Assalomu alaykum, muhtarama aziz ayollar, qadrli opa-singillar!🌺
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.
Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami munosabati bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.🌺
👉@Azmiddin_Mardayev
Bir muddat ortimga tashladim nazar, rangsiz, xotiralar tushdi yodimga. Yosh bola paytida yig'lasam onam! Qo'shilib yig'lardi, oxu dodimga.
👉@Azmiddin_Mardayev
Qanday kelgan bo’lsak shunday ketamiz! Ortimizdan yaxshi nom qolsin!
🌐👉@Azmiddin_Mardayev
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”
Bayram muborak bo’lsin azizlar! Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musofoligiga ko’z tegmasin!
🌐👉@Azmiddin_Mardayev
Toshkent shahridagi Adju universitetida 3+1 dasturi asosida qabul davom etmoqda ⚡️
Universitetimizni tanlab, Siz global nufuzga ega boʻlgan Koreyaning ta’lim, tadqiqot va akademik dasturlar asosida oʻqish, TOP-500 talikka kirgan Koreyaning Adju universitetining xalqaro diplomiga shuningdek, Koreyada o'qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ta'lim yo'nalishlari:
🫥 Arxitektura
🫥 Qurilish muhandisligi
🫥 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
🫥 IT Biznes
🫥 Ingliz filologiyasi va menejment
🫥 Koreys filologiyasi va menejment (kunduzgi va kechki)
❗️Shoshiling! Qabul kvotasi cheklangan. Quyidagi havola orqali hujjatlarni topshiring: admission.ajou.uz
Batafsil:
☎️ +998 71 208 69 69
☎️ +998 71 207 65 27
☎️ +998 71 207 65 29
☎️ +998 71 207 65 66
☎️ +998 71 207 65 25
☎️ +998 93 311 65 25
☎️ +998 93 312 65 25
👉@Azmiddin_Mardayev
Xotira muqaddas, qadrlash savobdir..
9-may — Xotira va qadrlash kuni
Vatan ozodligi va tinchligi uchun jonini tikkan yurtdoshlarimiz Ikkinchi jahon urushida ko'rsatgan jasoratlari taqsinga loyiq. Sizlar doimo bizning yodimizdasiz.
👉@Azmiddin_Mardayev
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam olish kunlari
besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22-mart kunlari);
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
➖ 11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
➖ 25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.
Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11-25-mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20-mart — dushanba va 22-mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23-mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.
👉@Azmiddin_Mardayev
Go'zallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo va nazokat ramzi bo'lgan aziz ayollar bayramingiz muborak bo’lsin!🌺
👉@Azmiddin_Mardayev
O‘rik gullaganda
Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi,
👉@Azmiddin_Mardayev
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.
@Azmiddin_Mardayev
🏆 Adju universiteti TOP-1000 kiradi, bugungi kunda 488-oʻrinni egallagan.
🏆 Ajou university is included in the TOP-1000, and today it occupies the 488th place.
🏆 Университет Аджу входит в ТОП-1000 и на сегодняшний день занимает 488 место.
📲 University Press Service
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 Web-site
Talabalar to'lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega ekanligidan xabaringiz bormi?
🔻Ushbu chegirma:
➖o'z mablag'lari;
➖banklar tomonidan berilgan ta'lim kreditlari;
➖yuridik shaxslar tomonidan berilgan mablag'lar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi.
To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.
◽️ Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
▫️to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
▫️bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
▫️OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
Manba: Soliq kodeksi 378-modda, 16-bandi.
👉@Azmiddin_Mardayev
Talaba ham o‘qib, ham ishlasa bo‘ladimi?
✅ Javob: Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq to‘lanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Buning uchun qonunlarda cheklov yo‘q.
Oliy ta’lim to‘g‘risida низомнинг 50-bandiga ko‘ra kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba darsdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy ta’lim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga ko‘ra ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
👉@Azmiddin_Mardayev
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.
Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.
Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.
Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Satrni go'zalligini qarang!
Taqdir siylamadi bizni bor yo'g'i
Shunchaki, bu dardlar qozondi zafar!
Lekin qalbda so'nmadi umidlar chug'i
Biz baxtga yetmiz kelasi safar,
Bezabon biz emas, yurak tilsizdir
Biz baxtsiz emasmiz,
Baxtlar bizsizdir....!
👉@Azmiddin_Mardayev
https://youtu.be/UomMrKoOFek?si=7erz9ANmsyC6pRe_
Va niyohat Singlim qo’shig’iga kilp tayyor bo’ldi endi esa sizlarga taqdim etmoqdaman. Umid qilamanki, sizlarga manzur bo’ladi.
Soddagina onam, xokisor onam, Munisgina onam, beozor onam. Ko`zida aytmagan dardi bor onam!
🌐👉@Azmiddin_Mardayev
Onamning o’gitlari!.
Bolam oddiy bo’lgin. Har doim samimiy va kamtarin bo’l.
🌐👉@Azmiddin_Mardayev
⚡️ Toshkent shahridagi Adju universitetida qabul davom etmoqda.
Ta'lim yo'nalishlari:
👉Arxitektura
👉Qurilish muhandisligi
👉Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
👉IT Biznes
👉Ingliz filologiyasi va menejment
👉Koreys filologiyasi va menejment (kunduzgi va kechki)
✅ Barcha fakultetlar sizga 3+1 ta’lim dasturi ya’ni, Toshkentda uch yil va Koreyada bir yil o'qish imkoniyatini beradi.
🔝 TOP-500 talikka kirgan Аdju universitetining xalqaro diplomi uchun to’lov shartnomalari 11,5 mln. so’mdan boshlanadi.
❗️ Adju universiteti talabasi bo‘ling va Koreya Respublikasining yetuk va nufuzli kompaniyalarida o‘z faoliyatingizni boshlang.
💭 Orzuyingizdagi imkoniyatlarni zamonaviy kasblar makoni Adju universitetida ro’yobga chiqaring.
📲 Universitet axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | @AJOUadmission
Toshkent shahridagi Adju universitetida 3+1 dasturi asosida qabul davom etmoqda ⚡️
Universitetimizni tanlab, Siz global nufuzga ega boʻlgan Koreyaning ta’lim, tadqiqot va akademik dasturlar asosida oʻqish, TOP-500 talikka kirgan Koreyaning Adju universitetining xalqaro diplomiga shuningdek, Koreyada o'qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ta'lim yo'nalishlari:
🫥 Arxitektura
🫥 Qurilish muhandisligi
🫥 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
🫥 IT Biznes
🫥 Ingliz filologiyasi va menejment
🫥 Koreys filologiyasi va menejment (kunduzgi va kechki)
❗️Shoshiling! Qabul kvotasi cheklangan. Quyidagi havola orqali hujjatlarni topshiring: admission.ajou.uz
Batafsil:
☎️ +998 71 208 69 69
☎️ +998 71 207 65 27
☎️ +998 71 207 65 29
☎️ +998 71 207 65 66
☎️ +998 71 207 65 25
☎️ +998 93 311 65 25
☎️ +998 93 312 65 25
🌸 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Sizni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi - Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!
Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!
👉@Azmiddin_Mardayev
BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB!🌼🌼🌼🌷🌹
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan.
Erkin Vohidovning Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga bag‘ishlab yozgan she'ri.
🎙O‘qishdi:Azmiddin Mardayev § Gavhar Rahmatullayeva
👉@AZMIDDIN_MARDAYEV
“Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?
Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!
“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin – “Spark” avtomobili;
2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.
Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.
“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.
Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!
👉@Azmiddin_Mardayev
Vazirlik maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlarini so‘radi
✅Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishda tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID-karta) ma’lumotlarini "ABITUR" elektron dasturiga kiritish talab etiladi.
✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishi zarurligini eslatib o‘tdi.
🔸Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining "ABITUR" elektron dasturi bilan integrasiya qilingan.
👉@Azmiddin_Mardayev
ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.
👉@Azmiddin_Mardayev
Oliy ta'lim muassasalarida ham darslar 23-yanvardan boshlanishi aytilmoqda. Biroq, vazirlik saytida bu haqida hozircha ma'lumot yo'q!
👉@Azmiddin_Mardayev
❗️Imtiyozli taʼlim krediti endilikda yillik 15% stavkada ajratiladi (xotin-qizlarga 0%)
🕐 Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga yillik 0%, yigitlarga esa yillik 15% stavkada, rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan ajratiladi.
💠Imtiyozli taʼlim kredit Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Oriyent Finans Bank, Qishloqqurilishbank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Agrobank, MKBank, O‘zmilliybank, Turonbank, Xalq banki va Hamkorbanklar tomonidan ajratilmoqda.
✅Maʼlumot uchun, imtiyozli taʼlim kreditlari istisno taʼriqasida 2022-yil oxirigacha yillik 14% stavkada ajratilgan.
@Azmiddin_Mardayev
Bugun magistraturaga hujjat topshirishning so'ngi kuni
Hujjatlariningizni soat 00:00 gacha topshirishingiz mumkin.
Shu vaqtgacha ariza topshirganlar soni 13299 mingni tashkil qilmoqda.
👉@Azmiddin_Mardayev