mehnatvazirligi | Unsorted

Telegram-канал mehnatvazirligi - Bandlik vazirligi

45560

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz

Subscribe to a channel

Bandlik vazirligi

#CMИ_О_НАС

Гулрух Ниязметова - "Если в трудовом договоре не оговорён срок его действия, то договор считается заключённым на неопределённый срок."

Подключиться к каналу✍️ /channel/mehnatvazirligi

Официальные страницы министерства
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Yangi_mehnat_kodeksi

Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi
uchun sudga murojaat qilish huquqi

Quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi
uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:

💚xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi;
💚Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;
💚ish beruvchi, u mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan
norozi bo‘lganda, shuningdek o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy
zararning o‘rnini qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
💚qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;
💚prokuror.

➡️BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

AJDODLAR YODI MUQADDAS!

🇺🇿Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan o‘g‘lonlar xotirasiga atab bunyod etilgan bog‘ va yodgorlik majmualarida bo‘ldi.

💐“Gʻalaba” bog‘ida “Matonat madhiyasi”, “Mustaqillik” maydonida “Motamsaro ona” haykali hamda “Birodarlik qabristoni” majmuasidagi yodgorlik poyiga gul qo‘yib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Kanalga
ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

📆Haftalik dayjest

Kanalga
ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
– Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan
xalqchil tizim yaratish.

Kanalga ulanish ⬇️
/channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

Янгиланган Конституциямизнинг биринчи моддасида Ўзбекистон – суверен демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий давлат, деб қатъий белгилаб қўйилгани тарихий аҳамиятга эга экани таъкидланди.

Халқимизнинг хоҳиш-иродаси билан Асосий қонунимизда муҳрланган бу принциплар – мамлакатимизнинг тараққиёт йўли ва тақдирини, унинг келажагини белгилаб берган ушбу “бешта устун” ҳеч қачон ўзгартирилмаслиги қайд этилди.

"Дунёда кундан-кунга янги-янги синовлар, хавф-хатар ва таҳдидлар пайдо бўлаётганини барчангиз кўриб турибсиз.

Энг нуфузли сиёсатшунос ва экспертлар ҳам, “ақл марказлари” ҳам, жаҳонда содир бўлаётган ҳозирги зиддият ва тўқнашувлар қачон ва нима билан тугашини айта олмаяпти.

Шундай мураккаб вазиятда, ҳар бир ишимизда, қабул қилаётган барча қонун ва қарорларимизда фақат ва фақат халқимиз, Ватанимиз манфаатлари энг устувор ўринда туриши шарт!" - деди Президент.

Бунинг учун, биринчидан, ота-боболаримизнинг асрий армони бўлган, тенгсиз ва буюк неъмат – мустақиллигимизни асраб-авайлаш, уни янада мустаҳкамлаш ва келгуси авлодларга мерос қилиб қолдириш барчамиз учун ҳаёт-мамот масаласи эканини унутмаслигимиз зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

"Биз уч минг йиллик давлатчилик тарихига, бой ва бетакрор маданиятга эга бунёдкор халқмиз. Қирқ миллионга яқинлашиб бораётган аҳолимизнинг тақдири ва истиқболи, фаровон ҳаёти учун масъул ва жавобгармиз.

Шу сабабдан юртимизда тинчлик ва барқарорликни асраш ва мустаҳкамлаш бундан буён ҳам энг муҳим вазифамиз бўлиб қолади", - деди давлат раҳбари.

Ушбу мақсадда миллий хавфсизликни таъминлаш, Қуролли Кучларимиз жанговар салоҳиятини оширишга қаратилган ишлари янги босқичга олиб чиқилиши, “Хавфсиз шаҳар”, “хавфсиз маҳалла”, “хавфсиз кўча” концепциялари жадал амалга оширилиши айтилди.

Дунёдаги ҳозирги мураккаб вазиятда тинчликсевар ташқи сиёсат давом эттирилиши, узоқ ва яқин давлатлар билан дўстлик алоқалари, барча соҳаларда ўзаро ҳамкорлик ривожлантирилиши таъкидланди.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#RASMAN

Mehnat munosabatlariga oid xalqaro Jeneva Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

🗓 Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–840, 06.05.2023 y.) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilindi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Insonga_eʼtibor

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi o‘rganildi

🔘Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda protezlash markazida bo‘lishdi.
🟣Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida mavjud shart-sharoitlar hamda reabilitatsiya qilish muassasasi uskunalarini modernizatsiya qilish jarayoni bilan yaqindan tanishib muammolar o’rganildi.
🟡Shuningdek, hukumat tomonidan joriy etilgan huquqiy kafolatlar va imtiyozlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA

⚡️Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlarining faoliyati muhim ahamiyatga ega.

📝 Shu maqsadda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar, hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari mutasaddilari ishtirokida seminarlar tashkil qilinib, aniq mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, mas’ullar Toshkent viloyatining qator olis mahallalarida bo‘lib, joylardagi yo‘l-transport infratuzilmasi, kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolarni o‘rganib ularni xal qilish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilyapti.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#OAV_biz_haqimizda

O'zbekistonda mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari, Xalqaro mehnat tashkilotining KILM tasnifini joriy etish va undan foydalanish to'g'risida "Iqtisodiy sharh jurnali"ning 4-sonida tanishing.

Kanalga
ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

🟢Nufuzli xorijiy kompaniya vakillari monomarkazda

🏢Toshkent shahridagi Monomarkazda Koreya Bandlik va mehnat vazirligi qoshidagi "Total Care" o'quv markazi direktori Kim Chan Uk bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

📎Bugungi kunda Janubiy Koreya kemasozlik sanoatining payvandlovchi, elektr ustasi va bo'yoqchi kabi sohalarida o'zbekistonlik mutaxassislarga ehtiyoj ortayotgani ta’kidlandi.
Koreyaning mazkur "Total Care" o'quv markazi tomonidan yurtimizning bir nechta hududida, jumladan, Toshkent shahrida yuqoridagi kasblar bo'yicha 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan muddatdagi o'quv kurslarini tashkil etish taklifi muhokama qilindi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar o'zlarida mavjud imkoniyatlarni tahlil qilib, kelgusida muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

📎Shunigdek, Fransiyaning qariyb bir asrdan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgan mashhur "Eiffage" kompaniyasining xalqaro loyihalar bo'yicha menedjeri Nikolya Suro boshchiligidagi mutaxassislar ham monomarkazda bo'ldilar. Bu yerda mehmonlar aholiga kasb-hunar o'rgatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
"Bu tashkilotning fuqarolarga ko'rsatayotgan xizmatlari e’tirofga loyiq. Biz monomarkaz xodimlarining mamlakat rivoji uchun minglab odamlarni kasb-hunarga yo’naltirayotganidan xursand bo'ldik. Kelgusida bizning kompaniya ham monomarkaz bilan bir nechta ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor" – deydi, Nikolya Suro.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Hududlardan_xabarlar_Xorazm

YANGI MIKROMARKAZ TADBIRKORLARGA QOʻSHIMCHA DAROMAD TOPISHGA YORDAM BERMOQDA

Yangibozor tumanidagi Ochaqal’a mahallasida tadbirkorlar faoliyatini yuritishlari uchun mikromarkaz tashkil qilindi.

➡️Markazda yog‘och o‘ymakorligi, telpakchilik, quroqchilik, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, savatchilik kabi hunarlar bo‘yicha tadbirkorlar o‘z faoliyatini olib bormoqda.

➡️Har bir hunarmand qoshida 5 nafardan 10 nafargacha jami 63 nafar ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar kasbga o‘rgatilmoqda.

💳 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan har bir shogirdga oylik stipendiyalar to‘lab berilmoqda.

💳Bundan tashqari, shu joyning o‘zida buyurtma asosida ishlab daromad topish imkoniyati ham mavjud.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

Oliy majlis Senati “Xalqaro mehnat tashkilotining 148-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ma'qulladi.

📖Ushbu Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar orqali ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.

👨‍💻Senatorlar tomonidan Konvensiyani ratifikatsiya qilishda tizimli nazorat choralarini, shu jumladan, ish joylarida mehnat sharoitlarini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini, mehnat jarayonlarining og‘irligi va tig‘izligini hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligini baholash belgilanganligi ta’kidlandi.

🔄Xalqaro mehnat tashkilotining mazkur konvensiyasi bu kabi standartlarni tatbiq etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ham yaratadi.

Ma'lumot uchun: ushbu Konvensiya jahonning 47 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#hududlardan_xabarlar

Urganch “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati

👨‍🏫 Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bugungi kunda 20 dan ortiq yo‘nalishda 600 nafar ishsiz xotin-qizlar va yoshlar kasb-hunarga jalb qilingan.

📊Ma’lumot uchun: hozirda mamlakatimizda 20 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 49 ta kasb-hunar, 508 ta mahalla kasb-hunar maskanlari muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maskanlarda joriy yilning birinchi choragida 34,9 ming ishsiz xotin-qizlar va yoshlar kasb-hunar o'rganishga jalb etilgan bo‘lib, ularning bandligini ta’minlashga ko’maklashilmoqda.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#OAV_biz_haqimizda

📖30-apreldan Yangi mehnat kodeksi kuchga kirdi

📺Tafsilotlar "Poytaxt" informatsion dasturida

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#9-may-xotira va qadrlash kuni

KEKSALAR HAMISHA E’ZOZIMIZDA


🇺🇿Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari poytaxtimizning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, bu yil 100 yoshni qarshi olayotgan Murina Vera Vasilyevna xonadonida bo‘ldi.

🫥Vazirlik tomonidan bayram sovg‘asi sifatida taqdim etilgan maxsus eshitish moslamasi urush faxriysiga juda ma’qul bo‘ldi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi aziz yurtdoshlarimizni
9-may ~ Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etadi!

Zero, o‘tganlarni yod etmoq, nuroniylarimizni qadrlamoq, e’zoz va ehtirom ko‘rsatmoq sharafli burchimizdir!

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Turkiyaning "Marmara Group Foundation" rahbari Mehmet Akkan Suver Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari bilan uchrashdi.
Unda Jamoat ishlari jamg’armasi hamda “Marmara Group Foundation” o’rtasida 2022-2026-yillarda hamkorlik qilish to’g’risida imzolangan Memorandum doirasida tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash, aholining zaif qatlamini kambag’allikdan chiqarishda amalga oshiriladigan ishlar hamda istiqbolda qilinishi kerak bo’lgan rejalar haqida kelishib olindi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#OAV_biz_haqimizda

Shayxontohur tumanida o'tkazilgan mehnat yarmarkasi tafsilotlari "O'zbekiston 24" informatsion dasturida

Kanalga ulanish ⬇️
/channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

"Нима учун аҳолимиз референдумда бунчалик фаол бўлдилар, нимага улар ислоҳотларимизни қўллаб-қувватламоқдалар?

Чунки Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларимизнинг қишлоқ ва овулларидан тортиб, пойтахтимиз маҳалла ва кўчаларидаги улкан бунёдкорлик ва ободончилик ишларини ўз кўзлари билан кўраяптилар", - деди Президент.

Биргина мисол, ўтган йилдан бошлаб “Очиқ бюджет” тизими жорий этилгани қишлоқ ва маҳаллардаги оддий-оддий одамларимиз кайфиятига қандай ижобий таъсир кўрсатганини ҳаммамиз кўриб, билиб турибмиз.

Лекин, одамларимизнинг ўсиб бораётган талабларини қондириш учун ҳозиргидан кўра икки карра кўп ишларни бажаришимиз керак.

Мамлакатимизда камбағаллик борлиги тан олиниб, алоҳида дастурлар асосида уни қисқартириш бўйича катта иш олиб борилмоқда.

Шу мақсадда аҳоли, айниқса, ёшлар ва хотин-қизлар бандлигини таъминлаш, уларнинг даромадини ошириш борасида “учта дафтар”, ижтимоий реестр тизими йўлга қўйилиб, салмоқли натижаларга эришилди.

"Асосийси, фуқаролар ислоҳотларимизни қўллаб-қувватламоқда. Лекин, ҳали қиладиган ишларимиз кўп.

Бу борада одамларимиз янгиланган Конституциядан, биз жорий этаётган янги тизимдан кўп нарсаларни кутмоқда. Аҳолимизга муносиб турмуш шароитларини яратиш учун, энг аввало иқтисодий ўсишни таъминлаш зарур.

Ялпи ички маҳсулотимиз ҳажмини ҳозирги 80 миллиард доллардан яқин йилларда 160 миллиард долларга етказиш учун бор имкониятларни ишга солишимиз керак. Бу – аҳоли жон бошига ялпи ички маҳсулот ҳажми 4 минг долларга етади, дегани.

Биз бундан буён ҳам хусусий секторни қўллаб-қувватлаш,
солиқ маъмурчилигини янада соддалаштириш, давлатнинг иқтисодиётдаги иштирокини камайтириш борасидаги ишлар жадал давом эттирилади.

Ҳукуматга 1 августга қадар давлат ўзига олган ҳар бир янги мажбурият бўйича уларнинг маблағлари, ижро механизмлари, бу масалада масъул вазирлик ва ҳокимликлар аниқ кўрсатилган алоҳида дастур ишлаб чиқиб, парламентга киритиш топширилди.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

Президент: "Нуронийлар, ёлғиз кексалар, ногиронлиги бўлган инсонлар, алоҳида эътиборга муҳтож аҳоли қатламига ижтимоий хизматлар кўламини янада кенгайтирамиз"

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Yangi_mehnat_kodeksi

Ishlanmaydigan bayram kunlari.

📆Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi. Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin.

Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:

✔️1 yanvar – Yangi yil;
✔️8 mart – Xotin-qizlar kuni;
✔️21 mart – Navro‘z bayrami;
✔️9 may – Xotira va qadrlash kuni;
✔️1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
✔️1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
✔️8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni;
✔️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
✔️Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

➡️BATAFSIL

Kanalga ulanish ✍️https://mehnat.uz/uz

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

📣 J-PAL Europe Ўзбекистонни ойнинг энг яхши мамлакати деб эълон қилди

📝 Май ойида #J_PAL_Europe ва Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази экспертлари биргаликда камбағалликка қарши курашиш бўйича илк давлат дастурларининг самарадорлиги ҳамда уларнинг аҳоли реал даромадлари ўсишини таъминлашга ва камбағалликни қисқартиришга потенциал таъсирини баҳоланади.

🧑‍💻Мутахассислар томонидан “Маҳаллабай” тизими орқали тадбиқ этиладиган “Ҳар бир оила – тадбиркор” дастури ва "Ишга марҳамат" мономарказлари фаолияти, шу жумладан ташқи миграция йўналиши самарадорлигини замонавий илғор воситалар (методология) билан баҳолаш масалалари кўриб чиқилмоқда.

☑️ Давлат дастурлари самарадорлигини баҳолашнинг бундай маданияти Ўзбекистонда илк бор жорий этилмоқда, бу эса бир вақтнинг ўзида камбағалликнинг кўплаб жиҳатларини ҳал этишга қаратилган истиқболдаги дастур ва стратегияларни ишлаб чиқишда муҳим қадам бўлади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Insonga_e’tibor

Taqdiring oʻz qoʻlingda

📝Hayot yoʻllari doim ham ravon emas. Bu yoʻllarda ogʻishmasdan, toʻgʻri yoʻlni tanlash esa har kimning oʻziga bogʻliq. Zero, “Olma pish, ogʻzimga tush”, degan bilan ish bitmaydi.

🏘 Andijon viloyatining Jalaquduq tumani, Jalaquduq MFYda istiqomat qiluvchi Hilolaxon Isadxojayeva ham dastlab turmush sinovlari qarshisida bir zum tosh qotdi, ammo hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar, hokim yordamchilarining taklif va tashabbuslari unga katta dalda boʻldi. Qaddini tik tutishga, farovon hayot sari dadil qadam tashlashga undadi.

👩🏻‍🌾Qahramonimiz bugun oʻz oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyib, roʻzgʻorini butlamoqda. Hayotidan minnatdor. Bu minnatdorlik zamirida esa, ertangi kunga ishonch va shukronalik mujassam.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Xalqaro_hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Better Work” dasturi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda uch tomonlama hamkorlar bilan dasturni amalga oshirish va memorandum loyihasini imzolash yuzasidan fikrlar almashildi. Dastur eksperti Konor Boyl ushbu memorandum jahon brendlari e’tiborini jalb qilish va to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

Ma'lumot uchun: «Better Work» dasturining asosiy maqsadi - tikuvchilik korxonalaridagi mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishchilarning mehnat huquqlarini ta’minlash, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Hududlardan_xabarlar_
Andijon
#Qaror_va ijro


Prezidentimizning PQ-408 sonli Qaroriga asosan mahallalarda yo‘l, ichimlik suvi hamda elektr ta’minotiga oid eng og‘ir muammolar yechim topmoqda.

Xususan, Qo‘rg‘ontepa tuman “Nurli yog‘du" mahallasida 16 ta ko‘cha ravon va tekis holga keltirilyapti.

🔹Ayni kunlarda, mahallada asfaltlash hamda betonlash ishlari jadal tusda amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

# UzA_biz_haqimizda

Ijtimoiy loyiha: 2 ming 53 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning shartnoma puli to‘lab berildi

👩‍⚕️Keyingi yillarda qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish bo‘yicha ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning ahamiyati, amaliyotda qanday o‘z tasdig‘ini topayotgani xususida O‘zA muxbiri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i bilan suhbatlashdi.

Kanalga ulanish
✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#Insonga_e'tibor
#Xalqaro_aloqalar


🇩🇪 Germaniyaning "GfM Gruppe" kompaniyalar guruhi rahbari Matias Frayling Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida bo'ldi.

Horijiy hamkor markaz faoliyati va u yerdagi kasb-hunar o'rgatish o'quv kurslari bilan yaqindan tanishdi.

⬜️ Uchrashuvda "GfM Gruppe" kompaniyasining Farg'ona viloyati filialini tashkil etish bo'yicha loyiha taqdimoti bo'lib o'tdi.  Loyihaning asosiy maqsadi viloyatdagi ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni Germaniya davlatida qonuniy migratsiya asosida ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…

Bandlik vazirligi

#OAV_biz_haqimizda

Kasb-hunar egallashda Germaniya tajribasi: u nimasi bilan afzal?
Barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar hamda hokim yordamchilari faoliyatiga oid muhim ma'lumotlar
"Mahalla" gazetasining 17-sonida


Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Kanalga ulanish ✍️ /channel/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel