborishda. Hozir qo'lingizdagi tool boshqalarda ham bor. Siz prompt bilan qilayotgan funksional appni boshqa odam ham bemalol qila oladi
Endi farq “kim app qila oladi?” degan joyda emas. Farq “kim uni sifatli product darajasiga olib chiqa oladi?” degan joyda
Yaxshi UI bu faqat chiroyli rang, gradient yoki smooth animation emas. Bu consistency, spacing, typography, hierarchy, states, accessibility va mayda detallargacha bo'lgan e'tibor. Productni ko'rgan odam ichida “bu puxta qilingan” degan ishonch paydo bo'lishi kerak
Shuning uchun AI bilan ishlash kerak, albatta. Lekin AI chiqargan narsaga ham odamdek qarash kerak: tozalash, moslash, keraksiz joyini olib tashlash, yetishmayotgan joyini qo'l bilan to'g'rilash kerak
Vibe code qiling. Lekin shunaqa qilingki, ko'rgan odam “ha, buni AI yasagan ekan” demasin. Aksincha, “buni oddiy prompt bilan chiqarib bo'lmaydi” deb o'ylasin.
@kamrondev